ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 05.12.2023
Просмотров: 399
Скачиваний: 1
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: blits-so‘rov, dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, kichik guruhlarda ishlash,savol-javob.
Adabiyotlar: A1; A4; A5; Q2; Q4; Q5; Q6; Q7; internet saytlari.
Amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlarining kalendar tematik rejasi
t/r | Amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlar mavzulari | Zootexniya soat | | |||
Amaliy | laboratoriya | |||||
1-Bob. Baliqlarning infektsion kasalliklari | | |||||
1.1. | Baliqlar infektsion kasalliklarini laboratoriyada aniqlash usullari | 4 | 2 | | ||
1.2. | Baliqlarning infektsion (virusli gemorragik septitsemiya, qizamiq, bronxiomikoz) kasalliklari | 6 | - | |||
2–Bob. Baliqlarning invazion kasalliklari | | |||||
2.1. | Baliqlarning invazion kasalliklarini laboratoriyada aniqlash usullari. | 2 | 4 | | ||
2.2. | Baliq trematodozlarini (diplostomoz, opistorxoz) davolash, qarshi kurashish va oldini olish chora tadbirlari | 2 | - | |||
2.3. | Baliq sestodozlarini (ligulyoz, digrammoz va difillobotrioz) davolash, qarshi kurashish va oldini olish chora tadbirlari | 4 | - | |||
2.4. | Baliq nematodoz, krustosenozlari (dioktofimoz, filometroidoz) | 2 | - | |||
2.5. | Baliq protozoozlarining (kostioz, ixtioftirioz) davolash, qarshi kurashish va oldini olish chora tadbirlari | 2 | - | |||
3-Bob. Baliqlarning yuqumsiz kasalliklarini | | |||||
3.1. | Baliqlarning yuqumsiz kasalliklari. Baliq zaharlanishlari | 6 | 4 | | ||
3.2. | Baliqlar dushmanlari, shikastlanishlari, zararkunandalari va ulardan baliqlarni muhofaza qilish tadbirlari | 6 | - | |||
| Jami | 34 | 10 |
Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni
“Baliq kasalliklari” fani bo‘yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o‘rganish jarayoninint tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan.
Mustaqil ta’lim ishlarini talabalar og‘zaki, referat shaklida (A4 formatli qog‘azda yoki umumiy daftarda) yoki kompyuterda bajarilgan referatning internet axborot resurslaridan foydalanilgan holda izlab topilgan materiallarini elektron versiyasi.
Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, misol va masalalar echadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan misol va masalalarni yechadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. SHuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas.
«Baliq kasalliklari» fanidai mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi 14 ta katta mavzu ko‘rinishida shakllantirilgan.
Talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi
№ | Mustaqil ta’lim mavzulari | Berilgan topshiriqlar | Bajarish muddati | Zootexniya |
| Karp turdagi baliqlarning septitsemiya kasalligi. | Adabiyotlardan tayyorlanib, amaliy topshiriqlarni bajarish | mart | 4 |
| Karp turdagi baliqlarning ospa (chechak) kasalligi | Adabiyotlardan konspekt qilish va referat tayyorlash | mart | 4 |
| Amur turdagi baliqlarning psevdomonoz kasalligi | Adabiyotlardan tayyorlanib, individual topshiriqlarni bajarish | mart | 6 |
| Ixtiofitirioz. Trixodinioz. Girodaktilyoz. Daktilogiroz. | Adabiyotlardan tayyorlanib, amaliy topshiriqlarni bajarish | mart | 6 |
| Saprolegniya. Fleksibakteriya. Meleoz | Adabiyotlardan konspekt qilish va referat tayyorlash. | mart | 4 |
| Oshqozon osti bezining infektsion nekrozi | Adabiyotlardan konspekt qilish va referat tayyorlash | aprel | 4 |
| Botriotsefalioz. | Adabiyotlardan tayyorlanib, amaliy topshiriqlarni bajarish | aprel | 4 |
| Lerneoz. Argulyoz | Adabiyotlardan tayyorlanib, individual topshiriqlarni bajarish. | aprel | 4 |
| Ergazilyoz va sinerga-zilyoz kasalliklari | Adabiyotlardan konspekt qilish va referat tayyorlash. | aprel | 6 |
| Metobolik kasalliklar | Adabiyotlardan tayyorlanib, individual topshiriqlarni bajarish. | aprel | 6 |
| Jami: | 48 |
O‘quv - malaka amaliyotini o‘tkazish tartibi
“Baliq kasalliklari” fanidan malakaviy amaliyot Samarqand viloyati baliqchilik xo‘jaliklarida o‘tkaziladi.
Malakaviy amaliyotni o‘tkazish bo‘yicha mavzular:
-
Baliqchilik xo’jaliklarida baliqlarni parvarish qilishda qatnashish. -
Baliqchilik xo’jaliklarida baliqlarni oziqlantirishda qatnashish. -
Baliqchilik xo’jaliklarida baliqlarni kasalliklardan profilaktik tadbirlarni bajarish. -
Baliqchilik xo’jaliklaridagi suv xavzalarini nazorat qilish. -
Sam VMI laboratoriya sharoitida baliqlarning patologo anatomik yorib kurish. -
Olingan patologik namunalardan preparatlarni tayyorlash va surtmalarni bo’yash uslublarini o’rganish.
Malakaviy amaliyot bo’yicha bir kunga bitta amaliy mashg’ulot rejalashtirilgan bo’lib, u 6 soatga mo’ljallangan. Har bir guruh talabalari kichik guruhlarga bo‘linadi va kafedra o’qituvchilarning rahbarligida berilgan amaliy mashg’ulot vazifalarini mustaqil bajarishadi. Bajarilgan ishlarni daftarga qayd etib boradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi.
Malakaviy amaliyotni o‘tkazish vaqtida har bir talaba uslubiy qo‘llanmalardan hamda internet ma’lumotlaridan foydalanadi. Ana shunda amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni har bir talaba to‘liq bajarishga erishadi.
Dasturning informatsion uslubiy ta’minoti
Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash nazarda tutilgan:
-«Baliq kasalliklari» fanining tegishli ma’ruza darslarida filmlar, zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron didaktik texnologiyalardan foydalanish;
-Amaliy mashg‘ulotlarida kasal va kasallikka gumon qilingan baliq va asalarilar, turli parazitlar (ho‘l va quruq preparatlar) hamda dori-darmon namunalari bo‘yicha aqliy hujum, guruhli fikrlash texnologiyalarini qo‘llash nazarda tutiladi.
-Baliqlarning infektsion, invazion, yuqumsiz kasalliklarni laboratoriya tekshirish usullari va ularning qiyosiy tashxisi amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida kichik guruhlar musobaqalari, guruhli fikrlash pedagogik texnologiyalarini qo‘llash nazarda tutiladi.
«Baliq kasalliklari» fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni
«Baliq kasalliklari» fani bo’yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o‘tkaziladi:
-
joriy nazorat (JN) - talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chikkan holda amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlarida og‘zaki so‘rov, test o‘tkazish, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin; -
oraliq nazorat (ON) - semestr davomida o‘quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash hamda baholash usuli. Oralik nazorat bir semestrda ikki marta o‘tkaziladi va shakli (og‘zaki, test va Yozma) fanga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi; -
Yakuniy nazorat (YAN) - semestr yakunida muayyan fan buyicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat og‘zaki, test va tayanch tushuncha hamda iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida o‘tkaziladi.
ON o‘tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o‘tkaziladi.
Institut rektorining buyrug‘i bilan ichki nazorat va monitoring bo‘limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida
YANni o‘tkazish jarayoni muntazam ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YAN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YAN qayta o‘tkaziladi.
Talabaning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
«Baliq kasalliklari» fani bo‘yicha talabalarning semestr davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda (JN-30 ball, ON-40 ball va YAN-30 ball) baholanadi.
Ball | Baho | Talabalarning bilim darajasi |
86-100 | A’lo | Xulosa va qaror kabul kilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushohida yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo‘lish. |
71-85 | YAxshi | Mustaqil mushohida qilish. Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo‘lish. |
55-70 | Qoniqarli | Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo‘lish. |
0-54 | Qoniqarsiz | Aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik. Bilmaslik. |
-
Fan bo‘yicha saralash bali 55 ballni tashkil etadi. Talabaning saralash balidan past bo‘lgan o‘zlashtirishi reyting daftarchasida kayd etilmaydi. -
Talabalarning o‘quv fani buyicha mustaqil ishi joriy, oraliq va Yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi. -
Talabaning fan bo‘yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi:
bu erda: R-talabaning fan bo‘yicha reytingi, V-semestrda fanga ajratilgan umumiy o‘quv yuklamasi (soatlarda); O‘-fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi (ballarda).
-
Fan bo‘yicha JN va ONlarga ajratilgan umumiy 70 ballning 55 foizi saralash 39 ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to‘plagan talaba Yakuniy nazoratga kiritilmaydi. -
JN va ON turlari buyicha 55 bal va undan yuqori balni to‘plagan talaba fanni o‘zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo‘yicha Yakuniy nazoratga kirmasligiga yo‘l qo‘yiladi. -
Talabaning semestr davomida fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to‘plagan ballari yig‘indisiga teng. -
ON va YAN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o‘tkaziladi. YAN semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o‘tkaziladi. -
JN va ONlar bo‘yicha saralash balidan kam ball to‘plagan va uzrli sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun esa Yakuniy nazoratgacha bo‘lgan muddat beriladi. -
Talabaning semestrda JN va ON turlari bo‘yicha to‘plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo‘lsa yoki semestr yakunida joriy, oraliq va Yakuniy nazorat turlari bo‘yicha to‘plagan ballari yig‘indisi 55 baldan kam bo‘lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi. -
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, fan bo‘yicha nazorat turi natijalari e’lon kilingan vaqtdan boshlab, bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko‘ra rektor buyrug‘i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo‘lmagan tarkibda apellyasiya komissiyasi tashkil etiladi. -
Apellyasiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chikib, shu kunning o‘zida xulosasini bildiradi. -
Baholashning o‘rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o‘quv-metodika bo‘limi hamda ichki nazorat va monitoring bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi.
Talabalar JN dan to‘playdigan ballarning mezonlari
№ | Ko‘rsatkichlar | JN ballari | ||||||
maks | 1 JB | 2 JB | 3 JB | 4 JB | 5 JB | 6 JB | ||
1 | Amaliy mashg‘ulotlariga qatnashganligi faolligi, daftarining yuritilishi va holati. Mustaqil ta’lim topshiriqlarini o‘z vaqtida sifatli bajarilishi | 5 | | | | | | 5 |
2 | Og‘zaki yoki test savollariga berilgan javoblar va o‘zlashtirish darajasi | 25 | 5 | 5 | 5 | 5 | 5 | |
Jami JN ballari | 30 | 5 | 5 | 5 | 5 | 5 | 5 |
Talabalar ON dan to‘playdigan ballarning mezonlari
№ | Ko‘rsatkichlar | ON ballari | |||||
Maks | 1-ON | 2-ON | |||||
1 | Ma’ruza darslariga qatnashganligi, faolligi, konspekt daftarining yuritilishi va to‘liqligi. Mustaqil ta’lim topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishi. | 10 | 0-5 | 0-5 | |||
2 | Og‘zaki, test yoki Yozma ish savollariga berilgan javoblar va o‘zlashtirish darajasi. | 30 | 0-15 | 0-15 | |||
Jami ON ballari | 40 | 0-20 | 0-20 |