ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 07.11.2023
Просмотров: 274
Скачиваний: 5
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
§ 5-MAVZU. INDUSTRIAL SIVILIZATSIYANING SHAKLLANISHI DAVRIDA YEVROPANING IQTISODIY TARAQQIYOTI (XIX asr)
Reja:
-
Angliyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo'nalishlari -
Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari -
Germaniyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo'nalishlari
-
Angliyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo'nalishlari
Sanoat to'ntarilishi oqibatlari. XIX asrning 30-yillariga kelib Angliyada sanoat to'ntarilishi yakunlandi. Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish past mehnat unumdorligi va qo'l mehnatiga asos- langan hunarmandchilik va manufaktura ustidan g'alaba qozondi. Mamlakatda muhim ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar yuz berdi. XIX asr o'rtalariga kelib Angliya shaharlar va ishchilar shaharchalari mamlakatiga aylandi, ularda aholining 86% istiqomat qilar edi. Qurilish va sanoatda band bo'lganlar ulushi 50%gacha ko'tarildi, qishloq xo'jaligida esa 15%ga pasaydi.
Paxtani qayta ishlash sanoati. Industrial taraqqiyot yetakchisi bo'lib paxtani qayta ishlash sanoati saqlanib qoldi. To'qish sta- noklari bilan jihozlangan fabrikalar soni ko'paydi. 1800-1870 yy.da paxta matosini ishlab chiqarish 19 martaga, paxta iste'moli 1000 martaga o'sdi. XIX asr o'rtasiga kelib tekstil va to'qimachilik sanoatida ish kuchining 1/3 qismi band edi.
-
og ir sanoat.
-
og'ir sanoat ham sekin-asta rivojlana boshlandi. Mamlakatda 600ta domna pechlari ishlab turardi -
1800-1870 yy.da ko'mir qazib olish 11 marotaba va metallni qayta ishlash mahsulotlari 28 marotaba o'sdi
72
-
dunyo bo'yicha cho'yan ishlab chiqarishning yarmi, toshko'mir qazib olishning yarmidan ortig'i Angliyaga to'g'ri kelardi -
mamlakatning og'ir sanoat mahsuloti AQSh, Germaniya va Fransiyani mahsulotlaridan 4-5 barobar ortiq edi.
Bug' dvigatellari. Industrial taraqqiyotning yutuqlari asosan bug' dvigatellarini joriy etilishi bilan bog'liq. Bu bug' transportini rivojlanishiga ham olib keldi. Mamlakatning orolda joylashgan- ligi kemasozlik rivojini taqazo etdi. 1811 yilda Angliyada paroxod transporti rivojlana boshlandi, 40-50-yy.dan boshlab yirik okean kemalari qurila boshlandi.
Angliya yirik savdo flotiga ega edi. 1800-1870 yy.da uning ton- naji 12,5 barobarga o'sib dunyo tonnajining 60%ni tashkil etdi. Angliya "jahon yuk tashuvchi"siga aylandi.
Jahondagi sanoat yetakchiligini yo'qotilishi
-
XIX asrning 70-yillariga kelib Angliya o'z yetakchilik mavqei- ni yo'qota boshladi. -
Mamlakatning jahon sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi
-
yildagi 32%dan XX asr boshiga kelib 18%ga tushib qoldi.
-
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sur'atlari qisqardi. -
An'anaviy tarmoqlar ham (tekstil, metallurgiya, ko'mir) nis- batan tushkunlik holatiga tushdi. -
XIX asrda shakllangan ularning texnik asosi eskirgan bo'lib, yangi texnikani ishlab chiqarish yo'lga qo'yilmagan edi.
Ingliz monopoliyalari. XIX asrning 80-90 yy.da birinchi ingliz monopoliyalari tashkil topdi. Yirik monopolistik birlashmalar sanoatning quyidagi tarmoqlarida vujudga keldi - elektrotexnika, quvur ishlab chiqarish, kimyo, harbiy va boshqalar.
Ularga misol: ingliz-german portlovchi moddalar tresti (Dina- mit-Nobel, 1886 y.), kimyo tresti (Yunayted Alkali, 1890 y.). Morgan moliyaviy guruhi qudratli ingliz-amerika kemasozlik trestini yaratdi.
An'anaviy sanoat tarmoqlarida kam sonli kartellar "savdo as- sotsiatsiyalari" ko'rinishida vujudga keldi.
Paxtani qayta ishlash sanoati uchun matoga ishlov berish va bo'yash bo'yicha alohida monopoliyalar yaratish xarakterli edi.
Mustamlakalar. XIX asr o'rtalariga kelib Angliya qudratli ish- lab-chiqarish texnik bazadan tashqari katta mustamlaka yerlari- ga egalikni qo'lga kiritdi. Mamlakatning qudrati deyarli qaram
hududlarni ekspluatatsiyasi evaziga ta'minlanar edi. Mahalliy aholini talon-taroj qilish, noekvivalent ayirboshlov, ko'psonli soliq to'lovlari keng tarqalgan edi. Mustamlakalardagi yerosti va yer usti boyliklari talon-taroj qilindi.
Mustamlakalardan o'ta past narxlarda zarur xom ashyo va oziq-ovqat mahsulotlari olib kelinardi. O'z navbatida, bepoyon Britaniya mustamlaka imperiyasi ingliz tovarlarini monopol narxlarda daromadli sotishning katta bozori hisoblanar edi.
Bu davrda Britaniya imperiyasining durdonasi hisoblangan Hindiston to'liq bosib olindi. Hindistonda Britaniya imperiyasi aholisining 70% istiqomat qilardi. 1860 yilga kelib ushbu hudud- da 6,5 mln.kv.km. maydonda 145 mln.kishi yashardi.
-
Savdo siyosati.
-
industirlashtirish jarayoni sanoatni qudratini oshirib Angli- yani "dunyoning fabrikasi"ga aylantirdi va tashqi savdo siyosatin- ing yo'nalishlarini o'zgartirdi -
Angliya sanoat rivoji bo'yicha boshqa mamlakatlarni o'zib o'tib raqobatdan cho'chimas edi. -
proteksionizmdan fritrederlikka11 (erkin savdoga) o'tish mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlanishiga, kapitalni jamg'arilishiga, industirlashtirish sur'atlarini o'sishiga sababchi bo'ldi. -
xom ashyoning arzon narxlari jahon bozorida ingliz tovar- larining raqobatbardoshligini oshirdi, ingliz tovarlariga bojlarni pasayishiga olib keldi -
Angliyada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi mam- lakatning ichki ehtiyojlaridan ancha ko'p bo'lib, sanoat mahsulotlari eksportini kengaytirdi. -
XIX asrda Angliya tashqi savdo operatsiyalari hajmi bo'yicha yetakchilik qildi. 1800-1870 yy.da tashqi savdo oboroti 7 maro- taba (85 mln.dan 611 mln.f.st.gacha) o'sdi. -
eksport tovarlari ichida tekstil, mashinalar, ko'mir, qora met- allurgiya mahsulotlari katta ulushga ega edi. -
xom ashyo (paxta, jun) va oziq-ovqat (don, go'sht va boshq.) import qilinardi.
-
Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari
Napoleonning iqtisodiy siyosati. Fransiyada XVIII asr oxiridagi inqilob mag'lubiyatga uchragandan so'ng 1799 yil 9-10 noyabrda davlat to'ntarishini amalga oshirib hukumatga general Napoleon Bonapart keldi. U yirik burjuaziyani holatini mustahkamladi va 1804 yilda o'zini imperator deb e'lon qildi.
Napoleon davrida
-
xususiy mulk muqaddas deb e'lon qildindi; -
sanoat rivojlandi; -
1800 yilda uning qo'llab-quvvatlashi natijasida Fransuz banki tashkil etildi; -
ushbu bank 30 millionli kapitalga ega bo'lib burjuaziyaning bosh moliyaviy asosiga aylandi. U poytaxt va boshqa hududlarda boshqa banklarni tashkil etishga asos soldi; -
Napoleon tomonidan bosib olingan yerlarda hamda Yevropaga fransuz eksportini kengayib borishi evaziga katta mablag'lar oqib kela boshladi; -
Napoleonning mamlakatlarni bosib olish siyosati harbiy so- haga xarajatlarni keskin ravishda oshishiga olib keldi.
Sanoat to'ntarilishi. Fransiyada sanoat to'ntarilishi Angliyadan kechroq amalga oshdi. U past sur'atlar bilan amalga oshdi. Buni mamlakatning tarixiy rivojlanish xususiyatlari, mayda hunarmand- chilikning ustuvorlikka egaligi, proletarlashtirish jarayonining sus- tligi, sanoat kapitalini emas bank-savdo kapitalini rivojlanganligi taqazo qilar edi.
Shunday bo'lsa ham:
-
manufaktura va fabrikalarni rivojlantirishga sharoit vujudga keldi; -
sex tizimi yo'q qilindi; -
fabrika sanoati uchun muhim hisoblangan ish kuchi bozori tashkil topdi; -
Fransiyada sanoat inqilobi XIX asrning birinchi yarmida yuz berdi; -
tekstil sanoati, ayniqsa paxtani qayta ishlash sanoatida katta ahamiyatga ega ixtirolar qilindi; -
metallurgiyani sust rivojlanishiga xom ashyo (temir rudasi va ko'mir)ni yetishmasligi sababchi edi.
XIX asrning 50-70-yy.da paxta iste'moli 2 barobar oshdi. Lion shoyi ishlab chiqarishning yirik markaziga aylandi. Lionda 2 mln.
kg. ipak-xom ashyosi qayta ishlanardi va mamlakatda ishlab chiqariladigan shoyi matosining 2/3 qismi ishlab chiqilardi.
Sanoat inqilobi XIX asrning 60-yillarda yakunlandi. Sanoat mahsulotining umumiy hajmi 6 marotaba o'sdi (asr boshidagi 2 mlrd.fr.dan 60-yy. oxiridagi 12 mlrd.fr.gacha).
Fransiya sanoat ishlab chiqarishi va umumiy iqtisodiy salohiyat bo'yicha jahonda ikkinchi o'rinni egalladi.
Qishloq xo'jaligi. O'sha davrda Fransiya baribir agrar mam- lakat edi. Mamlakatning 8.7 mlrd.fr.li milliy daromadidan 5 mlrd. fr. agrar sektorga to'g'ri kelardi.
-
qishloq xo'jaligida 40% aholi band edi, aholining 56% qishloq joylarda yashar edi. -
feodal-qaram dehqonlar erkin yer egalariga aylandi. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi o'sdi. Ekin maydonlari kengaydi. Agrotexnika va mehnatni mexanizatsiyalashtirish yaxshilandi. Yirik qoramolning boshi 1.5 barobar ko'paydi. -
yirik yer egalari va dehqonlarning boy qatlamlarining holat- lari yaxshilanib bordi. -
bug'doy, qandlavlagi, ipak qurti, uzum yetishtirish o'sdi. -
chorvachilik qishloq xo'jaligining yetakchi sohasiga aylandi.
Savdo va moliya. XIX asr o'rtalariga kelib Fransiyada savdo-
moliya sohasida muhim voqealar sodir bo'ldi.
-
bojxona siyosatidagi o'zgarishlar - ingliz uskunalari, metall va ko'miriga bojlar bekor qilindi. -
kapital ishlab chiqarish sohasidan kredit sohasiga oqib o'tdi. -
natijada ommaviy ravishda banklar tashkil bo'ldi: yer banki, savdo va sanoat banklari
Kreditlashda yangi hodisa bo'lib "Kredi mobnle" bankini tuz- ilishini aytish mumkin. U XIX asrning 50-yy.da tashkil topib, o'z kapitalini mamlakatni iqtisodiy taraqqiyotiga, ta'sischilik faoliyat- iga, aksioner jamiyatlarni shakllantirishga sarflar edi.
XIX asrning 60-yy.lar boshida yirik "Lion krediti" va "Bosh jami- yat" banklari tashkil topdi.
Parij Kommunasi. XIX asrning 2-yarmida franko-pruss urushi- da (1870-1871 yy.) Fransiya boshiga og'ir kulfatlar tushdi. Nemis qo'shinlari fransuz armiyasini mag'lubiyatga uchratib Parijni bosib oldi. Yo'l-yo'lakay aholi, manufakturalar talon-taroj qilindi.
76
Fransuz burjuaziyasining sotqinlik siyosati va nemis bosqinchi- larining vaxshiy xatti-harakatlaridan ta'sirlangan parij proletariati 1871 yil 18 martda qo'zg'olon uyushtirdi.
Keyinchalik qo'zg'olonga hunarmandlar, mayda burjuaziya va xizmatchilar ham qo'shilishdi. A.Ter hukumati12 Parijdan Versalga qochib ketdi. 26 martda Parij shahri kengashiga saylov o'tkazildi. Parij Kommunasi e'lon qilindi.
Bu proletar inqilobning va proletar diktaturasini o'rnatishning birinchi urinishi edi. Asosiy maqsad qilib burjuaziya sinfining hukmronligini yo'q qilish va nemis bosqinchilaridan ozod bo'lish edi. Kommuna 72 kun umr ko'rgan bo'lsa ham u o'z izini tarixda qoldirdi.
-
Germaniyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo'nalishlari
-
Iqtisodiy qoloqlik sabablari
XIX asr boshiga kelib Germaniya hanuzgacha iqtisodiy qoloq- likdan chiqish bo'yicha asosiy muammolarni yechmagan edi. Bun- ing asosiy sabablaridan biri mamlakatning siyosiy tarqoqligidadir. Faqatgina 1815 yilga kelib Vena kongressi qaroriga binoan 34 ta monarxiya va 4 ta erkin shaharlarni birlashtiruvchi Germaniya itti- foqi tuzildi. Shu davrda ham yagona pul tizimi, o'lchov birligi yo'q edi. Mamlakat ichidagi bojxonalar iqtisodiy, savdo va transport aloqalarining imkoniyatlarini chegaralar edi.
Nemis hunarmandchilik tovarlari rivojlangan mamlakatlarning fabrikalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlari bilan raqobat qila ol- masdi. O'tgan asrning oxirida paydo bo'lgan nemis manufaktur- asi hali ancha kuchsiz edi. Nemis savdogarlari, ustalar va boshqa boy shaharliklar yirik manufaktura ishlab chiqarishini tashkil etish bo'yicha yetarli mablag' to'plamagan edilar.
-
Agrar inqilobining prusscha yo'li
1850 yilning martida Prussiyada dehqonlarning qaramlig- ini bekor qiluvchi, lekin yirik yunkerlik yerga egalik qilishni va ko'pchilik feodal sarqitlarini saqlab qoluvchi qonun qabul qilindi. Asta-sekin agrar islohotlar boshqa nemis yerlarini qamrab oldi: Bavariya, Nassay, Vyurtenberg, Gessen-Darmshtadt, Baden va boshqalar. Bunday holatni olimlar qishloq xo'jaligida
kapitalistik evolutsiyaning prusscha yo'li deb nomlagan edi. Shimoli-g'arbiy yerlarda va Bavariyada grossbauerlarning13 xo'jaliklari shakllandi. Janubi-g'arbda mayda dehqon xo'jaliklari ko'p edi.
Qishloq xo'jaligi ixtisoslashuvining o'sishi va "savdo" hudud- larining ko'tarilishi iqtisodiyotdagi progressiv tendensiyalarni aks ettirdi. Germaniya kartoshka va lavlagi yetishtirish bo'yicha jahonda birinchi o'ringa chiqdi. Nemis qishloq xo'jaligi mahsuloti va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari nemis eksportining asosiy qis- mini tashkil etardi.
-
Burjua inqilobi
Mamlakatda burjua inqilobi bo'lib o'tgan bo'lsa ham ko'pchilik muammolar o'z yechimini topmagan edi. XIX asrning birinchi yar- mida Germaniya dengiz savdosida yetakchilikni o'ziga qaytarib ololmadi. U hanuzgacha jahon savdo yo'llaridan chetda qolib ke- tardi.
Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida Germaniyaning iqtisodiy va siyosiy tarqoqligini bosqichma-bosqich bartaraf etish harakat- lari muhim ahamiyat kasb etdi. Mamlakatning paydo bo'lib boray- otgan yirik sanoati proteksionizm va bojxona himoyasiga muhtoj edi.
1818 yildayoq bojxona qonuni Prussiya hududida bojxona postlarini, ichki bojlar va aksizlarni to'plashni bekor qildi. Prussi- yaniki emas bo'lgan tovarlarga bir xildagi tariflar belgilandi.
1833 yilda 20 ga yaqin shimoliy Germaniya davlatlarini bir- lashtirgan Bojxona ittifoqi tuzildi va u yevropa mamlakatlari bilan savdo shartnomalarini imzolash huquqiga ega bo'ldi. Bu iqtisodiy va siyosiy birdamlikda muhim qadam bo'lib, yirik sanoat uchun ichki bozorni kengaytirish va chuqurlashtirish imkonini berdi, temiryo'l qurilishini rag'batlantirdi.
-
Sanoat to'ntarilishini boshlanishi
-
asr oxiri - XIX asr boshida sanoat ishlab chiqarishi jaray- onida nemislar xorijiy (ayniqsa, ingliz) texnika va texnologiyasidan foydalana boshladilar. Ingliz mashinalari bazasida paxtani qayta ishlash sanoati rivojlandi. Toshko'mir asosida ishlaydigan cho'yan eritish pechlari o'rnatildi.
Germaniyada sanoat inqilobi bir necha bosqichdan o'tdi. 50- yillarga qadar uning boshlang'ich bosqichida asosan tekstil sano- ati tarmoqlari rivojlantirildi. Keyingi 20 yil davomida og'ir sanoat (ko'mir, metallurgiya, mashinasozlik) rivojlantirildi. 70-yillarning oxirlarida sanoat inqilobi yakunlanib, ishlab chiqarish monopoli- zatsiyalashishi amalga oshdi.
An'anaviy ravishda sanoat inqilobi tekstil sanoatini qamrab oldi. Saksoniyada paxtani qayta ishlash sanoati, Sileziyada - zig'irpoya tolasini yigirish rivojlandi. Leypsig yarmarkalarida shoyidan tikil- gan mahsulotlar keng namoyish etilardi. Tekstil sanoati tobora mashinalashib borar edi. 1864 yilda Bojxona ittifoqi hududida 310 ta ip yigirish uskunalari va 750 mingta mexanik dug mavjud edi.
Og'ir sanoatda ham katta o'zgarishlar amalga oshirildi. Bug' mashinasini paydo bo'lishi ko'mirga bo'lgan talabni oshirib yubordi. Ko'mir qazib olish ikki barobar o'sdi, shaxtalarda band bo'lganlar esa to'rt barobar o'sdi. Og'ir sanoatning boshqa tarmoqlarida band bo'lganlarning soni XIX asrning birinchi yarmida 12 marotaba o'sdi. Reyn-Vestfal sanoat rayoni alohida taraqqiy topib 200 domna pechlari joylashgan va Germaniya ishchilarining % shu yerda faoliyat yuritardi.