ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 07.11.2023
Просмотров: 272
Скачиваний: 5
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
-
XIX asrning 50-60 yy.dagi sanoat o'sishi.
Yangi tarmoqlar va texnologiyalarni shakllanishiga yirik ixtiro- lar va ishlanmalar sababchi bo'ldi. E.V.Simens tomonidan dinamo- mashinani (1867 y.) ixtiro qilinishi, hamda toshko'mirdan sun'iy bo'yoq olishni (1856 y.) boshlanishi bularga misol bo'la oladi. Ka- liy o'g'itlarini ishlab chiqarish boshlandi.
Bu davrda mamlakatning kredit tizimiga asos solindi, aksioner banklar va kompaniyalar tashkil etildi. XIX asrning 50-60 yillarda Prussiyada 300 ga yaqin tog' sanoati, metallurgiya, sug'urta, temir yo'l va boshqa jami 2,5 mlrd.marka kapitalga kompaniyalar tashkil etildi.
XIX asrning 50-70 yillarda Germaniya sanoati misli ko'rilmagan o'sish sur'atlariga erishdi. Bu ko'rsatkich bo'yicha Germaniya Angliya va Fransiyadan o'zib ketdi. XIX asrning 50-yillarda sanoat mahsuloti hajmi ikki barobar o'sdi, XIX asrning 60-yillarda esa yana 1,5 barobarga o'sdi.
Jahon sanoati ishlab chiqarishining 13 % Germaniyaga to'g'ri kelardi. Bunda og'ir sanoatning hissasi katta edi. 60-yillarda ish-
79
lab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish 23%ga, iste'mol buyum- lari esa 9%ga o'sdi. XIX asrning 50-60 yillarda ko'mir qazib olish besh barobar, cho'yan ishlab chiqarish yetti barobar, temir yo'llar uzunligi uch barobar, bug' mashinalari quvvati to'qqiz barobar o'sdi. Bu ko'rsatkichlar bo'yicha Germaniya Fransiyadan o'zib ket- di. Lekin hali sanoat inqilobi to'liq tugamagan edi. Sanoat tarmo- qlarining ba'zilarida hunarmandchilik ishlab chiqarishi saqlanib qolgandi. Qishloq xo'jaligi sanoatdan ko'ra usunlikka ega edi.
-
Savdo
Sanoatlashtirish bo'yicha yutuqlar savdoni rivojlanishiga ham ta'sir ko'rsatdi. Mamlakat ichida tovar aylanmasi ko'paydi. XIX asrning 50-60-yy.lar davomida mamlakat ichida yuk tashishlar 190 mln.t-km.dan 4045 mln.t-km.gacha, ya'ni 21 marotaba oshdi. Pul aylanmasi 27 marotabaga oshdi. Yirik yarmarkalarda savdo kengaydi. Yirik universal magazinlar tashkil etildi. Tovar birjalari yirik ulgurji bitimlarni rasmiylashtira boshladi.
Tashqi savdo ham orqada qolmadi. XIX asrning 50-yy.larning o'zidayoq nemis tovarlarini eksporti uch barobarga, import esa ikki barobarga o'sdi. Savdo balansining ijobiy saldosiga erishildi.
-
asrning 50-60-yy. davomida tashqi savdoning umumiy hajmi uch barobarga ko'paydi.
-
XIX asrning 70-90-yy.dagi sanoat o'sishi.
-
asrning 70-yillar boshlari Germaniyada yangi, kuchli iqtisodiy ko'tarilish davri hisoblanadi.
Bunda yetakchi rolni franko-pruss urushidagi g'alaba (1870
-
yy.) va mamlakatni siyosiy jihatdan yagona German imperi- yasiga birlashishi (1871 y.) o'ynadi. Fransiya ustidan g'alaba Ger- maniyaga 5 mlrd.frank kontributsiya14 keltirdi va u nemis ishlab chiqarishini jihozlashga sarflandi. Undan tashqari, Germaniya fran- suzlarning boy provinsiyalariga ega bo'ldi - Elzas va Lotaringiya15 - va Fransiyadan temir rudasi Germaniyaning Reyn va Saar basseyn- laridagi ko'mir-metallurgiya bazasini to'ldirdi. Bu Germaniya og'ir sanoatidagi metallurgiya, metallni qayta ishlash, mashinasozlik
tarmoqlarini mamlakatda yetakchilik qilishini ta'minladi. Fransiyada rivoj topgan paxtani qayta ishlash sanoati korxonalarini o'ziga qo'shib olish natijasida Germaniyada gul bosilgan matoli mahsu- lotlar ishlab chiqarish ikki barobar o'sdi.
1879 yilda mamlakatda proteksionistik siyosat qo'llanilib, import mahsulotlariga bojlarni oshirish orqali milliy sanoatni rivojini qo'llab-quvvatladi. Hanuzgacha temir yo'l qurilishi davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanardi. Temir yo'lning asosiy qismi davlat mulkiga o'tgandi.
-
Sanoat to'ntarilishining yakunlanishi va uning oqibatlari
-
asrning 70-yy.lar oxirida sanoat inqilobini yakunlanishi bilan ishlab chiqarishning o'sishi yanada kuchaydi. Nemis industri- yasi yangi texnik ixtirolarga tayangan edi: elektromotor, ichki yon- ish dvigateli, bug' turbinalarini yaratilishi, elektroenergiyani ma- sofaga uzatish va boshqalar. Mamlakat korxonalariga ko'plab yollanma ishchilar kelib qo'shildi. Yollanma ishchilar asosan yetakchi mamlakatlardagi eng yuqori tug'ilish natijasida va xonavayron bo'lgan hunarmandlar va dehqonlarni kelib qo'shilishidan vujudga keldi.
Umuman olganda XIX asrning oxirgi 30 yilligida nemis sanoa- tining ishlab chiqarish hajmi besh marotaba o'sdi, Fransiyada uch barobar, Angliyada esa ikki barobar o'sdi. Natijada XIX asr oxiriga kelib Germaniya agrar-industrial mamlakatdan qudratli industri- al-agrar mamlakatga aylandi.
Shahar aholisi tinimsiz o'sib bordi, XIX asrning 70-90-yy.da 33%dan 50%gacha o'sib, 1910 yilga kelib 60%ni tashkil etdi.
-
Qishloq xo'jaligi
-
asrning 70-yillarga kelib agrar islohotlar yakunlandi. Ammo bu tarmoqda mahsulot yetishtirishning o'sishi feodalizm qoldiqlari va absolyut rentaning katta hajmi sababli sekinlashgan edi. Sharqiy Prussiyaning bir qator yirik pomestelarida ko'pchilik dehqonlar erkinlikka ega bo'ldilar, lekin ularning yerlari yo'q edi, va ular yunkerlar pomestelarida yollanma ishchi bo'lib qolishdi.
Qishloq xo'jalik o'rtoqliklari vujudga kela boshladi. Qishloq xo'jaligi texnikasi va mineral o'g'itlar kengroq qo'llanila boshlan- di.
Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini bunday intensiv metod- lar yordamida yuritilishi ijobiy natijalarni berdi: hosildorlik yarim
81
barobar o'sdi, texnik ekin maydonlari kengaydi, qoramol soni ko'paydi.
-
Monopoliyalar
-
asrning oxirgi 30 yilligida ishlab chiqarish va kapitalning konsentratsiyalashuvi monopolizatsiyaning kuchayishiga olib keldi. Qazib olish va u bilan bog'liq og'ir sanoat tarmoqlarida kartel va sindikatlar ko'pchilikni tashkil etardi. Bu turdagi birlashma- lar faqatgina mahsulot sotilish sohasini monopollashtirgan edi. Texnik-iqtisodiy va tashkiliy jihatdan korxonalar erkinlikni saqlab qolishgan edi.
Tog', metallurgiya, mashinasozlik va qurilish tarmoqlarida yirik monopoliyalar shakllandi. XIX asrning 80-90-yy. ichida mingta ishchisi bor korxonalar soni to'rt barobar ko'paydi. Reyn-Vestfal toshko'mir sindikati tashkil etildi. U o'ziga Rur basseynida ko'mir qazib olishni 95%ni bo'ysundirdi va mamlakatda ko'mir qazib ol- ishni 40%ga egalik qildi.
Sanoatning elektrotexnika (AEG-Umumiy elektr jamiyati va "Simens"), po'lat quyish va harbiy sanoat ("Krupp" firmasi), kimyo (G.Farbenindustri), kemasozlik (Shimoliy-German Lloyd va Gamburg-Amerika kompaniyasi) tarmoqlarida yirik monopolistik birlashmalar shakllandi. Kartel va sindikatlar soni 50 barobarga ko'paydi, ya'ni 1870 y.da 6 tadan 1900 y.dagi 300 tagacha. Nemis monopoliyalarining o'ziga xos xususiyati - ular o'nlab va yuzlab korxonalarni birlashtirar edi.
-
German imperializmining ekspansiyasi
-
asr oxirida Germaniya imperialistik g'oyalarni targ'ibotini kuchaytirdi, va uni xom ashyo yetishmovchiligi va o'z mahsulot- larini sotish bozorlari cheklanganligi bilan asosladi. Mamlakat iqtisodiyoti ichki bozor chegarasidan chiqib ketdi, lekin arzon narxlardagi xom ashyo keladigan va o'zida ishlab chiqarilgan tovarlarni bojlarsiz sotish imkoni bo'lgan mustamlakalarga ega emas edi.
Milliy chegaralarni kengaytirish g'oyasi Pangerman ittifoqi- ni (1891 y.) yaratishda, yangi hududlarni bosib olish zaruratida namoyon bo'ldi. Togo, Kamerun, Shimoli-G'arbiy Afrika, Karolina, Marian va Marshallov orollari bosib olindi. Lekin baribir Ger-
82
maniya mustamlakalari Angliya mustamlakalariga nisbatan hudud bo'yicha 11 marotaba va aholisi bo'yicha 32 marotaba kichik edi.
Germaniyada qudratli harbiy-sanoat kompleksi shakllanib, unga mamlakatning butun industriyasi ishlar edi. Armiya va flot- ga xarajatlar sezilarli oshdi. Quruqlikdagi qo'shinlarning qurol- yarog'lari takomillashdi. Yirik harbiy-dengiz floti shakllandi. Mamlakat jahonni qayta taqsimlashda qatnashish uchun urushga tayyorlandi.
§ 6-MAVZU. YANGI DAVRDA AQSh (XVIII asrning oxiri-XIX asrning 70 y.gacha)
Reja:
-
Mustaqillik uchun kurash. AQShning tashkil topishi -
AQShning XIX asr birinchi yarmidagi iqtisodiy rivojlanishi -
AQShda sanoat to'ntarilishi -
Fuqarolik urushi va uning oqibatlari
-
Mustaqillik uchun kurash. AQShning tashkil topishi
Mustamlakachilik davri iqtisodiyoti. Yevropaliliklar tomonidan Amerikani o'zlashtirilishi Buyuk geografik kashfiyotlar davridan boshlandi.
Shimoliy Amerikada birinchi koloniyalar XVII asrning boshida Angliya, Gollandiya va Fransiyadan kelgan ko'chmanchilar tomonidan tashkil etilgan edi.
Angliya kolonizatsiya jarayonidan avval Gollandiyani, so'ng
-
asr 60-yy.da Fransiyani siqib chiqardi.
Amerikaga birinchi bo'lib savdo kompaniyalari vakillari kelish- gan.
Ingliz qiroli Yakov I 1606 y.da London va Plimut kompaniyalari- ga Atlantika qirg'og'ini egallashga xartiya (yozma ijozat) berdi.
Keyinchalik bu yerlarga Londondan ishchilar, ustalar va tadbir- korlar ko'chib kela boshladi.
Diniy e'tiqodi nuqtai-nazaridan puritan jamoalari ko'chib kela boshladi.
Yerlarni chegaralash natijasida yersiz qolgan dehqonlar, kas- bga ega bo'lmagan yoshlar, kambag'allar ham ko'chib keldi.
Undan tashqari ingliz hukumati mustamlakalarga mehnatga layoqatli jinoyatchilarni jo'natar edi.
Ko'chmanchilar asta-sekin Atlantika qirg'og'ida 13ta koloni- ya tashkil etishib, 1760 y.da uning aholisi 2,5 mln. kishini tashkil etdi.
Ko'chmanchilarning asosiy qismi qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanar edi.
-
asr oxiriga kelib Shimoliy Amerikada iqtisodiy rivojlanish xarakteri va darajasi nuqtai-nazaridan uchta rayon shakllandi:Shimoli-Sharq, Janub va Markaz.
Shimoli-Sharq eng rivojlangan hudud edi. Aholisining asosiy qismi diniy e'tiqodi nuqtai-nazaridan ko'chib kelganlardan iborat bo'lgan;
-
aholining asosiy qismi yerga ishlov berish bilan shug'ullangan; -
sanoatning asosiy tarmog'i - kemasozlik bo'lgan (o'sha davrda ingliz flotining 1/3 qismi amerika kemasozligi mahsuloti edi); -
mato to'qish jadal rivojlandi. Jun beradigan qo'ylar olib ke- linib, ularning junidan matolar to'qilardi; -
temir rudasi zaxiralari metallga ishlov berish sanoatini rivojl- anishiga turtki bo'ldi; -
Angliya bilan savdo yaxshi yo'lga qo'yilganligi sabab bu hududning savdo burjuaziyasi yetakchi o'rinlarda edi.
Markaziy hudud. Qishloq xo'jaligida fermerlik katta ulushga ega edi.
-
ingliz aristokratiyasining yirik yer egaligi mavjud edi. Yerlar kichik uchastkalarga bo'linib ijaraga berilardi; -
bug'doy yetishtirishga ixtisoslashgan edi; -
metallni qayta ishlash va pivo qaynatish yo'lga qo'yilgan edi; -
bug'doydan tashqari kartoshka, jo'xori, qovoq yetishtirilar-
di;
-
qishloq xo'jaligida oq tanli odamlarni majburlab ishlatish mavjud edi. Bular asosan qamoqxonalardan chiqqan maxbuslar edi.
Janub. Janubda qulchilik-plantatsiya xo'jalik yuritish tizimi shakllangan edi. Bu yerda juda katta unumdor yerlar mavjud bo'lib, ko'chib kelgan ingliz aristokratlari Angliya hukumatidan yirik yer (latifundiya)larni olishar edi. Bu yerlarda mehnat qilish uchun ish kuchi etishmas edi.
Afrikadan negr-qullarni olib kelinishi bu muammoni hal etdi. Ularning soni o'sib bordi - 1700 y. - 27,8 ming.kishini tashkil qil- gan bo'lsa, 1790 y. da - 760 ming.kishidan iborat bo'ldi (janubiy shtatlar aholisining 40%).
Janubiy hududlarda hukmron sinf quldorlar-plantatorlar edi.
Ushbu hududda tamaki, guruch, shakar-qamish yetishtirilardi. Asta-sekin paxta asosiy ekinga aylandi.
Metropoliya bilan munosabat. Shimoliy Amerikada kapitalistik munosabatlarning rivojlanib borishi natijasida Yevropa immi- grantlari hisobiga yollanma ishchilar soni oshib bordi. Ishchilar tarkibida malakali mutaxassilar ulushi katta edi.
Shu sababdan Angliya yuqori malakali mutuxassislarning emi- gratsiyasini chegaralashga (1718 y.) majbur bo'ldi. 1765 yilda esa parlament umuman ularni chiqib ketishini taqiqladi.
Lekin bu jarayonni to'xtatib bo'lmas edi. Undan tashqari malakali mutaxassislar mehnati Angliyadan ko'ra yuqoriroq ba- holanar edi.
Vaqt o'tishi bilan mustamlakalar va metropoliya o'rtasidagi munosabatlar barcha sohalarda keskinlasha bordi.
Amerika savdo burjuaziyasiga savdo cheklovlarini belgilash yuqori darajada edi. 1650-1761 yy.da 125ta qonuniy akt yor- damida amerika savdogarlarini yevropa mamlakatlari bilan savdo qilinishi cheklandi.
Shakar, tamaki, paxta, teri, mis rudasi kabi kolonial mahsulot- lar bilan savdoga ingliz monopoliyasi o'rnatildi.
1750 yildan "temir" qonuni amal qilib, unga muvofiq koloni- yada domna pechlari, temirchilik ustaxonalari qurish man etilgan edi.
1765 y.da "gerb yig'imi" joriy etilib, har bir tovar sotib olin- ishida soliq to'lanishi nazarda tutilgan edi (mablag'lar Angliya budjetiga ketar edi).
Qishloq xo'jaligida fermerlik shaklini rivojlanishiga yirik yer mulkchiligi to'siqlik qilar edi. 1763 yilda Angliya hukumati xususiy shaxslarga hindulardan yer sotib olishni taqiqlab qo'ydi.
Bu qarama-qarshiliklar keskinlashib borib oxir natijada urush- ga olib keldi. Tarixda bu urush Mustaqillik uchun urush deb nom oldi.
Urush 8 yil davom etdi (1775-1783 yy.) va kolonistlar g'alabasi bilan yakunlandi.
1776 y.da mustaqil davlat - Amerika Qo'shma Shtatlari e'lon qilindi.
Amerika inqilobining xususiyatlari.16 Shimoliy Amerikadagi mustaqillik urushi qit'adagi birinchi burjua inqilobi bo'lib, uning natijasida bir necha demokratik o'zgarishlar amalga oshirildi:
-
mayda yer egalari ijara haqidan ozod etildi. -
ingliz qirolidan, cherkovdan, mustamlaka ma'muriyatidan yer olgan aristokratlarning yirik yerlari konfiskatsiya qilindi. -
tortib olingan yerlar mayda uchastkalarga bo'linib sotilar edi. -
mustaqillik deklaratsiyasi muallifi T.Djefferson taklifiga ko'ra yerlari bo'lmagan kambag'allarga g'arbdagi yerlardan tekinga berildi. -
yerga egalik qilishning feodal shakllari bekor qilindi. Dvory- an unvonlari, ijara merosi bekor qilindi. -
barcha portlar Yevropa savdogarlari uchun ochiq deb e'lon qilindi (savdoda ingliz monopoliyasi yo'q bo'ldi). -
mamlakat proteksionizm siyosatidan fritrederlik siyosatiga o'tdi. Fransiya, Prussiya, Shvetsiya bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi. -
inqilob davrida ingizlar tarafdorlari bo'lganlarning 30 ming imeniyalari konfiskatsiya qilindi -
urush davrida harbiy sanoatni rivojlanishi rag'batlantirildi. Hukumat metall, qurol-yarog', porox, harbiy kiyim ishlab chiqaru- vchilarga pul mukofotlari, subsidiyalar berdi. -
1778 y.da Springfeldda zambarak ishlab chiqaruvchi davlat zavodi ishga tushdi. -
1781 yilda Shimoliy Amerika Bankini tashkil etilishi mam- lakatda emissiya faoliyatini barqarorlashtirishga olib keldi.
-
AQShning XIX asr birinchi yarmidagi iqtisodiy rivojlanishi
Hududlarni kengayishi. Kolonial qaramlikdan endigina ozod- likka erishgan AQSh hukumati keng qamrovli hududlar ekspansi- yasi siyosatini amalga oshira boshladi.
Yangi hududlar tengsiz shartnomalar, savdo bitimlari, bosib olish asosida qo'shilar edi.
AQSh tarkibiga Luiziana (1803 y.), Florida (1819 y.) shtatlari kirdi.