Файл: 1. Qimmatli qog'oz bozorlarida avtomatlash Axborot tehnologiya va tuzulmalari Qimmatli qog'oz bozorlarida avtomatlash.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 23.11.2023

Просмотров: 165

Скачиваний: 8

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.

Qimmatli qog'oz bozorlarida avtomatlashtirilgan axborot tehnologiya va tuzulmalari

1.Qimmatli qog'oz bozorlarida avtomatlash

2. Axborot tehnologiya va tuzulmalari

Qimmatli qog'oz bozorlarida avtomatlash

O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:

(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2016-yil 18-noyabrdagi 2016-17-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2383-4, 13.12.2016-y.) tahririda —O‘R QHT, 2016-y., 50-son, 570-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

1. Qimmatli qog‘ozlar bozorida axborot taqdim etish va e’lon qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

(1-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2014-yil 22-sentabrdagi 2014-28-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2383-2, 09.10.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 41-son, 515-modda)

2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.

Qimmatli qog‘ozlar bozorida axborot taqdim etish va e’lon qilish

QOIDALARI

Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4127-son “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, qimmatli qog‘ozlar bozorida axborotni taqdim etish va e’lon qilish tartibini belgilaydi.

I bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

axborotni oshkor qilish — qimmatli qog‘ozlar bozorida manfaatdor shaxslarning axborotni olish maqsadidan qat’i nazar, axborotdan uning topilishi va olinishini kafolatlaydigan shakllarda foydalanishini ta’minlash;

muhim fakt — qimmatli qog‘ozlar bahosiga yoki ular bo‘yicha olinadigan daromad miqdoriga ta’sir ko‘rsata oladigan emitent moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida yoki korporativ harakatlarida yuz bergan o‘zgarishlar;

Oldingi tahrirga qarang.

qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari — qimmatli qog‘ozlar emitentlari, qimmatli qog‘ozlarning egalari, investorlar, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, birjalar va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi;

(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 25-sentabrdagi 2015-16-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2383-3, 27.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 43-son, 551-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

jamiyatning affillangan shaxslari — jamiyat bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar;

(1-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2014-yil 22-sentabrdagi 2014-28-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2383-2, 09.10.2014-y.) asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 41-son, 515-modda)

qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi — qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;

qimmatli qog‘ozlar egasi — qimmatli qog‘ozlar o‘ziga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;


emitent — emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqaruvchi va ular yuzasidan qimmatli qog‘ozlarning egalari oldida majburiyatlari bo‘lgan yuridik shaxs;

investor — qimmatli qog‘ozlarni o‘z nomidan va o‘z hisobidan oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;

Oldingi tahrirga qarang.

qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va uning hududiy boshqarmalari.

(1-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 26-iyuldagi 2019-45-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2383-5, 12.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/2383-5/3554-son)

2. Mazkur Qoidalarning talablari davlat qimmatli qog‘ozlari emitentlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

3. Axborotni oshkor qilish:

ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish;

hisobotlar, ma’lumotlar va boshqa axborot taqdim etish orqali amalga oshiriladi.

4. Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi, emitent, fond birjasi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida nazarda tutilgan axborotni investorlarga va qimmatli qog‘ozlarning egalariga qog‘ozda taqdim etganlik uchun undan nusxa ko‘chirishga sarflanadigan xarajatlardan oshmaydigan miqdorda haq olishi mumkin.

5. Agar mazkur Qoidalarga muvofiq axborotni oshkor qilish muddatining tugashi ish kuni bo‘lmagan kunga to‘g‘ri kelsa, undan keyingi birinchi ish kuni axborotni oshkor qilish muddatining tamom bo‘lish kuni deb hisoblanadi.

6. Qimmatli qog‘ozlar bozorining ishtirokchisi noto‘g‘ri ma’lumotlarni oshkor qilganligi sababli, u aniqlangan kundan boshlab besh ish kuni davomida ushbu ma’lumotlarni axborotni o‘zgartirish sabablarini ko‘rsatgan holda yana shu yo‘sinda oshkor qilish yo‘li bilan to‘g‘rilashga doir choralar ko‘rishi lozim.

Oldingi tahrirga qarang.

61. Qimmatli qog‘ozlar bozorida emitentga yoki qimmatli qog‘ozlarga taalluqli axborotni oshkor qilmasdan qimmatli qog‘ozlar emissiyasini amalga oshirish, shuningdek insayder axborotdan foydalanish taqiqlanadi.

(61-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 25-sentabrdagi 2015-16-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2383-3, 27.10.2015-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 43-son, 551-modda)

Emitentning axborotni oshkor qilishi

7. Emitent axborotni:

qimmatli qog‘ozlar emissiya risolasida;

emitentning yilning har choragidagi va yillik hisobotida;

emitentning faoliyatidagi muhim faktlar to‘g‘risidagi xabarlarda oshkor qiladi.

8. Emitent:

qimmatli qog‘ozlar emissiya risolasini va emitentning yillik hisobotini barcha manfaatdor shaxslar tanishib chiqishi uchun taqdim etishi;

Oldingi tahrirga qarang.

qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga joylashtirish orqali:

(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 19-noyabrdagi 2013-04-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2383-1, 05.12.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 49-son, 641-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish boshlanishiga kamida ikki hafta qolganida qimmatli qog‘ozlar emissiya risolasining matni bilan tanishib chiqish joyi va tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 44-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi, to‘rtinchi, beshinchi va o‘n ikkinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan axborotni, bundan qimmatli qog‘ozlarni xususiy joylashtirish mustasno;

(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 25-sentabrdagi 2015-16-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2383-3, 27.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 43-son, 551-modda)



Oldingi tahrirga qarang.

yillik hisobotni aksiyadorlarning yoki emitentning boshqa oliy boshqaruv organining yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilganidan keyin ikki hafta ichida;

(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 25-sentabrdagi 2015-16-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2383-3, 27.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 43-son, 551-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

emitentning birinchi chorak, birinchi yarim yil va to‘qqiz oy yakunlariga doir hisobotini hisobot oyidan keyingi bir oy ichida;

(8-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 19-noyabrdagi 2013-04-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2383-1, 05.12.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 49-son, 641-modda)

emitentning faoliyatidagi muhim fakt haqidagi xabarni u yuz bergan sanadan e’tiboran ikki ish kuni ichida oshkor qilishga majbur.

Oldingi tahrirga qarang.

Emitent — aksiyadorlik jamiyati:

2015-yilning 1-yanvaridan boshlab o‘zining rasmiy veb-saytida mazkur bandning beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan axborotni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyuldagi 176-son qarori bilan tasdiqlangan Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ veb-saytlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomda ko‘rsatilgan boshqa axborotni oshkor qilishga majbur;

aksiyalari fond birjasining listingiga kiritilgan jamiyat fond birjasining rasmiy veb-saytida jamiyat ustavining matnini, shu jumladan unga doir o‘zgartish va qo‘shimchalarni, shuningdek oshkor etilishi majburiy bo‘lgan boshqa axborotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda e’lon qilishi shart.

(8-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2014-yil 22-sentabrdagi 2014-28-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2383-2, 09.10.2014-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 41-son, 515-modda)

9. Emitent qonun hujjatlariga muvofiq investorlarga mazkur Qoidalarning 8-bandida nazarda tutilgan axborotlardan tashqari boshqa axborotni ham taqdim etishi mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

10. Emitentning hisoboti mazkur Qoidalarning 1 va 2-ilovasiga muvofiq tegishli shaklda oshkor etiladi.

(10-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 19-noyabrdagi 2013-04-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2383-1, 05.12.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 49-son, 641-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

11. Emitent O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan o‘z faoliyatidagi muhim faktlar to‘g‘risidagi axborotni 3-ilovada ko‘rsatilgan ro‘yxatga asosan mazkur Qoidalarning 3-1—3-37 –ilovalariga muvofiq tegishli shaklda oshkor etadi.

(11-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 25-sentabrdagi 2015-16-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2383-3, 27.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 43-son, 551-modda)

12. Emitent faoliyatida muhim fakt yuzaga kelishiga olib kelgan qarorni qabul qilgan emitentning vakolatli boshqaruv organi ushbu qarorni belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin darhol emitentning ijroiya organiga taqdim etishi va bu to‘g‘risidagi axborotni mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq oshkor etilishini ta’minlashi shart.

13. Axborotni elektron ko‘rinishda oshkor qilish emitentdan haq olinmasdan amalga oshiriladi.

14. Emitent tomonidan elektron ko‘rinishda oshkor qilinadigan axborot elektron raqamli imzo bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.


Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisi, qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchisi, qimmatli qog‘ozlar egasi hamda investor tomonidan axborotning oshkor qilinishi

Oldingi tahrirga qarang.

15. Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi investorlarning talabiga ko‘ra “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 45-moddasida nazarda tutilgan axborotlarni taqdim etadi va investorlarni ushbu axborotni olish huquqlari haqida xabardor qilishi shart.

(15-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 25-sentabrdagi 2015-16-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2383-3, 27.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 43-son, 551-modda)

16. Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi:

yilning bir choragi davomida faqat bir emitentning qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalar;

bir emitentning qimmatli qog‘ozlari bilan bir martalik operatsiya, agar bu operatsiya bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarning soni mazkur qimmatli qog‘ozlar umumiy sonining kamida 15 foizini tashkil etgan bo‘lsa, ularni amalga oshirilganligi haqida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga ikki ish kuni ichida yozma shaklda axborot beradi.

Mazkur bandga muvofiq oshkor qilinayotgan axborotda emitentning nomi, qimmatli qog‘ozlar turi, miqdori, tipi, shuningdek mazkur qimmatli qog‘ozlar umumiy soniga nisbatan foizi aks ettirilishi lozim.

Oldingi tahrirga qarang.

Investitsiya fondlari axborotni O‘zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunining 44-moddasida nazarda tutilgan tartibda oshkor qiladi.

(16-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 25-sentabrdagi 2015-16-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2383-3, 27.10.2015-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 43-son, 551-modda)

17. Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga litsenziya bitimiga muvofiq ma’lumotlarni taqdim etadi.

Oldingi tahrirga qarang.

18. Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi yilning har choragi tugaganidan keyin o‘ttiz kundan kechiktirmasdan qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga:

(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2013-yil 19-noyabrdagi 2013-04-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2383-1, 05.12.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 49-son, 641-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

ijroiya organi rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan buxgalteriya balansining (banklar va sug‘urta tashkilotlaridan tashqari) nusxasini;

(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 26-iyuldagi 2019-45-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2383-5, 12.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/2383-5/3554-son)

o‘z mablag‘lari va investitsiya aktivlarining o‘rtacha yillik qiymati to‘g‘risidagi hisobotni mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq shaklda (investitsiya aktivlarning ishonchli boshqaruvchilari uchun) taqdim etadi.

Oldingi tahrirga qarang.

19. Qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchilari:

(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2016-yil 18-noyabrdagi 2016-17-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2383-4, 13.12.2016-y.) tahririda —O‘R QHT, 2016-y., 50-son, 570-modda)

savdoda bitimlar tuzish qoidalarini;


savdoga qo‘yishga ruxsat berilgan qimmatli qog‘ozlar ro‘yxatini;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa axborotni oshkor qiladi.

20. Qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchisi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining talabiga binoan investorlarning arizalarini, takliflarini va shikoyatlarini ko‘rib chiqish yakunlari haqidagi axborotni taqdim etadi.

Oldingi tahrirga qarang.

21. Qimmatli qog‘ozlar egasi bitim tuzish natijasida emitent qimmatli qog‘ozlari har qanday turining 35 yoki undan ortiq foiziga egalik qila boshlasa, emitentga ushbu axborotni bitim tuzilgan sanani, qimmatli qog‘ozlar soni va olingan ulushni (qimmatli qog‘ozlar umumiy soniga nisbatan foiz hisobida), shuningdek o‘zining joylashgan yerini (pochta manzilini) ko‘rsatgan holda mazkur bitim tuzilgan sanadan e’tiboran besh kun ichida taqdim etishi shart.

(21-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2014-yil 22-sentabrdagi 2014-28-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2383-2, 09.10.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 41-son, 515-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

22. Aksiyalar egasi mustaqil ravishda yoki affillangan shaxslar bilan birgalikda bir yoki bir nechta bitim tuzish natijasida aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining mazkur aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining jami 20 va undan ortiq foizini tashkil etuvchi aksiyalar paketini olganligi haqidagi axborotni mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq shaklda oshkor qilishi shart.

(22-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 25-sentabrdagi 2015-16-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2383-3, 27.10.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 43-son, 551-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

23. Mazkur Qoidalarning 22-bandida ko‘rsatilgan axborotni oshkor qilish bitim (bitimlar) tuzilgan kundan ikki ish kuni mobaynida respublika gazetasi yoki fond birjasining rasmiy veb-saytida amalga oshiriladi.

(23-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2014-yil 22-sentabrdagi 2014-28-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2383-2, 09.10.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 41-son, 515-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

26. Mazkur Qoidalar talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

Iqtisodiyotni boshqarishdagi o`zgarishlar, bozor munosabatlariga o`tish buxgaltеriya hisobini tashkil qilish va olib borishga katta ta'sir ko`rsatadi. 

Har qanday iqtisodiy ob'еkt boshqarish faoliyatini asosini murakkab qurilishga ega bo`lgan axborot tizimlari tashkil qiladi, ularning tarkibi, faoliyat turi korxona, iqtisodiy ob'еkt, firmaning ko`lamiga bog`liq. 

Boshqaruv jarayonida buxgaltеriya hisobi katta rol o`ynaydi, bu еrda barcha axborotlarning 60% ga yaqini jamlangan. Buxgaltеriya hisobining axborotli tizimlari an'anaviy ravishda vazifalarning quyidagi majmualarini o`z ichiga oladi: asosiy vositalar hisobi, moddiy boyliklar hisobi, mеhnat va ish haqi hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisoblash opеratsiyalarining hisobi, ishlab chiqarish harajatlari hisobi, yig`ma hisob va hisobotlarni tuzish. 

ShK lar bazasida avtomatlashtirilgan ish joylarining tashkil qilingan, korxonalarda mahalliy hisoblash tarmoqlarini yaratish, axborot bazasini tashkil qilish va iqtisodiy vazifalar majmuasini shakllantirishda yangi talablarni ilgari surdi. Ma'lumotlarni taqsimlash bazalari tizimini yaratish, turli foydalanuvchilar o`rtasida axborotlarni almashtirish, kompyutеrda boshlang`ich hujjatlarni avtomatik shakllantirishning imkoniyatlari paydo bo`ldi va boshqaruv masalalarining vazifalararo majmualari vujudga kеldi. 

Vazifalararo majmuasini tashkil qilish «matеriallar» dasturi ham ko`rib chiqilishi mumkin. Moddiy boyliklarning mavjudligi va harajatni hisobga olish jarayonida uchta bo`lim: 

-omborlar;

- hisobxona; 

- moddiy-tеxnika ta'minoti bo`limi mutahassislari faoliyat yuritadi.

Dasturiy majmua o`z ichiga uch qism: