Файл: Hosted from Rome, Italy htInternational Conference on Innovations in Sciences, Education and Humanities.doc
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 11.01.2024
Просмотров: 39
Скачиваний: 1
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
Hosted from Rome, Italy
htInternational Conference on Innovations in Sciences, Education and Humanities
tps://conferencea.org December 10th 2021
DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION IN INNOVATIVE ACTIVITY IN UZBEKISTAN
Karimov Muhammadrakhim Salimjon oglu
Named after Mirzo Ulugbek
National University of Uzbekistan
Faculty of Social Sciences, Department of Philosophy
2nd year master's student
Annotation. This article provides a philosophical analysis of the importance of innovation as a method of development of education, the essence of innovation, its self-defining basis, the main features of purposeful activity. There are also different approaches to the organization of pedagogical systems in the modern educational space, based on different basic principles.
Keywords. Education, innovation, education system, innovative education, activity, innovative activity, subject, object.
O’ZBEKISTONDA INNOVATSION FAOLIYATIDA FAN VA TA’LIMNING RIVOJLANISHI
Karimov Muxammadraxim Salimjon o‘g‘li
Mirzo Ulug’bek nomidagi
O’zbekiston Milliy universiteti
Ijtimoiy fanlar fakuleti, Falsafa yo’nalishi
2-bosqich magistratura talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada innovatsion faoliyatning ta’limni rivojlanish usuli sifatida ahamiyati, innovatsion faoliyatning mohiyati, uning o‘zini o‘zi belgilovchi asosi, maqsadga muvofiq faoliyatning asosiy xususiyatlari falsafiy tahlil etilgan. Shuningdek, hozirgi ta’lim makonida pedagogik tizimlarni tashkil etishga nisbatan turli xil boshlang‘ich asoslarga ko‘ra vujudga kelgan yondashuvlar farqlangan.
Kalit so‘zlar. Ta’lim, innovatsiya, ta’lim tizimi, innovatsion ta’lim, faoliyat, innovatsion faoliyat, sub’ekt, ob’ekt.
Ta’lim tizimining bevosita innovatsiya bilan bog‘liq holda takomillashivi bugungi globallashuv jarayonida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. O‘zbekistonda ham ta’lim tizimi innovatsion mazmunga ega bo‘lgan holda isloh qilinmoqda. Bunday islohotlardan biri O‘zbekiston ta’lim tizimining xalqaro ta’lim makonidan munosib o‘ringa ega bo‘lishiga qaratilgan samarali faoliyatda namoyon bo‘lmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi Farmonida “Ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish; ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish” alohida ta’kidlangan. Ta’limni rivojlantirish o‘z navbatida innovatsion faoliyatning vujudga kelishini talab etmoqda.
Falsafiy metodologik tadqiqotlar tajribasi «jonli» hayotni, real amaliyotni nazariy modellar va sxemalarda aks ettirishga bo‘lgan har qanday urinishlar doim ziddiyatlarga to‘la ekanligidan, bu esa, hodisaning harakatlari va munosabatlari boyligini to‘laqonli aks ettira olmasligidan dalolat beradi. Innovatsiyani tiplarga ajratishning taklif qilinayotgan modeli ham bundan mustasno emas. U innovatsion jarayonning mantiqinigina nisbatan to‘liq aks ettiradi. Mazkur jarayon o‘z faol asosining tabiatiga ko‘ra reproduktiv-ijrochilik xususiyatiga ega bo‘lishi yoki produktiv-ijodiy bo‘lishi mumkin. Bizning nazarimizda,
10
International Conference on Innovations in Sciences, Education and Humanities
Hosted from Rome, Italy
https://conferencea.org December 10th 2021
shu farqning o‘ziyoq innovatsion1 faoliyat tushunchasining mazmuniga aniqlik kiritish uchun asos bo‘ladi. Shunday qilib, tizim sifatidagi innovatsiyaning nazariy modelini ta’lim amaliyotiga yaqinlashtirish uchun yana kamida bitta mezon – innovatsiyaning hajmi va ko‘lami haqida tasavvur hosil qilish imkoniyatini beruvchi faoliyat mezonini kiritish talab etiladi.2
Bu yo‘lda tashlangan muayyan qadamga Yu.A.Karpovaning tadqiqotida duch kelish mumkin. U innovatsion faoliyat fenomenini tushunish jarayonida shakllangan turli xil yondashuvlarning nazariy tahliliga tayanib, uni quyidagicha tavsiflaydi: «...innovatsion faoliyat – bu sub’ektning jadal sur’atlarda o‘zgarayotgan ijtimoiy va kasbiy voqelikka moslashishnigina emas, balki unga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini ham ta’minlovchi shaxsiy vositalari majmuini o‘zgartirishga qaratilgan metafaoliyatdir».
Bizningcha, ushbu tavsifda ikki holat e’tiborni tortadi. Birinchi – «metafaoliyat»ga chiqish, ya’ni, biz yuqorida qayd etib o‘tganimizdek, innovatsion faoliyatning muhim xususiyati boshqa faoliyatlarni o‘zgartirish hisoblanadi. Bunda boshqaruv nuqtai nazaridan bu «faoliyatlarni boshqarish borasidagi faoliyat» bo‘lsa, innovatsion nuqtai nazardan faoliyatning mohiyatini amalda o‘zgartirishdir. Ikkinchi – innovatsion faoliyatning o‘zgartiruvchi xususiyatini (moslashtiruvchi xususiyatiga zid o‘laroq) tushunish darajasiga chiqish. Bunday o‘ziga xos farqni urug‘lar joyini o‘zgartirish yo‘li bilan faqat kuchaytirish mumkin: innovatsion faoliyat ijtimoiy va kasbiy voqelikka moslashishnigina emas, balki ularni o‘zgartirishni ham nazarda tutadi. Bu innovatsion faoliyatning tabiatini ta’kidlaydi, amaliyotda ham, nazariyada ham ko‘pincha aralashtirib yuboriladigan faoliyat va jarayon tushunchalarining mazmunini bir-biridan ajratish uchun imkoniyat yaratadi.
Shu bilan bir vaqtda, mazkur tavsifda qayd etilgan innovatsion faoliyatning mo‘ljali shubha uyg‘otadi. Nima uchun bu faoliyat faqat «sub’ektning shaxsiy vositalari»ni o‘zgartirishga qaratiladi? Bunday tushunish innovatsion faoliyat sub’ektini shaxs darajasigacha toraytirmaydimi? Agar ushbu tavsifga qo‘shiladigan bo‘lsak, innovatsion faoliyat faqat shaxsiy darajada amalga oshirilishini tan olishimizga to‘g‘ri keladiki, bu tasavvur ham qilib bo‘lmaydigan bir holdir. Ikkinchidan, innovatsion faoliyat faqat «sub’ektning vositalari»nigina o‘zgartirishga qaratiladimi? Axir vositalar – bu faoliyatning instrumental ta’minoti-ku. Ushbu ta’minot kasbiy kompetentlik darajasida usullar, texnikalar va shu kabilarning to‘plami sifatida mujassamlashishi mumkin. Gap innovatsion faoliyat haqida borganida, u, bizning nazarimizda, vositalar majmuini o‘zgartirishga emas, balki usullarni o‘zgartirishga muvofiq keladi, chunki usulni kashf etishgina tom ma’noda qayta anglab yetishga va sub’ektning mazmunini o‘zgartirishga muhtoj bo‘ladi, bu o‘zgarish esa keyinchalik sub’ektning faoliyatida ham o‘zgarish yasaydi.
Yuqorida bayon etilganlar muayyan tarzda tashkillashtirilgan faoliyat, shu jumladan ta’lim faoliyati va pedagogik faoliyat sifatidagi innovatsiyani tiplarga ajratishning metodologik asosiga aniqlik kiritishni taqozo etadi. «Faoliyat insonning o‘zini qurshagan muhitga faol munosabati shaklidir», deb ta’kidlaydi E.G.Yudin. Uning fikricha, faoliyatning mazmuni mazkur muhitni madaniyatning mavjud shakllarini o‘zlashtirish va rivojlantirish asosida maqsadga muvofiq o‘zgartirish bilan belgilanadi. «Faoliyat» innovatsion faoliyatning mohiyatini tavsiflashga nisbatan jins bildiruvchi tushuncha bo‘lgani bois, yuqorida taklif qilinayotgan tavsifdan mulohazalarning tayanch nuqtasi sifatida foydalanish mumkin.
Bizningcha, faoliyatning, ayniqsa innovatsion faoliyatning tabiiy mohiyati uning o‘zini o‘zi belgilovchi asosini aniqlashni talab qiladi. Maqsadga muvofiqlik faoliyatning muhim xususiyati sanalsa-da, lekin u faoliyatning ikki konkret tipini bir-biridan to‘liq ajratish imkoniyatini bermaydi. Bir tomondan, muayyan maqsadga yo‘naltirilgan, reproduktiv, shaxssiz, ma’lum dasturlar va kontekstlar bilan belgilangan har qanday faoliyat maqsadga muvofiq hisoblanadi, chunki maqsadga muvofiq u yoki bu vositalar ishga solinishi, zaruriy usullar tanlanishi va qo‘llanilishi, maqsad va natijaning o‘zaro aloqasiga rioya etilishi mumkin. Ammo maqsad sirtdan beriladi va shunda sub’ekt sifatining o‘zgarishi yuz beradi. U faoliyat sub’ekti sifatida emas, balki izchil va maqsadga muvofiq harakatlar sub’ekti sifatida amal qiladi. Binobarin, uning pozitsiyasi funksionallik bilan cheklanadi, unda o‘z sub’ektiv asosi – maqsadni qo‘yish mavjud emas. Ushbu
-
1. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2018 yildagi faoliyati bo‘yicha hisobotidan. https://mininnovation.uz/
-
2.Петрова Е.А., Тарасова И.В. Инновационное мышление: путь к успеху руководителя / Карьерный успех: формирование кадрового потенциала / Материалы III Международной конференции (Ярославль, 24-26 октября 2014 г.). – Ярославль: Изд-во Академии Пастухова, 2014. –С. 62-69.
11
International Conference on Innovations in Sciences, Education and Humanities
Hosted from Rome, Italy
https://conferencea.org December 10th 2021
asos «aniq maqsadga qaratilgan, predmet doirasini kengaytiradigan unumli, ijodiy faoliyat»ni ajratish imkoniyatini beradi. Bu yerda faoliyatning yana bir o‘ziga xos belgisi – mazmun va maqsadni erkin belgilashni ham qayd etib o‘tish o‘rinli bo‘ladi, chunki berilgan shartlar, maqsadlar va vositalarni texnologik berilgan usullar yordamida ishga soluvchi majburiy faollik o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish vositasi bo‘lib xizmat qila olmaydi, harakatlarni xulq-atvor darajasida mustahkamlab, ularni «robotlashtiradi». Ayni shu sababli innovatsion faoliyat muayyan turdagi faoliyatni dunyoqarashdan kelib chiqib, ma’naviy tanlash muammosi hamdir, zero «madaniy yo‘l tanlash jarayonida o‘z faoliyatining sxemalari, me’yorlari va ideallarini yaratuvchi sub’ekt bu o‘z rivojlanishining istiqbollarini belgilovchi, o‘z tarixini yaratuvchi insondir».
Maqsadni qo‘yish nafaqat faoliyatni «sub’ektivlashtiradi», balki uning yaxlitligini maqsad va natijaning dialektik birligi sifatida belgilaydi. Bunda produktiv va reproduktiv asosning, ijod va bajarish omillarining, ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishning shunday bir uyg‘un birligi yuzaga keladiki, u sub’ekt va ob’ekt o‘zaro aloqasining aniqlangan, barqaror qonuniyatlarining kamchiliklarini «...ilgari3 to‘plangan tajribadan ob’ektiv dunyoning shu paytgacha noma’lum xossalari, sifatlari, tomonlari va shu kabilarni o‘zlashtirish, ularni odamlar dunyosiga (madaniyatga) kiritish uchun foydalanish usullarini» yaratish asosida bartaraf etish imkoniyatini beradi. Shunda bizning fikrimizcha, faoliyat natijasi ehtiyojda so‘nmaydi, balki maqsadning mazmunini yanada kengaytirish omili, ya’ni maqsadni qo‘yish bo‘lib xizmat qiladi. Shu tariqa innovatsion faoliyatning o‘zini o‘zi rivojlantirish ijtimoiy mexanizmi ta’minlanadi.
Innovatsion faoliyat faoliyat ob’ektini o‘zgartirish qobiliyatini ro‘yobga chiqarish bilangina cheklanmaydi. U ob’ektning turli tomonlari bilan to‘laqonli o‘zaro aloqaga kirishish jarayonida sub’ektning asoslarini «qayta dasturlashtirish» yoki «sub’ektning o‘zini o‘zi qurishi» uchun zamin yaratadi, chunki maqsadga erishilganida yuz beruvchi mohiyat, tuzilish va munosabatlardagi o‘zgarishlar muqarrar tarzda sub’ekt tushib qoladigan nomuayyanlik holatini yuzaga keltiradi. Lo‘nda qilib aytganda, ob’ektning yangi o‘zaro aloqalari uning o‘zi uchun ham yangi hisoblanadi. Bunda real ob’ektiv vaziyatni, uning muammoliligini va bu muammodan chiqishning konstruktiv yo‘llarini tahlil qilishni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi oqilona-refleksiv ong imkoniyatlaridan foydalaniladi.
Bundan innovatsion faoliyatning yana bir xususiyati kelib chiqadi. Uning chegarasi sub’ekt-ob’ekt va sub’ekt-sub’ekt munosabatlari tizimiga insonning mohiyatini belgilovchi kuchlarning namoyon bo‘lishi nuqtai nazaridan yondashish imkoniyatini beradi va nazarda tutadi. Bu yerda ta’limdagi innovatsion faoliyatni tashkil etishning muhim xususiyatlaridan biri namoyon bo‘ladi. Hozirgi zamon ta’lim konsepsiyalari ta’lim jarayonini sub’ekt-sub’ekt o‘zaro munosabatlari sifatida tushunishga asoslanadi, uni pedagogik ta’minlash vazifasi esa sun’iy loyihalashtiriluvchi pedagogik tizimlarni tabiiylashtirishdan, ya’ni insonning mohiyatini belgilovchi kuchlar namoyon bo‘lishi uchun ijtimoiy-pedagogik maydonni yaratishdan iboratdir. Bu holda ta’lim jarayoni o‘z asosiga ko‘ra gumanistik jarayonga (inson maqsadga erishish vositasi sifatida amal qilmaydi, undan mehnat quroli sifatida foydalanilmaydi), o‘z xususiyatiga ko‘ra esa – gumanitar jarayonga (insonning bilim va uni olish jarayoni bilan uzviyligi, bilim o‘z hayot mazmunini anglab yetish jarayonida o‘zlashtirilishi ta’minlanadi) aylanadi.
Ta’lim jarayoni va uning innovatsiyalari faoliyatlar o‘zaro almashinuvi, ya’ni o‘zaro aloqa uchun alohida maydon yaratadi. Bunda uning har bir ishtirokchisi faoliyati mazkur o‘zaro aloqa natijasida yaratiladigan mazmunni bevosita rivojlantiradi. O‘zaro aloqa va bir-birini taqozo etish munosabatlari bilan tavsiflanuvchi o‘zgacha yaxlitlik vujudga keladi.4 Shundan kelib chiqib V.N.Sagatovskiy ajratgan munosabatlarning ikki tipi – «sub’ekt-sub’ekt» va «sub’ekt-ob’ekt» munosabatlariga «ob’ekt-ob’ekt» va «ob’ekt-sub’ekt» munosabatlarini qo‘shimcha qilish mumkin. Bunda shuni e’tiborga olish lozimki, ta’lim jarayoni bilan, ya’ni ta’limga oid o‘zaro aloqa jarayoni bilan belgilanadigan ijtimoiy o‘zaro aloqalar xususiyati mazkur munosabatlarni butun tizimning muayyan yaxlitlik sifatida namoyon bo‘lishining «omillari» sifatida subordinatsiyalash imkoniyatini beradi. Bizning nazarimizda, bu (mustaqil tip yoki «omil») sub’ektivlik va ob’ektivlik xossasining o‘zi atributiv emas, balki funksional xususiyat kasb etadi, degan qoida darajasida
-
5. Усольцев А., Шамало Т. Понятие инновационного мышления. Педагогическое образование в России. 2014. № 1. –С. 94
-
6.Усольцев А.П. Формирование инновационного мышления школьников в учебном процессе / А.П. Усольцев, Т.Н. Шамало // Образование и наука. - 2014. - № 4. - С. 17-31.
12
International Conference on Innovations in Sciences, Education and Humanities
Hosted from Rome, Italy
https://conferencea.org December 10th 2021
muhim emas. Misol uchun, har qanday individ o‘zaro aloqa jarayonida sub’ekt xossasini ham, ob’ekt xossasini ham kasb etishi, bir o‘zaro aloqa juftida (o‘qituvchi-o‘quvchi) amal qilishi ham, ko‘p sonli o‘zaro aloqada (o‘qituvchi-o‘quvchi-o‘quvchi) amal qilishi ham mumkin.
O‘zaro aloqaning vazifa jihatidan tipologik xususiyati shu bilan ta’minlanadiki, sub’ekt-sub’ekt munosabatlari koordinatsion funksional tabiatga ega bo‘ladi, sub’ekt-ob’ekt munosabatlari esa doim subordinatsiyani o‘zida ifodalaydi. Boshqa funksiyalar yuqorida zikr etilganlarga nisbatan ko‘makchi rol o‘ynaydi. Masalan, sub’ekt-ob’ekt munosabatida kamida uchta tizim yaratuvchi funksiyalar o‘zining moddiy ifodasini topadi. Ularning orasida turtki berish funksiyasi boshlang‘ich faoliyat manbaini belgilaydi, tartibga solish funksiyasi – faoliyat predmetini va uning qizg‘inlik darajasini belgilashga xizmat qiladi, subordinatsiyalash funksiyasi sub’ektning faoliyatga qo‘shilish darajasini aniqlaydi. So‘nggi funksiya sub’ekt-sub’ekt o‘zaro aloqasida mavjud emas – bu yerda monolog madaniyati dialog madaniyatiga o‘rin bo‘shatadi, mazmun esa bahamjihat yaratiladi.
Demak, ta’limni tashkil etishning yuksak darajada moslashuvchan va faol bo‘lgan, ijtimoiy-madaniy vaziyatga optimal darajada samarali ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy-madaniy shakllarini yaratish mavjud ta’lim tizimining cheklangan imkoniyatlarini kengaytirish yo‘li, yangi professional-pedagogik madaniyat va boshqaruv madaniyatini shakllantirish vositasidir. Bu holda butun tizimning turmush tarzi innovatsionlik sifatini kasb etadi. Ammo bunga erishish uchun tashkil etish va boshqarishning monomadaniyat an’analarining tor xususiyatiga barham beruvchi tegishli shakllari va usullarini izlash talab etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
-
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2018 yildagi faoliyati bo‘yicha hisobotidan. https://mininnovation.uz/
-
2.Петрова Е.А., Тарасова И.В. Инновационное мышление: пут к успеху руководителя /
Карерный успех: формирование кадрового потенциала / Материалы III Международной
конференции (Ярославл, 24-26 октября 2014 г.). – Ярославл: Изд-во Академии Пастухова, 2014. –С. 62-69.
-
3.Лесков С. Л. Живая инновация. Мышление ХХI века: пособие для старшеклассников. 2-е изд.
М. : Просвещение, 2010.
-
Сенко Ю. В. Формирование научного стиля мышления учащихся. М: Знание, 1986. (Новое в жизни, науке, технике. Сер. «Педагогика и психология»). 10 с.
-
Усолцев А., Шамало Т. Понятие инновационного мышления. Педагогическое образование в России. 2014. № 1. –С. 94
-
6.Усолцев А.П. Формирование инновационного мышления школников в учебном процессе / А.П. Усолцев, Т.Н. Шамало // Образование и наука. - 2014. - № 4. - С. 17-31.
-
Романова Э.Ф. Инновационное мышление – как фактор подготовки старшеклассника к жизни в обществе. –Казан, Казанский педагогический журнал №5, 2018. –С. 186
13