ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 07.11.2023
Просмотров: 665
Скачиваний: 6
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
Qirol votchinasining qaram dehqonchiligi asosiy uch guruxga bo'linar edi:
Feodal rentani mahsulot va pul obroki shaklida topshirishga obyektiv ehtiyoj vujudga keldi. Mahsulot shaklidagi renta ishlab chiqaruvchidan yanada yuqori ishlab chiqarish madaniyatini talab etardi. XIV-XV asrlarda Fransiyada feodallar qaram dehqonlarni barshchinadan mahsulot shaklidagi rentaga, keyinchalik esa pul rentasiga o'tkazdilar. Natijada dehqon xo'jaligi feodal rentasini ishlab chiqarish markaziga aylandi. Fransuz zodagonlari oltin va kumushlarning shu'lasidan mast bo'lib qoldilar. Pul shaklidagi obrok o'lchab bo'lmas darajada katta ediki, feodallar o'zlarining barcha talablarini qondirishga harakat qilardilar.Feodallar talablarining tobora ko'payishidan ko'pgina dehqon xo'jaliklari g'azablanardi. Feodallarning surunkali ravishda urush- lar natijasida dehqonlarning ahvolini tobora og'irlashar, hosilning kamayishi, ocharchilik va epidemiyalar natajasida tabaqalararo urushlar kuchayib borardi.Ingliz feodal qirolligi IX asrda vujudga keldi. Lekin feodal mu- nosabatlar Angliyada sekin rivojlanardi. Feodal xo'jalik 1066 yilda Angliya Normandiya gersogi Vilgelm tomonidan bosib olingandan keyin to'la-to'kis rivojlanib bo'ldi. Yerlarning kelgindi normand va fransuz feodallari tomonidan birdaniga musodara qilinishi yirik yer egalarning paydo bo'lishi va dehqonlarning qaramlashuvi sur'atlarini tezlashtirib yubordi.XI asrning oxirida yerlarni ro'yxatdan o'tkazish jarayonida shu narsa ayon bo'ldiki, o'sha davrga kelib Angliya xo'jaligining asosiy qismini qaram dehqonlar mehnatiga asoslangan manor qo'rg'onlari tashkil etardi. XII-XIII asrlarga kelib manor tizimi mamlakatning 80% ini tashkil etardi. Manorlarga qaram dehqonlar xizmat qilardi. Asta-sekin manor tizimi 2 asosiy guruhga ajraldi:
O'rta asrlarda Germaniyada feodal munosabatlarning rivojlanishi Angliya va Fransiyadagiga nisbatan sekinroq amalga oshdi. Buning asosiy sababi Germaniyada ancha vaqt davomida siyosiy tarqoqlik hukm surgani va markazlashgan yagona feodal davlat- ning yo'qligi edi. Shunga qaramay XII asr boshida nemis qish- loqlari asosan feodal qishloqlarga aylandi. Qishloq aholisining asosini qaram dehqonlar tashkil qildi. Cherkov va monastir ye- rlarida fogtlar deb atalmish neofeodalarga bo'ysunadigan "fogt odamlari" yashaganlar.Nemis feodalizmi tarixida Germaniya feodallarining Elba dary- osi sharqida joylashgan G'arbiy slavyanlar yerlariga qilgan bosq- inchilik harakatlari muhim o'rin tutadi. By harakatlar zamirida yan- gi yerlar va qaram dehqonlarni qo'lga kiritish yotar, tub slavyan aholisi doimiy ravishda, rahmsizlarcha qirib tashlanardi. Bosib olingan yerlarda bir necha feodal ritsarlik knyazliklari tuzildi. Nemis ritsarlari butun Boltiq bo'yi yerlarini bosib olishga erishdilar.Germaniyada qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishning ahvoli tax- minan Fransiya va Angliyadagidek edi. O'zlashtirilgan yerlar may- doni sezilarli darajada kengaydi, texnik ekinlar ekila boshlandi, donli ekinlar, poliz va bog'larga qarash yaxshilandi, chorvachilikn- ing rivojlanishi ancha yuqori darajaga yetdi.XIII asr oxirlaridan boshlab Germaniyadagi agrar munosabat- larda, Angliya va Fransiyadagidan ko'ra kamroq seziladigan darajada bo'lsa ham, to'ntarish boshlandi.Shahar va qishloq orasida tovar munosabatlarining kuchayishi ta'sirida Germaniyaning bir qator rayonlarida ishlab berish tizimi va shaxsiy qaramlikning bir qator elementlari yo'q qilindi, feodal qaramlikning to'lov to'lash shakllariga o'tildi. Sharqiy Germani- yaning nemis feodallari tomonidan mustamlakaga aylantirishi natijasida XV asrda keng miqyosda dehqonlarni qaramlashtirish amalga oshirildi. Bularning hammasi ezilgan dehqonlarning ke- skin noroziliklariga sabab bo'ldi va XVI asrda ularning ommaviy ko'zg'olonlari - "Buyuk dehqonlar urush"ni tayyorlab berdi.
O'rta asr shaharlari asosan feodallarning yerlarida joylashgan bo'lib, ular esa qaram edilar. Shaharlarda avvaliga erkin hunar- mandlar bilan bir qatorda qaram dehqonlar ham yashashgan. Lekin sekin-asta shaharlar o'z erkinliklari va mustaqilliklari uchun kurasha boshladilar. Feodal shaharlarda xokimiyat boy savdogarlar, sudxo'rlar va uy egalari qo'liga o'ta boshladi.Hunarmandchilik va savdo-sotiq shahar aholisining asosiy mashg'uloti bo'la boshladi. Shahar hunarmandchiligining eng keng tarqalgan turlari to'qimachilik metallarni eritish va ularga ishlov berish edi.To'qimachilik sohasida movut va dag'al jun matolar ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega edi. Feodal G'arbiy Yevropada Flandriya8 va Florensiya rayonlari jun ishlab chiqarishning asosiy markazlari edi. Sharq davlatlaridan o'zlashtirib olingan shoyi ishlab chiqarish shimoliy italyan shaharlari va Fransiyaning ba'zi sha- harlarida (Lion) rivojlandi.Qurol-yarog' ishlab chiqarish juda tez rivojlana boshladi. Uzluksiz urushlar ko'p miqdorda qurol va yarog'-aslaha talab qilardi. Metallga bo'lgan talab metallurgiyaning tez rivojlanishiga olib keldi. Ochiq o'choqlar o'rnini yopik o'choqlar egallay boshladi. Yopiq o'choqlarda yuqoriroq temperatura rejimlariga erish- ish mumkin bo'lib, natijada qiyin eruvchi temir rudalaridan ham metall olinadigan bo'ldi. XV asrda deyarli barcha G'arbiy Yevropa davlatlarida domna o'choqlari bor edi. Metallga ishlov berishda quymachilik ishi katta ahamiyatga ega bo'ldi.Yevropadagi o'rta asr hunarmandchiligiga xos bo'lgan jihat ishning sexlar ko'rinishida tashkil etilishi bo'lib, bu feodal tu- zumining oqibati edi. U yoki bu shaharning har bir sexi bir kasb yoki mutaxassislik hunarmandlarini birlashtirar, o'z ustavi va say- lanadigan ma'muriyati-oqsoqollariga ega edi. Faqat ustalar o'rta asr sexlarining to'la huquqli a'zolari edi. Hunarmandchilik ustax- onalarida ustalar bilan bir qatorda yordamchi ishchi va shogirdlar ham ishlar edi.Sex hunarmandchiligida hali mehnat taqsimoti yo'q bo'lib, har bir hunarmand o'z mahsulotini boshidan oxirigacha o'zi tayyorlar edi. Raqobatga qarshi turish hamda hunarmandchilik ustaxonalaridagi ishchilar o'rtasida iqtisodiy tenglikni ta'minlash maqsa- dida o'rta asr hunarmandchilik sexlarida shafqatsiz, qattiq regla- mentlash tartibi amalda bo'lgan. Mahsulot hajmi va sifati, bahosi, yordamchi ishchi va shogirdlar soni, jixozlar va xom-ashyo miq- dori, ish kunining davomiyligi bularning hammasi qat'iy belgilab qo'yilgan.Shaharda hech kim, agar u sex a'zosi bo'lmasa, biror bir hunar bilan shug'ullanishga haqqi yo'q edi.Bu tadbirlarning hammasi, shu jumladan sex tashkiloti ham av- val boshda progressiv ahamiyatga ega bo'ldi, chunki hunarmand- larning manfaatlarini himoya qilar edi. Lekin sexlar sekin-asta jamoaviy ishlab chiqarish rivojlanishiga to'sqinlik qila boshladi. Chunki sexlardagi reglamentlash tartibi texnik rivojlanishga, ishlab chiqarish kuchlarining o'sishiga sun'iy to'sqinlik qilar, raqo- batni va hunarmandlarning tashabbusini bo'g'ib turar edi.
-
kolonlar, yoki chorakorlar, ular ko'pchilikni tashkil etishardi
-
shaxsan erkin, ammo yer qaramligida bo'lganlar:
-
qul-servlar - shaxsan va yer qaramligida bo'lganlar; -
litlar - o'rta holatdagilar - qaysidir feodalning homiyligida bo'lib, yer ulushidan merosga qoldirish huquqi bilan foydalanu- vchilar.
-
XIII asrlar uchun ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va qishloq xo'jaligining mahsuldorligini oshirishda yuksalish xususi- yatlidir. Yerga ishlov berish yaxshilandi. Uch dalalik uslubi tarqaldi. Bo'sh yerlar va o'rmonlarni o'zlashtirish - ichki mustamlakalashti- rish keng tarqaldi.
-
XI-XV asrlarda G'arbiy Yevropada qishloq xo'jaligi
Feodal rentani mahsulot va pul obroki shaklida topshirishga obyektiv ehtiyoj vujudga keldi. Mahsulot shaklidagi renta ishlab chiqaruvchidan yanada yuqori ishlab chiqarish madaniyatini talab etardi. XIV-XV asrlarda Fransiyada feodallar qaram dehqonlarni barshchinadan mahsulot shaklidagi rentaga, keyinchalik esa pul rentasiga o'tkazdilar. Natijada dehqon xo'jaligi feodal rentasini ishlab chiqarish markaziga aylandi. Fransuz zodagonlari oltin va kumushlarning shu'lasidan mast bo'lib qoldilar. Pul shaklidagi obrok o'lchab bo'lmas darajada katta ediki, feodallar o'zlarining barcha talablarini qondirishga harakat qilardilar.Feodallar talablarining tobora ko'payishidan ko'pgina dehqon xo'jaliklari g'azablanardi. Feodallarning surunkali ravishda urush- lar natijasida dehqonlarning ahvolini tobora og'irlashar, hosilning kamayishi, ocharchilik va epidemiyalar natajasida tabaqalararo urushlar kuchayib borardi.Ingliz feodal qirolligi IX asrda vujudga keldi. Lekin feodal mu- nosabatlar Angliyada sekin rivojlanardi. Feodal xo'jalik 1066 yilda Angliya Normandiya gersogi Vilgelm tomonidan bosib olingandan keyin to'la-to'kis rivojlanib bo'ldi. Yerlarning kelgindi normand va fransuz feodallari tomonidan birdaniga musodara qilinishi yirik yer egalarning paydo bo'lishi va dehqonlarning qaramlashuvi sur'atlarini tezlashtirib yubordi.XI asrning oxirida yerlarni ro'yxatdan o'tkazish jarayonida shu narsa ayon bo'ldiki, o'sha davrga kelib Angliya xo'jaligining asosiy qismini qaram dehqonlar mehnatiga asoslangan manor qo'rg'onlari tashkil etardi. XII-XIII asrlarga kelib manor tizimi mamlakatning 80% ini tashkil etardi. Manorlarga qaram dehqonlar xizmat qilardi. Asta-sekin manor tizimi 2 asosiy guruhga ajraldi:
-
villanlar qishloq xo'jaligining 30 akrgacha yeri bo'lgan va o'z ish quroli hamda xo'kiziga ega bo'lgan dehqonlar sinfi -
kotgerlar kichkina yeriga ega bo'lgan yoki umuman yeri bo'lmagan dehqonlar.
-
asr davomida Angliyaning deyarli barcha dehqonlari shaxsan ozod bo'ldilar qishloq xo'jaligi esa asosan tovar xo'jaligi shaklini oldi. Angliyaning ko'pchilik dvoryanlari yollanma meh- natga asoslangan xo'jalik yurita boshladilar. Yangi burjuazlashgan dvoryanlar tabaqasi paydo bo'ldi. Bu Angliya qishloq xo'jaligida yangi, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari tug'ilayotganini bildirar edi.
O'rta asrlarda Germaniyada feodal munosabatlarning rivojlanishi Angliya va Fransiyadagiga nisbatan sekinroq amalga oshdi. Buning asosiy sababi Germaniyada ancha vaqt davomida siyosiy tarqoqlik hukm surgani va markazlashgan yagona feodal davlat- ning yo'qligi edi. Shunga qaramay XII asr boshida nemis qish- loqlari asosan feodal qishloqlarga aylandi. Qishloq aholisining asosini qaram dehqonlar tashkil qildi. Cherkov va monastir ye- rlarida fogtlar deb atalmish neofeodalarga bo'ysunadigan "fogt odamlari" yashaganlar.Nemis feodalizmi tarixida Germaniya feodallarining Elba dary- osi sharqida joylashgan G'arbiy slavyanlar yerlariga qilgan bosq- inchilik harakatlari muhim o'rin tutadi. By harakatlar zamirida yan- gi yerlar va qaram dehqonlarni qo'lga kiritish yotar, tub slavyan aholisi doimiy ravishda, rahmsizlarcha qirib tashlanardi. Bosib olingan yerlarda bir necha feodal ritsarlik knyazliklari tuzildi. Nemis ritsarlari butun Boltiq bo'yi yerlarini bosib olishga erishdilar.Germaniyada qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishning ahvoli tax- minan Fransiya va Angliyadagidek edi. O'zlashtirilgan yerlar may- doni sezilarli darajada kengaydi, texnik ekinlar ekila boshlandi, donli ekinlar, poliz va bog'larga qarash yaxshilandi, chorvachilikn- ing rivojlanishi ancha yuqori darajaga yetdi.XIII asr oxirlaridan boshlab Germaniyadagi agrar munosabat- larda, Angliya va Fransiyadagidan ko'ra kamroq seziladigan darajada bo'lsa ham, to'ntarish boshlandi.Shahar va qishloq orasida tovar munosabatlarining kuchayishi ta'sirida Germaniyaning bir qator rayonlarida ishlab berish tizimi va shaxsiy qaramlikning bir qator elementlari yo'q qilindi, feodal qaramlikning to'lov to'lash shakllariga o'tildi. Sharqiy Germani- yaning nemis feodallari tomonidan mustamlakaga aylantirishi natijasida XV asrda keng miqyosda dehqonlarni qaramlashtirish amalga oshirildi. Bularning hammasi ezilgan dehqonlarning ke- skin noroziliklariga sabab bo'ldi va XVI asrda ularning ommaviy ko'zg'olonlari - "Buyuk dehqonlar urush"ni tayyorlab berdi.
-
XI-XV asrlarda G'arbiy Yevropada feodal shahar, hunarmandchilik va savdo sotiq.
O'rta asr shaharlari asosan feodallarning yerlarida joylashgan bo'lib, ular esa qaram edilar. Shaharlarda avvaliga erkin hunar- mandlar bilan bir qatorda qaram dehqonlar ham yashashgan. Lekin sekin-asta shaharlar o'z erkinliklari va mustaqilliklari uchun kurasha boshladilar. Feodal shaharlarda xokimiyat boy savdogarlar, sudxo'rlar va uy egalari qo'liga o'ta boshladi.Hunarmandchilik va savdo-sotiq shahar aholisining asosiy mashg'uloti bo'la boshladi. Shahar hunarmandchiligining eng keng tarqalgan turlari to'qimachilik metallarni eritish va ularga ishlov berish edi.To'qimachilik sohasida movut va dag'al jun matolar ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega edi. Feodal G'arbiy Yevropada Flandriya8 va Florensiya rayonlari jun ishlab chiqarishning asosiy markazlari edi. Sharq davlatlaridan o'zlashtirib olingan shoyi ishlab chiqarish shimoliy italyan shaharlari va Fransiyaning ba'zi sha- harlarida (Lion) rivojlandi.Qurol-yarog' ishlab chiqarish juda tez rivojlana boshladi. Uzluksiz urushlar ko'p miqdorda qurol va yarog'-aslaha talab qilardi. Metallga bo'lgan talab metallurgiyaning tez rivojlanishiga olib keldi. Ochiq o'choqlar o'rnini yopik o'choqlar egallay boshladi. Yopiq o'choqlarda yuqoriroq temperatura rejimlariga erish- ish mumkin bo'lib, natijada qiyin eruvchi temir rudalaridan ham metall olinadigan bo'ldi. XV asrda deyarli barcha G'arbiy Yevropa davlatlarida domna o'choqlari bor edi. Metallga ishlov berishda quymachilik ishi katta ahamiyatga ega bo'ldi.Yevropadagi o'rta asr hunarmandchiligiga xos bo'lgan jihat ishning sexlar ko'rinishida tashkil etilishi bo'lib, bu feodal tu- zumining oqibati edi. U yoki bu shaharning har bir sexi bir kasb yoki mutaxassislik hunarmandlarini birlashtirar, o'z ustavi va say- lanadigan ma'muriyati-oqsoqollariga ega edi. Faqat ustalar o'rta asr sexlarining to'la huquqli a'zolari edi. Hunarmandchilik ustax- onalarida ustalar bilan bir qatorda yordamchi ishchi va shogirdlar ham ishlar edi.Sex hunarmandchiligida hali mehnat taqsimoti yo'q bo'lib, har bir hunarmand o'z mahsulotini boshidan oxirigacha o'zi tayyorlar edi. Raqobatga qarshi turish hamda hunarmandchilik ustaxonalaridagi ishchilar o'rtasida iqtisodiy tenglikni ta'minlash maqsa- dida o'rta asr hunarmandchilik sexlarida shafqatsiz, qattiq regla- mentlash tartibi amalda bo'lgan. Mahsulot hajmi va sifati, bahosi, yordamchi ishchi va shogirdlar soni, jixozlar va xom-ashyo miq- dori, ish kunining davomiyligi bularning hammasi qat'iy belgilab qo'yilgan.Shaharda hech kim, agar u sex a'zosi bo'lmasa, biror bir hunar bilan shug'ullanishga haqqi yo'q edi.Bu tadbirlarning hammasi, shu jumladan sex tashkiloti ham av- val boshda progressiv ahamiyatga ega bo'ldi, chunki hunarmand- larning manfaatlarini himoya qilar edi. Lekin sexlar sekin-asta jamoaviy ishlab chiqarish rivojlanishiga to'sqinlik qila boshladi. Chunki sexlardagi reglamentlash tartibi texnik rivojlanishga, ishlab chiqarish kuchlarining o'sishiga sun'iy to'sqinlik qilar, raqo- batni va hunarmandlarning tashabbusini bo'g'ib turar edi.
-
XV asrlarda ishlab chiqarish kuchlari va tovar ishlab chiqarish rivojlanishi bilan birga ichki va tashqi savdo ham kengaya bor- di. Ayniqsa kompaniyadagi yarmarkalar mashhur edi. Uning oltita shahrida navbatma-navbat yarmarkalar tashkil etilar, bu yerga turli davlatlardan savdogarlar oqib kelardi. Savdogarlar va hunar- mandlarni talon-tarojdan va yirik feodallar o'z boshimchaligidan himoya qilish uchun shaharlar maxsus ittifoqlarga birlashganlar. Ulardan eng mashhuri Ganza ittifoqi bo'lib, u butun Shimoliy Yev- ropadan (Novgoroddan) Londongacha - o'z filial va idoralariga ega edi.
-
Venetsiya
-
Florensiya
-
asr boshiga kelib sanoat ishlab chiqarishining barcha so- halarida ish qurollari va ishlab chiqarish texnologiyalari ancha takomillashgan edi. Takomillashgan sohalar qazib olish va qayta ishlash sohalari edi. Shaxtalarda o'z davri uchun ancha murakkab qurilmalar paydo bo'ldi. Bunday mexanizmlar chuqurroq shaxta- lar qurish va avvallari yetib bo'lmagan qatlamlardan ruda olish imkoniyatini berdi.
-
Botqoqliklarni quritish va o'rmonlarni qo'porib tashlash natijasida haydaladigan yerlar ancha kengaydi. -
XVI asrda dehqonchilikning ko'proq takomillashgan tizimlari
-
ko'p dalalik almashlab ekish va o't o'stirishga o'tish boshlandi.
-
O'g'itlardan foydalanish kengaydi, qishloq xo'jalik asbob- uskunalari soni ko'paydi. -
Metallurgiya yutuqlari metalldan ishlangan qurollarning ko'payishi va ularning sifati oshishiga olib keldi.
-
ichki bozor kengaydi, -
tashqi bozorga mahsulot yetkazib berish tez o'sa boshladi, -
savdogar asosiy shaxsga aylana bordi, -
pul munosabatlari murakkablashdi, -
savdo shartnomalari va bitimlarining yangi ko'rinishlari ildiz ota boshladi, -
birja mahsulot va qimmatbaho qog'ozlar ayirboshlash joyi- ga aylandi, -
qarz berish va bank ishi rivojlandi.