Файл: 1. Hayot faоliyati хavfsizligi fanini maqsad va fazifalari, tarkibiy qismlari.doc

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 22.11.2023

Просмотров: 89

Скачиваний: 3

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.

1.Hayot faоliyati хavfsizligi fanini maqsad va fazifalari, tarkibiy qismlari.

Hаyot fаоliyati xаvfsizligi’’ fаnining аsоsiy mаqsаdi bo’lаjаk mutаxаsislаrni ish fаоliyatidа vа umumаn hаyotdа xаvfsiz vа sоg’lоm fаоliyati shаrоitlаrini yarаtish, xаvfsizlik, tеxnоsfеrа, dеmоgrаfiya, dеmоgrаfik pоrtlаsh, ulаrning zаmоnаviy tеxnikа tаrаqqiyoti dаrаjаlаrini bаhоlаy оlishgа o’rgаtish vа tаrаqqiy etgаn tеxnоlоgik jаrаyonlаrni аtrоf – muhit bilаn, ya’ni tаbiаt аtо etgаn ekоlоgik muhit bilаn muvоzаnаtdа bo’lish qоidаlаrigа o’rgаtish, zаmоn tаlаbi bo’yichа ish jаrаyonlаrini tаshkil qilish, bo’lishi mumkin bo’lgаn аvаriya hоlаtlаrni оldindаn bеlgilаsh vа ulаrgа qаrshi kurаsh chоrа – tаdbirlаrigа tаyyorlаrlik ishlаrini bаjаrish, shuningdеk tаbiiy оfаtlаr vа fuqаrоlаr mudоfаsi mаsаlаlаri bo’yichа mustаqil еchimlаrni tоpish imkоniyatlаrini yarаtish uchun ish оlib bоrаdi. Hаyot fаоliyati xаvfsizligi’’kursi 4 bo’limdan iborat:

1.Hayotiy faoliyat xavfsizligining nazariy asoslari. 2.Fuqarо muhоfazasi 3.Yong’in xavfsizligi 4Birinchi tibbiy yordam

Shuningdеk kurs xаvfsizlikning umumiy mаsаlаlаri vа ekоlоgiya, mеhnаt qilish qоnuniyatlаri vа ekоlоgiya qоnuniyatlаri аsоslаri, tаshkiliy mаsаlаrni, bulаrdаn kеlib chiqаyotgаn muаmmоlаrni еchishni o’z оldigа qo’ygаn. Bundа аsоsiy mаsаlа insоn vа u yashаyotgаn muhit bilаn bоg’liq. Shuningdеk insоngа xаvfli vа zаrаrli оmillаrning tа’sir dаrаjаlаri o’rgаnilаdi, uning nоrmаlаri bеlgilаnаdi vа bu hаvfli vа zаrаrli оmillаr vа bаxtsiz hоdisаlаri, аvаriyalаr vа tаbiiy оfаtlаrgа qаrshi kurаsh chоrа – tаdbirlаrini ishlаb chiqishgа o’rgаtilаdi."Hayot faoliyati xavfsizligi" fanining maqsadi ishlab chiqarishda va favqulotda xolatlarda xavfsizlikni ta’minlash va yaxshi ish sharoitlarini yaratish uchun insonlarni nazariy va amaliy jihatdan tayyorlash, ekstremal vaziyatlarda qanday harakat qilishni, Shikastlanganlarga birinchi yordam ko’rsatish qoidalarini o’rgatishdan iboratdir. "Hayot faoliyati xavfsizligi" fanining asosiy vazifalari: xavflarni identifikatsiyalash, ya’ni xavflarning sonli harakteristikasi va kelib chiqish nuqtalarini ko’rsatgan xolda ularga ta’rif berish, aniqlash va bilish; foyda va harajatni solishtirgan xolda xavf-xatardan himoyalanish printsiplari va uslublarini o’rgatish.

2.Hayot faоliyati хavfsizligi nazariyasining asоsiy tushuncha va ta`riflari.

Xozirgi vaqtda inson - tabiiy, texnik, iqtisodiy va boshqa har xil xavf-xatar dunyosida ishlaydi. Shu xavf - xatarlar natijasida juda ko’p insonlar hayotdan ko’z yumadilar (Armanistondagi zilzila, Chernobil AES halokati, Jigaristondagi yer siljishi, Admiral Naximov paroxodining cho’kishi, Sverdlovskiyda Chelyabinsk - Ufa temir yo’l uchastkasida portlash va h.k.). Shuning natijasida 3000 dan ortiq odam halok bo’ldi. 20000 odam nogiron bo’ldi va 200000 odam kasallandi.Birlashgan Millatlar Tashkilotining 42 sessiyasida 1991 yildan boshlab tabiiy ofat va falokatlarni kamaytirish bexatarlik yillari, deb belgilangan edi. Hayot faоliyati хavfsizligi fanining maqsadi - mеhnat хavfsizligini chuqur o’rganish, bilish, tashviqоt qilish va оdamlarni хavf - хatardan хimоya qilish masalalari asоsida tarbiyalashdir. Hayotiy faoliyat xavfsizligi tushunchasi Hayotiy faoliyat xavfsizligi tushunchasida ko’p uchraydigan ta’riflar bilan belgilanadi.Faoliyat - insonning jamiyatda mavjud bo’lishi uchun kerakli sharoit. Mehnat -faoliyatning yuqori shakli. Faylasuflarning fikricha, insonning ta’rifi – harakatdagi, mehnatdagi faoliyatidadir.Mehnat va faoliyat shakllari turlicha bo’lib, ular hayotda uchraydigan aqliy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va boshqa jarayonlarni oz ichiga oladi. Faoliyat jarayoni modeli. Faoliyat jarayoni modeli ikki elementdan, ya’ni inson - va muhit orasidagi to’g’ri va tesqari munosabatlardan tuzilgan deb tasavvur qilish mumkin. Tesqari munosabatlar moddiy dunyoning qarama - qarshilik umumiy qonunlaridan kelib chiqadi. "Inson-muhit" sistemasi ikki maqsadli bo’ladi: 1) aniq bir natijaga erishish. 2) ko’ngilsiz xodisalarni chiqarib tashlash (inson sog’ligiga va hayotiga ziyon, yong’inlar va falokatlar). Shularning kelib chiqishi va shunga o’xshash xodisalar oqibatida kelib chiqadigan natijaga
Xavf deb ataladi

3.Hayotiy faoliyat xavfsizligining uchta o`zaro bog`liq masalasi.

HFX - uchta o’zaro bog’liq masalani xal etadi:

1. Xavflarni birday (umumlashtirish) deb hisoblash, ya’ni ularning qiyofasiga qarab, koordinati va miqdoriy xususiyatlarini ko’rsatish ; 2. Sarf harajatlari va foydasini solishtirish asosida xavflardan himoya qilish; 3. Paydo bo’lishi mumkin bo’lgan salbiy (xavfning qoldiq deformatsiyasidan kelib chiqqan) xavflarni yo’qotish.HFX masalalari bilan qadim zamonlardan beri ko’p ulug’ allomalar shug’ullanib kelishgan. Masalan, Gippokrat eramizdan avvalgi 460-377 yillar, Aristotel eramizdan avvalgi 384-322 yillar, nemis tabibi, olimi va muhandisi Agrikola 1494-1555 y. Mehnat muxofazasidan risola yozgan, italyan tabibi Ramatssini (1633 -1714) tozalik gigiyenasiga asos solgan. M.V. Lomonosov (1711-1765) tog’ konlarida mehnat muxofazasi to’g’risida monografiya yozgan. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab sanoatda texnika rivojlanishi munosabati bilan,bir guruh olimlar xavfsizlik muammosi bilan shug’ullanganlar: Kirpichev V.L. (1855-1913), PressAA (1857-1930), Nikolskiy D.P. (1855 - 1918), Levitskiy V.A. (1867-1936), Skochinskiy A.A. (1874-1960), Kaplun (1897-1943) va boshqalar. Abu Ali Ibn Sino (980-1087) o’z ishlari bilan bundan 1000 yil muqaddam gigiyena faniga asos solgan. Texnosferani rivojlanishiga xavfsizlik muammosi rivojlanishiga akad. Legasov V.A. o’z ilmiy ishlarini bag’ishlagan. HFX - o’z nazariya va metodologiya usullariga ega. Shunga qaramay HFX - muhandislik, ruhiy xolatiga (psixologiyasiga), inson fiziologiyasiga, mehnat muxofazasiga, ekologiya, ergonomika, iqtisod va boshqa fanlarning yutuqlariga asoslangan. HFX ning metodologik asosi - bu tartibiy taxlildir. Texnika va sanoatning yuqori taraqqiy etgan xozirgi davrida HFX ning ahamiyati yana ham oshib ketdi. Xavfsizlik masalalari yana ham keskinlashib ketdi, shuning uchun mehnat xavfsizligini chuqur o’rganish, bilish, tashviqot qilish va odamlarni xavf-xatardan himoya qilish masalalari asosida tarbiya qilish kerak.

4.Xavflar taksonomiyasi.

Taksonomiya - bu murakkab xodisalarning tushunchalarini, kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni turkumlash (klassifikatsiya) va sistemalash to’g’risidagi fandir. U faoliyat xavfsizligi sohasida ilmiy bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tartibini yanada chuqurroq o’rganishda katta ahamiyatga ega. Taksonomiya yangi fan bo’lib, hali to’la ishlab chiqilmagan. Shuning uchun bu to’g’rida taksonomiyaning ishlangan qismi to’g’risida so’z olib boramiz:

1. Kelib chiqishi bo’yicha xavflar tabiiy, texnik, ekologik va aralash bo’ladi.

2. Rasmiy standartga asoslanib xavflar xili bo’yicha fizik, kimyoviy, biologik va ruhiy turlarga bo’linadi.

3. Salbiy oqibatlarning ro’y berish vaqti bo’yicha xavflar impulsiv (beixtiyor harakat) va kumulyativ (to’satdan keluvchi) larga bo’linadi.

4. Xavflarning tarqalishiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha (lokalizatsiya) - litosfera, gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog’liq bo’ladi.

5. Xavflar kelib chiqadigan oqibatlari bo’yicha - charchash, kasallanish, jarohatlanish, halokatlar, yong’inlar va o’limga olib boradigan sabablar.

6. Xavflar keltiradigan zarari bo’yicha - ijtimoiy, texnik, ekologik va h.k.

7. Xavfni namoyon bo’ladigan muhiti bo’yicha – maishiy, sport, yo’l transport, ishlab chiqarish va harbiy.

8. Odamga ta’siri bo’yicha xavf - aktiv va passiv, o’ta ta’sirchan (zaharlar, kislotalar) va sust (narkotik moddalar, aroq, sigareta) bo’ladi. Passiv deganda odamning o’zi sababchi bo’lad

5.Xavflar daraxti" ning sxemasi.

Xavflarni o’rganish tartibi uch xil bo’ladi:

I.Bosqich- - xavflarni oldindan tahlil etish. Bu bosqich uch qadam bilan bajariladi:

1 -qadam xavf manbalarini aniqlash.

2-qadam xavflarni vujudga keltiradigan qismlarni aniqlash.

3-qadam tahlilni chegaralash, ya’ni tekshirilmaydigan xavflarni chiqarib tashlash.

II. Bosqich - xavfli xolatlarning ketma-ketligini aniqlash, xodisa va xavflar "daraxtini" (shajarasini) tuzish.

III. Bosqich – oqibatlarni tahlil qilish. Misol tariqasida kran-balka ilgagidan yukning tushib ketish xodisasi sabablarini aniqlash daraxti sxemasi keltirish mumkin; Kran-balka ilgagidan yukning tushib ketishi

> Saqlagich qulfining yo`qligi > Fiksator kuchining yo`qolishi > Chiqish yoki kirish > Trosning uzilishi > Texnik nazoratning yo`qligi > Trosning zanglashi (korroziyasi). "Xavflar daraxti" yuqoridan pastga qarab quriladi hamda sabablarni hisobga olgan taqdirda tamom bo’ladi. Bu xavfsizlikning murakkab masalalarini xal qilish yo’llarini tayyorlashda va asoslashda foydalaniladigan metodologik choralar yig’indisidir.O’zaro ta’siri bilan aniq bir maqsadga erishtiradigan aloqador qismlar yig’indisi - sistema deb ataladi. Qism - (komponent) - deganda birgina moddiy obyektdan tashqari aloqalar va bog’lanishlar ham tushuniladi. Har qanday sozlangan mashina texnik sistemasining misoli tariqasida ko’rinishi mumkin.Tarkibiga odam ham kiradigan sistema - ergatik sistema deb ataladi.Ergatik sistemaning misollari "odam-mashina", "odam-mashina-atrof muhit".Sistemalash printsip xodisalarga o’zaro bog’liq ravishda bir dasta yoki to’plam (yig’indi) tariqasida qaraydi.Sistema beradigan maqsad yoki natija sistema yaratuvchi element deb aytiladi. Masalan, yong’in - yonuvchi modda, oksidlovchi kislorod, yondiruvchi. Bu yerda yong’in sistema, yonuvchi modda, oksidlovchi, yondiruvchi uning elementlari. Agar birorta elementni shulardan chiqarib tashlasak, sistema buziladi. Sistemada bor sifat uning elementlarida bo’lmaydi. Bu sistemaning muhim xususiyati bo’lib, xavfsizlik masalalari taxlili asosida joylashgan.Ko’ngilsiz voqealarning paydo bo’lish sabablarini aniqlash, ularni kamaytirishga qaratilgan tadbirlar xavfsizlik sistemasi tahlilining asosiy maqsadidir."Sabablar va xavflar "daraxti" - sistema tariqasida.Har qanday sabab(lar) natijasida vujudga kelgan xavflar zarar keltiradi.Sababsiz chinakam (haqiqiy) xavf ham zarar ham yo’q. Demak, xavfdan saqlanish uning kelib chiqish sabablarini bilishga asoslangan.Sodir bo’lgan xavflar bilan sabablar o’rtasida sabab - oqibat aloqasi bor. O’z yo’lida bir sabab ikkinchi sababiy oqibat bo’lib chiqadi va h.k. Shunday qilib, sabablar va xavflar zanjirsimon sistemani yaratadi. Bunday grafik ko’rinishi (tasvir) shoxli daraxtga o’xshaydi. Xorijda "Sabablar daraxti", "Inkorlar daraxti", "Xavflar daraxti" va bo’lak har xil "daraxtlar" degan tushuncha va u "daraxtlar"ni tuzish uchun kerakli raqamlar mavjud. Quriladigan "daraxtlar"da sabab shoxlari va xavflar shoxlari bor. Ularni o’zaro ajratib tashlash mumkin emas. Shuning uchun xavfsizlikni tahlil etishda tuzilgan daraxtni "sabablar va xavflar" daraxti deb atash lozim.

6.Hayotiy faoliyat xavfsizligini ta’minlash asoslari.

Xavfsizlikning umumiy nazariyasining tuzilishida tamoyil (printsip)lar va usullar ko’rilayotgan bilim sohasida aloqalar to’g’risida to’la tasavvur qilishda metodologik ahamiyatga ega. Asos (negiz, printsip) - bu fikr, g’oya, maqsad (asosiy xolatdir).

Usul - bu eng umumiy qonuniyatlarni bilish orqali maqsadga erishish yo’li.

Xavfsizlikni ta’minlash asoslari va usullari mantiq va dialektikaga xos umumiy usullarga tegishli bo’lmay, maxsus va ayrim usullardan hisoblanadi. Usullar va asoslar o’zaro bog’liqdir.Xavfsizlikni ta’minlash choralari - bu usullarni va asoslarni amaliy, tashkiliy, moddiy gavdalantirib amalga oshirishdir.Asoslar, usullar, choralar - bu xavfsizlikni ta’min etishdagi mantiqiy pog’onaIardir. Ularni tanlab olish faoliyatning aniq sharoitlariga, xavfning darajasiga va boshqa mezonlarga bog’liq.

7.Xavfsizlikni ta`minlash yo`llari.

Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari ko’p. Ularni belgilarga qarab bir necha sinflarga ajratish mumkin. Masalan: yo’llantiruvchi, texnik, tashkiliy, boshqaruv.

1. Yo’naltiruvchi:1) Operatorning faolligi; 2) Faoliyatning muruvvatlash (odamiyligi, muruvvatliligi); 3) Tuzulishning tartibsizlanishi (destruksiya); 4) Operatorni almashtirish; 5) Turkumlashlar (klassifikatsiya); 6) Xavflarni yo’qotish; 7) Tartiblash (sistemalash); 8) Xavfni kamaytirish.

2.Texnik:1) Blokirovkalash; 2) Vakuumlash; 3) Zichlash (germatizatsiya);4) Masofa bilan himoyalash; 5) Mahkamlash - puxtalash; 6) To’siqlar orqali (ekranlash); 7) ojiz zveno qo’llash; 8) Siqilgan havo qo’llash; 9) harakatlarni sekinlashtirish.


3. Tashkiliy :1) Vaqt bilan himoyalash; 2) Axborot (ma’lumotlar);3) Zaxiralash; 4) Mos kelmaslik: 5) Me’yorlash; 6) Xodimlar tanlash; 7) Ergonomiklik.

4. Boshqaruv:1) Moslik (adekvatnost); 2) Nazorat; 3) Qarshi aloqa; 4) Javobgarlik; 5) Rejalilik; 6) Rag’batlantirishlar; 7) Samaradorlik; 8) Boshqarish.

8.Xavfsizlikni ta’minlash usullari, ta’riflari.

Inson o’z mehnat faoliyati jarayonida bo’ladigan fazo - ish joyi deb ataladi (gomosfera). Xavf mavjud yoki vaqti – vaqti bilan paydo bo’ladigan fazoni noksosfera deyiladi. Xavfsizlikni ta’minlashga quyidagi 3 xil usullar orqali erishiladi:

  1. Gomosfera va noksosferani fazoviy va vaqtiy ma’noda ajratib qo’yish, buni hal qilish uchun masofadan boshqarish, avtomatlashtirish, robotlashlirish vositalari yordamidan foydalaniladi.

  2. Xavflarni yo’qotish yoli bilan noksosferani me’yorlashtirish. Bu usulga ishchilarning shovqin, gaz, changdan, jarohatlanishdan saqlovchi shaxsiy va kollektiv himoya vositalari qo’llash.

V) Bu usul ishchilarni tegishli muhitga moslashishga, uni himoyalash darajasini ko’tarishga yo’natirilgan har xil vositalar va usullarni o’z ichiga oladi: Kasbiga qarab tanlash, ruhiy ta’sir va (shaxsiy) himoya vositalari qollash. Amalda esa yuqorida aytilgan usullar (kombinatsiyasi) birgalikda qollaniladi. Xavfsizlikni ta’minlovchi vositalarga, jamoa (kollektiv) va shaxsiy himoya vositalari kiradi. (JXV va SHXV). Ular o’z navbatida xavflarning turi, tuzilishi, ishlatish sohasiga ko’ra guruhlarga bo’linadi.

10.Hayotiy faoliyat xavfsizligini boshqarishning - uslubiy asoslari.

HFX boshqarilishida - inson - muhit sistemasi tushuniladi. HFXni boshqarish - bu aqlan (atay) ob’yektni xavfli xolatdan, kam xavfli xolatga o’tkazish. Bunda iqtisodiy va texnik maqsadga muvofiqlik shartlariga amal qilinadi. Hayot fоliyati хavfsizligining aspеktlarga lоyiq juda ko’p bоshqaruv vоsitalari mavjud. Bular qatоriga хalq оmmasining ma’rifati, kasbni tanlash va o’rganish, оdamlarda intizоm madaniyatini tarbiyalash, bоshqaruvchi shaхslarga ruhiy ta’sir, shaхsiy va jamоa, himоya хamda tехnik vоsitalar kabilar kiradi. HFXni boshqarishning vazifalari. Boshqarish vazifalari quyidagilardan iborat: 1 Obyekt xolatining tahlili va baxosi.2. Boshqarishning tadbirlari.3. Boshqariluvchi va boshqaruvchi sistemalarni tashkil qilish.4. Boshqarishning tashkiliy ishlarini nazorat qilish va tekshirish sistemalarini yaratish.5. Tadbirlarning ta’sir qilishini, foydasini aniqlash. 6. Rag’batlantirish. HFXni boshqarish quyidagilardan iborat: Dunyoqarashlik, fiziologik, ruhiy, ijtimoiy, tarbiyaviy, ekologik, tibbiy, texnik. huquqiy va iqtisodiy. HFXning aspektlariga loyiq juda ko’p boshqaruv vositalari mavjud. Bular qatoriga xalq ommasining ma’rifati, kasbni tanlash va o’rgatish; odamlarda intizom madaniyatini tarbiyalash; boshqariluvchi shaxslarga (subyektlarga) ruhiy ta’sir: shaxsiy va jamoa himoya va texnik vositalari (SHHV va JHV) va h.k

13. Faoliyat xavfsizligining ergonomik asoslari.

Ergonomika ilmiy fan bo’lib, u texnika, psixologiya, fiziologiya va gigiyena fanlarining birikishidan paydo bo’lgan. Unda anatomiya, biomexanika, toksikologiya, antropometriya va biofizika fanlarining ma’lumotlari qo’llaniladi.Ergonomika mehnat jarayonlarida qulay (optimal) sharoitlarni yaratish maqsadida insonning funksional imkoniyatlarini va afzalliklarini o’rganadi. Bunda mehnat yuqori unumli va ishonchli bo’ladi hamda intellektual va fizik rivojlanishga yangi imkoniyatlar ochadi. Boshqacha qilib aytganda, inson tavsiflari bilan muhit tavsiflari o’rtasida ma’lum kelishuvchanlik haqida so’z boradi. Ergonomika - bu mehnat qonuniyatlari va ishchi jarayonlar haqidagi fandir. Ergonomika tushunchasi grekcha - ish va qonun degan so’zlardan kelib chiqqandir.Ergonomika so’zini birinchi bo’lib, 1875- yili o’zining “Ergonomika jihatilari, ya’ni mehnat haqidagi fan” degan ishida polyak olimi Yastshembovskiy taklif qilgan.Yangi ilmiy fanni yaratish g’oyasi boshida 1921 yilda sobiq ittifoq olimlari V.M. Bexterev va V. N. Myasnitsevlar uni “egologiya” keyin “ergonologiya” deb atashni taklif qilishgan. 1949 yilda Angliyada yangi ilmiy fanni yaratish uchun fanning har xil sohalaridan bir guruh mutaxassislar birikkanlarida ergonomika tushunchasi qabul qilindi. Ergonomika fanining maqsadi - mashina va ishlab chiqarish qurollarining o’lcham (parametr)larini hamda ishlab chiqarish muhitini inson ehtiyojlariga moslashtirishdir, ya’ni mehnat jarayonlarini me’yorlash (optimallashtirish) va hamma ko’ngilsiz ishlab chiqarish omillarini bartaraf qilish yoki maksimal kamaytirishdan iboratdir. Ishlab chiqarishda yechiladigan asosiy ergonomik vazifalarni quyidagi tartibda sinflashimiz va turlarga bo’lishimiz mumkin: 1.Psixologik yuklanishni kamaytirish ; 2.Shinam ishchi muhitini ta’ minlash: 3.Ishning qulayligini ta’ minlash- bunda qulay bo’lgan jixoz, mebel, asbob, maxsus kiyimlarni yaratish va ishiatish, hamma jixozlarni badiiy konstruksiyalarini yaxshilash kiradi.4. Ishlab chiqarishni ratsional tashkil qilish: 5.Kadrlar bilan ishlash ; 6.Fiziologik yuklanishni kamaytirish


14. Operatorning ish joyini tashkil qilish.

Ish joyi - bu inson mehnat faoliyatini amalga oshirishga “inson-mashina-ishlab chiqarish-muhit” tizimida ma’lumotlarni aks ettirish vositalari, boshqarish qismlari va yordamchi jixozlar bilan jixozlangan joydir. Ish joylari yakka va kollektiv turlarga bo’linib, tikka, o’tirib va “tikka-o’tirib” ishlashga mo’ljallanadi.Ish joyini rejalashtirish va joylashtirishda quyidagi prinsiplarga amal qilish tavsiya qilinadi: boshida to’liq rejalashtirish, keyin qismlarini, oldin optimal xolda, keyin amaliy ruxsat qilinganini; ish jarayoni va jixozni rejalashtirishga yagona tizim talablari bilan yondashish.Ish joyini loyihalashda antropometriya ma’lumotlarini hisobga olish muhimdir. Ergonomika bo’yicha manbaalarda maxsus ta’kidlanadiki, konstruktor o’zining antropometrik va psixofiziologik tavsiflarini boshqa odamlar uchun ham namunaviy deb qaramasligi va shu asosda narsalarni loyihalash jarayonini tashkil qilmasligi kerak.Faqat inson tanasi o’lchamlari va a’zolari haqida, uning yoshi va jinsi o’rganilgan xolda keng to’plangan tizimli tanlangan ma’lumotlarni jalb qilganda o’lcham standartlarini loyihalash uchun mustahkam ilmiy baza bo’lishi mumkin.Ish joyini tashkil qilishda quyidagilarni ta’minlash maqsadga muvofiq: - operatorning ma’qul ishchi xolati (tik yoki o’tirgan xolda); - muhimligi va ko’rish maydoni doirasida foydalanish jadalligiga qarab boshqarish qismlari va indikatorlarini ratsional joylashtirish;-operatorga harakatlanish va siljishda yetarli erkinlik berilishi;- ish joyi elementlarining eng yaxshi ko’rinishi;- insonning antropometrik, fiziologik va psixologik tavsiflarining ish joyi konstruksiyasiga mosligi;-mashinadan kelayotgan ma’lumotlar tezligi va hajmining inson tomonidan qabul qilish va ishlov berishi imkoniyatlariga mosligi;-operatorlarning ish vaqtida qisqa muddatli dam olishlari uchun sharoit bo’lishi;- ishlovchilarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish.Ish joyi o’zida ma’lumot (MAAV joylashgan bo’shliq) va motor (boshqarish qismlari joylashgan bo’shliq) maydonlarini tashkil qiladi.Ish joyining asosiy qismlaridan biri operatorning kreslosi (o’rindig’i) hisoblanadi. U operatorga fiziologik jihatidan mehnat harakteri va sharoitiga binoan ratsional ishchi xolat (poza)ni ta’minlash va funksional shinamlikni ta’minlash mezoni bo’lishi lozim.