Файл: 1. Hayot faоliyati хavfsizligi fanini maqsad va fazifalari, tarkibiy qismlari.doc

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 22.11.2023

Просмотров: 91

Скачиваний: 3

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.

17. Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari.
Mehnatni muxofaza qilish quyidagi manbalarda ko’zda tutilgan:

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;

O’zbekiston Respublikasining «Mehnatni muxofaza qilish» Qonuni;

O’zbekiston Respublikasining «Mehnat qonunlari kodeksi»;

Texnika xavfsizligiga oid me’yorlar, qoidalar, standartlar va yo’riqnomalar.

Mehnatni muxofaza qilishning qator masalalari Konstitutsiyada o’z aksini topgan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, IX bobi fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiv huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bo’lib, 36-moddada «Har bir inson qonunda ko’rsatilgan tartibda mehnat qilish, erkin kasb tanlash, qulay sharoitlarda mehnat qilish va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir» deb ko’rsatib o’tilgan. Ushbu bobning 37-moddasida «Barcha ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga egadir, Ish vaqti va haq to’lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi». 38-moddada esa «Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo’qotganda, shuningdek, boquvchisini yo’qotganda va boshqa xollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga egadir. Bunday nafaqalar va ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori tirikchilik uchun zarur bo’lgan maoshning eng kam miqdoridan oz bo’lishi mumkin emas» deb o’tilgan. Konstitutsiyaning 39-moddasida «Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega» deb belgilangan. Bu moddada tibbiyot xizmati bo’yicha hech bir cheklanishlar yo’qligi, bunda turli - tuman tibbiyot xizmati korxonalari tashkil etilishi, jumladan, malakali tibbiyot xodimlari o’z shaxsiy davolash muassasalariga ega bo’lishi, bu bilan esa davolash sohasida raqobat vujudga keladi, natijada axoli malakali tibbiyot xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
18. Mehnat muhofazasiga oid tadbirlarni rejalashtirish.
Mehnat muxofazasiga oid hamma ishlar oldindan tuzilgan reja asosida amalga oshiriiadi. Buning uchun mehnatni muxofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlari rejasi tuzilishi kerak. Nomenklatura chora-tadbirlari rejasi kasaba-uyushmasi qo’mitasi bilan kelishilgan xolda korxona ma’muriyati tomonidan tuziladi. Unda ushbu korxonada mehnat sharoiti, kasb kasalliklari va o’z korxonasiga inson organizmga ta’sir qiluvchi zaharli omillarning mavjudligi asos qilib olinadi. Nomenklatura chora-tadbirlari rejasiga bajarilishi lozim bo’lgan, ish sharoitini yaxshilashga olib keladigan chora-tadbirlar kiritilishi lozim. Ular quyidagicha bo’lishi lozim:

1.Baxtsiz xodisalarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar. Bunga qo’shimcha himoyalovchi va muxofaza qiluvchi to’siq qurilmalarni o’rnatish, muxofaza qilishning avtomatik turkumlarini qo’llash, masofadan turib boshqariladigan asboblarni joriy qilish, ogohlantirish tizimlari, jarayonlarni mexanizatsiyalash va boshqalar kiradi.

2.Kasb kasalliklarini kamaytiradigan chora-tadbirlar. Bunga ishchilarga har xil zararli ta’sir qiladigan moddalardan muxofaza qiluvchi moddalar hamda moslamalar tayyorlash va qo’llash, havo almashtirish tizimlarini o’rnatish, eski turlarini qayta jixozlash, zamonaviy ishlab chiqarish jixoz-dastgohlardan foydalanish, havo haroratini, tarkibini kuzatadigan asboblarni o’rnatish va boshqalar misol bo’ladi.

3.Ish sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar. Bunga ish joylarini yoritish, sanitariya-maishiy xizmat ko’rsatish xonalari xolatini yaxshilash, maxsus kiyim, bosh va oyoq kiyimlari bilan o’z vaqtida ta’minlash, mehnatni muxofaza qilish xonalarini, ko’rgazmali qurollarni tashkil qilish va boshqalar kiradi. Nomenklatura chora-tadbirlari ishlovchilarning ish bitimiga kiritilganligi va ishchilarning umumiy majlisida tasdiqlanganligi sababli, bu tadbirlar korxona ma’muriyati tomonidan bajarilishi shart hisoblanib, uning bajarilishi haqida ma’muriyat ishchilarga axborot berib turishi kerak. Nomenklatura chora-tadbirlariga sarflanadigan mablag’ korxonaning asosiy fondidan ajratilib, bu mablag’lar faqat shu sohalarga ishlatilishi lozim.
19. Mehnat muhofazasini boshqarish tizimi.
Mehnat muxofazasini boshqarish korxona boshqarish tizimining bir qismidir. Mehnat muxofazasini boshqarishni korxona boshlig’i o’rinbosari (yoki bosh muhandis) va bo’lim boshliqlari olib boradi. Bu tizimning asosiy e’tibori ishlab chiqarishda sog’lom va xavfsiz mehnat qilish sharoitini yaratishga qaratilgan. Mehnat muxofazasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


1. Mehnat muxofazasi ishlarini rejaiashtirish, amalga oshirish, baxolash ishlarini barqarorlashtirish.

2. Ishlovchilarni mehnat xavfsizligiga o’qitish va mehnat muxofazasi masalalarini tashviqot qilish.

3.Bino va inshoot, ishlab chiqarish jarayonlari va asbob-uskunalarining xavfsizligini ta’minlash.

4.Mehnat sharoitining sanitar-gigiyenik xolatini me’yorlashtirish.

5. Ishchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash.

6. Ishchilar uchun maqbul ish va mehnat sharoitini varatish.

7. Ishlovchilar uchun davolash-oldini olish tadbirlarini rejaiashtirish va amalga oshirish.

8. Alohida mutaxassisliklar bo’yicha kasb tanlovi o’tkazish.

9. Ishlovchilarga sanitariya-maishiv xizmat ko’rsatish va xokazo. Tizim mehnat qonunchiligi hujjatlari, davlat va kasaba uyushmasi qarori, yo’llanma va farmonlari, texnikaviy hujjatlar asosida boshqariladi. Masalan, kimyo va neft kimyosi sanoati korxonalarida mehnatni muxofaza qilishni boshqarish tizimi uchun 1989-yil iyulda tasdiqlangan 480-sonli buyruq va 1984-yil 14-noyabrdan kuchga kirgan Nizom asosiy hujjat hisoblanadi.
20. Ishlovchilarni mehnat xavfsizligiga o`qitish.
Xozirgi zamon fan - texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishda zamonaviy, texnologiyalar va mashina-uskunalaming qo’llanilishi ishlab chiqarishda ishlayotgan har bir xodimdan yuqori malakani egallashni, ishlab chiqarish qonuniyatlarini yaxshi tushunishni va unga amal qilinishini talab qiladi. Xozirgi vaqtda ishchiiar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko’plab qoida, norma, yo’riqnomalar ishlab chiqilgan. Ammo, shunga qaramasdan, ishlab chiqarish korxonalarida baxtsiz xodisalar uchramoqda. Shu sababH sanoat korxonalarida ishlab chiqarishning xilma-xilligini hisobga olib, o’zi uchun mos keladigan mehnat xavfsizligini ta’minlash yo’riqnomalari tizimi (MXTYT) tashkil qilingan. Bu tizimlar ishchilarning xavfsizligini ta’minlovchi ish usullarini o’rgatish bilan ishchining mehnat xavfsizligini saqlash chora-tadbirlarini ham o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarishda ishchilar mehnat xavfsizligiga quyidagi yo’riqnomalar asosida o’qitiladi. Kirish yo’riqnomasi. Bunda ishga kirayotgan yangi ishchilar kirish yo’riqnomasidan o’tkaziladi. Bu yo’riqnomaning asosiy maqsadi ishga kirayotgan ishchiga mehnatni muxofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi to’g’risida ma’lumotlar berish, uni ishlab chiqarish maydoni va sexlardagi tartib-qoidalarga o’rgatishdan iborat.

Ish joyidagi yo’riqnoma. Bunday yo’riqnoma ishchining bir ish joyian ikkinchi ish joyiga o’tkazilganda amalga oshiriladi. Rejali yoki takroriy yo’riqnoma. Bu yo’riqnomadan korxonadagi hamma ishchilar (ish staji, kasbi, malakasidan qat’i nazar) korxona kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan kelishilgan bir vaqtda o’tkaziladi.Rejadan tashqari yo’riqnoma. Agar mehnatni muxofaza qilish qoidalarida, texnologik jarayonda, uskuna-moslama tuzilishida, ishlatilayotgan xomashyolarda o’zgarishlar bo’lsa, ishchilar xavfli ish usullaridan foydalansa, baxtsiz xodisalar yuz bersa, mehnat intizomi va xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilsa, avariya sababli baxtsiz xodisa ro’y bergandan keyin darxol o’tkaziladi.

Kundalik yo’riqnoma - maxsus ruxsatnoma bilan bajariladigan xavfli ish bajaruvchilarning ish boshlashlaridan oldin o’tkaziladi. Bu yo’riqnomaning o’tkazilganligi haqidagi ma’lumot maxsus-ruxsatnoma qog’ozida yozib qo’yiladi.

21. Mehnat muhofazasiga oid qoida va me`yorlarni buzganlik uchun javobgarlik.

Ma’lumki, ishlab chiqarish korxona rahbarlarini, ishchilarni o’z ishlariga sovuqqonlik, loqaydlik bilan qarashlari oqibatida mehnat xavfsizligi tartib qoidalari buzilib, baxtsiz xodisalar ro’y beradi. Baxtsiz xodisaning og’ir - yengilligi va oqibatlariga qarab 4 xil javobgarlik chora - tadbirlari belgilangan:

1.lntizomiy javobgarlik. Bunda korxonada ishlab chiqilgan sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitlarining buzilishi oqibatida ish rejasining buzilishiga, kasallik, baxtsiz xodisa, zaharlanish va boshqa salbiy xodisalar ro’y berishi mumkin. Ular uchun intizomiy javobgarlik ta’sis etilgan. Bu javobgarlik ishchilar uchun: ogohlantirish, xayfsan e’lon qilish, 3 oy muddat bilan past oylik yoki past lavozimli ishga o’tkazish, ishdan bo’shatish javobgarligi qo’llaniladi. Rahbar shaxslar uchun: ogohlantirish, hayfsan e’lon qilish, bir yilgacha lavozimni pasaytirish, ishdan bo’shatish javobgarligi qo’llaniladi.



2.Ma’muriy javobgarlik. Bunday javobgarlik asosan mansabdor shaxslarga nisbatan qo’llaniladi va u 3 turda belgilanishi mumkin:

-axloqiy harakterdagi javobgarlik (ogohlantirish, tanbeh);

-mablag’ yoki pul undirish javobgarligi (jarima yoki musodara qilish);

-shaxsiga taalluqli javobgarlik (vazifasidan chetlatish, axloq tuzatish ishlari, ma’muriy qamoq jazosi).

3.Jinoiy javobgarlik. Bunday javobgarlikka mehnat xavfsizligi qoidalarining qo’pol buzilishi natijasida og’ir jarohatlanish yoki bir necha kishining og’ir jarohatlanishi, yoki baxtsiz xodisa o’lim bilan tugasa, qoidani buzishda ayblangan rahbar xodimlar tortiladilar. Jinoiy javobgarlik rahbar xodimni vazifasidan chetlashtirish yoki ma’lum muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan beigilanadi.

4.Moddiy javobgarlik. Mehnat xavfsizligi qoida va normalarini buzgan ishchi va xizmatchilar korxona ko’rgan moddiy zararni qoplashga yo’naltirilgan javobgarlikdir. Moddiy javobgarlik chegaralangan yoki to’liq javobgarlik tartibida belgilanishi mumkin. Chegaralangan moddiy javobgarlikda korxonaga yetkazilgan zarar korxona rahbari buyrug’iga asosan ishchi va xizmatchining oyligidan undirib olinadi. Bunda aybdor shaxsning roziligi bilan oyligidan (uchdan biridan oshmaslik sharti bilan) ushlab qolinadi. To’liq moddiy javobgarlik jinoyat sodir bo’lgan taqdirda va aybdor jinoiy ish qilgan bo’lsa, uni jinoiy javobgarlikka tortish bilan bir qatorda korxonaga keltirgan moddiy zararni ham to’liq qoplashga majbur qilinadi Bunday javobgarlik qarorlarini tuman yoki shahar sud organlari chiqaradi. Bu xolda korxona ma’muriyati tomonidan aybdorlik aybini tasdiqlovchi hujjatlar ko’rsatilishi shart hisoblanadi.

22. Ishlab chiqarish korxonalarida baxtsiz hodisa va kasb kasalliklarining kelib chiqishi.

Ma’lumki, ishlab chiqarish korxonalarida texnika xavfsizligi sanoat sanitariyasi va yong’in xavfsizligi qoida, norma va yo’riqnomalarining buzilishi ishlovchilarning jarohatlanishiga, zaharlanishiga yoki kasb kasalliklariga olib keladi. Jumladan, shikastlanish, inson tanasining teri yoki boshqa qismlariga tashqi ta’sirlar: mexanik, kimyoviy, issiqlik va elektr ta’sirida yuzaga keladigan talafotdir. Masalan, urilishi natijasida organizmning lat yeyishi, teri kesilishi, suyak sinishi, terining kuyishi sovuq urishi, elektr toki urishi va boshqa inson faoliyatining buzilish xol’atlarini aytish mumkin. Jarohatlanish va baxtsiz xodisa 3 turga bo’lib baxolanadi 1. Ishlab chiqarishda, ish joyida jarohatlanish. 2. Ish bilan bog’liq, lekin bevosita ishlab chiqarish bilan bog’lanmagan. 3. Ishlab chiqarish va ish bilan bog’lanmagan jarohatlanish. Birinchi turdagi jarohatlanishga ishchining ma’muriyat tomonidan buyurilgan ishni bajarish davomida ish joyida oladigan jarohati kiradi. Ikkinchi turdagi jarohatlanishga korxona ma’muriyati topshirig’i bilan boshqa joylarda ishlarni bajarganda oladigan jarohati kiradi (masa¬lan, ishga borib-kelish vaqtida. xizmat safari vaqtida, boshqa obvektlar-dagi faoliyatda). Uchinchi turdagi jarohatlanishga maishiy xolatlarda, mast bo’lishi natijasida, davlat mulkini o’g’irlash vaqtida, uy sharoitida vujudga kelgan jarohatlanishlar kiradi.Sanoat sanitariyasi normalarining buzilishi natija¬sida ishlab chiqarish zonalaridan ajralib chiqqan zararli omillar ta’sirida ishchi zaharlanishi yoki kasb kasalligiga chalinishi mumkin. Kasbiy zaharlanish bir ish kunida yuz bersa, u o’tkir zaharlanish deyiladi. Agar odam tanasida uzoq muddat davomida zaharli moddalar yig’ilsa, u surunkali zaharlanish deyiladi va u kelajakda kasb kasalliklariga olib keladi Ishlab chiqarishda yuz beradigan jarohatlanishning, zaharlanishlarning sodir bo’lishiga (yoki kasb kasalligining kelib chiqishiga) sanoat korxonalarida yo’l qo’yilgan tashkiliy va texnik xatolar natijasi deb qaraladi.

23. Sanoat jarohatlanishi va kasb kasalliklarini o`rganish usullari.

Sanoat korxonalarida baxtsiz xodisalarni va baxtsiz xodisalarni keltirib chiqaruvchi xavfli xolatlarni hamda baxtsiz xodisalarning kelib chiqishiga sabab bo’ladigan omillarni aniqlash, ularni yo’qotish chora-tadbirlarini ko’rishga qaratilgan. Bu ishlar asosan, oqilona ish usullarini qo’llash, baxtsiz xodisa va kasb kasalliklarining kelib chiqishidan xoli bo’ladigan ish sharoitini tashkil qilish hisobiga amalga oshiriladi. Baxtsiz xodisalar sabablarini aniqlash uchun asosan ikki usuldan foydalaniladi. 1. Statistika usuli.Bu usul baxtsiz xodisalarning umumiy statistik hisobga olingan sanoat jarohatlanishining materiallarini tahlil qilishga asoslangan. Bu usul sanoat jarohatlanishini tahlil qilish uchun asosiy material bo’lishdan tashqari, baxtsiz xodisalami kamaytirishda chora – tadbirlar ko’rish uchun amaliy ma’lumot beradi. Bu usul bilan sanoat jarohatlanishini aniqlovchi chastota koeffitsiyenti va jarohatning og’irligi koyeffitsiyentining o’rtacha ko’rsatkichini olish imkoniyatini beradi. 2. Monografiya usuli. Bu usulning mohiyati, baxtsiz xodisa yuz bergan ayrim sex uchastka yoki ishlab chiqarish xonasini chuqur va har tomonlama o’rganish asosida olib boriladi. Asosiy diqqat-e’tibor texnologik jarayonlarning cheklanishi, ayrim ish usullari, ishlab chiqarishning xavfli lahzalari va sanitar-gigiyenik mehnat sharoitiga qaratilishi kerak. Ushbu korxonalarda ro’y bergan baxtsiz xodisalar, avariyalar va kasb kasalliklarining sabablari aniqlanadi va o’rganiladi.Xuddi shunday tahlillar turdosh korxonalar bo’yicha ham o’tkaziladi.Monografik usul ishlab chiqarish sharoitida kelib chiqishi mumkin bo’lgan potensial baxtsiz xodisalarni aniqlash imkoniyatini beradi. Shuningdek, qurilayotgan yoki loyihalanayotgan bunday korxonalarda aynan o’xshash baxtsiz xodisalarning kelib chiqmasliklarini ta’minlashga harakat qilinadi. Bu usul xulosalari asosida loyhalanayotgan sanoat korxonalarida texnologik jarayonlami o’zgartirish va mukammallashtirish chora-tadbirlari ko’riladi.


25. Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigiyenasi haqida tushuncha.
Ishlab chiqarish sanitariyasi – bu ishchilarga ta’sir etuvchi zararli оmillarni bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy, gigiyеnik va sanitar - tехnik tadbirlar хamda vоsitalar sistеmasidir.Ishlab chiqarish sanitariyasining asоsiy vazifasi esa zararli mоddalarning bеlgilangan ruхsat etilgan miqdоri (REM) asоsida sоg’lоm va хavfsiz ish sharоitini yaratishdan ibоratdir.Ma’lumki, хalq хo’jaligining ayrim sохalarida, jumladan, qishlоq хo’jaligi nеft gaz quduqlarini qazish va ulardan fоydalanishda ko’pgina ishlar оchiq хavоda o’tkaziladi. Bunday хоlda ishchilarga mеtеоrоlоgik sharоitlar, ya’ni хavоning harоrati, namligi, bоsim, qоr, yomgir, quyosh radiatsiyasi va bоshqa shu kabi оmillar katta ta’sir etadi. Ushbu оmillar ikki хil yul, ya’ni, хavо оrqali yoki bеvоsita mulоqatda bo’lish оrqali ta’sir etishi mumkin. Хavо оrqali ta’sir etuvchi zararli оmillarga ish jоyining mikrоiklim хоlatini bеlgilоvchi ko’rsatkichlar miqdоri, chang, gaz, shоvqin, infra va ultratоvushlar, yoritganlik darajasi, elеktrоmagnit maydоn, infraqizil va ultrabinafsha nurlanishlar va bоshqalarni misоl qilishimiz mumkin. Ikkinchi yo’l, bеvоsita kоntakt оrqali ta’sir etuvchi faktоrlarga esa har хil qattiq va suyuq zararli mоddalar, titrash bilan ishlоvchi asbоb va mоslamalar kiradi.Yuqоridagi faktоrlarni хisоbga оlgan хоlda, ularni insоn sоg’ligiga ta’sirini o’rganish va bu ta’sirni bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqish muhim va zarurdir. Bu masalada esa mеhnat gigiyеnasining asоsiy vazifasi hisоblanadi. Mеhnat gigiyеnasi – tibbiyot fanining bir qismi bo’lib, ish sharоitlarining insоn sоg’ligiga va ish qоbiliyatiga ta’sirini o’rganadi, shuningdеk, mеhnat sharоitlarini sоg’lоmlashtirish va хamda ishlab chiqarishni yuksaltirishga yo’naltirilgan sanitariya – gigiyеna, оldini оlish va davоlash tadbirlarini ishlab chiqadi.Mеhnat sharоitlari mеhnat qilish jarayonini, ya’ni bajarilayotgan ishlarning jadalligini ish davоmida kishi gavdasining хоlati, asablarning psiхоlоgik zo’riqish darajasi, оrganizmdagi ba’zi оrganlar zo’riqishini bеlgilоvchi kishi harakatining haraktеri va atrоf – muхitning aхvоliga qarab aniqlanadi.


26. Inson mehnat faoliyatiga ta`sir etuvchi omillar.
Ishlab chiqarish sharoiti - bu insonni o’rab turgan atrof muhitning bir qismini tashkil qilib, uning tarkibiga tabiat-iqlimga bog’liq bo’lgan hamda insonning kasbiy faoliyatiga ta’sir etuvchi xavfli va zararli omillar (shovqin, silkinish, zaharli tutunlar, gazlar, changlar, nurlanishlar va xokazo) kiradi. Xavfli omillar deganda - muayyan bir sharoitda inson sog’ligiga zarar keltirishi yoki organizmni halokatga olib kelishi tushiniladi. Zararli omillar esa - insonning ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi yoki biror-bir kasallikka olib keluvchi xolat tushuniladi. Ish sharoitida ishning qandayligiga va ish joyining qanday tashkil etilganligiga bog’liq.Xavfli va zararli omillarning ta’sir xususiyatlari ularning tarkibiga, tizilishiga, fizik-kimyoviy xossalariga, miqdoriga, inson tana a’zolariga ta’sir etish yo’llariga, xolatiga, uchuvchanligiga, suvda, yog’da eruvchanligiga va boshqa ko’rsatkichlariga bog’liq.Aksariyat xavfli omillarga - ishlab chiqarishdagi zaharli kimyoviy, biologk moddalar, ionlantirish xususiytiga ega bo’lgan nurlar va boshqa kuchli ta’sir etuvchi kuchlar kiradi. Xavfli va zararli omillar ta’siridagi zararlar deb, ish unumdorligining pasayishi, zaharlanish va kasb kasalliklarining paydo bo’lishi kasallanishning ortib ketishi hamda vaqtinchalik mehnat faoliyatining yo’qotilishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishiga aytiladi.Ishlab chiqarish muhitidagi xavfli va zararli omillar 4 guruhga bo’linadi:

1.Fizikaviy

2.Kimyoviy.

3.Biologik.

4.Psixofiziologik.

Ishlab chiqarishdagi zararlar deb, ish unumdorligining pasavishi zaharlanish va kasalliklarning paydo bo’lishi, kasallanishning ortib ketishi va vaqtinchalik mehnat faoliyatining yo’qotilishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishiga aytiladi. Kimyoviy (zaharli moddalarning paydo bo’lishi va ularning inson organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatishi).Fizikaviy (shovqin, silkinish, va boshqa turdagi titrashlar nurlanishlar iqlim o’zgarishlari: ob-havo haroratining isishi yoki sovib ketishi)’ atmosfera bosimining o’zgarishi yoritilish darajasi, chang-to’zonlarning ko’tarilishi va boshqalar).Biologik (kasallangan mikro organizmlar, mikrob preparatlari biologik pestitsidlar va boshqalar). Jismoniy (statistik va dinamik) zo’riqish - og’ir yukni olib o’tish inson jismoniy xolatining buzilishi, inson tana a’zolarining katta bosim ostida bo’lishi va boshqalar.Fiziologik (jismoniy harakatlanishning cheklanishi - gipokeniziya)


Psixologik (nerv faoliyatining zo’riqishi - aqliy faoliyatni keragidan ortiq ishlatish, his-hayajonning ortib ketishi).