Файл: Mavzu oqish faoliyati nazaryalari strukturasi. Reja Oqish faoliyati psixologik mohiyati.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 30.11.2023
Просмотров: 63
Скачиваний: 2
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
Mavzu- o’qish faoliyati nazaryalari strukturasi.
Reja:
1.O’qish faoliyati psixologik mohiyati
2.O’quv motivlar.
3.O’qish faoliyatini boshqarish.
O’quv faoliyati bu shunday faoliyatki, unda shaxsning psixik jarayonlari shakllanadi va rivojlanadi, uning asosida yangi faoliyatlar yuzaga keladi. O’quv faoliyati insonning butun hayoti davomida namoyon bo’luvchi uzluksiz jarayondir.
Rus psixologi A.N.Leontev inson faoliyatining psixik va amaliy shakllari mavjudligini, bola ongi aynan o’quv faoliyatida o’sishini ta'kidlaydi.
D.B.Elkonin esa o’quv faoliyatining xususiyatlarini ko’rsatib, uni mohiyatiga, mazmuniga va o’zini namoyon bo’lish shakliga ko’ra ijtimoiyligini ta'kidlaydi.
O’quv faoliyati bu shunday faoliyatki, uning natijasida avvalo o’quvchida o’zgarish yuz beradi. Uning ma’suli turli motivlar asosida qurilgan bo’lishi darkor. Bu motivlar bevosita o’quvchi shaxsining o’sishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lishi kerak. O’quv faoliyati ta'lim, o’qish va o’rganish degan tushunchalar bilan bevosita bog’liqdir. Ta'lim o’qituvchi va o’quvchi hamkorligidagi o’quv faoliyati, o’qituvchining bilim, ko’nikma va malakalarini o’quvchilarga o’rgatish jarayonidir.
Ta'lim jarayoni bevosita muayyan axborotni, xarakatlarni, xulq-atvorning shakllarini o’zlashtirishga qaratilgandir. O’qish va o’rgatish tushunchalari o’quv faoliyati bilan bog’liq bo’lib, ular bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga, o’rgatishga xizmat qiladi.
O’quv faoliyatining besh elementi mavjud:
1. O’quv motivlari.
2.O’quv topshiriqlari.
3. O’quv xarakatlari.
4. O’qituvchining nazorati.
5. O’qituvchining baxolashi.
D.B.Elkoninning ta'kidlashicha, o’quv faoliyatining shakllantirilishi bu faoliyat ayrim kishilar bajarilishini asta-sekinlik bilan o’quvchining o’ziga o’qituvchining ishtirokisiz mustaqil bajarish uchun o’tkazilishidir.
Ta'lim jarayoni alohida tashkil etiladigan hamda boshqariladigan faoliyat bo’lib, u o’quvchilarning o’quv faoliyatlarini tashkil etadi va ularni boshqaradi. Ta'lim jarayoni besh elementdan iborat:
1. Ta'limning maqsadi - nima uchun o’qitish kerak?
2. Ta'limning mazmuni - nimaga o’qitish kerak?
3. Ta'limning metodlari, usullari va pedagogik muloqot yo’llari.
4. Ta'lim beruvchi.
5. O’quvchi.
Ta'lim jarayonini tashkil etish: ideal va amaliy faoliyatning u yoki bu turini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun zarur bo’lgan tashqi olamning muhim ahamiyatli xossalari xususidagi axborotning o’zlashtirilishi: faoliyatning ana shu barcha turlari tarkib topgan usullari va jarayonlarining o’zlashtirilishiga; maqsadga muvofiq keladigan usullar va jarayonlarni to’g’ri tanlash va foydalanishga bog’liq.
Ta'lim jarayonining muvaffaqiyati:
1. Motivasiya.
2. Ma'lumot usullari.
3. Ma'lumotning tushunarliligi.
4. Xotira.
5. Ma'lumotni qo’llash.
Ta'lim va ta'lim jarayonida bolaning rivojlanishi muammosi yosh davrlari va pedagogik psixologiya fanining asosiy masalalaridan biridir. Ta'lim va rivojlanish muammosiga doir qator nazariyalar ishlab chiqilgan bo’lib, ulardan biri:
1. Aqliy xatti-xarakatlar, bilimlar, malaka va ko’nikmalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish nazariyasi (P.Ya.Galperin).
P.Ya.Gal'perin nazariyasi bo’yicha bilimlarni o’zlashtirish jarayoni olti bosqichni boshidan kechirib, ularga:
1. Motivasiya.
2. Tushuntirish.
3. Moddiy formadagi xatti-xarakatlarni bajarish.
4. Baland ovozda xatti-xarakatlar va vazifalarni bajarish.
5. Bajariladigan xatti-xarakatlarni ichki rejada ovoz chiqarmay bajarish.
6. Faoliyatni fikran bajarish kiradi.
Ushbu nazariyada ta'limning uchta asosiy turlari ajratiladi:
- birinchi turda - xatti-xarakatlarni o’zlashtirish xatolar bilan
kechadi, berilayotgan material yetarli darajada anglanilmaydi,
ta'lim oluvchi ta'limning asl mohiyatini tushunib yetmaydi;
- ikkinchi turda - materialni nisbatan dadil va to’la
tushunilishi va material bilan bog’liq tushunchalarni ajratilishi
bilan xarakterlanadi;
- uchinchi tur - tez, samarador va bexato xatti-xarakatlarni
o’zlashtirilishini ta'minlab beradi.
V.V.Davidov nazariyasi. Ushbu nazariya kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni ilmiy tushunchalarni o’zlashtirilishini tashkil qiladi.
Bunda o’quvchilar tomonidan ta'lim jarayonida nazariy tushunchalar tizimini o’zlashtirilishi lozim bo’lib, bu o’z o’rnida xususiydan umumiy bilimlarga o’tilishni ta'minlaydi. Qator nazariyalar muammoli ta'lim bilan bog’liq bo’lib, L.V.Zankov va A.M.Matyushkin tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ta'limda muammoli darslarni tashkil etishga qaratilgandir.
Ta'limning psixolik asoslari muammosi ko’pgina masalalarni qamrab oladi. Ta'limning muvaffaqiyati bir qator psixologik omillarga boqliq bo’ladi. Avvalo o’quvchining o’qishga bo’lgan munosabatiga to’xtaylik. Bu munosabat diqqatda, his-tuyg’ularda, qiziqishlar va irodada, shuningdek, shaxsning tutgan yo’lida namoyon bo’ladi.
Ta'lim jarayoni avvalo o’quvchilar diqqatini yo’lga solishni talab etadi. Darslarda ko’rgazmali qurollardan, axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish ta'lim oluvchida ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiradi. Ta'lim jarayonida ta'lim beruvchining vazifasi darsda ishlash holatini yuzaga keltirishgina emas, balki o’quvchilarning darsda o’tiladigan materialini idrok etishga tayyor turishlarini kuzatish hamdir. Dars jarayonida o’quvchilarning diqqati o’zgarib turadi. O’qitish jarayonida bu qonuniyatlarni nazarda tutish va o’quvchilar diqqatini materialning asosiy jihatlariga jalb etish hamda ularni takrorlash kerak.
Ta'lim jarayonining samaradorligi ko’p jihatdan o’qituvchi tomonidan beriladigan ko’rsatmalarga ham bog’liq. O’qituvchining roli shundan iboratki, u o’quvchilarga tegishli ustanovkani hosil qilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod esda olib qolishi kerakligini, nimani butunlay esda olib qolmasdan, faqat tushunib olish kifoya qilishini, nimani so’zma-so’z esda olib qolishni, nimaning ma'nosini o’z so’zlari bilan aytib berish uchun esda olib qolish zarurligini ko’rsatib o’tishi lozim. Kuzatishlar ko’rsatadiki, bunday ko’rsatmalar berilmaganda, o’quvchilarda ko’pincha notog’ri tasavvurlar vujudga keladi.
O’qitishning emosionalligi ta'limning muvaffaqiyatliligini ta'minlovchi omillardan biridir. Ta'lim berish jarayoni emosional jarayon.
Agar o’quvchilarga berilayotgan axborot ularda hech qanday his-tuyg’u uyg’otmasa, uni o’quvchilar yaxshilab esda olib qolmaydilar. Gap o’quvchilarning psixik holatlari, ya'ni ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari haqida ham borishi kerak, albatta. Ulardagi quvonchli, optimistik kayfiyat o’quv faoliyatini juda samarali qiladi. O’quvchilar emosional ruhdagi materialni durustroq o’zlashtirib oladilar.
O’tkazilgan tajribalar o’quvchilar hech qanday his-tuyg’u uyg’otmaydigan materialga qaraganda, emosional ruhdagi materialni yaxshiroq eslab qolishlarini ko’rsatadi. O’qituvchi o’quv jarayonining emosional tomoni haqida g’amxo’rlik qilishi kerak. Bu muammo juda muhim ahamiyatga ega, Chunki, birinchidan, ta'limning mazmuni nihoyatda murakkablashib, hajmi esa g’oyat kattalashib ketgan. Uning muvaffaqiyatli o’zlashtirilishiga erishish uchun o’quvchilarning o’quv faoliyatini kuchaytirish lozim. Ijobiy tuyg’ular o’quv mehnatining samaradorligiga kuchli ta'sir etadi. fafsala bilan bajarilgan beg’araz munozara paydo bo’ladi, baxslashiladi, befarq qaragan yoki undan ham salbiy munosabatda bo’lgan ishga esa, hech qanday hafsala bo’lmaydi.
Jamiyatimizdagi mehnat - haqiqiy ijod, quvonch manbai. Maktab o’quvchilarida o’quv mehnatiga ijobiy munosabat uyg’otib, mehnatning haqiqiy ijodga, quvonch manbaiga aylanishiga ko’maklashish kerak.
Qadimda greklar juda ajoyib iborani qo’llaganlar: "Talaba -to’ldirilib turilishi kerak bo’lgan idish emas, balki yoqib turilishi lozim bo’lgan mash'aldir". Bu fikrning tagida chuqur ma'no bor. Zero, o’qituvchi biz yuqorida ta'kidlab o’tgan ta'lim metodlari: muammoli ta'lim, qisman izlanish metodi va tadqiqot metodlaridan keng qo’llanishi kerak. Ta'lim jarayonini bugungi kundagi asosiy talablaridan biri erkin fikrlovchi, mustaqil tafakkurga ega bo’lgan shaxsni shakllantirish bo’lib, yuqorida aytib o’tilgan metodlardan foydalanish uchqunlardan katta mash'allar paydo bo’lishini ta'minlab beradi.
Ta'lim jarayonida o’quvchilarning bilishga qiziqishlari g’oyat katta rol o’ynaydi. Ma'lumki, qiziqish o’quvchilarning emosional bezagi, biror buyumni, biror faoliyatni tanlash munosabati va yo’nalishidir.
Ma'lumki, psixologiyada qiziqishning ikki turi o’quvchilarning ta'lim jarayonida aniqlanadi. Birinchisi, bevosita qiziqish, ikkinchisi bilvosita qiziqish. Har bir o’qituvchi o’z o’quvchilarida o’z faniga nisbatan bilvosita qiziqishni tarkib toptirishga harakat qiladi. Qiziqishlar orqali o’quvchilarda ta'limga faol munosabat namoyon bo’ladi. Psixologiyada qiziqish - bu shaxsning o’zi uchun qimmatli yoki yoqimli bo’lgan muayyan narsa yoki hodisalarga munosabatidir. Qiziqishlar shaxsning muhim va individual xususiyatlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Qiziqishlar o’quvchilar hayotida katta rol o’ynaydi. Ular o’quv faoliyatini faollashtiruvchi asosiy turtkilar - motivlardir. Qiziqishlar maktab o’quvchisiga fan asoslarini durustroq o’zlashtirib olishlariga, aqliy qobiliyatlarning o’sishiga, bilim doirasining kengayishiga imkon beradi.
O’qituvchilarning vazifasi o’quvchini dastlab qiziqtirib qolgan ishning o’zi bilan shug’ullanishga majbur qilish emas, balki undagi qiziqishlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, ta'sirchan qilish, qiziqishlarining markaziga aylanib qolgan faoliyat bilan shug’ullanish istagiga, mayliga aylantirishdir.
O’quvchilarning muayyan maqsadni ko’zlab ish tutishida, qiyinchiliklarni yenga olishida, ishdan chalg’itadigan narsalar bilan shug’ullanishdan o’zini tiya olishida, unda o’qishga ishtiyo? tarkib toptirishda namoyon bo’ladigan iroda, ta'lim jarayonida alohida axamiyat kasb etadi.
Umumiy psixologiya kursidan ma'lumki, iroda bu shaxsning o’z oldiga qo’ygan maqsadining aniqligi, uni amalga oshirish uchun intilishi, maqsad yo’lida ma'lum bir qarorga kelish tezligi va uni o’z vaqtida ijro etishi bilan belgilanadigan sifatidir. Ta'lim jarayonida o’quv materialiga bo’lgan diqqatning barqaror bo’lishida irodaviy zo’r berishning ahamiyati nihoyatda kattadir. Ta'limda iroda o’quvchida maktab va uyda o’tkaziladigan mashg’ulotlarga tayyor turishda namoyon bo’ladi. O’quv materialini o’rganish, eslab qolish va o’quvchining irodaviy zo’r berishiga bog’liq. Iroda o’quvchilarning fikrlash faoliyatlarida - masalani yechishga, qo’yilgan savolga javob topishga va hokazolarga intilishida namoyon bo’ladi. Ular o’quvchilarda ko’nikma, va malakalarni hosil qilishda ham tarkib topadi. Psixologlar olib borgan tadqiqotlarda o’quvchilar tomonidan berilgan materialning o’zlashtirilishi ko’p jihatdan irodaning tarbiyalanishiga bog’liqdir. Irodaviy aktivlik ta'limning zarur shartidir. Ta'lim muassasasidagi ta'lim jarayonining o’zi o’quvchilardan irodaviy o’stirish omillaridan biridir. Bunda o’quvchilarning kundalik rejimi, o’sish va oqilona dam olishni bir-biri bilan to’g’ri almashtirib turishda katta rol o’ynaydi.
Ta'lim jarayonida bilish jarayonlarini shakllantirishga alohida e'tibor berish lozim. Zero bilish jarayonlari juda murakkab faoliyat bo’lib, unda jonli mushohadadan mavhum tafakkurga, mavhum tafakkurdan esa amaliyotga o’tiladi, ana shundan so’ng ob'ektiv haqiqat bilib olinadi. Binobarin, biz birinchi navbatda ko’rib chiqishimiz lozim bo’lgan narsa o’quv materalini idrok qilish jarayonidir. Umumiy psixologiya kursidan ma'lumki, idrok bu narsa va hodisalarni sezgi organlariga ta'sir etishi natijasida ularning kishi psixikasida yaxlit obrazini paydo bo’lishi bo’lib, idrok etish jarayoni ta'limda turli formalarda o’qituvchining og’zaki hikoya qilishida, suhbat o’tkazishda, ma'ruza o’qishida, kinodars, televizion parcha, sxemalar va ko’rgazmali qurollar ko’rsatish, ekskursiyalar o’tkazish, o’quvchining o’ziga darsliklar hamda boshqa qo’llanmalarni o’qitish tarzida o’tishi mumkin. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, idrokni tarkib toptirishda o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish nihoyatda muhimdir.
Chunki, fazoni, vaqtni va harakatlarni idrok etishda ham yosh xususiyatlarda turli farqlar mavjud bo’ladi.
Motiv - inson xulq-atvorining ichki barqarorligi, harakatga undovchi tushunchadir.
Motivasiya esa xulq-atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni bo’lib, unga tashabbus, yo’nalganlik tashkilotchilik, qo’llab-quvvatlash kiradi. Ta'lim jarayonida o’qish motivlari "nima uchun?" "nimaga?", "qanday maqsad bilan?" kabi savollar asosida yuzaga keladi. Motivlar birinchidan, o’quv faoliyatiga undasa, ikkinchidan, maqsadga erishish uchun zarur yo’l va usullar tanlashga yordam beradi. O’quv faoliyatida o’quv motivlari o’quvchilar tomonidan tanlanib, ular o’quvchining maqsadi, qiziqishi, kelajak rejalari bilan bevosita boqliq bo’ladi. Yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o’quv motivlari turli yosh davrlarida turlicha bo’ladi. O’quv faoliyati motivasiyasining manbalari mavjud bo’lib, ularga quyidagilar kiradi: Ichki manbalar. Ular insoniy tug’ma yoki orttirilgan ehtiyojlari bilan belgilanadi. Ulardan eng muhimi tug’ma axborotga bo’lgan ehtiyojdir. Orttirilgan ehtiyojlar esa gnostik va ijtimoiy ijobiy ehtiyojlar hisoblanadi.
Tashqi manbalar. Ular shaxsning ijtimoiy hayot shart-sharoitlari bilan belgilanadi.
Talabalar ularning birinchisi bo’lib, jamiyatning shaxsdan talab qiladigan doimiy xulq-atvorini bildiradi. Bog’cha, maktab, oila boladan juda ko’p ishlarni amalga oshirishni talab qiladi.
Ijtimoiy kutish har birimizdan ma'lum bilimlar, ko’nikmalar darajasini bo’lishi, zarurligini jamiyat kutishini bildiradi. Masalan, bir yoshli bola yurishi kerak, 7 yoshdan u o’qishi kerak, 15 yoshdan u kasb tanlashi kerak deb hisoblaymiz. Imkoniyatlar - shaxs faoliyatini belgilovchi ob'ektiv shart-sharoitlardir, Masalan, boy kutubxona bolani ko’p kitob o’qishga undaydi.
3. Shaxsiy manbalar: bu shaxsning qadriyatlari tizimi ustanovkalari, g’oyalaridir. Bu manbalar har bir shaxs faoliyatida u yoki bu darajada mavjud. Ularning barchasi faoliyatning ketishiga ta'sir etib ta'lim jarayonining motivasiyasini tashkil etadi. V.A.Kruteskiy o’spirinlarda uchraydigan motivlarning quyidagilarini alohida ifodalaydi:
a) Biror o’quv faniga qiziqish;
b) Vatanga foyda keltirish istagi;
v) Shaxsiy qobiliyatini ro’kach qilish;
g) Oilaviy an'analarga rioya qilish;
d) Do’st-birodarlarga ergashish;
e) Moddiy Ta'minlash va hokazolar.
Bilimlarni o’zlashtirish jarayoni va uning psixologik komponentlari
Ta'lim jarayonining natijasi o’zlashtirish, ichki va tashqi faoliyatni maqsadga muvofiq ravishda o’zgartirishdir. Ta'lim bir odamning boshqasiga bilim va ko’nikmalar berishidir. Bilim, ko’nikma va malakalar ta'lim jarayonining natijasidir. Bilimlarni o’zlashtirish jarayoni muammosi
P.Ya.Galperin va N. F. Talizina tomonidan o’rganilgan. Ular aqliy hatti-harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasini ishlab chiqqanlar.
Mualliflar aqliy hatti-harakatlarni moddiy holda tashqi nutq yordamida hamda aqliy shaklda, fikrda namoyon bo’lishini izohlab berdilar. Aqliy hatti-harakatlarning birinchi bosqichi rasm, sxema, diagramma va shartli belgilar tarzida o’z ifodasini topadi. Aqliy hatti-harakatlarning ikkinchi bosqichi ko’rgazmalardan olgan tasavvurlari to’g’risida o’quvchilarning ovoz chiqarib, fikr yuritishidan iboratdir. Uchinchi bosqich esa, sub'ekt ongida tasavvur, tushuncha, qonuniyat, xossa, xususiyat, operasiya, usul tariqasida namoyon bo’ladi. Ma'lumki, o’quvchilarga taklif etiladigan axborotlar aql bovar qilmaydigan darajada tezlik bilan ko’payib bormoqda. Shuningdek, ularning juda tez eskirib qolib, yangilashni taqozo etishi ham o’z-o’zidan ma'lum bo’lmoqda.
To’rtinchi bosqichda bajarilgan xatti-xarakatlar ichki rejada ovoz chiqarilmay bajariladi.
Beshinchi bosqichda esa faoliyatni fikran bajarishga o’tiladi. Bundan ravshan ko’rinib turibdiki, materialni asosan yodlab olish va xotirada saqlab qolishga asoslanadigan ta'lim xozirgi talablarga qisman javob bermoqda. O’quvchilarga hamisha yangilanib turadigan axborotni mustaqil ravishda o’zlashtirib borishga va o’qishni bitirib ketganidan keyin, kishiga jadal sur'atlar bilan o’sib borayotgan fan-texnika taraqqiyotidan orqada qolib ketmaslik imkoniyatini beradigan qobiliyatlar taraqqiyotini beruvchi tafakkur sifatlarini tarkib toptirish muammosi birinchi o’ringa chiqib bormoqda. Ta'lim jarayonida o’zlashtirishning muvaffaqiyati quyidagilarga bog’liq:
1.Ta'lim mazmuniga.
2.O’quv rejalari, dasturlari, darsliklar va o’quv qo’llanmalarining mavjudligiga;
Ta'lim metodikalarini takomillashganligiga;
O’qituvchi maxoratiga;
O’quvchining individual psixologik xususiyatlariga.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, turli individual tipologik xususiyatlarga ega o’quvchilar uchun ta'limning yagona qulay, optimal sharoitlarini yaratish mumkin emas. Ammo o’zlashtirishning samaradorligini oshirishda muammoli ta'lim, noan'anaviy ta'lim usullarini qo’llash muhim ahamiyatga egadir.
Boshqaruv bu shunday yo’naltiruvchi kuchki, u insonlardagi ijodiy potensial imkoniyatlarini oladigan sharoitlarni yuzaga chiqarishni maqsad qilib qo’yadi. Shunday ekan, o’qituvchining ta'lim-tarbiya jarayonini to’g’ri va oqilona boshqara olishi o’quvchi shaxsi kamolotida nihoyatda kattadir.
Faoliyatdan kutiladigan natija psixologiyada maqsad deyiladi. O’quv jarayonining boshqarilishi ikkita asosiy maqsadni ko’zda tutadi. Ulardan birinchisi, o’quv jarayonini to’g’ri tashkil eta olish, ikkinchisi esa o’quvchilarning shaxsiy qiziqish va ehtiyojlarini qondirishdir. Ana shu maqsadlar boshqarishning vazifalarini belgilab beradi. Demak, o’quv jarayonini boshqarishning:
- birinchi vazifasi tashkiliy bo’lib, o’quvchilarning ta'lim tarbiyasi bo’yicha ijtimoiy buyurtmalarni qondirish;
- ikkinchi vazifasi - bevosita o’quvchining qiziqish va talablarini qondirishga yo’naltirilgan holatdagi ijtimoiy vazifadir.
Shuningdek, bu vazifa o’quvchilarni ko’tarinkilik, yaxshi kayfiyat va o’quv jarayonidagi ishchanlikni yuzaga keltirishni ham o’z ichiga oladi. Afsuski, ko’p yillar davomida boshqarishning ana shu ijtimoiy vazifasiga juda ham e'tibor berilgan.
Boshqaruvning ikkinchi vazifasi bu ijtimoiy-psixologikdir. Bu vazifa o’quvchilarda samarali faoliyat uchun zarur bo’lgan ijtimoiy-psixologik holat va xususiyatlarni rivojlantirishga qaratilgandir.
Bu holat va xususiyatlar o’quvchilarni o’zaro jipslashtirish, nazorat, o’z-o’zini boshqarish, shuningdek, mustaqil ta'lim olishlarini rivojlantirishdan iboratdir.
O’quv jarayonini boshqarish uchun quyidagi tarkibiy qismlarni egallash lozim:
1.Berilgan o’quv topshiriqini yechish uchun vositalar tanlash.
2.Topshiriqlarni yechish jarayonida o’z-o’zini nazorat qilish.
3.O’zlashtirilgan bilimlar, malakalar, ko’nikmalar sifatini
4.O’quv topshiriqlarini bajarilganligini tekshirish.
5.O’z oldiga maqsad qo’ya olish.
6. Turli belgilar bilan predmetning ichki munosabatlari muvofikligini ko’ra olish.
O’qitishning ikkita usuli mavjud. Biri an'anaviy o’qitish usuli -bunda o’qituvchi muammoni belgilaydi, vazifalarni aniqlaydi va muammoni yechib beradi. O’quvchi esa masalani yechish yo’llarini eslab qoladi va uni yechishni mashq qiladi. Bunda o’quvchilarda reproduktiv tafakkur shakllanadi.Rivojlantiruvchi ta'lim o’qitishning muammoli usulida o’qituvchi o’quvchilarning bilish jarayonlarini boshqaradi, uni tashkil etadi va nazorat qiladi.O’quvchi esa muammoni tushunadi, uni yechish yo’llarini qidiradi va uni yechadi. Bunday hollarda o’quvchi tafakkurining mahsuldorligi oshadi va uning mustaqilligi rivojlanadi.
O’quvchining o’qishga bo’lgan qiziqishini rivojlantirish uchun o’qituvchi quyidagi qoidalarga tayanishi lozim:
1 O’quv jarayonini shunday tashkil etish lozimki, bunda o’quvchi faol harakat qilishi, mustaqil izlanishi, yangi bilimlarni o’zi kashf etishi va muammoli xarakterdagi masalalarni yechish uchun sharoit izlashi kerak.
2. O’quvchilarga bir xil o’qitish usullari va bir turdagi ma'lumotlarni berishdan qochish kerak.
3.O’rgatilayotgan fanga nisbatan qiziqishning namoyon bo’lishi uchun ayni shu fan yoki bilim, o’quvchining o’zi uchun qanchalik ahamiyatli va muhim ekanligini bilishi kerak.
4.Yangi material qanchalar o’quvchi tomonidan avval o’zlashtirilgan bilimlar bilan bog’liq? bo’lsa, u o’quvchi uchun shunchalik qiziqarli bo’ladi.
5.Haddan ziyod qiyin material o’quvchida qiziqish uyg’otmaydi. Berilayotgan bilimlar o’quvchining kuchi yetadigan darajada bo’lishi lozim.
O’qituvchi o’rganilayotgan mavzu yoki bilimining ahamiyatini ko’rsatish, o’quvchining o’quv faolligini oshirish uchun qiziqarli misollar, aqliy o’yinlardan keng foydalanishi lozim. Lekin, ta'limdagi har bir beriladigan bilim yorqin, qiziqarli bo’lavermaydi, shuning uchun o’quvchilarda iroda, qatiylik, mehnatsevarlik kabi xislatlarning kamol toptirilishi nihoyatda zarurdir. Ana shu xislatlar o’quvchining kelgusida o’z-o’zini nazorat qilishga, o’z-o’zini baholashga va mustaqil ta'lim olishga asos bo’lishi kerak.
ADABIYOTLAR
1. Азизходжаева H.H. Педагогические технологии в подготовке
учителя. Ташкент, 2000.
2. Аллаёров И.А. Дидактические основы активного обучения
управленченским дисциплинам. — Ташкент: Фан, 1994.
3. Беспалько В.П. Педагогика и прогрессивные технологии обучения.
- М., 1995.
4. Беспалько В.П. Слагаемые педагогической технологии. — М., 1989.
5. Борцовский Г.А., Извозчиков В.А. Новые технологии обучения:
Вопросы терминологии// Педагогика. — 1993.-№5.
6. Гальперин П.К. Ктеории программированного обучения. — М.,