Файл: Mirzo ulugbek nomidagi ozbekiston milliy universiteti t a r i x f a k u l t e t i.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 11.12.2023
Просмотров: 36
Скачиваний: 1
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
T A R I X F A K U L T E T I
70220301 – Tarix (yo’nalishlar va faoliyat turi bo’yicha)
II bosqich magistranti
O’DAYEV RAVSHANBEK KENJABOY O’G’LI
“AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA
HARBIY BOSHQARUV VA QO’SHIN TA’MINOTI”
mavzusidagi taqdimot ishining ma’ruza matni
Ilmiy rahbar: t.f.n., dots. A.B.Xoliqulov
Toshkent-2023
MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………………...
I Bob. Amir Temur harbiy mahoratining o’rganilishi
1.1 Amir Temur harbiy yurishlarining manbalarda aks etishi………………..
1.2 Amir Temur tarixshunosligini o’rganilishi……………………………....
II Bob. Temuriylar davrida harbiy boshqaruv
-
Harbiy siyosat, mansab va unvonlarning berilish tartibi…………………. -
Qo’shin tuzilishi va boshqaruv. Harbiy taktika va strategiya………….
Xulosa…………………………………………………………………….......
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati………………………………………...
Kirish
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi: Milliy davlatchiligimizning vujudga kelishi va taraqqiy topgan davrlarda harbiy sohada erishilgan yutuqlar shon-shuhratini tarixiy dalillar asosida zamondoshlar ongi-xotirasida mustahkamlash va imkon qadar keng ommaga, ayniqsa, yosh avlodga yetkazish, ularning dunyoqarashlari, qalblarida milliy qadriyatlar ruhi, millat tamadduniga daxldorlik, ona Vatanga mehr va sadoqat, adolat tuyg‘usini har tomonlama kuchaytirish, buyuk sarkardalarimiz meros qilib qoldirgan boy jang san’ati sirlarini o‘rganish, bu borada ilmiy-ommabop, badiiy, o‘quv-uslubiy adabiyotlarni, shu jumladan multimedia imkoniyatlaridan foydalangan holda tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish bizning ustuvor maqsadimiz hisoblanadi1. Mustaqilikka erishganimizdan boshlab mamlakatimiz hayotida tub o’zgarishlar yuz berdi. O’z mustaqilligini qo’lga kiritgan O’zbekiston Respublikasi milliy davlatchiligini barpo qilish bilan bir qatorda xalqaro maydonda ham o’zining barqaror tashqi va ichki siyosati, buyuk va qadimiy tarixi, takrorlanmas ma’naviy merosi va milliy qadriyatlari bilan dovrug’ tarata boshladi. Garchi mustabid sho’rolar hukmronligi davrida O’zbekiston tarixi fani to’laqonli tadqiqotini amalga oshira olmagan bo’lsada, o’zining boy tarixiy merosini ko’z qorachig’idek asrab keldi. Bu tarix sahifalari xalqimizning boy o’tmishin bizgacha yetkazib bera olgan qo’lyozma asarlarimiz va xalqimizning xotirasi edi Ma’naviy hayotning ajralmas qismi bo`lgan tarixga yangicha ko’z bilan, xolisona, ilmiy jihatdan hech bir mafkuraviy aqidasiz yondashish imkoniyati bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “xalqimizning ana shunday boy tarixiy, ilmiy, ma’naviy merosini har tomonlama o’rganish, jahon afkor ommasiga keng tanishtirish” bugungi kunda tarixchilar oldida turgan ulkan vazifadir. “Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o’lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash, milliy o’zlikni anglash, ta’bir joiz bo’lsa, milliy iftixorni tiklash va o’stirish jarayonida g’oyat muhim o’rin tutadi” – deb ta’kidlagan edi O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev uchrashuvlardan birida, dunyoga dovrug’ solgan Sohibqiron Amir Temur haqida gapirib, shuncha buyuk ishlarni bobomizning bir o’zlari qilmagandurlar, yonlarida kimlar bor edi, ularni ham bilishimiz kerak, degan edilar. Juda o’rinli fikr. Bu fikrga baholi qudrat javob berishni o’z burchimiz deb bildik. Sohibqiron Amir Temurning yonida hamsaf va unga muxolif sifatida kurashgan sarkardalarning son-sanog’i yo’q.
Lekin ko’zga ko’ringan sarkardalar haqida mashhur tarixchilar G’iyosiddin Alining “Hindiston g’azovoti kundaligi”, Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” va Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” nomli kitoblarida ozmi-ko’pmi ma’lumotlar keltirilgan. Bevosita sarkardalar mavzusiga o’tishdan oldin, umuman, janglarda kuragi yerga tegmagan Sohibqiron zakovatini, Turon saltanatining harbiy salohiyatini anglamoq uchun Amir Temur zukkolik bilan barpo etgan, boshqargan, dunyoda yengilish nima bilmagan g’olib va muzaffar Turon lashkari tartibotini ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Dissertatsiyaning tarixshunosligi: 1987 yil 22 martda Parijda “Temuriylar davri tarixi va san’atini o’rganish Fransuz – O’zbek madaniy hamkorligi uyushmasi” tuzildi. Bu uyushmaning asoschilari va rahbarlari professor L. Keren va doimo o’zbekona liboslar kiyib yuradigan Frederik Bopartyus Bressan xonimdir. Uyushma Amir Temur va temuriylar davri tarixi va madaniyatini targ’ib qilish borasida dunyoda birinchi tuzilgan tashkilotdir. Uning asosiy maqsadi Amir Temur va temuriylar madaniyati va san’ati, Buyuk Ipak yo’lining muhim qismi, Sharq va G’arb madaniyatlarining chorraxasi bo’lmish Markaziy Osiyo tarixi va uning jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan ulkan xissasi bilan keng Fransuz ommasini tanishtirishdan iborat. Bu boradagi amaliy harakat sifatida 1989 yildan beri Uyushma o’zining “Temuriylar” nomli davriy nashrining 15 ta sonini chop etdi. Bu jurnallarda Amir Temur va temuriylar davri tarixi, madaniyati va san’ati to’g’risida qimmatli maqola va ma’lumotlar bosilgan. Uyushma Samarqand arxeologiya instituti olimlari bilan birgalikda “Temuriylar” jurnalining maxsus sonini ilmu-nujum (astronomiya) va ilmi bashorat (astrologiya) sohibi Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligiga bag’ishlab, “Ulug’bek astronomiya sultoni” (Parij, 1994) nomi bilan chop etdi.
Dissertatsiyaning manbaviy asoslari: Shuningdek, bu mavzuga doir asosiy manbalar o’sha davrda yozilgan manbalar va u asarlarni chuqur o’rgangan olimlarning asarlaridir. Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”si, G’iyosiddin Alining “Amir Temurning Hindistonga yurish kundaligi”, “Temur tuzuklari” Abdurrazzoq Samarqandiy “Matla’i sa’dayn va majmai baxrayn” asari, Abulg’oziy Baxodirxon “Shajarayi turk” asari, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari, Ibn Arabshox “Ajoyib al-makdur fi tarixi Taymur” (1-2 qismlar) asari, Mirzo Ulug’bekning “Turt ulus tarixi” asari, Mirxondning “Ravzat us-safo fi siyrat al-anbiyo val-muluk val-xulafo” asari, Muiniddin Natanziyning “Muntahab ut-tavorixi Muiniy” asari, Rui Gonsales de Klavixoning “Samarqanddagi Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi” (1403 - 1406 yillar) asarlari muhim manba bo’lib xizmat qilgan. Bu asarlarda Amir Temur shaxsi va faoliyatiga doir asosiy ma’lumotlar berilgan.
Dissertatsiya mavzusining davriy chegarasi: Dissertatsiya mavzusi Amir Temurning harbiy faoliyatiga bog’liq bo’lganligi uchun mavzuning davriy chegarasi 1360-yildan 1405-yilgacha etib belgilandi. Amir Temur davlatining manbaviy asoslari va tarixshunosligi, shu yillar davomidagi harbiy yurishlari, harbiy siyosati, harbiy boshqaruvi, jang taktikalari, davlat boshqaruvidagi va harbiy boshqaruvdagi mansab va unvonlarning tavsifi va berilishi, qo’shinlarning qurolllanishi va moddiy ta’minoti keng yoritilib o’tilgan. Bundan tashqari Amir Temurning bir nechta janglari ham qisman qo’llagan jang taktikalari asosida yoritilgan.
Dissertatasiya mavzusining maqsad va vazifalari: Amir Temur davlati va uning harbiy mahorati janglardagi taktika va usullari qo’shin tarkibini, harbiy siyosatini o’rganish va hozirgi kun zamon talablariga moslashtirish dissertatsiyaning asosiy maqsadi qilib belgilangan.
Dissertatsiya mavzusining ob’yekti va predmeti: Mavzu ob’ektini Amir Temur va Temuriylar davri jang san’ati tarixi tashkil etadi. Dissertatsiyaning predmeti Amir Temurning harbiy faoliyati, harbiy boshqaruvi uning markazlashgan davlat qurish yo’lidagi harakatlari tafsilotlari hisoblanadi.
Dissertatsiya mavzuning tuzilishi: Mazkur dissertatsiya kirish, asosiy qismni tashkil qiluvchi uchta bob va oltita paragraf, har bir paragraf bo’yicha xulosa, umumiy xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati va ilovalardan iborat.
Dissertatsiya mavzusining ilmiy yangiligi: Amir Temur va temuriylar davrida harbiy boshqaruv asoslari, janglardagi harbiy taktikasi, qo’shin tuzilishi, harbiy siyosati, Qunduzcha janggi, Terek daryosi bo’yidagi janglar misolida yangi ma’lumotlar tarixiy manbalar, ilmiy adabiyotlar chuqur o’rganilib tahlil qilingan holda yoritib berilgan.
Amir Temur rivojlantirgan harbiy san’at, o’rta asrlar harbiy san’ati rivojining eng yuqori cho’qqisiga erishdi. Yangi jang qilish taktikalari, hujum va mudofaa strategiyasi, modernizatsiyalashgan qurollar kashf qilindi va janglarda o’zlashtirilib borildi. Amir Temur har bir jangdan so’ng uni tahlil qilar, kamchiliklarning sabablarini o’rganib bartaraf etish yo’llarini qidirar va keyingi janglarda xatolar qilmaslikni lashkarboshilarga tayinlar edi. Sohibqiron Amir Temur barpo etgan armiyaning tuzilishi Chingizxon tuzgan qo’shin tizimi va tuzilishiga ma’lum darajada yaqin bo’lsada, bir necha jihatlari bilan farqlanganligini farqlar bilan keltirib o’tiladi. Xususan dissertatsiyada, Amir Temurga janglarda yaqindan yordam bergan bir nechta amirlari va bahodirlarining ismlari va qilgan ishlari mazkur ishning ilmiy yangiliklaridan biri hisoblanadi.
I Bob. Amir Temur harbiy mahoratining o’rganilishi
-
Amir Temur harbiy yurishlarining manbalarda aks etishi
Amir Temur tarixini yoritishga bag’ishlangan manbalarni o’rganish, qayta-qayta mutolaa qilish ularda Sohibqironga xos ko’pdan-ko’p xislatlar o’z ifodasini topganligi borasida mulohaza yuritish imkoniyatini tug’diradi. Buyuk ajdodimizning suvrati va siyrati haqida gap ketganda, biz, avvalambor, uning markazlashgan davlatni barpo etish yo’lidagi strategiyasi, jahon harbiy san’atining rivojiga qo’shgan ulkan hissasi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va diniy nuqtai nazardan jahon taraqqiyotida tutgan o’rni, el-ulus ravnaqi, xalq farovonligi, yurt tinchligi singari ustuvor yo’nalishlardagi faoliyatiga ko’proq diqqat qaratamiz. Bunday yondashishga e’tiroz bo’lishi mumkin emas. Zero, Sohibqironga butun jahon ko’lamida shuhrat keltirgan, nomini Mashriqdan Mag’ribga qadar doston qilgan sifatlar ichida qayd etilgan jihatlar, ya’ni umum manfaatiga xizmat qilish asosiy o’rinni egallaydi, desak aslo xato qilmagan bo’lamiz.
Tarixiy yodgorliklarda Amir Temurga xos to’g’rilik, saxiylik, rostgo’ylik, bag’rikenglik, marhamatlilik, mehribonlik, muruvvatpeshalik, sodiqlik kabi xususiyatlar hayotiy lavhalarda real gavdalantirilgan. Ta’kidlangan jihatlarni chuqur tahlil qilish Sohibqiron hayoti, serqirra faoliyatini to’laroq bilib olishga xizmat qiladi.
Dastlab Amir Temur zamonidagi eng ishonchli manbalardan hisoblangan bevosita sohibqironning buyrug’i asosida o’z so’zlaridan yozib olingan “Temur tuzuklari”, “Tuzuki Temuriy”, “Tuzukoti Temuriy”, “Malfuzoti Temuriy”, “Qissai Temur”, “Temur qissasi”, “Zafar yo’li”, “Tarjimai hol”2 nomlari bilan atalgan asar hisoblanib Amir Temurning yetti yoshligidan boshlab hayot yo’li haqida hikoya qiladi. Asarning qachon yozilishni boshlanganligi to’g’risida, tarix fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatovning “Sohibqiron arab muarrixlari nigohida” asarida arab olimi Mazhar Shihobning quyidagi: “Esdaliklar yozishni Amir Temur hokimiyat tepasiga kelishidan ancha muddat oldin boshlagan…”3 degan fikrlari ham uchraydi.
“Temur tuzuklari” muhim tarixiy manba bo’lib, unda Amir Temur davlatining tuzilishi va harbiy boshqaruvi, qo’shin tuzilmalari va xususiyatlari, jang taktik usullari haqida bayon etilgan. Asar dastlab turkiy-o’zbek tilida bitilgan. Uning bir qo’lyozmasi Yaman mamlakati oliy hukmdori Ja’far podshoh kutubxonasida saqlangan.
“Temur tuzuklari” ning fors tiliga tarjimoni Mir Abu Tolib Husayniy at-Turbatiy tarjima muqaddimasida, Arabistonning muqaddas joylarini haj qilib qaytishda, Yamanda bo’lgan chog’ida Ja’far podshoh kutubxonasida turkiy tildagi mazkur asarni topgani va u Amir Temurning hayot yo’li haqidagi o’zi yozgan asar ekanligini ta’kidlaydi. Mir Abu Tolib Arabistondan qaytib kelgandan keyin, asarni fors tiliga tarjima qilgan. Lekin Arabistondan olib kelingan asliyatdan yoki Hindistonda bo’lgan biron qo’lyozma nusxadan o’girilgani aytilmagan.
Mir Abu Tolib 1637 yilda “Temur tuzuklari” asari forscha tarjimasini buyuk boburiylardan Shohijahonga tortiq qiladi. Keyin bu tarjima Muhammad Afzal Buxoriy (vaf. 1652 y.) tomonidan jiddiy tahrir qilingan.
“Temur tuzuklari” ikki maqoladan iborat:
Birinchi maqola Amir Temurning davlatni barpo etish va mustahkamlash, qo’shinni tashkil etish yuzasidan tuzuklari, rejalaridan tarkib topgan.
Ikkinchi maqolada 13 kengash va uning qismlarida Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi va harbiy yurishlari tafsilotlari beriladi.
“Temur tuzuklari” XV-XVI asrlarda nafaqat hukmdorlar va savodli kishilar orasida, balki jahon ilm ahli o’rtasida ham shuhrat topdi. Asarning qo’lyozma shaklida ham, toshbosma shaklida ham, shuningdek jahonning ko’p tillariga qilingan tarjima shaklida ham (ingliz, fransuz, urdu, rus va o’zbek tillarida) nashr etilishi so’zimizga isbot – dalildir.
Ikki fozil shaxslar Mir Abu Tolib va Muhammad Afzal Buxoriy xizmatlari tufayli “Temur tuzuklari” fors tilida bizgacha yetib kelgan. Bu tarjimaning mo’tabar qo’lyozmalari Rossiya, Hindiston, Eron, Turkiya, Misr, Angliya, Fransiya va boshqa mamlakatlar xazinalarida mavjud.
“Temur tuzuklari” ning forsiy matni 1783, 1785, 1890 va 1963 yillari Yevropa va sharq tillaridagi tarjimalari bilan birga nashr etilgan.
1.2 Amir Temur tarixshunosligini o’rganilishi
So’nggi yillarda Parijda Temuriylar mavzusiga oid ikkita yirik badiiy asar chop etildi. Birinchisi, mashhur yozuvchi Amin Malufning «Samarqand» (Parij, 1990) romani bo’lsa, ikkinchisi Milena Nokovichning “Samarqandda yog’qan oltin yomg’ir” (Parij, 1994) tarixiy romanidir. Fransiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi qoshida tashkil etilgan “Markaziy Osiyo tadqiqotlar instituti” olib borayotgan ilmiy izlanishlar va o’tkazayotgan anjumanlar Fransuz sharqshunoslik maktabi an’analari munosib ravishda davom etayotganidan dalolat beradi. Fransiya Temurshunoslik maktabining xususiyatlari nimalardan iborat? Birinchidan, Fransuz olimlari o’z tadqiqotlarini boy tarixiy sharq qo’lyozmalariga, arxiv hujjatlari, ashyoviy-moddiy dalillar hamda Yevropa shaharlarida yozilgan asarlar va manbalarga asoslangan holda olib boradilar. Ikkinchidan, ushbu mavzuni yoritishdagi mafkuraviy aqidalardan xoli ilmiy va xolisona yondashuv, xar bir tarixiy voqeaga hamda Amir Temur va temuriylar faoliyatiga baho berishda turli manbalarni qiyoslab, muayyan xulosalar chiqarish Fransuz temurshunoslik maktabining farqli jihatlaridandir. 1987 yil 22 martda Parijda “Temuriylar davri tarixi va san’atini o’rganish Fransuz - O’zbek madaniy hamkorligi” Uyushmasi tuzildi. Bu uyushmaning asoschilari va rahbarlari professor L. Keren va doimo o’zbekona liboslar kiyib yuradigan Frederik Bopartyus-Bressan xonimdir. Uyushma Amir Temur va temuriylar davri tarixi va madaniyatini targ’ib qilish borasida dunyoda birinchi tuzilgan tashkilotdir. Uning asosiy maqsadi Amir Temur va temuriylar madaniyati va san’ati, Buyuk Ipak yo’lining muhim qismi, Sharq va G’arb madaniyatlarining chorraxasi bo’lmish Markaziy Osiyo tarixi va uning jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan ulkan xissasi bilan keng Fransuz ommasini tanishtirishdan iborat. Bu boradagi amaliy harakat sifatida 1989 yildan beri Uyushma o’zining “Temuriylar” nomli davriy nashrining 15 ta sonini chop etdi. Bu jurnallarda Amir Temur va temuriylar davri tarixi, madaniyati va san’ati to’g’risida qimmatli maqola va ma’lumotlar bosilgan. Uyushma Samarqand arxeologiya instituti olimlari bilan birgalikda “Temuriylar” jurnalining maxsus sonini ilmu-nujum (astronomiya) va ilmi bashorat (astrologiya) sohibi Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligiga bag’ishlab, “Ulug’bek astronomiya sultoni” (Parij, 1994) nomi bilan chop etdi. Bu sondan o’rin olgan “Ulug’bek va yulduz burjlari” (F. Bopartyus-Bressan), “Ulug’bek maktabi va uning Usmonlilar Turkiyasi astronomiyasiga qo’shgan xissasi” (L. Keren), “Temuriylar davrida sharq mamlakatlarida astronomiya va astrologiya fanlariming taraqqiyoti” (J.P.Bude), “Ulug’bek ibn Shoxruh ibn Temur san’at homiysi” (E. Sime), “So’fizmning Temuriylarga va Ulug’bekka ta’siri” (T. Zarkon), “Astronomiya, san’at va siyosat” (I. Porter) nomli maqolalar sarlavxalarining o’ziyoq Amir Temur va Mirzo Ulug’bek ilmiy merosiga bo’lgan qaziqishning naqadar kuchli va har tomonlama ekanligini yana bir karra tasdiqdaydi.
Amir Temur Yevropa davlatlari hukmdorlari bilan faol siyosiy va savdo munosabatlari olib borgan. Bularga o’sha davrdan hozirgacha saqlanib qolgan rasmiy hujjatlar, ya’ni diplomatik yozishmalar guvohlik beradi. Ashyoviy dalil tariqasida Amir Temur va uning uchinchi o’g’li G’arbiy Eron, Iroq va Ozarbayjon hokimi Mirzo Mironshox bilan Fransiya, Angliya, Kastiliya va boshqa mamlakatlar qirollari o’rtasidagi maktublarni ko’rsatish mumkin. Maktublardan ayrimlari Fransiya Milliy arxivida (o’zbek va rus tilida chiqqan deyarli barcha kitob va maqolalarda bu maktublar Fransiya Milliy kutubxonasida saqlanadi, deyilishi noto’g’ri). Britaniya muzeyida va Ispaniya arxivlarida saqlanmoqda. Taniqli temurshunos olim, akademik B. Ahmedov haqli ravishda ta’kidlaganidek bu maktublarni maxsus o’rganmoq zarur.” Biz faqat Parijda Milliy arxivda saqlanayotgan maktublarnigina o’zbek tilidagi tarjimasini va ularning qisqacha izohini berishga qaror qildik xolos. Bu maktublar professor L. Kerenning “Tamerlan davrida Samarqand yo’li” nomli kitobida keltirilgan matnidan o’zbek tiliga tarjima qilindi. Hozirgi kunda Fransiyaning Milliy arxivida 4 ta xat saqlanmoqda. Birinchisi, Amir Temurning Fransiya qayroli Sharl IV ga fors tilida yozgan xatining asl nusxasi; Ikkinchisi, shu xatning arxiyepiskop Ioanning o’zi yoki uning biron zamondoshi lotin tiliga tarjima qilgan nusxasi; Uchinchisi, Fransiya qiroli Sharl IV uning Amir Temurga lotin tilida yozgan xatining nusxasi; To’rtinchisi, Mirzo Mironshoxning uch nasroniy qirolga yo’llagan xatining lotin tiliga tarjima qilingan nusxasi.
II Bob. Temuriylar davrida harbiy boshqaruv
2.1 Harbiy siyosat, mansab va unvonlarning berilish tartibi
Salkam bir yarim asrlik uzilishdan so’ng Amir Temur davlatchlik va harbiy siyosat sohasidagi urf odat va an’analarni qayta tiklashga va ularga yangiliklar kiritib davlatchlik va harbiy sohada muhim qo’shimchalar kiritdi. Chunki Amir Temur ungacha bo’lgan harbiy boshqaruv va undagi harbiy mansab va unvonlar berilish tartibidan tortib nomlanishi xattoki vazifalarigacha yangiliklar kiritgan. Bilamizki Amir Temur davlatini ikki qismga bo’lib boshqargan ya’ni oliy davlat idorasi-dargoh, ma’lum sohalarga ixtisoslashtirilgan vazirliklar-devon. Dargohda boshida amalda Amir Temurning o’zi turgan. Dargohda vaqti vaqti bilan tor doiradagi majlislar bo’lib turgan. Bunga sabab majlisdagi masalalarning maxfiyligini saqlash bo’lgan. Mazkur majlislarda davlat ahamiyatiga ega qarorlar farmonlar qabul qilingan. Dargohdagi majlislarda rasman mansab va unvonlar berilgan. Dargoh va devon o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni amalga oshirish maqsadida oliy devon tashkil etilgan bo’lib unga devonbegi (ba’zi manbalarda “vaziri a’zam”) boshchilik qilgan. Devonbegi Amir Temurdan keying yirik mansab hisoblangan. Amerikalik temurshunos professor Beatris Forbes Manz Amir Temur Devoni Devoni a’lo va Devoni buzurgdan tashkil topganligini va bular birgalikda isg olib borganligini ya’ni Devoni a’lo fuqarolik ishlari bo’yicha forsiy an’analar orqali boshqarilganligi, Devoni buzurg esa oliy tabaqa zodogonlari hisoblangan chig’atoy amirlari va shoh oilasi a’zolari masalalari bilan shug’ullanadigan tribunal sud ekanligini aytib o’tgan4.
Amir Temur davridagi vazirliklar soni maslasida esa tarixchilar biror to’htamga kelmagan. Manbaga suyanadigan bo’lsak “Temur tuzuklarida” devonda 7 ta vazirlik: 1) mamlakat va raiyat vaziri; 2) sipoh vaziri; 3) moliya vaziri; 4) saltanat ishlarini yuriyuvchi vazir, beshinchi, oltinchi, yettinchi vazirlar – chegara vazirlari orqali boshqarilgan. So’nggi uchta vazirlikning nimaligi va qanday vazifalar yuklatilganligi haqida ma’lumot berilmagan. Bizning fikrimizcha bu vazirliklar tobe mamlakatlarga tegishli ishlar bilan shugullanganlar. Bunday hulosaga kelishimizga sabab “Zafarnoma”da Devoni adl, Devoni quzzot, Devoni mansab kabi atamalar uchraydi. Bulardagi Devoni adl va Devoni quzzotlarda ko’rinib turibdiki ular adliya ishlari bilan shug’ullangan. Devoni mansab esa podshoh saroyidagi va tobe davlatlardagi voqea hodisalardan habardor bo’lib turuvchi va mansabdorlar faoliyatini kuzatish ishlarini bajargan bo’lishi mumkin. Bunday vazirlik G’aznaviylar va Xorazmshohlar davlatida ham bo’lgan u devoni mushrif deb atalgan.