Файл: Mirzo ulugbek nomidagi ozbekiston milliy universiteti t a r i x f a k u l t e t i.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 11.12.2023
Просмотров: 37
Скачиваний: 1
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
5 Devoni mushrif haqida esa akademik Bahodir Ahmedov “shubhasiz bunday devon Temur va Temuriylar davlatida ham bo’lgan” degan fikrni ilgari surgan.
Devondagi harbiy mansablarga alohida to’xtaladigan bo’lsak bu tavochi lavozimi hisoblanib uning asosiy vazifasi oliy farmonga ko’ra tobe viloyatlarga borib qo’shin uchun jangchilar yig’ish hisoblangan. Bu vazifa juda ham muhim bo’lganligi sababli Sharofiddin Ali Yazdiy uni oliy hukmdordan keying yuqori mansab deb baholagan. Chunki lashkar to’plash faqatgina hukmdor farmonini to’plash bilan amalga oshib qolmaydi. Tobe o’lkalar, hukmron sulola vakillari va nufuzli amirlarga suyurg’ol qilib berilgan viloyatlar oliy farmon bo’lganda belgilangan harbiy kuch hizmatga tayyor turishi kerak bo’lgan. Tavochilar esa farmoni oliy bo’lishidan avval lashkar sonining tayyor bo’lishi, tayyorgarlik darajasi, ta’minoti ko’ngildagidek talabga javob berishi, belgilangan lashkar to’planadigan joyga aniq ko’rsatilgan yo’l bilan o’z vaqtid yetib borishi kabi kata ma’suliyatli vazifalarga javobgar bo’lganlar. Ali Yazdiyning guvohlik berishicha tavochilar bosh tavochi (tavochiyoni buzurg), piyoda askar tavochisi kabilarga bo’lingan. Bosh tavochi o’n minglik, minglik va yuzlik yetakchilaridan, viloyat hokimlaridan qo’shinni o’z vaqtida, belgilangan son va sifatda yetkazib berish to’g’risida tilxat olgan. Shu bilan birga tavochi harbiy yurishlar paytida qo’shinlarning joylashuvi, berilgan buyruqlarning ijro etilishi, tinchlik vaqtida esa katta qurilishlarda ish taqsimlash kabilar bilan shug’ullangan. Chunonchi, Baylaqon kanalini qazish 60-70 km masofani har bir harbiy qismga taqsimlab berishga tavochilar bosh bo’lgan.6
Dargohdagi yana bir muhim mansablardan biri jibochi bo’lib uning asosiy vazifasi qurol aslahalarni yig’ish, saqlash va tarqatish hisoblangan.
-
Amir Temur o’rta asrlar harbiy san’atida o’ziga xos qo’shin tuzilishiga harbiy siyosatiga taktika va strategiyasiga asos soldi, mavjudlariga esa yangicha o’zgartirishlar kiritdi. Amir Temur qo’shini otliq qo’shin va piyoda askarlaridan iborat bo’lgan. Bular orasidagi otliq qo’shin jangchilari yengil va og’ir qurollangan sipohiy qo’shinga ajratilgan bo’lib, ular umumiy qo’shinning zarbdor qismi hisoblangan. Piyoda qo’shinlariga uzoq safarlar paytida otlar berilgan. O’z o’rnida otliq qo’shinga piyoda tartibida jang qilish san’ati ham o’rgatilgan. Mixail Ivaninning yozishicha, otliq askarlar faqat kamondan zarb bilan bexato otish kerak bo’lgandagina otdan tushib, piyoda jangchiga aylanardilar. Lekin ular otda piyoda holatida jang qilishdan ko’ra yaxshiroq jang qilishgan, chunki ko’chmanchi xalqlar yoshligidanoq chavandozlik sirlarini puxta o’rganishgan. Amir Temurning gvardiya deb atalgan shaxsiy soqchilari ham bo’lgan. Amir Temurning qo’shinida quyidagi turlari ham mavjud bo’lgan: 1. Pontonerlar ya’ni jang paytida ko’chma ko’prik quruvchilar va kemachilar bo’lib, ular asosan Amudaryo va Sirdaryo havzalari bo’ylarida yashovchi xalqlar orasidan saralab olingan. 2. Naftandozlar ya’ni Gregorian yoki yunon olovini otuvchilar. Amir Temur qo’shinida bunday bo’linmaning mavjudligini uning yunon va rim jang san’atiga tegishli manbalarni puxta o’zlashtirganligidan deb bilishimiz mumkin. Amir Temur boshchiligida qamal qilingan ko’plab qal’alarning Gregorian olovini otish va uloqtiruvchi qurollardan mohirona foydalanganligi bu bo’linmaning yuqori malakali ekanligidan dalolat beradi. Yildirim Bayazidga qarshi bo’lgan jangda Amir Temur naftandozlarni jangovar fillar ustiga o’rnatib jangga kirganligi yuqoridagi fikrimizning dalillaridan hisoblanadi. 3. Qamal qilish mashinalari va tosh otuvchi qurollar bilan ishlashni biladigan jangchilar. 4. Harbiy muhandislar bo’linmasi harbiy harakatlar paytida qal’alar atrofidagi mudofa inshootlarini yo’q qilish yoki olib tashlash ishlari bilan shug’ullanuvchi bilimli va tajribali kishilardan iborat bo’lgan. Muiniddin Natanziyning “Muntahab ut tavorix” asarida Turshiz qal’asi qamali haqida shunday hikoya qiladi: “Ittifoqan, ul qal’a xandagi suvga to’la g’arq qiluvchi ko’lga o’xsha, uning chuqurligini qiyosiy o’lchov bilan aniqlab bo’lmasdi. Muhandislarga tayyorani ishga solib yerning nishabini aniqlash amr qilindi: hisob o’n farsangga barobar chiqdi. Qazuvchilarga bu yerdan har biri o’n farsangga barobar bo’lgan qariyb ellikta koriz (yer osti arig’i) qazib, ul xandaqning sarchashmasini sahroga qaratib oqizib yuborish bo’yicha farmon berildi. Suv yer qariga ketganidan so’ng, xandaqning loyi oftob haroratidan huddi suv ko’rmagan sopol idishdek qup-quruq bo’lib qoldi”.
7
Amir Temur davrida bir qator harbiy atamalar ham katta ahamiyatga ega. Bunday harbiy atamalar o’sha davr nodir manbalaridan bo’lmish “Zafarnoma” va “Muntahab ut-tavorihi Muiniy” larda uchraydi. Bunday manbalarning bir nechtasi haqiida ma’lumot berib o’tamiz.
Yasomishiy – lashkarni tartibga solib saflash ya’ni har qanday jang oldidan tuzuklarga muvofiq belgilangan joyda tartib asosida saflnishi hisoblanadi. Bu saflanish paytida askarlar qurol-aslahalari ko’rikdan o’tkazilgan, kamchiliklar bartaraf etilgan. Bir so’z bilan aytganda jangga tayyorgarlik holati tekshirilgan.
Takomishiy yoki nakomishiy – chekinayotgan dushmanni ortidan quvib borib zarba berib jang taqdirini hal qilish.
Son – qo’shin ro’yhati bo’lib har bir bo’linmadagi jangchilar umumiy soni haqida yozilgan o’nboshi, yuzboshi mingboshilar ismlari bilan ro’yhatga olingan. Qo’shinni ro’yhatga olinishi aynan Amir Temur davrida mukammallashgan.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, dunyo obodligini, saltanatning ulug’vorligi avvalo o’zga saltanatlar ulug’vorligini e’tirof etish, rasmiy va norasmiy tafovutlarga qaramay, fuqarolar izzat-ikromni bajo keltirish, insoniy huquq va erkinliklarga qat’iy amal qilish bilan belgilanishi anglab yetilmoqda. Sohibqiron Amir Temurning diplomatik yozishmalari, birinchidan, Yevropani o’zidan ancha avval uyg’ongan Sharqqa hamisha qo’l cho’zib kelganligini; ikkinchidan, o’z navbatida Sharq ham dunyoning bu chet o’lkalari bilan aloqa bog’lashga, hamkorlik qilishga, savdo-sotiq ishlarini yo’lga qo’yishga, e’tiqodiy tafovutlarga qaramasdan, tujjorlarni izzatlashga, xukmronliklarini himoya etishga harakat qilganligini yaqqol ko’rsatib turibdi8.“Tarix takrorlanadi. Bashariyat tarixi bo’laklarga bo’linmaydi. U yahlit va yagonadir, insoniyatning o’zaro bir-biriga suyanib, bir-birini to’ldirib va bir-biridan bahra olib davom etuvchi taraqqiyot jarayonidir.” «Buyuk ipak yo’li» an’analari tiklanib borayotganligi bunga yaqqol misoldir.
Amir Temur buyuk davlat asoslarini barpo etdi. Uning davlati o’zbek davlatchiligi tarixining eng rivojlangan bosqichini tashkil etadi. Saltanatda barcha sohalarda tub burilishlar, yuksalishlar kuzatilgan. Taraqqiyot uchun xizmat qilgan Amir Temur faoliyati bilan bog’liq tarixiy qadriyatlar allaqachon umuminsoniy qadriyat darajasiga yetib ulgurgan. Lekin markazlashgan va adolat tamoyillariga asoslanib boshqarilgan mamlakat asoschisining vafoti Movarounnahr va Xurosondagi siyosiy vaziyatni o’zgartirib yubordi. Uning vafotidan keyingi to’rt yil Temuriylar davlatining keyingi taqdirini belgilab berdi.
“Davrlar o’taveradi, zamonlar almashaveradi. Bu yorug’ olamga kelgan har bir odamzot avlodi turli o’zgarish va yangilanishlar sari intilaveradi. Ayni paytda xalqlar tarixida o’ziga xos tub yangilanish davrlari borki, bunday zamonlarda muayyan millat dahosi, uning o’z salohiyatini namoyon etishiga intilishi, yaratuvchanlik faoliyati eng yuksak cho’qqilarga ko’tariladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
10. Низомиддин Шомий. Зафарнома. Ф.Тауер нашри, 2-жилд. Прага, 1956. – 21 б.
11. Rui Gonsalez De Klavixo. Esdaliklar. – Toshkent: Yangi Asr Avlodi, 2018. 67 b.
1. Appendix C. The formal administrative structure // Manz B.F The rise and rule of Tamerlane. – Cambridge University Press, 1989. – P.167
1 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.11.2021 yildagi 692-son
2 Temur tuzuklari / tarjimon A.Sog’uniy va H.Karomatov. – Toshkent: Sharq, 2005. 4 b.
3 Уватов У. Соҳибқирон араб муаррихлари нигоҳида. – Тошкент: Шарқ, 1997. 133 б.
4 Appendix C. The formal administrative structure // Manz B.F The rise and rule of Tamerlane. – Cambridge University Press, 1989. – P.167
5 Ахмедов Б. Амир Темурнинг давлатни идора килиш сиёсати // Амир Темурни ёд этиб. – Тошкент: Узбекистон, 1996. – б. 12 – 13.
6 Шарафуддин Али Яздий. Зафарнома / Сўзбоши, изоҳлар ва кўрсаткичлар муаллифлари Ашраф Аҳмад, Ҳайдарбек Бобобеков. - Тошкент: Шарқ, 1997. – 516 б.
7 Муиниддин Натанзий. Мунтахаб ут-таворихи муиний / таржимон Ғ. Каримий. – T.: O’zbekiston, 2011. – 316 б.
8 Abdirahimov M. Temur va To’xtamishxon. Toshkent: “G’ofur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti”, 2000. – b.18

Qo’shin tuzilishi va boshqaruv. Harbiy taktika va strategiya

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SH.M.MIRZIYOYEV VA BIRINCHI PREZIDENTI I.A.KARIMOV ASARLARI:
-
Мирзиёев Ш.М Янги Ўзбекистон стратегияси. – Т.: Ўзбекистон, 2021. -
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyotimizni qattiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. – Toshkent: O’zbekiston, 2017. -
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. – Toshkent: Sharq. 1998.
-
TARIXIY MANBALAR:
-
Абдураззоқ Самарқандий. Матлаи Саъдайин ва Мажмаи ал Баҳрайн. 2-жилд, 1-қисм. Форс-тожик тилидан таржима. Кириш сўз. Изоҳ. А. Ўринбоевники. – Тошкент: Фан, 1969. -
Амир Темур Кўрагон. Зафар йўли. Ўз аҳвол ва атвори, юриш ва қўшини, мусолиҳа ва муҳориба воқеъотини туркий луғат бирлан ёзған китоби (таржимаи ҳол). Нашрга тайёрловчи, сўзбоши ва изоҳлар муаллифи т.ф.д. Ашраф Ахмедов. – Тошкент: Нур, 1992.
-
Ибн Арабшоҳ. Амир Темур тарихи. 2-жилдлик. – Тошкент: Меҳнат, 1992. -
Мирзо Улуғбек. Тўрт улус тарихи. Б.Аҳмедовнинг кириш сўзи, изоҳлари ва таҳрири остида. – Тошкент: Чўлпон, 1994. -
Низомиддин Шомий. Зафарнома. Форс тилидан ўгирувчи Юнусхон Ҳакимжонов. – Тошкент: Ўзбекистон. 1996. -
Темур тузуклари. Сўзбоши муаллифи ва масъул муҳаррир М.Али, форсчадан тарж. А.Соғуний ва Ҳ.Кароматов. – Тошкент: Шарқ, 2005. -
Шарафиддин Али Яздий. Зафарнома. //Шарқ юлдузи, 1992-1993. -
Муиниддин Натанзий. Мунтахаб ут-таворихи Mуиний / таржимон Ғ. Каримий. – T.: O’zbekiston, 2011.
10. Низомиддин Шомий. Зафарнома. Ф.Тауер нашри, 2-жилд. Прага, 1956. – 21 б.
11. Rui Gonsalez De Klavixo. Esdaliklar. – Toshkent: Yangi Asr Avlodi, 2018. 67 b.
-
TADQIQOTLAR VA ILMIY ADABIYOTLAR:
-
Аҳмедов Б. Тариҳдан сабоқлар. – Тошкент: Ўқитувчи, 1994. -
Ahmedov B. Amir Temurni yod etib. Toshkent: O’zbekiston, 1996. -
Amir Temur saboqlari. Toshkent: Sharq, 1998. -
Ahmedov B. Sohibqiron Amir Temur. Toshkent: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi, 1999. -
Ahmedov B. Amir temur va Ulug’bek zamondoshlari xotirasida. Toshkent: O’qituvchi, 1996. -
Abdirahimov M. Temur va To’xtamishxon. Toshkent: G’ofur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 2000. -
Fayziev T. Temuriylar shajarasi. Toshkent, 1995. -
Hamidulla D. Amir Temurning harbiy mahorati. Toshkent: Yozuvchi, 1996. -
Ivanin M. Ikki buyuk sarkarda. Toshkent, 2017. -
Mo‘minov I. Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixidagi o‘rni va roli haqida. Toshkent, 1960. -
Марсель Брион Менким, соҳибқирон - жаҳонгир Темур / таржимонлар: Ф. Рўзиев, Ф. Тиловатов. Тошкент: Янги аср авлоди, 2018. -
Rahmatullaeva O. Amir Temur saltanati tarixnavisligi. Toshkent, 2010.
-
XORIJIY ADABIYOTLAR: