Файл: Reja Iqtisodiy tarixning qisqacha izohi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 07.11.2023

Просмотров: 150

Скачиваний: 4

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.

1 – Mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o’ganish yo’nalishlari.

Reja:

  1. Iqtisodiy tarixning qisqacha izohi.

  2. Iqtisodiy tarix fanining predmeti, metodlari va vazifalari.

  3. Iqtisodiy tarixning manbalari va tuzilmasi.




  1. Iqtisodiy tarixning qisqacha izohi

"Iqtisodiy tarix" fani G'arbiy Yevropada XIX asrning ikkinchi yarmida yuz bergan shiddatli iqtisodiy jarayonlar ta'sirida yuzaga keldi va u "Siyosiy iqtisod"dan ajralib chiqdi. U XIX-XX asrlardan boshlab Yevropa universitetlarida mustaqil fan sifatida o'qitila boshlandi, bundan tashqari, bularning hammasi rahbar xodimlarni tayyorlash hamda siyosiy sohada islohotlarni oqilona va samarali amalga oshirish uchun xizmat qildi.

Shu tariqa, 1895 yilda London universiteti qoshida iqtisodiyot va siyosiy bilimlar maktabi tashkil etilib unga ixtisoslashtirilgan kollej va 1896 yilda esa unga universitet qoshidagi alohida bo'lim maqomi berildi. Unga Buyuk Britaniyalik iqtisodiyot tarixining dastlabki namoyondalaridan biri bo'lgan U.Xyuins boshchilik qildi.

"Iqtisodiy tarix" siyosiy fanlar, sotsiologiya, huquq kabi fanlar bilan birga barcha o'quv rejalarida asosiy o'rinni egalladi. 1901 yilda Birmingem universitetining sanoat sohasi bo'yicha kadrlar tayyorlashga yo'naltirilgan savdo-sotiq maktabi tashkil etilib, unga keyinroq AQShning Garvard universitetida birinchi iqtisodi­yot tarixi kafedrasiga asos solgan U.Eshli boshchilik qildi. Buyuk Britaniya

XX asrning boshlarida iqtisodiyot tarixi bo'yicha ma'ruzalar to'liq holda Britaniyaning Oksford va Kembridj kabi qadimgi va nufuzli universitetlarida o'qilardi, 1928 yilda Kembridj va 1931 yilda esa Oksford universitetlarida iqtisodiyot tarixi kafedralari tashkil etildi1.

1920-1930 yillarda iqtisodiyot tarixiga qiziqish ortdi va boshqa oliygohlarda, jumladan Edinburg va Glazgo universitetlarining tegishli kurslar o'qitiladigan yo'nalishlarida, keyinroq esa 50-60 yillarda bir necha kafedralar va ixtisoslashtirilgan bo'limlar tash­kil etildi. 60-70 yillarda iqtisodiyot tarixi fani London universiteti, Lester, Sheffild, Liverpul, Nottingem shaharlardagi oliygohlarda o'z mavqeyini egalladi.

Fransiya

Fransiyaning Parij shahrida iqtisodiyot va sotsiologiya tarixi instituti hamda ishlab chiqaruvchi kuchlar bozorining rivojlanishi tarixi bo'yicha markaz mavjud. Lion universiteti qoshida iqtisodiy va sotsial tarix markazi faoliyat ko'rsatmoqda.

Italiya

Italiya oliygohlarida iqtisodiy tarix kafedralari faoliyat ko'rsatmoqda. Agar 50-yillarning boshlarida Italiya universitetlari­ning 46 tasida iqtisodiy tarix bo'yicha faqat 15 ta kurs o'qitilgan bo'lsa, 70-yillarning boshlarida 51 ta kurs, 80-yillarning boshida esa bunday kurslar soni 87 taga yetdi.

Shvetsiya

Shvetsiyada iqtisodiy tarixni o'qitish va tadqiq qilish univer- sitetlarning ijtimoiy fakultetlari doirasida joriy etildi. Stokgolm va Uppsal universitetlari bu borada o'z an'analari bilan mashhur bo'ldi. Uppsal universitetida iqtisodiy tarix 1948 yilda "Siyosiy iqtisod"dan mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi va 1955 yilda esa iqtisodiy tarix kafedrasiga asos solindi. AQSh

Iqtisodiy tarix AQSh universitetlarida ham o'qitiladi. Hozirgi vaqtda iqtisodiy tarix iqtisodiyot nazariyasi bilan yagona tar- tib asosida birlashdi va bu "iqtisodiyot epidemiyasi"ning kuchli ta'sirida sinovdan o'tkazilgan.

Shunday qilib, iqtisodiyot xorijda allaqachon nafaqat iqtisod- chilar, balki yuristlar, siyosatshunoslar va sotsiologlarni tayyor- lashning ham ajralmas qismiga aylangan. Sobiq Ittifoqda iqtisodiy tarix Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrlardan o'qitila bosh- landi.

  1. Iqtisodiy tarix fanining predmeti, metodlari va vazifalari

Jahon xo'jaligi tarixini bilmasdan turib zamonaviy strategik va ilg'or iqtisodiy fikrlay oladigan haqiqiy iqtisodchi - mutaxas- sis bo'lish mumkin emas. Respublikamiz mutaxassislari o'tmishda G'arbiy Yevropa, AQSh va Yaponiyada qo'llanilgan iqtisodiy mexa- nizmlar to'g'risida chuqur bilimga ega bo'lishlari kerak.

Ushbu tajriba quyidagilardan iborat:


  1. Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi rivojlanishining amerika- cha yo'li.

  2. XX asr iqtisodiyotini davlat tomonidan boshqarish metod- lari tarixi.

  3. Ikkinchi jahon urushidan keyin dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi "iqtisodiyot mo'jizasi"ning iqtisodiyotga turtki beruvchi sabab va omillari.

  4. Bu bilimlar zamonaviy iqtisodiy nazariyalarni shakllantirish uchun ma'lumotlar bazasini yaratish va ayniqsa iqtisodiy inqiroz- dan chiqishning oqilona modellarini izlashga yordam beradi.

Iqtisodiy tarix fani kishilik jamiyati rivojlanishini tadqiq etishda uch yo'nalishga asoslanadi:

  • tarix;

  • iqtisodiyot nazariyasi;

  • aniq iqtisodiyot.

Bu fandan rivojlangan mamlakatlar, mintaqalar va butun dunyo iqtisodiy tarixi, xalq xo'jaligi tarixi hamda iqtisodiy g'oyalar tarixi kabi alohida yo'nalishlar ajralib chiqdi.

Iqtisodiy tarixning bunday tuzilishi va integratsion xususiyatlari uning turli-tuman o'rganish obyektlarini alohida tadqiq etilishiga bog'liq holda tushuntiriladi. Eng umumiy holda tushuntirishda iqtisodiy jarayon va voqealarning paydo bo'lishi, shakllanishi va rivojlanishi tarixini o'rganish obyekti sifatida xizmat qiladi. Turli mintaqalar iqtisodiy tarixini o'rganish obyekti bo'lib davlatning iqtisodiy siyosati hamda alohida tarixiy voqealarning sabab va oqibatlari xizmat qiladi.

Xalq xo'jaligi tarixining tadqiqot obyekti sifatida ishlab chiqa- rish usullari evolutsiyasi, xo'jalik tarmoqlari tarixi, alohida iqti­sodiy jarayonlar (urbanizatsiya, kooperatsiyalashuv, sanoatlashuv va boshqalar) tarixi, iqtisodiy institutlar (soliq, narx, moliya va kredit, ish haqi) tarixi, iqtisodiy g'oyalar tarixi uchun esa iqtisodiy nazariyalar tarixi, alohida nazariyalar tarixi va iqtisodiy tahlil me- todlari tarixi xizmat qiladi.

Iqtisodiy tarixning integratsion xususiyati e'tiborga olinsa uning tadqiq etish predmetlarini ajratish ancha murakkab. Bu masala yurtimiz va chet el adabiyotlarida qayta-qayta ko'tarib chiqilgan va u turli-tuman nuqtayi nazardan tushuntirilgan. Xuddi shun- day iqtisodiy tarix va iqtisodiyot tarixining bir-biriga o'xshashligi to'g'risidagi turli fikr va munozaralar ham davom etmoqda.

  • Keng ma'noda iqtisodiy tarixning predmetijamiyatning "iqti­sodiy harakati", uning o'zgarishi xususiyatlari, bunday harakat- larning transformatsion qonuniyatlari, uning ijtimoiy hayotning barcha sohalari bilan bo'lgan aloqalaridan iborat bo'ladi.

  • Tor ma'noda esa turli mamlakatlar aholisining xo'jalik faoli- yati, ulardagi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va ish­lab chiqarish xususiyatlarining o'zgarib borishi predmet sifatida o'rganiladi.

Iqtisodiy tarixning asosiy metodlari:

  1. tarixiylik;

  2. mantiqiylik;

  3. tasniflash;

  4. xronologik;

  5. tarixiy taqqoslash;

  6. tarixiy moddellashtirish;

  7. matematik statistika;

  8. ijtimoiy psixologik.

Iqtisodiy tarix juda ko'p ijtimoiy fanlar (birinchi navbatda jahon tarixi) bilan bog'liq. Iqtisodiy tarixni bilmasdan turib o'tgan davr- larda bo'lib o'tgan siyosiy voqealarning asl mohiyati va kelajak- ning siyosiy tendensiyalarini oxirigacha anglash mumkin emas.

Iqtisodiy tarixning jahon tarixi bilan bog'liqligi shundaki, ular- ning ikkalasi ham hodisalarni evolutsion jarayonida o'rganadi, le- kin jahon tarixining predmeti ancha kengdir.

Jahon tarixi sivilizatsiyaning umuman o'zgarishini, iqtisodiy tarix esa iqtisodiy jarayonlardagi o'zgarishlarning xo'jalik faoliya- tini o'rganadi.

Iqtisodiy tarixning iqtisodiy nazariya bilan bog'liqligini alohida ta'kidlab o'tish kerak. Agarda birinchisi tadqiqotning tarixiy me- todiga asoslansa, ikkinchisi esa mantiqiy-iqtisodiy metodga asos- lanadi, ammo ularning ikkalasi ham o'zaro bog'langan. Iqtisodiy tarixning iqtisodiy nazariyadan farqi shundaki, iqtisodiy tarix turli iqtisodiy hodisalarni turli iqtisodiy davrlarda ko'rib chiqadi, u asosiy e'tiborni uning qonuniyatlariga beradi, iqtisodiy nazariya esa jamiyatni nazariy tahlil etish bilan shug'ullanadi va asosan tadqiqotning mantiqiy-abstrakt va matematik metodlaridan foy- dalanadi.

Nazariy abstraksiyasiz iqtisodiy tarix nazariy asosdan ayrilib qoladi. O'z navbatida iqtisodiy nazariya iqtisodiy-tarixiy umum- lashtiruvsiz, dalil-isbotsiz fanga aylana olmaydi. Demak, ularning teng miqdorda rivojlanganligi talab etiladi.



Shuningdek, iqtisodiy tarix iqtisodiy ta'limotlar tarixi bilan chambarchas bog'liqdir. Chunki "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" fani- dagi olimlarning fikrlarini tahlil etish va sharhlash ma'lum bir yuz berayotgan iqtisodiy hodisalar bilan bog'langandir.

  1. Iqtisodiy tarixning manbalari va tuzilmasi

Xorijiy davlatlar iqtisodiy tarixining asosiy manbalariga moddiy, madaniy yodgorliklar va yozuvlar, qonunlar to'plamlari, ma'muriy va yuridik hujjatlar, statistik ma'lumotnomalar kiradi.

G'arb iqtisodiyoti "burjuaziya tarixografiyasida marksizm bilan kurashning asosiy shakli" deb qabul qilingan edi. Uning faqatgina ba'zi yutuqlari tan olinardi xolos, masalan, yuqori tadqiqot tex- nikasi, manbalarni sinchiklab o'rganishi, matematik metodlardan foydalanish va ba'zi boshqa metodlar.

Turli davlatlarning iqtisodiy tarixi muammolari ingliz, fransuz, nemis tarixografiyasida ko'rilgan.

Angliyada iqtisodiy tarixning asoschilaridan biri Arnold Toynbi1 (1852-1883 yy.) hisoblanadi. Uning Buyuk Britaniyada sanoat to'ntarilishi tarixi bo'yicha ma'ruzalari muvaffaqiyat qozongan. Uning "XVIII asrda Angliyada sanoat to'ntarilishi" (1884 y.) kitobida

  1. va XIX asr davomida Britaniya iqtisodiy tarixi bo'yicha birin- chilardan bo'lib tadqiqotlar olib borilgan edi. A.Toynbi o'zining jamoat faoliyatida ishchilar sinfi manfaatlarini himoya qilgani bi­lan shuhrat qozongan. U ijtimoiy qonunchilik, davlatning mehnat va kapitalga aralashuvi, korxonalardagi ixtiloflarni bartaraf etish tarafdori edi.

Fransiya

Fyustel de Kulanj Numa Deni (1830 - 1889 yy.) Fransiya tarixini o'rganishda ilmiy yondashuv asosida samarali faoliyat olib bor- gan. Uning asosiy ishi - "Qadimgi Fransiya ijtimoiy tuzumining tarixi" (1875-1892 yy.), unda muallif G'arbiy Yevropada feodalizm- ning kelib chiqishini asoslab bergan, u antik davrdan o'rta asrga o'tishni oxirgi Rim imperiyasining qadamba-qadam almashinishi deb aytgan.

Fyustel de Kulanj shuni ta'kidlab o'tdiki, Yevropa sivilizatsiya- sining asosini faqat Rim jamoat institutlari tashkil qiladi va ular- da umuman Germaniya qabilalarining hissasi bo'lmagan, chunki u tarixiy faktlarga to'g'ri kelmas edi. U iqtisodiy, xususan agrar sohalarga katta e'tibor qaratgan, u birinchilardan bo'lib o'rta asr Fransiya agrar tarixini o'rgangan. U hujjatli materiallar bo'yicha mashhur bilimdon bo'lib, uning ko'pgina asarlarida ixtiyoriylik va muayyan bir g'oya mavjud edi.

Fransuz tarixchisi Mark Blok (1886-1944 yy.)

Mark Blok "Annal" maktabining asoschilaridan biri bo'lib, Yevropa zamonaviy tarixografiyasiga katta ta'sir ko'rsatdi. Uning asosiy asarlari G'arbiy Yevropa feodalizmiga bag'ishlangan. Uning eng qimmatli ishlaridan biri "Fransuz agrar tarixining o'ziga xos xususiyatlari"dir. Unda Fransiyada yerdan foydalanishning ijtimoiy jihatlari ochib berilgan. Blok o'rta asr dehqonchiligining xilma-xilligi g'oyasini olg'a suradi. U ko'pgina G'arbiy Yevropa davlatlarining agrar va ijtimoiy tarixini qiyoslab o'rganishga harakat qilgan.

Labrus Ernest Kamil (1895-1972 yy.)

Uzoq yillar davomida Sorbonda ijtimoiy va iqtisodiy institutga boshchilik qilgan. Uning asosiy asarlari Fransiyaning XVIII va qis- man XIX asrlardagi iqtisodiy tarixiga bag'ishlangan. Ularda narxlar harakati, daromadlar, iqtisodiyotda vaqti-vaqti bilan bo'lib turadi- gan o'sish va inqirozlar tarixi yoritilgan. U birinchi darajali ahami- yatga pul muomalasi muammolarini, taqsimlash, texnika rivojlani­shi masalalarini qo'ygan.

Fernan Brodel (1902-1985 yy.)

Fernan Brodel jahon miqyosidagi haqiqiy yulduz hisoblanadi. U XX asr iqtisodiy tarixining eng ko'zga ko'ringan namoyodalari- dan biridir. Brodel XVI asrda O'rta yer dengizi tarixi bo'yicha tezis- larni ishlab chiqqan. Bu tezislar uchun unga 1947 yilda Sorbonada doktorlik darajasi berilgan, 1949 yilda bu tezislar "Fillipp II davri- da O'rta yer dengizi va o'rta asr dunyosi" nomli kitobda nashr etilgan.

Bu kitob O'rta yer dengizining o'sha davrdagi geografiya- si, qishloq xo'jaligi, texnologik, diniy va intellektual muhiti to'g'risidagi qomusiy asar edi. 1956 yildan 1968 yilgacha F. Brodel "Solnoma: iqtisodiyot, jamiyat, sivilizatsiya" nomli jurnalning mu- harriri bo'lib ishlagan.


F.Brodelning ikkinchi muhim asari uch tomli "Moddiy sivili­zatsiya, iqtisodiyot, XV-XVIII asr kapitalizmi"dir. Bu kitobda dunyon- ing ijtimoiy va iqtisodiy tarixi o'rta asrdan sanoat to'ntarilishigacha bo'lgan davrgacha bayon qilingan. F.Brodel insoniyatning ulkan faoliyati va voqealarni tavsiflab, nima uchun G'arbiy Yevropada birinchi bo'lib sanoat to'ntarilishi bo'lganini tushuntirib berishga harakat qilgan. U kapitalizmning paydo bo'lish vaqti yoki "kapi- talizm arafasi"ni XIII asr deb bilgan, zamonaviy jamiyat esa uning fikricha, XVIII asr oxirida shakllangan, ammo bu jarayonning dast- labki shart-sharoitlari 6-8 yuz yilliklarda yuzaga kelgan. Karl Byuxer (1847-1930 yy.)

Nemis tarixchilari orasida Karl Byuxerni qayd etib o'tish zarur. U o'zining asosiy asari "Xalq xo'jaligining paydo bo'lishi"da (1893 y.) iqtisodiy jarayonlarni uch bosqichga bo'lib, xo'jalik rivojlanishi- ning xususiy rejasini olg'a surgan: birinchi bosqich - "uy xo'jaligi" (hamma ne'matlar qayerda ishlab chiqarilgan bo'lsa, o'sha yerda iste'mol qilinadi); ikkinchi bosqich - "shahar xo'jaligi" (bevosita al- mashinuv bo'lib, shaxsiy ishlab chiqarish, qo'shimcha iste'molchi

  • buyurtmachi uchun ishlab chiqariladi); uchinchi bosqich - "xalq xo'jaligi" (milliy davlatlarning paydo bo'lishi natijasidir).

K.Byuxerning fikricha har bir bosqich boshqa bosqichga us- tunlik qilgan sharoitda ham mavjud bo'lishi mumkin. Uning ko'p ishlari shaharlarning rivojlanishi haqida yozilgan. Olimning ta'kidlashicha, o'rta asrlarda mayda, shahar dehqonchiligi bilan bog'liq xo'jaliklar ustunlik qilgan.

Maks Veber (1864-1920 yy.)

Nemis tarixchisi va sotsiologi Maks Veberning "Xo'jalik tarixi (umumiy ijtimoiy-iqtisodiy tarixi ocherki)", "Protestantlik etika- si va kapitalizm ruhi" (1904 y.) kabi asarlarida tarixiy-iqtisodiy muammolarni o'rganishdan asta-sekin ijtimoiy muammolarni o'rganishga o'tilgan. M.Veber qadimgi dunyoning agrar tarixi bi­lan shug'ullangan, Germaniyada XIX asr oxirida dehqonlarning ahvolini o'rgangan. U G'arbiy Yevropa kapitalizmining kelib chi- qish nazariyasini ishlab chiqib, uning asosiy manbasi sifatida hu- narmandlar va tadbirkorlarning kundalik faoliyati deb hisoblagan. U puritan2 g'oyalari, ularning kuchli ruhiy tuzilishi kapitalizmning rivojlanishini rag'batlantirib turadi, deb hisoblardi. Uning fikricha, protestantizmning xo'jalik etikasi insonni o'zining professional vazifasini bajarishga, kundalik mehnat faoliyatida dindan yordam izlash, atrof-muhitni o'zgartirishga yo'naltirgan edi.

Verner Zombart (1863 - 1941 yy.)

Nemis tarixchi-iqtisodchisi Verner Zombart "Zamonaviy kapi- talizm" (1902 y.), "Burjua" (1913 y.), "Germaniyaning XIX asr va XX asr boshlarida xalq xo'jaligi" (1923 y.) kabi asarlarida kapitalizm- ning paydo bo'lishi muammosiga evolutsion yondashuv zarurlig- ini uqtiradi va uning rivojlanishini uch bosqichda ko'rib chiqish zarur, deb biladi, bular: individual, o'tish va ijtimoiy. Mezon sifati­da u jamiyatning almashinuv darajasini olgan, ya'ni qadimdagi uy xo'jaligining to'liq avtarkiyasidan kapitalizmdagi mehnat taqsimo- tigacha. Uning fikricha, har bir bosqichga o'zining iqtisodiy ta- moyili mos keladi. Birinchi ikki bosqichda "o'ziga ovqat topish" tamoyili asosiy hisoblanadi, kapitalizm uchun esa "muvaffaqi- yatga erishish, manfaatparastlik" xosdir. V.Zombart, shuningdek, o'zining kapitalning dastlabki jamg'arilishi nazariyasini yaratishga harakat qildi, uning asosiy manbasi sifatida feodal yer rentasini qayd etdi. G'arbiy Yevropa iqtisodiy tarixi bo'yicha asar yozish uchun juda katta faktik material to'plagan.

Yozef Aloiz Shumpeter (1883-1950 yy.)

Yozef Aloiz Shumpeter kelib chiqishi avstriyalik bo'lgan yirik amerikalik iqtisodchi va sotsiolog. 1925-1932 yillarda Bonn uni- versitetining professori, 1932 yildan umrini oxirigacha Garvard universitetining professori. Shumpeter Garvard biznes maktabi- ning asoschilaridan biri bo'lib, u yerda 30-yillarda tadbirkorlik tarixini o'rganish dasturi qabul qilingan edi. Uning asosiy asar- lari; "Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi" (1911), "Iqtisodiy sikllar: kapitalistik jarayonlarni nazariy, tarixiy va statistik tahlil qilish" (1939), "Kapitalizm, sotsializm, demokratiya" (1942), "Iqtisodiy tahlil tarixi" (1954).

Shumpeter nazariyotchi olim bo'lib, u o'zining iqtisodiy sikl­lar ta'limoti tufayli shuhrat qozondi, uning konsepsiyasiga mu- vofiq sikllar iqtisodiy o'sish obyektiv qonuniyati sifatida ko'rilgan. Uning deyarli barcha asarlari faqatgina nazariy emas, balki tarixiy va statistik uslublardan foydalanib yozilgan. Misol uchun, "Kapi­talizm, sotsializm, demokratiya" kitobida u kapitalizm va sotsia­lizm dinamikasini katta tarixiy istiqboli fonida ko'rib chiqmoqchi bo'lgan. Xususiy tadbirkorlik kapitalizmini asta-sekin davlat to­monidan tartibga solinadigan iqtisodiy tizimga trasformatsiyasi to'g'risidagi xulosa ham unga tegishlidir. Urushdan keyingi davr G'arb tarixografiyasida iqtisodiy tarix ulushining oshib borishi va katta hajmdagi faktik material- lar to'planishi bilan ajralib turardi. Texnika, texnik ixtirolar, tex- nologiyalar, alohida iqtisodiy hodisalar tarixi o'rganildi. Sanoat, shu jumladan, alohida korxonalar, tarmoqlar tarixi, ichki va tashqi savdo, transport, fan va boshqalar tarixi tadqiq etildi. Demografik o'zgarishlar, ish kuchi bozorlarining shakllanishi, mehnat unum- dorligi o'sishi, xalqaro valyuta va tovar almashinuvi, aholining moddiy sharoitlariga bag'ishlangan ishlar ko'plab chop etildi.


Rus tarixografiyasida xorijiy mamlakatlar, birinchi navbat- da Angliya va Fransiyaning agrar muammolariga katta e'tibor qaratilar edi (D.G.Vinogradov, M.M.Kovalevskiy, P.V.Luchitskiy, N.I.Kareev, D.M.Petrushevskiy, A.N.Savin va b.). I.M.Kulishevning ishlari qadimgi Gretsiya va G'arbiy Yevropaning iqtisodiy tarixiga bag'ishlangan edi.

Sovet ittifoqi tarixchilari asarlarida antik davr (V.I.Kuzishin,

  1. M.Shtraerman), o'rta asrlar (A.D.Udalsov, S.D.Skazkin, E.A.Kosminskiy, M.A.Brag), Angliyaning yangi tarixi (V.F.Semenov, S.I.Arxangelskiy), Italiya (V. I. Rutenburg), Fran­siya (A.D.Ayublinskaya), Germaniya (M.M.Smirin), Niderlandiya (A.N.Chistozvanov) tarixi tahlil etilgan. Shuningdek, qator o'quv manbalarini qayd etib o'tish lozim, misol uchun V.T.Chuntulova, V.G.Saricheva tahriri ostida yozilgan "Kapitalistik mamlakatlar iqtisodiy tarixi" va F.Ya.Polyanskiy, V.AJamina tahriri ostida yozil­gan "Kapitalistik mamlakatlar iqtisodiy tarixi". Shu bilan birga 80-yillar oxiri va 90-yillar boshlarida iqtisodiy tarixiy fanlar jahon ilm-fanining rivojlanishdan ajralganlik, tadqiqotlar xulosalari maf- kuraviy yo'naltirilganligi, mxolifatning yo'qligi, manbalardan uzi- lish, tadqiqot usullari borasida jiddiy orqada qolishi xarakterli edi.

Shu bilan birga AQShda iqtisodiy tarix fanining rivojlanishi biroz boshqacha edi.

"Yangi iqtisodiy tarix" uchun EHM yordamida statistik usullar bilan tadqiqotlar o'tkazish xosdir. Bu maktabning namoyondalari amerikalik olimlar A.Konrad, Dj.Meyer, R.Fogel va S.Engermanlar edi. Ular asosan quyidagi ikki muammoga e'tibor qaratishardi: AQSh Janubida quldorlik iqtisodiyoti va XIX asr oxirida mamlakat iqtisodiyotining rivojida temir yo'l qurilishining ahamiyati. Iqti­sodiyot rivojlanishining muxolif jihatlarining real voqelikdan farqi tadqiqotlarining asosida yotar edi.

14

Misol uchun, tadqiqotlarda quyidagi holatlar mavjud bo'lishi mumkin deb taxmin qilinardi: 1861-1865 yillarda AQShda fuqaro- lar urushi bo'lmagan, quldorlik bekor qilinmagan yoki temir yo'llar u paytda hali bo'lmagan. Shunday tamoyillar asosida yaratilgan model real voqelik bilan solishtirilardi va taqqoslash natijasida

  1. asr ikkinchi yarmida quldorlik yoki keng miqyosda temir yo'l qurilishi samaradorligi darajasi to'g'risida xulosalar qilinardi. Natijalar paradoksal edi, ular tanqidga uchradi, lekin hozirga kelib quldorlik iqtisodiyotining samaradorligi u haqida o'ylangandan ancha past ekanligi, temir yo'l qurilishi esa iqtisodiyotda muhim rol o'ynashida hech kimda shubha qolmadi.

Shunday modellarning asosiy kamchiligi faraz qilinayotgan vaziyatni oldindan ko'ra bila olmasligidadir, umuman olganda real iqtisodiyotni to'liq aks ettirib turuvchi modelni yaratish imko- ni yo'qdir. XX asrning 70-yillarida "yangi iqtisodiy tarix" iqtisodiy rivojlanishning uzoq muddatli tendensiyalarni tahlil qilish ishlari bilan qo'shilib ketdi.

Iqtisodiy dinamikaning tahlil yo'nalishi XIX asrning oxiri XX asr boshlarida vujudga keldi. Ushbu yo'nalishning shakllanishi va rivojlanishiga rus va sovet olimlari (M.I.Tugan-Baranovskiy, N.D.Kondratev, E.S. Varga, I.A.Traxenberg va b.), ingliz (S.Djevons), fransuz (A.Aftalon) va boshqa olimlar katta hissa qo'shganlar. 1917 yilda AQShda Iqtisodiy tadqiqotlar Milliy byurosi tashkil etilib, u iqtisodiy sikllar va iqtisodiyotning uzoq muddatli rivojla- nishini tahlil qilish bo'yicha ishlarni olib bordi. Ushbu ilmiy mak- tab XX asrning 60-70-yillariga kelib o'sha davrdagi iqtisodiy rivojlanishni miqdoriy tahlil qilish bo'yicha juda boy materialni o'zlashtirdi. Natijada iqtisodiy rivojlanish sohasidagi tadqiqotlar birinchi o'ringa chiqdi, garchi boshqa mavzular ustida (ish haqi- ning uzoq muddatli dinamikasi tendensiyalari, jahon xo'jaligi alo- qalari rivojlanishining tarixiy tendensiyalari) ham faol izlanishlar olib borilgan bo'lsa ham.

Yangi iqtisodiy tarixning sintezi va uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarining tahlili sifatida XX asrning 70-y- illarida iqtisodiy tarixda yangi yo'nalish vujudga keldi. Amalga oshirilayotgan tadqiqotlar miqyosi keng bo'lib, u tadqiqot davri, iqtisodiyot sektori va iqtisodiy jarayonlar tiplarini tanlanishi bilan bog'liq edi. Iqtisodiy o'sish muammosi va unga ta'sir etuvchi turli omillar tahlili ustuvor ahamiyatga ega edi. Masalan, ilmiy-texnika

15

taraqqiyoti, texnologiyani yangilash, moliya tizimi evolutsiyasi, xalqaro moliya bozorlari taraqqiyoti, turli tarixiy davrlarda dav- latning iqtisodiyotdagi rolini baholash, mehnat munosabatlari evolutsiyasi, ish kuchi bozori tahlili va boshqa shu kabi mavzular bo'yicha tadqiqotlar olib borilgan edi. Eng ko'zga tashlanadigan ishlardan ba'zilari: U.Rostouning "Jahon iqtisodiyoti", unda XVIII asrdan boshlab jahon iqtisodiyoti rivojlanishini umumlashtirishga harakat qilinadi, shuningdek F.Brodelning "Moddiy sivilizatsiya, iqtisodiyot, kapitalizm. XV-XVIII asrlar" asarida kapitalistik iqti- sodiyotning genezisi tadqiq etilgan edi.