Файл: Reja Iqtisodiy tarixning qisqacha izohi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 07.11.2023

Просмотров: 153

Скачиваний: 4

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.


1823 y.da AQSh "Monro doktrinasi”n\ e'lon qildi, unga binoan Yevropa mamlakatlarining Amerika ishlariga aralashuvi AQShga tahdid deb qaraldi. Shu bilan AQSh Meksikaga nisbatan bosqin- chilik urushlarini amalga oshirish imkoniga ega bo'ldi.

Qo'shib olish va bosib olishlar:

  • Texas (1845),

  • Yangi Meksika (1849),

  • Yuqori Kaliforniya (1848),

  • Oregon (1846).

  • XIX asrning birinchi yarmida AQSh hududi 3,5-4 barobar kengaydi.

Yevropadagi doimiy ravishdagi urushlar amerika kapitalizmini jadal o'sishiga sababchi bo'ldi.

AQSh okean ortida bo'lganligi sababli ushbu urushlarda qat- nashmasdi, shu sababdan yirik harbiy xarajatlardan holi edi.

Lekin barcha urush qatnashchilari bilan savdo-sotiq qilib daromad oldi.

Aholi. XIX asr o'rtasiga kelib hududlar ekspansiyasi natijasida shtatlar soni 13 tadan 30 gacha ko'paydi.

Hududlarning kengayishi quyidagi muhim demografik o'zgarishlarga olib keldi: aholining tez o'sishi, aholini G'arbga faol migratsiyasi va asta-sekin urbanizatsiyasi.

  1. y.da AQSh aholisi 3,9 mln.kishi edi. 1860 y.da esa 31,4 mln.kishi.

Aholi sonini o'sishi ichki omillar (tabiiy o'sish) hamda tashqi omillar (immigrantlar oqimi va qullarni olib kelish) hisobiga amal- ga oshdi.

AQShda katta yerlarning mavjudligi Yevropadan ko'chib kelu- vchilarni o'ziga jalb qilar edi.

Demografik holatning o'zgarishi urbanizatsiyada o'z aksini topdi. Mehnat taqsimoti shahar aholisini o'sishiga olib keldi.

88

AQShning yirik shaharlari: Nyu-York, Sinsinnati, Filadelfiya, Chik- ago, Klivlend, Sent-Luis.

Qishloq xo'jaligini rivojlanishi. XIX asrning birinchi yarmida AQSh iqtisodiyotida asosiy tarmoq bo'lib qishloq xo'jaligi hiso- blanar edi.

Ushbu tarmoqni rivojlantirish omillari: G'arbni mustamlaka- ga aylantirish, qullar mehnatidan foydalanish, rayonlarni ixtiso- slashuvi.

Shimoli-G'arbda jo'xori yetishtirish rivojlandi. Undan tashqari ekstensiv chorvachilik rivojlandi.

Ushbu hududni o'zlashtirilishi bug'doy yetishtirilishini keng tarqalishiga olib keldi. Indiana, Illinoys, Viskonsin shtatlari asosiy bug'doy yetishtiruvchi hududlarga aylandi.

Shimoli-sharqdagi shtatlar intensiv qishloq xo'jaligiga ixtiso- slashib sanoat markazlarini xom ashyo bilan ta'minlardi.

Janub va janubi-g'arbdagi yangi hududlar paxtachilikka ixtiso- slashib AQSh jahonda yirik paxta yetishtiruvchiga aylandi.

  1. y.da jahonda paxta yetishtirishda AQSh 0,4 % ulushga ega bo'lgan bo'lsa, 1860 y.da 66%gacha o'sdi.

  1. AQShda sanoat to'ntarilishi

Sanoat to'ntarilishining shart-sharoitlari

  • AQShdagi sanoat to'ntarilishining texnik shart-sharoitlari Angliyada erishilgan yutuqlar natijasida yuzaga keldi.

  • AQShda ixtirolarni rag'batlantirish tizimi joriy etildi.

  • 1790 y.dan patentlar to'g'risida qonun amal qilib, unga mu- vofiq ixtirochi o'z ixtirosiga 14 yilga monopol huquqga egalik qilardi.

Yirik sanoat ishlab chiqarishi mablag' manbalari:

  • savdo burjuaziyasining foydasi,

  • tashqi savdodan olingan daromad,

  • fermer xo'jaliklari daromadi,

  • er bilan spekulyativ bitimlardan tushumlar.

Sanoat to'ntarilishiga davlatning iqtisodiy siyosati ham ta'sir ko'rsatdi - XIX asr boshida investitsiyalar savdo va dengizchilik sohalaridan sanoatga yo'naltirila boshlandi. Shu bilan birga olib kirilayotgan tovarlarga proteksionistik tariflar belgilandi.

Sanoat to'ntarilishi xususiyatlari. Angliyadan keyin mashinalar- dan foydalanish bosqichiga o'tib ingliz texnik tajribasidan unumli foydalanildi. Shu bilan birga o'zining yutuqlaridan ham foydala-

89

nildi. Ushbu aralash usul sanoat to'ntarilishini qisqa muddatda (40-50 yil) amalga oshirishga imkon berdi.


AQShda sanoat to'ntarilishining xususiyatlari:

  • Amerika muhandislik ixtirolarining faol roli.

  • Mamlakatning tabiiy shart-sharoiti (daryo va ko'llarni ko'pligi).

  • Mamlakatda o'rmonlarning ko'pligi.

  • Manufaktura ishlab chiqarishining chegaralanganligi.

  • Mintaqalar va tarmoqlarni notekis rivojlanganligi.

  1. Amerika muhandislik ixtirolarining faol roli

Muhim ixtirolar:

  • tikuv mashinkasi.

  • tipografiya mashinasi.

  • fosforli gugurt.

  • morze elektromagnit telegrafi.

  • D.Yuza harf bosuvchi apparati,

  • revolver.

  • pnevmatik tormoz.

AQShda paydo bo'lgan bu ixtirolar sanoatning ko'pgina yangi tarmoqlarini rivojlanishiga olib keldi.

  1. Mamlakatning tabiiy shart-sharoiti (daryo va ko'llarni ko'pligi). Daryolarning ko'pligi bug' energiyasidan arzonroq bo'lgan suv energiyasi bilan ta'minlash imkonini berdi. Shu sababdan bug' energiyasidan ommaviy foydalanish kechroq amalga oshdi.

  2. Mamlakatda o'rmonlarning ko'pligi. Toshko'mir o'rniga yog'och ko'mirdan foydalanish keng tarqalgandi. 1860 yilga qa- dar temiryo'l transportida yog'och ko'mir ishlatilar edi. Ba'zi so- halarda yog'och ko'mir mahsulotni sifatliroq bo'lishiga imkon be- rardi.

  3. Manufaktura ishlab chiqarishining chegaralanganligi. Sanoat to'ntarilishi kechroq amalga oshganligi sababli manufaktura kapi- talizmi shakllanmadi. Angliya hukumati AQShda manufakturani rivojlanishiga to'siqlik qildi.

  4. Mintaqalar va tarmoqlarni notekis rivojlanganligi. Fuqarolik urushi natijasida Janubda fabrika va zavodlar yo'q edi. Bu hudud- da paxta, tamaki, guruch, shakar-qamish yetishtirish rivojlangan edi. Agar mashinalar ishlatilsa ular ham qullar tomonidan ishla­tilar edi.

Sanoat to'ntarilishi yo'nalishlari. Sanoat to'ntarilishi mam­lakatning Shimoli-sharqida boshlandi. Mashina yordamida ishlab

90

chiqarishga o'tgan birinchi tarmoq paxtani qayta ishlash tarmog'i edi. E.Uitni tomonidan 1793 y.da ixtiro qilingan paxta tozalash mashinasi paxtani qayta ishlashni tubdan o'zgartirishga va pax- tachilik sanoatini xom ashyo bilan ta'minlashga imkon berdi.



Asta-sekin mashinalar junni qayta ishlashga ham joriy qilindi. 1840 y.ga kelib Shimoli-sharqda uyda jun to'qish mashina yor- damida to'qishga almashdi.

Shimoli-sharq tekstil sanoatining markaziga aylandi. Bu hududda tarmoqning 78% fabrikalari joylashgan edi.

Engil sanoatda sanoat to'ntarilishi tekstil sanoatidan tashqari oziq-ovqat, poyafzal, to'qimachilik, teriga ishlov berish sanoat- lariga ham ta'sir etdi (1841 y.da Zinger tikuv mashinkasi ixtiro qil- indi).

Yana bir yo'nalish - transportni rivojlanishi. XVIII asr oxirida kanallar qurilishi rivoj topdi. XIX asrning birinchi choragida Buyuk ko'llarni Atlantika okeani bilan bog'laydigan ERI kanali qurildi.

Kemalar qatnovinijadallashuviga 1807 y.da R.Fulton tomonidan "Klermont" g'ildirakli paroxodini ixtiro qilinishi ta'sir ko'rsatdi.

Birinchi temir relslar Baltimor va Ogayo shaharlarini bog'ladi (1828-1830 yy.), keyingi 20 yil davomida temir yo'llar uzunligi 300 barobar o'sdi. Dunyodagi hech qaysi mamlakat bunday sur'atlarga erishmagan edi.

Transportning rivojlanishi metallurgiya, qazib olish va o'rmonchilik sanoatlarini rivojlanishiga turtki berdi.

Sanoat to'ntarilishi davrida toshko'mir qazib olish 20 barobar, cho'yan ishlab chiqarish 3 barobar o'sdi.

Metallurgiya markazlari - Pittsburg; G'arbda yangi markazlar tashkil etildi (Tennesi, Kentukki), Pensilvaniya, Ogayo.

  1. asr o'rtalarida AQShda yirik mashinasozlik zavodlari ma­vjud edi (Nyu-York, Pensilvaniya).

Bu sanoat to'ntarilishini yakunlovchi bosqichga (mashinalarni mashinalar ishlab chiqarishi) o'tganligidan dalolatdir.

AQSh parovozlar, kemalar va qishloq xo'jaligi mashinalarini yirik ishlab chiqaruvchisiga aylandi. 1851 y.da AQShda elektrovoz ishlab chiqarildi. Keyinchalik poezdning yotoq vagonlari, sister- nalari yaratildi.
  1. 1   2   3   4   5   6   7   8


Fuqarolik urushi va uning oqibatlari

Fuqarolik urushi sabablari. XIX asr birinchi yarmida AQSh ijtimoiy-iqtisodiy tizimida qarama-qarshiliklar yuzaga keldi. Bu- lar - yangi o'zlashtirilayotgan rayonlarda iqtisodiy rivojlanish modellarini tanlash, kapitalizm evolutsiyasida qulchilikni saqlash, eksportda xom ashyoni ustuvorligi, Angliyadan uskunalarni olib kirilishiga bog'liqligi.

O'zlashtirilayotgan g'arb yerlariga shimoliy va janubiy shtat- larning munosabatlari bir-biriga zid edi. Shimoliy shtatlar fermer- lik rivojlanishi tarafdorlari bo'lsalar, janubdagilar - plantatorlik tarafdorlari edilar.

Janub plantatorlari g'arbdagi yerlarni o'z latifundiyalarini ken- gaytirish maqsadida sotib olish niyatida edilar.

Undan tashqari janub plantatorlari va shimol sanoatchilari o'rtasida qarama-qarshiliklar chuqurlashdi, fabrikant-kapitalistlar janubni tekstil sanoati xom ashyo bazasi sifatida taraqqiy etishi tarafdorlari edi.

O'z-o'zini nazorat qilishga oid savollar


1 Хашимов П.З., Тураев Х.Н. Экономическая история. - Т.: «Университет», 2003.- С.7. 10

2 Puritanlik (ing. puritan, lot. purus - sof, toza) - o'ta qat'iy fe'l-atvor, ehtiyojlarning maksimal darajada cheklanishi, har qanday dabdabalik va qulayliklarga qarshi bo'lish, oila va nikoh masalalariga patriarxal munosabatga asoslangan turmush tarzi (https:// dic.academic.ru/dic.nsf/enc_culture/2170)

12

3Хашимов П.З., Тураев Х.Н. Экономическая история. Т.: «Университет», 2003.- С.36.

4Feod - seniyor tomonidan vassalga taqdim qilingan yerlar

5Senziva (fr. la censive; cens, chinsh) - Fransiyada o'rta asrlarda dvoryan bo'lmagan aholi qatlamining, dehqonlarning meros asosida yerga egalik qilish shakli.

6История мировой экономики: Учебник для вузов / Под ред. Г.Б. Поляка, А.Н. Марковой. — 2-е изд., перераб. и доп. - М.: юНиТИ-ДАнА, 2007.- С.140.

7 Kopigollder - dehqonlarni dvoryanlarga tobelik shaklidan biri

8 Конотопов М. В., Сметанин С. И. Экономическая история: Учебник. - 9-е изд., доп. и перераб. - М.: Издательско-торговая корпорация «Дашков и К°», 2007. - С. 100.

46

9 История мировой экономики: Учебник для вузов / Под ред. Г.Б. Поляка, А.Н. Марковой. — 2-е изд., перераб. и доп. - М.: юНиТИ-ДАнА, 2007.- С. 136.

10 Kurfyurst - imperator saylovida qatnashish huquqiga ega bo'lgan knyaz ("German millatining muqaddas Rim imperiyasi").

11 Кустова Т.Н., Камакина О.В. История экономики: Учебное пособие / РГАТА.- Рыбинск, 2001.- С. 56.

74


12 История мировой экономики: учебник для вузов / под ред. Г. Б. Поляка, А. Н. Марковой .- 3-е изд., стер. - М. : ЮНИТИ-ДАНА, 2008. - С. 303.

13Grossbauer - Germaniyada qisloq kapitalisti, quloq

78

14Kontributsiya - urushda mag'lub bo'lgan mamlakat tomonidan g'olib mamlakatga to'lanadigan mablag'.

15Конотопов М. В., Сметанин С. И. Экономическая история: Учебник. - 9-е изд., доп. и перераб. - М.: Издательско-торговая корпорация «Дашков и К°», 2007. - С.260.

16 История мировой экономики: Учебник для вузов / Под ред. Г.Б. Поляка, А.Н. Марковой. — 2-е изд., перераб. и доп. - М.: юНиТИ-ДАнА, 2007.- С.365.