Файл: Mirzo ulugbek nomidagi ozbekiston milliy universiteti tarix fakulteti kurs ishi.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 09.11.2023
Просмотров: 187
Скачиваний: 15
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
Kurs ishi
Mavzu: Buxoro xonligining qo'shni mamlakatlar bilan munosabatlari
Bajardi:
Reja:
I.Kirish.
II.Asosiy qism.
11..Buxoro xonligi va Rossiya munosabatlari.
1.2.XVIII asrda Buxoro Rossiya munosabatlari.
1. 3.Buxoro-Eron munosobotlari.
1.4.Buxoro-Hindiston munosabatlari.
III.Xulosa.
Kirish
O‘zbek davlatchiligi tarixini ilmiy tadqiq etish, unga haqqoniy baho berish va to‘plangan tajribadan ijodiy foydalanish mustaqil O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy – siyosiy va madaniy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun XX asrning oxiriga kelib jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi bo‘lgan O‘zbekiston tarixini, xususan o‘zbek davlatchiligi tarixini har tomonlama o‘rganish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Shu bois ham, so‘nggi yillarda O‘zbekiston tarixining qator dolzarb masalalarini o‘rganishda aniq va haqqoniy tarixiy yondashuv masalasi muhim bo‘lib bormoqda. Ta’kidlash joizki, o‘zbek xonliklaridan biri bo‘lgan Buxoro xonligi – O‘rta Osiyo tarixi, uning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayoti va xalqaro munosabatlarida katta iz qoldirgan davlat bo‘lib, uning har bir hukmdori yuritgan ichki va tashqi siyosat hamda uning oqibatlarini o‘rganish alohida ilmiy izlanishlar olib borishni taqozo qiladi.
Asosiy qisim:
Xonlik haqidagi ayrim ma’lumotlarni (jumladan, XVIII asrda O‘rta Osiyoning qo‘shni Sharq davlatlari bilan aloqalarini) o‘rganishda rus manbalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ularda iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni tahlil qilish, savdo yo‘llarini o‘rganish uchun qilingan harakatlar, hamda qaysi mamlakatdan qanday mollar qancha miqdorda keltirilganligi haqidagi ma’lumotlar batafsil berilgan. Rus manbalarida rus elchi va elchiliklarining hisobotlari, Buxoro, Xiva va Hind elchilari hamda savdogarlarining so‘rov ma’lumotlari keltirilgan. Shuningdek, hukmdorlar hamda xonlarning bir-birlariga tortiqlari, sovg‘alari haqida ham ma’lumotlar keltiriladi. Anashu ma’lumotlar orqali O‘rta Osiyo xonliklarining Hindiston va Rossiya o‘rtasidagi savdodagi tutgan o‘rnini bilib olish mumkin. Xususan A.Jenkinson Buxoro bozorlaridagi hind savdogarlarining faoliyati haqida, ... “ular Buxoroga na oltin, na kumush, na qimmatbaho toshlar, na ziravorlar keltiradi. Men, Hindistondagi bu tovarlar ishlab chiqariladigan eksport tovarlar portugallar qo‘l ostida bo‘lganligi uchun, bu tovarlar bilan savdo okean orqali olib borilishini aniqladim”[3:], deb yozgan ma’lumotlarida elchining hind savdogarlariga o‘z munosabatini bildirganligini ko‘rishimiz mumkin.1
Shuningdek, tadqiqotchilar O‘rta Osiyo bilan Moskva o‘rtasidagi savdoning uch xil usuli borligi haqida ma’lumotlar keltirib o‘tadi. Jumladan:
1.“Povalnaya” deb ataluvchi oddiy savdo bo‘lib, bu savdo erkin savdogarlar orqali amalga oshirilgan.
2. Shox va xonlarning tovarlari bilan savdo bo‘lib, bu savdo shox va xonlarning elchilik bilan kelgan shaxsiy savdogarlari orqali amalga oshirilgan. Shox va xonlarning tovarlaridan soliq olinmagan.
3. “Lyubitelskiye pominki” deb atalib, ikki davlat shox va xonlari o‘rtasidagi bojsiz tovar ayirboshlash hisoblangan [1: 68,70,71,51-b].
XVIII asrda, ya’ni Petr I hukmronligi yillarida Rossiyaning O‘rta Osiyoga qiziqishi kuchayadi. O‘rta Osiyo Rossiyani Sharqning savdo — iqtisodiy markazi, Rossiyadan
Hindistonga boradigan asosiy yo‘llardan biri ekanligi bilan o‘ziga jalb qilardi. 1714 yili Petr I Sibir gubernatori knyaz Gagarindan Erketi shahrida (ya’ni Yorkend) oltin qumlar borligi xususida xabar topadi. Erketi bu davrda Jung‘or xonligiga bo‘ysunganligi aytiladi. Gagarin Petr I ga bu shaharni bosib olib, Yorkend yo‘lidagi Yamishev ko‘li bo‘yida qal’a qurishni tavsiya qilgan [2: 26-27-b]. Yevgraf Kaydalov kundaliklarida ham bu haqda ma’lumotlar berilgan. U Rossiya savdoni to Hindistongacha rivojlantirish maqsadida qilayotgan harakatlarini va oltin qumlarni topish uchun ekspeditsiya uyushtirishini Petr I ning buyuk jonbozligi, deb hisoblagan edi.
Petr I Gagarinning xabaridan so‘ng unga xat yozib, Yamishev ko‘li bo‘yida, iloji bo‘lsa undan ham yuqorida shahar qurish, daryoda kemalar qatnashi mumkin bo‘lgan joygacha suzib borib, so‘ng Yorkendga borib, uni egallashni topshirgan edi. 1714 yilda Irtish daryosining yuqori oqimi bo‘ylab podpolkovnik Buxgols ekspeditsiyasi uyushtiradi.
Peterburgga kelgan Xiva elchisi ham Gagarinning ma’lumotlarini tasdiqlab, Amudaryodan ham oltin olinishini aytadi. Elchi, agarda rus davlati o‘zining odamlarini Xivaga jo‘natsa, Xiva xoni ularga oltinni topishga yordam beradi, deb ishontirgan edi. Shundan so‘ng Petr I bu xabarni muhim bilib, tezlikda ikkala joyni ham tekshirtirish uchun ekspeditsiya jo‘natgan edi. Shunday qilib, Petr I har ikkala ekspeditsiya o‘z maqsadiga erishmagan taqdirda ham, Hindiston uchun yo‘l ochilishiga va savdodan ko‘plab oltinlarni qo‘lga kiritishiga ko‘zi yetgan edi. O‘rta Osiyo Rossiya uchun Hindistonga olib boradigan vositachi davlat bo‘lib qolgan edi.
Bu kabi nuqtai nazarni sovet adabiyotida YE.V.Bunakov, P.P.Ivanov, D.M.Lebedevlar ham qo‘llab quvvatlaydi. Ularning fikricha, Hindistonga kirib borish ruslar uchun natija bermagan taqdirda ham, O‘rta Osiyoga boradigan yo‘l ma’lum bir ma’noda nafaqat topildi, balki o‘zlashtirildi ham [4: 106-b].2
1717 yil Petr I Amudaryo orqali Hindistonga boradigan yo‘lni topish maqsadida Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasini O‘rta Osiyoga yuboradi. Rus podshosi ekspeditsiyaga bergan ko‘rsatmasida, “Xiva xonidan kema olib Kojina degan savdogarni Amudaryo orqali Hindistonga jo‘natish va kema borishi mumkin bo‘lgan joyga qadar suzib borish, so‘ng yo‘lni davom ettirib daryolar, ko‘llar, suv va quruqlik yo‘li, ayniqsa, suv yo‘lini yozib borish, va Hindistondan shu yo‘l bilan ortga qaytish, agarda Hindistondan Kaspiy dengiziga boradigan undan ham yaxshi yo‘lni eshitsa, o‘sha yo‘l bilan kelish va uni ham yozib borish”, topshirilgan edi [5: 31-b].
XVIII asr boshlarida Buxoroda siyosiy vaziyat juda og‘ir bo‘lgan. Xon hokimiyati nomigagina saqlanib qolgan edi. 1721—1725 yillarda O‘rta Osiyoda bo‘lgan Florio Beneveni ekspeditsiyasi bu siyosiy holatning guvohi bo‘lgan [3]. Bu ekspeditsiya Buxoro xonining rus podshosidan elchi yuborishini so‘rab qilgan murojaatiga javoban jo‘natilgan edi [6: 34-b]. Elchilikdan ko‘zlangan asosiy maqsad, 1718 yil 13 iyuldagi “Ko‘rsatma”da Buxoro xonligining ichki ahvolini to‘la-to‘kis o‘rganish, deb belgilangan edi.
Bundan tashqari, Buxoro xonligining qo‘shni Sharq davlatlari bilan savdo munosabatlarini o‘rganish, hamda rus-buxoro savdo aloqalarini rivojlantirish imkoniyatlarini topish vazifasi ham o‘rin olgan edi.
F.Beneveni ham o‘z tadqiqotlarida Buxoroning Eron bilan aloqasiga doir ma’lumotlarni berar ekan, u 1722 yil ko‘p savdo karvonlari Mashhaddan Buxoroga, Hirot va Isfahonga jo‘natilganligi, lekin ularning bari turkmanlar yoki afg‘onlar tomonidan talanganligini, oqibatda Balx orqali bo‘ladigan savdo to‘xtab qolganligi, to‘rtinchi yil Kobul, Laxor va Hindiston shaharlariga karvonlar qatnamay qo‘yganligini yozadi. F.Beneveni o‘zining xizmatkori Minerni oltin va kumush konlarining joylashgan joyini topish va aniqlash maqsadida savdogar qiyofasida Balx va Badaxshonga jo‘natadi. Uning xabariga ko‘ra, u yerda ko‘proq buxoro tovarlari sotilib, savdogarlar bu tovarlar uchun Badaxshon aholisidan tillo va kumush quymalari ko‘rinishida haq olganlar. F.Beneveni xizmatkori Minerni Balx va Badaxshon bozorlaridagi rus tovarlari hayron qoldirgan: ular nina, oyna, qaychi, munchoqlar, suvsar, qunduz, los mo‘ynalari va terisi, yashil, qizil va to‘q zangori movutlar edi. Uning yozishicha, Badaxshondan Balx orqali Mashhadga oltin va kumush ortilgan karvonlar bir yilda 2, 3 va hatto 4 marta borgan. Xurosonda bular oltin va kumush tangalarga aylantirilib, unga O‘rta Osiyo uchun Eron mollari sotib olingan [6:64-b].
XVIII asrning birinchi yarmida Rossiyaning O‘rta Osiyo bilan savdo aloqalari kengaya boradi. Rus savdosini O‘rta Osiyo xonliklari tovarlari bilan yanada ko‘proq hamda keyinchalik Turkiston va Qozoq dashti ustidan nazorat o‘rnatish maqsadida Orenburg shahrining qurilishi boshlab yuboriladi. N.I.Neplyuyev, P.I.Richkov va K.M.Tevkelev rahbarligida Hindiston bilan savdoni yo‘lga qo‘yish maqsadida maxsus kompaniya tashkil qilinadi [2]. Orenburg ekspeditsiyasi rahbari, mashhur rus geografi I.Kirilov Buxoroni Osiyoning savdo markazi sifatidagi ahamiyatiga yuqori baho berib, uning qo‘shni Sharq davlatlari bilan aloqalardagi rolini ta’kidlab o‘tgan edi [7:13-b].
3
1735 yil Kirilovning so‘roviga binoan Astraxandan Ufaga hind savdogari Maravgi Barayev taklif qilingan. Savdogar Hindistondan O‘rta Osiyo xonliklari orqali Astraxanga boradigan yo‘l haqida ma’lumot bergan.4 Uning aytishicha, yaqin vaqtlargacha Eron va Buxoro orqali Rossiyaga 200 savdogar kelib savdo qilishar edi. Biroq keyingi paytlardagi Erondagi qaltis vaziyat va Buxoro yo‘lida savdo karvonlarining talanishi oqibatida savdogarlar soni 80 taga qisqarib ketgan. Barayev, agarda yo‘llarda xavf-xatar bo‘lmaganda edi, Hindistondan Buxoro orqali Rossiyaga keluvchi savdogarlarning soni 600 kishiga yetgan bo‘lishi mumkin edi, deb taxmin qilgan [8:138-b].5
Mashhur rus geografi P.I.Richkov Buxoroning Hindiston bilan savdo aloqasida Orenburgning ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tadi. U, butun Sharqiy Hindistonda yashayotgan xalqlar rus va boshqa g‘arb tovarlarini faqat Orenburg va Buxoro orqaligina to‘g‘ridan-to‘g‘ri va arzon narxda bu qadar ko‘p miqdorda va arzon narxda sotib olishi mumkin, deb ta’kidlagan edi [9: 69-70-b].Yangi Orenburg yo‘nalishining ochilishi Rossiyaning O‘rta Osiyo xonliklari bilan savdoni rivojlantirishiga, hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri rus-hind savdosini yo‘lga qo‘yishga imkon berdi. Orenburg orqali savdo karvonlari qatnay boshlaganligining birinchi o‘n yilligidayoq ko‘zlangan maqsadga erishildi. Rossiyada diplomatik topshiriqlarni bajarib yurgan buxorolik savdogar Irnazar Maksyutov O‘rta Osiyo va hind parchasi, qimmatbaho toshlar va boshqa tovarlarni Orenburgga olib borgan. Shu tovarlarni Orenburgga olib kelganligi, buxorolik va hindistonlik savdogarlarni Orenburg savdosiga tortganligi sababli rus hukumati savdogar Maksyutovni bir necha marta mukofotlagan. [10: 26-b]
Shunday qilib, rus elchilarining O‘rta Osiyoning qo‘shni davlatlar bilan diplomatik va savdo aloqalarini o‘rganishdagi faoliyati, Orenburg shahrining qurilishi va undan ko‘zlangan maqsad tez kunda natijasini ko‘rsata boshlagan. Bu harakatlar natijasida qo‘lga kiritilgan daliliy materiallar kelajakda ilmiy ishlar yozilishiga ham ijobiy asos bo‘lib xizmat qilgan. Haqiqatdan ham, sovet davrida elchilarning keltirgan ma’lumotlari jamlanib, “Hujjatlar to‘plami” ko‘rinishiga keltirilib nashr qilingan. Bu to‘plamlar O‘rta Osiyo va Hindiston savdo munosabatlarini o‘rganishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
XVIII asrning ikkinchi yarmida Rossiyada O‘rta Osiyo xonliklari, jumladan, Buxoro xonligi haqida ko‘p ma’lumotlar to‘plana boshlagan. Rus soldati F.Yefremov "Devyatiletneye stranstvovaniye" nomli kitobida o‘zining to‘qqiz yil sayohat qilib, Buxoro, Eron, Xorazm, Farg‘ona, Qarshi, Tibet va Hindistonda bo‘lib, Afrika janubini aylanib Angliyaga va undan Rossiyaga borganligi haqida yozadi.6
Yefremov Buxoro xonligida paxta yetishtirish masalasi bilan qiziqadi. U xonlik xo‘jaligining qorako‘l terisi eksporti bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘ychilik sohasini kengroq yoritishga ahamiyat bergan. “Ma’lumki,- deb yozadi Yefremov, Buxoro qorako‘l terisi eksporti orqasidan shuhrat topgan va xon xazinasiga katta daromad keltirgan” [10:30-32-b].
Muallif Buxoroni Osiyoning yirik savdo markazi ekanligini ta’kidlaydi. U buxoroliklarning mamlakat ichki savdosida faol qatnashishini, u yerda ko‘plab savdo rastalari va karvon-saroylari mavjudligini eslatib o‘tadi. Yefremovning tassurotlari Buxoro xonligi tashqi savdosining taraqqiyot darajasini belgilashga yordam beradi.
Ma’lumotlarga boy va shu bilan birga Buxoroning kelajagi haqidagi Yefremovning asari XVIII asrdagi Yevropa fani uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan.7
Bizni qiziqtirgan masala bo‘yicha muhim ma’lumotlar rus sayyohi va ofitseri T.S.Burnashev asarida uchraydi. U Rus hukumatining topshirig‘iga ko‘ra, 1794 yili Buxoroda bo‘lgan edi [11:118-b]. U Buxoroda bo‘lgan vaqtida u yerga savdo qilish uchun Afg‘oniston, Eron, Hindiston va boshqa yurtlardan kelgan turli millat vakillarini ko‘rgan. Burnashev Buxoroda joylashgan bozorlar to‘g‘risida yozib qoldirgan. Agarda Yefremovning sayohati davrida Buxoroda 4 ta g‘isht karvon-saroy bo‘lgan bo‘lsa, Burnashev davrida ularning soni 9 ta bo‘lgan. Karvon-saroylar sonining ortib borishiga e’tiborni qaratsak, Buxoroning tashqi iqtisodiy aloqalarining o‘sib borganligi to‘g‘risidagi taasurotga ega bo‘lamiz.
Burnashevning ma’lumotlariga ko‘ra, Buxoro Hindiston va Erondan tillo, kumush va hind malmali olgan. Buxoro Eronga qorako‘l terisi va boshqa tovarlar eksport qilgan. Burnashev Buxoroga keltiriladigan chet el tovarlaridan qirqdan bir miqdorida boj solig‘i olinishini eslatib o‘tadi. Rus savdogarlari esa o‘z mablag‘idan yigirmadan bir miqdorida soliq to‘lagan [11:120-b].
XIX asrda Buxoro davlatchiligi tarixi mag‘itlarining navbatdagi hukmdori Amir Haydar (1800-1825) podshohligi bilan boshlandi. U o‘z sulolasidan bo‘lgan boshqa tojdorlarga nisbatan ko‘p jihatlari bilan o‘zbek milliy davlatchiligi tarixida sezilarli iz qoldirgan, mang‘itlar hukmronligini mustahkamlash, ichki va tashqi muxoliflarga qarshi kurashda qator muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishga erishgan. Bu hol, ayniqsa, uning tashqi siyosatida o‘z davridagi g‘oyat murakkab xalqaro munosabatlarni to‘g‘ri ilg‘ab ola bilishida yorqin namoyon bo‘ldi. Amir Haydar hukmronligining dastlabki o‘n yili ichida Buxoro davlati olib borgan tashqi siyosiy diplomatik munosabatlarning ayrim qirralari haqida haqqoniy va yangi ma’lumotlar beruvchi safarnomalar bugungi kunda davlatchilik tarixi masalalarini yanada chuqurroq tadqiq etishga imkon tug‘diradi. 1805 yilda Rossiya tashqi ishlar vazirligi boshqarmasining boshlig‘i knyaz Adam Charteriyskiy ko‘rsatmasiga binoan maxsus karvonda savdogar qiyofasida Orenburgdan Buxoroga rus konfidentlaridan biri Habibulla Abdulov (bundan oldin ham bir necha maxfiy topshiriq bilan bu yerga kelib ketgan) yuboriladi. U bu yerda rasman soxta pul yasashda ayblangan va Buxoroga qochib kelgan rus fuqarolari teptyar-totorlarni Rossiyaga topshirish haqida muzokaralar yuritadi, ammo aslida unga yuklatilgan asosiy vazifa Nodirshohning Buxoroda yashashi taxmin etilgan nevarasini rus imperatori panohiga olib ketish va undan Rossiyaning O‘rta Sharqdagi mustamlakachilik siyosatida foydalanish bo‘lgan. Ayni vaqtda unga “buxoroliklarning Xiva va Eron bilan bo‘lgan munosabatlarining darajasi haqida xufya ma’lumotlar yig‘ish, bu ishlarga boshqa Yevropalik davlat vakillari aralashayotani yo‘qmi, degan masalani ham aniqlash” yuklatilgan edi. 1809 yilda Rossiyadan Buxoroga maxfiy suratda yana bir konfident [12:64-b] poruchik Adilnosir Subhonqulov yuboriladi. Savdo karvoni bilan kelgan bu “vakil” ham Buxoroning ichki va tashqi ahvoli haqida, uning harbiy quvvati to‘g‘risida batafsil materiallar to‘playdi va bu ma’lumotlar tartibga solinib, Orenburg gubernatori tomonidan Peturburgga jo‘natiladi. 1812 yilda Ost-Indiya kompaniyasi Peshovardan Afg‘oniston orqali Buxoroga o‘z vakili Hofiz Muhammad Fozilxon ismli kimsan elchi sifatida Amir Haydar huzuriga yo‘llaydi. O‘sha yili u Buxoroga kelib uning hukmdori qabulida bo‘ladi va amirga kompaniya rahbariyati hamda Buxoroga Kashmir orqali inglizlar yuborgan asosiy elchi – Mir Izzatulloh nomidan bitilgan nomalarni topshiradi. Hofiz Fozilxon o‘z taassurotalrini fors tilida bitilgan “Buxoro manzillari tarixi” safarnomasida bayon qilgan. Xuddi shu yili yana Ost-Indiya kompaniyasi Hofiz Fozilxondan keyin Buxoroga o‘zlarining asosiy elchilarini safarga otlantiradi. Bu elchilikka Said Mir Izzatulloh boshchilik qiladi. Ular Kashmirdan o‘tib, sharqiy sarhadlardan Buxoro amirligi tuprog‘iga kirib keladilar. Izzatulloh Buxoro amiri bilan ko‘rishgach, bu yerdan Markaziy Osiyoning boshqa shaharlariga ham safar qiladi. U ham Fozilxon singari barcha taassurotlarini maxsus hisobot tarzida yakunlab, Ost-Indiya rahbarlariga topshiradi. Ammo Said Mir Izzatullohning safar esdaliklari Fozilxonning “Buxoro manzillari tarixi” asaridan farqli o‘laroq, oradan sal fursat o‘tgach qisqartirilgan holda avval fransuz, so‘ngra to‘la ravishda ingliz tillariga tarjima qilinib, kitob holida chop etiladi.8
O‘tgan asrning dastlaki o‘n yili ichida Buxoro amirligiga kelib ketgan ana shu “sayyohlar”ning qoldirgan safar taassurotlari mazmuni shuni ko‘rsatadiki, bu o‘zbek xonligi o‘sha yillarda nafaqat O‘rta Sharq mintaqasida, balki jahon miqyosida ko‘tarilgan muhim xalqaro muammolar bilan aloqador bo‘lgan.
Podsho Rossiyasi bosqinidan oldin O‘rta Osiyo hududidagi xoniklar, xususan, Buxoro amirligi O‘rta Osiyodagi eng boy va qudratli davlatlardan biri hisoblanar, uning davlat qurilishi hamda diplomatiyasi qo‘shni davlatar siyosatiga yuqori darajada ta’sir o‘tkazib kelar edi. Shu bois ham ayni kunda bu davrdagi diplomatik munosabatlar, elchilik bordi-keldilariga oid nodir qo‘lyozmalarni tadqiq etish – xalqimizga o‘zining haqiqiy o‘tmishini qaytarib berish muhim vazifalarimizdan biridir.9
Tariximizning o‘qilmagan sahifalariga ko‘z yuritish natijasida shunga amin bo‘lish mumkin: 1860 yilda Buxoro taxtiga Amir Muzaffarning o‘tirishi bilan amirlikning xalqaro aloqalari yangi bosqichga ko‘tarildi. Chunki xudi shu davrda Rossiya imperiyasining Turkiston sarhadlariga tajovuz xavfi yanada ortdi. Aynan 1860 yildan boshlab Qo‘qon xonligi tasarrufidagi Oqmachit (hozirgi Qizil O‘rda), Pishpek (Bishkek), Avliyo ota (Jambul), Turkiston shaharlarini birin-ketin bosi olina boshladi. Ana shundan keskin bir vaziyatda Amir Muzaffarxon markazlashgan Buxoro davlati hamda butun Turkiston hududini dushmanlardan saqlab qolish uchun Angliya, Fransiya, Italiya va Turkiya sultonligi kabi eng qudratli davlatlar bilan o‘zining ochiq va maxfiy dipomatik aloqalarini o‘rnatdi. Amirlik o‘z elchilari orqali Angliyaning Hindistondagi vakillari va Turkiya sultonligi, shuningdek, Fransiya hamda Italiyaga harbiyo-siyosiy aloqalari o‘rnatish takliflari bitilgan diplomatik nomalarni jo‘natdi. Bu haqda tarixchi Hamid ibn Baqo Xo‘janing (O‘zFAning Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan) “Tanzil al-amsol fikri-zikri bayon ul-ahvol” asarida to‘la ma’lumot beriladi. Asar muallifi amirning Qo‘qon xonligi bilan birgalikda Vatan himoyasiga otlanish maqsadida amalga oshirilgan diplomatik ustamonligi xususida shunday yozadi: “Biz va sizning o‘rtangizda do‘stlik yuqori darajada bo‘lganligi uchun hech qachon sizlarga nisbatan dushmanlkni ravo ko‘rmaganmiz va ko‘rmaymiz ham. Bugun biz tomonidan yozilayotgan xat qaroriga asosan Sayxun
daryosi ichki tomoni bizniki, tashqi tarafi sizning mulkingizdir...”. “Shuningdek, Amir Muzaffar ikki davlat o‘rtasida tijorat bordi-keldisini yo‘lga qo‘yish masalasini ham ko‘tardi” deydi muallif [13]. Albatta bu harakatlar ortida harbiy texnik jihatdan kuchli salohiyatga ega g‘arb davlatlari orasidan ishonchli ham siyosiy, ham harbiy ittifoqchi topish maqsadi yotganini yaqqol ko‘rish mumkin. Ushbu harakatlar bilan amir Xo‘jandni o‘z himoyasiga olishga erishadi. Ma’lumki, bunga qadar Buxoro va Angliya o‘rtasida yaxshi diplomatik munosabatlar yo‘lga qo‘yilgan edi. Masalan, ikki mamlakat o‘rtasidagi bir yillik savdo hajmi 170 ming funt sterlingni tashkil etar, bu aloqalar esa o‘z navbatida yildan-yilga rivojlanib borar edi.10 Shu sababdan ham amir Muzaffar iqtisodiy-siyosiy hamkori – Angliyaning Hindistondagi general-gubernatori ser Jon Lourensga harbiy ko‘mak so‘rab murojaat etadi. Elchi Muhammad Porsoxo‘ja orqali Kalkuttaga keladi va Buxoroning Angliyaga sodiqligini bildirib, inglizlardan harbiy ko‘mak – qurol-yarog‘, to‘plar, moliyaviy yordam va imkoni bo‘lsa qo‘shin so‘raydi. General-gubernator esa aniq javob bermay, elchini ortiga qaytarib yuboradi. Shu o‘rinda Muhammad Porsoxo‘ja to‘g‘risida to‘xtaladigan bo‘lsak. U kishi Buxoroda qozikalon (bosh sudya) lavozimida xizmat qilgan Inoyatullo Xojaning o‘g‘li bo‘lib, unga amir Muzaffar davrida “Muftiy askariya” unvoni berilgan. Qonunshunoslik, tib va boshqa ilmlar bo‘yicha katta salohiyatga ega bo‘lgan elchi badiyatda ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib, ancha ma’noli she’rlar yozgan.
Buxoroda shuningdek, amir Abdul Ahad (1885-1910) hukmronlik qilgan yillarida tashqi diplomatik va savdo-sotiq aloqalri ham ancha rivojlantirilgan edi. Ayniqsa, ushbu davrda ko‘proq Rossiya bilan diplomatik aloqalarning amalga oshirilgnaligini manbalardan ko‘rishimiz mumkin. Buxoro hukmdorining Peterburgga qilgan safarlari hisoboti sifatida “Ro‘znomai safari Fitirburx” nomli ikki me’muar asar yozilgan bo‘lib, asar Buxoro amiri Abdul Ahad tilidan yozilgan va uning 1892-1893 yillarda Peterburgga qilgan safari kundaligi hisoblanadi. Uni Rossiya – Buxoro munosabatlari tarixiga oid manba sifatida baholash mumkin. Ikkinchi asar “Ro‘znomai safari chahorum ... ba Fitirburx” deb nomlanib, amir Abdul Ahadning 1906 yilda Peterburgga qilgan safari tafsilotlarini o‘z ichiga oladi [12:69-b].11
Mustaqillikning tugatilishi va Buxoro xonligi ustidan protektoratning oʻrnatilishi (1868 va 1873 yillar shartnomalari asosida) xonlikni chor Rossiyasining yarim mustamlakasiga aylantirdi. Rossiyaning vassal hududi bo'lgani uchun u boshqa mustamlakalardan deyarli farq qilmaydi. 19-asrning soʻnggi choragida Buxoro xonligi Rossiya maʼmuriyatiga qaram mavqega ega boʻlishiga qaramay, Gʻarb va Sharq mamlakatlari bilan teng sharoitlarda aloqa savdogarlari ochildi.
Buxoriy sharoitida savdo-sotiqning rivojlanishi, sudxo'rlik kapitali savdosi ijobiy rol o'ynadi, shahar va qishloqning o'ziga xos xo'jaligini yemirdi. Bu yerdagi savdogarlar va ildizchilar mahalliy burjuaziyaning asosiy yadrosini tashkil qilgan. Ularning savdoda ishtirok etishi yuqori daromad olishning bir usuli hisoblanib, sharqiy va g'arbiy savdo firmalari: la.mya bilan bajonidil shartnoma tuzdilar.19-asr oxiriga kelib yirik savdo kompaniyalari o'z faoliyatini boshladilar.
Buxoroning iqtisodiy qudratida ta’sirchan kuchga aylangan birinchi firma va bank kapitali.
Ma’lumki, Buxoro xonligining savdo aloqalari azaldan tarixchilarning e’tiborini tortgan va hozirda ham jalb etib kelmoqda. Rossiya, Afg'oniston, Hindiston, Eron xalqlari o'rtasidagi munosabatlarni ochib berish masalasi mamlakatimiz olimlari, shuningdek, Rossiya, Hindiston, Afg'oniston, Eron va boshqalarning ushbu muammoning muayyan tomonlarini ochib beruvchi ko'plab qiziqarli ishlariga bag'ishlangan. Ular orasida M.K.ning batafsil tadqiqotlarini qayd etish lozim. Lekin iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarga oid koʻplab maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan bu asarlar, asosan, Buxoro xonligining 18—19-asrlarda Gʻarbiy va Sharq mamlakatlari bilan savdo aloqalariga oid ayrim masalalarni ochib beradi.
Hozirgacha tarixiy adabiyotlarda Buxoroning 19-asrning soʻnggi choragida Afgʻoniston, Hindiston, Eron, Rossiya bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini ochib berishga bagʻishlangan maxsus monografik tadqiqot mavjud emas, olimlar tasodifan aniqlagan ayrim masalalar bundan mustasno. 19-asr oxiri-19-asr boshlaridagi Buxoro tarixini tahlil qilganda XX asr. Shuning uchun bu masalaning tarixini chuqur va har tomonlama o‘rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.