Файл: Mirzo ulugbek nomidagi ozbekiston milliy universiteti tarix fakulteti kurs ishi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 09.11.2023

Просмотров: 189

Скачиваний: 15

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
xos darvoza vazifasini ham o’tar edi. Xurosonni nazorat qilish masalasida shayboniylar va safaviylar o’rtasida keskin kurash ketgan. Bu masalada Muhammad Shay­boniyxon, Ubaydullaxon va Abdullaxon II hukmronligi davrida shayboniylar ustunlik qildilar.23 Chunonchi, Abdullaxon II Xurosonning Marv, Nishonur va Mashhad kabi yirik shaharlarini egallagan. Buxoro xonligining Rossiya bilan muno­sabatlari XVI asrning ikkinchi yarmidan rivojlana bordi. Abdullaxon II Rossiya bilan savdo aloqalarini yaxshilashga harakat qilar ekan, bu orqali o’z davlatining siyosiy ahvolini mustahkamlashga erishmoqchi edi. Chunki podsho Ivan Grozniy (1530-1584) davrida Rossiyaning mavqeyi kuchaya bordi. Ivan Grozniy davrida Qozon xonligi (1552 yil), Hojitarxon xonligi (1556), Volga bo’ylari va G’arbiy Sibir hududlari Rossiya tomonidan bosib olingan edi. Bu hol Rossiyaga savdo yo’llarini nazorat qilish imkonini berdi. Volga atrofidagi viloyatlarda savdo-sotiq ishlarini olib borish Buxoro xonligidan kelgan savdogarlar uchun ancha qulay edi. Ularga eng yaqin qo’shni mamlakat Rossiya bo’lib qolgandi. Bu hol ko’p jihatdan qozon tatarlari hamda boshqirdlar bilan din va til yaqinligi bilan izohlanar edi. Shuning uchun ham Abdullaxon II tomonidan 1557-1558-yillarda Moskvaga elchilar yuborilgan. Elchilar Astraxan orqali Moskvaga borib Ivan Grozniy huzurida bo’ladilar. Ular o’z xonlari nomidan savdogarlarning Volga bo’ylab erkin o’tishlariga ijozat so’raydilar. Qaytib kelgan elchilar Moskvadan juda ko’p o’q, dori, ov qushlari va matolar bilan qaytganlar. Ayni paytda, Rossiya ham Buxoro xonligi bilan savdo-sotiq ishlarini rivojlantirishdan manfaatdor edi. Bu manfaatdorlik avvalo Buxoroning Rossiya tovarlarini sotish uchun qulay bozorligida edi. Ikkinchidan esa Rossiya Buxoro xonligi orqali Osiyoning boshqa mamlakatlari bilan savdo aloqalarini rivojlantirish imkoniga ega bo’lardi. Bunda birinchi navbatda, Hindistonga chiqish maqsadi hisobga olingan edi. 1555-yili Moskvada tashkil etilgan "Moskva savdo kompaniyasi" vakili Antoniy Jenkinson boshliq elchilar rus podshosining guvohnomasi bilan 1558-yili Buxoroga yuboriladi. Elchi Antoniy Jenkinson Buxoro xoni Abdullaxon II tomonidan qabul qilindi. Elchi xonlikning xalqaro va ichki savdo imkoniyatlarini “Rossiyadagi Moskva shahridan Baqtriyadagi Buxoro shahrigacha 1558-yilgi sayohat" nomli esdaliklarida bayon etadi. Antoniy Jenkinson elchiligi natijasida Rossiya va Buxoro xonligi o’rtasida yaxshi savdo va diplomatik aloqalar yo’lga qo’yildi. Bobur vafotidan so‘ng bir muddat siyosiytarqoqlik yuzaga kelgan bo‘lsada, Akbarshoh bobosi kabi 13 yoshida davlatni o‘z nazoratiga olib, u huddi Boburshoh singari iqtidorli siyosatchi bo‘lib shakllandi. U markazlashgan davlatga asos sola oldi va Hindiston yarim orolini birlashtirdi, barqaror siyosiy mustaqil davlatga asos soldi.Markaziy Osiyo bilan Hindiston o‘rtasidagi siyosiy aloqalar XV–XVII asrlardan e’tiboran diplomatik munosabatlarga asoslanadi.Markaziy Osiyo va Hindiston xalqlari o‘rtasidagi siyosiy, madaniy va diplomatik aloqalarning rivojlanishida Abdurazzoq Samarqandiyning Hindistonga qilgan safari katta ahamiyat kasb etadi. Atoqli tarixchi, o‘z zamonasining buyuk davlat arbobi Abdurazzoq Samarqandiy Amir Temurning o‘g‘li Eron va Turon hokimi, Shohruh saroyiga yaqin kishilardan bo‘lib, ko‘pincha elchilik vazifasini o‘tgan209.Abdurazzoq Samarqandiy 1442-yilda Hindistonga elchilik safari bilanyuboriladi. U ikki jilddan iborat «Matla’ us-sa’dayn va majma’ ul-bahraynnomli asarining ikkinchi jildida Hindistonga qilgan safari haqida hikoyaqiladi. U Hirotdan Eron shaharlari va Ummon (Arab dengizi) orqali Hindistonning Kalikut shahriga keladi.210.Abdurazzoq Samarqandiy o‘z asarida Hindistonning ijtimoiy hayoti, hindlarning urf-odatlariga oid qimmatli ma’lumotlarni keltirgan.Safarnoma janubiyHindiston xalqlarining o‘rta asrlarda erishgan iqtisodiy va madaniy darajalari, davlat tuzumi, savdo munosabatlari xaqida tarixiy manbalarda uchraydigan muhim daliliy ma’lumotlarga boyligi bilan ham tarix fani uchun juda katta ahamiyatga egadir211.Bu davrning yana nodir manbalaridan «Boburnoma»ning mantiqiy davomi Mirza Muhammad Haydarning Tarixi Rashidiy asaridir. Mazkur asar ikki qism, 117 bobdan iborat bo‘lib, unda Qozog‘iston, Sharqiy Turkiston (Xitoyning Sinjon viloyati), Afg‘oniston, Tibet va Hindiston xalqlari etnografiyasi, jo‘g‘rofiyasi, ijtimoiy-siyosiy tuzumi va tarixiga oid qimmatli ma’lumotlar mavjud. Tibet va Hindistonga harbiy yurishlar qilgan Mirza Muhammad Haydar bu o‘lkalar haqida foydali ma’lumotlar yozib qoldirgan. Ayniqsa, uning Kashmir tabiati, iqlimi, urf-odatlari, iqtisodi, tarixiga oid hamda Bobur va boburiylarga tegishli qarashlari diqqatga sazovordir. Mirza Haydarning «Tarixi Rashidiy» kitobi Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» memuar asari singari shaxsan muallifning ko‘rganlari va kuzatuvlari zamirida yaratilgan Amerikalik tarixchi olim Richard Fols o‘z kitobida Boburiylar siyosatiga shunday tarif beradi “O‘sha davrda musulmon dunyosi ko‘p jihatdan bir-biriga yaqin edi”213. Bu yerda u Islom madaniyatining birlashtiruvchi kuchekanini ta’kidlaydi.24 O‘sha davr Hindiston madaniyati uchun yot bo‘lgan islom madaniyatining yoyilishida Bobur va Boburiylar sulolasi vakillarining o‘rnini alohida e’tirof etish o‘rinlidir.Hindistonlik tarixchi olim Ramech Chandra Varma o‘zining “Akbar and Abdulla Khan” (“Akbar va Abdullahon”). asarida Turkiston bilan Hindiston o‘rtasidagi munosabatlarni Akbarshoh davrida rivojlanish cho‘qqisiga chiqqanini, Abdullaxon elchisi Oltamish Akbar huzuriga kelganini va shu elchi orqali Akbarshoh Abdullaxon bilan do‘stlik munosabatini o‘rnatishga rozi ekanini bildiradi214.Hindiston va Markaziy Osiyo xalqlari asrlar davomida bir-birlari bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘ydilar. Buning asosini Markaziy Osiyoning juda qulay jug‘rofiy mavqega ega bo‘lishi alohida ahamiyat kasb etadi. Markaziy Osiyo orqali Sharq bilan G‘arb o‘rtasidagi savdo-sotiq, jumladan, Markaziy Osiyo bilan Hindiston o‘rtasida savdo aloqalari keng ko‘lamda rivoj topdi.Boburiylar davrining dastlabki me’morchilik va tasviriy san’at na’munalarida temuriylar sulolasi hukmronlik qilgan davr san’atiga xos an’analarni ko‘rish mumkin.XVI asr ikkinchi yarmida Markaziy Osiyo va Hindistonda nisbatan kuchli markazlashgan davlatlar vujudga keldi. Boburiy Akbarshoh (1556–1605) taxtga chiqishi bilan deyarli bir vaqtda Buxorodagi hokimiyat Shayboniylar sulolasining so‘nggi hukmdori Abdullaxon (1557–1598) qo‘liga o‘tdi.Akbarshoh davrida Boburiylar imperiyasi shimolda Tibet chegaralaridan tortib, janubda Todavari daryosi, g‘arbda Gujoratdan to sharqda Bengal ko‘rfazigacha yoyildi.Abdullaxon podsholigi vaqtida Buxoro xonligi ham katta hududni Movarounnahr, Dashti Qipchoq va Xurosongacha bo‘lgan yerlarni birlashtirib, harbiy-siyosiy jihatdan kuchli davlatga aylandi.Abdullaxon va Akbar taxtni egallaganlaridan keyin o‘z davlatlarini mustahkamlashga, mustaqil va yarim mustaqil xon va knyazliklarni bo‘ysundirishga, yangidan-yangi o‘lkalarni bosib olishga kirishdilar. Abdullaxon qattiq kurash natijasida Balx va Hirotni (1573), Shahrisabz, Qarshi va Hisorni (1574), shu yillari Akbar Malva, Gondvan, Chitor va Gujarotni zabt etdi. O‘sha davrda ikkala davlat o‘rtasida bir qator diplomatik almashinuvlar bo‘lib o‘tdi. Masalan, Abdullaxon 1572-73, 1577-78 va 1586-yillarda Hindistonga elchilar yubordi215.Shu asnoda Buxoro xoni Hindistonga obro‘li amaldorlardan Mir Quraysh rahbarligida elchilar jo‘natdi. U o‘zi bilan sovg‘a sifatida bir qancha nafis mollar olib borgan edi. Elchilarning asosiy vazifasi Badaxshon Buxoroga qo‘shib olingandan so‘ng Akbarni Buxoro xonligiga munosabatini bilish bo‘lgan.25 Akbar Mir Quraysh elchilarni uzoq vaqt qabul qilmaydi, tarixchi olimlarning ta’riflashlaricha, Akbar Kashmirni o‘z avlatiga qo‘shib olgandan so‘ng elchilarni qabul qilmoqchi edi. Shunday qilib, Akbar Buxoro elchilarini 1586-yili 14-mart kunida qabul qiladi. Akbar hukmronligining 30 yilligi (ya’ni 1586-yil) da Hindistonning O‘rta Osiyodagi rasmiy kishisi Muhammad Hakim Hindistonga Mirzo Shohruh va Mirzo Sulaymon boshliq elchilarni yuboradi. 1587-yilda esa MarkaziyOsiyodan Akbar saroyiga Mir Quraysh boshliq rasmiy elchilar yuboriladi. Elchilar Hindiston chegarasiga yetib kelganlarida chegara ma’murlari ularni samimiy kutib oladi. U yerdan elchilar Hind qurolli qismlari himoyasida Dehliga yetib keldilar. Do‘stlik safari bilan Hindistonga kelgan MarkaziyOsiyolik elchilar Dehlida bir qancha oy turib, Akbar tomonidan Abdullaxon saroyiga tayinlangan Hakim Humom boshliq Hind elchilari bilan o‘z Vatanlariga qaytadilar. Hind elchilari Akbarning Abdullaxon nomiga yozgan xatini va bir lakx (yuz ming) rupiy tanga va boshqa qimmatbaho zebu ziynatlardan iborat tuhfalarni olib keldilar. Akbar Abdullaxonga yozgan xatida Eron shohi Abbosga qarshi birga kurashish kerakligi, o‘z mamlakatlari orasida do‘stlik munosabatlarini o‘rnatish zarurligi to‘g‘riida yozadi. Hind elchilarini Abdullaxon hind odati bo‘yicha qabul qiladi. Elchilar MarkaziyOsiyoda ikki yilga yaqin bo‘ladilar, so‘ngra katta tuhfa va tortiqlar bilan Hindistonga qaytib ketadilar.1590-yili Mavlono Husayn boshliq Abdullaxonning yangi elchisi ham Akbar huzuriga safar bilan tashrif buyurgan.1596-yili Xoji Ashraf Naqshband va Sulton Husayn Lakxnav boshliq Akbarshoh elchilari Buxoro tomon yo‘lga chiqadilar. Elchilar Abdullaxonga Akbarshohning katta sovg‘a-salomlari bilan o‘zaro do‘stlikni mustahkamlashni ta’kidlovchi maktub ham olib kelgan edi. Akbarshoh elchilari 1597-yil 9-sentabrda Buxoroga yetib keladilar. Abdullaxon ularni katta izzat-ikrom bilan kutib oladi. Akbardan keyingi imperator Jahongirni (1605-1627) taxtga o‘tirgani bilan tabriklash uchun Imomqulixon (1611-1642) Jahongir saroyiga elchi yuboradi. Bunga javoban Hindistondan MarkaziyOsiyoga zamonasining atoqli olimi Hakim Hoziq boshliq elchilar keladi.26 Elchilar o‘zlari bilan qimmatli sovg‘alar qo‘shib jo‘natiladilar. Sovg‘alar orasida qimmatbaho toshlar qadalgan chodir kishining diqqatini o‘ziga tortar edi. Aytishlaricha, bu chodir unga qadalgan oltin va qimmatbaho toshlarning narxi butun Hindistondan yig‘ilgan bir yillik xiroj solig‘iga barobar edi Boburiylar tashqi siyosatini tadqiq etar ekanmiz, bu sulolaga mansub hukumdorlar haqida so‘z borar ekan, ular Turkistonni o‘zlarining ona yurtlari va Temuriylardan meros qolgan hudud deb qarashlari ularni ikki asr ya’ni Hindistonda musulmonlar hukumronlik qilgan, eng diqqatga sazovor davrda davlatni boshqargan birinchi olti Boburiy, ularni ko‘pchiligi Turkistonni ko‘rmagan bo‘lsada, “ona” yurti deb bilib mustahkam aloqalarni o‘rnatib kelganliklarini ko‘rishimiz munkin217.Turkiston va Hindistondagi boburiylar imperiyasi o‘rtasidagi siyosiy diplomatiyani tahlil etar ekanmiz, bu aloqalar ko‘proq ikki tomonning safaviylar sulolasi hukumronlik qilgan Eronga qarshi kurashda ittifoq tuzish rejasini amalga oshirishni ko‘zlab olib borganini tahmin qilish mumkin. Bu borada uchchala tomon ham muayyan manfaatlarni ko‘zlab, ya’ni o‘z chegaralariga yaqin hududlarni, xususan Xuroson va hozirgi Afg‘oniston yerlari ustidan nazorat o‘rnatish uchun kurash olib borganligini ko‘rishimiz mumkin218.27Buxoro bilan Hindiston o‘rtasida doimiy savdo-sotiq shu ishga mutasaddi bo‘lgan maxsus savdogarlar orqali ham amalga oshirilgan va bunday shaxslarga juda katta huquq berilgan. Chunonchi, Hindiston podshohi tomonidan Buxorolik savdogar Oxund Xo‘ja Avaz va uning sheriklariga berilgan yorliqda Shoh Jahon mazkur savdogarlarga o‘z muruvvati va marhamatini ko‘rsatadi va hech kimsa uni Hindistonga kelganida va ketganida unga jabr-sitam ko‘rsatmaydi va biror vajdan ularni ushlab qolmaydi deb aytilgandi219.Buxoro xonligi bilan Hindiston o‘rtasidagi karvon yo‘lini rivoj topishi bilan Buxoro shahrida alohida hind mahallalari ham bunyod bo‘lgan. Jumladan, tarixchi Muhammad Yusufning yozishicha, Buxoroda hindlarning mahalla oqsoqoli ham mavjud bo‘lgan220.28 Bu yerdagi hindlar savdo-sotiq faoliyati bilan ham shug‘ullanganlar.Buxorodagi Olamxona karvonsaroyida asosan Hindistonning Shikarpur shahridan kelgan hindlar joylashardi deb yozib o‘tgan.XVI asrning ikkinchi choragidan boshlab Hindistonning siyosiy-iqtisodiy va madaniy hayotida Boburiylarning roli kuchaydi.Bobur Hindistonga bir olim sifatida yoki yirik davlatning elchisi sifatida keldi. U o‘z siyosatini barpo qilish uchun Afg‘oniston, so‘ngra Hindiston tuprog‘iga qadam qo‘ygan







Xulosa :

Buxoro xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi elchilik aloqalari uzoq tarixga ega
bo‘lib, dastlab an’anaviy xarakter kasb etgan, XVI asrning ikkinchi yarmidan esa
rasmiy tus olgan. Buxoro xonligi ham Rossiya davlati ham bu aloqalardan
manfaatdor bo‘lgan. Shuning uchun Buxorodan Rossiyaga va aksincha, Rossiyadan
Buxoroga maxsus elchilar yuborilganligini mahalliy manbalar va rus manbalari
hamda tadqiqot asarlari ham tasdiqlaydi. Ko‘rib chiqilgan manbalar va adabiyotlar
asosida quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Mahalliy manbalarda elchilar va ularning faoliyatlari bilan bog‘liq
ma’lumotlarda tarixiy jarayonlar to‘g‘risida nisbatan kamroq bo‘lsa-da
xabarlar majud.
2. Rus manbalaridagi ma’lumotlar ayrim elchiliklar to‘g‘risidagi umumiy
axborotlardan iborat.
3. Buxoro xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlaridan
Rossiya ko‘proq manfaatdor bo‘lganligi tufayli hatto ingliz savdogaridan
ham foydalanib, uni O‘rta Osiyo xonliklariga elchi qilib yuborgan.
4. XVI asrning ikkinchi yarmidan e’tiboran Rossiya bilan O‘rta Osiyo
xonliklarining diplomatik va savdo aloqalari rasmiy xarakter kasb etgan
bo‘lib, keyingi munosabatlarga zamin yaratgan.
Takliflar:
5. Ikki davlat o‘rtasidagi elchilik va iqtisodiy aloqalarni chuqurroq o‘rganish
uchun Rossiya arxivlari hujjatlarini tadqiqot doirasiga olib kirilsa, ko‘proq
ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.

Buxoro amirligi O‘rta Osiyo xonliklari, Xitoy, jumladan Sharqiy Turkiston, Hindiston, Eron, Turkiya, Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalari o‘rnatgan. Buxoro amirligi ayniqsa, Xitoy, jumladan, Koshg‘ar bilan yaqin savdo munosabatlariga kirishgan. Buxoro Koshg‘ar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo qilishdan tashqari Xitoyning O‘rta Osiyo xonliklari, Hindiston, Eron va Rossiya bilan savdo aloqalarida vositachi rolini ham bajargan. Buxoro karvonsaroylarida Hindiston, Tibet, Koshg‘ar, Quqon xonligi va Xiva xonligi, Afg‘oniston, Rossiyadan olib kelingan mollar to‘plangan. Mazkur savdo aloqalarida Buxoroning tashki savdo aloqalarida, uning ko‘shnilari Marv va Hirot aholisi alohida rol o‘ynagan. Buxorolik savdogarlar Marvga har xil rus tovarlarini olib kelganligini alohida ta’kidlanishi lozim.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Бартольд В.В. Абдулла б.Искандер // Сочинения. Том II. Часть

2. – М.: “Наука”, 1964. – С. 487-488. 2. Бартольд В.В. История изучения Востока в Европе и в России. //Бартольд В.В.Сочинения. Т. IX. – М.: «Наука», 1977. – С. 199-484.

3. Веселовский Н. Очерк историко-географических сведений о хивинском ханстве от древнейших времен до настоящаго. – СПб., 1877.

4. Герман. Исторический взгляд на сношения России с хивинское областью. Вестник Европы, 1822. Кн. 22.

5. Жуковский С. В. Сношения России с Бухарой и Хивой за последнее трехсотлетие. Пг., 1915.

6. Завьялов. Исторический обзор путешествий в Бухару. Оренбургския губернския ведомости
, 1854. № 20.

7. Иванов П.П. Очерки по истории Средней Азии (ХУ1 — середина XIX вв.). – М.: ИВЛ. 1958.

8. Руссов. Путешествие из Оренбурга в Хиву самарского купца Рукавкина в 1753 году, с приобщением разных известий о Хиве с отдаленных времен доныне. Журн. Мин.Внутр. Дел. 1839 г. № 10.

9. Руссов Ст. Путешествие из Оренбурга в Хиву самарского купца Рукавкина в 1753 году, с приобщением разных известий о Хиве с отделенных времен доныне. – СПб., 1840.

10. Уляницкий В. Сношения России с Среднею Азиею и Индиею в XVI-XVII вв. Москва, 1889.

11. Ханыков Я.В. Пояснительная записка к карте Аральскаго моря и Хивинскаго ханства. Записки Имп. Рус. Географ. Общества. Кн. V. 1851.

12. Hasanov H. Sayyoh olimlar. – Toshkent. O‘zbekiston. 1981.

13. Hofiz Tanish al-Buxoriy. Abdullanoma (“Sharafnomayi shohiy”). Birinchi kitob. – Toshkent. “Sharq”, 1999.

14. Hofiz Tanish al-Buxoriy. Abdullanoma (“Sharafnomayi shohiy”). Ikkinchi kitob. – Toshkent, “Sharq”, 2000.

1 Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев 2017 йил 22 декабрь куни Олий Мажлисга қилган Мурожаатномаси. // Халқ сўзи, 2017 йил 23 декабрь

2 Иванов П.П. Очерки по истории Средней Азии (XVI-середина XIX вв.). – М.: Восточная литература, 1958.; Бартольд В.В. Узбекские ханства. Соч. Т. II. Часть 1. – М.: Восточная Литература

3 Аҳмедов Б. Тарихдан сабоқлар. – Тошкент: Ўқитувчи, 1994.; Зиё А. Ўзбек давлатчилиги тарихи. Энг қадимги даврлардан Россия босқинига қадар. – Т: Шарқ, 2001.; Муқимов З.Ю. Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқи тарихи. – Тошкент: Адолат, 2004. – 280 б.; Султонова Г.Н.

4 Вамбери Ҳ. Бухоро ёхуд Мовароуннаҳр тарихи. – Т.: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1990.; Carter Vaughn Findley. The Turks in world history. – Oхford: University press, 2005.;

5 Бу бобнинг таҳлилида тарихчи олимлар А.Замонов ва К.Тўхтабековларнинг тадқиқотларига кўпроқ таянилди.

6 Замонов А.Т. Бухоро хонлигининг қўшин тузилиши ва ҳарбий бошқаруви (шайбонийлар сулоласи даври). – Т.: Баёз, 2018. – 7 б.

7 Замонов А.Т. Бухоро хонлигининг қўшин тузилиши ва ҳарбий бошқаруви (шайбонийлар сулоласи даври). – Т.: Баёз, 2018. – 7 б

8 Биноий К. Шайбонийнома // Ўзбекистон тарихи. Хрестоматия. XVI-XIX асрлар. – T.: Fan va texnologiya, 2014. – 9, 10, 11 б

9 Аҳмедов Б. Ўзбекистон тарихи манбалари. – Т.: Ўқитувчи, 2001. – 199 б.; Ахмедов Б.А. Историкогеографическая литература Средней Азии XVI-XVIII вв. (письменные памятники). – Т.: Фан, 1985. – 59 б..


10 Замонов А.Т. Бухоро хонлигининг қўшин тузилиши ва ҳарбий бошқаруви (шайбонийлар сулоласи даври). Т.: Баёз, 2018. – 10 б.

11 Фазлуллоҳ ибн Рўзбеҳхон. Меҳмонномаи Бухоро // Ўзбекистон тарихи. Хрестоматия. XVI-XIX асрлар. – T.: Fan va texnologiya, 2014. – 30 б.

12 Муҳаммад Ҳайдар мирзо. Тарихи Рашидий. / В.Раҳмон ва Я.Эгамов таржимаси. – Т.: Шарқ, 2010.; Замонов А.Т. Бухоро хонлигининг қўшин тузилиши ва ҳарбий бошқаруви (шайбонийлар сулоласи даври). Т.: Баёз, 2018. – 11 б

13 Ғиёсиддин Ҳумомиддин Хондамир. Ҳабиб ус-сийар фи ахбори афроди башар / Форс тилидан таржима, муқаддима муаллифлари Ж.Ҳазратқулов, И.Бекжонов. – Т.: Ўзбекистон, 2013

14 Ҳофиз Таниш ал-Бухорий. Абдулланома (Шарифномайи шоҳий) / Форс тилидан С.Мирзаев таржимаси. 1- китоб. – Т.: Шарқ, 1999.; Ҳофиз Таниш ал-Бухорий. Абдулланома. (Шарафномаи шоҳий) / Форс тилидан С.Мирзаев ва Ю.Ҳакимжонов таржимаси. Илмий муҳаррир, нашрга тайёрловчи, сўзбоши ва изоҳлар муаллифи Б.Аҳмедов. – Т.: Шарқ, 2-китоб, 2000

15 Муҳаммадёр ибн Араб Қатаған. Мусаххир ал-билод / Форс тилидан таржима ва изоҳлар муаллифи И.Бекжонов, Д.Сангирова. – Т.: Янги аср авлоди, 2009

16 Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома./ Нашрга тайёрловчи: П.Шамсиев, С.Мирзаев, Эйжи Мано. – Т.: Ўқитувчи, 2008; Таворихи гузида – Нусрат-наме / Исследование, критический текст, аннотированное оглавление и таблица сводных оглавлений А.М.Акрамова. – Т.: Фан, 1967; Муҳаммад Солиҳ. Шайбонийнома. – Т., 1990; Абулғозий Баҳодирхон. Шажараи турк. – Т.: “Чўлпон”, 1990.

17 Саидқулов Т.С. Ўрта Осиё халқлари тарихининг тарихнавислигидан лавҳалар. . – Т.: Ўқитувчи, 1993.

18 Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. – Т.: Ўқитувчи, 2008.

19 Замонов А.Т. Бухоро хонлигининг қўшин тузилиши ва ҳарбий бошқаруви (XVI аср): тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси. – Т.: 2018. – 21 б

20 Таворихи гузиде, Нусратнома. – Т., 1977. – 18-19 б

21 Аҳмедов Б. Ўзбекистон тарихи манбалари. – 188 б

22 Қаранг: Таворихи гузида – Нусрат-наме / Исследование, критический текст, аннотированное оглавление и таблица сводных оглавлений А.М.Акрамова. – Т.: Фан, 1967.; Замонов А.Т. Бухоро хонлигининг қўшин тузилиши ва ҳарбий бошқаруви (шайбонийлар сулоласи даври). – Т.: Баёз, 2018. – 19-20 б