Файл: Ozbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 23.11.2023
Просмотров: 474
Скачиваний: 8
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
Milliy raqamli kutubxonalar yaratish
Avvalo, milliy doiradagi raqamli kutubxonalar faoliyati haqida fikr yuritganda, YuNESKO ning umumjahon dasturlarini eslatib o‗tamiz. Bu dasturlarning ikki tomonlama maqsadini ko‗rsatish mumkin. Yo‗qolish havfi bo‗lgan hujjatlarning umumjahon merosini saqlashga ko‗maklashish.
Dasturni amalga oshirishda YuNESKO koordinator va katalizator rolini o‗ynaydi. Dastur doirasidagi loyihalar kutubxonalarda va arxivlarda qo‗lyozmalar va nodir nashrlarni saqlash va mazkur milliy qadriyatlarning umrini uzaytirishga qaratilgan. Misol tariqasida, Moskvaning Rossiya Davlat kutubxonasida saqlanayotgan XV-XVI asrlarning slavyan qo‗lyozmalarini saqlash va foydalanishni ta‘minlash masalalarini keltirib o‗tamiz. Shuningdek, u o‗zida ko‗pgina, Dostoevskiy va Pushkin kabi mualliflar asarlarini mujassamlantirgan. Loyiha boshlangach, boshlang‗ich qismda, 1990-yillarning boshlarida ko‗pgina natijalar CD-ROM ko‗rinishida aks etgan. Bu raqamli kutubxonalar faoliyatining yorqin misolidir. Tabiiyki, dastlab raqamlashtirish loyihaning asosiy ishi bo‗lib, raqamli formatdagi xizmatlarning taqdim etilishi asosiy g‗oyasi hisoblanadi. Bu kabi dasturlar Yevropa milliy raqamli kutubxonalari faoliyatini tashkil etishdagi dastlabki amalga oshirilgan ishlar deyish mumkin. Milliy kutubxonalar mamlakatda kutubxonachilik ishini rivojlanishida muhim rol o‗ynaydi.Raqamli faoliyat olib borishda milliy kutubxonalar faoliyati yuqori darajada bo‗lishi lozim.
ELib :(The Electronic Libraries Programme - Programma Elektronnыe biblioteki)34. Elektron kutubxonalar dasturiyeLib -oliy ta‘limni rivojlantirish va shakllantirishda katta rol o‗ynadi. Asosiy maqsadi gibrid kutubxonalar orqali, raqamli kutubxonalar modelini yaratish, resurslarning kengaytirilgan qidiruv tizimini yaratish, raqamli resurslarni saqlash orqali loyiha amalga oshirila boshladi. Iqtisodiy jihatdan mablag‗ bilan ta‘minlanish, yeLib dasturini yaratilishiga olib keldi. Bu 60 ga yaqin loyihalarni o‗z ichiga oldi. Ko‗pgina loyihalar ma‘lum bir vazifalarni bajarishda bir birini to‗ldirdi. Mazkur loyihalar, xalqaro miqyosda raqamli kutubxonalar barpo etishda bir biri bilan hamkorlikda faoliyat olib bordi.
34UKOLN, ―eLib: The Electronic Libraries Programme,‖ 13 January 2005; available from http://www.ukoln.ac.uk/services/elib 201
*Gallica (Fransiya)35 Fransiya milliy kutubxonasining De l'Homme muzeyi, Pera Loti uyi bilan hamkorlikda yaratilgan Internet-server bo‗lib, on-layn qidiruvni sinovdan o‗tkazish uchun yaratilgan. Gallica 2000 BnFrance raqamli kutubxonasi XX asr boshi o‗rta asrlarga taalluqli multimedia hujjatlarining eng oxirgi versiyasi hisoblanadi.
*Global-Info: German Digital Libraries Program (Germaniya)36- Nemis raqamli kutubxonalar yaratish dasturi. Raqamli kutubxonalar yaratish Konsepsiyasi
Germaniya davlatining 1996-2000 yillarga mo‗ljallangan axborot
infrastrukturasiga kiritilgan edi. Global-Info grant loyihasi Axborot va kommunikatsion Komissiyasi hamkorligidagi ilmiy jamiyatlarining texnologik rivojlanishi tadqiqotlari doirasida amalga oshirilgan. Bu barcha tadqiqotchilarga adabiyotlardan foydalanishga, tadqiqot natijalari, boshqa axborotlarga to‗g‗ridan-to‗g‗ri, to‗siqlarsiz ega bo‗lishlikni ta‘minlashdan iborat. Mazkur dastur doirasidagi loyihaga davlat tomonidan 60 mln. nemismarkasi ajratiladi. Nemis raqamli kutubxonalarini yaratish dastur loyihalari 1998 yildan boshlab 6 yil davom etib, mazkur dasturga bir qancha nemis kutubxonalari va axborot markazlari jalb etilgan.
*Digital Image Arxiv(Arxiv sifrovix izobrajeniy)
37 (Avstriya) ―Suratlarning raqamli arxivi‖ loyihasi Avstriya Milliy kutubxonasi tomonidan amalga oshirilgan.Mazkur loyiha portretlar to‗plamlari, suratlar arxivi, Fidei commissâ kutubxonasi bilan birgalikda amalga oshirilgan. Avstriya Milliy kutubxonasi 1,5 million tarixiy fotosuratlarni, Avstriya tarixiga oid bo‗lgan portretlar, arxitektura, topografiyalarni raqamlashtirish, asosiy maqsad sifatida esa Arxivlardagi raqamli suratlarni effektiv modelini yaratishdan iborat. Loyiha 1999 va 2001 yillarni o‗z ichiga oladi.
35Gallica, available from http://gallica.bnf.fr/.
36DomainSpa, LLC, ―Global-info.org,‖ available from http://www.global-info.org/. 37Hans Petschar, ―Project ‗Digital Image Database‘,‖ 2001; available from http://www.onb.ac.at/sammlungen/bildarchiv/projekte/bdb/e_einleitung_frs.htm
202
* BIBSYS raqamli kutubxona (Norvegiya)38- Mazkur loyiha 1998 yildan 3 yil davom etib, Norvegiya milliy raqamli kutubxonalarini barpo etishga bag‗ishlanadi. Loyihaning asosiy maqsadi oliy ta‘lim doirasida Norvegiya foydalanuvchilarini yangi va mavjud xizmatlarni integratsiyalash orqali raqamli axborot resurslariga ega bo‗lishlikni ta‘minlashdan iborat.
Yana ko‗plab: Muisti - fin milliy kolleksiyasini raqamlashtirish va tarmoq orqali taqdim etish loyihasi (Finlyandiya), Daniya madaniy merosini raqamlashtirish loyihasi - Kulturarw 3 (Sweden), Shvesiya qirollik kutubxonasi va Shvesiya Milliy kutubxonasining shved nashrlarining raqamli kolleksiyasini yaratish va internet orqali foydalanishga taqdim etish loyihasi - shved elektron nashrlari kolleksiyalarini yaratilishi va bugungi kun va kelajak avlodga taqdim etilishiga tamal toshini qo‗ydi.
*Memoria (Ispaniya) - Ispaniya xotirasi loyihasi. Ispaniya Milliy kutubxonasini (Biblioteca Nacional de España) raqamlashtirishga asoslangan bo‗lib, o‗zida Ispaniya boy madaniy merosini o‗zida mujassamlantirgan universal raqamli kutubxona yaratishga bag‗ishlandi. 1995 yilda boshlanib kutubxonaning eng noyob, yuqori qimmatdorlikka ega, mualliflik huquqi himoyasida bo‗lgan va yemirilish xavfi mavjud bo‗lgan qimmatbaho asarlarni raqamlashtirishdan boshlandi.
*Memoria Project (Czech) -Chexiya xotirasi loyihasi. Mazkur loyiha Chexiya Milliy kutubxonasini raqamlashtirishga bag‗ishlanib, tarix sohasiga oid resurslarning virtual muhitini yaratishga bag‗ishlanadi. Bu turli davrning tarixiy hujjatlariga, turli xil manbalardagi tarixiy hujjatlarning tavsifi, bibliografik ma‘lumotlariga ega bo‗lish, raqamli foydalanish imkoniyatini yaratdi.
Lokal raqamli kutubxona faoliyati.
Yevropada bunday faoliyatning ikki turi mavjud: ulardan biri tarmoq orqali barcha kutubxona xizmatlari turlarini o‗z ichiga oladi, ikkinchisi kutubxonaning
38―BDB: BIBSYS Digital Library,‖ available from http://www.bibsys.no/BDB/eng/.
203
raqamli faoliyatiga javobgardir. Bugungi kunda keltirib o‗tilgan ikkala tur ham keng tarqalgan.
*Raqamli kutubxonalar bo‗yicha Yevropa konferensiyasi - European Conference on Digital Library (ECDL) ilk bor 1996 yil tashkil etildi. Keyingi yillarda mazkur konferensiya texnikaviy, tashkiliy va ijtimoiy masalalarga bag‗ishlangan Yevropaning bosh forumiga aylandi. Bu ta‘lim tizimini media va axborot bilan ta‘minlashga yo‗naltirilgan bo‗lib, Germaniya Fan va ta‘lim vazirligi
tomonidan qo‗llab quvvatlandi. Asosiy e‘tibor Fan va ta‘lim vazirligi, Germaniya tadqiqotlar instituti, individual nemis federal yerlari va boshqa ilmiy tadqiqot institutlarini faoliyatini moliyalashtirishga bag‗ishlanadi.
Yevropada raqamli kutubxonalarning rivojlanish faoliyatini kuzatar ekanmiz, raqamli kutubxonalar yaratish bo‗yicha ko‗pgina boshlang‗ich loyihalar dastlab madaniy merosni saqlashga yo‗naltirilgani, keyingi bosqichlarda ijtimoiy gumanitar, matematika va boshqa ko‗pgina sohalarga e‘tibor qaratilgani, bularning orasida, ayniqsa, tarixiy hujjatlarni raqamlashtirish muhim o‗rin tutgani haqida xulosaga kelish mumkin.Shuningdek, raqamli kutubxonalarni rivojlanishi bilan ko‗pgina jabhalar qamrab olina boshlagan. Kutubxonalarda mavjud qadimiy kolleksiyalarni internet orqali foydalanishga taqdim etish orqali tadqiqotchilar, keng ommani bahramand etish kabi maqsad ko‗zlangan.
Ko‗pgina raqamli kutubxonalar loyihasi Milliy kutubxonalarning milliy tillardagi kolleksiyalariga bag‗ishlangan, bu albatta o‗z navbatida barcha tillar va madaniy qadriyatlarni saqlanishiga xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda boshqa til va madaniy qadriyatlar vakillari uchun foydalanishga taqdim etish maqsadida, umumiy tillarga o‗giriladigan sahifalarning mavjud bo‗lishiga e‘tibor qaratilgan. Bunda asosan, qadimda yaratilgan noyob kitoblar, qimmatbaho materiallarga alohida e‘tibor qaratilishi, raqamlashtirish ob‘ekti bo‗lib: noyob kitoblar, qadimiy qo‗lyozmalar tanlangani ahamiyatlidir. Masalan, jahonda atigi 4 dona nusxaga ega bo‗lgan, 1450-yilda pergamentda Gutenberg tomonidan kitob nashr etish kashf etilganda chop etilgan ―Bibliya‖ originali ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va ―birinchi real kitob‖ni his etish maqsadida, Gettingen davlati va universitet
204
kutubxonasi ―Guttenberg‖ loyihasini 1999 - 2002 yillarda amalga oshirdi.
Loyihani amalga oshirish jarayonida raqamlashtirish ishlari olib borilib, Guttenbergning Bibliyasi Internet orqali kitobxonlarga taqdim etildi. Shuningdek, Britaniya kutubxonasi tomonidan Bibliyaning ikkala nus‘hasi ham raqamlashtirilib taqdim etildi. Bu esa foydalanuvchilar uchun foydalanish hamda taqqoslash imkoniyatini yaratdi.
Daniil Grinshteyn va Raqamli kutubxona Federatsiyasining (DLF) sobiq direktori Syuzanna Ye.Torinlar tomonidan yozilgan ―Raqamli kutubxona: biografiyasi‖ kitobida raqamli kutubxona rivojlanishi 3 bosqichga bo‗linadi: yosh raqamli kutubxona, o‗rta yoshdagi raqamli kutubxona va yetuk raqamli kutubxona. Mazkur material AQShdagi DLF tashkiloti vakillarini so‗rovnomasi asosida yaratilgan bo‗lsada, Yevropadagi raqamli kutubxonalar rivojlanishining analogik rivojlanish bosqichlarini o‗tdi.
Kutubxonalarni raqamlashtirish bo‗yicha deyarli barcha loyihalar o‗tgan asr oxirida yakunlandi. Bugungi kunda ham bu borada tadqiqotlar davom etmoqda, shu kabi loyihalar qo‗llab-quvvatlanib, o‗z amaliy davomiga ega bo‗lmoqda.
Yevropada raqamli kutubxonalar kutubxonalarning axborot infrastrukturasiga aylandi. O‗zaro bog‗liqligi, ko‗ptilliligi, multimedialiligi Yevropa raqamli kutubxonalari faoliyatining tendensiyasiga aylandi.
Hozirda O‗zbekistonda raqamli kutubxonalar yaratish bo‗yicha bir qator loyihalar bajarilyapti. Xususan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ―Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik‖ ta‘lim yo‗nalishi bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari doirasida elektron kutubxonalar yaratish metodikasi tadqiq etilib, shoir va yozuvchilar, olim va tadqiqotchilarning elektron kutubxonalarini yaratish, shuningdek, turli fan sohalariga, jumladan, fizika, ximiya, axborot texnologiyalari, mashinasozlik, adabiyotshunoslik, qishloq xo‗jaligi va h.k. sohalarga oid resurslarning to‗liq matnli ma‘lumot bazalarini yaratish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur yaratilgan resurslarini
―Ziyonet‖, Elektron ta‘lim tizimi va Alisher Navoiy nomidagi O‗zbekiston Milliy kutubxonasi axborot resurslarida joylashtirilishi
205
hamda OTM yoki uning bo‗linmalari saytlari resurslarida joylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Axborot-kutubxona muassasalari oliy ta‘lim muassasalari tarkibiy tuzilmasining bir qismi hisoblanib, oliy ta‘limning rivojlanish tendensiyalari bilan hamnafas holda shakllanishi, rivojlanishi hamda zamonaviy ta‘lim jarayonida yetakchi o‗rinlardan birini egallashi lozim.
206
XULOSA
O‗zbekistonda Axborot-kutubxona markazlari, axborot resurs markazlari kitobxonlar talabiga javob beradigan ilmiy, ommaviy va maxsus resurslari bilan faoliyat olib bormoqda. Respublikamizdagi mavjud kutubxonalar keng doiradagi kitobxonlarning talabiga javob beradigan resurslar: elektron nashrlar, kitoblar, gazeta, jurnallar va boshqa nashriyot mahsulotlari bilan to‗ldirilib boriladi. ―Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‗risida‖gi O‗zbеkiston Rеspublikasi qonunining 2011 yil 13 aprеl kuni Rеspublika prеzidеnti I.A.Karimov tomonidan imzolanishi kutubxonachilik ish faoliyatida katta voqеa bo‗ldi. Kutubxonachilik ishining tadbiq etilishi va hal qilinishi lozim bo‗lgan masalalari qonun orqali muvofiqlashtirildi.
Kutubxona fondini, mavjud resurslarni har tomonlama ochib berishda mazkur hujjatlarning tartibga keltirilganligi, ya‘ni fan sohalari bo‗yicha klassifikatsiya qilinishi, bu jarayonning samarali tashkil etilishida ahamiyati beqiyosdir. Kataloglarning vujudga kelishi, taraqqiyoti, rivojlanishi o‗ziga xos tarzda tarixiy qonuniyatlar ta‘siri ostida vujudga kelgan. Sharqda o‗ziga xos, G‗arbda o‗ziga xos prinsiplar asosida rivojlangan, taraqqiy etgan. Har bir davrning kutubxonashunos olimlari o‗z davrlariga hamnafas holda klassifikatsion sistemalarini yaratganlar. Bu esa axborot-kutubxona fondlarini to‘g‘ri shakllantirish Axborot-kutubxona muassasasi ish faoliyatini samarali tashkil etishga asos bo‘lib hisoblangan.
207
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‗YXATI
1. O‗zbеkiston Rеspublikasining Qonuni. Axborot-kutubxona faoliyati
tug‗risida // Xalq so‗zi.- 2011.-14 apr.
2. Ta'lim to‗g‗risida: O‗zbеkiston Rеspublikasining Qonuni. 1997 y. 29 avg. //
Barkamol avlod - O‗zbеkiston taraqqiyotining poydеvori.-T., 1997.-B. 20-
29.
3. O‗zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasi. -T.: O‗zbеkiston, 2003.
4. Постановление Президента Республики Узбекистан «Об организации
информационно-библиотечного обесепечения населения Республикиª //Вечерний Ташкент.- 2006.-20 июн
5. Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан «О мерах
по далнейшему развитию информационно-библиотечного и информатционно-ресурсного обслуживания на базе информационно-коммуникационных технологий на 2011-2015 гг.ª // Вечерний Ташкент.- 2011.-23 фев.
6. Abdulwahab Olanrewaju ISSA, Fundamentals of library and information
science. / Abdulwahab O. ISSA.- Ilorin Publisher, 2009.-p.124
7. Axundjanov E.A. Kutubxonashunoslik, arxivshunoslik ishining nazariyasi
va tarixi: O‘quv qo‘llanma.-T.: Ma‘naviyat, 2010.-556 b.
8. Бахтурина Т. Структура и объект библиографической записи //
Библиотековедение. - 2014.-№3.- с.49-50
9. Борисов Б. Технология каталогов: Учеб. пособ. М.: Книга,
2012. - 224 с.
10.Воройский Ф. С. Основы проектирования автоматизированних библиотечно-информационних систем / Ф. С. Воройский. — Москва: Физматлит, 2002.-216 с.
11.Галман М.А. Реклама каталогов: Технология -М.: Книга, Гелла Принт,
2002. - 40 с.
12.Ganiyeva B. Kutubxona kataloglari: O‘quv qo‘llanma. -T.: Fan, 2012.- 116
b.
13.Ganiyeva B. Hujjatlarga analitik-sintetik ishlov berish: Sistemeli katalog. O‗quv qo‗llanma.-T.: TDMI, 2010.-46 b.
14.Yo‗ldoshev E, Raximova, Hujjat fondlari. - T., 2004.- 152 b.
15.Kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi. Maktab kutubxonalari uchun jadvallar. (Nashr uchun ma‘sul E. Yoldoshev.- T.: G‗.G‗ulom nashriyoti, 2006.- 305 b.
16. Karimov U.F., Raxmatullayev M.A. Elektron kutubxona yaratish texnologiyasi va resurslardan foydalanish.-T.: A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009.-72 b.
17. Library Classification Theory / Rai Technology University, 2014.- p.120
18. Lotin yozuvidaga avtor jadvali / M. Zoxidova. - T., 2003 - 24 b.
19. Ma‘naviyat yulduzlari (Markaziy Osiyolik mashhur siymolar, allomalar, adiblar) / To‗plovchi va ma‘sul muharrir M.Hayrullayev.-To‗ld. qayta nashr.-T.: A.Qodiriy nomidagi xalq me‘rosi nashriyoti, 2001.-408 b.
208
20. Муминходжаева Л.Н. Систематизация документов: Учеб. пос.-Т., 2006.- С. 5-13
21. Nigmatova Z. Ganiyeva B. Hujjatlarga analitik-sintetik ishlov berish: O‗quv qo‗llanma.-T.: TDMI, 2007.-86 b.
22. Nigmatova Z. Hujjatlarga analitik sintеtik ishlov bеrish. Alfavit katalog. O‗quv qo‗llanma.-T.:A.Qodiriy nomidagi TDMI, 2008.-50 b.
23. Reitz, J. M. (n.d.). Collection development. In ODLIS: Online dictionary for library and information science. ABC-CLIO. Retrieved from http://www.abc-clio.com/ODLIS/odlis c.aspx#collecdevel // Introduction to Library and Information Science.- 3.1 Collection development.-p. 31
24. Rahmonqulova S.I., Roziyev F.Z. Virtual kutubxona. -T.:-2000,-80b.
25. Rayward W. Boyd. Visions of Xanadu: Paul Otlet (1868-1944) and
Hypertext / Journal of the American Society for Information Science.-2014.- 4(4) -.May, p. 235-250.
26. Рахматуллаев М.А. Информатционние технологии в библиотеках. Методическое пособие по разработке проектов с исползованием новых информационних технологий в библиотеках. Ўqув qўлланма.-Т. 2003.- 272 с.
27. Raxmatullayev M.A. va boshq. Avtomatlashtirilgan kutubxona. O‗quv qo‗llanma. -T. 2003.-266 b.
28. Yo‗ldoshеv E., Raximova M. Hujjat fondlari.-T., 2003.- 78 b.
29. O‗zbеkiston Rеspublikasining Kutubxona - bibliografik
klassifikatsiyasi: Ommaviy kutubxonalar uchun jadval. - T.:
Istiqlol, 2003. - B.8-16
30.O‗zDSt 1215: Bibliografik yozuv. Bibliografik tavsif. Umumiy talablar va tuzish qoidalari.-T.:O‘zStandart, 2009.-86 b.
31.Шрайберг Я.Л. Избранние труды / Я.Л.Шрайберг. М.: ГПНТБ России, 2010.-624 с.
Internet saytlar
32.Introduction to Library and Information Science//en.wikibooks.org.-2015.- p.83
33.http://www.google.co.uz/imgres?imgurl=http://upload.wikimedia.org/wikipe dia/en/d/dc/Paul_Marie_Ghislain_Otlet.
34.http://ru.wikipedia.org/wiki/Лафонтен,_Анри
35.http://www.google.co.uz/search?q=Pol+Otle&hl=ru&client
36.http://ru.wikipedia.org/wiki/Библиотечно-
библиографическая_классификация