Файл: Ozbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 23.11.2023

Просмотров: 478

Скачиваний: 8

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
paydo bo‗lishi kerak degan fikrdadirlar.

Kuzatishlar shuni ko‗rsatadiki, bunday fikrlarni ko‗pgina o‗quvchilar ham qo‗llab quvvatlaydilar.

Endilikda mazkur yangi yo‗nalishga o‗tish uchun nimalar qilishimiz kerak? Avvalombor, elektron katalogdan turli xil qidiruv belgilari, ya‘ni kalit so‗zlar, mualliflar, predmetli, kitob nomi, yillar va hokazolar vositasida axborotni qidirib topish, qidiruvni muayyan muddat oralig‗ida chegaralash va boshqa qulayliklarni yaratish zarurligini ta‘kidlash joiz.

Amerika kutubxonasining EK va «atrof muhitiª

Dastlab EKlar AQShda 1970 yillarda paydo bo‗ladi. Lekin fondlar himoyasi sistemalarida bu allaqachon tadbiq qilingan edi. EKning paydo bo‗lishidan oldin ro‗yxatga olinmagan nashrlarni hisobga olish muammosi hal qilingan birorta kutubxonani uchratish qiyin. Biz bilamizki, amerika «Electronic collection securityª sistemasi bilan qo‗lga olish 1964-yildan boshlangan va bu
185



jarayon bir necha oyni o‗z ichiga olgan. Bu esa kutubxonalarda yoqimli psixologik mikroiqlim yaratilishida katta foyda keltirdi.

Elementar texnik savollarga javob topilmagandan keyin elektronika bilan shug‗ullanish shartmi degan savol tug‗ildi.

Kompyuterlarning keng tarqalishi OPAC bilan umuman

bog‗liqbo‗lmagan«circulationªni kiritishga ruxsat berdi. Bunda kitob fond hisobida va o‗quvchilar ham nomerlangan bo‗lgandan keyin, kompyuter faqatgina shu raqamlarni solishtiradi va natijada ekranda shu o‗quvchi haqidagi ma‘lumotlar paydo bo‗ladi. Bu esa kutubxonalarda uchraydigan turli noxushliklarning oldini oladi. Foydalanuvchi haqidagi ma‘lumotlar ko‗p xollarda qo‗lda kiritiladi.

Ko‗rsatilgan har ikkala texnik yangiliklar o‗zaro bog‗liq.

Qidirish asboblari

AQSh ommaviy kutubxonalari 19-asrning boshlarida bori-yo‗g‗i bitta katalokka ega edilar. U lug‗aviy (lug‗atli) deb atalar edi. Amerikalik o‗quvchilar unga mumkin bo‗lgan barcha so‗rovlar bilan murojaat qilar edilar (xuddi ensiklopedik lug‗atlardan foydalanganday).

AQSh - nazariy va amaliy predmetlashtirish vatanidir

Predmetlashtirish va predmetli katalogni boshqarish haqidagi asar tarixida birinchi bo‗lib 1976 yil Amerikada Ch.Ketter tomonidan nashr etilgan. U asosida 1995 yili «lug‗atli katalogdan foydalanish uchun predmetli maqalalar ro‗yxatiª nashr etildi. Shunday qilib butun dunyoga tanish bo‗lgan Kongress kutubxonasining predmet ruknlari ro‗yxati (Library of Congress Subject Heading) dunyoga keldi. Bu ro‗yxat juda ulkan hajmga ega bo‗lib, u «publichekª tarmog‗i uchun kattalik qilar edi. Uning uchun 1923 yilda uncha katta bo‗lmagan kutubxonalar uchun ro‗yxatlar tashkil etildi.

186


Sinflashtirish

Klassifikatsiya qanday amalga oshiriladi? Aynan AQSh sinflashtirish sistemasining vatani va u zamonaviy olamda keng tarqalgan sinflashlardan biri hisoblanmaydi.

Umuman olganda AQShning ommaviy ilmiy va akademik kutubxonalarining ochiqligi va ommaviy bo‗lishi shartlaridan biri edi. Biz hozir zamonaviy universitetlarning kutubxona fondlari ochiq bo‗lishini tasavvur qilishimizqiyin. Shuning uchun sinflashtirish sistemalari katalogda emas balki
fonddida ish olib borishgan va fanning ichki tarmoq (soha) tizulishi bo‗yicha izlash imkonini bergan.

Hozirda adabiyotlar haqidagi ma‘lumotlar bir marta kiritiladi, bu shunday ma‘noni beradiki, aytaylik bitta kutubxonada ma‘lum adabiyotlar fondi ro‗yxati kiritilgan va u internetga qo‗yilgan bo‗lsa boshqa kutubxona fondiga uning kiritilishi shart emas u to‗g‗ridan-to‗g‗ri olinaveradi. Bu esa bibliografik yozuvlardan foydalanish xizmatini yengillashtiradi.

Kutubxonalarning EKlari ishini boshqaruvchi sistemalar talaygina bo‘lib bir biridan farq qiladi. Masalan uning nomlarini keltiramiz:

MARC 21, AACR 2R, LCSH yoki Sears, DDS. Bundan kelib chiqadiki tarmoq katalogidan foydalanuvchilarning kutubxonasi doimo zarur adabiyotlarning katalogli kartochkalari bilan ta‘minlangan bo‗ladi.

Bu xizmatlarning barchasi muammolardan xoli emas albatta, ixtiyoriy kutubxona shuni qilishi mumkinki, agar adabiyot «bugun va hozirª zarur bo‗lsa, uni hech qanday muammosiz to‗g‗ri fonddan yoki kartochkali katalogdan topish mumkin.

Ayrim hollarda biz «Dunyo axborot resurslariª degan iborani uchratamiz. Bu shunday, tarmoq chegarasidagi Bibliografik yozuvni unga chiqish uchun OCLC xizmatidan foydalaniladi va u foydalanuvchi (o‗quvchi) uchun tekin, lekin kutubxona uchun ancha mablag‗ talab etadi. OCLC katalogida o‗z fondlarini namoyish etish uchun, unga a‘zo bo‗lish kifoyadir. OCLC faqatgina AQSh yoki
187




kanada uchun xizmat qilmaydi, agar siz OCLC ning Web saytini (oclc.org)ni ochib ko‗radigan bo‗lsangiz, uning 6 tilda ishlayotganligining guvohi bo‗lasiz. Hozirgi kunda OCLC xizmatidan 82 davlatning 41 mingdan ortiq kutubxonasi foydalanadi. OCLC xizmati markazining byudjeti auditorlar yordamida tekshiriladi va yillik hisobotlarda chop etiladi. Yil davomida kutubxonalarga katta miqdordagi pul kredit sifatida beriladi. OCLC katalogi avvallari OLUC (Online Union Catalog-Onlaynning keltirilgan katalogi) deb atalar edi, lekin 25 yildan so‗ng u yangi World Cat (Butundunyo katalogi) nomini oldi. 2002 yilda bu katalogda 49mln. atrofida bibliografik yozuvlar bor edi. Har 15 sekundda yangi yozuv kiritiladi va bu hujjatlar 864 mln nusxada namoyish etiladi. Axborotlar dunyoning 400 tilida keltirildi. Rus tilida hujjatlar ingliz tiliga qaraganda 30 marta kam namoyish etilgan, lekin ular World Catga Amerika kutubxonalari tomonidan kiritilgan. Rus kutubxonalari fondlarining OCLC namoyish etilishiga butun dunyo tarafdordir.
Elektron katalog to‗g‗risida qoidalar, EKning vazifalari, funktsiyalari, tarkibi va yuritish texnologiyasi Umumiy qoidalar

1. Kutubxonaning elektron katalogi mashina o‗qiy oladigan kutubxona katalogi bo‗lib, u real vaqt tartibida ishlaydi, kutubxona ma‘lumot-qidiruv apparati tarkibiy qismi va avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tizimining markaziy zvenosi hisoblanadi.

2. Elektron katalog (EK) kutubxona fondini tashkil qiluvchi bosma, audiovizual elektron hujjatlar tarkibi va mazmunini ochib berib kutubxonaning axborot resurslariga foydalanuvchilarni erkin kirib borishlarini ta‘minlaydi va ko‗p aspektli axborot qidiruvini amalga oshirishga xizmat qiladi.

3. EK yaratish tezkorlik bilan barcha toifadagi foydalanuvchilar axborot so‗rovlarini to‗liq qondirish orqali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy-tadqiqotlar o‗tkazish va kitobxonlarga xizmat ko‗rsatish sifatini oshirishga yo‗naltirilgandir.

4. EK o‗z ichiga yagona qoidalar, umumiy tamoyillar va me‘yorlar asosida

tashkil qilingan bibliografik yozuvlarni olib, u axborotlarga bir marotaba ishlov

188

berib ularni ixcham ko‗rinishida saqlash va ulardan ko‗p marotaba foydalanish imkoniyatini yaratadi .

5. EK alfavitli, sistemali, predmetli va boshqa ko‗rinishdagi kataloglar funktsiyalarini o‗zida mujassamlashtirgan.

Elektron katalogning asosiy vazifalari

- Kutubxona fondi tarkibi va mazmunini har tamonlama ochib berish;

- Kutubxona fondida mavjud hujjatlar haqidagi axborotlarni ko‗p qirrali tezkor qidiruvini ta‘minlash;

- Kutubxona resurslarini Internet tarmog‗i orqali jahon axborot resurslari bilan integratsiyalashuvini ta‘minlash;

- Axborotlarni himoya qilish;

- Foydalanuvchilarga axborotlardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish.

EK ning bajaradigan asosiy funktsiyalari

- Hujjatlarga bibliografik ishlov berishning me‘yoriy talablari asosida hujjatlarni kataloglashtiradi;

- Foydalanuvchilarni kutubxona fondiga kelib tushayotgan yangi nashrlar haqidagi axborotlar bilan ta‘minlaydi;

- Foydalanuvchilarni kutubxona fondida saqlanayotgan hujjatlar haqidagi biblografik ma‘lumotlar (tavsif sarlavhasi, mavzular bo‗yicha chiqish ma‘lumotlari, ochqich so‗zlar, inventar nomeri va boshqa ma‘lumotlar) bilan ta‘minlaydi;

- Hujjatning kutubxonadagi yo‗li haqidagi ma‘lumotlar: uning fondga kelib
tushishidan boshlab ishlov berish, kitobxonlarning undan foydalanishlari va hujjatni fonddan chiqarib tashlashgacha bo‗lgan ma‘lumotlar haqida axborot beradi;

- Internet xalqaro tarmog‗i, korporativ tarmoqlari va lokal tarmoqlaridan foydalangan holda kutubxona ma‘lumotlar bazasiga kirishni ta‘minlaydi;

- Axborotlarni ishonchli saqlashni ta‘minlaydi: elektron resurslarning rezerv nusxalari, ishchi va sug‗urta arxivlarini;

189

- Kutubxona axborot resurslari himoyasini ta‘minlaydi, mualliflik xuquqini va intelektual mulk xuquqini himoya qiladi, axborotlarni yo‗q bo‗lishini va buzilishining oldini oladi;

- Foydalanuvchilarning mustaqil ravishda qidiruv o‗tkazishlariga (axborotlar fazosida navigatsiya xizmatlari ko‗rsatish va o‗zining do‗stona interfeysi orqali) yordam beradi.

Elektron katalog tarkibi

Kutubxonaning elektron katalogi, yagona katalog sifatida yoki hujjatlarning ko‗rinishlariga qarab tuzilgan bir necha ma‘lumotlar bazalari; «Kitoblarª, «Dissertatsiyalarª, «Davriy nashrlarª, «Normativ hujjatlarª asosida tashkil qilinishi mumkin.
Elektron katalogdan foydalanish va yuritish texnologiyasi

Kutubxonaning elektron katalogini yaratish va undan foydalanish quyidagi asosiy tamoyillariga asoslanadi:

- EK tizimida foydalanilayotgan texnika vositalari va dasturiy taminotning ochik harakterdaligi;

- Mamlakatimizdagi va chet ellardagi nashrlarning bibliografik tasvirlarni bir marotaba kataloglashtirish va ulardan ko‗p marotaba foydalanish;

- Tizim ichki formatida standart kommunikativ formatlarda foydalanish va bibliografik ma‘lumotlarni import-eksport qilishga mo‗ljallangan konventorning mavjudligi;

- EK tizimiga telekirish internet tarmog‗i, http va Z39.50 protokollari yordamida bajariladi;

- Bibliografik ma‘lumotlar bazasida axborotlar qidirish quyidagi belgilar: muallif (yoki mualliflar), sarlavha, predmet rubrikasi, UDK va BBK indeksi, ochqich so‗zlar, seriya nomi, nashr etilgan joy, nashr vaqti, hujjatning saqlanayotgan joyi va boshqa bir qator belgilar asosda bajarilishi mumkin.

Elektron katalog bilan ishlash o‗z ichiga, kataloglashtirishning asosiy texnologik jarayonlarini:

190


- Hujjatlarni kataloglashtirish;

- Ko‗p aspektli bibliografik qidiruv, chiqish formalarini (formulyar, kartochka, ko‗rsatkich va boshqalarni) shakllantirishni oladi;

- Foydalanuvchi, elektron katalogdan olinayotgan natijalarni kompyuter ekranida ko‗rishi, printerda bosib chiqarishi va disketga yozib olishi mumkin.

11-Bob. KUTUBXONALARDA MARC FORMATLARINING YARATILISHI TARIXI.

MARC 21 YANGI ASR FORMATI

Reja:
1 .MARC formatlarining yaratilish tarixi

2. MARC 21 yangi asr formati

3. Formatlar o‗rtasidagi o‗xshashliklar

4. Raqamli kutubxonalar tushunchasi.Yevropada raqamli kutubxonalar faoliyati
Kompyuter tarmoqlarining rivojlanishi foydalanuvchilar orasida axborot almashinuv hajmi va sifatini ortishiga olib keldi. Mazkur imkoniyatlar kutubxonachilikka ham o`z ta‘sirini ko`rsatdi. Hozirgi kunda, AQShning ko`plab ilmiy kutubxonalari o`z fondiga kelib tushayotgan adabiyotlarning 10-20% nigina mustaqil kataloglashtiradilar. Qolgan qismini esa bibliografiyalashtiruvchi tashkilotlar tizimlaridan ko`chirib oladilar. Bibliografik yozuvlarni almashirish jarayonida, bir tizimdagi axborotni ikkinchi bir tizimga benuqson olib o`tishda MARC (Machihe Readable Cataloguing - mashina o`qiy oladigan kataloglashtirish) formatlarining o`rni beqiyosdir.

Bibliografik axborotlarni EHM yordamida qayta ishlashga mo`ljallangan formatlarning ilk namunasi sifatida MARC1-loyihasi 1965-1966 yillarda AQSh
Kongress kutubxonasi tomonidan ishlab chiqildi. Loyihaning asosiy vazifasi elektron kutubxona kataloglari yaratish edi. MARC1- loyihasi bilan bir vaqtda Britaniya milliy kutubxonasi ham BNBMARC formatini ishlab chiqdi. Mazkur format "Britaniya milliy bibliografiyasi"ni yaratishda zaruriy bo`g`in sifatida
191

paydo bo`ldi. 1968 yilda elektron katalogni shakllantirish jarayonida ichki format hamda kommunikativ sifatida foydalanish uchun MARC2 Ingliz-Amerika loyihasi ilgari surildi.

Hozirgi kunda jahonda MARC format oilasiga kiruvchi 50 dan ortiq formatlar mavjud bo`lib, ularning ko`pchiligi ma‘lum bir mamlakat tomonidan, ayrimlari esa bir necha mamlakatlar tomonidan ishlab chiqarilgan. Aynan bir mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan format asosan shu mamlakatning kataloglashtirish qoidalarini inobatga olgan holda yaratilgan. Bunday formatlarga misol sifatida USMARC (AQSh), UKMARC (Buyuk Britaniya), DANMARC (Daniya), AUSMARC (Avstraliya), CANMARC (Kanada), RUSMARC (Rossiya federatsiyasi) kabi formatlarni keltirish mumkin .

Bir nechta mamlakatlar hamkorligida ishlab chiqarilgan MARC formatlarga misol sifatida INTERMARC formatini keltirish mumkin. Mazkur format Frantsiya va Belgiya tomonidan yaratilgan.

MARC formatlarning ko`payishi boshqa bir muammoni, har xil formatda bo`lgan bibliografik yozuvlarni bir-biriga mos kelishlik muammosini yuzaga keltirdi. Har xil formatlar asosida ishlovchi muassasalar o`rtasida bibliografik yozuvlarni (BYo) almashinish nihoyatda qiyinchilik tug`dirdi. Xalqaro kommunikativ format MARC2 ni yaratilishi bu muammoni hal qilish uchun qo`yilgan ilk qadam edi.

1969 yilda Kopengagenda bo`lib o`tgan IFLAning (The International Federation of Library Associations and Institutions - Kutubxonachilik uyushmalari va tashkilotlarining xalqaro federatsiyasi) 35 - sessiyasida, nashr ishi davlat bibliografiyasida MARC formatni rivojlantirish loyiqasi ko`rib chiqildi. 1974 yilda Buyuk Britaniyada 12 ta mamlakat vakillari yig‗ilib, MARC tarmog`ini yaratish imkoniyatlarini muhokama qildilar va milliy bibliografik ma‘lumotlarini ayirboshlashni tashkil qilish uchun MARC - UBCIM (Universal Bibliographic Control) xalqaro tarmog`ini yaratish bo`yicha xalqaro dastur ishlab chiqildi.

1977 yilda IFLAning ishchi guruqi tomonidan xalqaro UNIMARC universal kommunikativ formati ishlab chiqildi. Ushbu formatning ishlab chiqarilishidan

192

asosiy maqsad, mazkur format boshqa MARC formatlar orasida vositachi bo`lish edi. Har xil MARC formatlarga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tarmoqlarga UNIMARC formatidaga bibliografik yozuvlarni import-eksport qilish funktsiyasi kiritilishi bilan har xil MARC formatdagi bibliografik yozuvlarni almashinish muammosi hal qilindi.

1980-1990 yillarda UNIMARC va USMARC formatlari takomillashtirildi, mazkur formatlardan foydalanish uchun yo`riqnomalar va har xil turdagi qo`llanmalar yaratildi. Bu esa USMARC formatini ham keng tarqalishiga olib keldi.Hatto USMARC formati, ayrim tashkilotlarning ichki formati sifatida ham ishlatila boshladi. Ta‘kidlash joizki, bibliografik yozuvlarni USMARCda 200 dan ortiq maydonda, UNIMARCda 150 maydonda tasvirlash ko`zda tutilgan. Bundan tashqari (25 ga yaqin) maydon ostilari ham mavjud. Mutaxassislarning ta‘kidlashicha, bu ikki formatning moslik darajasi 80% ni tashkil qiladi.

Hozirgi paytda MARC 21 AQShda juda keng tarqalgan format hisoblanadi.Lekin yoddan chiqarmaslik kerakki, MARC 21 formati doimiy yangilanishda. Bunga sabab, hujjatlarning yangi turlarini, axborot tashuvchi moslamalarning yangi turlarining paydo bo`lishi, telekommunikatsiyaning takomillashuvi, axborotlarni qayta ishlash usullari texnologiyasi va vositalarining takomillashuvidir. Shu o`rinda, MARC 21 formatiga batafsil to`xtalib o`tamiz.