Файл: Ozbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 23.11.2023
Просмотров: 472
Скачиваний: 8
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
MARC 21 yangi asr formati
1999 yilda USMARC vaCANGMARC formatlari sintezidan MARC21 formati yuzaga keldi. Mazkur format shu paytdagi axborot texnologiyalarning imkoniyatlarini e‘tiborga olgan holda ishlab chiqilgan.
MARC 21 formati MARC-8 yoki UTF-8 shaklidagi kodirovkali alifbolarni qo`llab-quvvatlaydi. MARC-8 ISO2022ga asoslangan bo`lib, mazkur kodirovka Yaxudiy, Kirill, Arab, Grek va Sharqiy Osiyo alifbolaridagi yozuvlarni ishlatish imkoniyatini beradi. UTF-8 kodirovkasi Unicode qo`llab-quvvatlaydigan barcha tillar yozuvlarini tavsiflash imkoniyatini beradi.
193
Mazkur formatdagi yozuvlarni o`qib tushunish insonlarga qiyinchilik tug`diradi, bundan tashqari bunday axborotlarni qayta ishlash uchun standart dasturiy vositalar to`plami mavjud emas.
2002 yilda XML tili asosida MARCXML format ishlab chiqildi. MARCXML formati yuqorida biz ko`rgan yozuv formatidan farqli o`laroq, maydonlar bir-biridan maxsus teglar yordamida ajratiladi, bu esa ularni tushunishni osonlashtiradi.
Ma‘lumki, hozirgi kundagi zamonaviy dasturlash tillarida XML formatidagi axborotni qayta ishlovchi standart dasturiy vositalar mavjud. Bundan tashqari Metadata Object Description Schema (MODS) sxemasi mavjud bo`lib, u MARCXML yozuvidagi ma‘lumotlarni noraqamli tavsiflash, ya‘ni matnli teglar yordamida tavsiflash imkoniyatini beradi.
Dublin core formati. Dublin core (DC) - metama‘lumotlar to`plamidan tashkil topgan bo`lib, kutubxonashunoslik va axborot texnologiyalari sohasidagi standart hisoblanadi. Mazkur standart asosan elektron hujjatlarni, xususan Internet tarmog`idagi ma‘lumotlarni (matnli, ovoz, video, rasm va boshqa shakldagi) tavsiflash hamda ularni izlab topishni tezlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Dublin Core Metadata Initiative - metama‘lumotlar standartini
takomillashtiruvchi, mazkur standartlar bo`yicha seminar va har xil tadbirlar o`tkazuvchi tashkilotdir.
1. Title - sarlavha;
2. Creator - resursni ishlab chiqaruvchi (muallif);
3. Subject - sohasi;
4. Description - qisqacha ma‘lumot;
5. Publisher - nashriyot;
6. Contributor - ishtirokqiluvchilar (hammualliflar);
7. Date - sana;
8. Type - turi;
9. Format - format;
10. Identifier - identifikatsiya (ISBN, ISSN va boshqa raqamlar)
194
11. Source - manba (mazkur resurs joylashgan joy);
12. Language - til;
13. Relation - bog`lanish;
14. Coverage - o`z ichiga olgan ma‘lumotlar;
15. Rights - mazkur resursga murojaat huquqi.
Yuqorida ta‘kidlab o`tganimizdek, hozirgi kunda mazkur standart kundan-kunga foydalanuvchilar orasida keng tarqalmoqda.Mazkur standart resurslarni nafaqat kataloglashtirish balki o`zaro almashinishda ham qulay vosita vazifasini bajarmoqda.Bundan tashqari MARC formatdan farqli ravishda mazkur standartda maydon nomlari so`zlar bilan belgilanganligi hamda unda maydonlar sonining kamligi tufayli foydalanish jarayonida maxsus bilim talab qilinmaydi.
Ushbu bo`limda biz BYolarni kataloglashtirish jarayonida foydalaniladigan MARC formatlarni va DC standartini ko`rib chiqdik. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, AAKT ishlab chiqarishda ixtiyoriy MARC formatga asoslanish mumkin, biroq boshqa AAKTlar bilan BYo almashinish jarayonida UNIMARC yoki MARC21 formatlarga asoslanish maqsadga muvofiqdir.Elektron kutubxonalar yaratishda esa MARC formatlarga emas, balki DC standartiga asoslangan ma‘qul.Chunki, mazkur format elektron resurslarni tavsiflash uchun mo`ljallangan maxsus standart hisoblanadi.
Hayotimizga shiddat bilan kirib kelayotgan axborot kommunikatsiya texnologiyalari yordamida elektron kutubxonalar barpo etish, korporativ tarmoq
orqali ma‘lumotlar almashish, virtual muhitda xizmat ko‗rsatish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar jahon andozalariga mos, jahon talablari doirasida bajarilishi yuqorida ta‘kidlanganidek, muhim ko‗rsatkichlardan biri hisoblanadi. Oxirgi yillarda axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini tashkil etishda bir qator loyihalar amalga oshirildiki, ular nafaqat respublika kutubxonachilik ishini rivojlantirishga, balki, jahon andozalariga mos ravishda shakllantirishga xizmat qilyapti. Shu o‗rinda bu borada Yevropaning yetakchi mamlakatlarida raqamli kutubxonalar barpo etish borasida amalga oshirilgan ish tajribalarni o‗rganish, tahlil etish va o‗z faoliyatimizda
195
qo‗llash elektron kutubxonalarni shakllantirish ishlarini yanada rivojlantirishda katta natija berishi aniq. Shu maqsadda Yevropa mamlakatlarida raqamli kutubxonalar yaratish loyihalarini o‗rganib qisqacha sharhlab o‗tamiz. Yevropada dastlabki raqamli kutubxonalar yaratish loyihasi boshlanganiga o‗n yildan ziyod vaqt o‗tdi. Bu davr mobaynida raqamli kutubxonalar rivojlanishi bolalik davridan yetuklik davrga o‗tib, o‗z rivojlanishining muqobil bosqichiga yetib keldi. Raqamli kutubxonalar tushunchasi, ularning mavjud bo‗lishlik mazmuni xaqida fikr yuritar ekanmiz, Internet tarmog‗ida juda ko‗p raqamli kutubxonalarning mavjudligi, ularning ko‗pchiligi qat‘iy standartlarga mos emasligini ta‘kidlash mumkin.
Yevropada raqamli kutubxonalarning rivojlanishi juda sermahsul. Oddiy kuzatuvchi sifatida Yevropada raqamli kutubxonalarning rivojlanish yo‗nalishlarini, raqamli kutubxonalarni rivojlantirish bo‗yicha amalga oshirilgan loyihalarni sharhlaymiz. Yevropa raqamli kutubxonalarining rivojlanish tajribasini o‗rganish asosida mutaxassislar o‗z raqamli kutubxonalarini yaratishdagi faoliyatlarini tizimli tashkil etishda foydalanishlari mumkin.
Yevropada raqamli kutubxonalar faoliyati
Raqamli kutubxonalar g‗oyasi yangilik bo‗lmasada 1990 yilga qadar real bo‗lmagan. Umuman ilk raqamli kutubxonalar Amerika Qo‗shma Shtatlarida barpo etilgan bo‗lib, Aleksandriya raqamli kutubxonasi loyihasi, Initsiativa raqamli kutubxonasi loyihalari misol bo‗la oladi. Tez orada raqamli kutubxonalar yaratish borasidagi g‗oyalar, madaniy qadriyatlarning saqlash va yetkazishning yangi muhimroq turi sifatida Yevropaga tarqaldi. Bu o‗zgarishlar rivojlanishi turli darajada bo‗lgan Yevropa mamlakatlariga tarqala boshladi.Yevropa turli xil rivojlanishdagi mamlakatlar bir biriga juda yaqin joylashgan mintaqalardan biridir. O‗xshash madaniy qadriyatlar, bir biriga yaqin bo‗lgan madaniy meros bu mamlakatlarni birlashtiradi. Mazkur asos Yevropa mamlakatlari orasidagi hamkorlikni kuchaytiradi. Hamkorlik an‘analari Raqamli kutubxonalar yaratishda ham saqlangan.
196
Kutubxonalar uchun Telematika (Kompyuterlashgan masofaviy aloqa)
Kutubxonachilik sohasi Yevropa Ittifoqining ilmiy tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirishninguchinchi va to‗rtinchi dasturining bir qismi sifatida kiritildi. Bu dastur faoliyati doirasida kutubxonalar uchun telematika 1990 yildan 1998 yilgacha muntazam iqtisodiy qo‗llandi. Beshinchi dasturda ham kutubxonalarning raqamlashtirish faoliyatiga doir loyihalar iqtisodiy qo‗llab quvvatlandi.
*CANDLE (Controlled Access to Digital Libraries in Europe -Kontroliruemыy dostup k elektronnыm bibliotekam v Yevrope)25Yevropa elektron kutubxonalaridan foydalanishni boshqarish nomli loyiha 1998 yilda boshlanib, 30 oy mobaynida davom etdi. Bu loyiha CaseLibrary loyihasida kutubxonalar tomonidan nashriyotlar va yetkazib beruvchi agentliklar bilan hamkorlik orqali olinadigan raqamli nashrlarni kutubxonachilarga tanishtirishga tomon
yo‗naltirilgan. Loyiha koordinatorlari Madridlik bo‗lib (Ispaniya), B.H. Blackwell Ltd. (Buyuk Britaniya), Sough Bank University (Buyuk Britaniya), Univerit di Fierenze (Italiya) va National andCapodistrian University of Athens (Greece) kabi muassasalardan ishtirokchilarni jalb qilishdi.
*CECUP (Central and Eastern European Copyright User Platform-sentralnaya i Vostochnaya Platforma Yevropeyskogo Copyright Polzovatelya)26. Bu Yevropa foydalanuvchilarining mualliflik huquqi platformasining Markaziy va Sharqiy Yevropa uchun davomi edi. Bu mualliflik xuquqi sohasida Markaziy va Sharqiy Yevropada yuzaga keladigan muammolar, raqamlashtirish va elektron xizmatlarning texnologik ishlanmasiga bag‗ishlanadi.
*DEBORA (Digital Access to Books of the Renaissance- sifrovoy dostup k knigam epoxi Vozrojdeniya)27 Uyg‗onish davri kitoblariga raqamli ega bo‗lish deb nomlangan loyiha 1999 yilning yanvaridan boshlab 30 oy davom etdi. Mazkur
25Telematics for Libraries, ―Telematics
http://www.cordis.lu/libraries/en/projects/candle.html. 26
for libraries: Projects,
CANDLE,‖ available from
ECSC, ―CECUP: Central and Eastern European copyright user platform,‖ 2000; available from http://www.eblida.org/cecup/. 27Dernièremise a jour, ―DEBORA: Digital Access to Books of the RenAissance,‖ 07 December 2001; available from http://www.enssib.fr/divers/debora/.
197
loyihada XVI asrning noyob hujjatlardan tarmoq orqali foydalanishning yo‗llari ishlab chiqildi. Bunda qadimiy kitoblarni raqamlashtirish tizimi ishlab chiqildi. Loyiha koordinatori Lionning axborot-kutubxonashunoslik Milliy maktabi boshchiligida Fransiya, Buyuk Britaniya, Portugaliya i Italiya davlatlari bilanhamkorlikda amalga oshirilgan.
*DECOMATE II (Developing the European Digital Library for Economics -Razvitie yevropeyskoy sifrovoy biblioteki dlya ekonomiki)28. Iqtisodiyot sohasiga oid Yevropa raqamli kutubxonalarini rivojlantirish loyihasi iqtisodiyotga oid turli axborot resurslaridan Yevropaning turli kutubxonalarining yagona interfeysi orqali foydalanishni ta‘minlashga bag‗ishlangan. Loyihaning koordinatsiya qiluvchi muassasa sifatida Niderlandiyaning Tilburg universiteti kutubxonasi bilan bir qatorda Gollandiya, Italiya, Buyuk Britaniya , Ispaniya va Belgiyadan 10 ta muassasa ishtirok etdi.
*DIEPER (Digitized European Periodicals-Otsifrovka yevropeyskix peridicheskix izdaniy)29. Yevropa vaqtli matbuot nashrlarini raqamlashtirish loyihasi barcha raqamli vaqtli matbuot nashrlarining yagona markazini yaratib, foydalanishni ta‘minlash, bu elektron noshirlik, ya‘ni chop etishning raqamli formalariga o‗tishni ta‘minlar edi. Gettingen Davlati va Universitet kutubxonasi mazkur loyihaning muvofiqlashtiruvchi muassasa hisoblanib, Yevropa Ittifoqining 100 dan ortiq ishtirokchilarini jalb etdi.
*EULER (European Libraries and Electronic Resources in Mathematical Sciences-Yevropeyskie biblioteki i elektronnыe resursы po matematicheskim naukam)30. Matematika fanlari bo‗yicha elektron kutubxonalar va elektron resurslar deb nomlangan loyiha Yevropa ma‘lumotlar bazasi asosida yaratilgan xaqiqiy virtual kutubxona foydalanuvchilar tomonidan yaxshi qarshi olindi. EULER loyihasining asosiy maqsadi matematika sohasiga oid elektron axborot resurslarni integratsiya qilishdan iborat. EULER loyihasi natijasida turli
28UAB Library Service, ―DECOMATE II: Developing the European Digital Library for Economics,‖ 31 January 2005; available at http://www.enssib.fr/divers/debora/.
29
―DIEPER: Digitized European Periodicals,‖ available from http://gdz.sub.uni-goettingen.de/dieper/
30EULER Consortium, ―EULER: Your portal to mathematics publications,‖ available from
http://www.emis.de/projects/EULER/
198
manbalarda mavjud matematikaga oid resurslar asosida raqamli kutubxona yaratildi. Loyiha koordinatori Berlindagi Karlsrue Matematika va informatika fanlari Departamentibo‗lib, asosiy hamkorlar Germaniya, Shvesiya, Fransiya va Italiya davlatlaridir.
*NEDLIB (Networked European Deposit Library - Setevaya Yevropeyskaya Depozitnaya biblioteka)31. Yevropa tarmoq depozit kutubxonasi loyihasi. NEDLIB loyihasining maqsadi kutubxonalarning milliy depozitlarini kelajakda elektron nashrlarini yaratish edi. Koninklijke Bibliotheek, Niderlandiya Milliy kutubxonasi loyihani boshqardi. Natijada raqamli depozit tizimlar yaratish yo‗llari ishlab chiqildi. Hamkorlar sifatida Niderlandiya, Fransiya, Norvegiya, Finlyandiya, Germaniya, Portugaliya, Shveysariya va Italiya davlatlari,
shuningdek, uchta noshirlik kompaniyalari homiy sifatida o‗z ulushlarni qo‗shdilar.
*DigiCult«Digital Heritage and Cultural Content - sifrovoe nasledie i kultura soderjaniyaª (DigiCULT)32.Bu ilmiy tadqiqot faoliyati sohasi hisoblanib, Yevropa komissiyasi tomonidan boshlangan dasturning beshinchi qismi hisoblanib, axborot kommunikatsiya texnologiyalari Yevropaning har bir fuqarosi hayotining barcha jabhalariga kirib borishi tomonga yo‗naltirilgan bo‗lib,raqamli qadriyatlar axborotlashgan texnologik jamiyatning barcha fuqarolarining umumiy merosi hisoblanishi, ulardan foydalanish madaniyatiga yo‗naltirilgan. Beshinchi dastur doirasidagi texnologik tadqiqotlar 1998-2002 yillarni o‗z ichiga olib, 6 - qismi 2002-2006 yillarni o‗z ichiga oldi. Loyiha madaniy qadriyatlarni saqlashning barcha jabhalariga taaluqli, jumladan, Yevropaning boy madaniy va ilmiy merosini shakllananyotgan raqamli muhitda saqlash, foydalanish, taqdim etish kabi masalalarni yechadi.
Avstriyaning Zalsburg tadqiqotlari, to‗qqizta yuqori darajada tan olingan Yevropaning madaniy tashkilotlari bilan birga DigiCult 2001 yilning 1 yanvaridan
31NEDLIB, available from http://www.kb.nl/coop/nedlib/index.htm
32DigiCULT Consortium, ―DigiCULT: Technology challenges for digital culture,‖ 12 January 2005; available from http://www.digicult.info/pages/index.php.
199
12 oy davomida olib borgan tadqiqotlari uchun taqdirlandi. DigiCult Konsorsiuminingasosiy hamkorlari:
Zalsburg tadqiqotchiligi ForschungsGESellschaft, Zalsburg, Avstriya
Chivita Konsorsiumi, Rim, Italiya
Quyidagi muassasalar loyihaning ekspert hamkorlari hisoblanadi:
Avstriya milliy kutubxonasi, Vena, Avstriya
Filmmuseum Niderlandiya , Amsterdam, Niderlandiya
Haus der Kulturen der Welt , Berlin, Germaniya
Qirollik kutubxonasi, Shvesiya Milliy kutubxonasi, Stokgolm, Shvesiya
Shotlandiya madaniy resurslaridan foydalanishtarmog‗i -SCRAN, Edinburg, Velikobritaniya
Shuningdek, butun Yevropa raqamli kutubxonalarining xalqaro hamkorligi ham mavjud bo‗lib, ko‗pgina Yevropa institutlari jalb etilgan. Bulardan biri sifatida Universalis kutubxonasini misol qilish mumkin. Bu xalqaro loyiha umumjahon madaniy va ilmiy merosning matn, tasvir, ovozli yozuvlarni axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida keng xalq ommasiga yetkazishdan iboratdir. Loyihaning 13 ta hamkori Milliy kutubxonalar bo‗lib, ulardan ikkita hamkor Yevropadan tashqari mamlakatlardandir.
*EMANI33 loyihasi bu kabi yo‗nalishning yorqin misoli bo‗lib, matematik axborotning raqamli ko‗rinishda uzoq muddatli saqlash, tarmoq orqali foydalanishga imkoniyat yaratishga qaratilgan. 2002 yilning iyulidan o‗zida Xitoy, Fransiya, Germaniya, AQShning 4 ta ilmiy kutubxonalarni mujassamlantirgan. Matematika oid nashrlarning uzoq muddat elektron saqlash vazifalarni amalga oshirishga mo‗ljallangan.
33Springer-Verlag Heidelberg, ―EMANI: Electronic Mathematical Archiving Network Initiative,‖ 12 January 2005; available from http://www.emani.org/index.htm.
200