Файл: Ozbekiston milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 11.12.2023

Просмотров: 64

Скачиваний: 4

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.

O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

IQTISODIYOT FAKULTETI

JAHON IQTISODIYOTI VA XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR

FANIDAN

MUSTAQIL ISH

Mavzu: Jahon iqtisodiyotining globallashuvi: mazmuni va rivojlanish bosqichlari.

Guruh: SIU-20

Talaba: Mekoyilov Bobojon

Toshkent-2023

Reja:

Kirish

1. Jahon iqtisodiyotining tashkil topish mohiyati, uning rivojlanish bosqichlari va xususiyatlari

2. Globallashuv jarayoninig mohiyati va asosiy yo‘nalishlari.

3. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mazmuni va shakllari.

4. Jahon iqtisodiyoti aloqalarini xalqaro tartibga solish.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish

Jahon iqtisodiyoti - bu xalqaro mehnat taqsimoti, savdo-ishlab chiqarish, moliyaviy va ilmiy-texnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli mamlakatlar xo‘jaliklari tizimidir. Jahon xo'jaligi subyektlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: - o‘z ichiga milliy iqtisodiyot majmuini oluvchi davlatlar; -transmilliy korporatsiyalar; - xalqaro tashkilot va institutlar; - milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqqan, xo'jalik barcha sohalari tarkibidagi kompaniyalar. Jahon xo'jaligi milliy xo'jalikdan yagona jahon bozorining mavjudligi bilan farqlanadi. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangani - bu xalqaro mehnat taqsimoti, savdo-ishlab chiqarish, moliyaviy va ilmiy-texnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli mamlakatlar xo‘jaliklari tizimidir. Jahon xo'jaligi subyektlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: - o‘z ichiga milliy iqtisodiyot majmuini oluvchi davlatlar; -transmilliy korporatsiyalar; - xalqaro tashkilot va institutlar; - milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqqan, xo'jalik barcha sohalari tarkibidagi kompaniyalar. Jahon xo'jaligi milliy xo'jalikdan yagona jahon bozorining mavjudligi bilan farqlanadi. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangan mamlakatlaming iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir ko'rsatadi. Jahon bozorining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib jahon narxlari va xalqaro raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan xalqaro raqobatning mavjudligi turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona baynalmilal qiymatga keltiradi. Jahon narxi jahon bozoriga ne’matlaming asosiy hajmini yetkazib beruvchi mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi.

Mamlakatlar o'rtasida oldi-sotdi bozorlarini egallash uchun keskin raqobat kurashi olib boriladi. Turli mamlakatlaming iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarining turlitumanligi sababli, ulami baholash maqsadida bir necha asosiy ko‘rsatkich va mezonlardan foydalaniladi:

- mutlaq va nisbiy YA1M;

- milliy daromad va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvclii miqdori;

- milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi;

- mamlakat eksporti va importi tarkibiy tuzilmasi;

- aholining turmush darajasi, sifati va boshqalar.

Mamlakatning jahon xo‘jaligidagi o‘mini aniqlashda bir necha yondashuvlar mavjud. Ulardan biri mamlakatlami aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi daromad darajasi bo‘yicha guruhlarga ajratish hisoblanadi. Bunday yondashuv Birlashgan Mamlakatlar Tashkiloti (BMT), Xalqaro valuta fondi (XVF), Jahon tiklanish va taraqqiyot banki (JTTB) tomonidan qoMlaniladi. JTTB daromad darajasiga ko‘ra mamlakatlaming uchta guruhini farqlaydi. 1995-yili aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi milliy daromadlarning quyidagi chegaraviy miqdorlari belgilangan edi:

- daromadlarning past darajasi-765 dollargacha (49 ta mamlakat);

- daromadlarning o'rtacha darajasi-766 dollardan 9385 dollargacha (58 ta mamlakat);

- daromadlarning yuqori darajasi-9386 dollar va undan yuqori (26 ta mamlakat).

Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondashib xo‘jalik tizimlarining xususiyatlariga mos ravishda davlatlarning uchta guruhini ajratib ko'rsatish mumkin:

- rivojlangan mamlakatlar;

- bozor iqtisodiyotiga asoslangan holda rivojlanayotgan mamlakatlar.

Jahon iqtisodiyotining tashkil topish mohiyati, uning rivojlanish bosqichlari va xususiyatlari

Jahon xo'jalik aloqalarining tez o'sishi shunday davrlarga to'g'ri keladiki, bu davrda ishlab chiqarish omillarining harakati tezlashadi, kapital milliy chegaradan o'sib chiqadi, ishchi kuchi migratsiyasi kuchayadi, xalqaro mehnat taqsimotining shakllanish jarayoni tezlashadi. Natijada, xo'jalik aloqalarining baynalmilallashuvini ko'p jihatdan ishlab chiqaruvchi kuchlaming rivojlanishi, ya’ni u milliy chegaradan chiqadi va obyektiv ravishda ishlab chiqarish yoki iqtisodiyotning baynalmilallashuvini zarur qilib qo'yadi. Iqtisodiyotning baynalmilallashuvi - bu mamlakatlaming jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda iqtisodiy munosabatlaming tobora kengroq tarmoqlarini qamrab olish jarayoni hisoblanadi
1. Barcha iqtisodiy jarayonlarning baynalmilallashuvi natijasida jahon xo'jaligining quyidagi tarkibi vujudga keldi:2

  1. Tovar va xizmatlar jahon bozori.

  2. Kapitallar jahon bozori.

  3. Ishchi kuchi jahon bozori.

  4. Xalqaro valuta tizimi.

  5. Xalqaro moliya-kredit tizimi.

Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlaming ma’lum turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisosiashuvini ifodalaydi. Alohida mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun darajada eksportga yo'naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlaming shakllanishiga olib keladi. Awallari xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi asosan tabiiy sharoitlardagi tafovutlarga asoslangan edi. Keyinchalik ishlab chiqaruvchi kuchlar baynalmilal xususiyat kasb etib, milliy xo‘jaliklar doirasidan tashqariga o‘sib chiqa boshlagach, ulaming negizidan barqaror mehnat taqsimoti va jahon bozori tarkib topa boshladi. Hozirgi vaqtda xalqaro mehnat taqsimoti turli ijtimoiy tizimlami o‘z ichiga oluvchi umumjalion xo'jaligi doirasida rivojlanmoqda. Xalqaro mehnat taqsimoti va ayirboshlashda qatnashayotgan mamlakatlar bir xil sharoitga ega emas, ya’ni ulaming turli geografik ahvoli, tabiiy resurslarining tarkibi va miqdori, rivojlanish ko'lami, darajasi va iqtisodiyotining tuzilishi, ichki bozoming hajmi bilan belgilanadi. Ana shu farqlar sababli ayrim mamlakatlarda bir xil tovarlami ishlab chiqarishdagi xarajatlar darajasi ham turlicha bo‘ladi. Shuning uchun har bir mamlakat kamroq xarajat bilan ishlab chiqaradigan tovarlami boshqa mamlakatlarga sotishga harakat qiladi. Aksincha, ishlab chiqarish nisbatan ko‘proq xarajat talab qiladigan yoki tabiiy va boshqa sharoitlarga ko‘ra umuman ishlab chiqarib bo'lmaydigan tovarlami jahon bozoridan sotib olishga intiladi. Har qanday mulkchilik shakllariga asoslEmgan o'zining iqtisodiy rivojlanish yo'llarini tanlab olgan davlatlar milliy iqtisodiyotlarini rivojlantirish asosida o‘zlarining ishlab chiqarish vositalariga xom ashyolarga boMgan talablarini va aholini iste’mol talablarini to‘liq qondirish masalasi muammo hisoblanadi. Jahon xo'jaligi globallashuvi sharoitida mamlakatlararo iqtisodiy munosabatlami takomillashtirish asosida mavjud ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish masalasi jahondgi barcha davlatlar oldida turgan hal etilishi zarur bo'lgan muammodir. Jahon xo‘jaligini rivoj lantirishda xalqaro mehnat taqsimoti uni davlatlar o‘rtasida kooperatsiyalashuvini taqozo etadi. Xalqaro mehnat taq simoti mehnat unumdorligini oshirishga, mahsulot tannarxini arzonlashuviga olib keladi. 1776-yilda iqtisodchi olim A.Smit yaratgan absolyut samaradorlik nazariyasi xalqaro mehnat taqsimotini va mamlakatlaming ma’lum ishlab chiqarish yo‘nalishlarida ixtisoslashuvi zarurligini ko'rsatib bergan.

Buning asosi mamlakatlaming ma’lum iqtisodiy mintaqalarda joylashishi, ularga tabiiy iqlim sharoitlar, yer osti boyliklari, ishlab chiqarish resurslari, ishlab chiqarish taraqqiyotlarini bir-birlaridan ajralib turishidir. Shuning uchun ham ayrim mamlakatlar mutlaq iqtisodiy holatda bo‘lib yuqori darajada daromad oladilar. Ingliz iqtisodchisi D.Rikardo nisbiy samaradorlik nazariyasini 1817-yilda yaratib bu nazariyaga asosan har qanday mamlakatlarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish evaziga ta’minlash mumkinligini aytib o‘tgan. Nisbiy samaradorlikka ishlab chiqarishni ihtisoslashtirish, mehnat unumdorligini oshirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish evaziga erishish mumkin.1
Globallashuv jarayoninig mohiyati va asosiy yo‘nalishlari.

Iqtisodiy hayotning baynalmilallashuvi bilan bir qatorda gioballashuv jarayoni ham muhim o'rin tutadi. Bu har ikkala tushuncha o'zaro bog'liq bo'lib, ular jahon xo'jaligi subyektlarining umumiy maqsadlarga erishish yo'lidagi xatti-harakatlarining birlashuvi jarayonini aks ettiradi. Shuningdek, bu tushunchalar bir-biridan farq qilib, ular bir xilda bo'lmagan xo'jalik birlashmalari miqyoslarini ifodalaydilar. Baynalmilallashuv - bu jahon xo'jaligining bir necha subyektlari o'rtasidagi o'zaro aloqalami o'matilishi va rivojlanishining dastlabki bosqichidir. Globallashuv (lotincha globus - yer kurrasi) jahon xo'jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog'ining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi. Globallashuv jahon xo'jaligining umumjahon tavsifiga ega hamda yaxlit holda butun insoniyatga taalluqli bo'lgan ma’lum bir unsurlami o‘z ichiga olishi mumkin. Shunga ko'ra, hozirgi vaqtda jahon xo‘jaligining globallashuv yo'lidagi rivojlanishining dastlabki qadamlari, yo‘nalishlari amalga oshmoqda. Globallashuvning yo'nalishlari makroiqtisodiyotga nisbatan sifat jihatidan yangi bo'lgan iqtisodiy munosabatlar tunning tarkib topishiga olib keladi. Globallashuv jarayonining quyidagi yo'nalishlarini ajratib ko'rsatish mumkin

1

1. Mulkchilik munosabatlarining globallashuvi. Hozirda mulkiy o'zlashtirishning mamlakatlar hududidan chetga chiquvchi, ko'plab davlatlarning ishtiroki asosida ro‘y beruvchi ko'rinishlari amal qilmoqda. Bularga transmilliy koorporatsiyalar (TMK), shuningdek TMKning xalqaro birlashmalarini misol keltirish mumkin. Yevropa ittifoqi tajribasi shuni ko'rsatadiki, mintaqaviy integratsiyalashuv milliy tuzilmalardan yuqori turuvchi organlami tarkib toptirishi mumkin. Bu organlar Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning mulkchilik munosabatlarini ham ma’lum darajada tartibga soladi.

2. Kooperatsiya va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasiga o'tish. Yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar hozirgi zamon murakkab mehnat kooperatsiyasiga xos bo'lgan xo'jalik o'zaro aloqalarining juda katta tarmog'iga kirishib ketganlar. Eng mukammal texnika vositaJarini yaratishda turli mamlakatlardan yetkazib beriluvchi ko'plab butlovchi qismlardan foydalaniladi.

3. Xo'jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining vujudga kelishi va rivojlanishi. Jahonda xo'jalik aloqalarini tashkil etish shakllarining tubdan o'zgarishi ko'p jihatdan axborot tarqalishining globallashuvi bilan bog'liq. Ya’ni XXI asming dastlabki davri uchun quyidagi jarayonlar xos bo'lmoqda: butun jahonni global internet tizimlarining rivojlanishi; sun’iy yo'ldoshlar imkoniyatlaridan foydalanishning yangi tizimi uyali telefon aloqasidan yo'ldoshlar orqali ta’minlanuvchi global aloqaga o'tish imkonining vujudga kelganligi; internet orqali savdo tizimining keng rivojlanishi hamda masofaviy ta’limning yuzaga kelganligi hisoblanadi.

4. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlaming tartibga soluvchi rolining rivojlanishi. Jahon xo‘jaligi subyektlarining o'zaro aloqasi hamda o'zaro bogMiqligjning kengayishi va kuchayishi global muammolarni hal etishda tobora ko‘proq davlatlarning ishtirok etishini taqozo etmoqda. Bu muammolaming murakkablashuvi ularning o‘z vaqtida va tezkorlik bilan hal etilishida davlatlararo hamda ishlab chiqaruvchilar, kompaniyalar va firmalar, ilmiy jamiyadar va boshqa tashkilotlaming birlashmalari xalqaro iqtisodiy tashkilotlarining faoliyatini zaruriyatga aylantiradi.

Shuningdek, jahon xo'jaligi globallashuvi jarayonlarining ziddiyatli tomonlari ham mavjud. Bu ziddiyatlaming asosiylari quyidagilardan iborat:

1. Turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi. Iqtisodiy o‘sishning jadallashuvida fan-texnika taraqqiyoti (FTT) hal qiluvchi ro‘l o‘ynaydi. X X asming ikkinchi yarmiga kelib ishlab chiqarishning innovatsion texnika va texnologiyalarga ixtisoslashuvi vujudga keldi. Global miqyosdagi axborotlashtirish natijasida turli mamlakatlaming texnologik jihatdan tenglashuv tendensiyasi kuchaydi. Axborot, aloqa va transport vositalari rivojlanishidagi texnikaviy rivojlanish dunyodagi barcha mintaqalarda FTT yutuqiarini tezlik bilan o ‘zlashtirish imkonini berdi. Natijada, bir mamlakatda yaratilgan innovatsion texnika va texnologiyalar, sun’iy to'siqlami bartaraf etgan holda, jahon bo‘yicha tezlik bilan tarqalmoqda. Ammo XX asming oxiriga kelib, jahon xo‘jaligidagi iqtisodiy o‘sish sur’atlarida jiddiy tafovutlar sezildi. Birinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning ko‘payish tezligi juda o‘sib ketdi. Aholi jon boshiga YAIM o'sish tendensiyasiga ega bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlar soni ko‘paydi. Ikkmchidan, iqtisodiy rivojlanish sur’atlaridagi tafovutlar natijasida g ‘arb mamlakatlari iqtisodiy qudratining sekin-asta, biroq muntazam ravishdagi nisbatan pasayish tendensiyasi kuzatildi. Ba’zi mamlakatlar o ‘zlarining iqtisodiy o‘sish sur’atlarini sezilarli darajada oshirgan holda zamonaviy sanoatlashgan ishlab chiqarishning eng yuqori darajasiga erishishga harakat qilmoqdalar. Masalan, 1970-1980-yillarda yangi industrial mamlakatlaming «dastlabki avlodi»-Koreya Respublikasi, Tayvan, Singapur va Gonkong ancha tez sur’atlarda rivojlandi. 1990- yillaming oxiriga kelib, yangi industrial mamlakatlaming «ikkinchi avlodi»-Indoneziya, Filippin, Malayziya, Tailand jadal sur’atda taraqqiy etdi. Ular rivojlangan mamlakatlar bilan nafaqat an’anaviy ishlab chiqarish sohalari, balki murakkab texnika mahsulotlari, jumladan ishlab chiqarish vositalari bozori bo'yicha raqobatlasha boshladilar. Biroq, hali jahom xo'jaligi tarkibida ishlab chiqarishning sanoatlashuvi darajasiga yetmagan, taraqqiyotda ilgarilab ketgan mamlakatlarga yetib olish uchun zarur resurslarga ega bo'lmagan ko‘plab mamlakatlar ham mavjud.


2. Boy va qashshoq mamlakatlar o'rtasidagi farqning kuchayishi. Jahon miqyosida yaratilgan mahsulot va daromadlaming turli mamlakatlar o'rtasidagi taqsimoti notekis darajada bormoqda. XX asrda dunyo aholisining eng boy chorak qismi YAIMning o'rtacha jon boshiga 6 baravar o'sishiga erishgan bo'lsa, eng kambag'al chorak qismi esa bu ko'rsatkichning 3 baravar o'sishiga erishgan xolos.

3. Ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi. Insoniyat taraqqiyotining butun tarixi davomida xo'jalik faoliyatining tabiatga ta’siri ahamiyatli bo'lmay, tabiat o'zming ekologik muvozanatini qayta tiklashga qodir bo'lib kelgan. Ammo, hozirda atrofmuhitga ko'rsatilayotgan ta’sir shunchalik kuchayib ketdiki, natijada tabiat o'zini-o'zi qayta tiklash qobiliyatini yo'qotib bormoqda. Hisobkitoblarga ko'ra, keyingi 200 yil ichida yer yuzidagi 900 mingga yaqin turdagi o'simlik va hayvonlar qirilib ketgan. Foydali qazilmalarning ba’zi bir qayta tiklanmas zaxiralari tugab bormoqda, o'rmon resurslari va xomashyoning boshqa turlari qayta tiklanib ulgurmayapti. Yer yuzidagi iqlimning o'zgarishi, ozon qatlamining teshilishi, Orol dengizining qurib borishi va boshqa halokatli jarayonlarning kuchayishi sivilizatsiyaga jiddiy tahdid solmoqda. Tovar va xizmatlami ishlab chiqarish jarayonida ekologiyaga salbiy ta’sir etuvchi chiqindilaming atrof-muhitga chiqarib tashlanishi oldini olish maqsadida tozalash qurilmalari va boshqa ekologik himoya vositalarini barpo etish uchun yirik kapitalni talab etadi. Global ekologik muammolami hal etish uchun butun dunyo mamlakatlari birlashishi amalga oshmoqda.

4. Turli mamlakatlarda aholi soni o'zgarishining farqlanishi. Yana bir global ziddiyat bu XX asming ikkinchi yarmida boshlangan demografik o'zgarishlar, ya’ni yer shari aholisi sonining jadal o'sishi ko'rsatiladi.

Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining tez o'sishi bir qator jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlami keltirib chiqaradi. Ba’zi bir mamlakatlardagi aholi sonining ko'payishi natijasida ratsional xo'jalik yuritishga to‘sqinlik qiluvchi aholining nisbiy ortiqchaligi belgilari ko‘zga tashlanadi. Ishlab chiqarish hajmining ko'payishiga qaramay aholi jon boshiga ist’emol, ayniqsa rivojlangan mamlakatlardagi iste’mol darajasi bilan taqqoslaganda kishilaming haqiqiy ehtiyojlariga qaraganda past darajada qolmoqda. Yuqoridagilardan ko'rinadiki, hozirda jahon miqyosida yuz berayotgan globallashuv jarayonlari o'zining ijobiy yo‘nalishlari va ziddiyatlariga ega bo'lib, bu jihatlaming nisbatini tartibga solishda dunyoning barcha mamlakatlarining faol ishtiroki va birlashuvi talab etiladi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqishi moliyaviy nomutanosiblikni keltiradi. Bu moliyaviy nomutanosiblik davlat daromadlari va xarajatlari, budjet xarajatlarining budjet daromadlariga nisbatan ortiq boMishi da, moliyaviy tizim va munosabatlami buzilishida ifodalanadi. Bunday holat MDX davlatlarida ham ro'y bergan. 2010-yilda real mahsulot ishlab chiqarish o ‘sishiga nisbatan inflatsiya ustun darajada rivojlangan natijada Rossiya, Ukraina va Qozog‘istonda iqtisodiy o‘sish salbiy nisbatda boMgan, QozogMstonda o‘sish 0,2%, O'zbekistonda esa o ‘sish 2,4% ni tashkil etgan. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov «Yurtimizda yalpi ichki mahsulotning o'sish sur’atlari 2008-yilda 9,0%, 2009- yilda 8,1%, 2010-yilda esa 8,5% tashkil etdi. Jahon moliya institudarining xulosasiga ko'ra, bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan bin ekanligi albatta barchamizga mamnuniyat bagMshlaydi» deganedilar1.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mazmuni va shakllari

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar - bu jahonning turli mamlakatlari o'rtasidagi xo'jalik aloqalari majmuidir. 2Xalqaro iqtisodiy munosabatlami quyidagi shakllarda namoyon bo'Iadi:

- tovar va xizmatlaming xalqaro savdosi;

- kapital va chet el investitsiyalarining harakati;

- ishchi kuchi migratsiyasi;

- ishlab chiqarishning davlatlararo kooperatsiyasi

- fan va texnika sohasidagi ayirboshlash;

- valuta-kredit munosabatlari.

Tovar va xizmatlaming xalqaro savdosi, eng awalo, milliy xo'jaliklaming xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokiga bogMiq. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi. Kapitalning xalqaro harakati - bu kapitalning chet elda joylashtirilishi va harakat qilishi.


U chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi:

- xususiy yoki davlat kapitali shaklida. Kapitalning xalqaro tashkilotlar orqali harakati;

- pul va tovar shaklida. Kapital chiqarish texnika va texnoligiyalar, patentlar, innovatsion g‘ oyalar hamda tovar kreditlari;

- qisqa va uzoq muddatli kreditlar;

- ssuda va tadbirkorlik kapitali.

Xalqaro iqtisodiy munosabatlaming ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u ishchi kuchi resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko'chib o‘tishida ifodalanadi. Xalqaro migratsiya uchta asosiy tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi:

1. Emigratsiya - mamlakatlardan doimiy yashash joyiga chiqib ketishi.

2. Immigratsiya - mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishi.

3. Repatriatsiya - fuqarolarni ilgari chiqib ketgan mamlakatlariga qaytarilishi jarayoni1.

Xalqaro migrantlar beshta asosiy toifaga ajratiladi:

1. Immigrantlar va noimmigrantlar.

2. Shartnoma bo‘yicha ishlashga kelgan migrantlar.

3. Nolegal, yashirin immigrantlar.

4. Boshpana so‘rovchi shaxslar.

5. Qochoqlar.

Fan-texnika yutuqlarining xalqaro ayirboshlanishi bir qator shakllarda amalga oshiriladi. U ilmiy-texnikaviy axborotlar, mutaxassislar, fan sohasi xodimlari bilan ayirboshlashni, tadqiqot va yangiliklami litsenziya asosida berishni, ilmiy tadqiqot ishlari o‘tkazishni, umumiy fan-texnika va texnoIogiyani ishlab chiqarish bo‘yicha qo'shma tadbirkorlikni o‘z ichiga oladi. Ilmiy-texnikaviy hamkorlikning muhim shakllaridan biri xalqaro injiniring hisoblanadi. Xalqaro injiniring bir davlat tomonidan boshqasiga sanoat va boshqa obyektlami loyihalashtirish va qurish jarayoniga kerakli hisob-kitob loyihalarini berish hamda muhandislikqurilish xizmati ko‘rsatishdan iborat bo'ladi. Munosib umumjahon infratuzilmasi bo‘lmasa, hozirgi ishlab chiqaruvchi kuchlarining baynalmilallashuvini rivojlantirib bo‘lmaydi. Bunday infratuzimaning ayrim tarkibiy qismlari jahon savdosi vujudga kelayotgan, jahon bozori tashkil topayotgan vaqtda paydo bo'lgan edi. Hozirgi jahon infratuzilmasi kema, samolyot, poyezd, avtomobil transport tizimi, xalqaro gaz, neft mahsulotlari quvurlarini, elektr energiyasini yetkazib berish, tarmoqlarga axborot yetkazib berish kommunikasiyalari, telefon, radio, televideniya, kompyuter tizimi xalqaro birjalar, moliya markazlari, banklar tizimini o ‘z ichiga olgan. Har bir yuk tashish turi: dengiz, daryo, havo, temir yo‘l, avtomobil yo‘li uchun ham ularning ishlash sharoitlari portlar, passajirlar tashish va hokazolar uchun umumjahon oMchovlari mavjuddir. Chunki bu masalalami kelishib turib, hal etishgina barcha mamlakatlarga jahon transporti yo‘llaridan foydalanish imkonini beradi. Turli xalqaro darajada maxsus ma’lumotlar bosqichlari tashkil topmoqdaki, bular ilmiy va ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur axborotni qidirib topishni ancha qisqartiradi. Shuningdek, jahon infratuzilmasi turli ziddiyatlarni bartaraf etish orqali rivojlanmoqda, bulardan biri transport, aloqa, axborot tizimlari o'rtasidagi raqobatlardir. Har qaysi mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti to‘g‘risidagi strategik ma’lumotlami tayyorlash, hisoblash ishlarining umumiylashuvi jahon infratuzilmasining rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga egadir.
Jahon iqtisodiyoti aloqalarini xalqaro tartibga solish

Butun jahon xo‘jalik hayotining baynalmilallashuvi davlatlararo xo‘jalik aloqalarini tartibga solishning mexanizmini yaratish zarurligi vujudga keldi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlami tartibga solish milliytashkiliy shakllardan boshlanadi. X o‘jalik hayotining baynalmilallashuv jarayoni dastlab milliy davlatlar faoliyatini xalqaro uyg'unlashtirishga, keyin esa davlatlararo va xalqaro tashkilotlar tuzilishiga olib keldi. Huquqiy ma’noda tartibga solish xalqaro tartiblami o‘matishga, ya’ni me’yoriy chegaralar va qoidalami aniqlovchi kelishuvlami ishlab chiqarishni yoki xalqaro aloqalarning qandaydir sohasini hal qilishda tomonlar zimmasiga majburiyatlarga amal qilishni yuklaydi. Umumqabul qilingan andozalar va qoidalami o‘z ichiga oluvchi xalqaro tartiblar o‘z navbatida milliy tartibga solisliga ta’sir ko'rsatishi mumkin.

Birinchi xalqaro tashkilotlar XX asrning 20-yillarida tuzilgan (Millatlar ligasi 1919-yil, Xalqaro hisob-kitoblar banki 1929-yil), xalqaro darajada jahon xo‘jalik aloqalarini ko‘p tomonlama tartibga soluvchi tuzilmalar ikkinchi jahon urushidan keyin shakllana boshladi. Jumladan, 1945-yil maxsus xalqaro uyg'unlashtiruvchi muassasalarXalqaro valuta fondi (XVF) va Xalqaro ta’mirlash va rivojlantirish banki (XTRB) tashkil topdi. Hozirgi davrda ham ularning ikkalasi muhim xalqaro tashkilot hisoblanib, jahon savdosi, xalqaro kredit va valuta munosabatlari sohalarini davlatlararo tartibga solishning tartibqoidalarini aniqlab beradi.