ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 23.10.2023

Просмотров: 257

Скачиваний: 3

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
[1]

Riforming

Kreking jarayonidan farqli riforming jarayonida yirik molekulalarni uncha yirik bo’lmagan molekulalarga ajralishi yoki yangi molekulalarning strukturalarini o’zgarishiga olib keladi.


Bosim ostida katalizatorlardan foydalanib, vodorod yordamida neftni to’g’ridan – tog’ri haydab benzin fraksiyalarini katalitik qayta ishlashga - riforming usuli deyiladi. Riforming yo’li bilan aromatik va tarmoqlangan uglevodorodlar olinadi.



Izomerlanish


Izomerlanish, izomerizatsiya- organik birikmalarning mo-lekulasi ichidagi oʻzgarish. Bunda molekulalarning tuzilishi oʻzgaradi-yu tarkibi va mol. m. oʻzgarmaydi. I. reaksiyalari qaytar reaksiyalardir: izomer shakllar oʻrtasidagi muvozanat temperatura, bosim va sh.k.ga bogʻliq. Tautomeriya I.ning juzʼiy bir koʻrinishidir. Neftni qayta ishlash sanoatida motor yonilgʻilarining sifati I. yoʻli bilan yaxshilanadi, aromatik boʻlmagan xom ashyodan kimyo sanoati uchun muhim aromatik uglevodorodlar — toluol va sh.k. olinadi. Tabiatdagi kimyoviy jarayonlarda I. muhim ahamiyatga ega.[1]

  1. Izomerlanish : 





  1. Degidrirlash : 




  1. Sikllanish : 


 



pH ko‘rsatkichi: kislotaviylikni aniqlash

Suvdagi eritmalar uchun, mazkur eritmaning kislota yoki, asos ekanligini bildiruvchi, buning uchun esa, eritma tarkibidagi kislota, yoki, asos konsentratsiyasini aniqlovchi maxsus sistemadan foydalaniladi. Ushbu sistemani esa, Bryonsted-Lauri ta'rifi orqali osonroq tushuntirish mumkin. Toza (sof) suvda, har bir vaqt lahzasida albatta qandaydir H2O molekulalari vodorod ionlari (H+), hamda, gidroksid-ionlar (OH) ga dissotsiyalanadi. Shu bilan birga, aynan shu vaqtda, H+, va OH ionlarining qandaydir birikmalari o‘zaro birikadi va suv molekulasini hosil qiladi. Shu tariqa, suvda doimo vodorod ionlari (protonlar) mavjud bo‘ladi. Sof suvdagi vodorodning molyar konsentratsiyasi, har bir litrda 10–7 molni tashkil qiladi. Bu shuni anglatadiki, har bir o‘n million H2O molekulasidan bittasi ion shaklida turgan bo‘ladi.

Biror bir suyuqlikning pH ko‘rsatkichi, undagi vodorod ionlari sonidan kelib chiqqan tarzda, mazkur suyuqlikning mohiyatan kislota, yoinki, asos ekanligini ifodalab beradi. pH - inglizchadagi "power of Hydrogen», ya'ni, "vodorod ko‘rsatkichi" so‘zining bosh harflaridan yasalgan shartli belgi sanaladi. Yuqorida bayon qilingan ilmiy faktdan kelib chiqib, sof suvning vodorod ko‘rsatkichi pH=7 qilib belgilangan. 7 - bu, 10–7 dagi daraja ko‘rsatkichi bo‘lib, uni musbat qulaylik uchun ishora bilan olingan. pH=7 bo‘lgan suyuqlik, ya'ni, sof suv kislota va asoslar orasida neytral suyuqlik sanaladi. Suyuqlikning vodorod ko‘rsatkichi 7 dan kamayishi bilan uning kislotaviylik xossasi ortib boradi va aksincha, 7 dan ortishi bilan, uning asoslik darajasi ortib boradi. Vodorod ko‘rsatkichi qancha kichik bo‘lsa, ushbu suyuqlik shuncha kuchli kislota bo‘ladi. Vodorod ko‘rsatkichi qancha katta bo‘lsa, unda bu suyuqlik shunchalik kuchli asos bo‘ladi.

Agar sof suvga kislota aralashtirilsa, undagi vodorod konsentratsiyasi ko‘tariladi. Masalan, sof suvga xlor kislotasi (HCl) qo‘shib borib, pH=1 gacha yetkazilsa, ya'ni, 1 litr aralashmadagi vodorod konsentratsiyasi 10–1 gacha tushirilsa, oshqozon shirasining pH ko‘rsatkichiga taxminan teng bo‘lgan kislota hosil qilamiz.

Xuddi shu tarzda, sof suvga gidroksid-ionlar qo‘shib borish orqali, eritmaning asoslik darajasini orttirish mumkin. Masalan, maishiy foydalanish uchun chiqariladigan ammiakdagi OH– konsentratsiyasi 10–11 tashkil qiladi. Ya'ni, uning pH ko‘rsatkichi 11 ga teng. 11 soni esa, 7 dan katta ekanligini siz yaxshi bilasiz va demak, ammiak bu - asos bo‘ladi.



Ba'zi suyuqliklarning pH ko‘rsatkichi

Suyuqlik

pH

Dengiz suvi

7,8 ÷ 8,3

Odam qoni

7,3 ÷ 7,5

Spirtsiz ichimliklar

2,5 ÷ 3,5

Uksus

2,4 ÷ 3,4

Oshqozon shirasi

1,0 ÷ 2,0

Limon kislotasi

2,0±0,3

Sut

6,6 ÷ 6,9

So‘lak

6,8 ÷ 7,4

Ifloslangan suvni tozalash usullari

1.3.1. Mexanik, fizik-kimyoviy usullar

Hozirgi paytda ifloslangan oqar suvlarni tozalash quyidagi usullarda bajariladi: Mexanik, kimyoviy, elektroliz va biologik. Yuqorida qayd etilganidek, suvlarning ifloslanishida bakterial ifloslanish ham farqlanadi. Shu bois bu xil ifloslanishni tugatish uchun suvlarni zararsizlantirilidi, ya’ni dezinfeksiya qilinadi [10; 34; 55].

Mexanik tozalash usuli.By usulda suvlarda erimaydigan aralashmalar mexanik qurilmalar yordamida ushlanib qolinadi.

Buning uchun panjaralardan to’rsimon moslamalardan hamda suzgichlardan foydalaniladi. Suvlar maxsus joylarda tindiriladi va bunda og’ir zarrachalar cho’kadi, yengillari esa suv yuzasiga qalqib chiqib qoladi.

Оqоvа suvlаrni mехаnik usullаr bilаn tоzаlаsh tоzаlаnuvchi suv tаrkibidаgi erimаgаn minеrаl vа оrgаnik аrаlаshmаlаrni аjrаtib оlishdа qo’llаnilаdi.

Оqоvа suvlаrni fizik-kimyoviy tоzаlаsh usullаrigаkоаgulyasiya, flоkulyasiya, аdsоrbsiya, iоn-аlmаshinish, ekstrаsiya, rеktifikаsiya, bug’lаtish, distilyasiya, qаytаr оmоs vа ultrаfiltrаsiya, kristаlizаsiya, dеsоrbsiya vа bоshqаlаr kirаdi. 

Kоаgulyasiya – bu dispеrs zаrrаchаlаrning o’zаrо tа’sirlаshishi nаtijаsidа yiriklаshishi vа аgr
еgаtlаr hоsil qilib birikishidir. Оqоvа suvlаrni tоzаlаshjа bu usuldаn mаydа dispеrs iflоsliklаrdаn vа emulgirlаngаn mоddаlаrdаn tоzаlаshdа qo’llаnilаdi. Usul suvdаn 1-100 mkm o’lchаmgа egа bo’lgаn kоllоid dispеrs zаrrаchаlаrni аjrаtib оlishdа yuqоri sаmаrа bеrаdi. Kоаgulyasiya jаrаyoni o’z-o’zidаn yoki kimyoviy vа fizikаviy jаrаyonlаr yordаmidа аmаlgа оshishi mumkin. Оqоvа suvlаrni tоzаlаshdа mаhsus mоddаlаr – kоаgulyantlаr qo’shish bilаn аmаlgа оshirilаdi.

Biologik usullar

Bu usul suvlardagi iflos organik birikmalarni aerob sharoitda biokimyoviy jarayonlar yordamida minerallashtirilishiga asoslangan. Bu usul iflos suvlarni tozalash 2 xil yo`l bilan, ya’ni tabiiy va sun’iy sharoitda amalga oshiriladi.

Oqova suvlarni tabiiy sharoitda tozalashda biologik xovuzlardan foydalaniladi. Bunda oqova suvlar 0,5 metrdan 1 metrgacha chuqurlikda bo’lgan suv havzalariga haydaladi. Bu xavzalarda suvlarning o’z-o’zidan tozalanishdagi kabi jarayonlar sodir bo’ladi. Biologik hovuzlardagi tozalanish jarayoni 6 gradusdan past bo’lmagan haroratda yuz beradi. Xovuzlar 4-5 ketma-ket joylashgan qismlardan tashkil topadi va tozalanayotgan suvni yuqoridan joylashgan birinchisidan ikkinchisiga va so’ng uchinchisiga va x.k.z quyida o’tishni ta’minlovchi tartibda joylashtiriladi.

Oqova suvlarni sun’iy sharoitlarda tozalash maxsus qurilmalar biofiltrlar yoki aerotenklar vositasida amalga oshiriladi. Biofiltr deganda shunday qurilma tushuniladiki, unda oqova suvlarning biologik tozalanishi, ularning yirik donali zarrachalardan iborat materialdan filtrlanishi orqali o’tish yo’li bilan sodir bo’ladi 

Rektifikatsiya


Rektifikatsiya (lot. rectus — oddiy va ... fikatsiya) — suyuq aralashma komponentlarini rektifikatsion kolonnalarda haydash usulida ajratish. R. muvozanatda boʻlmagan (suyuq va bugʻ) fazalar orasida issiklik va moddalarning diffuzion almashinishiga asoslangan. R. qaynash tralari yaqin boʻlgan suyukliklar aralashmalarini ajratish zaruriyati boʻlganda qoʻllanadi. Rektifikatsion kolonnada koʻp toʻsikdar boʻlib, unda suyuq aralashma bugʻlari kondensatlanadi va pastdan chiqayotgan bugʻning yangi qismi koʻp marta uchrashadi. Kolonna qarshi oqim prinsipida ishlaydi. Yuqoriga koʻtarilayotgan bugʻ uchuvchi komponent bilan uzluksiz boyib turadi. Bunda bugʻ qaynash trasi past boʻlgan komponent bilan boyib, uning qaynash trasi pasayib boradi. Suyuqlik esa qaynash trasi yuqori boʻlgan komponentlar bilan boyib, uning kaynash trasi yuqorilashaveradi. Bu jarayon to muvozanat holat bunyod boʻlguncha davom etadi, lekin kolonnadan sovitkichlar sistemasi orqali bugʻ fazasi kondensatlab ajratib olinishi bilan muvozanat yana buziladi va 6u jarayon to toza komponentlar yoki kerakli komponentlar fraksiyasi toʻliq ajratib olingunicha uzluksiz davom etaveradi. R. suyuq hamda suyultirilgan gaz aralashmalarini ajratish uchun qoʻllanadi. R. jarayonining temperatura oraligʻi (diapazoni) nihoyatda keng: 1000° (toza Zn, Pb, Cd kabi metallarni ajratishda) va 0° (havo, vodorod izotoplari kabi gazlarni ajratishda). R. jarayonining ishchi bosimi oʻnlab atmosferadan (etanpropilen aralashmasi uchun), to bir necha mm simob ustuni (yuqori yogʻ kislotalari R.si) atrofida boʻladi. Davriy va uzluksiz R. mavjud. Davriy R.da barcha suyuqlik kolonna kubiga bir vaqtda solinadi. R. jarayonida distillat ajratib turilsa, suyuklik tarkibida past trada qaynaydigan komponent kamayib boradi. Uzluksiz R.da sistemaga doimiy tarzda haydaluvchi suyuqlik qoʻshib boriladi. R. kolonnalarining samaraligi, ularning uzunligi, diametri, suyuklik bilan bugʻ orasidagi kontakt vaqti bilan aniqlanadi. REKTOR (lot. rector — boshqaruvchi, rahbar) — oliy oʻquv yurti, diniy seminariya rahbari. Uygʻonish davrida Yevropada koʻp sinfli maktablarning asosiy oʻqituvchisi va mudiri R. deb atalgan. Fransiyada oʻquv yurti ("akademiya") rahbari ham R. deyiladi.

Bugʻ turbinasi — bugning potensial energiyasini kinetik energiyaga, soʻngra aylanuvchi valning mexanik ishiga aylantiruvchi turbina; issiqlik elektr st-yasi (IES)da elektr generatorlarni aylantiruvchi asosiy dvigatel hisoblanadi. Aktiv va reaktiv turbinalar boʻladi. Bugʻ turbinasi nisbatan ixcham, oddiy, tejamli, yuqori parametrli bugʻlardan foydalanishga, toza kondensat olishga, elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan birga isteʼmolchilarga turli parametrli bugʻ uzatishga imkon beradi.

 Gazning zichligi.

Jismning zichligi deganda, shu jism tinch holatidagi og'irligining hajmiga nisbati tushuniladi.

Normal fizik sharoit (0.1013 MPa va 273K) da gazning zichligini pquyidagi formula orqali aniqlanadi: 



Bu yerda: M - molekulyar og'irligi.

Agar gazning zichligi 0.1013 MPa bosimda berilgan bo’lsa, boshqa bosimdagi zichligini (xuddi shu haroratda) ideal gaz uchun quyidagicha hisoblanadi: 



GAZ QONUNLARI

 1.Boyl-Mariot qonuni.

      Doimiy haroratda ma’lum miqdor  gazning bosimi uning hajmiga teskari proportsional.

            T = const               P1*V= P2*V2        P1/P= V2/V1

 

      2.Gey-Lyussak qonuni.

      O’zgarmas bosimda gazning hajmi uning mutloq haroratiga to’g’ri proportsional.

            P = const             V/T = const.