Файл: Ozbekiston respublikasi qishloq xojaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 08.11.2023

Просмотров: 64

Скачиваний: 2

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
masalaga yondashish borasida ushbu darslik, shubhasiz, katta yordam beradi.


3. Hasanov B.A., Xashimov A.A. Boshqaruv hisobi. Darslik / Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2005. -260 b.

Mazkur darslik xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish, ishlab chiqarish zararsizligining tahlili, byudjetlashtirish segmentlar bo‘yicha hisob va hisobot kabi boshqaruv hisobining zamonaviy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan. Darslik Davlat ta’lim standartlari asosida tuzilgan o‘quv dasturiga muvofiq tayyorlangan. Kitobda rivojlangan davlatlarda qo‘llanilayotgan va BMT tomonidan tavsiya etilgan boshqaruv hisobi tamoyillari hamda tashkiliy asoslaridan keng foydalanilgan.

“Boshqaruv hisobi” ddarsligi iqtisodiy oliy o‘quv yurtlarining shu sohadagi o‘qituvchilari, aspiratlari, magistlari va yuqori bosqich talabalariga mo‘ljallangan. Shuningdek, korxona boshqaruvchilari va mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.

Darslikda boshqaruv hisobining xalqaro amaliyotda tarkib topgan tajribasi va uni mustaqil respublikamiz korxonalarida joriy etish yoritilgan. Bundan tashqari, kitobda biznes tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha qaror qabul qilishda boshqaruv samaradorligini baholash, avtonom va integratsiyalashgan tizimlar asosida boshqaruv hisobini tashkil etish hamda ularni avtomatlashtirish kabi masalalarga ilk bora e’tibor qaratilgan. Har bir bobning yakunida kitobxonlarning mavzu bo‘yicha olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida test topshiriqlari, takrorlash uchun savollar va zarur adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan. Shu bilan birga, darslikning oxirida berilgan tayanch so‘z va iboralar, ilmiy-amaliy ilovalar uning amaliy ahamiyatini oshirishga xizmat qiladi.

2. «AGROSANOATDA BOSHQARUV HISOBI FANINING PREDMETI, METODI VA BOSHQA FANLAR BILAN O‘ZARO BOG‘LIQLIGI»
2.1. «Boshqaruv hisobi» fani, uning predmeti va metodi
Bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining barcha jarayonlarida iqtisodiy axborotlarga nisbatan haqqoniylik, o‘z vaqtidalik, xolislik va aniqlik kabi talablar qo‘yiladi. Hozirgi paytda olingan iqtisodiy axborotlar ichki va tashqi foydalanuvchilar talabini to‘liq qondirishi hamda eng kam miqdorda mehnat va vaqt sarf qilgan holda shakllantirilishi iozim.

Shuningdek, iqtisodiy axborotlar korxona faoliyatini budjet- lashtirish, istiqbolni belgilash, xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini to‘g‘ri tashkil etish bo'yicha samarali boshqaruv qarorlari qabul qilishda zaruriy asos bo‘lib xizmat qilishi kerak. Bu kabi masalalar respublikamizda «Boshqaruv hisobi» fanini yuzaga keltirish va uni rivojlantirish yohialishlarini belgilashga asos bo‘lib xizmat qiladi.

«Boshqaruv hisobi» fanining predmeti xarajatlar va mahsulot tannarxi kalkulatsiyasi, javobgarlik markazlari bo‘yicha boshqaaiv hisobini tashkil etish, budjetlashtirish, istiqbolda korxona taraq- qiyotini belgilovchi loyihalar tahlili, segmentlar bo‘yicha hisobot tuzish, samarali transfert baholarini shakllantirishning nazariy- uslubiy hamda tashkiliy asoslarini yoritish hisoblanadi.

Rivojlangan mamlakatlarda firma va kompaniyalar buxgalteriya hisobi sohasidagi ish vaqtlarining 90% ini boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritishga sarflaydilar. Boshqaruv hisobi bilan yuqori malakaU mutaxassislar shug‘ullanishi talab etiladi.

Boshqaruv hisobi — bu bozor munosabatlari zaruriyati bilan paydo bo'lgan, korxona va uning turli bo‘g‘inlaridagi tarkibiy tuzilmalarining faoliyatlari yuzasidan taktik va strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun xarajatlar va daromadlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etuvchi;

— korxona hisob siyosatiga muvofiq yuritiladigan, tarkibiga korxona moliyaviy-xo'jalik faoliyatini budjetlashtirish, investitsiya loyihalarini tahlil qilish, xarajatlami hisobga olish va mahsulotlar tannarxini kalkulatsiya qilishning ilg‘or usullarini qo‘Ilash, javobgariik markazlari bo‘yicha segmentar hisobot tuzish, ichki xo‘ja!ik bo.linmalari o‘rtasidagi muomalalarda foydalaniiadigan transfert baholami shakilantirish;

— evolutsion yo.l bilan rivojlanib boruvchi ichki xo'jalik hisobining sintetik tizimi, bir nechta iqtisodiy fanlar majmuasida tug‘ilgan kompleks fandir.

Korxonalarda boshqaruv hisobini samarali yuritish dastlabki va yig'ma hujjatlarning aylanish tezkorligi, qabul qilingan ichki hisobot shakllari, uiarning tuzish davriyligi hamda taqdim qilish muddatlari, axborotlar tizimini takomillashtirishga mosligi ta’sir qiladi.



Boshqaruv hisobida hujjatlashtirish va inventarizatsiya, baholash va kalkulatsiya, schotlar va ikkiyoqlama yozuv, balansda umum- lashtirish va hisobot kabi moliyaviy hisob usullarining barcha elementlaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, unda iqtisodiy tahlil, iqtisodiy-matematik va statistik usullar ham keng qo'llaniladi.

Boshqaruv hisobi atvanavjy buxgalteriya hisobi, operativ-texnik- va statistika hisobi hamda iqtisodiy tahlilning ko‘pgina unsurlaridan foydalanadi.

Boshqaruv hisobining tashkil etilishi va o‘z vaqtida yuritilishi oqilona boshqaruv qarorlarining o‘z vaqtida qabul qilinishi, korxona faoliyatini rejalashtirish, tahlil va nazorat qilish imkonini berib, ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi.

Odatda, korxonalarda boshqaruv hisobi quyidagi faoliyat turlari bo‘yicha yuritiladi:

  • ta'minot-tayyorlov faoliyati;

  • ishlab chiqarish faoliyati;

  • moliya-tijorat faoliyati;

  • tashkiliy faoliyat.

Korxonalarda ta’minot-tayyorlov faoliyati takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish va uning uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu sababli, mazkur sohada dastlabki boshqaruv axborotlari yig‘iladi va qayta ishlanadi.

Boshqaruv hisobi axborotlarini shakllantirishda ishlab chiqarish faoliyati muhim o‘rin tutadi. Unda ishlab cliiqarish xarajatlari tarkibi, o‘zgarishi, ularni javobgarlik markazlari bo‘yicha hisobini tashkil qilish, shuningdek, xarajatlar hisobi va tannarx kalkulatsiya- sini yuritish, sarflangan xarajatlar bo‘yicha chetlanishlarni hisobga olish amalga oshiriladi.

Moliya-tijorat faoliyatida esa korxona iqtisodiy bo'linmalari (segmentlari) bo‘yicha sotish, ma’muriy xarajatlar budjeti tuziladi va ularning bajarilishi nazorat qilinadi.

Tashkiliy faoliyat bo‘yicha boshqaruv hisobini tashkil qilish alohida bodinmalar menejerlari zimmasiga xarajatlar hajmi, ularning samaradorligi to‘g‘risidagi axborotlarni shakllantirish vazifasini yuklaydi. Buhda ishlab chiqarish zararsizligi nuqtasining dastlabki hisob-kitoblari amalga oshiriladi, o‘zgaruvchan, doimiy xarajatlar va foyda o‘rtasidagi aloqadorlik tahlil qilinadi.

Boshqaruv hisobi faqatgina xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxi kalkulatsiyasi bilan shug‘ullanibgina qolmasdan, balki korxona rahbariga joriy va istiqbolli boshqaruv qarorlari qabul qilishda ko‘maklashishi zarur.

Hozirgi paytda respublikamiz iqtisodiyotida boshqaruv hiso- bining nazariy-uslubiy asoslarini ishlash zarurati quyidagi omillar mavjudhgi bilan izohlanadi:

— rivojlangan mamlakatlar tajribasiga muvofiq, buxgalteriya hisobining moliyaviy va boshqaruv hisobga bo‘linishi;

— buxgalteriya hisobida mahsulotlar tannarxini hisoblash, haqiqjy xarajatlardan chetlanishlarni boshqarishda «Standart-kost» hisob tizimining paydo bolishi;

— xarajatlarning doimiy va o‘zgaruvchan turlarga ajratilishi, natijada korxonalarda ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foyda- lanish, xarajatlarni samarali taqsimlash maqsadida tannarxni kalku- latsiya qilishning «Direkt-kosting» kabi zamonaviy tizimlarini rivojlantirish zaruratining yuzaga kelishi;

— korxonalar amaliyotiga «zararsizlik nuqtasi», «marjinal daro- mad», «ishlab chiqarish dastagi» va boshqa yangi iqtisodiy ata- malaming kirib kelishi hamda ularni xo‘jalik yurituvchi subyekt- larda xarajatlar, ishlab chiqarish hajmi va moliyaviy natijalar o‘rtasidagi uzviy aloqadorlikni ta’minlashga yo‘naltirish zarurati;

— korxonalar hisob tizimi oldiga moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni rejalashtirish, ishlab chiqarish zaxiralarini strategik boshqarish, ularga mos transfert baholarni shakllantirish, xarajatlar va daromadiar hisobining samarali modelini yaratish kabi vazifa- larning qo'yilishi;

— buxgalteriya hisobida yangi kompyuter texnologiyalari, axborot dasturlarining keng joriy etilishi, shuningdek, boshqaruv hisobini avtomatlashtirish asoslarini ishlab chiqish muammosining mavjudligi va h.k.

Boshqaruv hisobi korxonaning ichki vazifalarini hal qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, bu lining «nou-xau»sidir.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobining muhim vazifalari quyidagilardan iborat:

— korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish borasida istiqbolli boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun zarur axborotlar manbasini shakllantirish va rahbarlarni ular bilan ta’minlash;


— korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tezkor boshqarishda menejerlarga ishonchli, yuqori samarador axborotlarni o‘z vaqtida yetkazib berish;

— mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxini to‘g‘ri aniqlash, belgilangan me’yorlardan chetlanishlar va ularning yuzaga kelish sabablarini ko‘rsatib berish va h.k.

Boshqaruv hisobi axborotlari korxonaning tezkor va strategik vazifalarini amalga oshirishga ко'maklashadi.

Tezkor vazifalarga quyidagilar kiradi:

— ichki va tashqi omillarni hisobga olgan holda mahsulot ishlab chiqarish tuzilmasini aniqlash;

— ishlab chiqarish zararsizlik nuqtasini topish;

— mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar turlari, ularni sotishning muvofiq hajmini rejalashtirish;

— qo‘shimcha buyurtmalarni qabul qilish yoki rad etish;

— baholarni shakllantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish.

Strategik vazifalar uzoq muddatga modjallangan bo‘lib, quyidagilardan iborat:

— uzoq muddatli kapital qo'yilmalarni jalb qilish;

— biznes tarkibini o‘zgartirish;

— mahsulotlarning yangi turlarini o‘zlashtirish.

Bozor munosabatlari sharoitida boshqaruv hisobi o‘z vazifalari orqali korxona ichki faoliyati, uning strategiyasi va taktikasi bilan boshqaruvning asosiy axborot poydevori sifatida namoyon bodadi.

Boshqaruv hisobining strategiyasi istiqbolda korxona taraq- qiyotini belgilovchi loyihalar tahlili, istiqbolni belgilash, budjet- lashtirish, javobgarlik markazlari bo‘yicha segmentar hisobotni tuzish, oqilona transfert baholarini o‘rnatish va boshqaruv qaror- larini muvofiqlashtirish tizimini ifodalaydi.

Boshqaruv hisobi taktikasi esa joriy davrda ishlab chiqarishni tashkil etish, xarajatlar va mahsulot tannarxi kalkulatsiyasi bo'yicha hisob yuritish, dalillash, qabul qilingan qarorlarni tahlil va nazorat qilish, shuningdek, ularning ijrosi uchun javobgarlik kabilardan iborat.
2.2. Boshqaruv hisobining tarixiy shakllanishi
Respublikamizda boshqaruv hisobini alohida fan sifatida rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash uning tarixiy shakllanish jarayonini o‘rganish zaruratini yuzaga keltiradi.

Boshqaruv hisobi buxgalteriya hisobi tarkibida mustaqil fan sifatida rasman 1972-yilda tan olindi. Bu paytda buxgalterlarning Amerika assotsiatsiyasi tomonidan boshqaruv hisobi bo‘yicha bitimvchilarga buxgalter-tahlilchi malakasini beradigan diplomli dasturi ishlab chiqilgan edi. Binobarin, mustaqil o'quv fani sifatida boshqaruv hisobi oliy o‘quv yurtlarining o‘quv rejasiga kiritilgan edi. Uning paydo bodishi hamda shakllanishi kalkulatsiya va ishlab chiqarish hisoblarining rivojlanishi bilan bogdiq.

Kalkulatsiya hisobi xo‘jalik hisobi paydo bo‘lishi bilan bir vaqtning o‘zida kelib chiqqan va tovar almashuv muomalalari natijasi bodib hisoblangan. «Kalkulatsiya» so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, so‘zma-so‘z tarjimada «calcul» — toshcha, ya’ni «toshchalar bilan sanash» ma’nosini anglatadi. Ikkiyoqlama yozuvning paydo bodishi kalkulatsiya hisobining rivojlanishini yanada yuqoriroq pog‘onaga ko‘tardi. Korxonaning umumiy buxgalteriyasi tarkibida kalkulatsiya hisobining ajratib kohsatilishi esa buxgalteriya hisobini yanada takomillashtirish imkonini berdi.

Bozor munosabatlari sharoitida buxgalteriya hisobini mukam- mallashtirish, jumladan axborotlarni o‘z vaqtida foydalanuvchilarga yetkazish, tijorat sinning saqlanishini ta’minlash, korxona bux- galteriyasini ikki mustaqil qism: moliyaviy va kalkulatsiya hisobiga bo'linishini shart qilib qo'ydi.

Bu tarzda buxgalteriyaning mustaqil qismlarga bo’linishi moliyaviy hisobni markazlashtirish va kalkulatsiya hisobini esa nomarkazlashtirishga sabab bo'ldi. Natijada, kalkulatsiya hisobi o‘z vazifalariga ega bo‘la boshladi va boshqaruv jarayonini tezkor-tahliliy axborot bilan ta’minlash, korxona bo'linmalari xarajatlari va daromadlarini nazorat qilish imkoniyatini yaratdi.

Ushbu omillar xarajatlar me’yorlari, mahsulotning normativ kalkulatsiyasini ishlab chiqish, haqiqiy xarajatlarning me’yoriy xarajatlarga muvofiqligini tezkor nazorat qilish, mavjud chetla- nishlarni aniqlash va bartaraf qilishga imkon tug’dirdi hamda tannarxning shakllanish jarayonini boshqarishning chetlanishlar bo'ykha boshqaruv
usuli yuzaga keldi.

XX asrning 40-yillari oxirida AQSH va G‘arbiy Yevropanmg ayrim mamlakatlarida «ishlab chiqarish hisobi» atamasi asta-sekin «boshqaruv hisobi» atamasiga almashina boshladi.

Bu davrda buxgalteriya hisobi boshqauv siyosatining shakllanishi va amalga oshirilishida faol ishtirok eta boshladi, buxgalterlar esa taxminlash, rejalashtirish, boshqaruv qarorlari qabul qilish va korxona boshqaruv xizmatlarini axborot bilan ta’minlash ustidan nazorat o'matish sohasida faoliyat yurita boshladilar.
2.3. Boshqaniv va ishlab chiqarish hisobi o‘rtasidagi bog‘liqlik
Boshqaruv hisobining mohiyatini chuqurroq anglash u bilan ishlab chiqarish hisobi orasidagi bog‘lanish va farqli jihatlarni ajratishga bevosita bog'liq.

Ishlab chiqarish hisobi ishlab chiqarish xarajatlari va korxona daromadini boshqarish va ishlab chiqarish rentabelligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashda namoyon boladi. U korxonada mahsulot islilab chiqarish va sotish bilan bog‘liq barcha masalalarni batafsil aks ettirishi lozim.

Boshqaruv va ishlab chiqarish hisobi o‘rtasidagi o‘zaro bog'liqlikni jadvalda quyidagicha ifodalash mumkin (1.1-jadval).

1.1- jadval

Korxonada ichki xo‘jalik hisobining turlari va ular o‘rtasidagi aloqadorlik

T/r

Ko‘rsatkichlar .

Bosbqarnv

hisobi

Ishlab

chiqarish

hisobi

Xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxi kalkulatsiyasi

1.

Rejalashtirish

(budjetlashtirish)

+

+

-

2.

Taxminlash

(prognozlash)

+

4*

3.

Ichki (segmentar) hisob va hisobot

+

-

4.

Xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini aniqlash

+

+

+

5.

Transfert bahoni shakllantirish

+

-

6.

Istiqbolni belgilash

+

-

-


Jadvaldan ko'rinib turibdiki, boshqaruv hisobi ishlab chiqarish hisobidan kengroq boiib, o‘z ichiga ichki (segmentar) hisob va hisobot, transfer! bahoni shakllantirish hamda istiqbolni belgilash kabi hisobning yangi yo‘nalishlarini qamrab oladi.

Zamonaviy ishlab chiqarish hisobi esa yuqoridagilardan tashqari quyidagi ko'rsatkichlarni ham o‘zida aks ettiradi:

— xarajatlar va daromadlaming turlari;

— javobgarlik markazlari bo‘yicha xarajatlar va daromadlar hisobi;

— xarajatlar va daromadlami hisobdan chiqarish hisobi.
2.4. Moliyaviy va boshqaruv hisobining o‘zaro bog‘liqligi
Korxonalarda buxgalteriya hisobini istiqbolli rivojlantirish moliyaviy va boshqaruv hisobi kabi uning muhim tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqadorlikni o‘rganishni taqozo etadi.

Moliyaviy va boshqaruv hisobi o‘rtasida ko‘pgina umumiyliklar mavjud, chunki ularning ikkalasi ham korxona hisob tizimi axborotidan foydalanadi.

Moliyaviy hisobning qabul qilingan tamoyillari boshqaruv hisobida ham amal qilishi mumkin, chunki korxona rahbarlari o‘z faoliyatlarida mutlaqo tekshirilmagan taxminlar va fikrlarga tayanib ish qilishlari mumkin emas. Bundan tashqari, har ikkala kichik tizim axborotidan zaruriy boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun foydalaniladi.