Файл: Ozbekiston respublikasi qishloq xojaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 08.11.2023
Просмотров: 66
Скачиваний: 2
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
Moliyaviy va boshqaruv hisobi o‘rtasidagi mavjud tafovutlarni quyidagicha ifodalash mumkin:
1. Hisobning maqsadi. Moliyaviy hisobning maqsadi korxona- ning mulkiy va moliyaviy holatini baholash, aktivlar va passivlarning holati to'g‘risidagi axborotlami umumlashtirish, davriy va yillik buxgalteriya hisobotini tuzishdan iborat. Bu ma’Iumotlar ma’mu- riyatning o‘zi uchun ham, tashqi foydalanuvchilar uchun ham ' mo‘ljallangan boiadi. Tashqi foydalanuvchilar, investorlar va kreditorlar korxonaning moliyaviy ahvoli, uning toTov qobiliyati, kreditga layoqati, mazkur korxonaga berilgan investitsiyalarning rentabellik darajasi kabilarga baho berishda aynan shu ma’lumot- larning aniq belgilangan talablar va standartlarga muvofiq ravishda olib borilganiga e’tibor beradilar.
Boshqaruv hisobining asosiy maqsadi esa korxona rahbariyatini • oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun xarajatlar va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi ishonchli axborotlar bilan ta’minlashdir.
2. Hisob siyosatini ishlab chiqish. Moliyaviy hisobda hisob siyosati uni yuritish qoidalari, moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim qilish tartibini ifodalaydi.
Boshqaruv hisobi hisob siyosatida asosan korxona faoliyatini *. budjetlashtirish, taxminlash, tannarx hisoblash, transfert bahoni shakllantirish, segmentar hisobot tuzish masalalari o‘z ifodasini topadi.
3. Axborotlarni buxgalteriya hisobi schotlari tizimida aks ettirish.
Moliyaviy hisob schotlari tizimi korxona moddiy, mehnat va moliyaviy resurslari holati hamda harakati to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni umumlashtiradi. Ushbu schotlar tizimi 0‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 21-sonli «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyatini schotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli milliy standartiga asoslanadi. Ushbu schotlar rejasining yangi tahriri 0‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 2002-ryil 9-sentabrdagi 103-sonli qarori bilan tasdiqlan- gan va Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 23-oktabrda 1181-son bilan ro‘yxatga olingan.
Boshqaruv hisobi schotlar rejasi esa korxona va uning bo‘lin- malari faoliyati to‘g‘risida strategik boshqaruv qarorlarni qabul qilish, budjetlashtirish, xarajatlar hisobi va tannarx kalkulatsiyasini tashkil etish, «Xarajatlar — ishlab chiqarish hajmi — foyda» tizimi bo‘yicha moliyaviy natijalarni aniqlashni nazarda tutadi. Mazkur schotlar rejasini amaliyotga joriy etish ikki razradli buxgalteriya hisobi schot- lari tizimidan to‘rt razradli tizimga o‘tish zaruriyatini keltirib chiqaradi:
a) balans schotlari, ya’ni balans tuzishda ishtirok etuvchi schotlar;
b) operatsion, «Xarajatlar — ishlab chiqarish hajmi — foyda» tizimi bo‘yicha moliyaviy natijalarni aniqlashda qo‘llaniladigan va boshqaruv buxgalteriyasida foydalaniladigan schotlar.
Hozirgi kunda jahon amaliyotida boshqaruv hisobi schotlar rejasining Germaniya va Rossiyada muvaffaqiyatli qoilanilayotgan tizimlari amal qilmoqda.
4. Axborotdan foydalanuvchilar. Moliyaviy hisob tashqi hisob deb ham ataladi. Uning natijalari chop etib boriladi, biroq, mohyaviy hisobotlar nafaqat moliyaviy axborotlarni, shuningdek, korxonalar faoliyatidagi muvaffaqiyatlarni, ularning yangi mahsulotlarini namoyish etuvchi reklama tusjdagi axborotlarni ham o'z ichiga oladi. Moliyaviy hisob axborotlaridan foydalanuvchilar, asosan korxonadan tashqarida bo‘ladi. Ushbu axborot korxona rahbariyati, davlat organlari, kreditorlar, aksionerlar, investorlar (ichki va tashqi foydalanuvchilar) uchun zarur. Boshqaruv, hisobini, binobarin, ichki hisob deb atash mumkin. Uning natijalaridan korxona bosh- qaruvi xodimlari, ta’sischilar va kuzatuv kengashi a’zolari foyda- lanadilar.
5. Axborotni taqdim etish shakllari. 0‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunining 16-moddasiga muvofiq, moliyaviy hisobot buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi, asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi, pul oqimlari to'g‘risidagi, xususiy kapital to.g‘risidagi hisobot shakllari, shuningdek, izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlardan iborat. Moliyaviy nisobot shakllari Moliya vazirligi tomonidan 2002-yil 27-dekabrdagi 140- sonli buyruq bilan tasdiqlangan, Adliya vazirligi tomonidan 2003- yil 24-yanvarda 1209-raqam bilan ro‘yxatga olingan «Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish bo‘yicha Qoidalar» bo‘yicha taqdim etiladi. Shuningdek, korxonalar, soliqlar, ijtimoiy ta’minot va sug'urta, mehnat biijalariga o‘matilgan tartibda hisobot topshiradilar. Boshqaruv hisobi axborotlari esa foydalanuvchilarga erkin shaklda taqdim etiladi.
6. Hisobni yuritish majburiyati. Moliyaviy hisob rasmiy hisob bo‘lib, barcha korxonalar uchun uni yuritish majburiydir. Moliyaviy hisobot hujjatlari soliq idoralari va boshqa tegishli joylarga taqdim etiladi, ular auditorlarning tekshiruv obyekti hisoblanib, chop etilishi shartdir.
Boshqaruv hisobini olib borish korxona rahbariyati talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Hisobni tashkil etish qoidalari.
Moliyaviy hisobda moliyaviy hisobot axborotlari aniq tamoyil va qoidalarga muvofiq shakllanishi hamda aks ettirilishi shart, ular asosida ma’lumotlar qayd qilinadi, baholanadi va tegishli schotlarda rasmiylashtiriladi. Ushbu tamoyil va qoidalar «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi 0‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda buxgalteriya hisobining milliy standartlarida belgilab qo‘yiladi. Boshqaruv hisobini yuritish tartib-qoidalari korxonaning stra- tegik va taktik maqsadlaridan, xususiyatlaridan kelib chiqib ishlab chiqiladi. Bu hisob turida ma’lumotlarning boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ahamiyatlilik darajasiga e’tibor beriladi.
8. Hisob tamoyillari. Moliyaviy hisob umumiy tamoyillarga tayanadi, bular buxgalteriya hisobini ikkiyoqlama yozuv usulida yuritish, aniqlik, mazmunning shakldan ustunligi, ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi, moliyaviy hisobotning betarafligi va h.k. Bu tamoyillarga korxona xodimlari bilan bir qatorda davlat idoralari vakillari ham amal qiladilar.
Boshqaruv hisobining asosiy tamoyillari esa hisobni ikkiyoqlama yozuv usulida yuritish, uzluksizlik, aniqlik, hisoblash, ehtiyotkorlik, ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi va h.k. hisoblanadi.
9. Hisobning asosiy obyektlari. Moliyaviy hisobotlarda korxona, odatda, yagona, yaxlit deb ta’rifianadi. Ko‘p tarmoqli faoliyat olib boruvchi yirik korxonalar har bir soha bo‘yicha, ya’ni korxonaning yirik segmentlari bo'yicha xarajatlar va daromadlarni umumlash- tirilgan moliyaviy hisobotda aks ettirishi shart.
Boshqaruv hisobi, odatda, korxonaning alohida bo'linmalari: bo'limlar, sexlar, uchastkalar, ish joylari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga oladi.
10. Hisobning asosiy tuziimasi. Moliyaviy hisob quyidagi asosiy tenglikka muvofiq shakllanadi:
Aktivlar = Xususiy kapital + Majburiyatlar.
Boshqaruv hisobi axboroti tuziimasi va tarkibi uning foydala- nuvchilarining ehtiyojlariga bog‘liq. Boshqaruv hisobining har qanday tuziimasi eng avvalo xarajatlar, daromadlar va aktivlar kabi kategoriyalarga tayanadi. Bu tuzilmalarni qofilashda asosiy mezon — zarur axborotning foydaliligidir.
11. Axborotning oshkoralik darajasi. Moliyaviy hisob axborotlari uning foydalanuvchilari uchun ochiq hisoblanadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to'g‘nsida»gi Qonunining 19-moddasiga ko'ra, mazkur axborotlar soliq organlariga, ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga, davlat statistika organlariga, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga taqdim qilinadi.
Boshqaruv hisobi axborotlari ko‘proq maxfiylik xususiyatiga ega bo‘lib, ulardan korxona menejerlari, ta’sischilar va kuzatuv kengashi a’zolari boshqaruv qarorlari qabul qilishda foydalanadilar. Ushbu axborotlar korxonaning tijorat siri hisoblanadi. Ular hisobotdan tashqi foydalanuvchilarga berilmaydi.
12. Axborotni aks ettirish usullari va yo‘llari. Moliyaviy hisob qiymatda shakllanadigan axborotni o‘z ichiga oladi. Korxonaning moliyaviy hisoboti bosh daftardagi barcha schotlar bo‘yicha yakuniy qoldiqlarni o‘z ichiga oladi. Moliyaviy hisobda xo‘jalik jarayonlari buxgalteriya hisobining hujjatlashtirish va inventarizatsiya, baholash va kalkulatsiya, schotlar tizimi va ikkiyoqlama yozuv, buxgalteriya balansi va hisobot va h.k. usullarida ifoda etiladi. Unda moliyaviy hisobot ma’lumotlari albatta pul birligi ko‘rinishida aks ettirilishi zarur. Moliyaviy hisobot ma’lumotlari bosh daftaming yakuniy yozuvlariga mos keladi.
Boshqaruv hisobida xo‘jalik muomalalarini aks ettirishda ikkiyoqlama yozuv usuliga asoslanish shart emas. Mazkur hlsob turida ma’lumotlar bar qanday o‘lchov birligida hisoblanishi mumkin. Shuningdek, unda moliyaviy hisobot shakllari axborotlarining Bosh kitob ma’lumotlari bilan mos kelishi va taqqoslanishi shart emas.
Boshqaruv axborotini qayd etish va aks ettirishda esa moiiyaviy hisob usullari bilan birgalikda ekonometrika, statistika, iqtisodiy lahlil usullaridan ham foydalaniladi.
13. Axborotlarni o‘lchash. Xo‘jalik jarayonlarini umumlashtirish uchun moliyaviy hisobda faqat qiymat o‘lchovi qo‘llaniladi va so'mlarda ifoda etiladi. Boshqaruv hisobida esa hisob o'lchovlarining moddiy, mehnat va qiymat kabi barcha turlaridan foydalaniladi.
14. Hisobot tuzishning davriyligi. Moliyaviy hisobot qat’iy beigilangan muddatlarda tuziladi hamda taqdim etiladi.
Boshqaruv hisobida hisobot har kuni, har hafta va h.k. muddatlarda tuzilishi mumkin. Hisobotlarni taqdim etish muddati korxona rahbariyati tomonidan belgilanadi. Muhimi, hisobot iste’molchilarga foydali bo'lishi va o‘z vaqtida taqdim etilishi lozim.
15. Axborotning sodir bo‘lish vaqti. Moliyaviy hisob korxona- ning moliyaviy tarixini aks ettiradi. Unda xo‘jalik muomalalari ularning sodir bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjatlar orqali qayd etiladi, ya’ni hisobning bu turi korxona xo‘jalik faoliyatida allaqachon sodir bo'lgan muomalalarni tasdiqlaydi. Boshqaruv hisobining maqsadi esa sodir bo'lgan voqealar tahlili asosida istiqbolga mo‘ljallangan tavsiyalar, boshqaruv va investitsiya qarorlari dasturini ishlab chiqishdan iborat.
Moliyaviy hisob xo‘jalik muomalalari sodir boigandan so‘ng, boshqaruv hisobi esa voqea-hodisalami oldindan tashxislab berishi zarur. Shu boisdan, boshqaruv hisobi ko'pincha taxminlash hisobi, maxfiy hisob deb ham ataladi.
16. Axborotning aniqlik va ishonchlilik darajasi. Moliyaviy axborot sodir bo‘lgan operatsiyalarni aks ettiradi, shu bois, u xolislik xususiyatiga ega va auditorlik tekshiruvidan o‘tadi. Boshqaruv hisobi esa ko‘proq bo‘lajak davrga moljallangan istiqbol bilan ish tutadi. Shu bois, boshqaruv hisobidagi axborot ehtimollik va subyektiv (xususiylik) tavsifiga ega.
17. Xarajatlar va daromadlarni guruhlash yo‘llari. Moliyaviy hisobda xarajatlar kalkulatsiya moddalari bo’yicha, daromadlar esa korxona va uning faoliyat turlari (segmentlari) bo'yicha guruhlanadi va aks ettiriladi.
Boshqaruv hisobida xarajatlar xarajat moddalari bo‘yicha, daromadlar esa bodinmalar va mahsulot(ish, xizmatjlar turlari bo‘yicha guruhlanadi va aks ettiriladi. Xarajat moddalarining ro‘yxati tarmoq yo‘riqnomalari bilan belgilanadi hamda korxonaning hisob siyosatida ifodalanadi.
XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Boshqaruv hisobi mamlakatimiz uchun yangi iqtisodiy faoliyat hisoblanadi. Shuning uchun amaliѐtimizda mazkur mutaxassislikni ifodalaydigan atama hozircha shakllangani yo‘q. Ko‘pincha bunday mutaxassislarni amaliѐtda iqtisodchi deb atashadi. Bunga sabab avvallari xarajatlar haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlash va rejalashtirish bilan reja-iqtisod bo‘limi shug‘ullangan.
Bizningcha, boshqaruv hisobi bilan shug‘ullanadigan mutaxassislarni bunday nomlash noto‘g‘ri bo‘ladi. Chunki iqtisodchi atamasi umumiy xarakterga ega bo‘lib mazkur faoliyatning mazmunini to‘liq ochib bermaydi. Jahon amaliѐtida boshqaruv hisobi sohasidagi mutaxassislarning buxgalter-analitik deb atalishi keng tarqalgan. Ushbu atama mazkur kasb xususiyati va faoliyatining mazmuni (qaror qabul qilishga yaroqli xolda ma’lumotlar taqdim etish imkonini beradigan tahlil faoliyati)ni yaqqol ifodalaydi. Buxgalter-analitik mutaxassisining boshqaruv qarorlari qabul qilishdagi roli beqiѐsdir. Boshqaruv hisobi, avvalo, ichki nazorat va byudjetlashtirish tizimi orqali samarali axborot almashinuvini ta’minlashga yordam beradi.
Demak, “Boshqaruv hisobi - bu biron bir ob’ektni boshqarish uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlarni identifikatsiya qilish, o‘lchash, to‘plash, tizimga solish, tahlil qilish, joy-joyiga qo‘yish, talqin qilish va uzatish jarayonidir” bo‘lib hisoblanadi. Ya’ni, “Boshqaruv hisobi – ob’ektlarni boshqarish uchun kerak bo‘ladigan bo‘g‘inda xo‘jalik faoliyatining xarajatlari va natijalari haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, rejalashtirish, nazorat qilish, tahlil qilish va u asosida korxonalar faoliyatining moliyaviy natijalarini optimallashtirish maqsadida turli boshqaruv qarorlarini tezkor ravishda qabul qilish tizim” deyish ham mumkin. Shunday ekan, “Boshqaruv hisobi – bu korxonaning belgilangan maqsadlariga erishishiga yo‘naltirilgan boshqaruv qarorlari qabul qilishi uchun mo‘ljallangan axborot almashinuvi tizimidir”
.
«Boshqauv hisobi» fanining asosiy vazifasi foydalanuvchilarning boshqaruv hisobining nazariy, uslubiy va tashkiliy asoslari, mahsulot tannarxini kalkulatsiyalash usullari, korxona faoliyatida transfert baholarini shakllantirish tartibi tocg‘risida atroflicha bilimga ega bo‘lishlariga ko‘maklashishdir.
Shunday qilib, zamonaviy boshqaruv hisobi ishlab chiqarish hisobi va hisobning boshqa turlarini(innovatsiya hisobi, inson, intelektual, tashkiliy va tarkibiy kapitallar hisobi, raqobat razvedkasi va marketing tadqiqotlari), innovatsion faoliyat xarajatlari hisobi, aqliy mehnat to‘lovi, axborot olish xarajatlari va boshqalarni qamrab oladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
-
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirzieyovning Oliy majlisga Murojaatnomasi // Xalq so’zi, 2020 yil 25 yanvar. -
Abdug’aniev A.A. Boshqaruv hisobini tashkil etish muammolari, ularning yechimlari. – T., 2003. -
Babajanov A. «Moliyaviy hisob» darsligi bo‗yicha ilmiy ma'ruza: Iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun ilmiy ma'ruzaning avtoreferati. – T.: O‗zRBMA. 2006. – 54 b. -
Bobojonov O., Jumaniyozov K. Boshqaruv hisobi. Darslik. -T.: TDIU, 2005. 368 b. -
Каверина О.Д. Управленchеский уchет: системы, методы, процедуры. – М.: Финансы и статистика, 2003. – 352 с. -
Карпова Т.П. Управленchеский уchет. Уchебник длya вузов. -2-е изд., перераб. и доп. - М.: YuНИТИ-ДАНА, 2004. - 351 с. -
Карпова Т.П. Управленchеский уchет. Уchебник. -М.: Аудит; Изд. Об’единение «Нениби», 2009. -350 с. -
Керимов В.Э. Бухгалтерский управленchеский уchет. Уchебник. – М.: Дашков и К, 2009. -
Кондраков Н.П. Бухгалтерский (финансовый, управленchеский) уchет: Уchебник. – М.: ТК Велби, Изд-во Проспект, 2007. -
Ложкина С. Концепциya формированиya управленchеской уchетноаналитиchеской системы на основе информatsiонной платформы МСФО. Докт. дис. на соис. уch. степ. докт. экон. наук. - Орел, 2015. -
Николаева С. А. Управленchеский уchет. – М.: ИПБ-БИНФА, 2003. -
Николаева С.А. Управленchеский уchет: Уchеб. пособие. – М.: Институт профессионалных бухгалтеров России: Информatsiонное агентство «ИПБРБИНФА», 2004. -
Мезенцева Т.М. Финансоваya стратегиya развитиya предприyaтиya: бyuджетирование и трансфертные цены // Аудиторские ведомости, №1,2001. - с. 68. -
Палий В.Ф., Палий В.В. Управленchеский уchет – новое проchтение внутрихозyaйственного расchета. // Бухгалтерский уchет, 2000. №17. -
Палий В.Ф. Управленchеский уchет. – М.: Финансы и статистика, 2007. -
Пардаев А.Х., Пардаев Б.Х. Бошqарув hисоби. O‘qув qo‘лланма. – Т.: G‘афур G‘улом номидаги нашриѐт-матбаа ижодий уйи, 2008. – 252 б. -
Пизенголц М.З. О содержании управленchеского уchета.//Бухгалтерский уchет, 2000. №19. -
Пинтус Д. Репозиционирование управленchеского уchета. // Консултант, феврал 2005г., №3. -
Пыткин А.Н., Лавренchук Е.Н. Основы управленchеского уchета: теориya и практика. - Перм: Изд. ПРИЛИТ, 2000. 100 с. -
Соколов Ya.В. Бухгалтерский уchет: от истоков до наших дней: уchебн. пособие. - М.: Аудит; YuНИТИ, 1996, 638 с. -
Ришар Ж. Бухгалтерский уchет: теориya и практика. Пер. с фр. /Под ред. Соколова Ya.В. – М.: Финансы и статистика, 2000. -
Xasanov B.A., Xoshimov A.A. Boshqaruv hisobi. Darslik. Yangi nashr, 2011. 312 b. -
Xasanov B.A., Xashimov A.A. Boshqaruv hisobida byudjetlashtirish. - T.: O’qituvchi, 2004. -
Хонгрен.Ch. Управленchеский уchет. [Текст]. Ch.Хонгрен, Дж.Фостер, Ш.Датар. - СПб.: Питер, 2007. 1008 с. -
Xoshimov. B. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Darslik. – T., 2003. -
Chаya В.Т., Chупахина Н.И. Управленchеский уchет: Уchебное пособие. – М.: Эксмо, 2009. -
Шеремет, А.Д. Управленchеский уchет [Текст] / А.Д. Шеремет. - М.: ФБК ПРЕСС, 2000. с.241.