Файл: Ozbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 23.11.2023
Просмотров: 477
Скачиваний: 8
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
Kutubxona fondini yong‗ndan saqlash. Agar kutubxona o‗z fondini yong‗in xavfidan saqlamasa, fondni ta‘mirlashga doir yuqoridagi tadbirlar samara bermaydi. Yong‗in moddiy va ma‘naviy boyliklarni yo‗q qilmasdan, balki unda ishlab turdan kishilar hayotiga ham xavf solishi mumkin. Kutubxona fondi -yong‗in xavfi ortib borishi uchun doimiy manba. Yong‗in yonadigan, oksidlovchi va o‗t chiqaruvchi manbalardan paydo bo‗ladi. Kutubxonadagi pol, tom, mebel, qog‗oz yonishi mumkin. Oksidlovchi havo kislorodi binoning hamma joyida bor. Elektr o‗tkazgich tizimidan noto‗g‗ri foydalanish, fondxonada chekish yomon oqibatlarni keltirib chiqaradi. Yong‗inni o‗chirishdan ko‗ra, uning oldini olish ma‘qulroq. Kutubxona binolarini to‗g‗ri loyihalash va qurish, yong‗in xavfsizligi
177
qoidalariga amal qilish zarur. Kutubxonalarda ma‘lum darajada elektr yo‗llarini to‗g‗ri joylashtirish va undan to‗g‗ri foydalanish kerak. Elektr toki yo‗llarini loyihalashda barcha tip va turdagi kutubxonalarning elektr sig‗imi muttasil oshib borishi jarayonini nazarda tutmoq muhim - buni tobora ko‗payib borayotgan texnika vositalarini qo‗llash ko‗rsatib turibdi. Kutubxonalarda ishdan keyin elektr uskunalari tokdan o‗chirilishi uchun ajratgichlar o‗rnatilishi shart. Fondni saqlash uchun stelajlar yonmaydigan materiallardan yasaladi. Yog‗och stelajlardan foydalanilgan holda ularga yong‗inga qarshi ishlov berish kerak. Fond saqlanadigan binoni yonmaydigan to‗siqlar bilan ajratib qo‗yish ma‘qul. Kutubxonada yong‗inga qarshi signalizatsiya bo‗lishi shart. Yong‗in chiqishiga qarshi kurash qanchalik erta boshlansa, yong‗inni o‗chirish shunchalik oson bo‗ladi.
Yong‗inni o‗chirishda eng samarali vosita yonmaydigan gaz korbanat angidrid va azotdir. Shu sababli suvdan foydalanish kitoblarga zarar yetkazishi mumkin. 1,2 million hisob birligi hajmidagi fondxonalar avtomat tarzda o‗chiradigan qurilmalar bilan jihozlanishi kerak. Fondxonada bir kishi ishlata oladigan yong‗inni o‗chirish vositalari bo‗lishi lozim. Ichki yong‗in kranlari, kigiz, qum shunday vositalar jumlasiga kiradi. Fonxona karbonat angidrid, brom etinli o‗t o‗chirgich vositasi bilan ta‘minlangan bo‗lishi kerak.
Yong‗inga qarshi ishlar uchun javobgarlik kutubxona direktoriga yuklangan. U yong‗inni aniqlaydigan va o‗chiradigan avtomat vositalar, suv quvurlari tarmoqlari, tutun chiqadigan tuynuklar va boshqa uskunalarning soz holda turishini ta‘minlaydigan javobgar shaxslarni tayinlaydi. Kutubxonaning barcha xodimlari yong‗in javobgarligi qoidalarini yaxshi bilishi loz‘im. Ana shunday qoidalarga amal qilinganda kutubxonalarimizda yong‗in chiqmaydi va kitob fondlarimiz uzoq vaqtlar yaxshi saqlanib, butun ilm ahliga beminnat xizmat qilaveradi. Fondni asrash haqida g‗amxo‗rlik qilganda, fond saqlovchining ish sharoitini unutmaslik kerak. Fondni saqlashning fizikaviy, ximiyaviy, biologik rejimining buzilishi kutubxonachi uchun kasb kasalligini keltirib chiqaradi. Fondxonadagi chang, yorug‗likning yetishmasligi namlikning ortiq va kamligi
178
sog‗liqqa salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Shuning uchun davlat tomonidan sanitariya-gigena tadbirlari ko‗zda tutilgan. Fond saqlash binosining yoritilish darajasi, harorat va namlik normasi insonning fiziologik ehtiyojlarini hisobga oladi. Ish jadvali yoxud yer osti binolarida joylashgan fondxonalarda ishlovchilar uchun ushbu qoidalar asosida belgilangan ish vaqti to‗rt soatdan oshmasligi kerak. Zararli binolarda - simobli, azot, fosfor kislotalari bilan ishlaydigan xodimlarga bepul sut mahsulotlari berilishi kerak. Fond gigenasi kishilar salomatligini saqlashga yordam beradi, kasallik keltirib chiqaradigan bakteriyalar kitoblarga zarar yetkazmaydi, ammo inson ushun yuqumli kasalliklar keltirib
chiqaradigan manba hisoblanadi. Kutubxona fondining sanitariya-gigena holatini obdon kuzatib bormoq zarur, ya‘ni changning muttasil ravishda yo‗qolishi, fondxona va o‗quv zali yaqinida qushlarning bo‗lishiga yo‗l qo‗ymaslik, binoni dezinfeksiya qilishni muntazam ravishda amalga oshirish lozim. Bolalarga xizmat ko‗rsatadigan kutubxonalarda gigena qoidalariga qattiq rioya qilish zarur. Fondni saqlash deb qulay fizikaviy, ximiyaviy va biologik rejim sharoitida maxsus jihozlangan binolarda asrash tushuniladi. Saqlash bo‗limi asosiy ombordagi fondning ahvoliga javobgargina bo‗lib qolmay, balki kutubxonaga qarashli barcha kichik fondlar uchun javob beradi.
Saqlash jarayonida quyidagilar ta‘minlanishi lozim:
a) kitoblar buyurtmasini olish hamda talab qilingan nashrlar bilan tanishishni tezkor bajarish;
b) fondni joylashtirishda binoning foydali kubometridan to‗liq foydalanish;
c) kutubxona fondini saqlash;
d) fondni saqlovchilar ishlashlari uchun sog‗lom sharoitni yaratish.
Matbuot asarlari va axborotning boshqa manbalarini shunday joylashtirish kerakki, ularni topish, javondan olish va joyiga qaytarib qo‗yishga juda kam vaqt ketsin va qiyinchilik tug‗dirmasin. Kitob saqlash bo‗limi qator vazifalarni bajaradi. Ulardan birinchisi, yangi olingan kitoblarni qabul qilish va ularni
179
kutubxona bo‗limlari orasida taqsimlash. Kutubxona fondini saqlashni, ya‘ni fondda mavjud bo‗lgan har bir nashrning butun va normal fizik holatda bo‗lishining ta‘minlanishi muhim vazifa sanaladi. Saqlash bo‗limining xodimlari fondlarni asrab, binolarda qulay sharoit yaratish uchun javob beradilar. Nashrlarning o‗z vaqtida tamirlanishi, muqovalanishi va shu ishlarning ijro qilinishini kuzatib boradi, fondning biologik barqarorligi va yong‗in xavfining oldini oladi, fondda nashrlarning mavjudligini tekshiradi. Yuqoridagi mugim omillarga qattiq rioya qilingandagina bilimlar xazinasi bo‗lgan kitoblarimizni asrab, avlodlarga bekamu ko‗st yetkazib berishimiz mumkin.
O‗z-o‗zini tekshirish uchun savollar:
1. Saqlashning ijtimoiy omillari.
2. Saqlashning biologik omillari
3. Fizikaviy himoyaviy omillarini ta‘minlash
10-Bob. ELEKTRON KATALOGLASHTIRISH TARIXI.
KUTUBXONALAR ISHIDA DASTLABKI AVTOMATLASHTIRISH ISHLARI.
Reja:
1 .Elektron kataloglashtirish tarixi
2. Kutubxona ishida dastlabki avtomatlashtirish ishlari
3. Axborot-kutubxona muassasalarida elektron katalog yaratish masalalari
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi va keng qo‗llanilishi zamonaviy hayotning barcha jabhalarida; jumladan, iqtisodiyot sohasi, davlat boshqaruvi, fan va ta‘lim sohalariga tubdan ta‘sir ko‗rsatmoqda. Axborot va bilim saviyasi asosiy ahamiyatga ega bo‗lgan jamiyatda ―axborotlashgan jamiyat‖ atamasi vujudga keldi. Axborot va bilim muayyan iqtisodiy faktor, shuningdek, muhim milliy resurs hisoblanadi. Milliy axborot resurslarini saqlash, uni rivojlantirish va unumli foydalanish davlat ahamiyatidagi masaladir. Milliy axborot resurslarini 2ta
180
tarkibiy: an‘anaviy (qo‗lyozma va nashr materiallari, rassomlik san‘ati,
haykaltaroshlik, arxitektura, audioyozuvlar, fotosuratlar, kino va videofilmlar va h.k.) va elektron (turli axborot ob‘ektlarining raqamli turi) shakliga ajratish mumkin. Bular orasidagi farq nafaqat axborotni ifoda etish, balki uni saqlash, tarqatish va modifikatsiyalash (ko‗rinishini o‗zgartirish)dadir.
An‘anaviy turdagi qo‗lyozma, nashr va boshqa turdagi hujjatlarni saqlash va undan foydalanish shu soha mutaxassislari tomonidan tadqiqot va amaliy ishlar davomida o‗zlashtirilgan. Lekin, shubhasiz, an‘anaviy shaklda saqlanadigan axborotlar hajmini saqlash, tarqatish va qidirish, hisobga olish kabi samarali ishlarda qiyinchiliklar tug‗diradi. Bu masalalarni hal qilish yo‗llari zamonaviy hisoblash texnikasi, axborot texnologiyalaridan foydalanish va axborotni elektron shaklga aylantirish bilan uzviy bog‗liq.
Ta‘kidlangan axborot resurslarining tashkil qiluvchilari parallel rivojlanayotgan bo‗lsa da, kelajakda an‘anaviy axborot tashkil qiluvchilarining sezilarli-qismi, so‗zsiz, elektron shaklda ifoda etiladi. Bir tomondan oxirgi o‗n yillikda faqat elektron shakldagi yoki shu shaklda yaratilgan axborotlar hajmi azaldan bor bo‗lgan bosma, audio, video va boshqa nashrlarga nisbatan keskin o‗sdi. Rossiyada (axborot sanoati jabhasida unchalik taraqqiy etmagan davlatda) faqat rasmiy ro‗yxatga olingan ma‘lumotlar bazalaridagi axborotlar hajmi Rossiya davlat kutubxonasida saqlanayotgan barcha axborot hajmlaridan oshib ketadi. Davlat statistika qo‗mitasining 1996-yilgi tekshiruvidan o‗tgan tashkilotlarining ma‘lumotlar bazalarining umumiy soni deyarli 800 mingni, shuningdek, 400 mingga yaqini xususiy ishlab chiqaruvchilarni tashkil etdi. Barcha ma‘lumot bazalarining umumiy hajmi 15 Tb (mustaqil MB larining hajmi esa 5 Tb dan ortiq) dan ortiqni tashkil qildi. Internet orqali olingan elektron hujjatlarning miqdori 2000 yili 300 mln., 2001 yilning oxirida bu raqam 3 mlrd.ga yetdi. Yandeks ma‘lumotlariga ko‗ra 2001 yil iyunda 650 Gb ga yaqin, 2002 yil martda 1Tb ga yetgan.
Bugungi vaqtda elektron shakl axborotni ishonarli va ixcham saqlaydi, uni
sezilarli darajada tez va kengroq tarqatish, bundan tashqari u bilan ko‗pgina boshqa
181
shakllarda bajarish mumkin bo‗lmagan ishlarni qilish mumkin. Shu tarzda axborotni elektron shaklda berish, elektron hujjatlar yaratish, uning elektron ko‗rinishini tashkil etish, turli elektron kollektsiyalar va elektron kutubxonalar tashkil etish rasm emas, balki muhim ehtiyojga aylandi.
«Elektron katalogª xususida so‗z yuritishimizdan oldin, biz yuz yillar avval paydo bo‗lgan kartochkali kataloglarga to‗xtalishimiz lozim. Boisi an‘anaviy kataloglarning nafaqat ilgari, balki ko‗pgina kutubxonalarimizda ayni damda ham ko‗magi katta bo‗layapti. Biroq axborot manbalari yildan yilga ko‗paymoqda va kartochkali katalogdan qidirish murakkablashmoqda. Shuningdek, zamonaviy informatsion texnologiyalarning rivojlanishi ham axborotlarni kataloglashtirish va qidirishning ancha ilg‗or usullariga o‗tish imkoniyatini beradi. Binobarin, elektron kataloglashtirish kutubxonalarni avtomatlashtirishning ajralmas qismidir.
«Elektron katalogª tushunchasi bizga AQShdan kirib kelgan. Bunday kataloglar ikki ko‗rinishda bo‗lishi mumkin. Birinchisi «Online catalogª deb ataladi va u doimiy ravishda to‗ldirilib boriladigan bibliografik yozuv (BYo) massiviga to‗g‗ri yo‗lni ta‘minlaydi. Bizda esa bunday kataloglar ayrim holatlarda «vaqtning real rejimida ishlovchiª kataloglar deb ataladi. Uni muloqat yoki interaktiv deb atash har doim ham to‗g‗ri emas, chunki uning boshqa ko‗rinishi masalan, SD yoki disketalarda «Ofline catalogª (tarmoqdan o‗chirilgan)da ham foydalanuvchining muloqatda ishlashiga yo‗l qo‗yyuvchi dasturi mavjud bo‗lishi mumkin.
Chet ellarda OPAC (Online Public Access Catalog) abbreviaturasi keng tarqalgan bo‗lib bu tushuncha amerika lug‗atlarida quyidagicha talqin etiladi. «An online catalog that is available for use by the general hublicª(«Ommaviy foydalanish imkonini beruvchi real tartibda ishlovchi katalogª). Bunday ta‘rif to‗liq ravishda «o‘quvchilar katalogiª terminiga to‗g‗ri keladi. Shu tarzda amerika amaliyotida mashina o‗qiy oladigan kataloglar o‗quvchilarning foydalanishiga taklif etilganligiga qarab aniq ikkiga bo‗linadi. «Public accessª oldindan kutubxona xodimi bilan muloqatda bo‗lish shart emasligini ta‘minlaydi.
182
Ma‘lumotlar bazasi (MB) shunday ma‘lumotlar majmuiki o‗zida mavjud axborotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish imkoniyatiga ega. Ma‘lumotlar bazasining qog‗ozdagi (kartochka) ya‘ni qo‗lda ishlatish uchun mo‗ljallangan ko‗rinishni biz kartotekalar deb ataymiz. Bu esa «bibliografik MBª tushunchasini beradi.
«Kartotekaªva«katalogª turli tushunchalardir.Katalog deganda
bibliografiya yozuvining asosiy elementi hisoblangan hujjat saqlashning shifri, uning tarkibi va ma‘nosini ochib beradigan aniq bir fondga mosligi tushuniladi. Kartoteka esa yuqoridagi majburiyatlardan holi bo‗lib, uni katalogdan olish maxsus qoida bilan chegaralangan.
Bularning barchasi qanday boshlangan edi. 1964 yil Kongress kutubxonasi «Machine-Readable Catalogingª loyihasi barcha izlanishlarini boshladi. Shu tarzda butun dunyoga tanish bulgan MARC abbreviaturasi hosil bo‗ladi. Bir yildan so‗ng mashina tomonidan o‗qiladigan yozuv formati paydo bo‗ladi.
1965 1968 yillarda esa MARC2 loyihasi amalda qo‗llanila boshlandi. 1968 yildan MARC2 formati bilan ishlash yo‗lga qo‗yildi va uning birinchi bosqichida ingliz tilidagi kitoblar kataloglashtirildi. Keyinchalik esa bibliografik yozuvlar formati arxivlangan dasturlar, audiovizual materiallar kompyuter fayllari, filmlar va h.k.lar uchun ishlab chiqildi. Bibliografik yozuvlarni o‗nlab tillarda kiritish mumkin.
MARC ko‗pgina davlatlarda tez tarqaldi. U davrga borib Kongress kutubxonasida uning navbatdagi tahriri tayyorlangan va bungacha bir nechta versiyalari mavjud edi. AQShda qayta ishlangan
MARCni USMARC deb nomlashga kelishildi (aslida u MARC3 edi). Bu to‗xtamga kelish ayrim anglashilmovchiliklarni keltirib chiqardi. Milliy standartlarning ayrim qismlari USMARC asosida ishlab chiqila boshlandi, lekin ularning abbreviaturalari bu faktni namoyish eta olmadilar. Formatning oxirgi tahriri original nom oldi, u MARC21 edi.
183
MARC formatining paydo bo‗lishi avvalom bor AQSh kutubxonalarida Online kataloglarini hosil qilishga olib keldi, ular tez va deyarli hamma yerda, jumladan Kongress kutubxonasi yoki NYu-YORKning katta kitob saqlash joylarida ham qo‗llanila boshladi.
Muloqotda EKlar bilan ishlash xususiyatlari
Dastlabki axborotlar sirasiga quyidagi savollarga javoblar kiritilgan:
-kompyuter qanday qo‗yiladi;
-muloqat uchun til qanday tanlanadi;
-o‗z xatosini to‗g‗irlash qanday amalga oshiriladi;
-javob uchun qancha vaqt beriladi va qanday uzaytiriladi;
-o‗quvchining o‗quvchilik bileti nomeri mashina tomonidan qanday hisobga olinadi va aks holda o‗zi haqidagi ma‘lumot qanday kiritiladi.
EKlar faqatgina qidiruvchi funktsiya bo‗lib qolmay balki Circulation modul ishini ham ta‘minlaydi. Bu ma‘lumotlar foydalanuvchi uchun an‘anaviy bo‗lgan shaklda, masalan, monitor yonida joylashgan kichik ko‗rsatma ko‗rinishda taklif etilsa maqsadga muvofiq bo‗ladi. AQShda bunday muloqatlarning umumiy ko‗rinishi ishlab chiqilgan edi. Bu esa hisoblash texnikasining natijaviyligini oshiradi va foydalanuvchida mashinaga nisbatan ishonch paydo bo‗ladi.
1. Muloqot sodda tilda olib borilishi zarur, masalan, «Haª buyrug‗i foydalanuvchining roziligini ifoda etadi va «Uª tugmasi yordamida hosil bo‗ladi, yoki «yo‗qª buyrugi N tugmasi orqali ifodalaniladi va hokazo.
2. Muloqot ma‘lumotlar kiritishning ikkita turli sistemasi yordamida hosil qilinadi. Agar foydalanuvchiga tanlash imkoni berilsa u bo‗limlarning (optsiya) to‗liq ro‗yxati bilan tanishadi.
To‗g‗ri xulosa ekranga ularning ro‗yxatini keltirish va tanlash imkoniyatini foydalanuvchini o‗ziga qo‗yib berish. Ayrim hollarda foydalanuvchi konkret ma‘lumot masalan, muallif nomi yoki asar nomi va hokazolarni berishi zarur bo‗lsa, u holda monitorda maskalar blanki hosil bo‗ladi.
3. Ekranga bibliografik axborotlarni chiqarishdan oldin qidirish natijalaridan statistik ma‘lumot berish zarur. Barcha hollarda ma‘lumotlarni izlash uchun,
184
keltirilgan yozuvlarni ko‗zdan kechirish ko‗p vaqt oladi, bunday vaziyatda foydalanuvchi tomonidan qo‗shimcha o‗lchamlar kiritilishi lozim.
4. EK o‗quvchi tomonidan talab qilingan barcha xizmatlarni bajarish kerak. EKbu ishning qulayligini ta‘minlovchi texnik asbob hisoblanadi, u yordamida foydalanuvchidan ancha olisda bo‗lgan axborotlarni ham olishi mumkin.
Huddi shu vazifalar qo‗lda bajarilsa ancha vaqt yo‗qotilishi mumkin.
EK axborotni qaysi shaklda beradi?
Kataloglarni avtomatlashtirishning boshlanishida foydalanuvchi so‗roviga «mashinaª ikki xil ko‗rinishdagi ma‘lumotni beradi: birinchisi bibliografik yozuvdan va ikkinchisi aytaylik so‗ralgan kitobni qaysi kutubxona fondidan topish mumkinligi haqida ma‘lumot.
Amerika kutubxonalarining ko‗pchiligi kartotekalik katalogdan elektron katalogga o‗tish, axborot berish formatini o‗zgartirilishishiga olib kelishi shart emas deb hisoblaydilar. Ular kompyuter ekranlarida oddiy kartochkalar birin-ketin