ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 11.01.2024
Просмотров: 259
Скачиваний: 5
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
Bobur
Bugun o`n yetti kundirki, Bobur Hirotda, Alisher Navoiy istiqomat qilgan muhtasham Unsiyada yashaydi. Unsiyaning baland peshtoqlari, milliy gumbazi, oftobda jilolangan rang - barang naqshlari Boburga Samarqanddagi Ulug`bek madrasasini eslatadi. Lekin Unsiyaning to`rt tomonidagi to`rtta minorasi Ulug`bek madrasasinikidan balandroq, binoning hajmi, bezaklari yap-yangi edi. Unsiyaning ichidagi xonalardan bir qanchasini Navoiyning shaxsiy kutubxonasi egallagan. Bobur kutubxonadagi kitoblarni varaqlaganda, ularning ba'zi joylarida ulug` shoirning dastxatini ko`rdi-yu, Samarqandda undan olgan maktubni esladi. Navoiyni ko`rishga muyassar bo`lolmagani uchun yuragini ma'yus tuyg`ular chulg`adi.
Kutubxona eshigi oldiga chiroyli bir javonga o`xshash katta soat qo`yilgan. Belgili vaqtlarda bu soatning tepasidagi jajji haykalcha harakatga keladi-yu, oltin bolg`achalar bilan ohangdor qilib zang chaladi. Bunday soat
yasash g`oyasini soatsozga Navoiyning o`zi aytib, maxsus buyurtma bergan edi. (109 tа so`z)
Ulug`bek
Ulug`bek yoshlik davrida bobosi Amir Temur bilan ko`p yurishlarda qatnashgan. Temur vafotidan keyin hokimiyat Ulug`bekning otasi Shohrux qo`liga o`tdi. Shohruh Xurosonda hukmronlik qiladi. Movarounnahrni o`g`li Ulug`bekka topshiradi. U vaqtda Ulug`bek 15 yoshda edi. Ulug`bek «Bibixonim» masjidi, «Go`ri Amir» maqbarasi, «Shohizinda» inshootlarining qurilishini tamomladi. U ko`p yerlarda bog`lar yaratdi. 1417-1420 yillarda ajoyib madrasa qurdirdi. Bu madrasa tarixda Ulug`bek madrasasi deb ataladi. Ulug`bek keyinchalik Samarqandda rasadxona qurdirdi.Rasadxonani o`sha vaqtdagi eng mukammal asboblar bilan ta'minladi.
Ulug`bek o`z davrining buyuk olimi, astronomi, shoiri va faylasufi edi. U rasm, musiqa kabi san'at turlari bilan ham shug`ullangan.
Ulug`bek davrida Samarqand ilm markaziga aylangan edi.
Ulug`bek yaratgan ilmiy ishlarning eng kattasi «Astronomiya jadvali» asaridir. U o`rta asr Sharq astronomiyasining eng so`nggi asari hisoblanadi. 97 tа so`z
Abu Rayhon Beruniy
O`rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniy 973 yili Xorazmda tug`ildi. U boshlang`ich ma'lumotni shu erda oldi. O`sha vaqtda Xorazmda fanning turli sohalarida shuhrat qozongan ko`plab olimlar yashagan. Abu Rayhon Beruniy ulardan ta'lim olgan. U sharqning boy fan va madaniyatini yaxshi o`rgangan, qadimgi yunon klassik ilmi bilan tanishib, yirik olim bo`lib etishgan. U Xorazmdan ketgandan keyin, Hindistondagi Nandna qal'asida yashaydi. Hindistonda sanskrit tilini o`rganadi. Bu uning hind madaniyati, adabiyotini o`rganishiga va Hindistonning o`sha davr olimlari bilan tanishishiga, bu mamlakat haqida o`lmas asarlar yaratishga imkon beradi. Olimning «Hindiston» asarida hind adabiyoti, falsafasi, geometriya, etnografiya, din, hind yozuvchilarining turlari kabi masalalar yoritiladi.
Buyuk olim 1035-36 yillarda o`z ilmiy ishlarning ro`yxatini tuzadi. Bunda o`sha vaqtgacha yozgan asari 113 taga etganini ko`rsatadi. Keyingi asarlarini ham qo`shsa, u qoldirgan meros 152 kitobdan iborat bo`ladi.
Abu Rayhon Beruniyning nomini abadiylashtirish maqsadida Abu Rayhon Beruniyning nomini abadiylashtirish maqsadida Abu Rayhon Beruniy nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti ta'sis etilgan. (140 tа so`z)
ASALARI
Asalning asalari uyasidagi mum kataklaridan olinishini hamma yaxshi biladi. Asalarilarni bolari deb ham atashadi. Asalari ne'matidan qadim zamonlardan beri foydalanib kelinayotganiga qaramay, yaqin-yaqingacha odam uning fe'1-atvori haqida deyarli hech narsa bilmas edi. Kuzatishlardan shu narsa ma'lum bo'ldiki, «razvedkachi» asalari-ning raqsga tushishiga qarab boshqa asalarilar uyadan qancha masofa uzoqda gulzor borligini, ular qanday gul ekanligini va oz-ko'pligini bilib olishar ekan! Bo'lajak ona asalarini boqadigan maxsus aralashma - asalari suti qimmatbaho shifobaxsh dori hisoblanib, u yurak faoliyatini yaxshilaydi.
GIGIYENA
O'quvchilar lagerida hamshira qizlar tinib-tinchimaydilar. Har bir kishidan gigiyenaga rioya qilishini talab qiladilar, chunki gigiyenaga rioya qilish -sog'liqning garovi. Ertalab yuzlarni yuvish va tishlarni to-zalash yaxshi odatdir. Voleybol, basketbol yoki boshqa o'yinlardan ke-yin, albatta, qo'lni yuvish kerak. Ovqatlanishdan oldin ham qo'lni yuv-masdan dasturxon atrofiga o'tirish juda yomon. Qo'l yuvilmasa, odam tanasiga har xil zararli bakteriyalar, mikroblar kirib olishi mumkin. Ularni maxsus mikroskoplar yordamidagina ko'rsa bo'ladi. Bunday zararli bakteriyalar to'planadigan joy - tirnoqlar osti. Shuning uchun tirnoqlarni olib, qo'llarni yuvib, tishlarni doim tozalab yuvish kerak. Bolalar, siz bu qoidalarga doimo rioya qiling! (85 so'z)
SARISHTALIK - NOYOB FAZILAT
Uy tartibi, intizomi, saranjomligi, asosan, oila bckasining zimmasida bo'lishi tabiiy. Bunga e’tiroz yo'q, lekin oilada zahmatkash onadan boshqa liech kirn yo'qmi? Ishga yaroqli boshqa erkaklar, o'g'il bolalar-chi? Nahotki hamma ishni oila bekasiga tashlab qo'yilsa. Bu vijdon burchidan faqat qo'lidan ish kelmaydigan kichkina bolalaru qarilargina ozod, xolos. Supurgi hamma vaqt bir yerda tursin! Pichoq, sanchqi, qoshiq, taqsimcha, lagan, kosa, xullas, shularga o'xshash narsalarni doimo tayinli joyga qo'yinglar. Qaychi, ip, tugma, ignalarni hamma vaqt bir joyda saqlang, olib ishlatgandan keyin yana joyiga keltirib qo'ying. Ko'zga xunuk narsalarni ko'zdan qochirishga harakat qiling. Yana bir xil oilalarda oshxonadagi idishlari yuvilmasdan pashsha bosib yotadi, qani endi parvoyiga kelsa? Bolalar! Bilib qo'yinglar, har qaysi inson saranjom, toza, tartibli bo'lishi kerak!
(II4so‘z. Mirzakaton Ismoiliy.)
ABADIY TUYG‘ULAR TIMSOLI – VATAN
Inson yaratganning luikmi bilan qaysi makonda tug'ilsa, voyaga yetsa, unga o'
shajoy Vatan bo'ladi. Vatanda insonning avlod-ajdodlari, davlati va xalqi bilan bog'liq an’ana va oMmas qadriyatlar shakllanadi. Inson nafaqat o'/ yurlining yen va liavosi, suvi va tabiatidan foydalanadi, balki Vatan inson uchun bebaho boylik, Vatanning borligi odaniga beqiyos kuch-qudrat, g'nyrat shijoat baxsh etadi. Clumki insonning eng pokiza va muqaddas tuyg’ulari o‘zi tug'ilgan, voyaga yetgan zamin — Vatani bag‘rida uyg'onadi. Kishi qadrdon yurtida o'zini ozod va erkin his qiladi. Shuning uchun xalqimiz «O'zga yurtda shoh bo'lguncha, o'z yurtingda gado bo'l» deydi. Deinak o'z yurtimizda oddiy kasb egasi bo'lmoq, o'zga yurtda podshoh bo'lishdan afzal ekan. Vatanning o‘zi qanchalik bebaho bo'lsa, u bilan bog'liq (uyg'ular ham shunchalik qadrlidir. Shuning uchun Vatan tuyg'usi insonning doimiy ehtiyoji, abadiy tuyg'ular darajasida gavdalanadi. Bu tuyg'u qanchalik mukammal bo'lsa, inson shunchalik barkamoldir.
(135 so ‘z , « Dillarda Vatan madhi» to ‘plamdan)
TINCHLIK - ENG ULUG' NE’MAT
Vatan! Bu so'z bizning qalbimizga ona allasidan, uning qaynoq muhabbatidan singadi. Agar ma'lum bir muddat o'z uyimizdan sal olisroqda yashab qolsak, ko'nglimiz g'ash bo'laveradi. Har qanday ko'ngilochar narsalar ham bizni quvontira olmaydi. Negaki, biz o'z go'shamizni qo'msay boshlaymiz. Bu Vatanni sevishning bir ko'rinishi emasmi? Vatanga muhabbat, uni ardoqlash, ona-Vatanga tegishli bo'lgan har bir narsani muqaddas bilish, o'zini shu Vatan kengliklariga daxldor deb his qilish haqiqiy insonlarga xos fazilatdir.
Bu aziz kunlarga xalqimiz osonlicha erishgani yo'q. Begunoh kishilarning muborak ruhlarini shod etmoq uchun Vatanimizning har bir fuqarosi qo'lidan kelganicha xayrli ishlarni bajarishi shart. Shukurlar bo'lsinki, mustaqillik degan buyuk ne’matga erishgach, buyuk kelajak barpo etishga kirishildi. Buning uchun esa mustaqilligimizni yanada mustahkamlash uchun intilishimiz kerak. O'zbekistonning kelajagi biz yoshlarning qo'lida.
(120 so'z. "Dillarda vatan madhi")
OLTIN YAPROQLAR
Dam olish kunlaridan biri edi. Ko'chaga chiqdim. Kech kuz bo'lsa ham havo ochiq, quyosh charaqlab turardi. Hamma yoqda yaproqlar: oq, sariq, yashil yaproqlar. Go'yo ko'chaga chiqishingizni kimdir bilganu yo'lingizga gilam to'shab qo'ygan.
Har yili kuzda, xazonrez paytida menga shunday tuyuladi. Shuning uchun ham ko'chaga chiqaman, serdaraxt xiyobonlarni uzoq-uzoq aylanaman.
Quyoshning so'nggi shu'lalari so'ndi. Tepaga qaradim. Ko'k betini parcha-parcha qora bulutlar qoplab olgan edi. Ko'p o'tmay, qayinzorni tasir-tusur tovushlar qoplab, yomg'ir yog'a boshladi.
Yerda tangadek ochiq joy qolmadi. Hammasini xazon qopladi. Yomg'ir zarbidan barglar duv-duv to'kilardi.
Bir mahal qayinzor yorishdi. Yomg'ir siyraklashdi. Yuzimdagi yomg'ir tomchilarini yengim bilan sidirib, tepamga qaradim. Qaradim-u, ko'zlarim qamashib ketdi. Ro'paramdagi qayinning eng yuqori shoxida bir narsa xuddi oltindek tovlanib turardi. Qo'limni soyabon qilib yaxshilab qaradim. Bu oddiy yaproq, sap-sariq qayin yaprog'i edi. Yaproq quyosh nurida oltindek tovlanib, yengil tebranganicha ko'kka dadil bo'y cho'zib turardi.
(120 so'z. O'.Umarbekov)
SUV - MUQADDAS NE'MAT
Suv- yerda eng ko'p tarqalgan suyuqlik hisoblanadi. U asosan sayyoramizrcing uch butun o'ndan ikki qismini egallagan. Dengiz va okeanlardan jamlangan. Ko'l va daryolar, Arktika va Antarktida muzlari ham suvdan iborat. Suv havoda bug' ko'rinishida ham bo'ladi. Hatto odam tanasining deyarli 2/3 qismi ham suvdan tashkil topgan.
Yer kurrasidagi umumiy suv miqdori o'zgarmaydi. Okean, dengiz, daryo va ko'l yuzidagi suvlar bug'lanib, bulutlar hosil bo'ladi. Ular esa yomg'ir yoki qor bo'lib yog'ib, yana yer va okeanlarga tushadi.
Yer yuzida aholi iste'mol qiladigan toza suv miqdori borgan sari kamayib bormoqda. Odamlar sanoat ehtiyojlari uchun mo'ljallangan suvdan ko'proq foydalanmoqdalar. Aksariyat hollarda korxonalar chiqindilari bilan suv ifloslanmoqda. Injenerlar suvni tozalashning turli usullarini topmoqdalar. Mamlakatimizda chiqindilar va oqava suvlarni suv havzalariga oqizish taqiqlangan. Har doim esingizda bo'lsin: suvni asrang, uni isrof qilmang.
(121 so'z. " Bolalar ensiklopediyasi"dan)
Y1L FASLLARI
Yer quyosh atrofini bir yilda bir marta aylanib chiqadi. Shu davrda u o'z sirtini Quyoshga har xil vaziyatda "tutib" beradi. Quyosh osmonda baland ko'tarilganda, uning nurlari Yerga to'g'ri tushib, uni kuchliroq qizdiradi va Yer yuzi issiq bo'ladi. Quyosh uncha baland ko'tarilmay, uning nurlari Yerga qiyalab tushganda, yerni paypaslab o'tib ketgandek bo'ladi va Yer yuzida sovuq turadi.
Qishdan keyin bahor, bahordan keyin yoz keladi. Yozning qoq o'rtasida - 22-iyunda yozgi Quyosh turishi yuz beradi. Endi yoz o'zining haqiqiy kuchini ko'rsatadi. Kunlar juda isiydi, bolalar suvdan chiqmay qolishadi. Biroq hademay kuz yaqinlashib, uning ba'zi alomatlari paydo bo'la boshlaydi. Kunlar qisqarib, tunlar uzayadi. Asta-sekin daraxtlarning bargi sarg'ayib to'kila boshlaydi. Hademay daraxtlar yap-yalang'och bo'lib shumshayib qoladi, tabiat qorni kuta boshlaydi. Shu tarzda fasllar almashina-almashina yil o'tadi. Azaldan bu jarayon takrorlangani- takrorlangan.
(129 so'z. "Bolalar ensikiopediyasi"dan)
BAHOR
Lola sayli juda gashtli bo'ldi. Quyosh tepamizga kelguncha, ikki quchoq - ikki quchoqdan lola terib qo'ydik. Sobirjonning sevinchi ichiga sig'masdi. Kasaldan yaqinda turgan bo'lsa ham, xuddi yosh boladek u yoqdan-bu yoqqa sakrab chopar, ko'm-ko'k maysalar ustiga dumalardi. Biz borgan joy haqiqatan ham go'zal edi. Bir tomoni tog', bir tomoni ko'm-ko'k dala. Olisda kumushdek tovlanib daryo oqmoqda. Lolazor esa, xuddi mohir to'quvchi qo'lida to'qilgan chorsi gilamga o'xshardi.
Yo'lga tushdik. Mashina isib ketdi. Dala joyda shunday bo'ladi. Sobirjonning peshonasini hatto ter qoplay boshladi. Oynani tushirdim. Gup etib muzdek havo yuzga urildi. Tez ketayotgan ekanman.
Kun og'a boshlagan edi. Qishloqqa kirdik. Ikki tomonimizdan bargak yozgan tollar lipillab o'ta boshladi. Peshayvonli sariq bino oldidan o'tayotganimizda bir bog'lam siren ko'targan kichkina qizcha bizga qo'l silkib qo'ydi. Tabiat bilan baravar ko'z ochasan. Go'zallikdan boshqa narsani ko'rmaysan. Mashina soy bo'yiga yaqinlashdi. Choyxona shu yerda edi.
(130 so'z. O'.Umarbekov)
ONA YURTING - OLTIN BESHIGING
Ona yurting-oltin beshiging. Xalq ona yurtni ana shunday deb ulugiaydi. Vatanning liar bir qarich yerini muqaddas bilib, uni sevishga, ardoqlashga da'vat etadi. Darhaqiqat, ona yurt - oltin beshik. Biz ana shu oltin beshikda dunyoga kelamiz, birinchi bor ilk qadam tashlaymiz, o'sib-ulg'ayib, voyaga yetamiz, el-yurt xizmatiga bel bog'laymiz. Ha, ona diyorning qadriga yetish, uning kamoloti, gullab-yashnashi, osoyishtaligi uchun qayg'urishni yoshlikdan ongimizga singdirilishida chuqur ma'no bor. Chunki, har qanday inson ona-Vatani, ota-bobolari o'tgan muqaddas zamin bilan faxrlanib yashaydi. Bu tuyg'u unga kuch-quwat beradi, aql-idrok ato etadi, jasoratlarga chorlaydi, mardliklarga undaydi. Insondek yashash, mehnat qilish, hayot kechirishni ta'minlaydi.
Vatanni sevish — bu ona yurtning ravnaqi yo'lida halol mehnat qilish, o'zini qahramonliklarga tayyorlab borish demakdir. O'zing yashab turgan zaminni e'zozlash, tabiatini va nafosatini saqlash, uning go'zalligiga go'zallik qo'shish, odamlarni seva bilish, a'lo o'qish, xushxulq, xushsurat bo'lish demakdir. Vatanni sevish, uning har bir qarich yerini muqaddas bilib qadrlash go'daklik chog'imizdanoq ona allasi bilan qon-qonimizga singadi...
DO'STLIK-OLTINDAN QIMMAT
Do'stlik! Bu so'z tog'lardan azim, to'fonlardan qudratli, quyosh yanglig' tuyg'udir. Do'stlik bilan har qanday ofatni daf qilish, har qanday yovni mahv etish, har qanday to'siqni yanchib o'tish mumkin. Do'stlik bor yerda har qanday og'ir yengil, mushkullar oson bo'ladi, hal etilmagan muammo qolmaydi. Haqiqiy do'stlik oldida hatto o'lim ham chekinadi.
Darhaqiqat, «Do'stlik» so'zi elda muqaddas sanalib, mo'jizalar kaliti, omad, baxt-saodat omili, deb ataladi. Haqiqatan ham, qo'shiqdek jarangdor, osmondek musaffo, olmosdek jiloli, po'latdek mustahkam, quyosh nuridek qaynoq va yoqimli, mehrigiyodek hayotbaxsh bu so'zning zamirida olam- olam ma'no yotadi. Insonning azal-azaldan o'ziga do'st izlashi, quvonch va tashvishlarini u bilan baham ko'rishga intilishining boisi ham shunda.
Xalq do'sti yo'q kishini baxtsiz kishi deb ataydi. Do'stlari ko'plar esa dunyodagi eng baxtli insonlardir. Xalqimiz do'stlik va o'rtoqlikni azal- azaldan qo'shiqqa solib kiiylab, bu haqda dostonlarto'qib, afsonalaryaratgan. Bu mavzu xalqda, uning og'zaki ijodida asosiy mavzulardan hisoblanadi.
Do'stlik tufayli bahodirlar haybatli tog'larni teng ajratib, o'zlariga yo'l ochadilar, azim daryolarni kechib maqsad tomon olg'a intiladilar. Cho'lu biyobonlarni bog'-rog'larga aylantiradilar. Dushrnanlami mag'lub qiladilar, baxt-saodatga erishadilar.
IFTIXOR
Milliy g'urur — bu milliy iftixordir. Milliy iftixor millat o'zini yaxlit ijtimoiy birlik ekanligini ongli ravishda his qilishidir. Bu shunday bir kuchli ruhiy holatki, u tufayli tarixiy birlik, qon-qarindoshlik, til, madaniyat, ma'naviyat, iqtisodiy hayot va kelajak birligi millat vakillarining qalbidan chuquro'rin oladi.
Milliy birdamlik tuyg'usi — milliy ongning negizidir. Milliy birdamlik yetuk va mukammal ma'naviy fazilat sifatida milliy ongi rivojlangan millatlarda to'laroq namoyon bo'ladi. Mahalliychilik va guruhbozliklar milliy birdamlik hissiyotining kuchsizlanishiga olib keladi.
Milliy iftixor millat ma'naviy kamolotining barcha jihatlarini, merosi va bugungi qadriyatlarni o'z ichiga oladi. Milliy istiqlol natijasida erishilgan va erishilajak iqtisodiy va ma'naviy yutuqlar ko'paygani sari O'zbekiston bilan faxrlanish hissi-milliy iftixor shunchalar kuchayib boraveradi. Milliy iftixor mamlakatimizning barcha fuqarolari uchun birdek tegishli va uning yuksala borishi uchun barcha fuqarolar barobar mas'uldirlar.
Xullasi kalom, yuqoridagi sharhlarimizdan ham ko'rinadiki, iymon serma'no, tabarruk, muqaddas so'z va xosiyatli tushunchadir. Bir so'z bilan aytganda, iymonli odam risoladagi fuqarodir. Bu CTzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Parlamentimiz tomonidan qabul qilingan fuqarolikka doir qonun-qoidalarga ham mos keladi.
(162 so 'z- A.Ibrohimov. «Yorug'lug'» kitobidan)
TILINGNI AVAYLA - OMONDIR BOSHING
O'quv va bilimning tarjimoni tildir. Kishiga ro'shnolik, yaxshilik va ezguliklar til tufayli keladi, buni yaxshi bilib olish kerak. Qadr-qimmatni ham obro'-e'tiborni ham kislli til orqali topadi. Agar tilga e'tibor berilmasa, noo'rin qo'llansa, odam boshining yorilishi hech gap emas: