ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 11.01.2024

Просмотров: 260

Скачиваний: 5

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.


(140 so’z. “Oz-oz o’rganib dono bo’lur”)

Belbog’

O’sha paytlar juda yosh bola edim. Ko’zimda o’t chaqnab turardi. O’yindan boshqa tashvishim yo’q edi. Ba’zi narsalarga aqlim ham yetardi. Bir kuni onam chaqirib qoldi. Qo’llarida nimadir bor edi. Qand bo’lsa kerak. Yo’q. Boshqa narsa ekan. Borganimdan so’ng uni belimga bog’lab qo’ydilar. Onamdan buni nima ekanligini so’radim. – Bu belbog’ seniki. Otangda ham bor, bobongda ham bor, uning bobosida ham bo’lgan. Baxting shunda, belbog’ingni yecha ko’rma! – dedilar onam. Shu-shu bu belbog’ menga aziz bo’lib qoldi. Uni hech kimga ishonmadim. Chang-dog’ tegmasin deb asradim. Iplari so’kilmasin, deb juda juda hushyor bo’ldim. Yoshim ulg’aygan sari uni ham yaxshi ko’raverdim. Birovga berishni xayolimga ham keltirmadim. Endi u orim, nomusim, g’ururimga aylangandi. Unda otamning qo’llari, onamning nurli siymosi, yaqinlarimning tafti bor. Ajdodlarimining bo’ylari bor unda. Shukur, belbog’im – orim, faxrim, bor-budim o’zimda. Belbog’imdagi “Vatan” degan yozuvni ko’zlarimga surtaman.
(133 so’z. Behzod Fazliddin, “Hikoyalar”)
Kuz

Bo’ston qishlog’ida og’ir-vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi. Chor-atrof yaproqlarning mungli shivir-shiviriga to’ldi. Qishloqni halqaday o’rab oqayotgan anhor birdan tiniqlashdi. Telba to’lqinlar endi jilovlanib, yuvosh tortib qoldi.

Odamlar qishdan cho’chiganday, shosha-pisha harakatga tushdilar. Kimdir chorbog’idan o’tin arraladi, kimdir qo’shnisining bog’ ishlariga hasharga chiqdi.

Hamma yagona bir tashvish – kuz tashvishi bilan turib, kuz tashvishi bilan turib, kuz tashvishi bilan yotadigan bo’ldi.

Faqat bitta hovlida – qishloq chekkasidagi shundoqqina anhor yoqasida joylashgan hovlida sukunat hukm surar, faqat bir kishi o’z tashvishi bilan band edi.

Alimardon oz’ ovozidan cho’chib uyg’onib ketdi. Anchagacha qayerda yotganini bilolmay, ko’zlarini katta-katta ochgancha shiftga tikilib qoldi. A’zoyi badani o’t bo’lib yonar, peshonasini muzday ter bosgan, bir tutam sochi ter aralash qoshlariga yopishib qolgan edi.
(116 so’z. O’tkir Hoshimov)

Karvonsaroy

Xuroson mamlakati poytaxtiga aylangan G’azna shahriga kirish darvozasi yonida bunyod etilgan karvonsaroyda dunyoning hamma chekkalaridan savdo-sotiq ishlari bilan kelgan turli millat, qavm, elatlarga mansub savdo ahliga yo’liqasiz. Nariyog’i Iroq, Misr Yunoniston, Makka-yu Madinadan, berirog’i Qoshg’ar, Hindiston va Chindan, Buxoro, Samarqand singari mamlakat va shaharlardan kelganlarining son-sanog’i yo’qdek. Kashmiriy zarbof shohilar, turli qimmatbaho zargarlik buyumlari, nodir xitoyi chinni asboblar, don-dun, meva-cheva deysizmi, hamma-hammasi bor bunda. Bir tomondan turli gazlama, uy-ro’z’gor buyumlari ortilgan aravalar, tuyalar, ot-ulovlar tirband. Odamlar chehrasiga boqib, kelgan yurtini bilib olish qiyin emas.

Ayniqsa, Hindistondan keltirilgan mollar, turli, rangorang shohi sarilar yoki zargarlik buyumlari behisob.

Savdo ahlining G’aznaga oqib kelishiga tag’in bir sabab, bunda kundan-kun rivoj topib, keengayib borayotgan G’aznaviylar salatanati dovrug’i bo’ldi.
(121 so’z. M.Qoriyev)

Qаlаm


Аjdоdlаrimiz siyoh bilаn yozilаdigаn qаmish yoki sаvаg`ich qаlаmdаn kеng fоydаlаnishgаn. Bu mumtоz аdаbiyotimizdа хоmа dеb tilgа оlinаdi. Qаlаmning o`qqаlаm, tеmirqаlаm, tоshqаlаm dеgаn turlаri hаm bоr. Mo`yqаlаm tаsviriy sаn’аtdа ishlаtilsа, tоshqаlаm vа tеmirqаlаmlаrdаn qаttiq jismlаrni o`yish, kеsish, birоr nаrsаni tаsvirlаsh, yog`оchlаrgа gul sоlishdа fоydаlаnilgаn.

Qаlаmning tаkоmil yo`li insоniyatning rаvnаq etа bоrishi bilаn chаmbаrchаs bоg`liqdir. Bugungi mаdаniyatning ibtidоsi qаlаmgа bоrib tаqаlаdi. Ilk qаlаm- tоshqаlаm. Hоzir esа eng kеng tаrqаlgаn turi stеrjеnli ruchkаdir.

Yo`l usti bo`lsа-dа, tilimizning bоyligini ko`rsаtish mаqsаdidа, qаlаm so`zining ko`chmа mа’nоlаrigа qisqаchа to`хtаlib, bir nеchа misоl kеltirаmiz. Mаsаlаn, qаlаm аhli: yozuvchi vа shоirlаr, jurnаlist vа оlimlаr. Qаlаmi o`tkir: fikrini tа’sirchаn qilib yozа оlаdi.

(101 so`z. А.Ibrоhimоv «Yorug`lug`» kitоbidаn)


Odobli bola

Оdоbli bоlа ko`chаdа yurgаnidа оyoq оstigа qаrаb yurаdi. Tо mаktаbgа bоrgunchа bir rаvishdа bоrsinki, hаr bir ko`rgаn kishi ungа tаhsin qilib, rаhmаt аytsin. Оdоbli bоlа mаktаbgа kirgаndа, kаmоli tа’zim ilа ustоzu dоmlаsigа sаlоm bеrаr vа hаr kuni o`tirаdigаn jоyigа o`tirаr. Sаlоmаtlik ilа shukurlаr izhоr etib, hоl so`rаshаr...

Оdоbli bоlа mаktаbdа hаmmа vаqt o`z ishigа mаshg`ul bo`lаr. Birоr vаqt umrini bеkоr o`tkаzmаs. Hаr nаfаsdа bir ishni shаhоnа qilib mаktаbdаn tаshqаri chiqib, bеhudа so`zlаrni so`zlаb yurmаs. Mаktаbdа bоlаlаr rоhаtlаnmоq uchun hаm bir оz vаqt bоrdir. O`shа vаqtdа ustоzlаrning ijоzаti bilаn rоhаtlаnib o`ynаshlаri kеrаk. U ota-onasiga doimo rahmatlar yodiradi. Odobli bola har joyda el nazaridan qolmay yurar.

(105 so`z)(“Nаsihаtnоmа” dаn)

Vatan

Vatan - keng va ko’p miqyosli tushuncha. Vatan ostonadan boshlanadi. Vatan sen yashab kelayotgan, ulg’ayayotgan uy , ota-onang, aka-uka, opa-singillaring, xovlidagi daraxtlar, har kuni non yopiladigan tandir. Vatan - katta-kichik to’yga keladigan, azada jamlanadigan, chollari guzarda gurunglashadigan, maschitlaridan azon eshitiladigan qadrdon mahalla.

Vatan – paxta rejasi sal ilgariroq bajarilsa, boshing osmonga yetadigan viloyat. Vatan tuprog’idan oltin unuvchi, tog’larining boshi ko’kka yetgan, bog’-bo’stonga to’la O’zbekiston.

Vatan - biz yashab turgan kurrai zamin. Besh barmoq bir bo’lsa musht bo’ladi. Kim g’araz va adovat bilan tajovuz qilsa, ta’zirini berishadi. Neki yumish, neki mushkul ish bo’lsa, osongina xal etadilar. O’zbek, tojik, qozoq, qirg’iz, turkman – besh barmoqqa qiyos. Islom Karimovning “Bu aziz Vatan, ko’hna Turkiston barchamizniki”,- deyishlari shunga joizdir.

Aqlli bola

Bir kuni kechasi ot ustida borayotgan Alisherni uyqu bosib, ko’ziga qum tiqila boshladi. Kunduz kuni salqin bir buloq bo’yida chodir tikib, hamma orom olgan paytda, Alisher bir- ikki bola bilan saxrodagi katta kaltakesaklarni quvib, juda charchadi. Mana endi yarim kechada uyqu bosib, boshi garang bo’lib qoldi. Kichkina chavandozning egar ustida uxlab qolganini sezgan ot esa yurishini sekinlatib orqada qolib ketdi. Tong payti Alisherning oti nimanidir xurkib ketib, uni yiqitib yubordi. U qaerdaligini bilmay hayron bo’lib o’tirdi. Nihoyat, xushi o’ziga kelgach, bepoyon cho’lda bir o’zi qolganini ko’rib, juda qo’rqdi. Alisher otasidan, Iroq viloyati kun botish tomonda, Hirot- kun chiqishda, degan gapni eshitgan edi. Aqlli bola kun yorishib kelayotgan tomonga qarab yurib ketdi

Insonning eng qudratli boyligi

Inson o’z aql-idroki,bilimi bilan barcha qiyinchiliklarni yengib o’tishga qodir. Bilim insonlarni barcha yomon,yaramas ishlardan tiyib turadi. Bilim egalari hamisha elda aziz bo’lganlar va hurmat qozonganlar. Mamlakat ishiga nafi tegadigan kishilar avvalo bilimli va donishmand kishilardir. Jahonda bilimdan ulug,bilimdan aziz narsa yo’q. Insoniyat rivojiga o’z hissasini qo’shadigan bilimli kishilar hozir olimlar deb ataladilar. Olimlar tabiat va jamiyat bilan bog’liq hodisalarni o’rganadigan,ulardan xulosa chiqaradigan va qonuniyatlarni aniqlab,o’zidan keying avlodlarga yetkazadigan insonlardir. Ularning mehnati bilan bebaho fikrlar xazinasi bo’lmish kitoblar dunyoga kelgan. Qadimgi vaqtda esa olimlar donishmandlar deb atalib,ular bir necha sohalar bilan shug’ullanganlar. Shunday qomusiy sharq olimlaridan Abu Ali ibn Sino,Muhammad al-Xorazmiy,Abu Rayhon Beruniylarning yaratgan asarlari jahon ilm xazinasining poydevorlari hisoblanadi. Barcha kashfiyotlar,insoniyat erishgan yutuqlar va hozirgi taraqqiyot olimlarining mehnati natijasidir.



(130 so’z ,,O’zbek tili’’ darsligi)

Ilm xosiyati haqida

Hadisi Sharif va islomning boshqa muqaddas kitoblarida ilm ezgulik, poklik, insonlarni turli ofatlardan asrovchi vosita sifatida qaraladi. Ilm – bu hikmat, poklik ramzi, ilmsizlik jaholatdir, deb uqtiriladi.

Ilm - imon-e’tiqoddir va ular egizak sanaladi. Har qanday ilmli kishi esa o’z bilimiga amal qilgan holda odamlarga to’g’ri yo’l ko’rsatib, maslahat bermog’i lozim. Ilm-u hikmatlar o’tkinchi bir narsa emas, u uzoq yillar insonlar bilan birga yashaydi.

Hikmatlarda ilmli kishi mevali daraxtga o’xshatiladi. Ilm kishilarni odillik va odamiylikka undaydi. Suv yer chanqog’ini qondirganidek, ilm ham kishilarga ezgulik,yaxshilik keltiradi.

Ilm va hikmat o’rganmoq mo’min kishining yuksak fazilatidir. Chunki ilm-kishilarga tayanch, rahnamo, zeb-u ziynat.

Ilm - sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’iz damlarda yo’ldosh, baxtiyor daqiqalarda rahbar, qayg’uli onlarda madadkor.

(115 so’z. “Oz-oz o’rganib dono bo’lur”)

Sumalak

Sumalak – xushxo`r va tansiq taom. Sumalak tayyorlash uchun bug`doy tozalanib, sovuq suv bilan yuviladi. So`ng uch kun ivitib qo`yiladi. Bug`doy nish urgach, toza taxta ustiga 1-1,5 santimetr qalinlikda yoyilib, quyosh tushmaydigan joyga qo`yiladi. Bug`doy unib chiqqunga qadar har kuni ertalab suv sepib turiladi. Bug`doy maysasi igna bo`yi bo`lgach, maysa qiymalanadi, ustidan suv quyib aralashtiriladi, sharbati dokadan suzib olinadi. Shu tariqa sharbati uch marta olinadi. Qozonda paxta yog`i dog`lanadi, yoqqa un va birinchi suzilgan sharbat aralashtiriladi va baland olovda qaynatiladi. So`ngra, ikkinchi, uchinchi suzilgan sharbat quyilib, baland olovda qaynatish davom ettiriladi. Sumalak tagiga olmasligi uchun qozonga 15-20 ta yong`oq yoki silliq toshchalar yuvib solinadi va beto`xtov kovlab turiladi. Sumalak 10-12 soat qaynashi lozim. Sumalak pishgach, qozonning olovi olinib, 2-3 soat davomida dimlab qo`yiladi.

Inson quvvatlari

Odamzod ibtidosidan bo`ladigan quvvatlar so`zlash quvvati, tanlash quvvati, xayol quvvati, sezish quvvatlaridir. Bulardan so`zlash quvvati shunday quvvatki uning yordamida inson bilim va hunar egallaydi, uning yordamida xulq-atvoridagi xunuk va go`zal harakatlarni ajrata biladi va bajarilishi zarur bo`lgan –bo`lmagan ishlarni ado etadi, shu bilan birga zararli yoki foydali narsani, lazzatli va achchiq narsalarni fahmlaydi.

Tanlab olish xosiyatiga kelsak buning yordamida inson biror narsani istaydi yoki undan qochadi, unga beriladi yoki undan jirkanadi, undan ta’sirlanadi yoki tortinadi. Buning natijasida nafrat va muhabbat, do`stlik va dushmanlik, qo`rqinch va qo`rqmaslik, g`azab va rozilik kabi his–tuyg`uga oid holatlar paydo bo`ladi. Xayol etish xosiyati esa his etilgan, sezilgan narsalar ko`zdan yo`qolgandan keyin uning shakli va qiyofsini xotirada saqlab qolishdir.
Kitob – oftob

Kechqurunlari uyimizda hamma kechki ovqatga yig‘ilganida dasturxon atrofida suhbat qizib ketar edi.

Dadam shunda o‘zlarining yoshliklari o‘tgan zamondan, o‘sha biz uchun afsonaga o‘xshagan voqealarni aytib, ba`zan kuldirib, ba`zan o‘yga toldirib qo‘yar edilar.

Bu suhbatlar bir xil mavzularda bo‘lar edi.Ba`zan suhbatlar munozara, bahsga aylanib ketar edi.

Dadam bir pas bo‘sh vaqtlari bo‘lsa o‘qirdilar, mashinada ketayotib ham, samolyotda uchayotib ham, kemada suzayotib ham kitob o‘qir edilar. Agar bizning uyimizga keladigan gazeta, jurnallarning nomini eshitsangiz hayron bo‘lardingiz. Dadam obuna uchun pul ayamas edilar. Shuncha yozishlari, do‘stlari, qarindosh-urug‘lari, yor-birodarlari bilan muloqotda bo‘lishlaridan tashqari o‘qishga, albatta, vaqt topar edilar. Eng yaxshi ko‘rganlari kechasi o‘qish edi. Yotoqxonalarida tumboсhkada har kuni kechasi o‘qish uchun kitob g‘amlab qo‘yar edilar.

(113 ta so‘z)

Rayhon

Shiyponning o‘ng tomoni katta gulzor. Atrofiga jambil, rayhon o‘rtasiga anvoyi xil rangdagi atirgullar ekilgan. Choyxonaga kelgan kishi bir nafas gulzor yonida turib, rayhonlarni silkitishdan, to‘yib-to‘yib hidlashdan o‘zini tiyib turolmaydi. Shu zaylda rayhonlar ertayu kech tinim bilmay silkinadi. Райҳон hidini butun tolzor bo‘ylab taratib, dimoqlarni chog‘ qiladi. Gul shaydosi Orif otaning-ku, ertayu kech chakkasida rayhon. Tong pallasida bir dastasini do‘ppi tagidan qistirib olganicha, yostiqqa bosh qo‘yadi-yu, rayhonni yoniga tashlaydi. Hidi kelib turmasa ishidan yanglisharmish, uyqusi qocharmish. Orif ota gullar ta’rifini hikoya qilguday bo‘lsa, hamsuhbatining og‘zini ochirib qo‘yadi. Bitta rayhonning necha turini sanab, biridan-birining farqini aytib beradi. Uning nazarida, gullar ichida, nainki gullar, jamiki nabotot olamida rayhondek xushbo‘yi yo‘qmish. Huda-behudaga so‘lib, qurimaydi. Dimog‘ingni chog‘ qilsa, oshingni xushta’m qiladi.

(115 сўз, Rahmat Fayziy)


Vijdon

Vijdon – bu kishining kundalik faoliyati,qilmishi,fe`l-atvori uchun oila,jamoat ,jamiyat va Vatan oldida ma`naviy mas`uliyat his etishidir. Shu yuksak axloqiy tushuncha shaxsni ijobiy xatti –harakatlarga undab va shunga moyil qilib,o‘z faoliyatiga o‘zi baho berishga olib keladi. Vijdonli kishi nohaq , adolatsiz ishlardan g‘azabga keladi, bularga qarshilik bildiradi; o‘z faoliyatining yaxshi tomonlaridan qanoatlanib, xursand bo‘lsa, yomon tomonlaridan norozi bo‘lib, ruhan eziladi, ya`ni vijdon azobiga uchraydi. Vijdon- tug‘ma xislat deyuvchilar ham bor. Vijdon – kishilarning yashab turgan sharoitiga, olgan ta`lim – tarbiyasiga bog‘liq , deb hisoblovchilar ham mavjud. Biz o‘zimizning turmush tajribamizda aslida vijdonsiz kimsaning voyaga yetib, o‘qimishli, katta odam bo‘lib yetishganidan keyin vijdonli bo‘lib qolganini uchratmadik. Vijdon ko‘p yoki oz bilimlilikka , boy yoki kambag‘al bo‘lishlikka, oddiy yoki mashhurlikka bog‘liq emas.

(120 ta so‘z)

Ota-ona – oltin qanot

Jahonning hamma xalqlari kabi o‘zbek xalqi ham qadim-qadimdan ota-onani olamda eng ulug‘, eng mo‘tabar, eng muqaddas zot deb biladi va o‘z dunyoqarashida, yozma va og‘zaki adabiyotida, san`atda, kundalik muomalasida, ibratli so‘zlarida ota-onaning farzand uchun qanchalar qadr-qimmatli, mehribon, madadkor, ma`naviy tayanch ekanligini qayd etadi.

Ularni umrbod e`zozlash, izzat-hurmat qilish, qadriga yetish, boshiga ko‘tarib yurish, ularning gapini yerda qoldirmaslik, aytganini qilish, nasihatlariga quloq solish, dilini og‘ritmaslik, la`nat-u qarg‘ishiga qolmaslik, aksincha, yaxshilik qilib, oq sutini oqlab, ularni rozi qilib, olqish-u duosiga sazovor bo‘lish, ularning boshlagan ishlarini, an`analarini davom ettirish nihoyatda zarur, eng muqaddas burch ekanligi qayta-qayta uqtiriladi. Buyuk shoirimiz Navoiy bu haqda shunday deganlar:

Boshni fido ayla ato qoshig‘a,

Jismni qil sadqa ano boshig‘a.

Tun-kuningg‘a ylagali nur fosh,

Birisin oy ayla, birisin quyosh.

(127 ta so‘z. “Hikmatnoma” kitobidan)

Ona allasi

Musiqa hayratli va takrorlanmas hodisa. Bu bizning tuyg‘ularimizni junbushga keltiradi, to‘lqinlantirib, ko‘ngillarimizga huzur beradi, ko‘tarinkilik bag‘ishlaydi, ezgulikka undaydi, ma`naviy boyitadi. Musiqaning mudom “yashashi” uchun tabiiy sharoit va ehtiyoj mavjud. Ajdodlar tomonidan to‘plangan musiqaviy san`atlar muntazam ravishda boyib, takomillashib boradi. Mana shu jarayonda bola ilk qadamlaridanoq hayotbaxsh musiqadan bahramand bo‘ladi. Ona allasini ham san`atning musiqiy-hayotiy shakllari silsilasiga kiritish mumkin.

Alla bolani uxlatish uchungina mo‘ljallangan oddiy qo‘shiq emas. U ona va bola orasidagi umumiy, asrlar davomida saqlangan maxsus munosabatlar uchundir. Ona allasi shaklini olgan bu munosabatlar onadan bolaga o‘tmishdagi ajdodlar donishmandligining o‘tishiga, bolaning hayotga tabiiy kirib kelishiga imkon yaratadi, uni tarbiyalaydi.

Ona allasi faqat onaga xos bo‘lgan hissiy noziklikni ifodalaydi hamda qalbining tub-tubidan chiqib keladi. Ona butun vujudi, ruhiyati bilan sug‘orilgan ohanglar vositasida o‘zining eng muqaddas, eng ezgu tuyg‘ularini, orzu-istaklarini farzandiga yetkazadi, ana shu asnoda uni tarbiyalaydi.


Vatan tarixi

Har bir viloyatda yoki qishloqda tariximiz zarvaraqlariga oltin harflar ila bitilsa arzigulik kashfiyotlar yashirin . Bular odob va odatimizda ,tabiatimizda yashaydi .

Rahmatlik bobom aytgan edilar:Forobiy Toshkentga kelganida Beshyogochdagi madrasada tahsil olgan ekan .

Abdulla Avloniy uning ruhini shod etib , xuddi o‘sha yerga o‘z maktabini qurdi .

Chirchiq daryosi toshib , Forobiy kitob mutolaa qilgan kutubxona binosi buzilganda bir hafta suvda kitob oqqan ekan. O‘sha kitoblarni kim o‘qigan ?

Qadimshunoslar uzoq Surxondaryodagi Dalvarzintepadan Budda haykalini topishibdi.Budda dini hukmron bo‘lmish Yaponiya ziyolilari esa hayratda qolishibdi.Endi esa o‘sha yapon olimlari o‘zbek arxeologlari bilan hamkorlikda Dalvarzintepani o‘rganishmoqda.

Budda dini bizning sarhadlarimizga qaysi yo‘l bilan tarqalgani-yu u Yaponiyaga qanday borib qolganini aniqlashmoqda.Sarhadimizda qanday qonunlar kashf qilingan yoki hukm surgan bo‘lsa, o‘sha odatimizda qolgan desam ishonasizmi? (117 so‘z)

Vaqting ketdi — baxting ketdi

Insonning hamma vaqti ham ish, o‘qish bilan band bo‘lavermaydi. Aytaylik, ota-onaga qarashish, darsda bo‘lish, darsga tayyorlanish, maktab yoki boshqa muassasalarda, jamoat ishlarida qatnashish bilan bir qatorda orada bo‘sh vaqt ham bo‘ladi. Ana shu bo‘sh vaqtdan unumli, maqsadli foydalana bilish, uni bekorga ketkazmaslik ham oqilona ishlardandir. Ammo, ayrim bolalar bo‘sh vaqtlaridan to‘g‘ri foydalanmaydilar. Eng noyob boylik — bo‘sh vaqtini behudaga o‘tkazib, bir-birlari bilan gaplashib o‘tirish, arzimagan mayda-chuyda narsalar ustida bahslashish, ko‘cha-ko‘yda sanqib yurish bilan kun o‘tkazuvchi bolalarni ko‘rib afsuslanasan, kishi. Жismoniy va aqliy yetuk inson bo‘lib yetishuvida bo‘sh vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, undan oqilona foydalana bilish muhimдир. Dono xalqimizning: «Vaqtning qadriga yet», «Vaqting ketdi — baxting ketdi» deyishi xuddi ana shu bo‘sh vaqtni qadrlay olish, undan unumli foydalanishni ko‘zda tutib aytilgan.

( 114 So‘z, Malik Murodov “Oltin sandiq ochildi” to‘plamdan

Ajoyib qo’lyozma

G‘iyosiddin kichkina qish kunlari o‘z uyida bo‘lgan o‘tirishlardan birini unutmaydi. Anchagina mehmonlar yig‘ilgan. Shirin suhbat boshlangan.

-Aziz mehmonlar, bugun men sizlarga san’atning nodir bir asarini ko‘rsatmoqchiman.

G‘iyosiddin shunday dedi-yu, tokchadan bir ajoyib qo‘lyozma asarini oldi. Kitobga xattotning ham, naqqoshning ham, muqovasozning ham xiylagina mehnati singganligi ko‘rinib turardi. Shohidbek silliq qog‘oz betiga zo‘r mahorat bilan zarhal naqsh chizilgan. Sahifaning keng havorang hoshiyalari zarhal kumush rasmlar bilan bezalgan.

Qo‘lyozma qo‘ldan qo‘lga o‘tar ekan yuqoridanmi, o‘ymakor eshik ortidanmi mayin musiqa eshitildi. Kuy gohi yaqinlashar, goh yana uzoqlashardi. Uyga naychi kirib keldi. Unga javob qilganday, uyning bir burchagida o‘tirgan yana bir sozanda g‘ijjak chalib yubordi. Hamma jim bo‘lib, mungli, lekin orombaxsh kuyga quloq soldi.

(110 ta so‘z)
Uloqda

Handalak tilimi shaklidagi jarlik tepasida tumonat odam. Baqir-chaqiriqlar avjida. Ko‘pchilikning ko‘zi uloq olib ketayotgan chavandozga qadaldi. Chavandozning birinchi bor omadi yurgan bo‘lsa kerak, otining tez chopayotganiga ham qoniqmay, qamchilagani-qamchilagan. Hovliqqanidan atrofdagilarga qo‘shilib ovozi boricha “hayt-huyt” lab, o‘zini ko‘rsatish uchun pakkaga to‘g‘ri yo‘l qolib, egri yo‘ldan aylanib borardi.

Yigit uloqni pakkaga tashlagach, ortidan quyundek yopirilib kelgan uloqchilar uymalashib qolishdi. Ular yerdan echkini olgunlariga qadar orqadan yana bir to‘da uloqchilar ham yetib kelishdi.

Chavandozlar uloqqa yopishar, otlar tuyog‘idan qadam bosishga joy yo‘q. G‘ij-gij to‘daning ustidan quyuq hovur ko‘tariladi. Ur-sur, to‘polon. Qamchilar havoda uchar, otlar jon-jahdlari bilan kishnar, chavandozlar baqirardi. Qo‘llar uloqqa cho‘zilgan, ba’zilar tutgan, ba’zilari tutolmagan.