ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 09.12.2023

Просмотров: 136

Скачиваний: 4

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.


Mundarija


Kirish Asosiy qism:


  1. Investitsiya dasturining mohiyati, ahamiyati, uni shakllantirishning asosiy tamoyillari va ustuvor yo'nalishlari.

  2. Investitsiya dasturining tarkibi va uni shakllantirish bosqichlari.

  3. Investitsiya dasturining amalga oshirilishi monitoring.

  4. Investitsiya dasturi loyihalarini ko'rib chiqish tartibi.

  5. Davlat investitsiya dasturlariga misollar.

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH



Mustaqillikka erishish va iqtisodiyotni rivojlantirishning bozor yo'lini tanlanishi xalq xo'jaligida tub tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirishni talab qiladi. Yuqorida qayd etilgan tadbirlarni amalga oshirish o'z navbatida katta miqdorda moddiy, moliyaviy, intellektual resurslarning manbalarini izlash, shakllantirish va umuman, O'zbekiston uchun yangi va qulay bo'lgan investitsiyaviy faoliyatni yo'lga qo'yishni taqozo etadi.

Davlat hozirgi sharoitda ushbu jarayonning rivojlantirishga qaratilgan qator muhim chora-tadbirlarni muntazam amalga oshirib kelmoqda, xususan, investitsiya faoliyatining huquqiy asoslari ishlab chiqildi. Xorijdan jalb qilinadigan investitsiyalar uchun turli kafolatlar beruvchi qonun va me'yoriy hujjatlar yaratildi hamda ular bozor iqtisodiyotining rivojlana borishi bilan takomil- lashtirilmoqda.

Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar investitsiya faoliyatiga yangicha yondashishni taqozo etmoqda. Bunday yondashuv quyidagi qoidalardan kelib chiqadi:

  • investitsiya jarayonini faollashtirish, investitsiya resurslarini iqtisodiyotning ustivor sohalariga yo'naltirish;

  • investitsiya jarayoniga korxonalar, tashkilotlar, aholi jamg'ar- malarini to'laroq jalb etish va undan respublikaning iqtisodiy- ijtimoiy muammolarini hal qilishda foydalanish;

  • chet el kapitalining kirib kelishi uchun qulay investitsiya muhitini yaratish.

Investitsiya dasturlarining moliyalashtirish imkoniyatlari markaz- lashgan manbalarning chegaralanganligi uchun kapital mablag'lardan foydalanish yo'nalishiga jiddiy ta'sir ko'rsatmoqda. Budjet hisobidan birinchi navbatda ijtimoiy sohani moliyalashtirish uchun foydalanil- moqda. Ishlab chiqarishni rivojlantirish avvalo korxona va tashkilot- larning o'z mablag'larini safarbar qilish bank krediti hisobiga amalga oshirilmoqda.

Investitsiyani moliyalashtirish asosan mamlakatdagi iqtisodiy siyosat, qonunchilik, investitsiyani
jalb qilish infratuzilmasining rivoji, darajasi va mamlakatning iqtisodiy ahvoliga bog'liq bo'ladi.

Investitsiya faoliyatini rivoji uchun mazkur omillarni ilmiy tahlil qilish lozim. Bu tahlil mablag'lar yo'nalishining eng maqbul usulini tanlash va kelajakda har bir hududga mos keladigan investitsiya siyosatini belgilash imkoniyatini beradi. Iqtisodiy o'sishga erishishda nafaqat investitsiya hajmini ko'paytirish, balki ularning yo'nalishlari va tuzilmalarini to'g'ri tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Investitsiyalash uchun shunday ishlab chiqarish turlari va korxona- larni tanlash lozimki, ular tezda o'zini qoplab, yuqori darajada iqtisodiy va texnologik samara bera olishlari kerak.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichida iqtisodiy o'sishni jadallashtirish uchun investitsiyaning hajmini keskin ko'paytirish lozim bo'ladi. Hozirgi bosqichda mablag'lar yetishmovchiligini hisobga olib, nodavlat investitsiya

manbalarini topish va har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadga muvofiq bo'ladi.

Xalqaro moliya institutlarining valuta-kredit liniyalaridan foydalanish, lizingni rivojlantirishga yo'naltirilgan ishlar va boshqalar investitsiyalarning moliyalashtirish amaliyotiga jiddiy o'zgartirishlar kiritadi. Investitsiyalashning bozor mexanizmlarini joriy etish, bevosita xorijiy investitsiyalar, kreditlarni jalb qilish, moliya bozori orqali investitsiya manbalarining shakllantirishni kengaytirish, noan'anaviy moliyalashtirish usullaridan foydalanish amaliyotini chuqur, atroflicha tadqiq etish va ularni umumlashtirish zaruratini kun tartibiga qo'yadi.

Investitsiya faoliyatini samarali tashkil qilishda hali qal qilinishi zarur bo'lgan qator vazifalar borki, ular mavjud qonun va me'yoriy hujjatlardan to'g'ri foydalanadigan va umuman, investitsiyalardan samarali foydalanish bo'yicha kadrlarni tayyorlash ularning malakasini muntazam oshirishni talab qilmoqda. Mazkur soha uchun malakali kadrlarni tayyorlashni tubdan yaxshilash va sifatini oshirishda, ayniqsa kasb-hunar kollejlari o'quvchilariga mo'ljal- langan darsliklar, o'quv-uslubiy qo'llanmalarning yetishmasligi ma'lum qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda.

Ushbu o'quv qo'llanma aynan kasb-qunar kollejlarining o'quv- chilari uchun mo'ljallangan bo'lib, ularga investitsiyalar mohiyati, manbalari, investitsiyalarni tashkil etish, samarali foydalanish yo'nalishlari haqida to'la bilim va ko'nikmalarni beradi degan umiddamiz.
    1.   1   2   3   4   5   6

Investitsiya dasturining mohiyati, ahamiyati, uni shakllantirishning asosiy tamoyillari va ustuvor yo'nalishlari


Investitsiya dasturi (keyingi o'rinlarda dastur deb ataladi) — bu respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral xomashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo'li bilan respublikaning ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy o'zgartirishning asosiy ustuvor- liklarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yo'naltirilgan bir-biri bilan o'zaro bog'langan chora-tabdirlar kompleksidir.

O'zbekistonda investitsiya dasturining ustuvorliklarini belgilash- da va mamlakatimizga chet el kapitalini jalb etishda davlatning ustuvorligi saqlanib kelinmoqda. Birinchi bosqichda (1991—1994 yillar) islohotlar siyosatida keng investitsiyalar dasturi va davlat korxonalariga markazlashtirilgan kreditlar ajratish nazarda tutildi, bu esa kattagina budjet taqchilligiga olib keldi. Ikkinchi bosqichda (1995—2003 yillar) islohotlar siyosati budjet boshqaruvini kengaytirishga qaratilgan qattiq moliya siyosati bilan ajralib turdi. Islohotlarning uchinchi bosqichida (2003 — hozirgi yillar) savdo va valuta cheklashlarining liberallashuvi, ochiq valuta kursining joriy qilinishi, moliya sektorini isloh qilish, soliq tizimini mustahkamlash, import qat'iy cheklashlarning joriy qilinishi bilan tavsiflandi. Islohotlarning hozirgi bosqichida savdo, valuta cheklashlarini erkinlashtirish va soliq islohotlarini o'tkazish (soliqlarning rag'batlantiruvchi rolini oshirish) qishloq xo'jaligi va moliya sektorini isloh qilish yirik korxonalarni xususiylashtirish sur'atlarini jadallashtirish, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va yashashga qobil davlat korxonalarini qayta tashkil qilish hamda zarar ko'rib ishlaydiganlarni tugatish va boshqalarni nazarda tutadi.

O'zbekiston Respublikasi investitsiya dasturi respublikani ijti- moiy- iqtisodiy rivojlantirish bashoratlarining tarkibiy qismi hisob- lanadi va davlat investitsiya siyosatining ustuvor yo'nalishlarini aks ettiradi. Shu bilan birga, investitsiya dasturi loyiha-qidiruv ishlaridan boshlab mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning umumdavlat dasturlarini bajarilishini ta'minlash uchun obyektni foydalanishga topshirishgacha bo'lgan bosqichlarni hisobga olgan holda, investitsiya loyihalarining amalga oshirish muddatlari va moliyalashtirish manbalarini hisobga olib, har yili dasturning asosiy ko'rsatkichlari aniqlashtirilgan va aniq ro'yxati yangilangan holda 3 yillik davrga shakllantiriladi.

Investitsiya dasturini
shakllantirishning asosiy tamoyillari quyi- dagilar hisoblanadi:

  • investitsiya jarayonlarini boshqarish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, maqbul shartlarda xorijiy investitsiyalarni va kredit- larni jalb etish, shuningdek, loyihalarni tanlab olish va ularning amalga oshirilishi monitoringini olib borish asosida ulardan samarali foydalanish mexanizmini yaratish;

  • belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoq- larini va faoliyat sohalarini qo'llab-quvvatlash;

  • ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan tarmoqlarni (ta'lim, sog'liqni saqlash) birinchi navbatda, moliyalashtirish;

  • mineral xomashyo resurslarini va qishloq xo'jaligi mahsu- lotlarini chuqur qayta ishlashni, tayyor mahsulotni tashqi bozorda raqobatbardoshlik darajasiga yetkazishga yo'naltirilgan ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini qo 'llab- quvvatlash;

  • transport infratuzilmasini rivojlantirish va takomillashtirish;

  • tarkibiy o'zgarishlar vazifalari va amalga oshirilayotgan inves¬titsiya siyosatiga muvofiq mablag' qo'yishning o'zaro manfaatliligi asosida xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, tomonlarning investitsiya majburiyatlari asosida shartnomalar tuzish amaliyotini joriy etish;

  • investitsiya loyihalarini investitsiya dasturining aniq ro'yxatiga oldindan belgilangan mezonlar asosida kiritish;

  • ilgari boshlangan obyektlarni tugallash uchun markazlash- tirilgan investitsiyalarni, birinchi navbatda, ajratish.

Loyihalarni tanlab olishda ularning samaradorligi, respublika iqtisodiyoti ayrim tarmoqlari va mintaqalarini rivojlantirish ustuvor-liklari, mahsulot sotish ko'rsatkichlari, shu jumladan, eksportga yo'naltirilganlik, butlovchi buyumlar va komponentlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishda qatnashish va shu kabilar asosiy mezonlar hisoblanadi. Investitsiya dasturida loyihani baholash qiymati, tugallanmagan qurilishi va qurilishni tugallash hamda foydalanishga topshirish uchun yillar bo'yicha joriy narxlarda moliyalashtirishga ehtiyoj, moliyalashtirishning tasdiqlangan manbalari to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatiladi.

Investitsiya dasturini ishlab chiqishda yirik va o'ta muhim loyihalar alohida, katta bo'lmagan bir tipdagi loyihalar yaxlit kiritilishi mumkin (masalan: maktablar, qishloq shifokorlik punktlari qurilishi va boshqalar).


Investitsiya dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishi bo'yicha barcha ishlarni O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi mu- vofiqlashtirib boradi. Investitsiya dasturi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan tasdiqlanadi.

O'zbekiston Respublikasi investitsiya dasturida nazarda tutilgan kapital qurilishni mablag' bilan ta'minlash va uni kreditlash ishlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kapital qurilishda xo'jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorida ko'rsatilgan tartibga asosan amalga oshiriladi. Unga muvofiq investitsiya loyihasini markaz- lashtirilgan manbalar hisobiga mablag' bilan ta'minlash har qaysi obyekt bo'yicha ajratilgan kapital qo'yilmalar limitlar doirasida qat'iy amal qilgan holda, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan qurilishlarning aniq mo'ljalli ro'yxati va qurilishlarning belgilangan tartibda tasdiq- langan titul ro'yxati asosida amalga oshiriladi.

O'zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi — bu davlat tomonidan xorijiy investitsiyalarni qo'llab-quvvatlash uchun ustuvor va birinchi galda

bajarilishi kerak bo'lgan davlat tomonidan rag'batlantiriluvchi yo'nalishlarni ishlab chiqish vositasida amalga oshiriladigan chora - tadbirlar hamda xorijiy investorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratish va ular kiritgan mablag'larning yuqori iqtisodiy samaradorligiga erishish uchun mukammal huquqiy baza, tegishli institutlar yaratish tizimidir.

Ustuvor yo'nalishlarga quyidagilarni kiritish mumkin: Birinchi ustuvor yo'nalish — ommaviy turar-joy qurilishi;

Ikkinchi ustuvor yo'nalish zamonaviy kommunikatsiya vositalari, transport va aloqa vositalarini ishlab chiqarish, transport va informatsiya tarmoqlarini yaratish va modernizatsiya qilish;

Uchinchi ustuvor yo'nalish — yuqori texnologiyalar. Yuqori texnologik va jahon bozorlarida raqobatbardosh, import mollarining o'rnini bosa oladigan tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etish;

To'rtinchi ustuvor yo'nalish zaxiralarni tejovchi ekologik toza texnologiyalar. Mineral boyliklarni yer ostidan qazib olish va tabiiy xomashyoni to'liq va kompleks qayta ishlash uchun eng yangi fan-texnika yutuqlaridan foydalanish;

Beshinchi ustuvor yo'nalish — fermerlik va dehqon xo'jaliklari tarmog'i, ishlab chiqarish, qayta ishlash, qadoqlash, transportirovka qilish, sotish va shifobaxsh qo'shilmalari bo'lgan ekologik va oziq- ovqat mahsulotlari bo'yicha andazalarga amal qilgan holda nazorat qilish texnologiyasini o'zlashtirib olgan qayta ishlovchi va savdo korxonalarining ko'magi asosida ekologik toza oziq-ovqat mah-