Файл: Ozbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 23.11.2023

Просмотров: 507

Скачиваний: 8

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
«800 Adabiyotª bo‗limlarida u alohida til, hamda alohida adabiyotlarni ajratgan. U shunga muvofiq, 490 va 890 indekslariga yetgach, ikkinchi bosqich bo‗linishlari nihoyasiga yetgach, u bir rubrikalarni «kichik tillarª va «kichik adabiyotlarª deb atadi, hamda tillar va adabiyotlarni endi klassifikatsiyaning uchinchi bosqichida ajratishda taklif qildi. O‗nlik Klassifikatsiya da bunday misollar talaygina.

O‗nlik Klassifikatsiya sanab o‗tiladigan klassifikatsiyalash tipiga kiradi. Dyui standart tugallanma printsipini kiritdi, ya‘ni bir xil belgilarga muvofiq ajratilgan turli bo‗limlarning bo‗linmalariga indekslarning bir xil tugallanmasini kiritdi19. Masalan, lug‗atlarning indeksi doimo 03, vaqtli nashrlarniki 05 da tugaydi. Misollardan ko‗rinib turibdiki, indeks bir raqam yoki ikki belgili raqam bilan ifodalanishi kerak bo‗lganda Dyui uni 3 raqamiga aylantirish uchun 0 yoki 00 qo‗shgan. Masalan, 5 o‗rniga 500, 51 o‗rniga 510; shu tufayli indekslar yaxlit raqamlar izchilligida joylashadi. Bu tokchalarda kitoblarni va katalogda kartochkalarni joylashtirishni soddalashtirish maqsadida qilingan. O‗nlik indekslar klassifikatsiyalash sistemasining oson egallanishini ta‘minlaydi, ular
19 Introduction to Library and Information Science//en.wikibooks.org.-2015.-p.83

103


mnemonik, kengayadigan, sistemadan fond hajmi turlicha kutubxonalarda diferentsiallashgan holda foydalanish imkonini beradi. Aynan mana shular Universal O‗nlik klassifikatsiyaning keng tarqalishiga olib keldi.

Formal, geografik vat il bo‗linmalarini standartlash shu yo‗sinda amalga oshirilgan. Dyui shuningdek, klassifikatsiyalash jadvallariga tuziladigan APKning ahamiyatini to‗g‗ri baholay bildi. XIX asrning 70 yillarida APK yaratish g‗oyasi yangilik emasdi, biroq Universal O‗nlik klassifikatsiyaning chiqishi bilan APK klassifikatsiya jadvallarining tarkibiy qismi bo‗lib qoladi.

Universal O‗nlik klassifikatsiya Dyui hayotlik chog‗ida 12 marta nashr etildi. AQShda hozirgi kunda ham uning kengaytirilgan va to‗ldirilgan nashlari chiqmoqda. 13-nashridan Dyui vafotidan keyin (1932) birinchi nashridan boshlab Universal O‗nlik klassifikatsiyaga aniqlagichlarning mustaqil jadvallrai kiritilgan.

Klassifikatsiyalash strukturasiga yangidan-yangi o‗zgartirishlar kiritish hozirgi kunda ham davom etmoqda. Klassifikatsiya mazmuniga ham o‗zgartirishlar kiritilmoqda.

Universal O‗nlik klassifikatsiya dunyosininig ko‗p mamlakatlarda qo‗llanilmoqda. Biz uchun O‗nlik Klassifikatsiyaning asosiy ahamiyati shundaki, u «Universal o‗nlik klassifikatsiyaª (UO‗K) ga asos qilib olingan.

Universal O‗nlik klassifikatsiya ning tuzilishi XIX asr oxirida Bryusselda tashkil qilingan xalqaro bibliografiya instituti (XBI) ning faoliyatiga bog‗langan. Institut «Universal bibliografik repertualª, ya‘ni barcha mamlakatlarda, barcha tillarda nashr etilgan fanning barcha sohalaridagi adabiyotlarninig bibliografik ko‗rsatkichini tuzishnio‗z oldiga maqsad qilib qo‗yogan edi. Bunday ishni amalga oshirish xalqaro miqiyosda foydalanishga yaroqli bo‗lgan fanning barcha sohalarini qamrab oladigan mufassal klassifikatsion sistemani yaratishni talab etdi.

XBI mutaxassislari ishlab chiqqan klassifikatsiyaga O‗nlik Klassifikatsiya asos qilib olindi, chunki o‗nlik indeklash halqaro yagona til bo‗lib, bundan tashqarii jadvallarni mufassallashtirish imkonini ham berardi. O‗nlik Klassifikatsiya jiddiy qayta ishlandi. 1927 yildan boshlab XBI shuningdek, turli mamlakatlarda turli

104

tillarda nashr etiladigan bu mustaqil ahamiyatga ega bo‗lgan, qayta ishlangan
klassifikatsiya nashrlari (UO‗K) «Universal o‗nlik klassifmkatsiyaª nomini oldi. Universal O‗nlik klassifikatsiyada O‗nlik Klassifikatsiyaning asosiy qatori saqlab qolingan, biroq birinchi va ikkinchi bosqich indekslarining ko‗rinishi o‗zgartirilgan uch va ikki belgili indekslardan nollarni chiqarib tashlangan. Universal O‗nlik klassifikatsiya indekslarini insoniyat bilimlari majmuini bir deb faraz qilib, o‗nli kasr tarzida tushunish kerak. Indekslarni yaxshiroq idrok etish maqsadida har bir uch raqam keyingilaridan nuqta bilan ajratiladi.

Universal O‗nlik Klassifikasiyaning zamonaviy nashrlarini asosiy qatori


0

Umumiy bo‗lim

1

Falsafa

2

Din

3

Ijtimoiy fanlar

4

Bo‗lim 1972 yilda XHF (hujjatlar barcha xalqaro federatsiya)

qaroriga muvofiq bo‗shatilgan va uning tarkibi 8-bo‗limga

o‗tkazilgan

5

Mateamtika. Tabiiy fanlar

6

Amaliy fanlar

7

San‘at. Sport

8

Tilshunoslik. Adabiyotshunoslik. Badiiy adabiyot

9

Tarix. Geografiya

Universal O‗nlik klassifikatsiya anchagina mufassallashtirilgan, rubrikalarning ayrim nomlariga aniqlik kiritgan, biroq asosiy o‗zgartirishlar klassifikatsiya strukturasiga taaluqlidir. XBI aniqlagichlar umumiy va analitik ajratkichlarning

butun bir sistemasini ishlab chiqqan. Jadvalda Universal O‗nlik

105




klassifikatsiyaning eng ko‗p qo‗llaniladigan tanitish belgilari bo‗lgan umumiy aniqlagichlari ko‗rsatilgan. Universal O‗nlik klassifikatsiya tashkil topgan vaqtdayoq, ko‗p aspektli klassifikatsiya xarakatlarini kasb etdi va butun dunyoda klassifikatsiyalash nazariyasi va praktikasining rivojiga katta ta‘sir ko‗rsatdi.

Universal O‗nlik klassifikatsiya dunyoning ko‗p malakatlaridagi kutubxonalarda, bibliografik va axborot muassasalarida, nashriyotlarda qo‗llaniladi. XHF Universal O‗nlik klassifikatsiya ni fanning zamonaviy taraqqiyoti darajasiga yaqinlashtirish, shuningdek uni izlovchilik sifatlarini oshirish maqsadida unga o‗zgartirish va ko‗shimchalar kiritadi. XHF «4 Tilshunoslikª bo‗limini «8 Adabiyotshunoslik. Badiiy adabiyotª bo‗limiga o‗tkazibuni bo‗hatdi. Shu tufayli filologiya fanlarining kompleksini birlashtirishga erishildi, bo‗shagan joy tabiatshunoslik va texnikaning yangi rivojlanayotgan sohalari uchun ajratib qo‗yildi.

Universal O‗nlik klassifikatsiya strukturasi

Universal O‗nlik klassifikatsiya axborot manbalarni va hujjatlarni klassifikatsiya qilishda xalqaro klassifikatsiya hisoblanadi. Bu sistema fan va texnikaning barcha bo‗limlarini aks ettirishda universal xalqaro sistemadir. Unga fan va texnika erishayotgan barcha yangiliklarni jadval strukturasida jiddiy o‗zgarishlarsiz doimo to‗ldirib, kiritib boradi. Bo‗limlarni o‗zaro aloqasini aks ettirish ham boshqa klassifikatsiyaga qaraganda bir qator yutuqlarga ega. Bo‗limlarni aks ettrish uchun faqatgina arab raqamlaridan foydalaniladi. Ular barcha xalqlar uchun tilidan, qanday alfavitdan foydalanishlaridan qat‘iy nazar barcha uchun tushunarlidir. Bu Universal O‗nlik klassifikatsiyani xalqaro, barcha xalqlar uchun foydalanish mumkin bo‗lgan sistemaga

aylantirdi.

Ilk Universal O‗nlik klassifikatsiya jadvali 1905 yil

Bryuselda fransuz tilida nashr etilgan. 1927-1933

yillarda 2-qayta nashri fransuz tilida. 3-xalqaro nashri nemis tilida norma va standartlar nashriyoti tomonidan

106

1934-1953 yillarda nashr etilgan. 4-xalqaro nashri ingliz tilida, 5-nashri fransuz tilida, 6-nashri yapon tilida, 7-nashri ispan tilida. 1958 yilda 8-nashri nemis tilida nashr etilgan.

Universal O‗nlik klassifikatsiyaning rivojlantirish bilan XHF (Xalqaro Hujjatlar Federatsiyasi) shug‗ullangan. 1950 yildan bugunga qadar XHF Fan va texnika taktibini hisobga olgan holda Universal O‗nlik klassifikatsiyaga o‗zgartirishlar kiritib boradi. XHF tomonidan maxsus nashrlar chiqariladi. «DP-Notesª va «P-Notesª (Proekti predlojeniy) «Takliflar loyihasiª va «Takliflarª. Bu nashlarda turli mamlakatlardan UO‗K jadvaliga tashkilotlar tomonidan, olim va mutaxasssislar tomonidan indekslarga kiritilishi mumkin bo‗lgan o‗zgartirishlar, to‗ldirishlar haqidagi taklif mulohazalar chop etiladi.

Bu takliflar 6 oy ichida boshqa mutaxassislar, tashkilotlar tomonidan rad etilmasa, kuchga kiradi va XHFning maxsus «Extensions and Corrections to the UDCª (UO‗K ga o‗zgartirishlar va qo‗shimchalar) nashrida chop etiladi. Yiliga ikkita soni chiqadi. 3 yillik seriya hisoblanadi. 6ta son.

Biror bo‗limiga qachon o‗zgartirish kiritiladiq

Fan va texnika tartibining bugungi kundagi mazmun mohiyatini to‗liq aks eta olmagan indekslardagina qayta ko‗rib chiqiladi. UO‗Kni stabillashtirish, ya‘ni muqobillashtirish maqsadida indekslar o‗zgarishi, qayta ko‗rilishi haqidagi takliflar to‗liq annotatsiyalangan holda, asoslangan holda qabul qilinadi.

Sobiq sovet tuzumining 1962 yil 11-may 445-qaroriga muvofiq «Mamlakatda
fan, texnika axborotlarini yaxshilash chora tadbirlariª qarorlaridan so‗ng 1963 yildan ilmiy-texnika jurnallar, ilmiy-axborot tashkilotlarida, ilm-texnika kutubxonalarida barcha nashrlarni UO‗K asosida klassifikatsiya qilina boshlandi. Bugungi kunda Universal O‗nlik klassifikatsiya yagona Xalqaro universal sistemadir. 50 dan ortiq mamlakatlarda qo‗llaniladi. Universal O‗nlik klassifikatsiyaning rivojlantirishda Xalqaro Hujjatlar Federatsiyasi yetakchi tashkilot hisoblanadi. Universal O‗nlik klassifikatsiyani taraqqiy ettirish borasida bugungi kunda ham bir qator ishlar qilinmoqda. Bunda turli davlatlardan mutaxassislar qatnashadilar. Rossiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh,

107



Yaponiya, Polsha kabi davlatlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar o‗z hissalarini qo‗shadilar.

Pol Otle (Paul Otlet) (1868-1944)

UO‗K ni faqat Yevropa

emas, Lotin Amerika

mamalakati, Afrika, Osiyo, Avstraliya ham qo‗llagan. Uning targ‗ibotida Xalqaro

bibliografik institutining

(XBI) ilmiy kotibi Pol Otle hissa qo‗shgan.

UO‗K anchagina mufasallashtirilgan rubrikalarning ayrim nomlariga aniqlik kiritilgan, biroq asosiy o‗zgartirishlar klassifikatsiya strukturasiga taaluqlidir. XBI aniqlagichlar - umumiy va analitik ajratkichlarning butun bir sistemasini ishlab chiqqan. Jadvalda UO‗K ning eng ko‗p qo‗llaniladigan tanitish belgilari bo‗lgan umumiy aniqlagichlari ko‗rsatilgan.

Belgi « + » (Biriktirish) Prisoedinenie

Hujjatni mazmunini bitta indeks ochib berilmasa, hujjatda ikki yoki undan ortiq

masala yoritilgan bo‗lsa, talaffuzda «vaª


7+8

San‘at va adabiyot

622+669

Tog‗ ishi va metallurgiya

(7+8)

Shimoliy va Janubiy Amerika



Belgi « / » (Tarqalish) Rasprosranenie.

Hujjatning mazmuni o‗nlik qatorida ketma-ketlikda joylashgan bo‗lsa, bir nechta

izchil joylashuvchi alohida tushunchalarni qamrab oluvchi yangi tushuncha

indeksini hosil qilishi kerak.

615/618 Kasalliklar, ularning oldini olish, davolash

592/599 Sistematik zoologiya
108


Belgi « : » (Munosobat). Talaffuz munosabatida

Dastlabki tushunchalar o‗rtasidagi aloqani aks ettiruvchi yangi tushuncha

indeksini yaratish lozim.


61:34

Sud meditsinasi

016

Tarmoq bibliografiyasi

016:677

To‗qimachilik sanoati bibliografiyasi

31

Statistika

31:63

Qozog‗iston statistikasi


Forma aniqlagichlari

(031) Ensiklopediya

622 (031) Tog‗ ishlsri bo‗yicha ensiklopediya Umumiy aniqlagichlar qavsda yoziladi.

Aniqlagichlar yordamida turli xil hujjatlarni, adabiy yoki grafik materiallarini, vaqtli va davomli nashrlarni gruppalash mumkin.

Masalan:


512 (075)

Ingliz tilidan o‗quv qo‗llanma

52 (091)

Institut astronomiyasi

53 (063)

Fizikadan s‘ezd materiallari

54 (054)

Ximiyadan jurnal maqolalari

54 (05)

Ximiya jurnali


Til aniqlagichi belgi « = » (tenglik) Talaffuzi tenglik


= 20

Ingliz tili

= 30

Nemis tili

58

Botanika

58=20

Ingliz tilida botanika

58 (031)

Botanikadan spravochnik

58(031)=20

Ingliz tilida botanika spravochnigi

109


=00

Bir necha tillarda belgisini anglatadi

53

(031)=00=20=30

Fizikadan spravochnik ingliz va nemis tillarida

=82

Rus tilidagi materiallar

=089.2

Esperanto