Файл: Ozbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 23.11.2023

Просмотров: 505

Скачиваний: 8

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.


Forma shakl aniqlagichi belgisi (0)


(03)

Ensiklopediyalar

(04)

Broshyura, disk

(05)

Jurnal, gazeta, kalendar

(07)

Matematika dlya prepodavaniya uchebno‗x

posobiy

(084)

Grafik va tasviriy san‘at materiallari


Joy aniqlagichi ( ) qavs (geografik)


(100)

Dunyo

(4/9)

Dunyo mamlakatlari

(4)

Yevropa

(5)

Osiyo

(6)

Afrika

(9)

Avtraliya, Okeaniya

621.311(410)

Buyuk Britaniya elektrostantsiyalari

382(44:100)

Frantsiya va boshqa mamlakatlarning savdo

aloqalari


110


Nazorat savollari:

1. Universal o‗nlik klassifikatsiya jadvalining yaratilish tarixi haqida gapirib bering?

2. M.Dyui faoliyati va uning klassifikatsiya jadvalini tushuntiring?

3. Universal O‗nlik klassifikatsiya strukturasi nimadan iborat?

4. Universal O‗nlik klassifikatsiyada hujjatlarni indekslash prinsiplarini ochib bering?

5. Universal O‗nlik klassifikatsiyaning KBKdan farqi nima?

6. Universal O‗nlik klassifikatsiyaning rivojlanishida Xalqaro Hujjatlar Federatsiyasi tutgan o‗rni haqida aytib bering?
Sistemali katalogni tashkil qilish.

Sistemali katalogni tashkil qilish jarayoni to‗g‗risida umumiy tushuncha

Sistemali katalogni tashkil qilish matbuot asarlarini klassifikatsiyalashning bundan oldingi jarayoni bilan bevosita bog‗liqdir. Klassifikatsiyalash paytida kelingan xulosaga binoan tasvirlar bu katalogda gruppalarga ajratilib, uning bo‗limlari, bo‗limchalari va mayda bo‗linmalari hosil qilinadi. Biroq sistemali katalogni yaratish ishining mazmuni bu bilan tugamaydi. Uni vujudga keltirish jarayonida kutubxonachidan o‗ylab bir xulosaga kelishni talab etuvchi ko‗pgina amaliy masalalar yuzaga keladi. Bo‗limlar va ularning bo‗limchalarini joylashtirish tartibini kitobxonlarga tushunarli qilib qo‗yish, tematika jihatidan bir-biriga yaqin, ammo bilimning turli sohalariga taalluqli bo‗lgan bo‗limlar o‗rtasidagi bog‗lanishni yoritib berish, katalogning barcha bo‗linmalarini aniq chegaralash, har bir bo‗linma ichidagi tasvirlar tartibini aniqlab olish kerak.

Bu hamda boshqa masalalarni hal etish, eng yaxshi asarlarni propaganda
qilish va kitobxonga kerakli kitobni tanlab olishda aktiv yordamlashish maqsadida katalogda kutubxona fondi mazmunini yoritishning eng samarali metodlarini aniqlab olish sistemali katalogni tashkil qilish jarayonning mazmunini tashkil etadi; bu jarayon quyidagi qismlarni o‗z ichiga oladi.

111

1. Katalog bo‗linmalarini vujudga keltirish, ya‘ni tasvirlarni bo‗limlar, bo‗limchalar va mayda bo‗linmalar bo‗yicha gruppalarga ajratish.

2. Tasvirlarni har bir bo‗linma ichiga joylashtirish.

3. Katalogni rasmiylashtirish - bo‗linmalar mazmunini ochib berish va ajratgich kartochkalar yordamida ular o‗rtasidagi tematik bog‗lanishni aniqlash.

4. Katalogdan foydalanishni yengillashtiruvchi qo‗llanmalar yaratish.

5. Sistemali katalogni tahrir qilish.
Katalog bo‗linmalarini vujudga keltirish

Klassifikatsiyalash paytida bir xil katalog indeksini olgan matbuot asarlari tasvirlarining gruppasi sistemali katalogning mustaqil bo‗linmasini tashkil etadi. Kutubxona fondini mustaqil to‗ldirib borish jarayonida katalog bo‗linmasiga yangi keltirilgan kitoblarning tasvirlari kiritiladi, yo‗qolgan yoki fonddan chiqarilgan kitoblar esa o‗z vaqtida katalog hisobidan o‗chirib tashlanadi. Bundan shu narsa ravshan bo‗lib turibdiki, sistemali katalog bo‗linmalarini vujudga keltirish - kutubxona mavjud bo‗lib turgan hamma vaqt mobaynida uzluksiz davom etadigan jarayondir.

Shuni nazarda tutib, katalog tuzish paytida unga yangi keltirilgan kitoblarga mo‗ljallangan kartochkalarni shunchaki kiritib qo‗yish bilan cheklanish yaramaydi, katalog bo‗limlari va bo‗limchalarini vujudga keltirishga chuqur o‗ylagan holda yondoshish zarur. Kitob fondi orta borgan va bo‗linmalardan har birida shunga muvofiq tarzda tasvirlar soni ko‗paya borgan sari bir vaqtlar qabul qilingan bo‗linmalarni maydalash yetarli bo‗lmay qolishi, qo‗shimcha ravishda detallashtirishni (masalan, umumiy va analitik aniqlagichlardan foydalanish yo‗li bilan) taqazo qilishi mumkin.

Bo‗limlarni vujudga keltirish jarayonida sistemali katalogni matbuot asarlarining tasvirlari bilan to‗ldirib borish haqida bosh qotirilar ekan, katalogda har bir kartochkaning o‗rnini ko‗rsatib turadigan uning pastki qismining chap tomondagi burchagida joylashgan katalog indeksini unutmaslik kerak. Shuning uchun agar kitobning ilgari o‗tkazilgan klassifikatsiyasiga o‗zgartishlar kiritish

112

talab etiladigan bo‗lsa, uning kitob va kartochkalardagi indekslariga ham tuzatishlar kiritish lozim. Shunday qilib katalogning bir bo‗linmasiga hamisha bitta katalog indeksiga ega bo‗lgan, muayyan bo‗linma indeksiga mos keladigan kartochkalar quyiladi.

Tasvirlar orasida: asosiy tasvirlar (kitob tokchalarining xuddi o‗sha bo‗limiga qo‗yiladigan kitoblar uchun), qo‘shimcha tasvirlar (asosiy mazmuniga ko‗ra boshqa bo‗linmalarga o‗tkazilgan, lekin bu yerda ham qo‗shimcha tarzda aks ettirilgan kitoblar uchun) va analitik tasvirlar (asarlarning tomlaridan, tuplamlardan yoki vaqtli nashrlardan olingan maqola hamda boshqa materiallar uchun) bo‗lishi mumkin. Fondda muayyan masalaga doir mavjud matbuot asarlari mazmunining bir xilligi bu tasvirlarni birlashtirishga sabab bo‗lgan.

Katalogda hamma bo‗linmalar o‗z indekslariga va rubrikalarning jadvallardagi joylashuv tartibiga muvofiq tarzda joylashtiriladi. Bo‗lim ichida aniqlagichlar yordamida tuzilgan bo‗linmalar aniqlagichsiz xuddi shu indeksga ega bo‗lgan bo‗limdan bevosita keyin joylashtiriladi. Agar bir bo‗limda har xil aniqlagichlar yordamida tuzilgan bo‗linmalar uchrab qolsa, ularni quyidagi tartibda joylashtirishni tasviya etamiz:

aniqlagichsiz indeks



shakl aniqlagichlari bo‗lgan indeks

geografik aniqlagichlari bo‗lgan indeks munosabat aniqlagichlari bo‗lgan indeks analitik aniqlagichlari bo‗lgan indeks

Kitoblar tasvirlarini har bir bo‗linmaning ichiga joylashtirish

Sistemali katalogni to‗g‗ri tuzish uchun bir bo‗linmada birlashtirilgan tasvirlarni joylashtirish tartibi muhim ahamiyatga ega. Tasvirlarni ancha samaraliroq joylashtirish masalasi ko‗pincha kutubxona matbuoti sahifalarida muhokama qilinadi va kutubxonalar tomonidan turlicha hal etiladi.

Katalogning bir bo‗linmasiga qo‗yilgan tasvirlarni joylashtirishning alfavit tartibi ma‘lum ustunliklarga ega. Bu tartib har bir kitobning tasviri tutadigan o‗rinni aniq belgilab beradi, bir avtorning muayyan masalaga doir hamma

113

asarlarini bir joyga to‗plashni ta‘minlaydi, kitobxon kitobning nomini aniq eslay olmagan, avtorning, ismi va otasining ismini bilmagan, binobarin, alfavit katalogdan foydalana olmaydigan hollarda unga kerakli kitoblarning tasvirlarini qidirib topish imkonini beradi. Tasvirlar alfavit tartibida joylashtirilganda kutubxonachi muayyan bo‗linmada ma‘lum.asarning aks ettirilgan yoki aks ettirilmaganligini tez tekshirish imkoniyatiga ega bo‗ladiki, bu narsa katalogni tahrir qilishda g‗oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni ta‘kidlab o‗tish kerakki, bunday tartib sistemali .katalogning kitobxonga kitob tanlashda yordamlashishdan iborat bo‗lgan vazifasiga to‗la ma‘noda javob bermaydi. Tasvirlar alfavit tartibida joylashtirilgan paytda ilmiy jihatdan juda qimmatli kitoblar muayyan bo‗limning oxiriga, uncha qimmatli bo‗lmagan kitoblar esa bo‗limning oldiga chiqib qolishi mumkin. Kitobxonlar esa hamisha ham butun bo‗linma,mundarijasi bilan tanishavermaydilar, ko‗pincha bo‗linmaning boshida joylanshgan bir qancha tasvirlarni ko‗zdan kechirish bilan cheklanib qo‗ya qoladilar.

Ba‘zan kitob avtorini va sarlavhasini emas, balki nashr etilgan yilini asosiy belgi deb bilib, tasvirlarning alfavit tartibi o‗rniga teskari xronologik tartib ko‗llaniladi. Bu tartib qo‗llanilganda nashrlar xronologiyasi kamaya borib, dastlab oxirgi yilda nashr etilgan kitoblarning, so‗ngra undan oldingi yillarda nashr qilingan kitoblarning tasvirlari joylashtiriladi va hokazo. Kitobxonning birinchi galda har bir bo‗linmada yangi kitoblar tasvirini, go‗yo fanning hozirgi darajasini aks ettiruvchi tarvirini uchratishni, tasvirlarni joylashtirishning bunday tartibini, alfavit bo‗yicha joylashtirish tartibidan ustunligi deb hisoblaydilar. Aslida esa kitobning nashr etilgan yili hamisha ham uning yozilgan vaqtiga to‗g‗ri kelavermaydi so‗nggi yillarda chiqqan kitoblar orasida qayta nashr etilgan kitoblar oz emas va ularni birinchi o‗ringa chiqarrib qo‗yishni asosli bir narsa deb bo‗lmaydi. Ayni vaqtda tasvirlarni nashr etish yilining teskari xronologiyasida joylashtirish katalogni tashkil qilishda ham, undan foydalanishda ham ko‗p amaliy noqulayliklarni keltirib chiqaradi.


114

Sistemali katalogni rasmiylashtirish. Ajratkich kartochkalar

Sistemali katalogdan oqilona foydalanish ko‗p jihatdan uni chuqur o‗ylab, puhtalik bilan rasmiylashtirishga bog‗liqdir. Undagi mavjud bo‗limchalarni aniq ajratib chiqish, katalogning murakkab pog‗onali strukturasini kitobxonga tushunarli qilish, umumiy bo‗lim bilan uning bo‗linmalari o‗rtasidagi, bilimning turli sohasiga oid bir-biriga yaqin tematik bo‗linmalar o‗rtasidagi mantiqiy bog‗lanishni ko‗rsatish zarur. Shuni aytish kerakki, sistemali katalogning ilgari aniqlangan bir qancha afzalliklarga ega bo‗lgan kartochka formasi bu katalogni rasmiylashtirishda amaliy jihatdan ba‘zi qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Kitob shaklidagi bosma sistemali kataloglarning tekstiga zarur eslatmalar va tushuntirishlarni kiritish, yirik bo‗limlar va juz‘iy bo‗limchalarning sarlavhalari
uchun har xil shriftlarni qo‗llanish, noliprafiya jihatidan bezatishning boshqa hususiyatlaridan foydalanish oson bo‗ladi. Kartochkali kataloglarda rasmiylashtirish imkoniyati juda cheklangan bo‗lib, ularda ajratqich kartochkalar asosiy rol o‗ynaydi, bu kartochkalarga kitobxon uchun kerakli hamma tushuntirishlar joylashtiriladi.

«Yana qaralsinª formasidagi har tomonlama yo‗naltirgichlar qo‗llaniladi.

Agar ikkita bo‗lim tematikasini bir-biri bilan to‗la-to‗kis bog‗lanib ketgan deb bo‗lmasa, bu yo‗naltirgich formasini qo‗llanib bo‗lmaydi, ammo bunda muayyan masalaga oid adabiyot boshqa bo‗limda aks ettirilganligini ko‗rsatish kerak. Masalan, qishlok ho‗jalik iqtisodiyoti va mashinasozlik iqtisodiyoti bo‗limlarini «yana qaralsinª formasidagi yo‗naltirgichlar bilan bog‗lab qo‗yish noto‗g‗ri bo‗lur edi, chunki bu bo‗limlarning tematikasi xilma-xil bo‗lib, kitobxon qishlok ho‗jalik iqtisodiyoti masalalariga qiziqib turgan bir paytda uni nima uchun mashinasozlik iqtisodiyoti bo‗limiga yo‗llayotganliklari kitobxonga tushunarsiz bo‗lib qolar edi. Bu bo‗limlar o‗rtasidagi bog‗liqlik mashinasozlikka oid umumiy bo‗limda ko‗rsatilgan qishloq ho‗jalik mashinasozligi iqtisodiyotiga nisbatangina ifodalanmog‗i kerak. Bunday holda yo‗naltirgichning boshqa formasi qo‗llaniladi

115

- tegishli masalaning nomi keltirilib, shu masalaga oid adabiyot qaysi bo‗limdan qidirilishi lozim bo‗lsa, o‗sha bo‗limning indeksi ko‗rsatib qo‗yiladi.

Ajratkich kartochkalarni rasmiylashtirish

Yo‗naltirgichlarning ko‗rsatib o‗tilgan hamma turlari ajratkich kartochkalarda ham keltiriladi. Kitobxonlarning sistemali katalog strukturasini bilib olishiga va o‗zlari uchun kerakli bo‗limchani topa olishiga yordam beradigan bo‗limlarning sarlavhalari, asosiy bo‗linmalar hamda yo‗naltirgichlarning ro‗yxatlari ajratkich, kartochkalarni aniq rasmiylashtirishni talab etadi.
Kitobxonlarga sistemali katalogdan foydalanishda yordamlashish

Sistemali katalogni juda puxta va chuqur o‗ylab rasmiylashtirish kitobxonga hamma vaqt ham uning uchun kerakli bo‗limni qidirib topish imkonini beravermaydi. Fondning mantiqiy jihatdan yoritilishida yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan barcha afzalliklarga ega bo‗lgan sistemali tartib kitobxondan klassifikatsiya sxemasini yaxshi bilishni, o‗zini qiziqtirgan temani qidirib topa olishni, umumiy bo‗limdan uning bo‗limchalariga izchillik bilan o‗tishni talab qiladi. Kutubxona katalogdan foydalanishni osonlashtirish uchun bir qancha qo‗llanmalar ishlab chiqishi kerak; bu qo‗llanmalar orasida sistemali katalogga doir alfavit-predmet ko‘rsatkichi ko‗proq ahamiyatga ega.

Alfavit-predmet ko‗rsatkich

Bu ko‗rsatkich kutubxona klassifikatsiyasi jadvallariga ilova qilingan xuddi shunday ko‗rsatkich bilan ko‗pgina umumiy tomonlarga ega. Alfavit-predmet ko‗rsatkichining jadvallarga ilova qilingan ko‗rsatkichidan farqi faqat uning vazifasidadir - jadvallarga ilova qilingan ko‗rsatkichdan kutubxonachi klassifikatsiyalash jarayonida foydalaniladi, katalogga doir alfavit-predmet ko‗rsatkichi esa, garchi kutubxonachi katalogdan har xil ma‘lumotlarni bilib olish uchun undan foydalansada, asosan kitobxonlarga yordamlashishga .mo‗ljallangan.

Alfavit-predmet ko‗rsatkichida bilimning asosiy, yetakchi sohalarining, juz‘iy fanlarning va shu sohalarga oid alohida masalalarning, eng muhim ilmiy problemalarning, alohida tushunchalar hamda fanlar o‗rganadigan asosiy ob‘ekt

116

bo‗lib qolgan predmetlarning nomlari va hokazolar umumiy alfavit tartibida keltiriladi. har bir nomdan keyin bo‗limning indeksi ko‗rsatiladi, undan muayyan temadagi kitobni qidirib topish kerak bo‗ladi. Temaning nomi bilan indeksi
birgalikda ko‗rsatkich rubrikasini tashkil etadi.

Ko‗rsatkichning har bir rubrikasi alohida kartochkaga yozib qo‗yilgan, kartochkalar esa katalog yashiklarida alfavit tartibida joylashtirilgan vaqtda ko‗rsatkichning kartochka formasi juda qulay bo‗ladi.

Ko‗rsatkichning asosiy vazifasi - kitobxonga sistemali katalogdan foydalanish paytida spravka qo‗llanmasi tariqasida xizmat qilish va uning kerakli bo‗limni topishiga yordamlashishdir. Biroq ko‗rsatkichning yordamchi xarakteriga ega bo‗lishi sistemali katalog tuzishga kanday talablar qo‗yilsa, uni tuzishga ham shunday talablar qo‗yish kerakligini istisno qilmaydi. Rubrikalardagi sarlavhalarning ifodalanishi fanda va ijtimoiy tajribada qabul qilingan terminologiyaga qat‘iy mos bo‗lmog‗i lozim.


Sistemali katalogni tahrir qilish.

Sistemali katalogning hozirgi davrga muvofiqligi

Sistemali katalogning strukturasi va mazmuni, shuningdek alfavit - predmet ko‗rsatkichining mazmuni kutubxonaning kitobxonlarga xizmat ko‗rsatish sohasidagi hozirgi vazifalari bilan muvofiqlashtirilmog‗i lozim.

Sistemali katalogda aks ettirilgan adabiyotning mazmuni, unda alohida ajratilgan bo‗limlar va bo‗limchalarning tematikasi, ular sarlavhalarning ifodalanishi - bularnig hammasi ijtimoiy hayot, fan-texnika, adabiyot va san‘atning hozirgi taraqqiyot darajasiga muvofiq kelishi lozim.

Ma‘lumki kutubxonaga yangi keltirilgan kitoblarning tasvirlarini katalogga kiritib qo‗yish bilangina bunday muvofiqlikka erishib bo‗lmaydi. Ilgari nashr etilgan kitoblarga munosabat hozirgi zamon nuqtai nazaridan o‗zgarib boradi. Yoz vaqtida qimmatli va foydali bo‗lgan bunday kitoblardan ko‗plari eskirib, ulardan fanning hozirgi muhim muammolarini aks ettiruvchi ma‘lumotlarni topib

117

bo‗lmaydi, ular kitobxonlarni sanoat hamda qishloq xo‗jalik ishlab chiqarishida ancha takomillashgan yangi usul va metodlar bilan allaqachonlar almashtirilgan amaliy usul hamda metodlardan foydalanishga yo‗llaydi.

Bunday eskirish ijtimoiy-siyosiy tematikaga doir adabiyotga kuproq taalluqlidir. Masalan, xalqaro ahvol masalalariga doir kitoblar tez eskiradi. Sistemali katalog strukturasining o‗zgarishi ham turgan gan. Hozirgi zamonning muhim masalalari uchun yangi bo‗linmalar tashkil qilish zarurati paydo bo‗ladi, boshqa bo‗linmalar esa tubdan qayta qurib chiqishni yoki o‗z ahamiyatini yo‗qotgan bo‗linmalar tariqasida olib tashlashni ham talab etadi. Sietemali katalog tuzish uzoq davom etadigan jarayon bo‗lib, uning boshlanishi ba‘zan ancha ilgarigi vaqtga to‗g‗ri kelganligidan, uning strukturasini vaqt-vaqti bilan ko‗zdan kechirib, to‗ldirib borish zarur. Bu qayta ko‗rish sistemali katalogni tahrir qilish deb ataladi. Mazmunan eskirib qolgan materiallarni aniqlab olinishi, hamda eng muhim qaysi nashrlarning biror sababga ko‗ra bo‗limda aks ettirilmay qolganligini belgilab qo‗yishi kerak. Bu bosqichda har xil bibliografik manbalardan, ayniqsa tavsiya bibliografiyasidan keng foydalaniladi. Yoquv programmalarida tavsiya etilgan adabiyot ro‗yxatlari, kitob ichida berilgan bibliogrfiya va boshka manbalar ham foydalidir. Bibliografiyada uchraydigan asarlardan faqat fondda mavjud bo‗lgan materiallarnigina katalogga kiritish kerak, albatta. Bo‗limda ular tasvirlarining yo‗qligiga sabab ko‗pincha klassifikatsiyaning noaniqligi va yetarli darajada o‗ylab qilinmaganligida bo‗ladi, shuning uchun tahrir qilish jarayonida belgilangan indekslarning va kartochkalarning har bir bo‗linma ichiga joylashtirilishining to‗g‗ri-noto‗g‗riligini tekshirish kerak.

Kitoblarni tokchalarga sistemali tartibda joylashtirish usulidan foydalanadigan kutubxonalarda sistemali katalogni tahrir qilish ularning tokchalardagi o‗rnini belgilab beradigan kitob shifrlarini tahrir qilish bilan birga