Файл: Ozbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 23.11.2023

Просмотров: 502

Скачиваний: 8

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
olib boriladi. Agar bo‗lim tahriri uni detallashtirishdangina iborat bo‗lsa, indekslarning shifrlarini o‗zgartirmasdan, tokchalarda ilgarigi, kamroq maydalashgan strukturani saqlab qolish mumkin. Shuni nazarda tutish kerakki,

118

kitoblarni tokchalarga joylashtirish tartibini o‗zgartirish - ancha murakkab va sistemali katalogga tuzatish kiritishga qaraganda sermehnat ishdir. Ko‗pchilik kitoblar kitobxonlarning qo‗lida bo‗lib, shifrga o‗zgartishlar kiritish ancha qiyinlashadi. Lekin katalogni tahrir qilish chuqurroq o‗zgarishlar qilish bilan, masalan, bo‗lim strukturasini tubdan o‗zgartirish, ilgarigi mavjud bo‗linmalarni yuqotish va shuning singarilar bilan bog‗liq bo‗lgan hollarda, kitoblarning shifrlarini tuzatib, ularni joylashtirishga ham tegishli tuzatishlar kiritishga to‗g‗ri keladi.

Katalog strukturasiga kiritilgan tuzatishlar alfavit-predmet ko‗rsatkichiga tegishli tuzatishlar kiritishga sabab bo‗ladi. Agar shunday qilinmasa, ko‗rsatkich kartochkasidagi indeks kitobxonni chalg‗itib yuboradi, uni katalogdan chiqarib tashlagan bo‗limchaga yoki tahrir qilingandan keyin mazkur masalaga doir adabiyot to‗planmaydigan bo‗limchaga yo‗llab yuboriladi. Ko‗rsatkichga tuzatishlar kiritish ancha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, chunki ko‗rsatkichda bir qancha tushunchalarni o‗z ichiga oluvchi, ayni bitta indeksning o‗ziga yo‗llovchi rubrikalari bo‗lgan kartochkalar mavjud bo‗lishi mumkin.

Bu ishdagi qiyinchilik shundan iboratki, ko‗rsatkichning hamma rubrikalari ko‗rsatkichda alfavitning har xil harflari ostiga joylashtiriladi, binobarin, kutubxonachi tuzatishlar kiritish uchun hamma kartochkalarni topa oladi, deb amin bo‗lish mumkin emas. Alfavit ko‗rsatkichini kuzdan kechirishni. va unga tuzatishlar kiritishni osonlashtirish uchun (ayniqsa katta katalogga va unga doir ko‗rsatkichga ega bo‗lgan yirik kutubxonalarda) xizmat xonasida ko‗rsatkichga oid kontrol apparat saqlash tavsiya etiladi. Unga ko‗rsatkichning barcha rubrikalari ro‗yxatini o‗z ichiga olib muayyan indeksga yo‗naltiruvchi katalog indekslari kartochkalar bilan birga kiritiladi. Bunday kontrol kartochkaning mavjudligi indekslarga zarur o‗zgartishlar kiritish uchun ko‗rsatkichning barcha rubrikalarini osongina topish imkonini beradi. Kutubxonalar amaliy ishida ba‘zan ko‗rsatkichga bunday kontrol apparat o‗rniga ko‗rsatkichning ikkinchi, xizmat nusxasi tuziladi, lekin undagi kartochkalar alfavit tartibida emas, balki indekslar tartibida joylashtiriladi. Masala shu tarzda hal qilinganda xizmat ko‗rsatkichi

119

ko‗proq joy oladi (ko‗rsatilgan kontrol apparatga nisbatan), ammo uni tuzish kartochkalarning ikki nusxasini ayni bir vaqtda mashinkada ko‗chirish, undan keyin bir nusxasidan alfavit-predmet ko‗rsatkichi uchun va ikkinchi nusxasidan kontorol ko‗rsatkich uchun foydalanish bilan yengillashtirilishi mumkin.

Sistemali katalogni va unga oid ko‗rsatkichni tahrir qilish murakkab hamda sermehnat ishdir. Shunga qaramasdan, ularni, tahrir qilish zarur, chunki shunday qilmasdan turib, sistemali katalogni kutubxonaning kitobxonlarga xizmat ko‗rsatish borasidagi hozirgi vazifalari darajasida saqlab turib bo‗lmaydi.

Nazorat savollari:

1. Sistemali katalogni tashkil qilish jarayonlari qanday amalga oshiriladi?

2. Katalogni rasmiylashtirishda tematik bog‗lanishni aniqlashni tushuntiring?

3. Bir bo‗limda har xil aniqlagichlar yordamida tuzilgan bo‗linmalar uchrasa, ular qanday tartibda joylashtiriladi?

4. Sistemali katalogni rasmiylashtirish haqida qanday tushunchaga

egasiz?

5. Ajratkich kartochkalar nima?

6. Alfavit-predmet ko‗rsatkich vazifasini ayting?
9-Bob. AXBOROT-KUTUBXONA FONDINI TIZIM SIFATIDA O‗RGANISH


Kutubxona fondi ancha qiyin tushuncha bo‗lib, uning mohiyatini kuzatish orqali bilib bo‗lmaydi, mohiyatini bilmasdan turib fondni jamg‗arish va boshqarish mumkin emas. Fondni faqatgina tuzilma sifatida o‗rganish orqali boshqarish mumkin. Kutubxona fondi bilan ishlash va o‗rganish uchun fond tuzilma sifatida olinib, umumiy va xususiy (muhim) tomonlarga, ya‘ni bo‗limlar yoki bo‗laklarga bo‗linadi.

Agar kutubxona fondini tizim deb olsak, unda bu tizimni tashkil etuvchi elementni topish lozim. Bu element — hujjatdir. Hujjat alohida kitob, matbuot,

120



audivizual material bo‗lishi mumkin. Tizim tushunchasi xuddi element tushunchasiga o‗xshab nisbiydir.

Agar alohida kutubxona fondini tizim deb olsak shu fondning har bir bo‗limi uning kichik tizimi hisoblanadi. Mazkur kutubxona fondi boshqa kugubxonalar fondi bilan birga qo‗shib olinsa, unda super tuzilma hosil bo‗ladi (MKS).Agar shu kutubxonalarning fondini bir tuzilma deb olsak, bitta kutubxona fondini esa kichik tizim yoki element deb olish mumkin.

Kutubxona fondlari — kutubxona deb atalgan tuzilmaning bir qismi, ya‘ni kichik tizim bo‗lib hisoblanadi. Lekin avvallari biblioteka grekcha «kitob saqlanadigan joyª degan tushunchagina bo‗lgan va faqat shu vazifani bajaradi, deb o‗ylangan, 1930 yilgacha o‗rta kitob fondiga ega bo‗lgan joyni "biblioteka" deyishgan, ko‗p kitobga ega bo‗lgan kutubxonalarni esa kitob saqlanadigan joy (knigoxranilishe) deb atashgan.

Bu g‗oya juda ko‗p yillar mobaynida hukmron bo‗lib,kutubxonalarni faqat kitob saqlanadigan joyga aylantirib qo‗ydi va uning asosiy vazifasi kitobxonlarga xizmat qilishga soya soldi. «Fondª so‗zi kutubxonashunoslikda 20-yillarda paydo bo‗lib, 30-yillarda «fondlarª atamasi qo‗llana boshlandi. 40-yilga kelib esa fond kutubxonaning bir bo‗lagi deb tan olindi hamda kutubxona tizimining kichik bir tuznlmasi deb aniqlik kiritildi20.

Kutubxona tizimiga kutubxona fondlaridan tashqari yana ancha tizimchalar kiradi, masalan, kitobxonlar (K), axborot-kutubxona mutaxassisi (KM), moddiy-texnika bazasi (MTB) va hokazo. Bundan tashqari, paydo bo‗lib, yo‗qolib turadigan tizimlar ham mavjud. Kutubxona fondi vujudga kelishida ma‘lumot qidiruv apparatining (MQA) ahamiyati katta. Kutubxona tizimida har bir tizim o‗ziga xos vazifani bajaradi, natijada bir tizimning tushib qolishi butun tuzilmaning yo‗qolishiga olib keladi. Masalan, kitobxon yoki MTB bo‗lmasa va hokazo.

Kutubxona fondi kutubxonaning barcha tizimchalari bilan bog‗liq. Bu bog‗liqlik ikki xildir.
20 Yo‗ldoshеv E., Raximova M. Hujjat fondlari.-T., 2003.- 78 b 121




1) To‘gridan-to‘gri aloqa.

2) Qaytma (aks) aloqa.

Kutubxonadagi hujjatlarning soni va mazmuni kitobxonlar soniga, tarkibiy qismiga, kitobxon talabiga juda katta tasir ko‗rsatadi. Kutubxonaning fondi katta bo‗lib, mazmuni kitobxonlar talabiga javob bermasa, u yerda o‗qiydigan kitobxonlar soni ozayib ketadi. Fondning tarkibiy qismi va mazmuni kitobxon talabi va qiziqishiga mos kelsa-yu, lekin kitoblar soni oz bo‗lsa, bu holda ham o‗quvchi talabi qondirilmay qoladi.

Kutubxona fondidagi har bir o‗zgarish kitobxonlarning ko‗payishi va kamayishiga olib keladi. Masalan, umumta‘lim maktabi kutubxonasida o‗quv-uslubiy materiallarining kamligi o‗qituvchilarni boshqa kutubxonalardan foydalanishga majbur qiladi.

Umuman, kitobxon kutubxonaga unda saqlanayotgan resurslarga qarab baho beradi. Chet elda bu muammo boshqacha hal qilinadi. Agar kutubxonada kitob bo‗lmasa, uni tezda boshqa kutubxonadan olib kelib berishadi yoki talab qilinadigan kitoblar nusxa ko‗paytirish apparatida ko‗paytiriladi, boshqa
kutubxonadan telekanal orqali ma‘lumotni ekranga tushirib berib, kitobxon talabi qondiriladi. Bugungi kunda Axborot-kutubxona muassasalarining korporativ tarmoqlari orqali respublikaning har bir chekkasida mavjud axborot-kutubxona muassasida kerakli bo‘lgan resursni olish imkoniyati yaratilgan. Kutubxonada hujjat (H) va kitobxon (K) elementlari o‗rtasidagina uzviy aloqa bo‗lib qolmay, ushbu aloqada vositachi maslaxatchi bo‗lib turgan axborot-kutubxona mutaxassisi

(KM) elementi ham aloqaning uzviyligiga javob beradi.

Demak, kutubxona fondi hujjat (H), kitobxon (K), axborot-kutubxona mutaxassisi (KM) elementlari bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri uzviy bog‗liq ekan. Hujjat o‗zining mohiyatiga ko‗ra ikki xil: birinchidan, ma‘naviy, g‗oyaviy, badiiy xususiyati bo‗lsa, ikkinchidan, u predmet xususiyatiga ega bo‗lib, o‗ziga xos xonalarda saqlanadigan, hisobga olinadigan, qayta ishlanadigan, qidiriladigan va foydalanadigan moddiy buyum hisoblanadi.
122