Файл: Ozbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 23.11.2023
Просмотров: 480
Скачиваний: 8
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
bo‗lgan qarashlar tobora o‗zgarib, takomillashib bormoqda. Texnikaning rivojlanishi, kutubxonada EHMlarning qo‘llanilishi yana boshqa joylashtirish usullarni o‘ylashga, topishga undamoqda.
Xulosa qilib shularni aytish mumkinki, xilma-xil tarixiy davrlarda kitoblarni joylashtirishning turli usullari kashf qilindi. Ular davrlar o‗zgarishi
bilan o‗zining ijobiy va salbiy tomonlarini ko‗rsatdi. Lekin qaysi davr bo‗lishidan qat‘iy nazar fondni joylashtirishda, eng avvalo, kutubxona maydoniga, kitoblarning joylashuviga, kitobxonga qulay bo‗lishiga, kitoblar tez aylanishiga, ularning saqlanishiga e‘tibor berilgan va bundan keyin ham shunday bo‗lib qoladi.
O‗z-o‗zini tekshirish uchun savollar:
1.Kutubxona fondini joylashtirish xarakteristikasi
2.Kutubxona fondini joylashtirish klassifikatsiyasi va unga qo‗yiladigan talablar
3.Kutubxona fondini joylashtirishning zamonaviy yo‗llari
9.6. AXBOROT-KUTUBXONA FONDINI SAQLASH
Kutubxona fondlari nodir ma‘naviy-moddiy boylikka ega. Shuning uchun ham kutubxonaning asosiy vazifalaridan biri asrlar davomida to‗plangan kitob, kitob boyliklarini uzoq vaqt asl holida saqlab, avlodlarga yetkazishdan iborat.
Kitob boyligini saqlash jahonning barcha xalqlari uchun katta ijtimoiy-madaniy ahamiyatga ega. 1954-yilda YuNESKO tashabbusi bilan Gaaga shahrida chaqirilgan hukumatlararo konferensiyada madaniy boylikni asrash bo‗yicha konvensiya qabul qilindi. Ana shu konvensiyaga muvofiq boshqa madaniy boyliklar qatori kutubxona fondlari ham ularni yo‗qotib yuborish yoki biron-bir shaklda qonunsiz o‗zlashtirish xavfi tug‗ilgan hollarda xalqaro himoyaga olinadi.
Fondlarning to‗kisligiga ularni asrash, to‗gri saqlash hamda shikastlanish omillarini bartaraf qilish orqali erishiladi.
Fondni asrash deganda, kutubxona fondlari profilaktikasi hamda uning to‗kisligini muhofazalashga oid tadbirlar majmui tushuniladi. To‗g‗ri saqlash -bu fondni qulay fizikaviy-ximiyaviy sharoitlar va biologik rejimda maxsus jihozlangan binoda asrash demakdir. 1962-yilda barcha kutubxonalar uchun
171
majburiy bo‗lgan ―Kitob fondlarining saqlanishi to‗g‗risida yo‗riqnoma‖ qabul qilindi.
Shunga qaramasdan, fondlarni saqlash muammosi haligacha hal qilingani yo‗q. Shuning uchun fondlarni uzoq saqlash qoidalarini bilish katta ahamiyat kasb etadi. Kutubxonalarni birinchi navbatda zamonaviy binolarga joylashtirish lozim. Shinam, keng, yorug‗, kitob saqlash uchun zarur bo‗lgan barcha sharoitlari mavjud maxsus binolar hozirgi kunda ko‗plab kutubxonalar uchun juda zarurdir va tez kunlarda hal etilmasa kutubxona fondlariga, bilim xazinamizdan foydalanishga ko‗p zarar etishi mumkin.
Fondlarni saqlashga ta‘sir qiladigan omillar. Kutubxonalar fondini uzoq vaqt asrash ayni paytda kitob va boshqa hujjatlar tayyorlanadigan materiallarning mexanik jihatidan mustahkam va biologik barqaror bo‗lishini hamda ularni o‗g‗irlanish va nobud bo‗lishdan saqlashni nazarda tutadi. Buning uchun kutubxona quyidagilarni ta‘minlab berishi lozim:
1.Ijtimoiy omillar.
-Kutubxonachi va kitobxonlarda kutubxona fondining saqlanishi uchun javobgarlik hissini tarbiyalash;
-Asrashning to‗g‗ri, mikromuhit rejimini yaratish;
-Adabiyotlarni qabul qilish, ularni berish va nazorat qilish;
-Injenerlik-texnikaviy uskunalar (elektr qurilmalar, shamollatgich, suv, quvur, kanalizatsiya tizimlari va boshqalar) ning to‗g‗ri ishlatilishini hamda yong‗indan xavfsizligi ustidan doimiy nazorat;
-Fondni hasharotlar, kemiruvchilar va boshqa kitob zararkunandalaridan biologik himoya qilish.
Kutubxona fondini saqlashga ijtimoiy-fizikaviy va biologik omillar ta‘sir qiladi.
Ijtimoiy omillar. Kutubxonachining vazifasi - kutubxona fondlarining ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish, har bir kitobxonga kutubxona hamda kitobdan foydalanish qoidalarini singdirish, kitob bilan muomala qilishda tegishli malaka, ko‗nikma va odatlarni egallashga yordam berishdir. Chiroyli nashr qilingan kitob
172
ham kitobxonlarni u bilan noto‗g‗ri munosabatda bo‗lishdan saqlaydi. Shuning uchun har bir kitob va butun fondning tashqi ahvoliga e‘tibor berish g‗oyat muhimdir. Kutubxonachi kitobxonlarni kitobga bo‗lgan ehtiyotkorona munosabatini yoshligidan asta-sekin tarbiyalab bormog‗i lozim. Shuni esda tutish kerakki, kitobxonlarga munosabatni yoshlikdan to‗g‗ri yo‗lga sola olmasak, salbiy odatlar borgan sari ildiz otishi mumkin. Zararli odat va ko‗nikmalar avvalom bor oilada, keyin bog‗cha, maktabda yo‗qolishi kerak. Bola har bir kitob-katta mehnat mahsuli ekanini va mehnatni qadrlash kerakligini anglashi kerak. Bunday ishontirishning eng ta‘sirli usuli-bolalarga kitobning ―dunyoga kelish‖ jarayonini ko‗rsatishdir. Iloji bo‗lsa mehnat jarayonlarini ko‗rsatish, ta‘mirlashlarni o‗rgatish lozim.
Kutubxona kitoblariga ehtiyotkor munosabatda bo‗lishning muhimligini anglashni kitobxonning ongiga singdirish uchun kutubxonachi unda zaruriy ko‗nikma, malaka va odatni tarbiyalaydi. Bu jarayon qanchalik oldinroq boshlansa, u shunchalik ko‗proq samara beradi. Har bir kitobxon kutubxonadan foydalanish qoidalarini bilishi zarur. Kutubxonadan foydalanish qoidasi va kitobni ehtiyot qilish qoidasi kutubxonaga kiraverishda ko‗zga tashlanishi zarur. Kutubxona kitoblarini ehtiyot qilishning asosiy qoidalari quyidagilar: kitobni buklamaslik, kitobga yozmaslik, chizmaslik, turli narsalarni ichiga solib qo‗ymaslik, sahifalarini buklamaslik, yirtmaslik, to‗g‗ri varaqlash, to‗g‗ri joyiga qo‗yish.
Kutubxona kitoblariga noto‗g‗ri munosabatda bo‗lish ularning shikastlanishiga, kutubxonaga o‗z vaqtida qaytarilmasligiga, yo‗qolishiga, boshqa shaxslarga berib yuborilishiga, o‗g‗irlanishga olib keladi. Qonunlarda kutubxona fondlariga zarar yetkazgan shaxslar jinoiy va ma‘muriy jazoga tortilishi ko‗rsatib o‗tilgan.
Kitoblarning shikastlanishiga qarshi kurashish uchun kitobxon bilan kutubxonachi kitob bilan madaniy muomala qila bilishi kerak. Kutubxonachi foydalanilgan kitobni qaytarib olayotganda sahifalarini, tashqi holatlarini, rasmlar, chizmalar, fotonusxalar bor-yo‗qligini tekshiradi. Mutolaa uchun olingan
173
kitoblar o‗z vaqtida qaytarilmasligiga qarshi choralar asosan qarzdor kitobxonga zudlik bilan qaytarish tog‗risida og‗zaki yoki yozma eslatishdan iborat. Kutubxonadan foydalanish qoidasiga binoan 2 martagacha eslatiladi. Kitob o‗g‗irlanishini keltirib chiqaradigan sabablar asosan ayrim kitobxonlar saviyasining pastligi, ayrim kutubxonachilarning befarqligi tufaylidir.
Fizikaviy-ximiyaviy omillar. Fondlarni saqlashga nashrlardagi mexanik,
optik, ximiyaviy xususiyatlarning yo‗qolishi, masalan, mo‗rtlanishi, noziklanishi, sarg‗ayishi va boshqa sabablarni o‗z vaqtida bartaraf etish muhim ahamiyatga ega. Fonddagi kitoblar tayyorlangan materiallarning mexanik mustahkamligiga, ulardan foydalanish va tanishish jarayonida ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‗lish orqali erishiladi. Ayniqsa, kitoblarni tanlashga alohida e‘tibor berish lozim.
Axborot beruvchi hujjatni tashkil etadigan qismlar qanchalik mustahkam bo‗lsa, u shunchalik ko‗p xizmat qiladi. Masalan, teri va latta jihozlaridan ishlangan kitoblar bizning zamonamizgacha yaxshi yetib kelgan. Hozirgi gazeta jihozi tez sarg‗ayib ketadi, chunki gazeta qog‗ozi quyosh nuri ostida haddan tashqari tez buziladi. Hozirgi vaqtda yuqori sifatli qog‗ozlar ustida izlanishlar olib borilmoqda.
Fondda deraza orqali tushadigan nurning kirishi chegaralanishi lozim va past cho‗g‗li lampalardan foydalanish kerak. Fondni zararli yorug‗lik nurlaridan himoya qilishning eng oddiy vositasi - ko‗chma stelajlardan foydalanishdir. 1930-yildan butun jahonda katta va yirik kutubxonalar uchun maxsus binolar qurish keng tus oldi.
Biologik omillar. Yemirilishning biologik omillariga fondning mikroorganizmlar (bakteriyalar, mog‗orzamburug‗i), hasharotlar, kemiruvchilar tomonidan shikastlanishi kiradi. Axborot tashuvchilar, hujjatlar o‗zining ximiyaviy tarkibiga ko‗ra organikdir. Bakteriya va zamburug‗lar qog‗oz va kitobning muqova materialiga o‗rnashib, ularni tashkil etgan moddalar tuzilishini buzib, ximiyaviy o‗zgartirib yubordi.
174
Fondda normal sanitariya holati hamda iqlim holatini saqlash yo‗li bilan mikroorganizmlarning fondga zararli ta‘siri yo‗qotiladi. Zarur bo‗lib qolgan vaqtlarda kutubxonachilar fondxonani dezinfeksiyalashni so‗rab sanitariya epidemiologiya stansiyasiga murojaat qiladilar. Fondni etilin oksid gazi bilan dezinfeksiya qilish yaxshi samara beradi. Fond saqlash sharoiti buzilganda, fondxonada namlik oshib ketganda hasharotlar ko‗payadi.
Kutubxonalarda quyidagi sichqonsimon kemiruvchilar: uy sichqoni yoki kulrang kalamush uchraydi. Kemiruvchilarga qarshi kurash g‗oyat qiyin, zararli kemiruvchilar paydo bo‗lmasligi uchun oziq-ovqat qoldiqlarini qoldirmaslik, pollarda teshiklar, tirqishlar paydo bo‗lgan paytda zudlik bilan sanitar-epidemiologik markazlarga murojaat qilish lozim. Qo‗shimcha chora-tadbirlardan - turli xil qopqonlardan foydalanish kerak. Kemiruvchilarni ximiyaviy usulda qirish - zararli xo‗rak qo‗llash yaxshi natija beradi. Kemiruvchilarni yo‗qotishning ximiyaviy va biologik vositasini fondda deratizatsiya deb atash qabul qilingan.
Kutubxona fondini tashkil qiladigan materiallarning mustahkam bo‗lishiga ularni himoya qatlami bilan ta‘minlash orqali erishiladi. Odatdagi qalin muqova, super muqova, papka, quti, g‗ilof, muqovani o‗raydigan kleyonka, kitob tashiladigan idish ana shunday qoplamlar vazifasini o‗taydi. Nashrlarning normal fizik holati asrashning to‗g‗ri usullari bilan saqlanadi. Kitoblarning aksariyat turlari tikka qo‗yiladi, ularning orasida, albatta, havo o‗tib turadigan tirqish bo‗lishi shart. Stelaj tokchalarida bo‗sh joy bo‗lsa, turli xil tuzilgan tutqichlardan foydalaniladi. Faqat katta kitoblar gazeta va boshqa katta hajmli materiallar uchun yotqizilib saqlashga ruxsat beriladi.
Fondlarning umrini uzaytirish qator omillar bilan belgilanadi. Ulardan muhimlari - tabiiy va kutubxona fondi turadigan tashqi muhit vujudga keltiradigan sun‘iy omillardir. Tashqi muhitning asosiy ko‗rsatkichi bu havo va uning fizik xossalari (namlik, harorat) qismlarning doimiy ximiyaviy tarkibi va tashqi gaz, mexanikaviy aralashmalar (chang, tutun,qurum), mavjud bakteriyalar
bilan ifloslanishdir.
175
Bu xususiyatlarning fondlar saqlanishiga doir qulay ko‗rsatkichlari quyidagilardir: 16, 18-daraja eng yaxshi harorat sanaladi. Uning keskin o‗zgarishi axborot tashuvchilar fizikaviy- ximiyaviy xossalariga noqulay ta‘sir ko‗rsatadi. Haddan tashqari yuqori harorat ta‘sirida ularning shakli buziladi, nozikligi, egiluvchanligi yo‗qoladi. Havo haroratining pasayishi, uning namligi ta‘sirida fond moddiy asoslarida ham, jihozlarning yog‗och qismida ham mog‗or zamburug‗i tez ko‗payadi. Barcha turdagi nashrlar uchun 50-60: 5% namlik eng qulaydir. Ikki baravardan ko‗proq past namligini talab qiladigan mikrofilmlar bundan mustasno. Havoning namligi gidrometr yoki elektr nam o‗lchagich bilan o‗lchanadi. Kutubxonada nisbiy namlikni o‗lchash uchun ko‗pincha avgust psixometridan foydalaniladi. Namlik Asman aspiratsion asbobi bilan ham o‗lchanishi mumkin. Namlikni oshirish uchun turli xil havo namlagichlardan, shuningdek, fondxona ichidagi gullardan foydalaniladi. O‗simliklar faqat havo namligini oshirmay, balki shu bilan birga uni changdan tozalaydi, kislorodni ko‗paytiradi.
Havoning harakat darajasi fonddagi turli havo muhitining muhim omili hisoblanadi. Bino tashqi muhit o‗rtasida havo muttasil aylanib turishi kerak. Havo butun fondxona bo‗ylab bir tekisda aylanib turmog‗i lozim. Uning harakat tezligi - 0.3 m/sek.dir. Bu tezlikni inson sezmaydi. Uning harakati 0.5m/sek bo‗lsagina elvizak hosil bo‗ladi. Havo harakati tezligi shamollatgichlar, havo yo‗llarining ochiq kesmalarida hamda fondxonalarning nur o‗tkazgich teshiklarida o‗lchanadi. Havo harakati tezligi EA-2M termometri bilan o‗lchanadi. Havo harakatining zarur tizimi binoni konditsionlashtirish va shamollatish orqali ta‘minlanadi.
Fondxonaning havosi fond uchun zararli bo‗lgan ximiyaviy va mexanik moddalar bilan ifloslanishi mumkin. Havoda ko‗pincha gazlar - sulfidlar , serovodorod, uglerod oksidi, azot va xlor oksidi, xlorid va nitrat kislotalarining bug‗lari, shuningdek, smolali moddalar uchraydi. Binoning gazlanish darajasi unga kelayotgan havoni filtrlash orqali, ayniqsa shamollatish orqali kam-aytiriladi. Butun fondni obdon changdan tozalash changitgichlar yordamida
176
yiliga 2-3 marta qo‗l kuchi bilan amalga oshiriladi. Bundan tashqari kutubxona har oyda changdan tozalanadi. Fondning buzilish darajasi unga tushadigan nur oqimining kuchi va davomiyligiga ham bevosita bog‗liq. Shuning uchun bino fondda odamlar bo‗lgan paytdagina yoritilishi kerak. Fondxonada yoritishning ikki turi mavjud: tabiiy va sun‘iy. Tabiiysi - quyosh nuri yoki kunduz yorug‗ligi. Fond iloji boricha quyosh nuri tushishidan himoyalanishi lozim. Quyosh nuri radiatsiyasi axborot tashuvchilarning moddiy asoslarida qaytarib bo‗lmaydigan optik, mexanik, ximiyaviy o‗zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Nashrlarni ta‘mirlash va qarab ehtiyot qilish. Vaqtlar o‗tishi bilan havo va yorug‗lik ta‘siri ostida nashrlar fizikaviy, ximiyaviy o‗zgarishlarga uchraydi. Bu jarayon tabiiy eskirish deyiladi. Bundan tashqari ko‗p foydalanilganligi uchun mexanik mustahkamligini yo‗qotadi. Kitob hasharotlar ta‘sirida zararlanadi. Xususiyatini yo‗qotgan nashrlar zudlik bilan ta‘mirlanadi. Mayda ta‘mir - shikastlangan joylarni ta‘mirlash odatda kutubxonachi rahbarligida jamoatchilar kuchi bilan amalga oshiriladi. Ta‘mirlash-tiklash bu nashrni dastlabki holga yoki shunga yaqin holga keltirishdir. Katta kutubxonalarda ta‘mirlash ishlarini olib boradigan laboratoriyalar bor. Tabiiy eskirish jarayonini to‗xtatish uchun eng qimmatli usul doimiy saqlashga mo‗ljallangan nashrlarni o‗rab, ehtiyot qilishdir. Ana shu maqsadda saqlash va muhofaza rejimiga rioya etish lozim.