Файл: 1. Grammatika va uning tarkibiy qismlari. 3 Oqitish metodikasida oqitishning asosiy konsepsiyalari 9.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 11.12.2023

Просмотров: 52

Скачиваний: 1

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.

MUNDARIJA:

1. Grammatika va uning tarkibiy qismlari. 3

2. O`qitish metodikasida oqitishning asosiy konsepsiyalari 9

3. Grammatik kategoriyalar va ularning ifodalanish usullari. 16

4. Grammatikani o'qitishda qo'llaniladigan foydali strategiya va uslublar 22

5. Grammatika o’qitishda muhim kôrsatma va strategiyalar……………………28

Xulosa 29

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 31



  1. GRAMMATIKA VA UNING TARKIBIY QISMLARI

Grammatika tilshunoslikning tarkibiy qismi bo‘lib, tilshunoslikning boshqa sohalari bilan aloqasi ko‘p qirrali va murakkabdir.

O‘tmishda grammatika to‘ғri yozish va gapirishga yordam beruvchi qonun va qoidalarni o‘rgatadi deb tushunilgan. Bugungi kunda grammatika termini tilshunoslikda ikki ma`noda qo‘llaniladi. Grammatika deyilganda, birinchidan, tilning grammatik qurilishi, ikkinchidan, tilning grammatik qurilishi haqidagi fan tushuniladi. Ikkinchi ma`noda grammatika so‘zlarning ma`lum turkumlarga bo‘linishi, ularning har biriga xos formalar, nutqning grammatik qurilishi haqadagi fandir.

Ma`lumki, til kishilik jamiyatida fikr almashish quroli sifatida xizmat qiladi. Kishilarga fikr almashish imkoniyatini yaratib berish uchun har bir til ma`lum miqdordagi grammatik vositalarga ega bo‘lishi kerak. Lekin gapning hosil bo‘lishi uchun so‘zlarning o‘zi kifoya qilmaydi. Gapda so‘zlar har bir tilning grammatik va fonetik qoidalari asosida birlashib, ma`lum bir fikrni ifodalaydi.

Tilning grammatik qurilishi o‘z kategoriyalari va birliklariga ega. Bular so‘z formalari, so‘z birikmalari va gaplardir.

Grammatika ikki qismdan iborat: morfologiya va sintaksis. Morfologiyada so‘z turkumlari, uning kategoriyal va nokategoriyal shakllari o‘rganiladi. Sintaksis nutqning grammatik qurilishi haqidagi ta`lim bo‘lib, so‘z birikmasi, gap va undan yirik bo‘lgan birliklarni o‘z ichiga oladi1.

Grammatikaning quyidagi turlari mavjud:

- tarixiy grammatika

- falsafiy grammatika

- umumiy (universal) grammatika

- qiyosiy grammatika

- tasviriy grammatika (deskriptiv)

- transformatsion grammatika.

Tarixiy grammatika biror bir tilning grammatik qurilishida ro‘y bergan o‘zgarishlar taraqqiyotini o‘rganadi.

Falsafiy grammatika ning asosiy vazifasi til va tafakkur, logik va grammatik kategoriyalarning aloqa imkoniyatlarini o‘rganadi.

Umumiy grammatika qaysi til oilasiga mansub ekanligidan qat`iy nazar, hamma tillarga xos bo‘lgan umumiy xususiyat va qonuniyatlarni belgilaydi.

Qiyosiy grammatika tillarning grammatik tizimini bir-biri bilan taqqoslab, qiyoslab, ularga xos umumiy va xususiy belgilarni o‘rganadi.

Qiyosiy grammatika o‘z navbatida qiyosiy–tarixiy va tipologik–qiyosiy grammatikalarga bo‘linadi. Rasmus Rask (1787-1832) «Qadimgi island tili va island tilining paydo bo‘lishi». YA.Grimm «Nemis tili grammatikasi»(1819).

Tasviriy (deskriptiv) grammatika biror konkret til grammatik qurilishining hozirgi (sinxron) holatini o‘rganadi. Deskriptiv grammatikada til birliklari va ularning mohiyatini aniqlashda formal metodlardan foydalaniladi. Deskriptiv grammatikada tilning qurilishini tahlil qilish jarayonida ma`no e`tiborga olinmaydi.

Struktural tilshunoslik tilning ichki qurilishi, til sistemasini tashkil etgan elementlarning orasidagi munosabatlar, oppozitsiyalarni o‘rganishga katta e`tibor beradi. Struktural tilshunoslik tilni o‘rganishda va fanning predmetini belgilashda o‘ziga xos yangi oqimdir.

Til tizimini tadqiq qilishning ikki metodi mavjud: destributiv analiz metodi va tranformatsion analiz metodi.

Birinchi metod. L.Blumfeld. »Til», Z.Xarris. »Struktural tilshunoslikning metodlari» (1951). Bu metod tilshunoslikda keng qo‘llanilmoqda. U til birliklarining (fonema, morfema, so‘zlar) distributsiyasi (qo‘llanish o‘rni, joylashishi) turlicha bo‘ladi, degan nazariyaga asoslanib, til tizimini tashkil etgan elementlarning o‘zaro birikishi qonun-qoidalarini o‘rganadi. U birmuncha ob`ektiv metoddir2.

Distributiv metod yordamida til birliklari aniqlanadi va bu metod fonema, uning variantlari, morfemalarni, allamorflarni aniqlashga yordam beradi. Ammo sintaksisga xos bo‘lgan masalalarni o‘rganishda bu metodning imkoniyatlari cheklangan
3.

SHuning uchun tilda bevosita tashkil etuvchilarga ajratish metodi paydo bo‘ldi. Bunda gap bevosita ikki qismga ajratib tekshiriladi. Mas., ot qism va fe`l qism. Bu metod distributiv tahlilni o‘z ichiga olgan holda sintaktik birliklarni analiz qilishda qo‘llaniladigan formal metoddir.

Bu metodning qiyinchiliklari:

1.Morfologiya bilan sintaksis aralashtirib yuboriladi, so‘z birikmalari va gap bir-biridan farqlanmaydi.

2. Bir xil strukturaga ega bo‘lgan, ammo mazmun jihatdan har xil bo‘lgan so‘z birikmalari bu metod bo‘yicha bir xil analiz qilinadi. Mas., To‘yga ko‘p keksa erkaklar va ayollar kelishdi jumlasini analiz qilganda, keksa so‘zining qaysi so‘zga tegishli ekanligini aniqlash qiyin (erkaklargami yoki ayollarga).

3. Bu metod til sintaktik yarusining elemantar birligini va sodda sintaktik birliklarning tashkil topishi va tarixni ko‘rsatib berolmaydi.

Bevosita tashkil etuvchilarga ajratish metodining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish ehtiyoji transformatsion analiz metodlarining yaratilishida asosiy omil bo‘ldi.

Transformatsion grammatika hozirgi tilshunoslikda, xususan, sintaktik va stilistik izlanishlarda eng ko‘p qo‘llanilayotgan metod yordamida ish ko‘radi.

Ma`lumki, distributiv metod yordamida til yaruslarining birliklari: fonema, morfema, ularning qo‘llanilish o‘rinlari aniqlansa, bevosita tashkil etuvchilarga ajratish metodida esa bu gapning ichidagi sintaktik munosabatlar o‘rganiladi.

Transformatsion metodning asosiy mohiyati quyidagilardan iborat:

Har bir tilda son-sanoqsiz gaplar mavjud va bu yangi gaplar tinglovchi tomonidan to‘ғri tushiniladi. Tabiiy quyidagi savol tuғiladi: Qanday qilib nutq eshituvchi shu paytgacha eshitmagan yangi gaplarni tushunadi? Buning asosiy sababi shundan iboratki, nutqda mavjud bo‘ladigan cheklanmagan miqdordagi gaplar, ma`lum miqdordagi elementlar sintaktik modellar asosida paydo bo‘ladi. Lekin bu sintaktik modellar (yadro gaplar) ning soni chegarali va amalda faqat bir necha bo‘lishi mumkin. Mas., ot qism - fe`l qism.

Gapning elementar, sodda modellari transformatsion grammatikada yadro gaplar deb ataladi. Bu model asosida tuzilgan gaplar o‘sha yadro gapning transformasi hisoblanadi.

Transformatsion analizning asosiy maqsadi tilda mavjud bo‘lgan son-sanoqsiz gaplarning ma`lum sondagi sintaktik modellari-yadro gaplardan tuzilganini o‘rganadi.

Transformatsion metodning asosida til tizimi sintaktik yarusning o‘zi bir necha kichik sistemalardan tashkil topadi, degan ғoya yotadi. Bulardan biri asosiy yadro gap bo‘lib, ikkinchisi esa yadro gaplardan hosil bo‘lgan transformalardir. Transformalarning yadro gaplardan hosil bo‘lishini o‘rganish jarayoni transformatsion analiz deyiladi.


  1. O`QITISH METODIKASIDA OQITISHNING ASOSIY KONSEPSIYALARI

Psixologiya o'qitish metodikasi fanida interfaol usullarri ta'lim jarayoniga qo'Hashning psixologik jihatlarini mazmunan yoritishga asoslanadi. Shunga muvofiq o'qitish metodikasida o'qitishning asosiy konsepsiyalari ishlab chiqilib interfaol usullarni qo'llanilishi mazkur masalalar negiziga asoslanadi4.

Mazkur konsepsiyalardan asosiylari quyidagilardan iborat:

a)      o'qitish  uning shaldlarini  shakllanishi  o'qituvchining faol
faoliyati — o'quv faoliyati hisoblanib, bunda o'qituvchi bu faoliyatning
tashkilotchisi rolida ishtirok etadi;

b)      o'quv faoliyatining predmeti va natijasi faoliyatining subyekti
o'quvchi hisoblanadi, u faoliyat hisobiga qayta tashkil bo'ladi predmet
sifatida va o'qitish yakunida o'zgartirilgan ko'rinishda namoyon bo'ladi
(o'quv faoliyatining natijasi sifatida);

d)      muvaffaqiyatli o'quv faoliyatining asosiy ko'rsatkichi, uning
natijasi   o'quvchining   fikrlash   mahoratini   o'rganish   va   amaliy
masalalarni ijodiy hal etish ilmiy va amaliy muammolarda erkin va
mustaqil yo'l topa olishni tushunish hisoblanadi, shu bilan birga
bilimlarning fikrlash materiali va vositasi bo'lib xizmat qiladi;

e)      o'quv faoliyatining birligi o'quv masalasi hisoblanadi. Hayotda
yuzaga keladigan boshqa hamma masalalardan uning predmetini
o zgartirishga emas balki amaldagi subyektning o'zini o'zgartirishga


birinchi navbatda uning fikrlash harakatlar usullarini egallab olishga
qaratilganligi bilan farq qiluvchi o'quv taktikasi hisoblanadi;

0 o'quv faoli>ati jarayoni o'quvchining tashqi predmetni mazmunida o'z harakatlarini ichki aqliy ko'rinishga (interiorizatsiya) o'tkazilishi   ko'rinishidagi   o'quv   masalalarini   hal   etish   bo'yicha harakatlaridir, ya'ni turuni o'zining shaxsiy bilimlar, mahorati va ko'nikmalarini hosil qilib olishidir;

g) bilish rnahorat va ko'nikmalarni o'zlashtirish — bu aqliy harakatlar hisoblanadi, ular individ tomonidan shakl obraz ko'rinishida tashqi vositalarga tayanilgan holda (predmetlar yordamida yo'l topish yoki so'z bilan yordamlashish) bajariladi va o'quv faoliyati natijasida o'zlashtirilgan, qayta tashkil etilgan «sobiq» tashqi predmetli harakatlardan iborat5.

Insonlar psixologiyasining birgalikdagi munosabat va harakatiga asoslangan o'qitish interfaol o'qitish usuli deyiladi. Individ sifatida alohida o'qiydigan emas, aksincha, guruh bilan birga faoliyat yurituvchi, savollarni o'zaro kelishib bahslashib muhokama qiluvchi bir-birini qo'zg'atib va faollashtirib boradigan o'quvchi va o'qituvchi faoliyati markaziy o'rinni egallaydi.

Interfaol usulni qoilaganda hammasidan ko'ra bellashuv, raqobat, tortishuv ruhiyatini intellektual faolligiga kuchli ta'sir etadi. Bu insonlar uyushgan holda muammoni yechishni izlaganlarida iiamoyon bo'ladi. Bundan tashqari, shunday psixologik omillar ta'sir qiladigan, atrofdagilar tomonidan bildirilgan har qanday fikrga o'zining shunga o'xshash, yaqin yoki aksincha mutlaqo qarama-qarshi filer bildirishga da'vat etadi.

Bunday mashg'ulotlar vaqtida o'qituvchidan ancha ko'p ijodkorlik va faollik talab etiladi. Oldindan ma'lum yoki ancha ko'p ijodkorlik va faollik talab etuvchi kitobdan o'qiganlarini hikoya qilish shaklidagi dars passiv darajada o'tadi. Interfaol usuli nafaqat ta'limda balki, tarbiyada ham ayniqsa yaxshi natija keltiradi, ilmiy nuqtayi nazardan qaraganda o'qituvchi muhokamaga ta'sir qilganda nafaqat fikr bildiradi, balki muammoga o'zining shaxsiy munosabatini, axloqiy mavqeyi va dunyoqarashini bildiradi. Talabalar bahsida o'qituvchini ishtiroki turlicha boiishi mumkin. Lekin har qanday holatda ham o'zini fikrini o'tkazmasligi kerak. Yaxshisi bahsni boshqarishda yaxshilab hisoblab chiqilgan usul, sermahsul fikrlashni, yechimini topishda ijodiy izlanuvchanlikni talab etuvchi yoini muammoli savol qo'yish orqali boshqarish lozim. O'qituvchi o'z nuqtayi nazaridan chiqarishda fikr bildiradi, faqat talabalar fikridan xulosa chiqarish bilan isbotlash va xato fikrlarni rad etish kerak. Bu usul bilan bahsni nafaqat mazmuni intellektual - bilish, nazariy savollarni yoilash mumkin, shuningdek, hamkorlikda sermahsul faoliyatlarini tuzish, talabalar shaxsiga o'z ta'siri bilan o'quv faoliyatini o'quv tarbiya jarayoniga aylantirishi mumkin.

Shu tartibda, interfaol o'qitish usuli, talabalarning hamkorlikdagi faoliyati o'qituvchining bahslardagi ishtiroki tufayli dars jarayonini nafaqat hamkorlikdagi faoliyati    bo'ladi, balki shaxsning ijtimoiy munosabatlarining real ijodiy sermahsul faoliyatiga aylanadi. O'qishdagi hamkorlik o'z-o'zidan talabalar tomonidan o'zlashtirilgan bilim, to'g'ridan-to'g'ri ularning ichki dunyosiga ta'sir etadi va dars jarayonini asosiy tarbiyaviy funksiyasi hisoblanadi6.

Hamkorlikdan tuzilgan sermahsul faoliyatni uchta alohida faol usul nomi bilan ajratish mumkinmi? Umuman olganda, dars jarayonini tarbiyaviy funksiyasini hisobga olganda mumkin. Lekin bunday qilish kerakmi? Bu maqsadga muvofiq hisoblanmaydi, zero interfaol usul bu o'qituvchi va talabalarning birgalikdagi ijodiy (sermahsul) faoliyati, shaxsning hamkorlikdagi jarayonigina emas, shuningdek, bilish izlanish jarayonini yuzaga kelishi hamdir. O'qituvchi shu narsani doim esda tutishi lozimki, bahsda savollarni o'z holicha qilmasdan, faqat faol bilishning yo'nalishi «talaba-talaba» hamkorligi bilan chegaralanib qolmasdan, doim «o'qituvchi-talaba» tizimini qo'shilishi muhimligini nazarda tutish kerak.

Interfaol o'qitish usuliga quyidagilar kiradi: 1) evrestik suhbat; 2) bahs usuli; 3) aqliy hujum; 4) davra stoli; 5) ishbilarmon o'yinlar usuli; 6) amaliy ish bo'yicha tanlov muhokamasi va boshqa alohida o'qituvchi bilan qo'llanuvchi — zavqli interfaol o'qitish usullari kiradi. Ularning mazmuni bilan qisqacha tanishib chiqamiz.

Interfaol o'qitishning bir usuli everstik suhbat bo'lib, lotincha — «to'playman, izlayman» ma'nolarini anglatadi. Bu suhbat usuli bo'lib qadimgi grekcha ko'rinishi Suqrot suhbati deb nomlangan o'qitish tizimiga asoslangan. Shu yo'l bilan mohirona savollar tuzish va o'quvchini qo'yilgan savolga mustaqil ravishda to'g'ri javob topishga yo'naltirish kerak. Bu o'qitish usulini Suqrotnikidan farqi uning keng doirada jonligidir. Lekin uning so'zsiz o'xshashlik tomonlari ham mavjud, o'z tavsifiga ko'ra olinayotgan funksiyasi bevosita ularni faol o'ylash orqali o'quvchilami mohirona savol berishga qaratilganligidir. O'z yo'nalishining psixologik tabiatiga ko'ra — evrestik suhbat bu jamoaviy fikrlash yoki suhbat, muammoning yechimini izlovchi sifatidagi suhbatdir. Shuning uchun pedagogikada bu usul muammoli o'qitish usullaridan hisoblanadi, shu qatorda muammoli izlanuvchi deb • mlanuvchi suhbatdan everestik suhbat psixologik tomondan hech ham farq qilmaydi. Pedagogika ular orasida shaxsiy miqdoriy chegara o'tkazadi. Agar evrestik suhbat faqat qaysidir mavzuni bitta elementiga tegishli bo'lsa, muanimoli izlanishda esa - muammoli vaziyatlar ko'p. Biroq bunday farqlanish t" }idni ko'tarmaydi, amaliyotda suhbatni haqiqiysiga aylantirishsa mashg'ulotlarda «faqat bitta» va «ko'p» muammolar orasidagi bu ko'rinmas farqni sezish mumkin emas: o'qituvchi va auditoriya orasidagi suhbat ko'p savolli suhbatga aylanadi va mavzuga tegishli suhbat bilinmasdan bahsga o'tadi.


O'qitishning   boshqa   usulidir,   bunga   keyinroq   to'xtalamiz.   

Gap shundaki, suhbatda fikrlab izlanish jamoaviy izlanishga aylanadi va muammoning yechimini izlashda fikrlar almashinuvi, turli variantlar, orasidagi xulosalar hamkorlik va hamfikrliylik bir-birini faollashtiradi.

Shuning uchun mantiqan bu usul interfaol o'qitish usuli sifatida ko'rib chiqiladi.

Suhbatni evrestik suhbatga aylantirish uchun qo'yilgan savollar ham boshqa muammoli o'qitish usullari rioya qiladigan shartlarga bo'ysunadi. Evrestik suhbaiga aylanish jarayonida esa, muammoli vaziyatni keltirib chiqarilgan interfaol o'qitish iisullaridan birini amalga oshirishdan bo'lak narsa emas.

So'nggi ishlarda bahs interfaol o'qitish usuli sifatida qoilanila boshlandi.

Bahs usuli yoki o'quv bahslari evrestik suhbat kabi namoyon boiadi, to'g'rirog'i maxsus dasturlashtirilgan erkin nazariy savollarni muhokama qiladi, odatda, savol qo'yish bilan evrestik suhbatni boshJanishi kabi boshlanadi. Uni doimo bahsga aylanish — darsdagi me'yoriy holatdir. Psixologik nuqtayi nazardan qaraganda bahs qanday xususiyatga ega?

Birinchidan, bahs - bu faoliyatning dialogik shakli bo'lib, turli fikrlar orasida boradigan shiddatli kurashni, suhbatni yuzaga keltirishdir. Fikrlar almashinuvi oddiy suhbatdagi kabi izchil va salmoqli ketmaydi, bahsda esa bir fikrni boshqasi b, an to'qnashuvi bir muncha asabiy ko'rinishga ega. Bahsni alohiduiigi shundaki, bahslashuvlarning fikri bu bahslashayotganlarni faol fikrlashlarini yuzaga keltiruvchi yoki fikrni dalil bilan isbotlashdir7.

Ikkinchidan psixologik jihatdan shunisi qiziqki, ayni fikrlar to'qnashuvi baxsni yuzaga keltiradi, u esa baxsga olib keluvchi turli xil fikrlarni tug'ilishidir. Bahs va fikrlashni — faoliyatdagi sababli bog'lanish deb tushunishadi, bunday yondashuv L.S.Vigotskiy tomonidan ilgari surilgan, lekin nutq faoliyatini tekshirganlarida bunga to'xtalib o'tmaganlar, ayniqsa, muammoli bahsdagi fikrlash va diologni o'zaro bog'liqligini analiz qilmaganlar.

Odatda, fikrlash orqali bahsda e'tirozchini gapiga javob tug'iladi, shuning uchun turli fikrlar bahsni yuzaga keltiradi, deb taxmin qilinadi. Natijada, esa vaziat mutlaqo aksincha: bahs munozara fikrni tug'diradi fikrlashni faollashtiradi, o'quv bahslari esa ustiga ustak o'quv materialini fikrlash mahsuli sifatida anglab o'zlashtirishni ta'minlaydi. Bunday psixologik alohidalik bahslashuv va fikrlashni o'zaro bogiiqligi A.K.Markov izlanishlarida ko'rsatilgan.

Munozarani vaziyatga aloqadorligi mulohaza qilishni faollashtiradi, ularni dalillar tizimiga aylantiradi. Afsuski, psixologning bunday xulosasi natijasida bu   usuli na maktab, na pedagogika — psixologiya oliy o'quv yurtlari amaliyotida keng doirada qo'llanilish imkoniyatini bermayapti.

Bahs usuli darslarning guruhiy shaklida amaliy mashg'ulotlarda yoki laboratoriya mashg'ulotlarida, talabalar gapirish imkoniyati boigan darslarda foydalaniladi. Ba'zan ma'ruzada ham foydalaniladi, unda ma'ruzachi mavzuga oid savollar bilan auditoriyaga murojaat qilishi orqali yuzaga keladi. Bahsni ma'ruza darslarida to'la qo'llab bo'lmaydi, lekin auditoriyadan savollarga javoblarni tezlik bilan javob oladigan natijasida, ulardan mazkur muammoga fikr bildirish orqali qo'llash mumkin. Endi bu munozarali savolga javob berish, jamoaviy fikrlash va ma'ruzachini xulosasini tinglash psixologik muhitni yaratadi. Turli xil dars shakllarida bir necha munozarali savollarni qo'yishni namuna sifatida ko'rsatamiz. Dastlab ma'ruzada qo'llanilgan munozarali savoldan boshlaymiz. Ma'ruzachi tashkiliy qismda nazariy faoliyatga bag'ishlangan savolni talabalar oldiga qo'yadi. «Biz hozirgina faoliyatni mavjudotni o'rab turgan borliq bilan o'z ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan hamkorligi ekanligini aniqladik. Bunday faktlar faoliyatni turli xilligi hisoblanadi: nafaqaxo'r sayr vaqtida oyoqlariga dam berish uchun o'rindiqqa o'tirdi; chumoli o'z iniga oigan pashshani olib ketayapti; tuyaqush kallasini qo'yniga tiqib olib nafas olayapti; talaba «faoliyat» tushunchasini o'rganayapti, vaholangki, unga nima bo'lganda ham quruq yodlash emas, aksincha, tushunib esda olib qolish kerakligini ogohlantirishgandi; o'quvchi adabiyot darsida uyga yodlash uchun berilgan she'rni o'rganyapti; qo'mondon o'z qo'shiniga qanday harakat qilish kerakligini aytish uchun; raqibini hammasini kutayapti; ular kutish vaqtida biror bir faoliyat bilan band deb bo'ladimi? Ana shu hamma vaziyat haqida kim nima o'ylayotganini darrov aytishingizni so'rayman». Keyin o'qituvchi aytgan subyektlarini harakatini ketma-ketlikda o'tkaza boshladi («nafaqaxo'r», «chumoli», «tuyaqush», «talaba», «o'quvchi», «qo'mondon») talabalar esa «ha» yoki «yo'q» deb javob berdilar. Barcha «faoliyat» tushunchasini ham ancha tushuntirish talab etishini va bu mavzuga boshqa darslarda yana to'xtalish lozimligiga amin boiadilar, lekin bu yetarli bo'lib, ma'ruzachi maqsadga erishadi. U V labalarni faoliyat tushunchasini psixologik asosini faqat lug'aviy ma'nosini yodlab olish emas, balki jiddiy hayotiy vaziyatlarda tahlil qilinadigan ish ekanligiga ishontirdi.


Seminar mashg'ulotida: talaba mavzu rejasida ko'rsatilgan «Vaqtni idrok qilish» bo'yicha tajriba o'tkazib referat bilan chiqish qildi, psixolog D.B.Elkonin o'tkazgan izlanishlar, vaqtning qadriga yetish bo'yicha turli vaziyatlarda insonlarning vaqtni idrok etishi bo'yicha ma'lumotlarni berdi. O'qituvchi guruh oldiga savol qo'yadi: «Bu ma'lumotlarni o'qituvchi amaliy ishlarda qanday qoilashi lozim?».

«O'quvchilarning vaqtni subyektiv baholashga hukm qilishi, darslar qiziqarlimi yoki zerikarlimi?» deb tavsif qilishi mumkinmi? Aytgancha, talaba «R» bayon etganlari qancha davom etdi? Birinchidan talaba R. bayon qilganlariga qiziqish uyg'otib, haqiqiy vaqtni kichraytirib baho berishdi.

Ikkinchidan, birdaniga bir qancha talaba psixologlar tomonidan ochilgan qonuniyatlarni qo'llash imkoniyati fikrni asoslashga yordam beradi. Tadqiqot sifatida quyidagi ish amalga oshirildi ya'ni maktab o'quvchilariga darslar qiziqarlimi yoki yo'qmi, qaysi darslarda (qaysi fan o'qituvchisi)dagi zerikarli yoki aksincha qiziqarli va h.k., ularni qanday baholash mumkin? Lekin baholash keraklimi, foydalimi degan savollar borasida bahslashdilar. Buni qanday o'rganish mumkin? Kimgadir matematikada o'tirish qiziqarli bo'lmasa, kimgadir kim bilan hech narsa qilish yoqmaydi ba'zi o'qituvchilar darslarni doim qiziqarli o'tadilar. Balki ichimizdan kimdir o'z faniga qiziqish uyg'ota olmasligini sezib qolar? Barchada shu va shunga o'xshash fikrlar savollarga qiziqish uyg'otayotganini bilishimiz mumkin, lekin bahs endi boshqa mavzu bo'yicha ketyapti: idrokni bilish jarayonlaridan bin ekanligi haqida emas, darslar qiziqarli yoki zerikarliligi haqida. Albatta, tashxisni aniqligi bilan bog'liq emas. Kundalik hayotda turli xil vaziyatlarga duch kelamiz va o'z imkoniyatlaringizdan kelib chiqib, ularni o'qib o'rganamiz (kuzatib) tashxis qo'yamiz yoki psixiatrga maslahatga boramiz, bu kitobdan o'qishdan ko'ra yaxshiroqdir. Bularni hammasini amaliyotchi psixolog o'rganishi lozim. Hozir o'z ta'riflaringizni o'qib eshittirish orqali biz bir-birimizdagi mavjud bilimlarimizni almashamiz8.

Darslarda ularni ko'rib chiqib, biz so'z mantiqiy tafakkurimizni o'stiramiz, psixologik kuzatuvchanlikni tarkib toptiramiz.

Laboratoriya mashg'ulotida: o'qituvchi matematika fakulteti talabalariga «Tafakkur» mavzusi bo'yicha, mantiqiy tafakkurni baholash uchun matematik materialda bir necha test berdi. Mana ulardan ba'zilari: «g'isht og'irligi 500 g va unga yarimta g'isht qo'shiladi. Umumiy og'irlik qancha? 3 kg teng baliqni oichagandan so'ng kesib dumi tomonini sizga berishdi. Boshqa (bosh) ko'rinishidan kichikroq tomoni kimgadir tegdi. Baliqning og'irligi qancha edi? Agar baliqning dumi 4 kg bo'lsa, boshi ham 4 kg bo'lsa, tanasi dumi, bosh qismining og'irligiga teng bo'lsa, unda baliqning og'irligi qancha?» talabalar matematik bu vazifani yecha oladilarmi? Buni biz hozir muhokama qilmaymiz (zero, hech kim birdaniga yechimini topa olmaydi). Bu yerda bizni tafakkur sifatlarining tasnifi haqidagi fikr qiziqtiradi. O'qituvchi tomonidan qo'yilgan munozarali savol quyidagicha: «Har 3 ta vazifani tez yechishga imkon beradigan, tafakkurlashning umumiy usulini toping va vazifaning har birini tez hal qilishda sizga tafakkuming qaysi sifati yetishmaganini tushuntirib bering». Dastlab, muhokamadagi bu savolga taqlidga asoslanib, birmuncha sodda javob variantlarini berishdi. Keyin suhbat mulohaza chegarasiga ega bo'la boshladi. O'qituvchining turtki beradigan savollaridan: «Nimaga shunday o'ylaysiz?», «Sizning fikringiz nimaga asoslanadi?», «Bu sizning taxminingizmi yoki bu filer shunday ekanligini isbotlab bera olasizmi?» va h.k. shundan so'ng talabalar o'z fikrlarini asoslash uchun tafakkur psixologiyasi bo'yicha o'z bilimlarini safarbar qilishga urinishadi.

Talabalarning ko'pchiligida psixologik atamalarni qo'llashda ishonchsizlik, matematik atamalarni adashtirish kuzatildi (masalan, tez, to'liq tafakkurlash yo'nalishida «algebrik» yoki «arifmetik» jarayonlarni tez-tez almashtiradilar). Nihoyat, o'tkazilgan har uchala vazifada ular ishonadigan tushunchalar «yarmini» tashkil etadi, degan xulosaga kelishdi. Bunday umumiylikni namoyon bo'lishi masalani tez hal etishga imkon beradi, zero, har qanday butunlik ikkita teng qismdan iborat g'ishtning og'irligi yoki baliqning og'irligining, bu yerda ahamiyati yo'q. Shunga o'xshash masalalarni hal etishning umumiy usuli tafakkurlashning ham umumiy usulidir.

Shundan so'ng o'qituvchi testdan olingan ma'lumotlarni izohlashga o'tdi. Ayni vaziyatda talabalarni matematik qobiliyatlari emas, balki tafakkuming sifatini aniqlashga qiziqish uyg'otishini ta'kidlab, o'qituvchi olingan testning natijalarini psixologik mazmunini tushuntiradi. Shunga muvofik u quyidagicha rasman xulosani aytdi: «Ana shu uchta masalani yechishda namoyon bo'lgan tafakkuming bunday umumiy usulini, mantiqiy tafakkurlash, deb ta'riflash mumkin, biroq bir vaqtning o'zida ham nazariy yoki empirik, ijodiy yoki sermahsul tafakkurlash hamdir. Amaliy foydalanish jarayonida bu usul ilk bor siz uchun ijodiy tafakkurlash hisoblanadi. Agar siz bu usulni o'zlashtirgan bo'lsangiz shunga o'xshash masalalarni yechishda mahsuldorlik yetarli bo'ladi. Har qanday tarkibli turli xil masalalarni yechishda nazariy tafakkurlashdan foydalanish mumkin, zero, bu umumiy ahamiyatga ega. Unda bu tafakkur qachon empirik hisoblanadi? Variantlami to'g'ri yechishga harakat qiladilar. Keyinchalik, topilgan bu usulni boshqa masalalarda ham qoilash mumkin va umumiy xulosa chiqarishda bundan foydalanish mumkin. Shunda empirik topilma nazariy xususiyatga ega degan xulosaga olib keladi va boshqa masalalarni yechishda qoilanilgan bu tafakkurlashning umumiy usuli nazariy xususiyatga ega bo'ladi». O'qituvchi yuqoridagi xulosaga tadqiqot natijalari asosida keldi