Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 10.01.2024

Просмотров: 86

Скачиваний: 1

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.


Mehmonxonlar chet el fuqarolarini registratsiya qilish uchun xalqaro turistik faoliyat olib borish litsenziyasiga ega bo’lishlari kerak.

O’zbekistonda amal qiladigan quyidagi viza turlari haqida aytib o’tilgan:

D-1 – diplomatik, konsul vakilliklari va xalqaro tashkilotlarining doimiy xodimlari uchun beriladi;

D-2 - diplomatik, konsul vakilliklari va xalqaro tashkilotlarining vaqtinchalik xodimlari uchun beriladi;

DT – Turizm maqsadida O’zbekistonga kiruvchi diplomatik ishchilar;

S-1 – diplomatik, konsul vakilliklari va xalqaro tashkilotlarining diplomatik pasportiga ega bo’lmagan doimiy xodimlari uchun;

S-3 – Davlat va parlament tomonidan xizmat uchun taklif etilgan kishilar uchun;

O – Davlat va parlament tomonidan taklif etilgan rasmiy delegatsiya vakillari uchun;

B-1 – Xorijiy firma va kompaniyalarning doimiy tayinlangan xodimlari uchun;

B-2 – Ish yuzasidagi vakillar uchun;

T – Turistlarga;

TG – 10 kishidan kam bo’lmagan turistik guruhga;

E – O’zbekiston Respublikasi hududida mehnat yuzasidan faoliyat yurituvchi kishilarga;

J-1 – Doimiy tayinlangan xorijiy OAV (ommaviy axborot vositalari) xodimlari;

J-2 – Vaqtinchalik tayinlangan xorijiy OAV (ommaviy axborot vositalari) xodimlari;

PV-1 – Mehmon sifatida xarijiy fuqarolarni O’zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan taklif etilgan kishilar;

PV-2 – Mehmon sifatida O’zbekiston Respublikasida doimiy tayinlangan xorijiy fuqarolar tomonidan taklif etilgan xorijiy fuqarolar;

A-1 – O’zbekiston Respublikasi hududida tahsil oladigan talabalar, stajor va aspirantlarga;

A-2 – O’qituvchi – professorlar uchun;

C-1 – Havo vat emir yo’l transportlari haydovchilari uchun;

C-2 – Yuk mashinalar havdovchilari uchun;

TRAN – Tranzit.

Mehmonxonamizga keladigan ko’pgina turistlarda viza ikki xilda bo’ladi. Ya’ni mehmonning ba’zi guruhlar uchun bitta umumiy viza uriladi va ikkinchisi har bir mehmonning passportiga alohida alohida viza uriladi:

  • har bir turist uchun alohida – bunda guruhdagi har bir turistning passportiga alohida viza urilgan bo’ladi va kirish (chiqish) kartochkasi ham har bir passportga alohida yopishtiriladi. Bu vizaning ko’rinishi quyidagicha:



  • bir guruh uchun umumiy viza – bu viza turida bitta alohida listda umumiy guruh ismi yozilgan bo’ladi va pastida viza bitta umumiy qilib viza uriladi. Administrator bular uchun bitta registratsion kartochka to’ldiradi tamom. Uning ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:



2.4.Mehmonxonada mijoz bilan band bo’lgan xonalarda xizmat ko’rsatish qoidalari(telafon orqali ma’lumot berish xizmati)

Mijoz qaysi vaqtda nima so`ramasin uning ehtiyojini eshitib maksimal darajada qondira bilish kerak. Masalan, xonaga qandaydir taom buyurtma qilishi mumkin, yoki qo`shimcha biror xizmat istab qolishi mumkin. Agar mijoz so`ragan narsa ilojsiz bo`lsa uni mijozga ehtiyotkorlik bilan, xushmuomalalik bilan tushuntirish lozim.

2.5.Kirish (chiqish) kartochkasini to’ldirish, joylashtirish vositalari uchun qayd qilish shakli

Har bir mehmonxonada 2 ta kitob bo`ladi. Xorijiy fuqarolar va mahalliy fuqarolarni qayd qilib borish kitobi. Har bir xorijiy fuqaro ketayotgan paytida unga registratsion kartochka beriladi. Kartochka sayyoh o’z mamlakatiga uchib ketishi oldidan OVIR xodimlari tomonidan tekshirib ko’riladi. Kartochka ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:



Registratsiya kartochkasi.

Unda mehmon haqidagi quyidagi ma’lumotlar bo’ladi:

    • registratsiya nomeri (registration №);

    • ismi-sharifi (name);

    • O’zbekistonga kirgan kuni (entrance day);

    • mehmonxonaga kelgan kuni (arrival day);

    • mehmonxonadan chiqib ketish kuni (departure);

    • passport seriyasi (passport);

    • administrator imzosi (signature).


Sayyohlarga va mehmonxonalarga qulaylik yaratish maqsadida O’zbekturizm qo’mitasi tomonidan “emehmon.uz” sayti yaratilgan.Bunda mehmonxonaga tashrif buyurgan sayyohlarni online tarzida registratsiya qilinadi. Bunda uning ism-sharifi , millati, passport seriyasi va qayerdan olganligi tug’ilgan yili kiritilgan. Qo’shimcha ma’lumot sifatida tashrifdan maqsadi, mehmonxonada qaysi xonada joylashganligi, nechakun turishi ham yozilgan bo’ladi.





“E-mehmon” elektron ro’yxatga olish dasturi.

2.6.Xorijiy turistni mehmonxonada ro’yxatga olish tartibi.

Mehmonlarni ro’yxatga olish, ularning kelishi va ketishini boshqarish, turli-tuman xizmatlar ko’rsatish mehmonxona administratorining vazifasiga kiradi. Har bir turist mehmonxonaga tashrif buyurgandan so’ng mehmonxona administratori uni ro’yxatdan o’tkazishi, ya’ni registratsiya qilishi kerak bo’ladi. Bizning mehmonxonada ro’yxatga olish tartibi quyidagicha:

Xorijiy turistlar uchun registratsiya daftari mavjud bo’lib, avvalo shu daftarga kelgan turistlarni ro’yxatdan o’tkazadi.

Unda quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

  • registratsiya nomeri;

  • turistning mehmonxonaga kelgan kuni;

  • ismi-sharifi;

  • passport seriyasi (fuqaroligi), qaysi mamlakatdan tashrif buyurgani;

  • viza nomeri va muddati, tipi, qachon berilganligi;

  • turadigan xonasi nomeri;

  • qaysi maqsadda tashrif buyurganligi;

  • viza muddati, mehmonxonada qolish muddati (kirish va chiqish sanasi).

Bu ma’lumotlarni ro’yxatga olgandan keyin administrator turistlarni mehmonxonaga joylashtirish bilan shug’ullanadi.Turistlarni xonalarga joylashtirish esa ba’zi bir qoidalarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir.

III. Xavfsizlik xizmati (security) Texnik xizmat

3.1.Mehmonxonada qo’riqlash tizimini tahlil etish

“Salom Inn” mehmonxonamizda qo`riqlash tizimini navbatchi adminstrator olib boradi.Mehmonxonamizda qo’riqlash xizmati mukkamal ravishda tuzilgan.

Bundan tashqari bosh xavfsizlik xodimi barcha xona atrofini nazorat qilib o’tiradi.Chunki mehmonxonada har xil holatlar bo’lishi mumkin.Masalan ba’zi o’griliklarva shunga o’xshash hodisalar.Bundan tashqari gornichniydan tashqari boshqa personallarning xona atrofida yurmasligini ham xavfsizlik xodimi nazorat qilib turadi.Qo’shimcha qilib faqatgina offitsiantlar xonadan biron bir zakaz olgan paytda yurishlari mumkin.

Qorovul yana mehmonxonamizdagi barcha issiqlik manbai, suv, gaz va shunga o’xshash bo’lgan jarayonlarni ham doimiy ravishda kuzatib tekshirib boradi. Biz bilamizki, ba’zi hollarda texnik nosozlik tufayli shulardan biri o’chib qolishi mumkin. Masalan, hammom quvurlaridan suv chiqishi mumkin, konditsionerlar bilan muammolar chiqishi mumkin va boshqalar.

3.2.Shveysar funksiyasining tahlili

Mehmonxonamizda sayohlarning bagajlari bilan xavfsizlik xizmatchilariga, administrator va ofisiantlar yordam beradi.

Sayyohlar mehmonxonaga kelganda ularning yuklarini xonalariga eltib qo’yish hamda mehmonxonadan ketayotganda sayyohlar bagajlarini avtobusgacha etib berish ishlarini xavfsizlik xizmati xodimi amalga oshiradi.

3.3.Televideniya, telefon, aloqa internet xizmatlarining ko’rsatilishi.

Mehmonxonaning barcha xonalari televizorlar bilan ta’minlangan. Ularning har biri xalqaro kanallarni ko’rsatuvchi antenalarga ulangan. .

Mehmonxonada telefon tizimi hali ishga tushirilmagan.

Mehmonxonada internet wi-fi mavjud. Mehmonlar ro’yxatdan o’tgandan keyin wi-fi paroli beriladi va ular chiqib ketishiga qadar internetdan istalgancha foydalanishi mumkin.

Bular bilan bir qatorda barcha kompyuter xizmatlari, faks xizmati va hokazolar yo’lga qo’yilgan.

3.4.Mehmonxonaning veb saytini tahlil etish



Bu veb sayt juda muhim omil bo`lib hisoblanadi. Chunki internet tarmog`i orqali millionlab potensial mijozlar bo`ldi. “Salom Inn” mehmonxonasi ham “Booking com” saytida o`z sahifasiga ega. Bu sayt orqali ko`plab mijozlar mehmonxona haqida yetarilcha malumotga ega bo`lishadi. Onlayn bronni amalga oshirishadi. Sayt 2009-yildan ochilgan bo’lib, hozirda tripadvisorda ham ma’lumot bor. “Yotube” da “Google” mehmonxona haqida olingan rolik surat va ma’lumotlarga duch kelishingiz mumkin





OZODALIKNI TA’MINLASH.

Xonalarni ozoda tutish tartibi va strategiyalari.

“Salom Inn” mehmonxonasiga sayyohlar 12:00 da ro’yxatdan chiqariladi, 14:00 da esa qabul qilinadi. Keyingi mehmon qabul qilinishigacha ikki soat vaqt mobaynida mehmon kelishi rejalashtirilgan xonalar umumiy tozalanadi, bu uchun oqsochga 40 daqiqa vaqt beriladi.

Oqsochlar ish vaqti 8:00 dan boshlanadi.Xonalar 2xil tartibda tozalaniladi, ular generalka hamda marafet deb nomlanadi.



Mehmonxonamizda xonalarni tozalash oqsochlar tomonidan amlaga oshiriladi. Ular xonlarni Tozalash ishlarini bajarishda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar mehmonxona inshootlarini sanitariya talablariga mos ravishda tozalashlari shart.

Generalka tozlashda xona mehmon ketgandan keyin xona butunlay tozalanadi. Unda avvalo nomerning havosi almashtiriladi, keyinchalikkrovatni yig’ishtirib uning choyshablari almashtiriladi, undan so’ng xona ichidagi dush va hojatxona tozalanadi, xona changlari artiladi, agar zarur bo’lsa xona pilisos qilib chiqiladi(bu har doim talab etilmaydi).

Marafet tozalashnomerni bron qilgan mehmon kelguncha tayyorlashdan iborat.Tozalash ishlarini olib borish zanjirida bron qilingan nomerni tozalash birinchi navbatda amalga oshiriladi. Tozalashning bu turi mehmon kelishi arafasida amalga oshiriladi(kechqurun, kechasi, keladigan kuni ertalab, har kuni sutkasida bir marotaba). Bron qilingan nomerni tozalash ishlari hajmiga – quruq artish, nam artish , polni nam tozalash kiradi.

Yig‘ishtirishning har xil “rituallari” mavjud.Lekin quyidagi ketma-ketlikda bajarish maqsadga muvofuqdir: yostiq, ustki ko‘rpa (odeyalo) va choyshab (prostinya) olinib, stulga qo‘yiladi. Perinka shamollatiladi.zarur bo‘lsa, choyshab almashtiriladi.Prostinya uchlari krovat ichki tomoniga shunday qatlanadiki, pastki ko‘rpa (matras) ko‘rinmasin. Keyin ustki ko‘rpa choyshabga solinib ikki tomoni shunday qatlanadiki, choyshabning o‘rta ochiq joyi krovatning markaziy qismiga joylashsin. So‘ngra yostiqlar yaxshilab “uriladi”. Krovat ustiga pakrivalani shunday solishadiki, krovat yonlarida o‘tkir burchak hosil bo‘ladi.

Mehmonxona admnistratori nomerlarda qanaqa choyshab ishlatilayotganini doimo kuzatib borishi shart (eski , yirtiq, dog‘i bor choyshablar ishlatilishi mumkin emas).

Choyshablar yaxshilab yuvilib, dazmollangan bo‘lishi zarur. Nuqsonlar aniqlanganda choyshab almashtirilib, choyshabxonaga topshiriladi, lekin kir choyshab bilan birgalikda qo‘yish mumkin emas.

Yana bir muhim qoida, choyshab almashtirishni mehmon oldida bajarmaslik, mehmonga tozalanmagan nomerga narsalarni qo‘yishga ruxsat bermaslik kerak.

Mehmonxona choyshablarini yuvish mehmonxonaning o‘zida amalga oshiriladi.Choyshabxona xodimlari qavatdagi xodimlardan ishlatilgan choyshabni qabul qilib tozasini beradilar. Yuvilgandan so‘ng choyshablar ko‘rib chiqiladi. Agar kir yuvish joyi (prachechnaya) aybi bilan qilingan nuqson topilsa, norozilik xati (isk) beriladi.

Choyshablarga e’tiborli bo‘lish talab etiladi. O‘z vaqtida yuvish, ta’mirlash va ehtiyotkorlik bilan foydalangan choyshab uzoq muddatgacha ishlatilishi mumkin.

Nomerda krovat yig‘ishtirilgandan so‘ng xona bekasi ish stolini yig‘ishtirishni boshlaydi. Stolda teginish va ko‘rib chiqish mumkin bo‘lmagan qo‘lyozmalar, ishchi qog‘ozlar, kitoblar yotgan bo‘lishi mumkin. Agar stol yuzasi plastikdan bo‘lsa, uni nam latta bilan , polirovka bo‘lsa yumshoq vetosh bilan artadi. Ba’zida stollar oynali ham bo‘ladi. Oyna doimo toza va yarqirab turishi kerak. Buning uchun xona bekasi maxsus tozalash vositalaridan foydalanishi zarur.Kuldonni (pepelnitsa) tozalayotganda u yerda begona predmetlar yo‘qligini tekshirish kerak. Keyin nam latta bilan telefon, stol lampasi, quruq latta bilan esa, kitob, jurnallar, televizor artiladi. Stol tortmalarini ham diqqat bilan ko‘zdan kechirib, changdan tozalash lozim. Nuqson topilganda usta chaqiriladi (singan, yaxshi yopilmaydi).So‘ngra xona bekasi gilam, gilamchalar, pardalar, yumshoq mebellarni tozalashga o‘tadi.Pol va devordagi changlarni changyutgich yordamida tozalaydi. Bunda changyutgichning maxsus qurilmalaridan (nasadka) foydalaniladi. Masalan:mebel uchun vorsli shyotka, mebel burchaklari uchun yoriqli (shelevaya) qurilmasidan, dropirovka pol va patalokdagi changlarni tozalash uchun uzun yumshoq vorsli shyotkadan foydalaniladi.


Kiyim shkaflarining havosi har kun almashtiriladi va veshelkalar soni kiyimga yetarli ekanligi tekshiriladi.Nomerda hamma vaqt kiyim va poyafzal tozalash uchun maxsus shyotka turishi shart.

Tozalash ishlari tugagandan so‘ng texnik vositalar – rozetka, vilka, telefon, televizor, muzlatgich, radioapparat, lampalar sozligi tekshiriladi.Nosozlik aniqlanganda gornichniy darhol katta gornichniy yoki qavat bo‘yicha navbatchiga xabar berishi kerak.

Umumiy foydalanish joylari, ya’ni vestibyull, xoll, yo‘lak(koridor), kiyim yechish xonasi(garderob), administratsiya, bo‘limlar xonasi, zinalar, dam olish joylari va ommaviy tadbirlarni o‘tkazish joylarini tozalashning asosiy xususiyati tashrif buyuruvchilar sonining ko‘pligigadir. Umumiy foydalanish joylarini asosiy tozalash vaqti ertalab barvaqt, kechqurun kechroq yoki kechasi.Kun davomida bu joylar faqat ifloslangandagina tozalanadi.

Umumiy foydalanish joylarini tozalash ishlari hajmiga:

  • polni yuvish vositalari bilan artish;

  • polni mexanik tozalash;

  • metall detallar va uskunalarni maxsus vositalar bilan artish;

  • oyna, eshik, panjara, deraza osti va ko‘zgularni artish;

  • savatlarni chiqindilardan bo‘shatish;

  • kuldonni tozalash;

  • stol va stoykalar changini artish kiradi.

Umumiy foydalanish joylarini tozalash ketma-ketligi: inshoot havosini almashtirish; kreslo, divan, stol, shamdonlar changini artish;changyutgich yordamida parket pol, xoll va mehmonlar joyini(gostinnaya) tozalash.

Har ikki oyda devor, potolok, karnizlar artiladi, pardalar yuviladi.Yilida ikki marotaba barcha oynalar yuvib chiqiladi (bahor va kuzda).Kunduzgi paytda farrosh va shveysarlar vestibyul, kirish eshigi, derazalar, oynalangan joylar tozaligini nazorat qiladilar.Savat va kuldondagi chiqindilarni farroshlar tozalaydilar
    1. 1   2   3   4


Xizmatchilarning etikasi (kiyinish, xonalarga kirish tartibi).

Mеhmоnхоnаdа bo’lаdigаn munоsаbаtlаr ichidа, eng muhimi mеhmоnхоnа pеrsоnаlining etikаsi hisоblаnаdi.

Yillаr dаvоmidа shаkllаngаn vа mаntiqiy etik qоidаlаrigа: хushmuоmаlаlik, оdоblilik vа mеhribоnlik; nоzаkаtlik (mulоyimlik), kаmtаrinlik, sаbr-tоqаtlilik kirаdi.

Mehmonxonadagi har bir xodim хushmuоmаlаlikni, munоsаbаtdаgi оchiq chеhrа bilаn, hurmаt-ehtirоm ko’rsаtib, vаzminlilik, хоlislik, оdаmshаvаndаlik bilаn muоmаlаdа bo’lishi, оdоblilik vа mеhribоnlikdа hаr qаndаy hоlаtdа hаm to’g’ri muоmаlаdа bo’lishi, gаplаshish оhаngi, hаtti-hаrаkаti оdоblilik tаlаbigа riоya qilishi lozim.

Mеhmоnхоnа pеrsоnаlining mаdаniyatidа kаmаtrinlik vа sаbr-tоqаtlilik hаm muhim etikеt qоidаlаridаn hisоblаnаdi. Kаmtаrinlik – bu insоn tоmоnidаn jаmiyat vа аtrоfdаgi оdаmlаr оldidаgi o’zining burchini аnglаb еtib, quyidаgi хususiyatlаrni аmаldа ko’rsаtish:


  • bоshqаlаrgа nisbаtаn hеch qаchоn оrtiqchа huquqgа egа bo’lishni tаlаb qilmаslik;

  • o’zining xоhishi bo’yichа jаmiyat tаlаblаrigа to’liq riоya etish;

  • shахsiy ehtiyojini shаrоitgа muvоfiq chеgаrаlаsh;

  • dоimо hurmаt bilаn munоsаbаt qilish;

  • mаydа-chuydа kаmchiliklаrgа e’tibоr bеrmаslik;

  • хаlq оldidаgi хizmаtigа, hаtti-hаrаkаtigа vа kаmchiliklаrigа tаnqidiy qаrаy оlish.


Ish fаоliyati dаvridа bаrchа insоnlаr bilаn mulоqоtdа bo’lishdа ulаrning qiziqishlаrigа, dunyoqаrаshlаrigа, diniy e’tiqоdlаrigа, urf-оdаtlаrigа vа аxlоq qоidаlаrigа to’g’ri kеlmаydigаn hаtti-hаrаkаtlаrigа shоshilmаsdаn, оdоblilik vа хushmuоmаlаlik bilаn qаrаsh vа mulоqotni kеskinlаshtirmаsdаn охirigаchа muvаffаqiyatli yеtkаzish qоbiliyatigа ega bo’lgan xodim o’z ishini a’lo darajada bajara oladi. Kаsbiy etikа kаtеgоriyalаrini: kаsbiy burch, vijdоn (diyonаt), оr-nоmus (nоmus), оbro’ tаshkil etаdi.

Bizning mehmonxonamizda tozalik ishlari bilan shug’ullanuvchi 5ta xodim mavjud bo’lib, ularning 3tasi xonalarni, hall, ko’chalarni tozalash (gornichniy) ishlari bilan shug’ullansa, qolgan 2tasi choyshablarni yuvish va dazmollash (pryachechnaya) ishlari bilan shug’ullanadi. Ular mehmonxonadagi mehmonlarning soniga qarab navbat bilan ishlaydilar. Agar mehmonxona turistlar bilan to’la bo’lsa, tozalovchi xodimlarning barchasi keladi, chunki xonalarning hammasi tozalashni talab etadi. Mehmonlar soni kamroq bo’lganda yoki keluvchi (ketuvchi) turistlar bo’lmagan taqdirda ularning 2tasi yoki 1tasining kelishi ham yetarli hisoblanadi.

TEXNIK XIZMAT

Televideniya, telefon, aloqa internet xizmatlarining ko’rsatilishi.

Mehmonxonaning barcha xonalari televizorlar bilan ta’minlangan. Ularning har biri xalqaro kanallarni ko’rsatuvchi antenalarga ulangan. .

Mehmonxonada telefon tizimi hali ishga tushirilmagan.

Mehmonxonada internet wi-fi mavjud. Mehmonlar ro’yxatdan o’tgandan keyin wi-fi paroli beriladi va ular chiqib ketishiga qadar internetdan istalgancha foydalanishi mumkin.

Bular bilan bir qatorda barcha kompyuter xizmatlari, faks xizmati va hokazolar yo’lga qo’yilgan.

Mehmonxonaning kompyuter tizimini tahlil etish.

Mehmonxonada kompyuter faqatgina reception va buxgalteriya bo’limlarida mavjud. Receptiondagi kompyuter ertalabdan kechgacha yoniq turadi, chunki mehmonxonaning asosiy ma’lumotlari shu kompyuterda saqlanadi. Bronlash sxemasi, xizmatlar ro’yxati, boshqa mehmonxona va restoranlarning telefon raqamlari ro’yxati doim kompyuterning ish stolida yoniq turadi, biron kishi telefon qilib so’ragan taqdirda ma’lumotlarni qidirib o’tirmaslik uchun. Kompyuter internetga ham ulangan. Biron ma’lumot kerak bo'lsa tezda qidirib topish oson bo’ladi.

Buxgalteriyadagi kompyuterda faqatgina buxgalteriyaga oid ma’lumotlar saqlanadi va uni faqatgina mehmonxona buxgalteri ishlatadi. olgan mehmonxonaning barcha ma’lumotlari receptiondagi kompyuterda bo’lib, mehmonxona administratori unga javobgar bo’lib hisoblanadi.