Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 10.01.2024
Просмотров: 87
Скачиваний: 1
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
5.3Mehmonxonaning veb saytini yaratish.
Bu veb sayt juda muhim omil bo`lib hisoblanadi. Chunki internet tarmog`i orqali millionlab potensial mijozlar bo`ldi. “Sultan” mehmonxonasi ham “Expedia Booking” saytida o`z sahifasiga ega. Bu sayt orqali ko`plab mijozlar mehmonxona haqida yetarilcha malumotga ega bo`lishadi. Onlayn bronni amalga oshirishadi. Sayt 2009-yildan ochilgan bo’lib, hozirda tripadvisorda ham ma’lumot bor. “Yotube” da “Google” mehmonxona haqida olingan rolik surat va ma’lumotlarga duch kelishingiz mumkin.
VI-bo`lim. Transport tizimi haqida ma`lumot.
6.1. Mehmonxonaning transport tizimini (buyurtma taksi) tahlil etish.
”Sultan” mehmonxonasida transport xizmatlari faqat buyurtma qilish orqali chaqirilishi mumkin. Masalan ziyorat uchun , ish yuzasidan uchrashuv uchun va boshqa maqsadlar uchun taksi va yengil komfort avtomobillar klasifikatsiyasi taqdim etiladi.
Bulardan Kobalt, Malibu, Kaptiva Lacetti, Neksiya va Ford Nissan kabi mashinalar xizmati mavjud.
Taksi xizmatini taklif qilish.
Mehmonxonada alohida taksi xizmati yo’lga qo’yilmagan. Zarur bo’lganida mehmonxonaning avtoxo’jaligidan foydalanish, yoki administrator tomonidan telefon orqali taksi chaqirishi mumkin. Reception kompyuterida taksi xizmatlarining quyidagi telefon raqamlari sxemasi mavjud. Biron turistga taksi xizmati kerak bo’lib qolgan paytda administrator shu jadvaldan biror taksiga telefon qilib, kelishib oladi va turistga taksi xizmati shu yo’sinda ko’rsatiladi.
VII-bo’lim. Menejment
“Sultan” mehmonxonasining old ko’rinishi.
-
Mazkur mehmonxona haqida ma’lumot.
“Sultan” mehmonxonasi 3 yulduzli sanalib, 2 qavatli, 15 ta shinam va ko`rkam xonalar mavjud. Ulardan 3 ta pollyuks va 12 ta standart xonalar mavjud. Mehmonxona dizayni XIX asr va hozirgi zamonaviy asr dizayni uyg`unligida barpo etilgan. Har bir detal va naqshlar o`ziga xos jozibadorlikka ega.
Mehmonxonanig restorani ham arko ko`rinishida barpo etilgan. Undagi qadimiy ko`zlar, gilam va kashtalar, misdan ipakdan atlas va boshqa sopoldan ishlangan buyumlar kishi e`tiborni tortmasdan qolmaydi. Har bir kirgan turist detalar haquda qisqacha ma`lumot so`raydi.
Ochiq osmon ostidagi restoran tunda yana ham chiroyli bo`ladi. Sababi eski shahar qismi kaftdek namoyon bo`lib turibdi.
Xullas mehmonxona sharq olamining bir ajralmas qismidek o`ziga jalb qilib turibdi.
Mehmonxona ichki tuzilishi quyidagi qismlardan iborat:
-
xoll -
xonalar ( 1-qavatdan boshlanadi) -
oshxona -
xo’jalik qism -
restoran -
open air restoran
Mehmonxona boshqarish tizimining tahlili.
Mehmonxonaning asosiy bosh xodimlari direktor Shukurov Nodir Shavkatovich va menejer Kazimova Shaxnoza. Ulardan keyin administrator, Amonov Bobur, Asadov Mirjalol, Boymurodov Humoyun.Ozodalikni ta’minlash xodimlari: Norova Fotima, Parvina va Dilbar oshxona xodimlari Manzura, restoranxodimlari(ofitsiantlar) turadi.
Mehmonxona rahbarining boshqaruv uslubi va xodimlarning professional darajasini o’rganish.
Boshqaruv uslubi — bu ma’lum bir rahbarning boshqaruv jarayonida qo’llovchi o’ziga xos va o’zgarmas usul va xarakatlari yig’indisidir.
Mutlaqo o’xshash kishilar bo’lmagani kabi vazifalar ko’pligi sababli mutlaqo bir xil boshqaruv uslubi ham bo’lmaydi. Rahbar faqat o’ziga xos xususiyat va sifatlar vositasida faqat o’ziga xos, mansub uslubda ish yuritadi. Bu ma’noda uslub rahbarning shaxs sifatidagi xususiyatlarinigina emas, balki faoliyati xususiyatlarini ham ifodalaydi. Kishilarni boshqarar ekan, rahbar jamoaning natijaviy maqsadini ko’ra biladi va uni shu maqsad sari yo’naltiradi. Rahbar ishning mohiyatiga tushungan va uni chuqur o’rgangan holdamutaxassislar faoliyatini mohirona birlashtirish va yo’naltirishi kerak.
Ishlab chiqarishni boshqarish uslubi boshqaruv apparati, barcha rahbar va mutaxassislarning katta va murakkab faoliyatini aks ettiradi. Boshqaruvning har bir vazifasi o’ziga xos xususiyatlarga ega va shu sababli unga mos usullarni talab etadi. Nazariy jihatdan boshqaruv apparatining umumiy uslubi alohida boshqaruv tashkilotlari uslublari yig’indisidan iborat bo’lishi kerak. Lekin amalda alohida tashkilotlarning turli uslublari o’zaro birlashib, bir-birini boyitadi va natijada, butun boshqaruv ma’muriyatiga xos bo’lgan o’ziga xos boshqaruv uslubi vujudga keladi.
Hisobchining yuksak darajadagi aniqligi, mexanikning ehtiyotkorligi, iqtisodchining rejaliligi va h.k. bilimlar boshqarish uslubini belgilovchi majmuaning tarkibiy qismlardan iborat bo’ladi. Jamoaning har bir a’zosi o’z uslubini kiritadi va shu yo’l bilan ushbu jamoaning boshqaruv uslubi vujudga keladi. Ko’pincha jamoadan biror xodim ketib, o’rniga yangi kishi keladi. U, odatda jamoada undan oldingi xodim egallagan joyni egallamasligi mumkin. U mavjud uslubga moslashishi, jamoa ish yuritish uslubiga to’g’ri keluvchi uslub yaratishi lozim. Albatta uning ishlash uslubi mehnat jamoasi uslubiga ham ta’sir ko’rsatadi.
Zamonaviy uslub jamoaning har bir a’zosi oldiga katta talab qo’yadi va shu bilan birga o’z-o’zidan mamnun bo’lish, ma’muriyatchilik, rasmiyatchilikni inkor qiladi. Uslub ijtimoiy rivojlanish qonunlarini, ishlab chiqarishni boshqarish tamoyil va usullari asosida shakllanadi. Boshqaruv mahorati ko’nikmasi yig’indisi, kishilarni tashkil etish, shuningdek, shaxsiy tartiblilik bilan tavsiflanadi. Nihoyat, uslub boshqaruv xodimlarining ruhiy xususiyatlari, kuchli iroda, qat’iylik va qo’rqmaslik, boshqa kishilar faoliyatini yo’naltira olish kabilarni qamrab oladi. Bundan tashqari rahbar tasavvur etish, aniq fikr yuritish, uddaburon, ilmiy fikrni tushuna olish va boshqalarga yetkaza olish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
Rahbar menejment, iqtisodiyot, moliya, huquq, sostiologiya va pedagogika asoslarini bilishi lozim. Bu fanlar bugun menejmentga ilmiy qarashlar tizimini yaratish imkonini beradi. Boshqaruv faqat ilmiy bilimlarga ega bo’lishni emas, balki boshqarish san’atini bilishni xam talab etadi. Boshqaruvni tashkil etish bilan shug’ullanuvchi, avvalo, o’z-o’zini tarbiyalay olishi, o’zini boshqara olishi zarur. Buning uchun u doimo va muntazam o’zini o’zi tarbiyalashi kerak. Rahbarning uslubi eshitish va o’qish, so’zlash va yozish, ya’ni axborotni qabul qilish va uni boshqalarga uzatish malakasida ifodalanadi. Rahbar uchun zarur bo’lgan sifatlar jumlasiga uning tashkilotchilik qobiliyati, ish qobiliyati, kuchi, xushmuomalaligi, irodaliligi kiradi.
Bozor sharoitida ishlovchi rahbar va mutaxassislar oldiga qat’iy talablar qo’yiladi. Ular yuqori ishbilarmonlik va ahloqiy sifatlarga, tadbirkor bo’lish, ahil jamoa tashkil etish va mehnat jamoasi bilan davlat manfaatlari muvofiq kelishini ta’minlay olishlari lozim. Zamonaviy rahbarlar yuqori malakaga ega bo’lishi, istiqbolni ko’ra olishi va samarali xo’jalik yuritishga imkon yaratuvchi iqtisodiy fikr yuritish, shaxsiy intizomga ega bo’lish, topshirilgan vazifaga javobgarlik hissi bilan yondashish, g’oyalarni to’plash, chiqishib ketadigan va ishbilarmon bo’lishi kerak. Rahbar doimo xotirjam va o’ziga ishongan bo’lishi, tashabbus ko’rsatishi, tavakkalchi bo’lishi kerak. Javobgarlik oldida qo’rqish kuchsizlik belgisidir. Javobgarlikdan qo’rqqan kishi rahbar bo’la olmaydi. Rahbar qo’l ostidagilar bilan shunday munosabatda bo’lishi kerakki, toki ular uning oldiga maslahat uchun bemalol kirsinlar. Rahbar o’z qo’l ostidagilarni yaxshi bilishi, ular bilan suhbatlashishi, ular qobiliyati, bilimi, egallagan lavozimiga mosligini va aksincha, ularning bilim, qobiliyat, malaka va axloqiy sifatlaridan foydalanishningyetarli ekanligini aniqlashi lozim.
Obro’ga ega bo’lmay muvaffaqiyatli rahbarlik qilish mumkin emas, lekin obro’ga kuch bilan emas, ish bilan, qanday ishlashni o’z misolida ko’rsatish bilan, uni qanday bajarish haqida so’zlash bilan, faqat talabchanlik va qat’iylik bilan emas, bilim va ko’nikma orqali erishish mumkin. Boshqaruv san’atiga ega bo’lmagan rahbar qabul qilingan qarorlar samarali bo’lishini ta’minlay olmaydi. Lekin inson rahbar bo’lib tug’ilmaydi, balki ish jarayonida shakllanadi.
Rahbar ish uslubi korxona faoliyati yakuniy natijalariga ishlab chiqarishni boshqarish vazifalari vositasida ta’sir ko’rsatadi. Ularning har biri boshqa vazifalar bilan uzviy bog’liqholda ta’sir qiladi va uslubning foyda hamda korxona faoliyatini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarga ta’sir etishning yagona mexanizmi tarkibiga kiruvchi bog’lovchi bo’g’in vazifasini bajaradi. Uslub bilan ishlab chiqarish natijalari o’zaro aloqasi tizimi rahbarlar bilim va ko’nikmalari, boshqaruv jarayoni texnologayasi, mehnat intizomi vositasida amalga oshadi va rahbar tomonidan qo’llaniluvchi boshqaruv usuli bilan bog’liq bo’ladi
Mehmonxonaning moddiy-iqtisodiy bazasini o’rganish va tahlil qilish.
Mehmonxonaning moddiy-iqtisodiy bazasi bilan buxgalteriya bo’limi shug’ullanadi. Unda keladigan daromadlar, qilinadigan xarajatlar hisob-kitobi amalga oshiriladi.
Mehmonxonan iiqtisodiy tomondan tahlil qiladigan bo’lsak, uning iqtisodiyoti brogan sari yaxshilanib boryapti, bunga sabab turistlar oqimining ko’payishidir.
Iqtisodiy bazasi haqida gapiradigan bo’lsak, mehmonxona turli texnik vositalar, yermaydoni, mehmonxona xo’jaligi jihozlari bilan boy.
Mehmonxonaga keladigan sayyohlarni qabul qilish texnologiyasi.
Mehmonxonaga keluvchi sayyohlar guruh bilan yoki individual holda bo’lishi mumkin. Sayyohlar guruhi tashrif buyurganda ular mehmonxonani oldindan bron qilib qo’ygan bo’ladi va qaysi mehmonning qaysi xonada qolishi ham allaqachon aniqlanib qo’yilgan bo’ladi. Darhol ular kelishi bilanoq hujjatlari olinib, xona kalitlari beriladi va ular birma-bir borib xonalariga joylashaveradilar. Mehmonxona xavfsizlik xizmati xodimi ularning yuklarini xonalariga birma bir etib joylashtiradi. Ungacha administrator mehmonlarni ro’yxatdan o’tkazaveradi.
Mehmonxonanani oldindan bron qilmay kelayotgan turist xoh individual bo’lsin, xoh bir necha kishi agar xona oldindan tayyorlanib qo’yilmagan bo’lsa ularning ozgina kutib turishiga to’g’ri keladi. Mehmonxonaning zalida o’tirish uchun joy mavjud, xohlasa suv yoki turli xil yaxna ichimliklar olib ozgina kutib turishi mumkin, ko’pi bilan 10-15daqiqada xonalar tayyorlanib beriladi va bemalol joylashishi mumkin bo’ladi.
Agar bo’sh xona bo’lib tayorlanib qo’yilgan bo’lsa muammosiz tezda xona kaliti berilib, mehmon hujjati olinadi va joylashaveradi.
Mehmonxonaga sayyoh kelganidan so’ng pasporti olinib registratsiya qilinguniga qadar bepul salqin ichimliklar (welcome drink) beriladi. Mijoz xohishiga ko’ra bu vaqt davomida mehmonxonani aylanib chiqishi, XIX asrga taalluqli restoranda dam olishi mumkin. Ungada ro’yxatga olish ishlari yakunlanib, passport qaytarib beriladi va mehmon xonasiga kuzatib qo’yiladi. Xonadagi barcha qulayliklar va ulardan foydalanish tartibi bilan tanishtirilib, maroqli hordiq chiqarish tilagi bildiriladi.
Xonaning jihozlanishi
Garderobe:
1.Veshilka 3-4 dona
1.2. Stul (chamadonni qo’yish uchun)
1.3 Jovon polkali va har bir kishi uchun 4 dona ilgich
2.TV
1.1 Televizor dasturlari (kanal) bilan
3.Razetka
1.1 stul oldida bir dona
1.2 spal. Divan oldida
1.3 bir yoki ikki dona stul
1.4 bir yoki ikkita spal. Divan
1.5 xolodilnik
1.6 konditseoner
4. Vanna va xojatxona
1.1 oyoq tagiga tashlanadigan sochiq bir dona
1.2 Yuz sochiq bir yoki ikki dona (mehmonning soniga qarab)
1.3 Artinadigan katta sochiq bir yoki ikkita (mehmonning soniga qarab)
1.4 zahiraga bir dona xojatxona qog’ozi
1.5 Sovun
1.6 dush geli
1.7 Shampun
1.8 Sochiq iladigan uzun veshilka
1.9 Sochiq iladigan aylana veshilka
1.10 bir dona ikki ilgichli veshilka
1.11 oyna soqol olish va bo’yanish uchun podstavkasi bilan
1.12 sovun qo’yadigan idish
1.13 tishni chayish uchun stakan
7.6 Mehmonxonaning xo’jalik-iqtisodiy faoliyatini o’rganish va tahlil qilish.
Turistik korxonalar va mehmonxona o’rtasida axborot almashish jarayonlarini o’rganish.
Mehmonxona turistik korxonalar bilan bevosita axborot almashadi. Reception kompyuterida barcha mehmonxona va restoranlarning telefon raqamlari, manzillari jadvali mavjud bo’lib, birontasi bulan aloqa bog’lashga ehtiyoj tug’ilsa tezda telefon qilinib axborot almashinadi.
Hamma mehmonxonalarda ham turistik korxonalar bilan ishlar amalga oshiriladi. Bizning mehmonxonamizda asosan turistik korxonalar bilan aloqalar telefon, faks, internet tarmog’I bilan amalga oshiriladi.
Mehmonxona rayonida turizm rivojlanishiga salbiy ta’sir etuvchi omillar.
Turizm yo`nalishida bir qancha qulayliklar bo`lgani bilan o`ziga xos kamchiliklar ham mavjud. Masalan, tashqi ko`rinishning yomon ahvolda ekanligi, ba`zida mahalliy aholining turistlarga nisbatan qo`pol munosabati, turistla ongida yomon tushunchaning shakllnishi, ortiqcha qog`ozbozlik bilan uni charchatib qo`yish, yoki biron narsa haqida no`tog`ri axborotga ega bo`lshi.
Mehmonxona juda qulay joylashuvga ega: yo`l yoqasida joylashgan. Mehmonxona shaharning eng ko`rkam, xushmanzara va ozoda ko`chalardan birida joylashgan. Mehmonxonadan to shaharning eski shahar qismiga ya`ni e`tiborga sazovor joylarigacha piyoda 15 minutlik to`gri katta yo`l. Buxoroga birinchi marta tashrif buyurgan sayyohlar ham osongina o`zlari tomosha qilishni xoxlagon joygacha yetib olishlari mumkin.
Aeroportdan kelish ham 5 minutlik yo’lni tashkil etadi. Oldidan katta yo`l o`tgan bo`lsa ham, oqilona tashkil etilgan muhandislik ishi tufayli ichkarida mashinalar shovqini mehmonlarni bezovta qilmaydi.
Ushbu hududda salbiy narsalar yo`q emas lekin astoyidil servis sohasini yaxshilasak, sayyohning ko`ziga mayda chuda kamchililar ko`rinmasligi mumkin.
VIII-bob. Narxni shakllantirish
8.1.Mehmonxona tizimida narxlashtirish.
“Sultan ” mehmonxonasiga keladigan mijoz kim bo`lmasin mahalliy sayyohmi yoki chet ellik sayyohmi ularga o`ziga xos narx belgilanadi.
O`zbekiston fuqarosiga belgilanadigan narx quyidagicha: quyidagi jadvalni o’zbek tiliga o’giring
Тип размещение (xona turlari) | Цены (Price ) narxlari | ||
Стандартный номер (standart xona) | Одноместный (bir o’rinli) (single) | 150 000 сум | |
Делюкс (hashamatli) | 180000 сум | ||
Стандартный номер | Двухместный (ikki o’rinli) (double\ twin) | 250 000 сум | |
Делюкс | 300 000 сум |
Xona narxiga nonushta ham kiritilgan.
Chet ellik sayyohlarga narx belgilash anchagina boshqacha kechadi. Sababi turist bronni turli yo`l bilan amalga oshiradi:
-
To`g`ridan to`gri -
Turfirma orqali -
Onlayn bron orqali
O`z navbatida narxlar mavsum bo`lgan va bo`lmagan vaqtga qarab ham o`zgaradi. To`lov naqdda to`lanadigan bo`lsa 2016- yil 2-dekabrdagi PF ga asosan mehmonxonaga tol`nadigan tol`ov faqatgina chet el valyutasida qabul qilinishi kerak.
Mavsum bo`lgan va bo`lmagan paytdagi narx (otstoykiy)
Тип размещение (xona turkari) | Цены в долл.США (сезон-IV,V,IX,Xмесяцы) (mavsumiynarxlar) | Цены в долл.США (не сезон-I,II,III,VI,VII,VIII,XI,XIIмесяцы) (mavsumbo’lmagannarxlar) | |
Стандартный номер | одноместный (single) | 55 $ | 35 $ |
Делюкс | 60 $ | 40 $ | |
Стандартный номер | двухместный (double/ twin) | 70$ | 50 $ |
Делюкс | 80 $ | 60 $ |
IX- bo’lim. Mehmonxonaga keladigan turistlarni turkumlash.