Файл: Reja Iqtisodiy tarixning qisqacha izohi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 07.11.2023

Просмотров: 158

Скачиваний: 4

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.


Qirol votchinasining qaram dehqonchiligi asosiy uch guruxga bo'linar edi:

  • kolonlar, yoki chorakorlar, ular ko'pchilikni tashkil etishardi

  • shaxsan erkin, ammo yer qaramligida bo'lganlar:

  • qul-servlar - shaxsan va yer qaramligida bo'lganlar;

  • litlar - o'rta holatdagilar - qaysidir feodalning homiyligida bo'lib, yer ulushidan merosga qoldirish huquqi bilan foydalanu- vchilar.

Bunday farqlar asta-sekin yo'qola borib, dehqonlar bir xil qaram odamlarga aylana bordilar. Ularning hammasi to'lov to'lab, feodalga tekin ishlab berishga majbur edilar.

Xo'jaliklar tabiiy bo'lib, hunarmandchilik mehnati dehqonchilik bilan birlashgan edi. Mahsulotning deyarli hammasi votchinaning o'zida ishlatilar, har zamonda ortiqcha mahsulot sotilar va votchi- nada ishlab chiqarish mumkin bo'lmagan mahsulotlargina sotib olinar edi. Ammo savdo - sotiq iqtisodiy hayotning umumiy dara- jasiga sezilarli ta'sir etmas edi.

XI asrda feodal-qaram dehqonchilikning shakllanishi tugallan- di. Sen'orlarga shaxsan va yer qaramligida bo'lgan servlar asosiy qatlam bo'lib qoldilar. Dehqonlar villanlar deb atalmish, shaxsan erkin, lekin yer va suv qaramligida bo'lgan kichik guruhi saqlanib qoldi.

  1. XIII asrlar uchun ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va qishloq xo'jaligining mahsuldorligini oshirishda yuksalish xususi- yatlidir. Yerga ishlov berish yaxshilandi. Uch dalalik uslubi tarqaldi. Bo'sh yerlar va o'rmonlarni o'zlashtirish - ichki mustamlakalashti- rish keng tarqaldi.

Ekin maydonlarining kengayishi va hosildorlikning ko'tarilishi mehnat unumdorligining oshishiga hamda qo'shimcha mahsulot yaratilishiga olib keldi. Sen'orlar uchun rentani dehqon hosilin- ing bir qismi sifatida olish foydali bo'lib qoldi. Shuning uchun XII-XIII asrlarda ular tekin ishlab berishni yo'q qilib, barcha do- menial yerlarni dehqonlarga foydalanish uchun tarqatib berishni yo'lga qo'yishdi. Mahsulot rentasi tez orada pul rentasi bilan al- mashtirildi, chunki fransuz qishloqlariga shaharlarning ta'siri to- bora kuchaya borardi.

Bozorga mahsulot yetkazib beruvchi asosiy ta'minotchi de­hqon bo'lib qoldi. Bu bir qator oqibatlarga olib keldi.

Feodallar dehqonlar ustidan sud hukmronligini saqlab qol- gan, ammo dehqonlar erkin odamlar, ya'ni villanlar sifatida qirol- lik sudiga murojat qila olardilar. Bundan tashqari salb yurishlarda qatnashish, ham shaxsiy erkinlikka olib kelar edi. Dehqonlarning sinfiy kurashi, ham katta ahamiyatga ega bo'ldi.

Dehqonlarning tabaqalanishi kuchaydi, Senzivani5 garovga qo'yish yoki sotish mumkinligi XIV-XV asrlarda o'ta qashshoqlash- gan dehqonlar qatlamining paydo bo'lishiga olib keldi6. Qarzlarini to'lashga qurbi yetmaganligi uchun ular sen'orlarga yoki o'ziga to'q qo'shnilariga yollanib ishlashga majbur bo'lardilar. Natijada yollanma dehqonlar qatlami paydo bo'ldi. Shu davrning o'zida de­hqon mulkchiligining yangi ko'rinishi yerni ijaraga olish, ko'proq chorvadorlik ko'rinishida, shakllandi.

Hukmron sinfning ahvolida o'zgarishlar ro'y berdi - XIV asr- dan boshlab sen'orlar va ularning vassallari orasidagi munosabat- larning asosiy shakli shartli yer taqsimoti emas, balki rentali feod bo'lib qoldi. Endi vassal o'z xizmati uchun aniq yer hududining o'rniga uning rentasinigina olar edi.

  1. XI-XV asrlarda G'arbiy Yevropada qishloq xo'jaligi

XI-XV asrlarda G'arbiy Yevropa feodalizmi tugallangan yetuk shakllarga ega bo'ldi. Bu davrda feodal tarqoqlik o'z o'rnini markazlashgan feodal davlatlarga bo'shatib berdi. Ulardan eng yiriklari Fransiya va Angliya edi. Feodal hukmronlikning marka- zlashuvi feodal ishlab chiqarish usullarining mustahkamlashuviga olib kelmay iloji yo'q edi. XI-XV asrlarda bu yerda feodal tuzum keng qamrovli ahamiyat kasb etib, xo'jalik hayotida hal qiluvchi rol o'ynay boshladi.

Krepostnoylashgan sen'orlar o'zlarining barshchina tizimi bi­lan chuqur inqirozga uchray boshladi. Feodal tuzumning natural xo'jaligi o'zining ahamiyatini tobora yo'qota bordi, jamiyat bor- gan sari qarama - qarshi fikrni bildira boshladi. Dominant xo'jalik ishlab chiqargan mahsulotlar xalq ehtiyojlarini va shu bilan bir-

ga feodallarning ham ehtiyojlarini qondira olmay qoldi. Fransuz dvoryanlari va dehqonlariga nisbatan sifatli va har xil turdagi ish qurollari va iste'mol mollari kerak bo'la boshladi. Shahar va qish- loqlar o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarning tobora kuchayishi pul hajmini ko'paytirish zaruriyatini keltirib chiqardi.


Feodal rentani mahsulot va pul obroki shaklida topshirishga obyektiv ehtiyoj vujudga keldi. Mahsulot shaklidagi renta ishlab chiqaruvchidan yanada yuqori ishlab chiqarish madaniyatini talab etardi. XIV-XV asrlarda Fransiyada feodallar qaram dehqonlarni barshchinadan mahsulot shaklidagi rentaga, keyinchalik esa pul rentasiga o'tkazdilar. Natijada dehqon xo'jaligi feodal rentasini ishlab chiqarish markaziga aylandi. Fransuz zodagonlari oltin va kumushlarning shu'lasidan mast bo'lib qoldilar. Pul shaklidagi obrok o'lchab bo'lmas darajada katta ediki, feodallar o'zlarining barcha talablarini qondirishga harakat qilardilar.

Feodallar talablarining tobora ko'payishidan ko'pgina dehqon xo'jaliklari g'azablanardi. Feodallarning surunkali ravishda urush- lar natijasida dehqonlarning ahvolini tobora og'irlashar, hosilning kamayishi, ocharchilik va epidemiyalar natajasida tabaqalararo urushlar kuchayib borardi.

Ingliz feodal qirolligi IX asrda vujudga keldi. Lekin feodal mu- nosabatlar Angliyada sekin rivojlanardi. Feodal xo'jalik 1066 yilda Angliya Normandiya gersogi Vilgelm tomonidan bosib olingandan keyin to'la-to'kis rivojlanib bo'ldi. Yerlarning kelgindi normand va fransuz feodallari tomonidan birdaniga musodara qilinishi yirik yer egalarning paydo bo'lishi va dehqonlarning qaramlashuvi sur'atlarini tezlashtirib yubordi.

XI asrning oxirida yerlarni ro'yxatdan o'tkazish jarayonida shu narsa ayon bo'ldiki, o'sha davrga kelib Angliya xo'jaligining asosiy qismini qaram dehqonlar mehnatiga asoslangan manor qo'rg'onlari tashkil etardi. XII-XIII asrlarga kelib manor tizimi mamlakatning 80% ini tashkil etardi. Manorlarga qaram dehqonlar xizmat qilardi. Asta-sekin manor tizimi 2 asosiy guruhga ajraldi:

  • villanlar qishloq xo'jaligining 30 akrgacha yeri bo'lgan va o'z ish quroli hamda xo'kiziga ega bo'lgan dehqonlar sinfi

  • kotgerlar kichkina yeriga ega bo'lgan yoki umuman yeri bo'lmagan dehqonlar.

Kotgerlar barshchinada ishlab, xo'jayinning xo'kizi va mehnat qurollarini ishlatishgan. Manorial xo'jalik tizimi natural shaklda 42

edi, manorlar o'rtasidagi savdo munosabatlari sekin rivojlanardi, o'sha davrdagi boshqa Yevropa mamlakatlari manorlariga nisba­tan agrotexnik darajada zaif edilar.

Lekin shuni aytib o'tish kerakki XII-XIII asrlarda Angliyada feodallardan ozod hisoblangan dehqonlar mavjud edi. Ular fri- golderlar deb atalgan. Ammo ular juda kam sonli edilar va ularn­ing roli ijtimoiy hayotda unchalik muhim o'rin tutmasdi. XIV-XV acrlarda Angliyada Fransiyadagi kabi feodal munosabatlarning ancha ko'zga tashlanuvchan darajada keskin o'zgarishi yuz berdi.

Bunda mamlakat ichki bozorining rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etdi. Junga bo'lgan talabning tobora osha borishi natijasida Angliyada qo'ychilikning rivojlanishi kuchaya bordi. Bu xol feodal qo'rg'onlarida ham, dehqon xo'jaliklarida ham kuzatildi. Jun ma- tolar ishlab chiqarish markazlariga aylanib borayotgan flandr shaharlarning junga talabi ayniqsa katta edi. Bu "ishlab berishn- ing kommutatsiyasi"ga, ya'ni o'zgarishiga olib keldi. Villanlar ko- pigollderlarga7 aylanishdi va ba'zi bir, asosan og'ir va qaramlik ko'rinishlaridan qutulishdi.

Endi ular ishlab berish o'rniga to'lov, jun holida yoki pul bilan to'laydigan bo'lishdi. Kopigolder o'sha joydagi cherkovda saqla- nadigan hujjatning nusxasi bilan: yerga egalik qiladigan dehqon degani edi. XV asrda Angliya qishloqlarida kopigolderlar asosiy shaxslar bo'lib qoldi. Tobora oshayotgan to'lov majburiyatlari, feodal zodagonlar qo'lida qurol bo'lib qolayotgan va yakka xo- kimlilikka asoslangan davlatning og'ir soliqlari, qo'shni Fransiyad­agi kabi, sinfiy kurashning kuchayib ketishiga olib keldi.

1381 yili Angliyada Uot Tayler boshchiligida dehqonlarning katta qo'zg'oloni alanga oldi. Qo'zg'olonchilar jiddiy muvaffaqi- yatlarga erishdilar, xatto poytaxt Londonni ham egallashga mu- vaffaq bo'lishdi. By ko'zg'olon bostirilgan bo'lishiga qaramay, muhim ijtimoiy-iqtisodiy natijalarga ega bo'ldi.

  1. asr davomida Angliyaning deyarli barcha dehqonlari shax­san ozod bo'ldilar qishloq xo'jaligi esa asosan tovar xo'jaligi shaklini oldi. Angliyaning ko'pchilik dvoryanlari yollanma meh- natga asoslangan xo'jalik yurita boshladilar. Yangi burjuazlashgan dvoryanlar tabaqasi paydo bo'ldi. Bu Angliya qishloq xo'jaligida yangi, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari tug'ilayotganini bildirar edi.


O'rta asrlarda Germaniyada feodal munosabatlarning rivojla­nishi Angliya va Fransiyadagiga nisbatan sekinroq amalga oshdi. Buning asosiy sababi Germaniyada ancha vaqt davomida siyosiy tarqoqlik hukm surgani va markazlashgan yagona feodal davlat- ning yo'qligi edi. Shunga qaramay XII asr boshida nemis qish- loqlari asosan feodal qishloqlarga aylandi. Qishloq aholisining asosini qaram dehqonlar tashkil qildi. Cherkov va monastir ye- rlarida fogtlar deb atalmish neofeodalarga bo'ysunadigan "fogt odamlari" yashaganlar.

Nemis feodalizmi tarixida Germaniya feodallarining Elba dary- osi sharqida joylashgan G'arbiy slavyanlar yerlariga qilgan bosq- inchilik harakatlari muhim o'rin tutadi. By harakatlar zamirida yan- gi yerlar va qaram dehqonlarni qo'lga kiritish yotar, tub slavyan aholisi doimiy ravishda, rahmsizlarcha qirib tashlanardi. Bosib olingan yerlarda bir necha feodal ritsarlik knyazliklari tuzildi. Ne­mis ritsarlari butun Boltiq bo'yi yerlarini bosib olishga erishdilar.

Germaniyada qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishning ahvoli tax- minan Fransiya va Angliyadagidek edi. O'zlashtirilgan yerlar may- doni sezilarli darajada kengaydi, texnik ekinlar ekila boshlandi, donli ekinlar, poliz va bog'larga qarash yaxshilandi, chorvachilikn- ing rivojlanishi ancha yuqori darajaga yetdi.

XIII asr oxirlaridan boshlab Germaniyadagi agrar munosabat- larda, Angliya va Fransiyadagidan ko'ra kamroq seziladigan dara­jada bo'lsa ham, to'ntarish boshlandi.

Shahar va qishloq orasida tovar munosabatlarining kuchayishi ta'sirida Germaniyaning bir qator rayonlarida ishlab berish tizimi va shaxsiy qaramlikning bir qator elementlari yo'q qilindi, feodal qaramlikning to'lov to'lash shakllariga o'tildi. Sharqiy Germani- yaning nemis feodallari tomonidan mustamlakaga aylantirishi natijasida XV asrda keng miqyosda dehqonlarni qaramlashtirish amalga oshirildi. Bularning hammasi ezilgan dehqonlarning ke- skin noroziliklariga sabab bo'ldi va XVI asrda ularning ommaviy ko'zg'olonlari - "Buyuk dehqonlar urush"ni tayyorlab berdi.

  1. XI-XV asrlarda G'arbiy Yevropada feodal shahar, hunarmandchilik va savdo sotiq.

Hunarmandchilikning qishloq xo'jaligidan ajralish jarayoni G'arbiy Yevropada feodal shaharlarning paydo bo'lishiga mod- diy asos bo'lib xizmat qildi. O'rta asrlarning boshlarida insonning xo'jalik faoliyati to'laligicha qishloqda jamlangan, hunarmand­chilik dehqonchilikdan ajralmagan edi. To'g'ri, devorlar bilan o'ralgan yirik aholi punktlari mavjud edi, lekin iqtisodiy jihatdan ular qishloqlardan farq qilmas, faqat ma'muriy va diniy markazlar vazifasini o'tar edilar.

Lekin XI asrga kelib, umumiy iqtisodiy yuksalish natijasida, hu­narmandchilik va savdo - sotiq markazlari sifatida shaharlar vu­judga keldi. Jamoaviy mehnat taqsimotining rivojlanishi bilan Rim davridan saqlanib kelayotgan eski shaharlar jonlandi, yangilari paydo bo'ldi. Markazlashgan shaharlarning iqtisodiy va siyosiy hayoti aynan shaharlarda jamlana boshladi. Shaharlar iqtisodiy va madaniy rivojlanish timsoliga aylandi.

XI-XIII asrlarda G'arbiy Yevropa feodallari bir necha bor Sharq yo'nalishida yurishlar amalga oshirdilar. Ko'plab ritsarlar, dehqon­lar va shaharliklarni o'z domiga tortgan salb yurishlari, umuman olganda, yevropaliklar uchun muvaffaqiyatsiz tugagan bo'lishiga qaramay, Yevropa hayotida iz qoldirmay iloji yo'q edi. Ular sharq davlatlari bilan G'arbiy Yevropa o'rtasida tovar-pul munosabatlar- ining rivojlanishiga, buning natijasi o'laroq Yevropa shaharlarin- ing yanada o'sishiga xizmat qildi.

Shaharlar yanada mustahkamlana borib, yomg'irdan keyin paydo bo'lgan qo'ziqorinlardek tez ko'paya boshladilar. Faqat Germaniyaning o'zida XIII-XIV asrlarda 700 dan ortiq shaharlar paydo bo'ldi. G'arbiy Yevropa shaharlarining ichidagi Italiyadagi Venetsiya, Genuya va Florensiya, Germaniyadagi Keln, Gamburg, Lyubek, Augsburg, Regensburg, Fransiyadagi Parij, Angliyadagi London va York kabi yirik savdo-sanoat markazlarini alohida aytib o'tish kerak.

Ularning aholisi ko'p emas edi. Germaniyada 10-15 ming ahol- isi bo'lgan shaharlar o'rtacha, 25-35 ming aholisi bo'lganlari yirik, 3 mingdan 5 minggacha aholisi bo'lganlari esa mayda shahar­lar hisoblanar edi, o'rta asr shaharlari qulayliklarga ega emas edi. Ko'chalari tor, qing'ir-qiyshiq, qoplamasiz va yoritilmagan edi. Binolar yog'ochdan qurilar, tez-tez yong'in ostida qolar edilar.


O'rta asr shaharlari asosan feodallarning yerlarida joylashgan bo'lib, ular esa qaram edilar. Shaharlarda avvaliga erkin hunar- mandlar bilan bir qatorda qaram dehqonlar ham yashashgan. Le­kin sekin-asta shaharlar o'z erkinliklari va mustaqilliklari uchun kurasha boshladilar. Feodal shaharlarda xokimiyat boy savdogar­lar, sudxo'rlar va uy egalari qo'liga o'ta boshladi.

Hunarmandchilik va savdo-sotiq shahar aholisining asosiy mashg'uloti bo'la boshladi. Shahar hunarmandchiligining eng keng tarqalgan turlari to'qimachilik metallarni eritish va ularga ishlov berish edi.

To'qimachilik sohasida movut va dag'al jun matolar ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega edi. Feodal G'arbiy Yevropada Flandriya8 va Florensiya rayonlari jun ishlab chiqarishning asosiy markazlari edi. Sharq davlatlaridan o'zlashtirib olingan shoyi ish­lab chiqarish shimoliy italyan shaharlari va Fransiyaning ba'zi sha- harlarida (Lion) rivojlandi.

Qurol-yarog' ishlab chiqarish juda tez rivojlana boshladi. Uzluksiz urushlar ko'p miqdorda qurol va yarog'-aslaha talab qilardi. Metallga bo'lgan talab metallurgiyaning tez rivojlanishiga olib keldi. Ochiq o'choqlar o'rnini yopik o'choqlar egallay bosh­ladi. Yopiq o'choqlarda yuqoriroq temperatura rejimlariga erish- ish mumkin bo'lib, natijada qiyin eruvchi temir rudalaridan ham metall olinadigan bo'ldi. XV asrda deyarli barcha G'arbiy Yevropa davlatlarida domna o'choqlari bor edi. Metallga ishlov berishda quymachilik ishi katta ahamiyatga ega bo'ldi.

Yevropadagi o'rta asr hunarmandchiligiga xos bo'lgan jihat ishning sexlar ko'rinishida tashkil etilishi bo'lib, bu feodal tu- zumining oqibati edi. U yoki bu shaharning har bir sexi bir kasb yoki mutaxassislik hunarmandlarini birlashtirar, o'z ustavi va say- lanadigan ma'muriyati-oqsoqollariga ega edi. Faqat ustalar o'rta asr sexlarining to'la huquqli a'zolari edi. Hunarmandchilik ustax- onalarida ustalar bilan bir qatorda yordamchi ishchi va shogirdlar ham ishlar edi.

Sex hunarmandchiligida hali mehnat taqsimoti yo'q bo'lib, har bir hunarmand o'z mahsulotini boshidan oxirigacha o'zi tayyorlar edi. Raqobatga qarshi turish hamda hunarmandchilik ustaxonalaridagi ishchilar o'rtasida iqtisodiy tenglikni ta'minlash maqsa- dida o'rta asr hunarmandchilik sexlarida shafqatsiz, qattiq regla- mentlash tartibi amalda bo'lgan. Mahsulot hajmi va sifati, bahosi, yordamchi ishchi va shogirdlar soni, jixozlar va xom-ashyo miq- dori, ish kunining davomiyligi bularning hammasi qat'iy belgilab qo'yilgan.

Shaharda hech kim, agar u sex a'zosi bo'lmasa, biror bir hunar bilan shug'ullanishga haqqi yo'q edi.

Bu tadbirlarning hammasi, shu jumladan sex tashkiloti ham av- val boshda progressiv ahamiyatga ega bo'ldi, chunki hunarmand- larning manfaatlarini himoya qilar edi. Lekin sexlar sekin-asta jamoaviy ishlab chiqarish rivojlanishiga to'sqinlik qila boshladi. Chunki sexlardagi reglamentlash tartibi texnik rivojlanishga, ish­lab chiqarish kuchlarining o'sishiga sun'iy to'sqinlik qilar, raqo- batni va hunarmandlarning tashabbusini bo'g'ib turar edi.

  1. XV asrlarda ishlab chiqarish kuchlari va tovar ishlab chiqar­ish rivojlanishi bilan birga ichki va tashqi savdo ham kengaya bor- di. Ayniqsa kompaniyadagi yarmarkalar mashhur edi. Uning oltita shahrida navbatma-navbat yarmarkalar tashkil etilar, bu yerga turli davlatlardan savdogarlar oqib kelardi. Savdogarlar va hunar- mandlarni talon-tarojdan va yirik feodallar o'z boshimchaligidan himoya qilish uchun shaharlar maxsus ittifoqlarga birlashganlar. Ulardan eng mashhuri Ganza ittifoqi bo'lib, u butun Shimoliy Yev- ropadan (Novgoroddan) Londongacha - o'z filial va idoralariga ega edi.

Turli vaqtlarda Ganzaga 70 dan 100 tagacha9, asosan nemis shaharlari birlashgan. Yevropada tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi XI-XV asrlarda, dastlabki banklar va qarz muomalalar- ining paydo bo'lishiga olib keldi. Ba'zi ishbilarmon va savdoga­rlar bankirlardan, ya'ni sudxo'rlardan pul qarz olib ishlatardilar. Bank-kredit muomalalari va muassasalari eng avvalo Shimoliy Italiya shaharlarida rivojlana boshladilar. "Bank" atamasi italyan- cha "banka" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, sudxo'rning pul ayir- boshlash stolchasini anglatadi. Yevropada kapitalistik ishlab chiqarish kurtaklarining vujudga kelishi

IX asrning ikkinchi yarmida Buyuk Karl imperiyasi tarkibidan ajralib chiqqan Italiya bir nechta alohida, feodal yakka qismlarga bo'linib ketdi. Shimoliy Italiyada bir necha boy shahar-respublika- lar - Venetsiya, Genuya va Florensiya tashkil topdi. Xo'jalik rivojla­nishi jihatidan ular Italiyaning boshqa rayonlarini ancha orqada qoldirib ketishdi. Aslida ular sanoat ishlab chiqarishi va savdo- sotiqning dunyo markazlari edilar.


  • Venetsiya

o'sha davr me'yorlari bo'yicha juda katta shahar bo'lib, 200 ming aholisi bor edi. Venetsiya movutlari va shoyi matolari, shisha, qurollar, qahrabodan tayyorlangan buyumlari butun Yevropaga tarqalar, sharq mamlakatlarida katta talabga ega edi.

Genuya

Venetsiyaning doimiy raqobatchisi Genuya edi. Ular orasida O'rta Yer dengizi basseynida savdo-sotiq bo'yicha birinchilik uc­hun to'xtovsiz kurash borardi. Genuyaliklar Qora dengizning shi­moliy qirg'oqlarida bir qator faktoriyalar tashkil qildilar. Ulardan eng ahamiyatlilari Kafa va Soldayya edi. XIV asrning ikkinchi yar­mida (1380 y.) Venetsiya floti Genuya flotini kuchli mag'lubiyatga uchratdi va shundan keyin O'rta yer dengizi hududida birinchilik uzil-kesil Venetsiya tomoniga o'tdi.

  • Florensiya

Dengizdan ancha uzoqda joylashgan Florensiyada sanoat, ayniqsa movut va shoyi ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bank ishlari ham gullab-yashnadi. Florensiya savdogar- lari va sanoatchilari o'z kapitallarini Rim papasi, qirollar va feodal zodagonlarga qarzga berar edilar.

Florensiya boyligining ortishi bilan shahar aholisining mulkiy va ijtimoiy tabaqalanishi kuchaya bordi. Shahar xokimiyati "katta sexlar" deb atalmish korporatsiyalar qo'lida bo'lib, ularga boy savdogarlar, sanoatchilar, bankirlar, vrachlar va yuristlar kirar edi. Qolgan sexlar "kichik sexlar" deb atalardi.

XVI asr va XVII asrning so'nggi uchdan biri jahon xo'jaligida feodal munosabatlarning emirilishi va feodal jamiyat asosida kapitalistik ishlab chiqarishning paydo bo'lish davri hisoblanadi.

Bu jarayonning boshlanishiga G'arbiy Yevropa mamlakatlarida XVI asrda yuz bergan moddiy ishlab chiqarish sohasidagi, ishlab chiqarish kuchlarining ahvoli va xususiyatlaridagi o'zgarishlar, ichki va tashqi bozorning kengayishi sabab bo'ldi.

  1. asr boshiga kelib sanoat ishlab chiqarishining barcha so- halarida ish qurollari va ishlab chiqarish texnologiyalari ancha takomillashgan edi. Takomillashgan sohalar qazib olish va qayta ishlash sohalari edi. Shaxtalarda o'z davri uchun ancha murakkab qurilmalar paydo bo'ldi. Bunday mexanizmlar chuqurroq shaxta- lar qurish va avvallari yetib bo'lmagan qatlamlardan ruda olish imkoniyatini berdi.

Metallurgiya sanoatida kichik o'choqlar o'rniga domna o'choqlar qurildi va cho'yandan temir va po'lat olish usuli topildi. Bu usulning asosiy qirralari hozirgi kungacha saqlanib qolgan.

O'sha davrda eng keng tarqalgan sanoat sohasi hisoblangan to'qimachilik sohasida ham texnika va texnologiyaning rivojlani­shi kuzatildi. Movutsozlik texnikasi ancha o'zgardi. Shoyi va pax- tadan ip-gazlama ishlab chiqarish rivoj topdi.

Texnika rivojlanishi faqat sanoatda yuz berib qolmadi. Harakat- lanish vositalarida, ayniqsa dengiz transportida katta o'zgarishlar yuz berdi. XVI asrda o'q otar qurollar harbiy sohada haqiqiy inqi- lobga olib keldi.

Qishloq xo'jaligida ham sanoatdagiday tez bo'lmasa ham tex- nika va texnologiya yuksalishi kuzatildi:

  • Botqoqliklarni quritish va o'rmonlarni qo'porib tashlash natijasida haydaladigan yerlar ancha kengaydi.

  • XVI asrda dehqonchilikning ko'proq takomillashgan tizimlari

  • ko'p dalalik almashlab ekish va o't o'stirishga o'tish boshlandi.

  • O'g'itlardan foydalanish kengaydi, qishloq xo'jalik asbob- uskunalari soni ko'paydi.

  • Metallurgiya yutuqlari metalldan ishlangan qurollarning ko'payishi va ularning sifati oshishiga olib keldi.

Sanoat va qishloq xo'jaligining mahsuldorligi oshishi bilan birga:

  • ichki bozor kengaydi,

  • tashqi bozorga mahsulot yetkazib berish tez o'sa boshladi,

  • savdogar asosiy shaxsga aylana bordi,

  • pul munosabatlari murakkablashdi,

  • savdo shartnomalari va bitimlarining yangi ko'rinishlari ildiz ota boshladi,

  • birja mahsulot va qimmatbaho qog'ozlar ayirboshlash joyi- ga aylandi,

  • qarz berish va bank ishi rivojlandi.