Файл: Reja Iqtisodiy tarixning qisqacha izohi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 07.11.2023

Просмотров: 157

Скачиваний: 4

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
G'arbiy Yevropada ishlab chiqarish kuchlari ahvolidagi ma'lum o'zgarishlar shundan dalolat beradiki: jamiyatdagi asosiy ishlab chiqaruvchilar bo'lgan hunarmand va dehqonlarn- ing mayda xo'jaliklari XVI asrda o'z imkoniyatlarini tugatib bitirdi va endilikda mustaqil rivojlanishga qodir bo'lmay qoldi.

Mayda ishlab chiqaruvchining iqtisodiy ahvoli o'zgara bordi, chunki u endi mehnat qurollarini olish uchun tobora ko'proq mablag' sarflashi kerak bo'la boshladi.

Bu pirovard natijada hunarmandning savdogar yoki boshqa kap- ital egasiga iqtisodiy qaram bo'lib qolishini yengillashtirdi, mayda ishlab chiqarishning yemirilishiga va kapitalga bo'ysunishiga olib keldi va nihoyat, mayda sanoatni unumliroq kapitalistik ishlab chiqarish shakllariga o'z joyini bo'shatib berishga majbur qildi.

Tog'-kon sanoati, metallurgiya va metallga ishlov berish so- halarida mayda sanoatning "qobiliyatsizligi" yanada yaqqol namoyon bo'ldiki, hunarmand o'z mablag'lariga shaxta, domna o'choqlari, temirga ishlov berish uchun og'ir to'qmoqlar sotib ola olmas va bularni faqat o'z kuchi bilan ishlata olmas edi. Bu sohalarda alohida hunarmandlarning mayda sanoati yirik ishlab chiqaruvchilar tomonidan surib tashlanishi aniq edi.

Mayda ishlab chiqaruvchilarni mahsulot yoki sudxo'rlar kap- italiga asta-sekin bo'ysundirish yo'li bilan kapitalistik sanoatni tashkil etish amalga osha bordi. Bunday bo'ysundirish darajasi va aniq shakllari turlicha edi.

Avvaliga hunarmand, o'z xo'jaligiga shaxsiy egaligini saqla- gan holda, savdogardan xom-ashyo sotib olar yoki xom-ashyoni qarzga olar edi.

Amalda mayda ishlab chiqaruvchi bora-bora savdogarga qaram bo'lib borar, undan xom-ashyo olib, avvaldan belgilab qo'yilgan narxda mahsulot tayyorlab berishga majbur edi. Hunarmandning savdogarga yoki sudxo'rga bo'ysunish va qaramlik shaklining ay- nan shu ko'rinishi XVI asrda G'arbiy Yevropada keng tarqalgan edi.

Hunarmand savdogardan vaqtincha foydalanish uchun meh- nat qurolini olib turishga yoki uni sotib olish uchun pul qarz ol- ishga majbur bo'lar edi. Bunday holda mayda ishlab chiqaruvchi maosh olib ishlovchi yollanma ishchiga deyarli to'liq aylanib qo- lar edi. Shunday qilib, asta-sekin bevosita ishlab chiqaruvchi o'z xo'jaligi va ishlab chiqarish vositalariga egalik huquqidan mah- rum bo'lgan ishlab chiqarishning mini shakli paydo bo'ldi. Sanoat ishlab chiqarishishning bunday shakli kapitalistik uy sanoati deb nom oldi, Demak, mayda ishlab chiqarish xususiyatini saqlab qol- gan kapitalistik ishlab chiqarishning eng quyi shakli uyda ishlash yoki tarqoq manufaktura edi.

Kapitalistik ishlab chiqarishning bunday shakli XVI asrda juda keng tarqaldi, ayniqsa, sex cheklashlari yo'q bo'lgan qishloqlarda tarmoq yoydi. Iqtisodiy hayotning yangi sharoitlarida qishloq hu- narmandlari mustaqil ishlab chiqaruvchi bo'lish imkoniyatiga ega emas va bir yo'la savdogarga ishlab boshlar edilar, ya'ni amalda yollanma ishchilar bo'lib qolgan edi. Natijada qishloqda mayda, lekin mohiyati jihatidan kapitalistik bo'lgan, jun va zig'irdan ga- zlama to'qish, ko'pgina metall buyumlar va boshqalarni ishlab chiqarish bo'yicha rayonlar paydo bo'ldi.

Tarqoq manufakturada ishchilar bir-biridan makon jihatidan ajralgan bo'lishiga qaramay, mehnat taqsimoti bilan bog'langan edilar; birovlari xom-ashyodan yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarsa, boshqalari uni tayyor mahsulot darajasiga yetkazardi- lar. Mahsulot ishlab chiqarishning ayrim bosqichlari ustaxonalar- da amalga oshirilar edi, bu yerda yollanma ishchilar bir binoning ichida tadbirkorning rahbarligi ostida ishlar edilar. Odatda bun­day ustaxonalarda mahsulot tayyorlashning ko'proq jarayonlari, masalan soat yig'ish ishlari va hokazolar bajarilar edi. Bunday manufakturalar aralash manufakturalar deb atalar edi.

Eng rivojlangan manufaktura, odatda sobiq sex ustalari to­monidan tashkil etilgan, markazlashgan manufaktura edi. Unda mehnat taqsimoti qo'llanilar, ayrim ishchilar u yoki bu jarayon- larni bajarishga ixtisoslashgan bo'lib, bu ish unumdorligini ancha oshirar edi. Barcha ishchilar bitta binoda tadbirkor yoki ustalar nazorati ostida ishlar edilar.


Kapitalizm rivojlanishining birinchi davrida - XVI asrdan XVIII asrning so'ngi uchdan birigacha - G'arbiy Yevropada manufak­tura kapitalistik ishlab chiqarishning asosiy shakli edi. Ishchilarni bir binoga birlashtirish ular orasida mehnatni mukammal taqsim- lash, texnologiyani, ish qurollari va asboblarini takomillashtirish imkonini berdi hamda sanoat to'ntarishi davrida mashinalashgan texnologiyalarga o'tishga zamin tayyorladi.

Sanoatning alohida sohalarida kapitalistik ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi va shakli turlicha edi. Ishlab chiqarish vositalari sezilarli qimmatlashgan va murakkablashgan sohalarda kapitalizm ayniqsa jadal rivojlandi. Bunday sohalar qatoriga tog'-kon sanoa- ti, metallga ishlov berish, ayniqsa qurol ishlab chiqarish, kemaso- zlik, qog'oz ishlab chiqarish, porox, ipak tolalari ishlab chiqarish, bosma ishlari va boshqalar kiradi.

Bu sohalarda kapitalistik tashkilotlarning hajmi unchalik katta bo'lmagan, faqatgina ayrim artilleriya va boshqa turdagi qurol- larni ishlab chiqarish manufakturalarida bir necha yuz kishidan ib­orat ishchilar ishlagan. Hunarmandchilik texnika saqlanib qolgan sohalarda kapitalizm juda sekin rivojlanardi. Bu ishlab chiqarish sohalariga G'arbiy Yevropa mamlakatlarida to'qimachilik va teri mahsulotlaridan kiyim tikish kabilar kirardi.

Qishloq xo'jaligida sanoat sohasiga nisbatan kapitalizm ancha- gina sekin ildiz otardi. Bunga asosiy sabab qishloq xo'jaligida tex- nikaning sust rivojlanishi, yerga feodal mulkchiligining mavjudligi, dehqonlarning shaxsiy erkinligi yo'qligi va feodal munosabatlari G'arbiy Yevropa mamlakatlarida saqlanib qolganligi bo'ldi.

Qishloq xo'jaligida kapitalizmning paydo bo'lishini dehqon­larning qayta tabaqalanishi, zodagonlarning paydo bo'lishi, yetishtirilgan mahsulot bozorlarga chiqarilishi hamda past sifatli qaram dehqonlar mehnatini yollanma ishchilar mehnatiga al- mashtirilishi jarayonlarida kuzatish mumkin. G'arbiy Yevropadagi bunday o'zgarishlar qishloq xo'jaligida kapitalizmning keng rivojl- anishiga olib kelmadi, faqatgina Angliyada kapitalizatsiya jarayoni juda keng miqyosda rivojlandi va natijada agrar sektorda katta o'zgarishlarga olib keldi.

Umuman olganda G'arbiy Yevropa mamlakatlarida kapitalizm rivojlanishi bir xilda kechmasdi, lekin bu hududda kapitalizm qay- sidir ma'noda faol rivojlanardi. Bu holatga, har bir mamlakatda mavjud aniq sabablarga bog'liq edi. Bunga misol qilib, XIV-XV as- rlada Italiyada kapitalizmning ilk kurtaklari paydo bo'lib, XVI asr­da inqirozga uchraganini ko'rsatishimiz mumkin. XVI asrga kelib, Germaniya va Ispaniya davlatlari iqtisodiy rivojlanishda orqada qola boshladi va Angliya, Gollandiya, Fransiya davlatlari intensiv ravishda iqtisodiy jihatdan juda tez rivojlanadi hamda iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo'shiladi.

Lekin shuni aytib o'tish kerakki, XVI asrda G'arbiy Yevropa mamlakatlarida kapitalizmning rivojlanishi kapitalizmdan oldingi xo'jalik tizimining butunlay yo'q bo'lib ketishidan dalolat ber- masdi. Kapitalistik ishlab chiqarish faqatgina feodalizm unsurlari muhitida shakllanayotgan uklad edi, xolos.

Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida kapitalistik munosa- batlar rivojlanishi sur'atlari tezlashdi.

  1. Buyuk geografik kashfiyotlar

XVI -XVII asrlarda Yevropa mamlakatlarida feodal tuzumning barham topishi va feodal jamiyat negizida yangi, kapitalistik mu- nosabatlar tug'ilishi jarayoni yuz berdi.

O'zgarishlar G'arbiy Yevropa mamlakatlari jamiyatining

barcha sohalariga ta'sir ko'rsatdi. Feodal ishlab chiqarish munosabatlari asta-sekin o'zining cheksiz ustunligini yo'qota boshladi. Dastlab- ki kapital to'plash jarayoni ildiz ota boshladi. Mehnat taqsimoti yanada o'sdi.

Dehqonlarning yersiz qolishi va shahar hunarmandlarining xarob bo'lishi natijasida paydo bo'lgan yollanma ishchilar ishlay- digan kapitalistik manufakturalar yuzaga keldi. Ijtimoiy tuzilishda ham o'zgarishlar yuz berdi; feodal jamiyatda yangi sinflar - bur- juaziya va proletariat shakllandi.

Kapitalizmning rivojlanishida buyuk geografik kashfiyotlar alohida ahamiyat kasb etdi (XV asr oxiri - XVII asr). Yangi savdo yo'llari va ilgari ma'lum bo'lmagan mamlakatlar va kontinentlarn- ing ochilishi, Yevropa bilan dunyoning boshqa mamlakatlari orasi- da doimiy aloqalar o'rnatilishi nisbatan qisqa vaqt ichida Yevropa davlatlari xo'jaliklariga ulkan mablag'lar keltirdi.

Olimlarning fikricha: "XVI-XVII asrlarda geografik kashfiyotlar natijasida yuz bergan buyuk inqiloblar va savdo-sotiq kapitalining tez rivojlanishi ishlab chiqarishning feodal usulidan kapital usu- liga o'tishiga ko'mak bergan eng asosiy omillardan biridir".

  1. asrning ikkinchi yarmiga kelib Yevropa davlatlarining Sharq bilan savdo-sotiq sohasida paydo bo'lgan qiyinchiliklar va mu- omala vositalarining keskin yetishmovchiligi buyuk geografik kashfiyotlar uchun turtki bo'lib xizmat qildi. Avval an'anaviy bo'lgan sharq yo'llari turklar, arablar va tatar-mo'g'ullar tomoni­dan bosib olingan edi. Arablarning sharq mahsulotlarini Yev- ropaga olib kelishda hukmronligi hamda mahsulotlarni 8-10 ba- ravar narxlarda sotishi Yevropaliklar uchun o'ta foydasiz bo'lsa, turklarning o'zboshimchaligi va bosqinchiligi umuman tovar ayir- boshlash jarayoniga tahdid sola boshlagan edi.

Ammo Venetsiyaliklar va Genuyaliklar turklar bosib olishi- dan ko'rgan zararlarini narxlarni ko'tarish yo'li bilan qisman qo- play olardilar. Sharqdan keltiriladigan gazlamalar, taqinchoqlar, ziravorlar va qimmatbaho zeb-ziynat buyumlarining xaridorlari bo'lgan boshqa Yevropa davlatlarining feodallari va savdogarlari nafaqat turk bosqinchiligiga qarshi, balki Italiyaliklarning Levan- tiya savdolaridagi vositachiligiga qarshi ham boshqa yo'l bilan kurashishga harakat qildilar. Shu sababli Genuyalik dengizchi Kolumbning Hindistonga Atlantika orqali yo'l topish rejasi Ispani- yada qo'llab-quvvatlangani ham bejiz emas edi.

  1. asrda G'arbiy Yevropada muomala vositasi sifatida oltin va kumush yetishmasligi jiddiy sezila boshladi. Buning sababi faqatgina savdo-sotiqdagi o'zgarishlar natijasida oltinning Shar- qqa qarab oqib ketishi emas, balki sanoat va savdoning o'sishi natijasida G'arbiy Yevropada muomala vositalariga bo'lgan ta­lab keskin ortgan bir paytda Germaniya va Ispaniyaning kumush zaxiralari kamayib ketganligi ham edi. Feodal aristokratiya va tug'ilayotgan burjuaziya boyish va boylik orttirishga harakat qilar edi. "Oltin tashnaligi" tezda hal qilish kerak bo'lgan dolzarb iqti­sodiy muammoga aylandi. Bu esa okeanlar orqali Sharqqa yangi yo'llar topishga undar edi.

Feodal yerlarining qismlarga bo'linib ketishi dvoryanlarning kambag'allashuviga olib keldi. Aynan kambag'allashgan dvoryanlar konkvistadorlarning asosini tashkil etdilar.

Buyuk geografik kashfiyotlarni osonlashtirgan siyosiy omillar orasida shuni aytish joizki, faqat markazlashgan qudratli monarxi- yalargina yirik dengiz ekspeditsiyalarini moliyalashtirish imkoniga ega edilar. Bundan tashqari, yollanma armiya va amaldorlarga haq to'lash, boshqa xarajatlarni qoplash uchun pul vositalarining yakkahukmronligiga talab ortgan edi.

Yevropada texnika va fanning rivojlanishisiz buyuk geografik kashfiyotlar amalga oshmas edi. Birinchi navbatda bu kemasoz- lik, navigatsiya va geografiya sohalariga tegishli O'rta Yer dengizi basseynida qo'llanilgan elkanli va eshkakli kemalar okean say- ohatlari uchun yaroqsiz edi. XV asrda yaratilgan karavella uchta ishchi machtalarga va qavat-qavat joylashgan bir nechta elkanlar- ga ega edi. Bu dovullarda havfni kamaytirar, kamroq ekipaj talab qilar, kemaning suzish tezligini oshirar va shamolning har qanday yo'nalishida kerakli kurs bilan suzish imkonini berar edi. Navi­gatsiya fanidagi yutuqlar eng avvalo kompasning takomillashuvi bilan bog'liq bo'lib, bu aniqroq dengiz kartalarini chizish imkonini berdi.


Lekin trans atlantik suzishning amalda mumkinligini asoslagan nazariya bo'lmaganda, hech qanday texnik yangiliklar o'z rolini o'ynay olmas edi. XV asr oxirida yerning shar shaklida ekanliga to'g'risidagi antik tushunchalar qayta tug'ildi, Florensiyalik as- tronom va kosmograf Paolo Toskanellining g'arbga harakatlanib, Hindistonga borish mumkinligi to'g'risidagi taxmini to'g'ri, deb qabul qilina boshlandi.

Buyuk geografik kashfiyotlar sayyoramizning o'zlashtirilmagan kengliklariga qilingan qator dengiz ekspeditsiyalari natijasi edi. Ularda Yevropaning turli davlatlaridan ko'plab dengizchi va olim- lari ishtirok etdilar. Amerikaning ochilishi va Afrikani aylanib o'tib, Hindistonga borish yo'lining kashf etilishiga olib kelgan ikki qator ekspeditsiyalar bu kashfiyotlarning ibtidosi bo'ldi.

Hindistonga dengiz yo'lini ochish uchun portugaliyaliklar bir necha bor ekspeditsiya uyushtirdilar va XV asr davomida Afri- kaning G'arbiy sohili bo'ylab borgan sari janub tomon siljidilar. 1486 yili Bartolomeo Dias boshchiligidagi Portugaliya flotiliyasi, dovul oqibatida Afrika sohillaridan uzoqlashib ketganiliga qara- may, kutilmaganda Afrika materigining janubiy nuqtasi (Dobra- ya Nadejda buruni) aylanib o'tdi. O'n ikki yildan so'ng Vasko da Gama boshchiligidagi ekspeditsiya Hind okeaniga o'tib, Hindis- ton qirg'oqlariga yetib bordi. Ispaniyada g'arb yo'nalishida ek­speditsiya uyushtirildi. 1492 yili Xristofor Kolumb tomonidan Amerika kashf qilindi.

Pedru Kabral va Amerigo Vespuchchi. Keyingi ekspeditsiyalar- da Yangi Dunyo qirg'oqlariga portugaliyalik Pedru Kabral va Flo­rensiyalik Amerigo Vespuchchi yetib bordilar. Yangi qit'a Amerigo

Vespuchchi nomi bilan Amerika deb atala boshlandi. Yevropaliklar ichida Tinch okeanini birinchi bo'lib Peruga qulayroq yo'l topish maqsadida 1513 yili Panama bo'g'ozini kesib o'tgan konkvistador Nupes de Valboa ko'rdi.

Fernando Magellan. Xristofor Kolumbning g'arbga qarab su- zib, Hindistonga yetib borish fikrini ispan dengiz sayyohi Fer­nando Magellan qo'llab-quvvatladi va 1519-1521 yillari dunyo bo'ylab birinchi aylanma sayohatini amalga oshirdi. U Amerika qirg'oklari bo'ylab janubga yurib, Amerika materigini Olovli Yer orolidan ajratib turuvchi tor bo'g'ozdan o'tib Tinch okeaniga o'tdi va Filippin orollariga yetib bordi. Shu yerda Magellanni tub xalq odamlari o'ldirdilar. Magellan ekspeditsiyasining qoldiqlari Hind okeani orqali g'arbga harakatlanib, Dobraya Nadejda burunidan o'tib, Ispaniyaga yetib keldilar.

Magellan dengiz sayohatlarining tarixiy ahamiyati shundan iborat ediki, Yerning shar shaklida ekanligi, yagona Dunyo okean- ining mavjudligi va har qanday yo'nalishda suzib, yerni aylanish mumkinligi uzil-kesil isbotlandi. Shu ekspeditsiya bilan buyuk geografik kashfiyotlarning birinchi va eng muhim bosqichi tu- gallandi, desa bo'ladi. Keyinchalik ingliz, golland va rus dengiz sayyohlari ko'plab sayohatlar va kashfiyotlar qildilar, fanni va Yev­ropa xalqlarining madaniyatini yanada boyitdilar. Lekin birinchi okean ekspeditsiyalarining ilmiy-tadqiqiy jihatlari to'laligicha harbiy-iqtisodiy xususiyatga ega bo'ldi. Ularning hammasi aslida bir maqsadga - Sharq mamlakatlarining boyliklariga to'g'ri yo'l bilan tez yetib olish, ularni qarshiliklarsiz egallab olishga qaratil- gan edi.

  1. Yevropada "narxlar inqilobi"

Buyuk geografik kashfiyotlarning muhim oqibati "narxlar ravolyusiyasi"dir. Bu XVI asr davomida qishloq xo'jalik va sanoat mahsulotlariga narxlar juda tez ko'tarilib ketishida o'z ifodasini topdi. XVI asrgacha narxlar asosan barqaror bo'lib, faqat urush va tabiiy ofatlar davridagina o'zgargan bo'lsa, XVI asrning 30-yil- laridan boshlab oxirigacha Ispaniyada narxlar 4 baravar, qishloq xo'jalik mahsulotlariniki esa xatto 5 baravar, Fransiyada o'rtacha 2,3 baravar, Angliyada 2,5 baravar, Germaniyada 2 baravar, G'arbiy Yevropa bo'yicha esa o'rtacha 2-2,5 baravar oshib ketdi.

Narxlarning bunday o'zgarishini qimmatbaho metallarning Yev- ropaga ko'plab keltirilishi yoki, Ispaniyada bo'lgani kabi, ularning boshqa davlatlarga ko'plab tashib ketilishi bilan bog'laydilar. Yan­gi yerlardan Yevropaga ko'p miqdorda oltin va kumush keltirildi. Natijada bir asr davomida Yevropadagi oltin miqdori 550 ming­dan 1192 ming kg.gacha, ya'ni 2 baravardan oshiq kumush miq­dori esa 7 mln.dan 21,4 mln.kg.gacha, ya'ni uch baravardan oshiq ko'payib ketdi.


Lekin "narxlar inqilobi"ning asl sababi pullik metallar miq- dorining ko'payishi emas, balki ularning qiymati tushib ketishida edi. Oltin va kumushning arzonlashuvi ularning juda boy konlar- dan, qaram ishchilar va qullarning arzon mehnati evaziga, xatto oddiygina talonchilik yo'li bilan topilayotgani bilan bog'liq edi. Boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish sharoitlari esa deyarli o'zgarmagan, o'sha miqdordagi mahsulotning XVI asrdagi ekviv- alenti avvalgiga nisbatan anchagina ko'p miqdordagi oltin va ku- mush bilan o'lchanar edi.

Shuning uchun narxlarning keskin o'sishi yuz berdi. Birinchi navbatda va eng ko'p darajada qishloq xo'jalik mahsulotlariga, eng avvalo non va boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga narxlar os- hdi. XVI asr o'rtasidan boshlab narxlar oshishi umum xususiyatga ega bo'ldi. Lekin baribir qayta ishlash sanoati mahsulotlari va sanoat xom-ashyosiga narxlar birinchi navbatda kerak bo'ladigan mahsulotlar narxlariga nisbatan kamroq oshdi.

"Narxlar inqilobi" muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo'ldi. Bir tomondan "... ish haqi va yer rentasining qadrsizlani- shi, ikkinchi tomondan sanoat daromadlarning o'sishi" kuzatildi. Shuning uchun "narxlar inqilobi" o'sha davrda tug'ilayotgan sano­at burjuaziyasining boyishi va proletariatning qashshoqlashuviga olib keldi. Qishloq xo'jalik mahsulotlari va keng iste'mol buyum- lariga narxlarning oshishi aholining haqiqiy daromadlari miq- dorining tushib ketishiga olib kelib, yollanma ishchilarning hayot darajasini keskin pasaytirdi. Angliyada tovarlar narxi o'rtacha 155 % ga, yollanma ishchilarning ish haqi esa faqat 30 % gagina os- hdi.

Savdo burjuaziyasi ham "narxlar inqilobi"dan yaxshigina boyib oldi, chunki chayqov shartnomalari va chayqov daromadlarini ol- ishga qulay shart-sharoit yaratilgan edi. "Narxlar inqilobi" o'ziga to'q dehqonlarning tez boyishiga, qishloq burjuaziyasining paydo bo'lishiga ham olib keldi. Sababi, qishloq xo'jalik ishchilarining real ish haqlari tushdi, pulning sotib olish qobiliyati pasayishi bilan yer egalari oladigan to'lovlar yoki ijara haqining real miq- dorlari kamaydi, qishloq xo'jalik mahsulotlariga narxlar esa misli ko'rilmagan darajada oshib ketdi.

Shu bilan birga miqdori barqaror turgan rentani pul holida oladigan feodallar narxlar oshishidan jiddiy zarar ko'rdilar.

Shunday qilib, "narxlar inqilobi"ning ijtimoiy-iqtisodiy natijalari feodallar va endi paydo bo'layotgan yollanma ishchilar sinflarin- ing jamiyatdagi ahvoli yomonlashuvi hamda kapitalistlar sinfining rivojlanishida o'z ifodasini topdi. "Narxlar inqilobi" katta ahami- yatga ega bo'ldi: u kapitalistik xo'jalikning shakllanishi va feodal tuzumning yemirilishini tezlashtirdi.

  1. Jahon bozorining vujudga kelishi

Buyuk geografik kashfiyotlar Yevropaning keyingi iqtisodiy rivojlanishiga juda kuchli inqilobiy ta'sir ko'rsatdi. "Amerikan- ing kashf qilinishi va Afrikani aylanib o'tadigan dengiz yo'lining ochilishi o'sayotgan burjuaziya uchun yangi faoliyat maydonlarini yaratib berdi. Sharqiy Hindiston va Xitoy bozorlari, Amerikaning mustamlakalashtirilishi, mustamlakalar bilan