Файл: Reja Iqtisodiy tarixning qisqacha izohi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 07.11.2023

Просмотров: 156

Скачиваний: 4

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
ayirboshlash, ayir- boshlash vositalari va umuman tovarlar miqdorining ko'payishi savdo-sotiq, dengizda suzish, va sanoatga shu vaqatgacha misli ko'rilmagan turtki berdi va parchalanayotgan feodal jamiyatda revolyutsion elementlarning tez rivojlanishiga olib keldi".

Yangi yerlar kashf etilishi natijasida XVI asr oxiriga kelib yer sharining yevropaliklarga ma'lum bo'lgan hududlari XIV asrga nisbatan 6 marta ko'paydi. Dunyo quruqligining 60 %i o'rganib bo'lindi. Dengizda suzish san'ati dunyoning juda uzoq qismlari va xalqlari orasida barqaror iqtisodiy aloqalarning o'rnatilishiga imkon berdi.

Mustamlaka hududlar Yevropa kapitalining chekka xo'jaligi si- fatida ishlatila boshlandi, aslini olganda dunyo savdosiga aylanib qolgan tashqi savdoni kengaytirishning asosi bo'lib xizmat qildi. Buyuk geografik kashfiyotlar xalqaro mehnat taqsimoti, dunyo xo'jaligi va bozorining vujudga kelishiga asos bo'lib xizmat qildi. Savdo-sotiq hajmi oshdi, mustamlakalardan keladigan mahsulot- lar hisobiga ularning turlari mislsiz kengaydi. Savdo aylanmasiga avvallari Yevropaga noma'lum bo'lgan yangi tovarlar - tamaki, kakao, kofe va boshqa mahsulotlar kiritildi. Shu vaqtdan boshlab bunday mahsulotlar juda keng tarqalib ketdi. Ziravorlar, guruch, qand iste'moli keskin oshdi.


Dunyo bozorining vujudga kelishi xalqaro savdo-sotiqning nafaqat tuzilishi va xususiyatlariga, balki uni amalga oshirish us- ullariga ham radikal o'zgarishlar kiritdi. Yangi bozorlarni egal- lash uchun kurashda bir qator davlatlarda yakkahukmron savdo kompaniyalari tashkil etila boshladi. Ularning dastlabkilari ushbu mamlakat savdogarlarining yer sharining ma'lum hududi bilan savdo-sotig'ini boshqarib turardi xolos.

Masalan, Angliyada faqat Afrika kompaniyasi a'zolarigina Af- rikada savdo-sotiq olib bora olar edilar, lekin ularning har biri alohida faoliyat yuritardi. Boshqa davlatlar bilan raqobatbardosh kurash olib borish uchun bu yetarli bo'lmay qoldi va kompaniya ichidagi savdogarlar kapitali sekin-asta birlasha boshladi. Birlash- gan kompaniyalar orasida eng qudratlilari Angliya va Gollandi- yadagi Sharqiy Hindiston kompaniyalari bo'lib, ular Hindiston bo- zoriga yakkahukmronlik qila oldilar.

  1. asrda tovar birjalari ancha takomillashgan shaklga ega bo'la boshladi. Ularning ahamiyati oshishi tovar miqdorlarining o'sishi natijasida ularni to'liq ko'rib chiqish amalda mumkin bo'lmay qol- ganligi bilan bog'liq edi. Shartnoma tuzishda partiya sifatini an- iqlash uchun tovarning nusxasini ko'rish bilangina cheklanadigan bo'lindi. Buni maxsus ajratilgan joylarda - birjalarda - ishlab chiq- ilgan qoidalarga asosan, tovar va boyliklarni ko'rsatmay, amalga oshirish qulay edi. Shu bilan birga dunyo xo'jalik aloqalarining kengayishi xalqaro qarz berish tizimini rivojlantirdi.

Shuning uchun tovar birjalari qatorida fond birjalari ham pay­do bo'la boshladi va ularda chet mamlakatlarning veksellari, obli- gatsiyalari, keyinroq esa aksiyalari bilan savdo qilinadigan bo'ldi. Birja savdolari qatorida yarmarka savdolari, shu jumladan chay- qov xususiyatli yarmarka savdolari ham jonlandi.

Dunyo bozorining vujudga kelishi asosiy savdo yo'llarining O'rta Yer dengizi basseynidan Atlantika okeaniga ko'chib o'tishini bildirar edi. Dunyo savdo aylanmasida yetakchi o'rin Venetsiya va Genuyadan Pireneya yarim oroli portlariga, keyin esa Angliya, Gollandiya, Fransiya portlariga o'tdi. Italiya shaharlari Sharq bi­lan savdo-sotiqdagi yakkahukmronligini yo'qotgandan so'ng qarz berish ishlariga ixtisoslasha boshladilar.

Germaniya shaharlari ham dunyo savdosidan chetda bo'lib qoldilar. Lekin Atlantika okeani qirg'oqlarida joylashgan shaharlar, birinchi navbatda Niderlandiya alohida iqtisodiy ahamiyat kasb eta boshladilar. Lissabon va Sevilyaning ahamiyati mustamlaka tovarlar kiritilishiga asoslangan bo'lsa, Antverpen va Amsterdam dunyo savdosining vositachilik markaziga aylandi va bu yerlar- dan butun Yevropaga tovarlar tarqatiladigan bo'ldi. Niderlandiya shaharlari birjalariga barcha Yevropa davlatlarining savdogarlari yig'iladigan bo'ldi.


§ 4-MAVZU. YANGI DAVRDA INDUSTRIAL TIZIMNING

VUJUDGA KELISHI (XVIII asr)

MMMMMMMMMMMMMMIMIMMMMMMI МММ

Tayanch atamalar va iboralar: manafaktura, fabrika, sanoat proletariati, sanoat to'ntarilishi, senz, shampar, kurfyurst,

  • Reja:

  1. Davrning umumiy tavsifi

  2. Angliya - sanoat inqilobining vatani

  3. Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari

  4. Germaniyaning iqtisodiy qoloqligi sabablari

    1. Davrning umumiy tavsifi

  1. asrda G'arbiy Yevropada ijtimoiy-iqtisodiy sohada quy- idagi muhim hodisalar yuz berdi:

  • burjua iqtisodiy munosabatlarini paydo bo'lishi va rivojla- nishi,

  • sanoatni jadal o'sishi sharoitida raqobatning hukmronligi,

  • angliyadagi sanoat inqilobi,

  • burjuaziyaning iqtisodiy va siyosiy ahamiyatini o'sishi,

  • andifeodal harakatning kuchayishi,

  • qishloqni shaharga bo'ysunishi,

  • insonlar o'rtasidagi deyarli barcha an'anaviy munosabatlarni pul munosabatlari bilan to'liq almashtirilishi,

  • ijtimoiy tenglik va shaxsiy erkinlik to'g'risidagi ma'rifiy g'oyalarni keng tarqalishi.

  1. asrda G'arbiy Yevropa iqtisodiy jihatdan sanoat rivojla­nish sur'atlari bo'yicha namuna bo'ldi. Asr boshidayoq yevropa manafakturasi o'z taraqqiyotining oxirgi bosqichiga o'tdi va bir qator mamlakatlarda (Angliya, Gollandiya, Fransiya sanoatin- ing ba'zi tarmoqlari) hunarmandchilikdan ustunlik qila boshladi. Boshqa Yevropa mamlakatlarida esa (Germaniya, Fransiya) manu- fakturaning rivojlanishi feodalizm sarqitlari, sexga berilayotgan imtiyozlar, ichki bozorning torligi sababli sekinlashar edi.

Inglizmanufakturasi. Ingliz manufakturasi eng yetuk cho'qqiga erishdi. XVIII asr o'rtalariga kelib Angliyada sanoat to'ntarilishini amalga oshirish uchun barcha ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sharoit- lar vujudga keldi. Ushbu jarayonning asosiy mazmuni manufak- turadan fabrikaga o'tishda mujassamlashgandir: qo'l mehnatiga asoslangan mayda ishlab chiqarishdan yirik mashina industriyasi- ga o'tishda (birinchi navbatda yengil sanoatda).

Sanoat inqilobi texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni tash­kil etishga ta'sir ko'rsatdi.

  • Umumiy dvigatelli mashinalar tizimi mehnat jarayonini uzluksizligini ta'minladi

  • Arzonroq va sifatli bo'lgan fabrika-zavod mahsulotlari hu­narmandchilik va manufaktura mahsulotlarini siqib chiqardi

  • Sanoatni qishloq xo'jaligidan uzil-kesil ajralishi yuz berdi

  • Yirik shaharlar va kapitalistik sanoat markazlari paydo bo'ldi.

Bu davrda burjuaziya - fabrikantlar va yollanma ishchilar - sanoat proletariati sinflari to'liq shakllandi. XVIII asr savdo asri hisoblanadi. Ba'zi hollarda tashqi savdoning o'sish sur'atlari sano- at ishlab chiqarishi o'sishi sur'atlaridan yuqori bo'ldi. Bu davrda merkantelizm g'oyalari ustuvorlik qilardi, aktiv savdo balansi targ'ib qilinar edi. Burjuaziya cho'qqisidagilarning kapitali sano­atda emas, balki savdoda, kemasozlikda, bank sohasida mujas­samlashgandir. Ushbu davrda merkantilizm siyosati faol protek- sionizm siyosati bilan uzviy bog'liq edi.

Shunday bo'lsa ham XVIII asrda Yevropa asosan agrar hudud- dir. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi jamiyatni mavjudligi va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni belgilab berar edi. Ushbu tarmoqda aholining asosiy qismi band edi: Angliyadagi 75%dan Fransiyadagi 80-85%gacha. Yerga mulkchilikning turli shakllari mintaqaviy xususiyatlarni keltirib chiqarar edi. Asta-sekin yevropa mamlakatlari agrar sektorida ijaraning shakllari va tarkibi o'zgarib bordi.


  • Mayda dehqonchilik ijarasi yirik tijorat ijarasi tomonidan siqib chiqarilardi.

  • Ijara munosabatlari borgan sari ko'proq yollanma mehnat jalb etilar edi.

  • Dehqonchilikning ijtimoiy-iqtisodiy differensiatsiyasi ushbu munosabalarga bevosita bog'liq edi.

    1. Angliya - sanoat inqilobining vatani

  1. asrga kelib Angliya jahon yetakchisi hisoblangan Gollandi- yadan kapitalistik manufakturalarning o'sish sur'atlari, jahon sav- dosi va mustamlaka iqtisodiyoti bo'yicha o'zib ketdi. XVIII asr o'rtasiga kelib Angliya yetakchi kapitalistik mamlakatga aylandi.

Qishloq xo'jaligi. XVIII asrda Angliya asosan agrar mamlakat hisoblanardi. XVII asr o'rtalaridagi burjua inqilobidan so'ng may­da va o'rta dehqon xo'jaliklarini yirik yer mulkdorligi tomonidan siqib chiqarilishi XVIII asr o'rtalarida dehqonchilikni sinf sifatida ahamiyatini yo'qolib borishiga olib keldi. Jamoa va mayda de­hqonchilikni tugatilishi natijasida yer mulkini qayta taqsimlani- shi, yerga yirik egalik qilish va kapitalistik fermerlikni rivojlanishi amalga oshirildi.

  • pomestyelarni yiriklashtirilishi lenlordlarga qishloq xo'jalik texnikasidan keng foydalanish imkonini berdi.

  • agrotexnika takomillashtirildi

  • almashlab ekishga o'tish amalga oshirildi

  • yirik fermerlar yollanma ishchilarni jalb qilib, yetakchi tex- nikani ishlatib va yer egalariga kapitalistik rentani to'lab xo'jalik yurita boshlashdi.

  • qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan barqaror talab va ichki va tashqi bozorlarni muntazam kengayib borishi ishlab chiqarishni takomillashtirishga doimiy rag'bat bo'lib xizmat qila- di.

  1. asrda mayda yerlarni yirik yer egalari tomonidan tortib olinishi jarayoni yirik fermalar uchun ochiq dalalarni paydo bo'lishiga olib keldi. Yer uchastkalarini yiriklashuvi va mayda ija- rachilarni yiriklari tomonidan siqib chiqarilishi ijara to'lovlarini o'sishiga olib keldi. Uning hajmi ba'zida oddiy to'lovdan 4-10 barobar katta bo'lar edi. Mayda yerlarni yirik yer egalari tomoni­dan tortib olinishi jarayonini kengayib borishi ingliz parlamenti tomonidan qabul qilingan huquqiy aktlar sonidan ham ko'rinadi.


  1. asrning birinchi choragida - 15 akt, asr o'rtasida - 220 ta akt, asr oxirida 1,5ta akt. Jamoa va dehqon yerlarini lenlordlarning xususiy mulkiga aylanishi jarayoni 1800 yilda qonun qabul qilini- shi bilan yakunlandi.

Shunday qilib XVIII asrda Angliyaning qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi yuqori darajada rivojlanar edi. Uning tovarlilik darajasi oshdi. Yerda ishlamaydigan aholining oziq-ovqat mahsulotlari- ga, sanoatni esa xom ashyoga bo'lgan o'sib borayotgan ehtiyoji to'liqroq qondirila boshlandi. O'z navbatida yerlarni yiriklashtirish jarayoni ish kuchi zaxirasini vujudga keltirib uni sanoatda foyda- lanishga imkon yaratadi.

Sanoat to'ntarilishining shart-sharoitlari. XVII asr o'rtalaridagi burjua inqilobi natijasida:

  • kapitalistik rivojlanish oldida turgan to'siqlarni olib tash- landi.

  • yerga burjua mulkini o'rnatildi

  • milliy bozorni shakllanishini jadallashtirildi

  • mamlakatda monarxiya boshchiligida yer va moliyaviy aris- tokratiya ittifoqi shakllandi

Amalga oshirilayotgan proteksionizm siyosati olib kelinayot- gan xorijiy tovarlarga yuqori bojxona bojini o'rnatdi. Jahon bo- zorida boshqa tovarlar bilan raqobatlashish uchun Angliya fab- rika usulida va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishi zarur edi.

Angliya ilmiy tadqiqotlarga va ixtirolarni amaliyotga joriy etishga yetarli bo'lgan kapitalni jamlashga muvaffaq bo'ldi. Ker- akli mablag'ning manbalari:

  • davlat qarzi;

  • soliq stavkasini oshirilishi;

  • ishlab chiqarish va savdoni kengaytirilishi.

Angliyaning XVIII asrdagi savdo urushlari yangi mustamlaka-

larni bosib olinishi bilan yakunlanar edi. XVIII asrda Angliya 120 ta mustamlaka bosib olish urushlarida qatnashdi.

Britaniya mustamlaka imperiyasini shakllanishi Yetti yillik urush (1756-1763) bilan yakunlandi. Unda g'alaba qozonib An­gliya Fransiyani Hindistondan siqib chiqardi, Kanadani bosib oldi va qudratli mamlakatga aylandi.

Angliya burjuaziyasi mustamlakalarni talash evaziga katta mablag' to'pladi. Mustamlakalarga olib borilayotgan tovarlar mo- nopol yuqori narxlarda sotilar edi. Mustamlakalardan esa tovarlar suv tekin narxlarda olib kelinar edi.

64

Angliya yiliga 20 ming qora tanlilarni Amerikaga olib borib qul sifatida sotish evaziga juda katta foyda topar edi.

Sanoat to'ntarilishining yo'nalishlari va oqibatlari. Sanoat to'ntarilishi - bu qo'l mehnatiga asoslangan manufakturadan sanoat burjuaziyasi va sanoat proletariatini shakllanishi bilan birgalikda amalga oshadigan fabrika-zavod ishlab chiqarishiga o'tishdir.

Sanoat to'ntarilishining yo'nalishlari:

  • To'ntarilish birinchi bo'lib tekstil sanoatida boshlandi. Mato va gazlamalar yangi mashina va uskunlarda ishlab chiqarilib, ar- zon narxlarda bozorda sotila boshlandi va raqobatchilarni siqib chiqardi

  • Keyingi yo'nalish - metallurgiya sanoatini rivojlanishi bo'lib, oxir natijada u ko'mir qazib olishga kuchli ta'sir ko'rsatdi.

  • Ko'mir qazib olishni rivojlanishi transport kommunikatsiyasi taraqqiyotiga olib keldi.

  • Transportni rivojlanishi savdoni taraqqiy etishiga turtki bo'ldi.

  • Yakuniy bosqich bo'lib mashinasozlik tarmog'i namoyon bo'ldi. Bunda metallga ishlov beruvchi mashinalar ishlab chiqarila boshlandi.

    1. Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari

  • Feodalizm sarqitlari

  1. asrning o'rtalariga qadar Fransiya Yevropada yetakchilik qilishga intildi. Bunga uning Angliya oldida bir muncha ustunlikka ega ekanligi imkon berdi. Fransiya aholisi Angliyanikidan ikki bar­obar ko'p edi. Fransiya hududi ham kattaroq edi. Fransuz sanoati va savdosi (ayniqsa, tashqi savdo) samarali rivojlandi. yengil sano­at - ipakchilik, jungga ishlov berish, to'qimachilik, qog'oz, shisha va farfor, sovungarlik, ko'nchilik (teriga ishlov berish) yuqori nati- jalarga erishdi. Butun dunyoda fransuz manufakturalari tomoni­dan ishlab chiqarilayotgan kiyim-kechak va matolari, bezaklar va parfyumeriya, mebel va farforlar keng miqyosda tanildi. Manu­fakturalar asosan markazlashtirilgan va uncha katta bo'lmasdan, 10-50 ishchidan iborat bo'lgan.