Файл: Reja Iqtisodiy tarixning qisqacha izohi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 07.11.2023

Просмотров: 159

Скачиваний: 4

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.

  1. asrning ikkinchi yarmida Fransiya taraqqiyotda orqada qola boshladi. Buning asosiy sababi feodalizm sarqitlarining og'ir yuki va mavjud hukumatning konservativ siyosatidir. Feodal tarti- blar manufakturalar va savdoni rivojlanishiga to'siqlik qildi. Sano- atda o'rta asr sexlari katta ulushga ega edi. Non sotish va olib chiqib ketish ta'qiqlangan edi. Alohida monopol imtiyozlar ba'zi provinsiyalar, savdo kompaniyalari va manufakturalarga tegishli edi.

Savdoni rivojlanishiga ichki bojxonalar va o'lchov va me'yorlarning yagona tizimi mavjud emasligi to'siqlik qilar edi. Bu cheklovlar sexlarni rivojlanishiga to'siqlik qildi, ishlab chiqarishni inqiroziga va ichki bozorni torayib borishiga olib keldi.

Fransiya iqtisodiyotining asosiy tarmog'i hisoblangan agrar sektorda asosiy ziddiyatlar shakllandi. Ekin maydonlari, o'rmonlar va yaylovlarning katta qismiga egalik qilgan dvoryanlik va cherkov mamlakatda o'z imtiyozi va hukmroligiga ega edilar.

Mamlakatda merkantelizm siyosati quyi qatlam (dehqonlar) ni soliq yordamida talash amalga oshirilgan edi. Aholining aynan shu qatlami o'z daromadlarining 2/3 qismini g'aznaga to'lashlari kerak edi. XVIII asrning 80-yy.da soliq tushumlarining yarmidan ortig'i aksizlarga to'g'ri kelar edi.

Fransiyada aholining asosiy qismini dehqonlar tashkil etardi (26 mln.kishidan 22 mln kishi - dehqonlar). Bu qatlam obrok to'lar edi - pullik (senz) va natural (shampar) non bilan, uning hajmi bug'doy hosilining 20-26 %ni tashkil etardi. Yana boshqa soliq turlari ham amal qilar edi - jon boshiga, gabel (tuz solig'i) va cherkov ushri. Juda ko'p to'lov va yig'imlar mavjud edi: parom va ko'prik yig'imi, tutun yig'imi va baliq tutish huquqini beruvchi to'lov va boshqalar. Huquqbuzarliklar uchun katta jarimalar so- linar edi. Yer egalari hosilsizlikdan katta jabr ko'rar edilar. XVIII asrda ular o'ttizdan ortiq edi. Dehqonlarning shaxsiy qaramligi ularni yer egalari xo'jaligida yiliga 5-15 kun mehnat qilishga ma­jbur qilar edi.

  1. asrning 70-yy. o'rtalariga kelib fransuz moliyasining na- zoratchisi A.Tyurgo islohotlari natijasida non savdosidagi chek­lovlar bekor qilindi, shaharga olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsu- lotlaridan olinadigan bojlar kamaytirildi. Dehqonlarning davlatga bo'lgan majburiyatlari bekor qilindi. Savdo-sanoat faoliyatining deyarli barcha turlari barcha cheklovlardan ozod qilindi.

Ammo iqtisodiyotdagi qiyinchiliklar chuqurlashib bordi. Hosil- sizlik, savdo-sanoat inqirozlari, davlat bankrotligi va hukumatning mamlakat xo'jalik faoliyatini yo'lga qo'ya olmasligi - bularning barchasi feodal tizimning tanazzuli chuqurligini va keskin yechim- larga kelish zaruratini keltirib chiqardi.

  • Buyuk Fransuz inqilobi

Barcha boshqa burjua inqiloblari kabi ijtimoiy-iqtisodiy zid- diyatlarni keskinlashuvi natijasida kelib chiqqan Buyuk fransuz burjua inqilobi (1789-1794) butun Yevropa feodolizmiga tahdid soldi.

  1. yilning 14 iyulida Bastiliyani qo'lga olinishi keyinchalik burjua inqilobiga aylanib ketdi. Avvalombor, birinchi bosqichda (iyun 1979 - avgust 1792 yy.) konstitutsion-monarxiya hokimiyati saqlanib qoldi va bir necha muhim o'zgarishlar amalga oshirildi.


Dehqonlar harakati Ta'sis kengashini 1789 yil avgustida "Feodal tuzumni to'liq yo'q qilinishi to'g'risida"gi deklaratsiyani qabul qil- ishga undadi. Lekin agrar qonunchilikni ishlab chiqishda dvory- anlarning faqatgina ba'zi huquqlarini cheklashga e'tibor qaratildi. Ular jumlasiga - sen'orlar sudini bekor qilish, dvoryanlarni cheksiz ov qilish huquini bekor qilinishi va boshq. Dehqonlar qaramligini boshqa jihatlari saqlanib qolgan bo'lib, ularni sotib olish kerak edi, uning narxi esa yigirma yillik renta hajmiga teng edi.

Shu davrning o'zida cherkov mulkini sekulyarizatsiya qilish jarayoni amalga oshirildi. Dvoryanlar va ruxoniylarga beriladigan soliq imtiyozlari bekor qilindi. Barcha fuqarolarga har qanday lavozimni egallash huquqi kafolatlandi.

Bir necha burjua islohotlari sanoat va savdoga keng tarqaldi. 1791 yil fevralida Ta'sis kengashi sanoat ishlab chiqarishini qat'iy reglamentga solishni bekor qildi. Sexlar tizimi qisqartirildi. Savdo erkinligi joriy etildi. Barcha imtiyozlar va monopoliyalar, ichki bojx- onalar, non sotishga ta'qiqlar bekor qilindi. 1791 yil martda joriy etilgan yangi bojxona boji proteksionistik xarakterga ega edi.

Ammo mehnatkashlar holati kam o'zgardi. Ish haqining ka- mayishi, narxlarning jadal o'sishi va chayqovchilik xalqda noro-

zilikni kuchaytirdi. Ta'sis kengashi, xalqni inqilobiy chiqishlaridan cho'chigan holda, 1791 yil yozida Le Shapele qonunini qabul qil- di (ushbu qonunda ishchilar birlashmasi va ish tashlashlari taq- iqlanib ularga nisbatan pul jarimalari va qamoqxona muddatlari belgilandi).

Keyinchalik ishsizlar uchun ochilgan "hayriya ustaxonalari" yo- pildi. Shu bilan birga hukumat tepasidagi yirik burjuaziya soliqqa tortishning yagona tizimini joriy etishda yuqoriroq soliqlarni may­da sanoatchilar zimmasiga yuklashdi. Agrar masala oxirigacha hal etilmagan edi. Feodalizm sarqitlari oxirigacha bartaraf etilmagan edi.



1972 yil avgustida xalq qo'zg'aloni natijasida monarxiya tu- zumi ag'darildi. Hukumat tepasiga jirondistlar - respublikachi burjuaziya vakillari keldi. Bir yildan kam bo'lgan davr ichida oziq- ovqatga maksimum narx belgilandi. Emigrantlarning konfiskatsiya qilingan yerlarini mayda uchastkalar qilib sotish yoki ularni yillik renta evaziga muddatsiz egalik qilishga berish to'g'risida Qonun qabul qilindi. Sobiq feodal huquqlari bilan bog'liq barcha tergov ishlari bekor qilindi.

Agrar va boshqa muammolarni keskin hal etilishi inqilobning uchinchi bosqichi (iyun 1793 - iyul 1794 yy.)ga to'g'ri keldi. Parij qo'zg'oloni natijasida yakobinlar - inqilobiy demokratlar diktat- urasi o'rnatildi. Hukumat tepasiga quyidagi siyosatchilar kelishidi;

  • M. Robesper, L. Sen-Jyust, J.P. Marat, J. J. Danton va boshq. Ya- kobinchilar diktaturasining qat'iyatligi ichki va tashqi dushman- larga zarba berib, feodal tuzumni butunlay tugatdi.

Xususan, 1793 yil iyunida Konvent dekreti bilan emigrantlarn­ing konfiskatsiya qilingan yerlarini imtiyozli sotish tartibi belgi­landi. Kam ta'minlangan dehqonlar kichik yer maydonlarini sotib olishda boshlang'ich yerning 5% summasini kiritish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Qolgan summani to'lash uchun 10 yil muddat beri- lar edi. Dehqonlarning yerlari ularning xususiy mulkiga aylandi.

Oziq-ovqat muammosini hal etish maqsadida "tovarlarni chay­qov maqsadida sotib olish" jinoyat deb hisoblana boshlandi. Har bir rayonda oziq-ovqat omborlari tashkil etildi. Non zaxiralarini ro'yxatdan o'tkazish bilan maxsus komissarlar shug'ullanar edilar. Yer egasi va uning oilasining ehtiyojidan ortiq bo'lgan bug'doy konfiskatsiya qilinar edi. 1793 yilning kuzidan boshlab birinchi zaruratdagi mahsulotlardan (kiyim-kechak, yoqilg'i va boshq.) tashqari, xom ashyo, temir, cho'yanga ham qat'iy cheklangan narxlar belgilandi.

Yakobinchilar o'zlarining qat'iy va ziddiyatli siyosatlari natijasi­da xalqni qo'llab-quvvatlashidan mahrum bo'ldilar. Bu holatdan yirik burjuaziya foydalanishga harakat qildi. 1 mlrd.livr hajmda majburiy qarz olingandan so'ng mamlakatning iqtisodiy holatini yomonlashtirdi. Daromadi 9 ming livrdan oshgan boylarning zeb- ziynat va mulk soliqlari deyarli konfiskatsiyaga tenglashdi. Ushbu "soliqlar" joylarda qat'iylik bilan undirilardi. Aholining kambag'al qismi uchun hayriya kassalari tuzildi.

1794 yilning 27 iyulida yirik moliyaviy burjuaziya, sanoat tad- birkorlari, savdogarlar manfaatlarini yoqlab chiqqan aksilinqilob yakobinchilar diktaturasini ag'darib hukumat tepasiga general Napoleon Bonapartni kelishiga sababchi bo'ldi.

    1. Germaniyaning iqtisodiy qoloqligi sabablari

  1. asrda Germaniya feodal va iqtisodiy jihatdan qoloq mam- lakatligicha qolardi. Bozor xo'jaligini rivojlantirishga qaratilgan Gollandiya, Angliya va Fransiyadan farqli o'laroq Germaniya, ay- niqsa uning sharqiy qismi, krepostnoylikni kuchayib borishi bilan xarakterlarnalardi. Yerni feodal ekspropriatsiya qilish (barshchi- na) yirik miqyoslarga erishdi. Yerdan mahrum bo'lgan dehqonlar feodalning xonadonida ovqat uchun yollanib ishlashardi.


Mamlakat iqtisodiyotini kuchsizlanib borishining sabablari- dan biri - Germaniya tomonidan yirik jahon savdosi markazi o'rnining yo'qotishidir. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida savdo markazi Atlantika okeaniga ko'chib o'tdi. Germaniya siyosiy tarqoqligi sababli mustamlakalarni bosib olish, dastlabki kapital jamg'arishining tashqi manbalarini izlashda faol ishtirok etishda qatnasha olmadi.

  • Siyosiy tarqoqlik

  1. asr boshlarida Germaniya hududida 300 ga yaqin mus- taqil knyazliklar, gersogliklar va arxiepiskopliklar, 9 ta kurfyurst- liklar10, 36 ta diniy knyazliklar, 62 ta ariskratik va 100 ga yaqin im- periya ritsarliklari, 50 ta imperiya shaharlari mavjud edi. Ushbu konglomerat "German millatining muqaddas Rim imperiyasi" deb nomlanar edi. Ushbu knyazliklarning yerlari alohidalashgan bo'lib, o'z avtonomiyasiga ega edi, lekin rasman ular imperatorlik tarki- bida edi. Ushbu alohida hududlarning eng yiriklari - Brandenburg va Saksoniya, Meklenburg va Gessen, Gannover va Braunshveyg, Bavariya va Vyurtenberg va boshq.

Siyosiy tarqoqlik xo'jaliklarni rivojlanishiga ham to'siqlik qildi. Ko'psonli bojxona postlari juda ko'p bojlar olar edilar. Yagona pul birligi mavjud bo'lmaganligi sababli pul muomalasida betar- tiblik mavjud edi. Mamlakatda 600 turdagi tangalar zarb etilardi. Yagona o'lchov va og'irlik tizimi yo'q edi. Bu sharoitda sanoat va savdodagi bir tomonlama proteksionizm iqtisodiy turg'unlikni chuqurlashtirar edi.

Ichki (diniy) va tashqi urushlar ham qashshoqlikka olib kelar- di. O'ttiz yillik urush (1618-1648 yy.) haqiqiy milliy fojiaga olib kelib, uzoq muddatga xo'jalik rivojlanishiga to'siqlik qildi. Urush- dagi yo'qotishlar juda katta bo'lib ba'zi yerlarda aholining s qis- mini nobud bo'lishiga olib keldi. Qishloq xo'jaligida ham katta yo'qotishlar yuz berdi.

  • Qishloq xo'jaligi

Bu davrda qishloq xo'jalik mahsulotlariga ichki va tashqi bozor talabi ortib bordi.
Don, zig'ir, mol, jun, teri va boshqalar aholi va rivojlanib borayotgan shaharlar ishlab chiqarishlari uchun zarur edi. Bu hol nemis knyazlarini xo'jaliklarini kengaytirishga majbur- lardi. Bu islohotlar feodal uslubda amalga oshirilardi. Barshchina mehnati va dehqonlarni ekspluatatsiya og'irlashtirildi. Dehqon­larning yerlarini ekspropriatsiya qilish evaziga yerlarning kengayi- shi va ishlab chiqarishni rivojlantirish dehqonlarni ekspluatatsiya qilish evaziga amalga oshirilgan yerlar yunker xo'jaliklari deb nomlanardi. Yirik nemis feodal-knyazlari (yunkerlar) davlat siyo- satining boshida turar edilar. Faqatgina ular armiya va hukumatda yuqori lavozimlarni egallashga, va yerga egalik qilish huquqiga ega edilar.

  • Taraqqiyotning yangi tendensiyalari

Germaniya sanoatida sexlar tuzumi kechki o'rta asrlarning a'analarini saqlagan holda XIX asrning ikkinchi yarmigacha amal qildi. Ammo mamlakat iqtisodiyotida asta-sekin kapitalistik rivojl- anish elementlari paydo bo'la boshladi. Qishloq xo'jaligida qisman 70

yollanma mehnatdan foydalana boshlandi. Dehqonlar yerlarini ekspropriatsiya qilinishi, o'z navbatida feodal tuzumning iqtisodiy asoslariga putur yetkazdi. Tarqoq manufaktura keng rivoj topdi. Savdo kapitali tog'-kon ishlariga, metallni qayta ishlashga, mato to'qish sanoatiga kirib bordi. XVIII asr oxirlarida markazlashtiril- gan savdo manufakturalari paydo bo'la boshladi. Ammo ular hali Gollandiya, Angliya va Fransiya savdo manufakturalari oldida kuchsiz edi.

Shunday qilib XVIII asrda Germaniya, uni iqtisodiy rivojlanish- iga to'sqinlik qiluvchi feodal tuzumni saqlagan holda kapitalistik ishlab chiqarishga qarab birinchi qadamlar tashlay boshladi.