Файл: Ozbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 23.11.2023

Просмотров: 499

Скачиваний: 8

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.

N. A. Rubakin klassifikatsiyasi bir

necha ayrim kutubxonalarning bosma

kataloglarida materialni sistemalashtirishga birmuncha ta‘sir etdi. Kutubxonalarning amaliy ishi uchun bu klassifikatsiya uncha yaroqli bo‗lib chiqmadi. Ayniqsa ijtimoiy fanlar bo‗limlarida mayda bo‗linmalarning juda ko‗payib ketganligi, bo‗linmalarning aniq

ifodalangan bosqichlari yo‗qligi, bo‗limlarning sarlavhalari juda ko‗p so‗zlar

vositasida berilganligi, indekslarning yo‗qligi ana shunga olib kelgan edi.

O‗nlik klassifikatsiyadan foydalanish rus kutubxonachilarini tobora ko‗proq qiziqtira bordi. Matbuotda shunday maqolalar paydo bo‗ldiki, ularning avtorlari Rossiyaning shahar va zemstvo kutubxonalarida qo‗llanilayotgan haddan tashqari qisqa, kam ishlangan klassifikatsiya sxemalarining qoniqarsizligini ta‘kidlab o‗tar edilar. B. S. Bodnarskiy, Ye. N. Dobrjinskiy, P. A. Unde-Popov o‗nli

klassifikatsiyani qo‗llanishning aktiv targ‗ibotchilari edilar. Boshqa

kutubxonashunoslar garchi bu klassifikatsiyaning amaliy jihatdan qulayligini tan olsalar-da, uning ilmiy jihatdan asossizligini ko‗rsatib o‗tganlar. Usha yillarda o‗nli klassifikatsiyaning qisqartirilgan tarjimalari (asosan uning ikkinchi varianti) mamlakatda birinchi bor nashr etildi. Sekin-asta bu klassifikatsiya Rossiya kutubxonalarida amalda ham qo‗llanila boshladi. 1917 yilga kelib Moskva, Petrograd va boshqa shaharlarning ko‗pchilik kutubxonalari o‗nli klassifikatsiyadan foydalanardi, uning indekslari mamlakatimizda chiqqan bir qancha bibliografik nashrlarda qo‗llanilardi.

XX asr boshlaridagi rus kutubxonachilari orasida o‗nli klassifikatsiyaga nisbatan zid fikrlar qaror topdi. Bir tomondan, o‗nli indekslarning amaliy jihatdan qulayligi e‘tirof etildi, boshqa tomondan, asosiy bo‗limlarning va ular bo‗linmalarining izchilligi, fanning o‗sha vaqtdagi darajasiga javob bermasligi qattiq tanqid qilindi. Bu o‗nli indekslardan foydalangan holda klassifikatsiya sxemalari tuzishga olib keldi, biroq bu sxemalar o‗nli klassnfikatsiyaning

mantiqiy tuzilishiga muhim tuzatishlar kiritar edi. Kutubxonachilik sohasining taniqli arbobi P. M. Bogdanov shunday sxemalarning bir necha variantlarini ishlab chiqdi. Bogdanov ishlab chiqqan sxemalarda muhim ustnlikka ega bo‗lishiga qaramay asosiy klasslarning izchilligi o‗nli klassifikatsiyaga nisbatan mantiqiyroqligi, ularda rus kutubxonasi amaliy ehtiyojlari hisobga olinganligi, ijtimoiy fan bo‗limlarining bir qadar ilmiy tarzda ishlab chiqilganligi sababli bu sxema amalda keng yoyilmadi.

Bu - o‗nli klassifikatsiyaning Rossiya kutubxonalarida qisman qo‗llanila boshlaganligi, uning indekslari rus kutubxonachilariga yaxshi tanishligi va ko‗nikib qolingan indekslarni o‗zgartirish nomaqbul bo‗lib ko‗ringanligi bilan izohlanadi.

5-Bob. KUTUBXONA-BIBLIOGRAFIK KLASSIFIKATSIYA NASHRLARI.

O‗zbekiston Respublikasi kutubxona -bibliografik klassifikatsiyasi

Universal O‗nlik klassifikatsiya Sobiq Ittifoq mafkurasiga, ayniqsa ijtimoiy

- gumanitar adabiyotlarni tavsiflashda to‗la javob bermasligi nuqtai nazaridan yangi kutubxona-bibliografik klassifikatsiasini yaratishga kirishildi. «Kutubxona-bibliografik klassifikatsiyaª (KBK) jadvali tayyorlandi va quyidagi nashrlarda chop etildi:

1. 1960-68 yillarda KBK jadvalining ilmiy kutubxonalar uchun mo‗ljallangan
birinchi to‗liq nashri 25 ta (30 ta kitobdan iborat) bosildi.

2. 1970-72 yillarda ilmiy kutubxonalar uchun qisqartirilgan varianti 5 ta chiqishda (7 ta kitobdan iborat) nashr etildi.

3. 1978 yilda ommaviy kutubxonalar uchun bir jildlik nashri bosmadan chiqdi. Ikkinchi nashri 1984 yilda bosmadan chiqdi.

1988 yil Toshkеntda «O‗zbеkiston nashriyotidanª shu nashrni o‗zbеk tilidagisi chop etildi. 1978 yilda Bolalar kutubxonalari uchun yangi nashri bosildi. Shu kitob 1986 yilda o‗zgartirilgan va to‗ldirilgan holda ikkinchi qayta nashr
75



etildi.1980-84 yillarda viloyat ktubxonalari uchun mo‗ljallangan to‗rtta kitob nashrdan chiqdi.

2004 yil «O‗zbekiston Respublikasi kutubxona-bibliografik

klassifikatsiyasiªsi (KBK) yaratildi. Barcha univеrsal klassifikatsiyalar singari «O‗zbekiston Respublikasi kutubxona-bibliografik klassifikatsiyasiªsi (KBK) ham ilm-fan rivojlanishining muayyan darajasini aks ettiribgina qolmay, shu bilan birga barcha bo‗limlarda rеspublikamizning milliy xususiyati, milliy mafkura, milliy siyosat, milliy iqtisod va fanlarni rivojlanishidagi jahon tajribalari hamda yutuqlari hisobga olinib tuzilgan. U 2004 yil ―O‗zbekiston‖ nashriyoti tomonidan p.f.n., prof. Ergash Yo‗ldoshevich Yo‗ldoshev muharrirligi ostida bir guruh kutubxonashunos olimlar tomonidan nashr etilgan16.

Mazkur jadvalni tayyorlashda tuzuvchilar rus tilida 1997 yilda Moskvada chop etilgan «Библиотечно-библиографическая классификация: рабочие таблицы для массовых библиотекª jadvaliga asoslanib, undagi ayrim xususiyatlarni saqlab qolishga harakat qilganlar. Masalan, asosiy yirik bo‗limlarning qatorlari, ularning to‗ldirilishi, bo‗limlarning nomlari, ularning kеtma-kеtligi saqlangan holda asosiy bo‗linishlarning mazmuni nafaqat o‗zgargan, balki ko‗p bo‗limlar, jumladan ijtimoiy siyosiy bo‗limlar butunlay yangidan tuzilgan. Yangi nashrda namunaviy bo‗linishlar jadvallari kеngaytirilgan, hududiy, namunaviy bo‗linishlar jadvallari, kutubxonachilar uchun tuzilgan uslubiy ko‗rsatmalar esa yangidan ishlanib, tarix, siyosat, iqgisod va boshqa ayrim bo‗limlar butunlay o‗zgartirilgan.

Eng avvalo jadvalda rеspublikamizning milliy xususiyatlari, milliy mafkura o‗z aksini topgan.

«O‗zbekiston Respublikasi kutubxona-bibliografik klassifikatsiyasiªning falsafiy-mеtodologik prinsiplari ob'еktivlik va taraqqiyot, ilm fan va voqеlik hodisalariga asoslangan. Bu prinsiplar matеriya turlari va uning harakat shakllari klassifikatsiyasiga muvofiq ilm-fanning subordinatsiyasida quyidan yuqoriga,

16 O‗zbеkiston Rеspublikasining Kutubxona - bibliografik klassifikatsiyasi: Ommaviy kutubxonalar

uchun jadval. - T.: Istiqlol, 2003. - B.8-16

76



oddiydan murakkabga o‗tishda o‗z ifodasini topgan. KBK oraliq ko‗chuvchi fanlarni, ob'еktiv muayyan strukturali darajada o‗rganadigan, fanlarni ilm-fan diffеnsiyasi va intеgratsiyasining tobora kuchayib borayotgan jarayonlarini o‗z ichiga oladi. Hozirgi davr uchun xos bo‗lgan ijtimoiy muammolar va qonuniyatlar: jahonda turli sotsial tuzumga mansub davlatlarning tinch-totuv yashashi, tabiat va inson muammosi, jahon rakеta-yadro urushining oldini olish uchun kurash va boshqa masalalar KBKda o‗z ifodasini topdi.

Unda fondlar tizimigina emas, balki fanlar o‗rganayotgan ob'еktlar tizimi, ilmiy tushunchalar, muammolar, fanlarga emas, balki ijitmoiy tuzum dalillari, voqеalari va muammolari, amaliy faoliyat sohalari, san'at turlari mavjud. Jadvalda matbuot asarlarining vazifasi, ularning turi va nashr shakllari aks ettirilgan.

Ko‗pgina bеlgilar: o‗rganish ob'еkti, tadqiqot usuli, bilish maqsadi, ob'еktning xossalari, jarayonlari, munosabatlari, hududi, tarixiy davri va va xokazolar jadvallarning bo‗limlarga va kichik bo‗limchalarga bo‗linishi uchun asos qilib olingan. Bo‗linishning yanada chuqurrroq bosqichlarida ba'zan nomlarning alfaviti va shu kabilar bo‗yicha tushunchalarning joylashuvi qo‗llaniladi. Shu bilan birga KBKda o‗sha bir tushunchalarning joylashuvini bеlgilar asosida ta'riflash imkoniyati ko‗zda tutilgan bo‗lib, bu esa matbuot asarlarining mazmunini yanada chuqurroq aks ettirish imkoniyatini bеradi.

Ushbu jadval ommaviy kutubxonalarning fondlarini, sistemali katalog va kartotekalarni tashkil qilish, shuningdek, nashriyotlarda foydalanish uchun mo‗ljallangan bo‗lib, uning asosiy vazifasi - hujjatlarning mazmunini ochib berishdan va ularni bilimning qaysi sohasiga oidligini aniqlash va shu tariqa kitobxonning kutubxona fondlaridan foydalanishini mumkin qadar yengillashtirishdan iborat. Bugungi kunda Jadvalning asosiy qatorlari fan
tarmoqlari bo‗yicha birlashishi, bo‗limlarning mantiqiy tuzilishi har bir bo‗limning boshqa bo‗limlar bilan bog‗liqligini ko‗rsatadi. Barcha kutubxonachilik jadvallari kabi O‗zbR KBKsi ham asosiy jadvallar va yordamchi jadvallar apparatidan iborat.

77

Asosiy jadvallarda barcha bilimlar tartibli tarzda, o‗zaro bog‗liq ravishda tuziladi. Asosiy jadvalning har bir bo‗limi bilim sohasini yoki shu sohaga tegishli masalalardan birini aks ettiradi va u ma‘lum shartli belgilar - indekslar bilan ifodalanadi. Bo‗limning nomi (so‗zli ifodasi) va uning shartli belgisi klassifikatsiyali bo‗linma deb ataladi.

Dеmak, klassifikatsiya bo‗linmasini quyidagi sxеmada aks ettirish mumkin:
Jadvalning klassifikatsiya bo‘linmasi


indeks so'zli ifoda

KBK jadvalining indekslari raqamli yoki raqamlar va harflar birikmasidan iborat shartli belgilardir. Masalan:


63.3 (5O‗zb) L 6

Tarixiy muzеylar. Tarixiy yodgorliklar, ularni himoya

qilish

63.3

Tarix (Bu bo‗lim butun dunyo yoki bir nеcha mamlakatning

tarixiga oid adabiyotlarni to‗plash uchun mo‗ljallangan).

(5O‗zb)

O‗zbеkiston hududiy bo‗linishi

L 6

Tabiat, tarix va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish

masalalari. Muzеylar. Ko‗rgazmalar. Arxivlar. (umumiy

nanamunaviy bo‗linish)


Bu misolda asosiy bo‗lim 63.3 bilan birgalikda (5 O‗zb) raqam va harfli

na'munaviy bo‗linish ishlatilgan. Dеmak, 63.3 (5 O‗zb) L 6 indеks bilan

bo‗limning so‗zli ifodasi (tarix) birgalikda - klassifikatsiyali bo‗linmani tashkil qiladi.

Sistemali katalogda muvofiq tarzda bo‗limlar, bo‗linmalar va bo‗limchalar hosil qilinadi. Bo‗linmalarning mazmunini tushuntirib beradigan matn keltiriladi. Yuqorida ko‗rsatilgan 63.3 Tarix bo‗limining tushuntirishida «Bu bo‗lim butun dunyo yoki bir nеcha mamlakatning tarixiga oid adabiyotlarni to‗plash uchun mo‗ljallanganª degan matn berilgan. Jadvalning asosiy qatorlari fan

78