Файл: Ozbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 23.11.2023
Просмотров: 496
Скачиваний: 8
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
Ranganatan o‗zining bundan keyingi asarlarida fasetli klassifikatsiya g‗oyasini ishlab chiqishni davom ettiradi. Bilimning xilma-xil sohalarini fasetlar bo‗yicha bo‗lishni tartibga solish yo‗llaridagi izlanishlarida u matbuot asarlarini klassifikatsiya qilishning o‗ziga xos standarti bo‗lib xizmat qilishi lozim bo‗lgan umumiy «fasetli formulaªni qo‗llanish mumkin deb o‗ylaydi. Har bir asar bu formulaga muvofiq quyidagi besh nuqtai nazardan qarab chiqilmog‗i lozim:
konkret tushuncha (bilim sohasi, predmet, masala), modda (material), energiya (jarayon, harakat), fazo (geografik nuqtai nazar), zamon (davr, vaqt, yil). Ranganatan xuddi mana shu besh hadli formulaga yopishib olmay, fasetlarni standartlashtirish g‗oyasining o‗ziga alohida e‘tibor beradi. Chet el kutubxonashunoslarining ko‗pchiligi bu g‗oyani qo‗llab-quvvatlamoqdalar, biroq fasetli formulaning birmuncha boshqacha variantlarini belgilab olmoqdalar.
Fasetlarga qarab klassifikatsiyalash printsipi, shubhasiz, kutubxona fokdi mundarijasini ochib berishdan iborat bu jarayonni tartibga solish yo‗lini ko‗rsatadi, klassifikatsiya sxemasi tuzilnshiga qonuniy tus berish imkonini tug‗diradi. Biroq bilimning xilma-xil sohalari bo‗limlarini qismlarga ajratishning umumiy formulasi topilishi dargumon. Ranganatan va umumiy fasetli formula degan bu g‗oyani ishlab chiqayotgan chet el kutubxonashunoslari xilma-xil fanlar o‗rganadigan ob‘ektlar o‗rtasida chuqur sifat tafovuti borligini anglamayotirlar. Masalan, ijtimoiy fanlar bo‗limlarida ijtimoiy hayot hodisalari uchun tabiat hodisalarini yoki ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarni tadqiq etuvchi farqlar bo‗limlaridan mutlaqo boshqa nuqtai nazarlarda bo‗linmalar tashkil etish zarurati paydo bo‗ladi.
Ranganatan ilgari surgan bir qancha qoidalarning bahsli xarakterda ekanligiga qaramay, uning klassifikatsiyalash sohasidagi asarlari chet el kutubxonashunosligida katta voqeadir.
Nazorat savollari:
1. XII—XIII asrlarda G‗arbiy Yevropada kutubxona klassifikatsiyalarining vujudga kelishi haqida gapirib bering?
71
2. XIX asrning birinchi yarmida matbuot asarlarini klassifikatsiyalashning rivojlanishi haqida nimalarni bilasiz?
3. Kutubxona klassifikatsiyasining boshqa sxemalariga misol keltiring?
4. AQSh Kongressi kutubxonasining klassifikatsiyasining o‘ziga xos indekslarini aytib bering?
XIX asrning ikkinchi yarmi-XX asrning boshlarida Rossiyada kutubxona klassifikatsiyasi
XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya kutubxonalari qullangan sxemalarida katta o‗zgarishlar yuz bermadi. Yirik kutubxonalar bundan oldinroq klassifikatsiya sxemalari tuzilgan va endigina ularking kam-ko‗stini qisman tuzatmoqda edi. Rosspyada kitoblarni sistemalashtirishning bu davrdagi nazariy va amaliy masalalari hozircha kam o‗rganilganligini aytib o‗tish kerak.
Kutubxona klassifikatsiyasi masalalariga qiziqish XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida sezilarli darajada kuchaydi. Matbuot sahifalarida o‗nli klassifikatsiya haqida, Xalqaro bibliografiya institutining ishi haqida ma‘lumotlar paydo bo‗ldi, Usha vaqtda Rossiyada chiqqan ba‘zi bir bibliografik nashrlarda kitoblar tasviri o‗nli klassifikatsiya
indekslari bilan birga berilar edi.
Usha vaqtda Rossiyaning
revolyutsiyadan ilgarigi atoqli
kutubxonashunosi va bibliografi N. A. Rubakin o‗zining «Среди книгª15 («Kitoblar orasidaª) degan katta asari uchun mukammal bibliografik sxema tuzdi. Bu sxema XIX asr birinchi
15 N. A. R u b ak i n. Среди книг. Опыт обзора русских книжных богатств в связи с историей научно-
философских и литературно-общественных идей, 2-nashri, 1—3-tomlar, «Naukaª, 1911—1915. Birinchi nashri 1906 yilda bir tom bo‗lib chiqqan.
72
yarmidagi filosof va sotsiolog O. Kontning fanlar klassifikatsiyasi ta‘sirida tuzilgan edi.
Ogyust Kontning fanlar klassifikatsiyasida fanlar mantiqiy qatorining «murakkablikning oshib borishi va umumiylikning kamayib borishiª tartibida bo‗lishi g‗oyasi ifodalangan bo‗lib, N. A. Rubakinni shu g‗oya o‗ziga jalb qilgan edi. Bu g‗oya utopik sotsializmning taniqli namoyandalaridan biri Sen-Simondan olingan bo‗lib, Ogyust Kont (1798 —1857) klassifikatsiyasida buzilgan shaklda berilgan, biroq bu sxema Kontga tabiat haqidagi: olam haqidagi, anorganik tabiat haqidagi, organik tabiat haqidagi fanlarning mantiqiy qatorini belgilashga imkon bergan edi. O. Kont sxemasi fanlar bilan tugallanar edi. Fanlarning mana shu so‗nggi guruhi bo‗linmalarini ishlab chiqishda O. Kontning reaktsion qarashlari ayniqsa ko‗proq aks etgan edi.
Nikolay Aleksandrovich Rubakin (1862-1946) o‗z bibliografik
klassifikatsiyasida hamma fanlarni teskari tartibda joylashtirgan: birinchi o‗ringa sotsial turmush haqidagi fanlarni, so‗ngra organik tabiat haqidagi, anorganik tabiat haqidagi va, nihoyat, bilish usullari haqidagi fanlarni va falsafani qo‗ygan. Uning fikricha, bunday tartib kitobxonga avvalo unga yaqinroq bo‗lgan hodisalar haqidagi (jamiyatdagi o‗zaro munosabatlar haqidagi), so‗ngra esa bir qadar umumiy va bir qadar mavhum fanlar haqidagi kitoblarni berishga imkon tug‗dirar edi.
Nikolay Aleksandrovich Rubakin (1862-1946)
73