Файл: Ozbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 23.11.2023

Просмотров: 495

Скачиваний: 8

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.


Kongress kutubxonasi nashr etadigan bosma kartochkalarda AqShda juda keng tarqalgan ikkita klassifikatsiya sxemasining - o‗nli klassifikatsiyaning va Kongress kutubxonasi klassifikatsiyasining indekslari ko‗rsatiladi.

Jorj Braun klassifikatsiyasi

Ingliz kutubxonashunosi Jorj Braun XX asr boshlarida juda o‗ziga xos, ammo umuman yaxshi chiqmagan va amalda foydalanish noqulay bo‗lgan kutubxona klassifikatsiyasi sxemasini yaratib, uni «predmet klassifikatsiyasiª deb atagan edi. Braun bilimning asosiy sohalari bo‗limlarini dunyoning anorganik tabiatdan inson va jamiyatga tomon evolyutsiyasini aks ettiradigan izchillikda joylashtirgan; ammo u bunda tabiat taraqqiyotini idealistik tushunishga asoslangan edi. Masalan, Jorj Braun anorganik tabiat haqidagi fanlarga «materiyaª, haqidagi fanlar deb qaragan, inson va jamnyat haqidagi fanlarni insonda aql-idrok mavjudligi bilan bog‗lagan edi.

Asosiy bo‗limlar sxemada latin harflari bilan belgilangan; bir guruhdagi fanlar bo‗limlariga bir necha bosh harflar qo‗yilgan.

Keyingi bo‗linmalar uch xonali raqamli (tuzilishiga ko‗ra o‗nli indekslarga o‗xshash) indekslar bilan ifodalangan. Jorj Braun
texnikaga doir fanlar, meditsina, san‘at degan alohida bo‗limlar hosil qilishdan voz kechib, bu fanlarning ayrim sohalarini ularga tegishli nazariy fanlar bo‗limlariga kiritgan edi.

Masalan, mexanika bo‗limidan keyin sxemada mexanika bilan aloqador «amaliyª fanlar

(texnika) san‘at, yorug‗lik fizikasi (optika) bo‗limidan keyin — yoritish texnikasi bo‗limi, tovush fizikasi (akustika) bo‗limidan keyin — muzika va qo‗shiq bo‗limlari keladi. Shunday qilib, go‗yo «predmet komplekslariª yaratilgan yorug‗likª predmeti, «tovushª predmeti bilan bog‗liq bo‗lgan barcha bilim sohalari shu kompleksga kiritilgan edi.
67

Jorj Braun nazariy va amaliy fanlarni bir-biriga yaqinlashtirish haqidagi to‗g‗ri fikrni rasman amalga oshirib, texnikaga oid fanlar, san‘at meditsinaning tabiiy komplekslarini buzgan. Braun anqlagichlar xususida yoki ularning, mualidek «kategoriyalarª xususida ham shunchalik noizchildir. Sxemada «kategoriyalarªning bitta jadvali berilgan bo‗lib, u juda xilma-xil va tasodifiy tartibda joylashtirilgan 1000 ta tushunchani o‗z ichiga oladi.

G.Bliss va Shiali Ranganatan klassifikatsiyasi

XX asrda yaratilgan chet el kutubxona klassifikatsiyasi sxemalaridan eng mashhurlari G. Bliss (AqSh) va Sh. Ranganatan (Hindiston) sxemalaridir. Nyu-York shahar kollejining kutubxonachisi G. Bliss, qat‘iy ilmiy klassifikatsiya zarur deb jar solsa-da, haqiqatda fanlarning qat‘iy izchilligini belgilab bermaydi. Uning klassifikatsiyasiga alternativlik printsipi, ya‘ni bo‗lim uchun sxemada nazarda tutilgan bir necha o‗rindan mazkur kutubxona sharoitidaeng samarali joytanlashprintsipi asos qilib olingan. G. Bliss sxemasida bunday alternativ yechimlar juda ko‗p, masalan, psixologiya bo‗limi yo falsafa bo‗limigakiritilishi, yoxud, antropologiya va ijtimoiy fanlar o‗rtasida mustaqil bo‗lim qilib ajratib qo‗yilishi mumkin; texnika bo‗limini fizika bo‗linmalari qatoriga yoki amaliy fanlar bo‗limiga joylash-tirsa bo‗ladi.

Alternativ yechimlar printsnpndan bir me‘yorda foydalan-maslik G. Bliss sxemasini barqarorlikdan mahrum etadi: bilimning ayrim eng muhim sohalari bo‗limlari unda muayyash o‗ringa ega emas.

Etika din bo‗limiga kiritilgan, «Revolyutsiyaª rubrikasi «sotsial buzg‗ukchilikª rubrikasi bilan yonma-yon joylashtirilgan. «Past xalqlarª, «past irqlarª degan terminlar qayta-qayta ishlatilgan. Tabiiy tanlanish va yashash uchun kurashning biologik qonunlariga ijtimoiy taraqqiyot omillari deb qaraladi.

Burjua kutubxonashunosligida G. Bliss klassifikatsiyasiga. ko‗piicha haddan tashqari yuqorn baho beriladi, biroq amalda bu klassifikatsiyadan juda kam foydalaniladi.

Atoqli hind kutubxonachisi Shiali Ramamrita Ranganatanning asarlari mashhurdir. Ranganatan ko‗p yillar davomida Madorasdagi universitet

68








kutubxonasiga rahbarlik qilgan va keksayib qolganligiga qaramay, xalqaro kutubxonachilik tashkilotlarida katta ish olib borda. Ranganatanning kutubxona ishining muammolariga doir asarlari kutubxonaning jamiyat hayotidagi roli haqida progressiv fikrda ekanligidan dalolat beradi.

Shiali Ramamrita Ranganatan (1892-1972)

Shiali Ramamrita Ranganatan (1892-1972) hind kutubxonashunos olimi. Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik sohasida faoliyat yuritgan

olim, professor. Londondagi Oliy

kutubxonachilik maktabini tugatgan.

Hindistondagi yirik kutubxonalarni birlashtirib, 1933 yilda tashkil etilgan kutubxonachilik assotsiatsiyasini boshqargan.

―Kitoblar, ulardan foydalanishlari uchun xizmat qiladi",‖Har bir kitobxonga o‗z kitobini taqdim etish‖ kabi kutubxonashunoslikning muhim qoidalarini

yaratgan. U faset klassifikatsiyasi nazariyasini yaratib, (Ikki nuqta

yordamida klassifikatsiyalash) mazkur klassifikatsiya zamonaviy

klassafikatsiya nazariyasining yaratilishiga ta‘sir ko‗rsatgan.

Ranganatanning ilmiy ishlari kutubxona klassifikatsiyasi va sistemali katalog sohasidagi tadqiqotlar bilan ko‗proq bog‗liqdir.

Ranganatan ishlab chiqqan va birinchi bor 1933 yilda e‘lon qilingan «Bayon alomati yordamida klassifikatsiyalashª degan asarida klassifikatsiya qilinayotgan asarlar tematikasiga muvofiq keladigan barcha tushunchalar uchun oldindan rubrikala belgilangan «sanamaª sxemalar usulidan qat‘iyan voz kechadi. «Universal o‗nli klassifikatsiyaªda keng foydalanilgan indekslarni kombinatsion tuzish usulini Ranganatan yanada rivojlantirdi. Uning sxemasida 26 ga asosiy bo‗lim ko‗rsatilgan (keyingi nashrlarida bo‗limlarning soni ko‗paytirilgan). Bu bo‗limlarning sxemada qabul qilingan izchilligi qiziqish tug‗dirmaydi. U ko‗p
69

jihatdan Braun va Bliss sxemalariga o‗xshaydi, binobarin, asosiy qatorning ilmiyligi muammosiga uncha ahamiyat byormaydi. U asosiy e‘tiborini bilimning asosiy sohalari bo‗limlarini detallashtirish masalalariga qaratadi.

Ranganatan har bir asosiy bo‗lim doirasida bir necha jadval tuzib chiqadi, bu jadvallar mazkur bilim sohasini turlicha nuqtai nazardan aks ettiradigan bo‗linmalarni o‗z ichiga oladi.

Ranganatan birinchi iashrda bu jadvallarni «xarakteristikalarª deb ataydi, keyinchalik ularga «fasetlarª (bilimning shu sohasi qarab chiqilishi mumkin bo‗lgan nuqtai nazarlar) deb nom beradi. Masalan, ximiya bo‗limida ximiyaning asosiy masalalari bo‗lgan moddalarning belgisi va elementlarning birikish usullarining jadvallari (fasetlari) berilgan. Usimlikshunoslik bo‗limida o‗simliklar turlarining o‗simlik xizmati tarkibiy qismlarining, qishloq xo‗jalik ekinlarini parvarish qilish usullari geografik belgisining fasetlari bor. Meditsina bo‗limida
odam tanasi organlari bemorlarni davolash ularga qarash ilmiy muammolari usullari nuqtai nazaridan tuzilgan jadvallar berilgan.

Fasetlarning bo‗linmalari raqamli belgilarga ega. Kerakli tushuncha indeksi asosiy bo‗limning harfiy ifodasiga tegishli fasetlar jadvallaridan olingan ifodalarni qo‗shish yo‗li bilan hosil qilinadi. Raqamli ifodalar har xil belgilar yordamida, ko‗pincha bayon alomati yordamida birlashtiriladi; xuddi shu narsa «Bayon alomati yordamida klassifikatsiyalashª sistemasining nomini belgilab bergan.

Ranganatan klassifikatsiya sxemasi foydalanish uchun juda murakkab sxema bo‗lib chiqdi va keng yoyilmadi. Uning klassifikatsiyalashga doir asararida mnsol uchun keltirilgan ba‘zi bir indekslar umumiy aniqlagichlar va faset belgilarnikg har xil jadvallaridan olingan 25—30 belgidan iboratdir. Indeks ayrim elementlari tartibining murakkabligi va shartliligi, indekslar tarkibiga bu elementlarni bog‗lab turuvchi har xil qo‗shimcha belgilarning kirntilishi indekslarni kutubxonachi uchun ham, katalogdan foydalanadigan kitobxon uchun ham murakkablashtirib qo‗yadi.

70