Файл: Ozbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 23.11.2023

Просмотров: 501

Скачиваний: 8

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.

Shuning uchun ham har bir kutubxona binosi fondning tarkibiy qismi, mazmuni, xizmat ko‗rsatish tarkibi va hokazolarga qarab qurilishi, bino arxitekturasida ana shu talablar hisobga olinishi kerak. Bundan tashqari fondni risoladagidek joylashtirish uchun binoni moslashtirish lozim.

Demak, kutubxona fondi kutubxonaning faoliyat ko‗rsatishi uchun eng muhim tuzilma bo‗lib hisoblanadi, shu sababli ham:

1). Axborot-kutubxona muassasasini fondsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

2). Axborot-kutubxona fondi orqali kutubxona o‘zining ijtimoiy vazifasini bajara oladi.

3). Axborot-kutubxona fondining soni va mazmuni ijtimoiy hayotning rivojlanishiga, taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.

4). Axborot-kutubxona fondi va uning mazmuni Axborot-kutubxona muassasasining turi va xilini aniqlab beradi21.

Qaytma aloqa. Axborot-kutubxona fondi o‗z navbatida boshqa element va tuzilmachalarning ta‘sirida yashaydi.

a). Kitobxonning ta’siri. Avvalo kitobxonlar soni va ularning talabi kutubxona fondini shakllantirishda asosiy omil bo‗lib hisoblanadi. Kutubxona fondining turi, xili, olinadigan hujjatlar kitobxonlarning ijtimoiy-demografik xarakteriga bog‗liq. Ularning talabi va qiziqishi kutubxona fondida qanday kitoblar bo‗lishini aniqlab beradi. Fond muammosini amaliy jihatdan hal qilish, o‗rtacha o‗qish, qatnov, kitobning aylanishi, kitobxon soni va hokazolar haqidagi ko‗rsatkichlarga asoslanadi. Hozirgi zamon kutubxona fondini shakllantirish nazariyasining uslubiy va nazariy asosini "moslashtirish qonuni" tashkil etadiki, bunda fondning hajmi va tarkibiy qismi muayyan vaqtda kutubxona oldida turgan vazifalarga bog‗liq. Bu asosan kitobxonning talabi, qiziqishi, so‗rog‗i va axborotga bo‗lgan ehtiyojini qondirishdir.

b). Kutubxonachining ta’siri. Kitobxon va hujjat o‗rtasidagi asosiy vositachi kutubxonachi bo‗lib hisoblanadi. Kutubxonachi kitobxonning yoshiga, sohasiga, qiziqishiga qarab hujjatlarni to‗playdi, tartibga soladi, targ‗ibot qiladi. Kitobxonga

21 Abdulwahab O. Fundamentals of Library and information science. chapter ten. -Issa Ilorin publisher, 2009.- p. 69 123



axborot beradi, ommaviy tadbirlar o‗tkazadi, o‗qish madaniyatini tarbiyalaydi va hokazo.

v). Kutubxona moddiy-texnika bazasi (MTB) ta’siri. Kutubxona fondiga kutubxonaning binosi, xonalar joylashuvi, undagi texnika vositalari katta ta‘sir ko‗rsatadi. Kitoblarni olish, joylashtirish, saqlash, kitobxonga yetkazish, ularga ishlov berish va boshqalar MTBning ahvoliga bog‗liq. Misol keltiradigan bo‗lsak, oddiy kutubxona bilan avtomatlashgan kutubxona o‗rtasida katta farq mavjud. Agar kutubxona ishlari avtomatlashtirilsa kutubxonachining jismoniy harakati kamayadi, kitobxon talabi o‗z vaqtida bajariladi.

Nusxa olish, telekanal orqali buyurtma berish, kompyuterga yozib olish, xotirasiga joylash va hokazolar o‗z vaqtida bajariladi. Demak, MTB kutubxona fondining samarali yoki samarasiz ishlashining garovi ekan.

Kutubxona fondi kutubxonada ichki va tashqi vazifani ham bajaradi. Insoniyat barpo etgan ijtimoiy tizimda kutubxona fondi ham jamiyatga nihoyatda kerakli bo‗lib, insonlarning o‗qishga bo‗lgan talabini qondirish vazifasini bajaradi. Yozuvning paydo bo‗lishi va kitob vujudga kelishi insoniyatning katta yutug‗i, chunki kitoblarsiz biz o‗z tariximiz, madaniyatimiz, ma‘naviyatimizdan bexabar bo‗lib qolar edik.

Jamiyat tomonidan chiqarilayottan hujjatlarni bir joyga to‗plash (kumulyatsiya), tartibga solish va saqlash lozim. Bu ishning bir qismini kutubxona fondi bajaradi. Shuning uchun ham kutubxonani jamiyatning ilmiy, ishlab

chiqarish, madaniy boyliklarini saqlovchi nurxonasi deb ataydilar. Faqatgina hujjatlarni saqlash kutubxonaning asosiy vazifasi emas, balki uni jamiyat a‘zolariga yetkazib bergan. o‗qitish, bilimini oshirish, tarbiyalash kabi vazifalari ham mavjud. Demak, kutubxona fondi zukko insonlar tomonidan vujudga keltirilgan xotira (memorial) xamdir.

Hujjatlarni to‗plash va saqlash jamiyat talab qiladigan vazifa bo‗lib, bu kutubxona fondining tashqi tuzilma sifatidagi vazifasiga kiradi. Bunday vazifalarni yirik milliy kutubxonalar, depozitariylar, kitob palatalari, arxiv va hokazolar bajaradi.

124



Kutubxona fondi kutubxonaning kichik tizimi hisoblanib faqat o‗ziga xos vazifani bajaradi, bu vazifa butun tuzilmaning vazifasi, chunki kutubxona fondisiz kutubxonaning o‗zini tasavvur qilish mumkin emas. Kutubxona fondining vazifasi kutubxona faoliyatining asosini tashkil etadi. Bu vazifa so‗zning etimologiyasida mujassamlangan.
Fond so‗zi nemischa «der fondª - "fon", ya‘ni nimanidir asosi ma‘nosini bildiradi. Bu so‗z nemischaga frantsuzchadan, unga lotinchadan kirib kelib tag, yer, asos degan ma‘noni anglatadi. Fond bilan ishlovchi kutubxonachi kitobxonlarning axborotga bo‗lgan talabini bilgan holda ularni muayyan hujjat bilan ta‘minlashi lozim.|

Kutubxona fondi axborot berish vazifasini bajaradi. U kutubxonaning madaniy-ma‘rifiy, pragmatik, dam olish va boshqa vazifalarni bajarishda faol ishtirok etadi.

Jahon sivilizatsiyasining rivojlanishiga kutubxona va uning fondi katta ta‘sir ko‗rsatgan. Insoniyat tomonidan yaratilgan bilimlarni keyingi avlodga yetkazish niyatida yozma manba paydo bo‗ladiki, biz uni hozir hujjat (dokument) deb ataymiz ("docyment" — lotancha o‘qiyman, xabar beraman ma‘nolarini anglatadi). Maxsus moddiy narsaga yozilgan axborot beruvchi material hujjat deb ataladi. Hujjat qog‗ozda, tasmada, plastinkada va hokazolarda bo‗lishi mumkin. Hujjat kutubxona fondini tizim (sistema) sifatida vujudga kelishi uchun asos bo‗lib hisoblanadi. Hujjat termini 1990 yillardan boshlab qo‗llanila boshlandi, chunki kutubxonada faqat kitob emas, boshqa matnlar ham saqlanadi. Masalan, jurnal, gazeta, audiovizual materiallar va hokazo. Hozirgi davrda matbuot asarlari kutubxona fondining asosini tashkil qiladi. U qulay va har kim o‗zining imkoniyatiga qarab o‗qiydi, tushunadi. Kitobxon kitobdan xilma-xil ma‘lumotlar oladi, hayajonlanadi, sevinadi, kuyunadi va o‗z ehtiyojini qondiradi. Leqin audiovrual materiallar, kinofoto hujjatlar kabi hozirgi davr mahsulotlari ham borki, ular tezlikda ko‗rgazmali axborot beradi, bu ham hozirgi kitobxon uchun qulay va foydali.

Kitobxon o‗ziga kerakli materiallarni bir necha nusxa tarzida olish imkoniyatiga ega. Hujjatni kompyuter xotirasida ham saqlashi, xohlagan vaqtda

125