Файл: Ozbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 23.11.2023

Просмотров: 482

Скачиваний: 8

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
joylashtirishning o‗ziga xos yutuqlari mavjud (uni nemis kutubxonachisi I.M.Farank 1969 yilda taklif etgan), chunki alohida soha yoki predmetga qiziquvchi kishilar bir vaqtda o‗zlariga kerakli ma‘lumotlarni tezda olishlari mumkin bo‗ladi.

Adabiyotlarni mazmuniga qarab joylashtirish juda ko‗p kutubxonalarda qo‘llanadi, lekin u barcha kutubxonalar uchun qulay usul bo‗lib hisoblanmaydi va uning o‗ziga xos kamchiliklari ham mavjud. Ulardan biri:

1. Mazmuniy joylashtirish kitoblarni har tomonlama ko‗rsata olmaydi, chunki ba‘zi kitoblar mazmuniga ko‗ra bir necha sohalarga tegishli bo‗ladi, lekin javonda faqat bitta bo‗limda joylashtiriladi.

Boshqa bosma asarlar, audiovizual materiallar ham mavjud gazeta va jurnallarga uxshab alohida mustaqil fondga ajratiladi va ular boshqa tizimda, ya‘ni sohalariga qarab ajratilib joylashtiriladi.

2. Bunday joylashtirishda fond xonaning foydali joyidan tejamsiz foydalanish ro‘y beradi. Javonda har xil shakldagi kitoblar yonma-yon turadi va tokchalar orasini eng baland kitob buyi baravar qilib qoldirishga to‗g‗ri keladi, har bir javonda yangi olinadigan kitoblar uchun qo‗shimcha joy qoldirishga to‗g‗ri keladi.

Shunga qaramasdan keyin olinadigan kitoblar uchun joy bushatish maqsadida fondning ma‘lum qismini vaqti-vaqti bilan siljitib turish lozim bo‗ladi. Bu ish g‘oyat unumsiz va ko‗p mehnat talab qilishdan tashqari fondni yangidan joylashtirish kutubxonachi va kitobxonlarni unga qoniqishiga majbur qiladi.

3. Yirik kutubxonalarda sistemali joylashtirishni, kitoblar miqdori goyat katta bo‗lganligi tufayli, barcha fond uchun joriy etish maqsadga muvofiq emas.

167



Bu tizim asosan ochiq fondli kutubxonalarda qo‘llanadi. Kitoblarni formal jihatiga ko‗ra joylashtirishning xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunda mazmun uncha e‘tiborga olinmaydi. Bu esa turli mazmundagi kitoblarning butun fond bo‗yicha sochilib ketishiga olib keladi. Oqibatda kitobxonlar talablarini qondirish uchun katalogdan ma‘lumot olish lozim bo‗ladi. Formal jihatdan joylashtirish usulili asosan yirik ilmiy kutubxonalar qulaydirlar. Axborot resurs markazi kutubxonalardai esa bu usul ko‗pincha oynoma, ro‗znoma, audiovizual materiallarini joylashtirishda ishlatiladi, shuningdek, sistemali joylashtirishda yordamchi usul sifatida foydalaniladi. Bu turdagi joylashtirishlar orasida mustaqil hamda yordamchi tarzda kullash mumkin bo‗lgan alifboga ko‗ra joylashtirish katta ahamiyatga ega. Kitoblarni alifbo bo‗yicha joylashtirishda mazmuniga e‘tibor berilmay, aksincha, muallifning familiyasi yoki kitob sarlavxaining birinchi harfi e‘tiborga olinib, shu asosda joylashtiriladi. Bu usulda xdr bir muallifning asari bir joyga tuplanadi. Odatda alifbo formasi boshqa usullar bilan birgalikda ishlatiladi va u ancha yaxshi samara beradi, lekin bu usul orqali kutubxonaning butun fondini joylashtirib bo‗lmaydi. Chunki bu usul ancha murakkab va kutubxonadagi joyni tejashga xalakit beradi, natijada u ko‗proq sistemali-nomerli joylashtirishda yordamchi usul sifatida ishlatiladi.

Respublikadagi barcha universal kutubxonalarda badiiy adabiyotni joylashtirishda shu usuldan foydalaniladi, bu usul badiiy kitoblarni muallifi bo‗yicha topishda juda qo‘l keladi. Kitobxonlar ko‗pincha badiiy asarlarning nomerini emas, balki muallifini eslab qoladilar va bu muallifning birinchi harfi bo‗yicha kitob izlaydilar. Bundan tashqari, O‗zbekiston kutubxonalari badiiy adabiyotni 3-4 tilda (rus, o‗zbek, qozoq, tojik) va hokazo tillarda oladilar hamda alohida tillar bo‗yicha ajratish, avtor belgisiga qarab joylashtirishdan tashqari maxsus ajratkichda muallifning rasmi va familiyasini ham yozib qo‗yadilarki, bu kitob tanlashni osonlashtiradi. Kitoblarni alifbo bo‗yicha joylashtirishda mualliflar jadvalidan foydalaniladi.

Mualliflar jadvalini birinchilardan bo‗lib Charlz Emi Kater ixtiro qilgan, Rossiyada

L. B. Xavkina jadvali ancha mashhur bo‘lib u hozirgi davrda ham ishlatiladi. Bu

168



yerda yana bir muammoni ham eslatib o‘tish lozim. Yevropa va boshqa mamlakatlarda mualliflarning familiyasi, ismi va otasining ismini yozish qadimdan qolgan. Lekin Sharq mamlakatlarida mualliflar ko‗pincha o‗zining taxallusiga ega, ularning ism-familiyasini aniqlash ancha murakkab. Masalan, G‗arbda Aleksandr Dyuma, Turgenev I.S., Sharada Nozim Hikmat, Avaz O‘tar, Alisher Navoiy, Li Shao, Kim Pen Xva va hokazo. Shuning uchun ham faqat bitta jadvaldan emas, boshqa mavjud jadvallardan ham foydalanish mumkin.


Keyingi yillarda kitoblarga muallif belgisini nashriyotlar qo‗yadi. Bu esa kutubxonalar ishini ancha yengillashtiradi, ammo mualliflar jadvallaridan foydalanish zarurligini bartaraf etmaydi. Chunki nashriyot belgilagan mualliflar belgisi kutubxona qabul qilgan belgi bilan mos kelmasligi mumkin. Bundan tashqari nashriyot ikki xonali muallif jadvalidan foydalansa, yirik kutubxonalar uch xonali jadvaldan foydalanadi.

Sanaviy joylashtirishni 1885 yili amerikalik kutubxonachi U. S. Bisko taklif qilgan. Bu usulda kitoblar nashr yili bo‗yicha to‗g‗ri sanaviy tartibda joylashtiriladi. Mazkur usulda barcha yangi kitoblar o‘tgan yili nashrdan chiqqanlaridan ajratilib, bitta joyga qo‗yiladi. Sanaviy joylashtirish uchun ko‗pincha kitob nashr etilgan yilni shifr qilib olinadi.

Kitoblarni katta-kichikligiga ko‗ra joylashtirish ancha qadimiy bo‗lib, fransuz

R. de Furvinal tomonidan XII asrda taklif qilingan. Bunda kitob joylashadigan joy nihoyatda tejaladi. Bunday joylashtirishda kitoblarning formatiga, ya‘ni katta-kichikligiga qarab bir necha guruhga bo‗linadi. Har bir guruh doirasida esa muallif belgilari, tartib raqami yoki boshqa belgilarga qarab joylashtiriladi.

Odatda 3 ta asosiy guruh mavjud — 20 sm.gacha, 20—26 sm.gacha va 26 sm.dan baland. Kutubxona fondining hajmi 300 mingdan ortiq bo‗lganda bu usul o‗zini oqlaydi.

Eng ko‗p tarqalgan o‗rta kattalikdagi kitob uchun ko‗pincha soddalashtiriladi, bu o‗z-o‗zidan ana shu formatning shartli belgisi bo‗lib xizmat qiladi. Mazkur tartib kitobning doimiy o‗rnini ta‘minlash imkonini beradi. Nomerga ko‗ra joylashtirish A.N.Olodin tomonidan taklif qilingan bo‗lib,

169



kitoblarni kutubxonalarga keltirilgandagi tartibda joylashtirishni nazarda tutadi. Har bir kitob o‗zining raqamiga ega bo‗ladi va ularni joylashtirish oson kechadi. Nomerga ko‗ra joylashtirish uni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni osonlashtiradi. Agar bu usulni katta-kichikligiga ko‗ra joylashtirish bilan qo‘shilsa, fondning foydali maydonidan to‗liq foydalanish mumkin. Bu usulning afzalligi shundaki, u kutubxonachidan malakali mehnatni talab qilmaydi.

Raqamiga ko‘ra joylashtirish bir necha ko‘rinishlarga ega u maxsus nomerli, inventar raqamli yoki ma‘noli bo‗lishi mumkin. Maxsus raqam bilan joylashtirilganda inventar raqamidan qat‘iy nazar kitoblarga alohida nomer beriladi. Bu usul sistemali-raqamli, kattaligiga ko‗ra, geografiyasiga ko‗ra (geogr-raqami) joylashtirishlarga yordamchi usul bo‗lib xizmat qiladi. Inventar raqamiga ko‗ra joylashtirish kitoblarni inventar raqami ortib borish tartibida qat‘iy joylashtirishni nazarda tutadi. Bunday joylashtirish fondlarni tez tekshirishga yordam beradi.

Yuqorida sanab o‘tilgan usullardan tashqari kutubxonalarda boshqacha joylashtirishlar ham mavjud. Lekin hamma joylashtirish usuli birinchidan, kutubxona fondidan foydalanishni osonlashtirish, ikkinchidan, kitobxonga xizmat ko‗rsatishni yaxshilash va uchinchidan, katalog hamda fond o‗rtasidagi uzviy bog‗liqlikni ifodalashi zarur. Har bir kutubxona kitoblarini topishni osonlashtirish maqsadida fondni joylashtirish reja-sxemasiga ega bo‗ladi. Har bir javonning yon tomonida unda joylashgan bo‗limlar, soha kitoblarini nomi yoki ro‘yxati yozilgan bo‗ladi.

Kitoblarni joylashtirishning hozirda qo‘llanayotgan usullari birdaniga paydo bo‗lgani yo‗q, ular asrlar davomida takomillashib keladi. XVIII asrda Yevropada sistemali joylashtirishni yagona usul deb keldilar. Bu usul Amerikada ham muvaffaqiyatli qo‘llana boshladi. U asosan ochiq fondli kutubxonalarga juda ma‘qul, lekin har bir kutubxona o‗zidagi kitobning soni, turi va xiliga qarab fondni joylashtirishi lozim.

Bizning mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning tajribasi shuni ko‗rsatadiki, kitoblarni turli tipda joylashtirishning mohiyati, ahamiyati va qo‘llash sohasiga

170