Файл: Ozbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 23.11.2023
Просмотров: 479
Скачиваний: 8
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
Ayrim muallif familiyalari ajratib ko‗rsatish maqsadida o‗ng tomondan turtib chiqqan, kollektiv mualliflar, nomi (sarlavhasi) yoki kitoblar nomlari uchun chap tomoni turtib chiqqan alohida asar uchun bir o‗ng va bir chap tomoni turtib chiqqan ajratkichlardan foydalaniladi.
Ayrim ajratkichlarda familiyadan tashqari to‗liq ismi, otasining ismi, yashagan yillari, faoliyati sohasi, kasbi, ilmiy darajasi, unvoni, faxrli unvoni va muallifi, davlat mukofotiga ega bo‗lgan asarlarning nomini yozishga ruxsat etilgan.
Ma‘lumot tipidagi ajratkichlar ayni bir joylashtirish so‗ziga ega bo‗lgan kartochkalarni joylashtirish tartibini ko‗rsatish uchun qo‗llaniladi. Masalan: ajratkich bir muallif asarlari, tasvirlari oldindan, ayni bir asarning turli, nashrlar oldidan, kollektiv muallif qilingan tasvirlar oldidan qo‗yiladi. Ma‘lumot tipidagi ajratkichlarni izlash muayyan qiyinchiliklar bilan bog‗liq bo‗lgan tasvirlar oldidan qo‗yish zarur. Bunga sarlavhasi standart so‗zlar bilan boshlanadigan nashrlar: «instruktsiyaª, «estalikª, «programmaª va boshqalar kiradi.
Ma‘lumot tipidagi ajratkichlar uchun o‗rtasi turtib chiqqan ajratkichlar qo‗llaniladi. Agar tekst ajratkichga sig‗magan taqdirda uning davomi undan keyingi katalog kartochkasiga yoziladi.
24
Bibliografik ajratkichlar — muallif ajratkichlarining bir turidir. Ularda mualliflar va ularning asarlari haqidagi ma‘lumotlar, familiyasi, ismi va otasining ismi, yashagan yillari, muallif o‗z asarlariga bergan taxallusi, mutaxassisligi, ilmiy darajasi, faxrli unvoni, juda qisqa qilib keltiriladi.
Katalogda ajratkichlar miqdori qancha bo‗lishi kerakligini faqat kitobxonlarning katalogidan foydalanishlari kuzatish asosida aniqlash mumkin. Kutubxonalar amaliyotida ularni 3-5 sm dan, ya‘ni 60-75 kartochkadan keyin qo‗yish qabul qilingan. Shunday qilib 1000 ta kartochka sig‗adigan standart katolog yashigiga 15 tadan 20 tagacha ajratkich to‗g‗ri keladi.
Kartochka va ajratkichlar qo‗yilgan katalog yashiklari va shkaflarga ularning mazmuniga mos keluvchi yozuvlar qilinadi. Yozuvlar yashikning old tomoniga joylashtiriladi. Kutubxonada tarkib topgan amaliyot va katalogning razmerlariga ko‗ra, yozuvlar har bir yashikdagi birinchi va oxirgi kartochkalar, sarlavhasini yoki faqat tasvirlar sarlavhasi boshlanadigan harf va bo‗g‗inlarni ko‗rsatib turish mumkin.
Katalog shkaflarida belgilangan tartibni saqlash uchun barcha yashiklarni nomerlab chiqish zarur. Yashiklar yoniga qarab (chapdan o‗nga) yoki yuqoridan pastga nomerlanadi. Yirik kutubxonalarda ikkinchi usul qo‗llaniladi.
Kartochka ajratkichlar joy-joyiga qo‗yilib, yashiklarga kerakli yozuvlar qo‗yilgandan so‗ng katalog tashkil etildi deyish mumkin. Har bir katalog yangi kelgan asarlar tasviri yozilgan kartochkalar bilan to‗ldirilib turilishi talab qilinadi.
Kitobxonlarga kutubxona fondi haqidagi to‗liq va har tomonlama axborot berish, kerakli nashrlarni izlashni ta‘minlash, kitobxonlarga kitoblarni tanlashlarida yordam berish singari natijalarga erishish taqozo qilinadi. Kataloglar har doim ko‗zdan kechirilib turishi kerak.
Katalog tahriri:
1. Kundalik joriy tekshirish.
2. Rejali davriy tekshirishlardan iborat.
Joriy tahrir kartochklarini joylashtirish va katalogdan foydalanish jarayonida amalga oshiriladi. Bu tahrir:
25
1. Tasvirlar sarlavhalarining bibliografik tahriri.
2. Kartochkalarni joylashtirishning to‗g‗riligini tekshirish.
Kataloglar uzoq vaqt davomida yaratiladi. Kutubxonalar joriy tahrir bilan birga rejali tahrir
ham qiladilar. Kataloglarning joriy tahriri qanchalik puxta qilinmasin, baribir undagi barcha xato va nuqsonlarni bartaraf etib bo‗lmaydi. Joriy tahrir davomida nuqsonlarning barchasi aniqlanmasligi mumkin, ikkinchidan aniqlashganda ham hammasi jiddiy ish olib bormay tuzatib bo‗lmaydi.
Rejali tahrir:
1. Kartochkalarni katalogda joylashtirilishini tekshirish.
2. Tasvirlarni «yagona qoidalarªning so‗ngi nashriga binoan to‗g‗riligini aniqlash.
3. Tasvirlar sarlavhalarining to‗liqroq va aniq formasiga keltirish uchun bibliografik tahrir qilish (ismi, otasining ismi, uning to‗liq yozlishi, mualliflarni aniqlash, familiyasi bir xil mualliflarni chegaralash).
4. Katalogni ajratkichlar bilan ta‘minlanganligini va katalog umuman qay darajada rasmiylashtiriganligini tekshirish jarayonlaridan tashkil topadi. Kataloglarni planli tahriri ikki yo‗l: yalpisiga va tanlab tushirish yo‗li bilan amalga oshiriladi.
Yalpisiga tekshirish katalogiga kiritlgan barcha tasvirlarni ketma-ket, harfma-harf tahrir qilishni nazarda tutadi.
Tanlab tekshirish katalogning ayrim qislarida o‗tkazish nazarda tutiladi. Tanlab tahrir qilishda ayrim nozarur uchastkalar tekshirilmay qolishi mumkin.
Kataloglar kutubxona ro‗yxatidan chiqarilgan kitoblarning yordamchi kartochkalarini olib tashlash hamda katalogda kerakli barcha qo‗shimcha, seriya, analitik tasvirlar, havola va ma‘lumotnoma kartotekalari bor-yo‗qligini, yashiklarni ajratkichlar bilan ta‘minlashlik darajasini puxta tekshirishlarsiz tasavvur qilib bo‗lmaydi.
Katalogni tahrir qilishda xatto kichik kutubxonalar katalogining o‗zidagi materiallar bilan cheklanib bo‗lmaydi. Bunda qo‗shimcha ravishda entsiklopediya,
26
spravochnik, bibliografik ko‗rsatkchilardan, ba‘zan esa kitobning tekstini ko‗rib chiqish foydadan holi bo‗lmaydi.
Alfavit katalogini tahriri tasvirlarni kitob fondi bilan taqqoslashni (to‗liq va qisman) ba‘zan kitoblar, sistemali, katalog, kitoblar formulyarlaridan shifrlarni almashtirishni shart qilib qo‗yadi.
Nazorat savollari:
1. Kutubxona kataloglari va ularning ahamiyatini tushuntirib bering?
2. Alfavit katalogining sistemali katalogdan farqli jihatlarini asoslab bering.
3. Fondlarni to'liq aks ettirish bo‗yicha kataloglarning bir-biridan farqini ayting?
4. Markaziy kataloglar qanday muassasalar fondini aks ettiradi?
5. Kutubxona kataloglarining turlariga xarakteristika bering?
2-Bob. BIBLIOGRAFIK TASVIRNING NAZARIY ASOSLARI. TASVIR NAZARIYASI VA METODIKASI TARAQQIYOTI
Tasvirlash ilmiy axborot elementlaridan biri. Tasvir prinsiplari
Bosma asar yoki mavjud resurs haqidagi ma‘lumotlar yig‗indisiga bibliografik tasvir deyiladi. Bibliografik tasvir uchun asosiy manba hujjatning o‗zi hisoblanadi.
Bibliografik tasvir — resursning mazmunini, qanday kitobxonlarga mo‗ljallanganligini, uning muallifini, sarlavhasini, kim tomonidan va qachon nashr etilganini, uni nashrga tayyorlashda qatnashgan shaxslar, resursning hajmi va boshqa ma‘lumotlarni yoritib beradi.
Kutubxonachi hujjat turini, uni xarakterli belgilarini farqlay olishi kerak.
Axborot-kutubxonalarning fondlarining ko‗p qismini kitoblar egallaydi.
Tasvirlash metodikasidan oldin kitob turlarini, uni tuzilishini, hujjat elementlari deb ataluvchi ayrim masalalar bilan tanishib chiqish lozim. Hujjatni mazmuni emas, uni bezatilishini ham tushunib olish hujjat turini to‗g‗ri tasvirlashga imkon beradi.
27
Muallifli resurslar — muallifi ko‗rsatilib nashr qilingan resurslardir. O‗z navbatida ular bir darajali va ko‗p darajali (individual yoki bir nechta muallifli) nashrlar (hujjatlar) bo‗lishi mumkin. Bir darajali (individual) yoki yakka muallif deganda asarni yozgan yoki bir nechta muallifning asarlarini to‗plab, nashrga tayyorlagan shaxsni — tuzuvchini tushunish mumkin.
To‗plam — turli xil hujjatlarni adabiy, ilmiy va boshqa asarlarni o‗z ichiga oladi.
To‗plamlar bir muallifning asarlaridan tuzilgan muallifli to‗plamga, bir nechta muallifning bitta mavzuga oid asarlarini qamrab olgan umumiy sarlavhaga ega bo‗lgan to‗plamlarga yoki bir nechta mualliflarning bitta mavzuga oid asarlarini yoki turli masalalarga bag‗ishlangan asarlarini o‗z ichiga olgan umumiy sarlavhaga ega bo‗lmagan to‗plamlarga bo‗linadi.
Tasvir tuzish metodikasiga qarab muallifli va sarlavhali tasvirlarga bo‗linadi.
Hujjatlarni tasvirlash — keng ma‘noda ishlatilib, ma‘lum tartibda joylashgan nashrlar haqida ma‘lumotlar beradi.
Hujjatlarni tasvirlashda — hujjatning turini, ularning ahamiyatini, nashrning yoki asarning xarakteristikasini tashkil qiluvchi ma‘lumotlarni juda yaxshi bilishni talab qilinadi.
Hujjatlarni bibliografik tasvirlash — kitobxonga hujjatning mazmunini va iste‘molchi uchun zarur ahamiyatini to‗liq ochib berishdir. Kutubxonaga kelgan kitobxon hujjat to‗g‗risidagi dastlabki ma‘lumotni ko‗pincha bibliografik ko‗rsatkichlardan bilib oladi. Shuning uchun bibliografik tasvir bilan katalog tasviri o‗rtasida farq bo‗lishi kerak emas, balki ular o‗zaro bog‗langan holda bo‗lishi kerak. Kutubxona kataloglarini tuzishda hujjatlarni bibliografik tasviri asos bo‗ladi. Barcha mamlakatlar o‗rtasida bibliografik ma‘lumotlarni almashlash uchun (IFLA) Xalqaro Hujjatlar Assotsiatsiyasi va muassasa federatsiyasi doirasida universal hisobga olish xizmati tashkil qilingan. Shu asosda kutubxona kataloglari va bibliografik tasvir uchun tuziladigan tasvirlar bir holatga keltirilgandir.
28
Axborotlashtirish, kutubxonashunoslik va nashriyotchilik ishi standartlari tizimiga kiruvchi O‗zbekiston Davlat Standarti -2009 yil 14 aprelda 1215 raqami ostida tasdiqlandi. Xalqaro talablarga asoslangan «Библиографическая запис.
Библиографическое описание — GOST 7,1-2003 (GOST 7,1-2003 —
«Bibliografik yozuv, Bibliografik tasvir) ga asoslanib tasdiqlangan— Axborotlashtirish, kutubxonashunoslik va nashriyotchilik ishi standartlari tizimiga kiruvchi O‗zbekiston Davlat Standartining buyurtmasiga ko‗ra kutubxonachilik va nashriyot ishi sohasida me‘yoriy huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish bo‗yicha maxsus ishchi guruhi (X.Mamatraimova, D.Kudratova) tomonidan ishlab chiqildi. Mazkur standart (Oz‘DSt 1215-2009) 2009 yil 20 apreldan amalga joriy qilingan. Oz‘DSt 1215-2009 da tasvir sohalarida shartli belgilar yangidan qayta ishlandi.
Hujjatlarga ishlov berish alfavit katalogini tashkil etish metodikasi asosida olib boriladi.
Hujjatlarni tasvirlashda ishlatiladigan tasvir usullari va qoidalariga hujjatlarni tasvirlashning metodikasi ikkiga bo‗linadi:
1. Umumiy metodika
2. Xususiy metodika
Umumiy metodika — nashrning ko‗rinishidan, turidan qat‘iy nazar uni tasvirlashda ishlatiladigan usul va qoidalar bilan ish ko‗radi. Umumiy metodika vazifasiga: tasvirlash nuqtai nazaridan nashr turlari, kitob turlari va ularning elementlari, tasvir turlari va ularning elementlari, tasvirlashning
umumiy qoidalarini, tasvirlashning ayrim elementlariga taalluqli qoidalarni o‗rgatadi.
Xusumiy metodika — hujjatlarning ayrim turlari — kitoblar, vaqtli va chiqarilishi davom etadigan nashrlar, kartografiya va notalar, badiiy, (izo) nashrlar, texnik hujjatlarning maxsus nashrlari, audio vizual materiallar, nashri va bezatilish xususiyatlariga ko‗ra farqlanuvchi hujjatlarni tasvirlash usul va qoidalarini o‗rgatadi.
29
3-Bob. HUJJATLARGA BIBLIOGRAFIK TASVIR TUZISH METODIKASI.
Bibliografik tasvir elementlari va tasvir turlari
Tasvirlardan foydalanishda qulaylik tug‗dirish maqsadida rеsurs tug‗risidagi bibliografik ma'lumotlar o‗z xaraktеriga qarab tasvir elеmеntlari dеb ataluvchi gruhlarga ajratiladi va doimo qat'iy tartib bilan joylashtiriladi.
Tasvir elementlari ichida ishlatiladigan punktatsion belgilar 12 ta bo‗lib ular
(.-) nuqta-tire, (.) nuqta, (,) vergul, (:) ikki nuqta, (;) nuqtali vergul, (...) ko‗p nuqta,
(/) qiya chiziq, (//) ikki qiya chiziq, (()) dumalog‗ qavs, ([ ]) katta qavs, (+) qo‗shuv alomati, (=) barobarlik belgilaridan iboratdir. Bibliografik tasvir oxirida (.) nuqta belgisi ishlatiladi.
Tasvir sohalarini joylashish ketma-ketligi
Tasvir boshi.
1. Sarlavha sohasi va javobgarlik haqidagi ma’lumotlar. 2. Nashr sohasi. 3. Xususiy ma’lumotlar sohasi. 4. Chiqish ma’lumotlari sohasi. 5. Sonli xarakteristika sohasi. 6. Seriya sohasi. 7. Eslatmalar sohasi.
8. Standart raqamlar sohasi. ISBN, ISSN (standart raqam sohasi (yoki uni alternativasi va egalik shartlari.
Bibliografik elementlar
Resurslarni tasvirlashda ishlatiladigan elementlar 2 ga bo‗linadi.
1. Majburiy elementlar
2. Fakultativ elementlar.
Majburiy elementlar — resurs haqidagi asosiy ma‘lumotlarni beradigan
(muallifi, sarlavhasi, nashri, nashriyoti, nashr joyi) elementlardir.
Fakultativ elementlar — resurs haqidagi qo‗shimcha axborot beradigan ma‘lumotlar (ya‘ni resurs kimlarga mo‗ljallanganligi, mazmuni, illyustratsiyalari. Tiraji, narxi va b.) ni beradigan elementlardir.
Tasvir tuzishda quyidagi tinish belgilari va matematik belgilar ishlatiladi:
. - Nuqta va tire
Nuqta
30
, | Vergul |
« | Ko‗p nuqta |
/ | Qiya chiziq |
// | Ikki qiya chiziq |
( ) | Qavs |
[ ] | Katta qavs |
+ | Qo‗shuv |
= | Tenglik |
Oz‘DSt 1215-2009 talablariga asosan tasvir elementlari sistemasi quyidagilardan iborat:
I.Tasvir boshi. Sarlavha va javobgarlik haqidagi ma‘lumotlar sohasi | [ ] | materialning umumiy aniqlanishi |
= | Parallel sarlavha | |
: | Sarlavhaga taalluqli ma‘lumotlar | |
| javobgarlik haqidagi ma‘lumotlar | |
/ | dastlabki ma‘lumotlar | |
; | keyingi ma‘lumotlar | |
II. Nashr sohasi | = | Nashr haqidagi ma‘lumot Parallel nashr haqidagi ma‘lumot |
| Faqat shu nashrga taalluqli bo‗lgan javobgarlik haqidagi ma‘lumotlar | |
/ | Dastlabki ma‘lumotlar | |
; | keyingi ma‘lumotlar | |
, | nashr haqidagi qo‗shimcha ma‘lumot | |
| nashr haqidagi qo‗shimcha ma‘lumotlarga taalluqli javobgarlik haqidagi ma‘lumotlar. |