Файл: Ozbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 23.11.2023
Просмотров: 481
Скачиваний: 8
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
науке, образовании, културе и бизнесе: Central Asiya- |
2010 xalqaro konferensiya materiallari (1999-2010) / Mas‘ul muharrir |
M.A. Raxmatullayev. - Toshkent: A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy |
k-nasi, 2010.-SD-R.- 6 Gb |
|
Nazorat savollari:
1. Katalogni tashkil etish qanday jarayonlardan iborat?
2. Kutubxona belgilariga nimalar kiradi?
3. Katalogni rasmiylashtirish jarayonini tushuntirib bering?
4. Ajratkichlarga xarakteristika bering?
5. Katalog tahriri deganda nimani tushunasiz?
6. Tasvir elementlarini sanang?
4-Bob. HUJJATLAR KLASSIFIKATSIYASI HAQIDA
UMUMIY TUSHUNCHA. KLASSIFIKATSIYAGA BO‗LGAN TALAB. Sistemali katalog
Klassifikatsiya-sotsial hayotimizda va fanda keng tarqalgan tushunchadir. Klassifikatsiya deganda lotincha ―classis‖ - sinf, guruh, tur va ―facere‖ - qilmoq so‗zlariga to‗g‗ri keladi.
Klassifikatsiya atrof-muhitni, dunyoni, modda va hodisalarni o‗rganish jarayonidir. Har bir hodisa va moddalar bir qancha belgilarga ega bo‗ladi, bu belgilarga asoslangan holda hodisa va moddalar sinflarga, guruhlarga bo‗linadi, ya‘ni klassifikatsiya qilinadi. Masalan, D.I. Mendeleevning elementlarni ortib boruvchi atom og‗irligiga ko‗ra joylashtirilgan. Har bir elementlar va jismlarning birikmalaridagi barcha xossalari davriy suratda takrorlanib turadi, atom og‗irligiga qonuniy ravishda bog‗liq bo‗ladi deb isbotlandi.
D.I. Mendeleevning elementlar davriy sistemasiga (klassifikatsiyasi) moddalarnig atom og‗irligi asos qilib olingan. Bu asos ximiya fani tarixida yangi
39
davrning vujudga kelishiga imkon berdi, moddalarning tuzilishi to‗g‗risidagi ta‘limotning taraqqiy etishiga sabab bo‗ldi.
Ayrim hollarda sun‘iy klassifikatsiyalar ham qo‗llaniladi. Masalan,
o‗simliklarning barglarini va gullarining rangi, shakliga qarab
klassifikatsiyalashdan dekorativ o‗simlikshunoslikda amaliy jihatdan
foydalaniladi.
Demak, amaliyotda klassifikatsiyalash asosiy va sun‘iyga ajratiladi. Kutubxona bibliografiya ishida bu jarayon qanday kechadi. Kutubxonashunoslik ishining an‘anaviy ish faoliyati hujjatlarni klassifikatsiyalashda asos -hujjatlarning mazmuni qilib olinadi. Bu usul hujjatlar klassifikatsiyasiga tabiiy klassifikatsiya deb qarash imkonini beradi. Hujjatlarni formatiga, tiliga, chiqarilgan joyiga, betlar soniga qarab tanlab olish sun‘iy klassifikatsiyaga misoldir. Dyuining O`nlik Klassifikatsiyasi (The Dewey Decimal Classification DDC) kitob klassifikatsiyasi sifatida, Universal O`nlik Klassifikatsiyasi esa (UO`K) bibliografik klassifikatsiya sifatida qabul qilindi. Bibliografik
klassifikatsiya ham chuqur va batafsil klassifikatsiya uchun qo`llaniladi. Batafsil klassifikatsiya mikro xujjatlar uchun qo`llaniladi. Kongress kutubxonasi klassifikatsiyasi chuqur klassifikatsiyaga asosan faoliyat yuritadi. Kichik kutubxonalarning talabiga javob beruvchi va unchalik batafsil bo`lmagan klassifikatsiya Keng yoki Umumiy klassifikatsiya deyiladi. Dyuining O`nlik Klassifikatsiyasining boshlang`ich nashrlari ham shu klassifikatsiay turiga mansub bo`lgan5. [1, 10 б.] Kutubxona fondlari goho mahsus maqsadlarni ko‗zlab, ana shunday ajratiladi, biroq odatda hujjatlarni klassifikatsiyalash deganda ularni mazmuniga muvofiq tarzda guruhlarga ajratish nazarda tutiladi. Faqat bilim sohalariga ko‗ra guruhlarga ajratishga matbuot asarlarini klassifikatsiyalash deb aytiladi. Kitobxonlarni turli ehtiyojlarini qondirishda shu tarzda hujjatlarni mazmuniga ko‗ra klassifikatsiyalash maqsadga muvofiqdir.
5 Brian Buchanan, Theory of Library Classification, C. Bingley.- p. 217.
40
Shunday qilib, hujjatlarni bilimning muayyan sohasiga munosabati belgisiga qarab klassifikatsiyalash kitobxonlarni o‗zlariga aynan kerakli adabiyotni tanlab olishlariga imkon beradi.
Klassifikatsiyalash jarayoni Axborot rеsurs markazlari, Axborot-kutubxona markazlari kutubxona fondlarini har tomonlama chuqur yoritib berish, kitobxonga, kutubxonachiga unumli ishlashiga imkon yaratadi6.
Kutubxona-bibliografiya ishi nazariyasi va amaliyotida hujjatlarni klassifikatsiya tushunchasi deb, aynan sistemali (fan sohalari bo‗yicha) klassifikatsiyaga aytiladi.
Sistemali klassifikatsiyaning asosiy hususiyatlari shundan iboratki, bunda barcha bilimlar majmuasi fan sohalarini bo‗linishiga asoslanib, alohida bo‗limlarni hosil qiladi. Bo‗lim ichida yana mayda bo‗linmalar va bo‗limchalar tashkil qilinadi. Bu bo‗linmalarning har birida bilimning muayyan sohalariga tegishli masalalardan biriga doir kitoblar birlashtiriladi. Bo‗linmalar ichida yana kichik bo‗limchalar hosil qilinadi.
Klassifikatsiya bo‗limlarini umumiy tushunchadan (ya‘ni bo‗limdan) xususiy, juz‘iy tor ma‘nodagi tushunchaga bo‗linma, bo‗linmachalarga o‗tishi ierarxik - sistemali tartib deyiladi. Masalan musiqa tushunchasi umumiy deb olsak, vokal musiqasi, estrada orkestri - bu xususiy tor ma‘noni anglatadigan tushunchalar.
Bo‗lim, bo‗limmalar va bo‗limmachalarni ierarxik bog‗lanishi kutubxona bibliografik klassifikatsiyalar jadvallarini asosini tashkil etadi. Sistemali kataloglar hamda Axborot - rеsurs markazlari, Axborot-kutubxona markazlari, kutubxonalarning fondlari ham huddi shu klassifikatsiya asosida tuziladi. Klassifikatsiya bo‗limlarini umumiydan (bo‗limdan) juz‘iyga (bo‗linma va bo‗linmachalarga) tomon bunday joylashtira borish sistemali tartib deyiladi. ―Sistemali joylashtirish‖ va ―sistemali katalog‖ degan tushunchalar shuning mantiqiy ifodasidir.
6 Ganiyeva B. Kutubxona kataloglari: O‘quv qo‘llanma. -T.: Fan, 2012.- b. 22 41
Kitoblar tokchalarda va sistemali katalogda ham bilimning har xil bo‗limlari bo‗yicha kitob va kartochkalar bo‗lim, bo‗linmalar, bo‗linmachalari tashkil qilinib umumiydan juz‘iyga, yoki xususiyga tomon ketma-ket joylashtiriladi.
Umumiy va juz‘iy degan tushunchalar nisbiy tushunchalardir, albatta.
Masalan fizika bo‗linmasi - tabiiy fanlar asosiy bo‗limiga nisbatan juz‘iydir -ayni chog‗da u akustika, optika va boshqa mayda bo‗linmalarga nisbatan umumiydir.
Klassifikatsiya bo‗limlarini umumiydan juz‘iyga tomon joylashtirish printsipiga amal qilib, ularning nomlarida muayyan izchil tartib: bo‗lim, bo‗linma, bo‗limcha degan tartib belgilash mumkin bo‗lur edi. Biroq kutubxonashunoslik tajribasida ―bo‗lim‖ termini odatda har bir bo‗linishga nisbatan qo‗llaniladi, ―bo‗linma‖, ―bo‗limcha‖ terminlari esa bo‗limning tobelik ma‘nosini bildirishi lozim bo‗lgan hollardagina ishlatiladi. Masalan, ―Akustika bo‗limi‖ ayni chog‗da bu fizika bo‗limining bo‗limchasi deyiladi.
Bibliografiyada hujjatlarni klassifikatsiyalash keng qo‗llaniladi. Xuddi kutubxona sistemali katalogi singari bibliografik nashrlarda ham hujjatlarning tasvirlari mazmuniga qarab, bu asarlarning mavzusini ochib beruvchi rubrikalar ostida guruhlarga ajratiladi. Bibliografik nashrlarda hujjatlarni mazmuniga qarab guruhlarga ajratish hamma vaqt ham bilim sohalariga qarab klassifikatsiyalash bilan bog‗layverilmaydi.
Bibliografik nashrlarning ko‗pchiligida hujjatlarni predmet katalogiga yaqinlashtirib predmet asosida guruhlarga ajratish usullaridan yoki geografik belgilariga qarab, guruhlarga ajratish usulidan foydalaniladi. Bibliografiyaning turli xillarini guruhlarga ajratishning xarakteri va usullari mazkur nashrning maqsadlari bilan belgilanadi. Biroq bilimning barcha sohalariga yoki ko‗p sohalariga oid matbuot asarlarini o‗z ichiga oluvchi universal xarakterdagi ko‗pgina bibliografik nashrlarda, shuningdek katta sohali bibliografiyalarda asarlar rubrikalar bo‗yicha guruhlarga ajratiladi va rubrikalar sistemali
42
katalogning tuzilishiga o‗xshash tartibda, ya‘ni bilim sohalariga qarab joylashtiriladi.
Nazorat savollari:
1. Hujjatlar klassifikatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
2. Klassifikatsiyaga bo‗lgan talabni qanday izohlaysiz?
3. Klassifikatsiyalash jarayoni haqida nimalar bilasiz?
4. Ierarxik tartib tushunchasiga izoh bering?
5. Kutubxona bibliografik klassifikatsiyalar jadvallari asosini nima tashkil etadi?
6. Sistemali joylashtirish qanday tartibda aks etadi?
Fanlarni klassifikatsiyalash tarixi
Fanlar klassifikatsiyasi tarixiga murojaat qilsak, har bir davrda yaratilgan fanlar klassifikatsiyasi o‗z zamonasining talablariga muvofiq ekanligini ko‗rish mumkin.
Turli davrlarda yaratilgan kutubxona klassifikatsiyalari qanchalik xilma-xil bo‗lmasin, ularning barchasiga xos xarakterli belgi bu birmuncha bo‗lsa ham
fanlar klassifikatsiyasiga asoslanganligidir. Chunki, kutubxona
klassifikatsiyasining har bir bo‗limi bilimning muayyan sohasiga muvofiq keladi. Fanlar klassifikatsiyasiga materialistik dunyoqarash nuqtai nazaridan kelib chiqsak, fanlarni rivojlanishi tabiatdagi ro‗y beradigan hodisalarga, tabiat, materiya, ob‘ektiv borliqqa asoslanadi.
Idealistik dunyoqarash bo‗yicha ma‘lumki - ruh birlamchi, tashqi tabiat, hayot esa ikkilamchi deb hisoblangan edi. Fanning vazifasi esa tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini ochib berishdan, materiyaning harakat formalari klassifikatsiyasiga muvofiq ravishda tuzilishi lozim. Fanlar o‗rtasidagi, ob‘ektlar o‗rtasidagi mavjud aloqa hamda munosabatlar fanlarning chinakam ilmiy klassifikatsiyasi tuzilishining asosini tashkil qiladi. Faylasuflar va olimlar ilmiy bilimning o‗zlari yashagan davrdagi darajasini aks ettirgan fanlarning klassifikatsiyalari - sistemasini tuzganlar. Bu sistemalardan ba‘zi birlari
43
klassifikatsiyaning kutubxona-bibliografiya sistemalarini tuzishda foydalanilgan edi. Bu sxemalarni tuzuvchilar o‗z sxemalarida assosiy bo‗limlarning joylashish tartibini belgilaganlar va bilimlarning odatdagi, fanlarni klassifikatsiyalashning ular tanlab olgan sistemasida qabul qilingan sinflarga ajratishga muvofiq ravishda detallashtirganlar.
Matbuot asarlarini klassifikatsiyalash tarixidan. Qadimgi dunyo va ilk o‗rta asrlar
Kutubxonachilik ishi va bibliografiya taraqqiyoti tarixida kutubxona-bibliografiya klassifikatsiyasi sxemalarini ishlab chiqish katta o‗rin tutadi. Juda qadim zamonlardayoq o‗sha vaqtdagi mavjud kutubxonalarda qo‗lyozmalarni ularning mazmuniga ko‗ra bir qadar sistemalashtirilgan, qo‗lyozmalar ro‗yxatlari tuzilgan, bu ro‗yxatlar katalog vazifasini o‗tagan edi. Afsuski, kataloglarning asl nusxalari saqlanib qolmagan va ularning tuzilishi haqida o‗sha davr adabiy manbalarida mavjud bo‗lgan fikrlarga qarabgina muhokama yuritish mumkin. Bu manbalardan, masalan, ilgari eslatib o‗tilgan mashhur Aleksandriya kutubxonasining katalogi haqida ma‘lumotlar borligi ma‘lum bo‗ldi. Bu katalogni yunon olimi Kallimax (eramizdan avvalgi III asr) tuzgan.
Kutubxonada saqlangan qo‗lyozmalarning ancha qismi (90 000 ga yaqin) batafsil ro‗yxatga olingan hamda epos, lirika, tarix, falsafa va boshqa bo‗limlar bo‗yicha sistemaga solingan edi. Har bir bo‗lim qo‗lyozmaning mazmuniga muvofiq, tuzilgan bo‗linmalarga ham ega bo‗lgan. Qadimgi Rim kutubxonalarida eramizning dastlabki asrlarida qo‗lyozmalarning tasvirlari mazmuniga muvofiq ravishda gruppalarga ajratilgan kataloglar bo‗lganligi ham ma‘lum.
Qadimgi dunyo kutubxonalarida foydalanilgan kutubxona klassifikatsiya sxemalari to‗g‗risida aniq ma‘lumotlarning yo‗qligi mazkur sxemalarning ilmiy darajasi haqida fikr yuritishga imkon bermaydi. Biroq, antik davrda ilmiy bilimlarning shundan keyingi taraqqiyotiga katta ta‘sir ko‗rsatgan fanlarni klassifikatsiyalash tizimining ishlab chiqilishi (qadimgi zamonda Platon, Aristotel va boshqa faylasuflar tuzgan sistemalar) o‗sha vaqtlardagi kutubxona
44
klassifikatsiyalari ham antik davrdagi fanning yuqori darajasini aks ettirgan, deb taxmin qilishga imkon beradi. Bu taxmin haqiqatga ancha yaqin, chunki Gretsiya va Rim kutubxonalari ilmiy tafakkur markazlaridan bo‗lgan bu kutubxonalarda yirik olimlar, faylasuflar, shoirlar faoliyat yuritganlar.
Ilk o‗rta asrlar davrida cherkov hukmronligi fan va madaniyatni inqirozga olib borgan bir vaqtda monastirlar va soborlar huzurida ishlab turgan kutubxonalar bekiq holda bo‗lib, kishilarning juda cheklangan doirasigina ulardan bahramand bo‗lar edi. Bu kutubxonalar fondlarining asosini ilohiyotga oid kitoblar, «cherkov otaxonlariªning ijodlari tashkil etar edi. Bu kutubxonalarda qadimgi dunyo mutafakkirlarining saqlanib qolgan asarlari va o‗sha vaqtlardagi maktablarda o‗qitiladigan fanlarga doir dunyoviy xarakterdagi kitoblar nihoyatda oz edi. Kitoblar javonlarda yirik bo‗limlar bo‗yicha uncha detallashtirmasdan