Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 05.12.2023
Просмотров: 348
Скачиваний: 9
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
Simptokompleks- qandaydir kasallikni xarakterlovchi simptomlar guruhi. Smnonimi-sindromlar.
Simultan- ma’lum bir butun xarakterga ega analiz va sintez qilish jarayoni
Sinkeniziya- bevosita ixtiyoriy harakatlar bilan tutushuvchi qо‘shimcha harakatlar. Sinkeniziyaning meyoriy va patologik holatlari farqlanadi.
Situativ- ushbu vaziyatga bog‘liq yoki vaziyatli.
Sintagma- sintaktik intonatsion- ma’noviy birlik.
Skandirlangan nutq-she’rlarni metrlar bilan о‘lchab ( qadamlab) о‘qish, urg‘uli bо‘g‘inni tomon bilan sun’iy ajratish. Skandirlangan nutq duduqlanuvchi bolalar, taxilaliyadagi logopedik mashg‘ulotlarda alohida muhim usul sifatida qо‘llaniladi. Kо‘pincha skandirlangan nutq meyoriy nutqining turg‘un buzilishi hisoblanib, u notо‘g‘ri о‘qitishda ( masalan, kar , zaif eshituvchilarda) yoki miya kasalliklari oqibatida kelib chiqadi.
Bola lug‘ati- sо‘z boyligi uzluksiz impreyesiv raviо‘shda ortib boradi. Ikki xil lug‘at farqlanadi: bola faqat tushunadigan sо‘zlar-passiv va bola nutqda qо‘llaydigan- faol lug‘at.
Murakkab (mujassam) nuqson- ma’lum bir bog‘liqlikdagi nutqsonlar, masalan,nutqiy va kо‘rishdagi kamchiliklar va boshqa qо‘shilib keladigan nuqsonlar.
Tovushlarning almashtirilishi- u yoki bu tovushni talaffuz qila olishiga qaramasdan,bu tovushlarni nutqda almashtirishi bilan anmoyon bо‘ladigan nutq buzilishi ( masalan: ”shapka” о‘rniga sapka, “rom” о‘rniga lom ). Tovushlarning almashtirilishi – fonetik tizimni egallash jarayoning buzilishidan darak beradi. Bu jarayon meyorda 4-5 yoshda tugaydi. Bu vaqtga kelib bolalar tomonidan barcha tovushlar ravon talaffuz qilinadi va farqlanadi. Savodga о‘rgatish ta’sirida tovushlarni almashtirilishining 60% dan ortig‘i maxsus logopedik aralashuvsiz bartarf etiladi. Ammao, holat yuz bermasa, tovushlarning almashtirilishi, disgarfiyani keltirib chiqarishi mumkin.
Hamkorlikdagi nutq- sо‘z yoki iboralari ikki yoki undan ortiq shaxslarni birgalikda talaffuz qitlishi. Bir qancha nutqiy nuqsonlarda nutqiy mahsuldorlikni oshirishning bir turi sifatida qо‘llaniladi. О‘zining afzalliklari bilan hamkorlikdagi nutq ayniqsa, duduqlanishi bartarf etish bо‘yicha an’anaviy metodiklar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning birinchi bosqichida keng qо‘llaniladi.
Ijtimoiy adaptatsiya- anomal bolalarning individual va guruhli tarzda hulq- atvorlarini jamiyat meyordlari , qonunlari va qadriyatlari tizimiga moslashtirish.
Ijtimoiy reabilitatsiya- imkoniyati cheklangan bolalrni ularning psixofiziologik imkoniyatlari darajasida ijtimoiy muhit, ijtimoiy foydali meg‘natga jalb qilish.
Klonik tortishishlar-muskullarni ixtyorsiz tez- tez, birin-ketin qisqa muddatli tortishishi yoki bо‘shashishi.
Tonik tortishlar-bir martalik impulslar oqibatida muskullar qisqarishining davomiyligi.
Suksessiv-tо‘liq emas, qisman , qismlarga bо‘lib analiz va sintez qilish jarayoni.
Surdomutizm- Psixogen xarakterdagi kar-soqovlik. Eshitish va nutqning funksional buzilishi. Surdomutizm vaqtinchalik, о‘tib ketuvchi xarakterga ega.
Taktil-sezishli.
Taxilaliya-Nutq tempining haddan tashqari tezlashishi namoyon bо‘ladigan nutq buzilishi. Battarizmdan farqli о‘laroq, taxilaliya о‘zida nutqning faqatgina tempining buzilishi bilan namoyon bо‘ladi, qolgan nutq komponentlari fonetik, leksik va grammatik qurilish saqlangan bо‘ladi. Taxilaliya logopedik mashg‘ulotlarda nutqni skandirlash yо‘li bilan bartarf etiladi.
Muskullarni pir- pir uchishi- zо‘rlik xarakteridan farqli о‘laroq, muskullarni tez, ixyorsiz, sterotip ravishda takrorlanuvchi klonik tortishishidir. Nutqiy pir- pir uchishda bemorlar ba’zan mazmunsiz sо‘zlar va iboralarni talaffuz qiladi. Pir-pir uchishni kechishi surunkali bо‘lib, resmissiyalar bо‘lishi mumkin, ba’zan о‘z –о‘zidan tо‘htab qoladi.
Tremor- qо‘l- oyoqlar, ovoz, tilni ixtiyorsiz ritmik tebranishi.
Tormozlanish- qо‘zg‘alishga qarama-qarshi nerv jarayonlaridan biri bо‘lib, nerv markazlari ishlayotgan a’zolar( muskullar, bezlar) faoliyatini tо‘htatadi. Tormozlanish о‘ziga xos muhim ahamiyatga ega: u organizmaning hayot faoliyatini, xususan, saqlanuqchi faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi. Bosh miya yarim sharlari qobig‘ida tormozlanish keng tarqalganda uyqusirash, qobiq ostida tormozlanish tarqalganda uyqu kuzatiladi.
Karlik- nutqni idrok etishga tо‘sqinlik qiluvchi turg‘un eshitish pastligi. Karlik turli darajada namoyon bо‘lishi mumkin: shivirlagan nutqni eshita olmaslikdan to sо‘zlashuv nutqini eshita olmaslikkacha. Karlikning uchta darajasi farqlanadi: yengil, о‘rta va og‘ir. Karlik bilan aziyat chekadigan bollarda odatda nutqiy rivojlanishda nuqsonlar mavjud bо‘ladi va ular maxsus maktab- internatlarda tarbiyalanadi.
Yuganchaning kaltaligi- tug‘ma nuqson bо‘lib, u til uchini tortib turadi va natijada til kalta holatda bо‘ladi. Bunday nuqsonda tilning harakatlanishi qiyin bо‘lishi mumkin. Til yuganchasining kaltaligi odatda mexanik dimlaliyaga sabab bо‘ladi. Til yuganchasini chо‘zish uchun maxsus logopedik mashqlar- til gimnastikalari qо‘llaniladi. Bunday holatlarda xirurgiu aralashuv kerak bо‘lmay qoladi.
Uranoplastika- qattiq va yumshoq tanglayni operatsiya yо‘li bilan bekitish.
Havf-xatar omili- organizmning patologik holatni rivojlantiruvchi turli xil ichki va tashqi shart-sharoitlar.
Nutq fobiyasi( nutqdan qо‘rqish)- kо‘pincha duduqlanuvchilarda kuzatiladigan nutqdan qо‘rqish, muloqotdan qо‘rqish holati.
Fonosteniya- ovoz apparatida organik о‘zgarishlarsiz ovoz hosil bо‘lish faoliyatining buzilishi. Fonosteniyada ovozning tez charchashi, uzilib qolishi, kuylash va sо‘zlashishda tomoqda yoqimsiz hislarning( qirilishi, achishishi) paydo bо‘lishi kuzatiladi. Kichik yoshdagi maktab о‘quvchilarida ba’zan soxta fonosteniya kuzatilishi mumkin, bu- kо‘pincha darslarda javob berayotganda hayojonlanish oqibatida ovozning uzilib qolishi kо‘rinishida namoyon bо‘ladi.
Fonema- nutq tovushlari. Har bir tilda ma’lum sondagi fonemalar mavjud bо‘lib, ular bir- biriga akustik belgilari va sо‘zlarni bir -biridan farqlash uchun qarshi qо‘yiladi. Masalan : rus tilida 42 ta fonema, 6 ta unli va 36 ta undosh tovush bor.
Fonematik idrok- tovushlarni farqlash va sо‘zning tovushli tuzilishini aniqlash bо‘yicha maxsus aqliy faoliyat.
Fonematik eshituv- nutq tovushlarini eshitib idrok etish qobiliyati bо‘libning tovush , fonema- tomonini egallashda muhim ahamiyatga ega. Fonematik eshitishning buzilishi bolalarda tovushlar talaffuzininng buzilishiga, о‘qish va yozish kо‘nikmalarini egallashdagi qiyinchiliklarga olib keladi. Fonematik eshitishni asta- sekin yо‘qotish sensor afaziyada kuzatiladi. Nutq tovushlari va sо‘zlarni idrok etib farqlay olmaslik impressiv nutqni buzilishiga olib keladi.
Fonetik- fonematik rivojlanmaganlik- ona tilining talaffuz tomonini shakllanishini buzilishi bо‘lib, turli nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalarda fonemalarni talaffuz va idrok qilishni buzilishi.
Nutqni fonetik tashkil etish- nutq va mazmunni farqlashni asosini ta’minlaydigan moddik asosni tashkil etuvchi nutqning tovush tomoni. Nutqni fonetik tashkil etishning buzilishi eshitilishi noxush nutqga olib keladi, ancha yaqqol namoyon bо‘ladigan holatlarda esa, yeutqiy muloqotni umuman tushunarsiz qilib qо‘yadi, bu ba’zi xollarda bolalarda о‘qish va yozish buzilishlariga olib keladi.
Fonopediya- Bо‘g‘izdagi nerv muskullar apparatini koordinatsiyasi va faollashtirish, nafasni korreksiyalar va о‘quvchi shaxsini qayta tarbiyalashga yо‘naltirilagan pedagogik ta’sirlar kompleksi.
Xeyloplastika-Yuqori lab yoriqliklarini operatsiya yо‘li bilan bekitish. Boshqa asoratlardan qochish maqsadida bu operatsiyani 10-12 oylikda qilish tavsiya etiladi.
Xitizm-“X” tovushining talaffuzini buzilishi yoki nutqda bu tovushning tushirib qoldirilishi. Mustaqil nuqson sifatida “X” tovushining buzilishi kam uchiraydi, u kо‘pincha dislaliya yoki eshitish buzilishlaridagi talaffuz kamchiliklari sifatida uchraydi.
Serebral- miyali.
Labdan о‘qish-og‘zaki nutqni kо‘rinarli nutq organlari orkali kо‘rib idrok etish. Karlar va zaif eshituvchilarda labdan о‘qish ma’lum darajada nutqni eshitib idrok eta olmaslik yoki chegaralanganligini о‘rnini bosadi, ammo, bu maxsus о‘qitishni talab etadi.
Egzogen-organizmga bog‘liq bо‘lmagan sabalar asosida paydo bо‘lishi.
Ekspiratsiya-nafas chiqarish.
Ekspressiv nutq-nutqning tashqi shakli, faol og‘zaki yoki yozma nutq.
Ekstirpatsiya-biror bir organni operatsiya yо‘li bilan olib tashlash.
Embolofraziya-qо‘shimcha tovushlar, bо‘g‘inlar va kо‘pincha : anaqa, anavi, nimaydi,demak va boshqa sо‘zlar qо‘shilishi oqibatida gapning sintaktik qurilishining buzilishi. Embolofraziya odatda duduqlanish va afaziya kabi murakkab nutq nuqsonlarida uchraydi. Sinonimlari- embolaliya, nutqiy embol.
Endogen- organizmni ichki muhiti asosida yotuvchi sabablarga kо‘ra paydo bо‘lishi.
Etiologiya-kasallik yoki biror- bir nuqsonning kelib chiqish sabablarini о‘rganish, ba’zan u keng kо‘lamli bо‘lib, о‘z ichiga kelib chiqish sharoitlarini о‘rganishni ham qamrab oladi.
Efferent- markazdan qochuvchi.
Exolaliya- sо‘zlar, tovushlar, savollarni takrorlashga patologik moyilik, exopraksiyaning shakllaridan biri; bosh miyaning organik kasalliklari bilan og‘rigan kattalar va bolalarda kuzatiladi.Exolaliya ba’zan meyorda rivojlanayotgan bolalarda ham kuzatilib, u nutq shakllanishining erta bosqichlaridan biri hisoblanadi.
11 Мазкур ва бошқа тамойиллар бобларнинг ўзига хос мақсадларига боғлиқ ќолда саралаб кўриб чиқилади.
11 И.П.Павлов. тœла асарлар тœплами, III том, 2-китоб. –М., 1951. 335-бет.
22 Œша асар, 345-бет.
1 Арушанова А.Г. Формирование грамматического строя речи. - М.,2005 й. - 296 б.
2 Гвоздев А. Н. Вопросы изучения детской речи. М., 1961
3 Цейтлин С.Н. Язык и ребенок: Лингвистика детской речи: Учеб. пособие для студ. высш. учеб, заведений
. —— М: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 2000.
4 Фомичева М.Ф. Воспитание у детей правильного произношения.- М.,1989.-186 б.
5 Визель Т.Г. Мозговая организация речевой функции и ее нарушения // Логопед.- М., 2004. №6. 4-9 б.
6 Смирнов В.М Нейрофизиология и высшая нервная деятельность детей и подростков. - М., 2000.- 400 б.
7 Жукова Н.С., Мастюкова Е.М., Филичева Т.Б. Логопедия. - Екатеринбург, 2000. 316б.
8 Лалаева Р. И. Серебрякова Н. В. Коррекция общего недоразвития речи у дошкольников.-Петербург, 1999й.- 160 б.
9 Зикеев А.Г. Развитие речи учащихся специальных образовательных учреждений. - М., 2000. – 210 б.
10 Лалаева Р. И. Серебрякова Н. В. Коррекция общего недоразвития речи у дошкольников. -Петербург, 1999.- 160 б.
11 Изоҳ: Сўз ясашдаги оккозионализмлар (лат. occasio – тасодифан) сўз ясаш билан боғлиқ қонуниятларнинг бузилиши билан боғлиқ янги сўзлар ясалишидир. Термины и понятия: Морфемика. Словообразование: Словарь-справочник. — Назрань: ООО «Пилигрим». Т.В. Жеребило. 2011.