Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 05.12.2023
Просмотров: 349
Скачиваний: 9
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
Optik-gnostik buzilishlar- alohida belgilar va xususiyatlarni ilg‘ab qolish qobiliyatiga qaramasdan, predmetlarni bir butunligicha kо‘ra olmaslik.
Nutq organlari- nutq tovushlarining hosil bо‘lishida ishtirok etuvchi inson organizmining turli qismlari ( nutq apparati). Nutq organlaridan faol, harakatchan asosiy ishni bajaradigan, tovush hosil bо‘lishi uchun zararlari- til, lablar, yumshoq tanglay, kichik tilcha, halqum. Nutq organlarining pasiv, harakatsiz, mustaqil harakatlana olmaydigan, ammo tovush hosil bо‘lishida faol organlar uchun tayanch bо‘ladiganlari- tishlar, qattiq tanglay , alveolalar, yutqun, burun bо‘shlig‘i, bо‘g‘iz. Tovushlar hosil bо‘lishida harakatlantiruvchi kuch sifatida (hvao oqimini hosil qilish uchun) diafragma, о‘pka, bronxlar, traxeya ishtirok etadi.
Ortodontiya-tishlar qatori va yuz-jag‘ skletining turg‘un deformatsiyasini oldini olish va tuzatishni о‘rganish bilan shug‘ullanadigan tibbiyot bо‘limi. Deformatsiya -tishlarning shakli va soni, joylashishini о‘zgarishi, prikuslardagi kamchiliklar kо‘rinishida kuzatiladi.
Ortofoniya-ovoz buzilishlarini davolashning maxsus turi
Muloqotning paralingvistik vositasi- imo- ishoralar, mimika.
Parez- tо‘liq darajada bо‘lmagan falajlik yoki qayta rivojlanish bosqichidagi falajlik.
Paroksizm- tо‘satdan va tez paydo bо‘luvchi kasallik hodisalari yoki ularni о‘tkir hurujlar kо‘rinishida kuchayishi.
Paronimlar-bir о‘zakli talaffuziga qо‘ra о‘xshash , lekin ma’nolari turlicha bо‘lgan sо‘zlar. Paronimlar kо‘pincha bir tovush bilan bir- biridan farq qiladi. Masalan: amr-amir, asr-asir, shoh-shox va hakozo.
Passiv lug‘at- odatdagi nutqiy muloqotda qо‘llanilmaydigan, ammo, tushunarli, tanish sо‘zlar.
Patogenez-patologiyaning bir bо‘limi bо‘lib, kasallik asosida yotadigan patologik jarayonlarning kelib chiqishini ichki mexanizmlarini va rivojlanishini о‘rganadi.
Patologik- kasal, meyorda emas.
Perservatsiya- xotra obrazidagi bitta sо‘zni xiralik bilan kо‘p marta takrorlanishi. Perservatsiya kо‘pincha afaziyaning bir nechta shakllarida ovoz chiqari о‘qish va yozishida kuzatiladi.
Nerv jarayonlarining harakatchanligi- nerv jarayonlariga xos asosiy jarayonlardan biri bо‘lib, organizmni atrof muhitdagi о‘zgarishlaraga tezda ta’sir kо‘rsatish qobiliyatini ta’minlaydi. Nerv jarayonlari harakatlarining patologik о‘zgarishi nerv tizimining bir qancha jarohatlanishlarida, xususan, oligofreniyadagi patologik inertlikda kuzatiladi.
Taqlid- Bola rivojlanishida katta rol о‘ynab, ixtiyoriy yokki ixtiyorsiz ravishda qandaydir harakatlar, holatlar, faoliyatlar va boshqalarni takrorlashdir. Kattalarga taqlid qila turib bola nutq va hulq- atvor shakllarini, turli xil odatlar va kо‘nikmalarni egallaydi. Bola rivojlanishida ixtiyorsiz taqlid ongli, ixtiyoriy bо‘lib boradi.
Tovush qо‘yish- kar, zaif eshituvchi va nutq nuqsoniga ega bolalarda talaffuz kо‘nikmalarini shakllantirishning birinchi bosqichi bо‘lib, saqlangan analizatorlardan , turli xil metodik usullar, mexanik vositalardan keng foydalanilishi bilan xarakterlanib, natijada bola u yoki bu tovushning birlamchi talaffuz malakalarini о‘zlashtiradi.
Nutqning predikativ faoliyati- muhokama predmetini ifodalovchi nutqiy ifoda faoliyati (ma’lumot berish faoliyatlaridan biri).
Odatlar- inson ehtiyoji uchun ma’lum sharoitlarda
bajariladigan avtomatlashgan harakatlar.Tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri- bolalarda ijobiy odatlarni shakllantirish, salbiy odatlarni oldini olish va shakllanib bо‘lgan salbiy odatlar bilan kurashishdir.
Kо‘nikmalar- avtomatlashgan harakatlar.
Ta’limdagi kо‘rgazmalilik- didakatik tamoyillardan biri bо‘lib, bunda ta’lim о‘quvchilar bevosita idrok etadigan aniq obrazlar asosida tashkil etiladi. Kо‘rgazmali vositalardan foydalanish nafaqat bolalarda ta’limiy tasavvurlarni, balki, ular orasidagi farqli bog‘liqlik va о‘zaro aloqlar haqidagi tushanchalarni ham shakllantirishga xizmat qiladi.
Nazallanish ( burunlanish)- tanglay burmalrini pasga tushirilishi va bir vaqtda havo oqimining og‘iz va burun bо‘shlig‘idan chiqarilishi oqibati burunli ottenkaga ega tovushlarni, asosan undosh tovushlarni talaffuz qilinishi.
Ovoz buzilishlari- ovoz hosil bо‘lish apparatidagi kamchiliklar natijasida ovozning yо‘qligi yoki buzilishlari.
Nutq buzilishlari- nutq faoliyatining psixolingvistik mexanizmlarini meyoriy faoliyatining buzilishi natijasida kelib chiqadigan va qisman buzilishlar sifatida( tovushlar talaffuzi, ovoz, nutqning tempi, ritmi va hakozolar.) namoyon bо‘ldgan gapiruvchining shu til meyorlarida qabul qilingan qoidalarni buzib gapirishi. Kommunikativ nuqtayi nazardan nutq buzilishlari- bu verbal muloqotning buzilishidir.Sinonimlari: nutq buzilishi, nutq nuqsoni, nutqdagi yetishmovchilik, nutqiy patologiY.
О‘qish va yozish buzilishlari- nutqning grafik shaklini egallashdagi keskin qiyinchiliklar, bu kо‘pincha bolalarda nutqning tо‘liq rivojlanmaganligida kuzatiladi. Ammo, о‘qish va yozish buzilishlari kо‘pincha nutqning talaffuz tlmonini buzilishlarida ham kuzatiladi. О‘qish va yozish buzilishlarini bartarf etishning asosiy vazifasi bolalarda sо‘zning tovush tarkibi haqida aniq tasavvurlarni shakllantirish bilan bir vaqtda tovushlar talaffuzini tuzatish, nutqiy tovushlarni idrok etish va ifodalashda analiz va sintez kо‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat. Bunday ishlar ommaviy maktablardagi logopunktlarda yoki nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bolalar uchun maxsus maktab- internatlarda amalga oshiriladi.
Nevropatiya-konstitutsional asabiylik( nerv sistemasining yuqori qо‘zg‘aluvchanligi).
Negativizm- bolani unga kattalar tomonidan ta’siriga sababsiz qarshilik kо‘rsatishi. Nutqiy negativizm-bu nutqiy muloqotdan kat’iy bosh tortish.
Neyrolingvistika- psixologiyaning bir bо‘limi bо‘lib, psixologiya, nevrologiya va lingvistikani о‘z ichiga qamarab oladi.
Oligofreniya- turli sabablar natijasida kelib chiqadigan psixologik rivojlanmaslikning о‘ziga xos shakli: patologik nasliylik, xromosoma abberatsiyalari ( о‘zgarishlari),homilaning jarohatlanishi, tug‘ruq patologiyalari, homiladorlik davrida yoki erta rivojlanish bosqichlarida markaziy nerv tizimining organik jarohatlanishi.
Oligofreniyada bilish faoliyatlarining murakkab va xilma- xil buzilishlari namoyon bо‘ladi: atrofdagi predmetlarni idrok etishning torligi , ularni va fazoviy munosabatlarini farqlay olmaslik, idrokning noaniqligi, о‘xshash obrazlarni ajrata olmaslik, mantiqiy eslab qolishning qiyinligi, о‘rgangan narsalariniesda saqlay olmaslik va hakozo. Oligofren bollarda kо‘rgazmali- obrazli tafakkur buzilgan bо‘lib, bu sо‘z mantiq tafakkrining rivojlanmaganligida yaqqol namoyon bо‘ladi. Ular anliz va sintezning murakkab shakllarida qiynalishadi: taqqoslash va umumlashtirish, sabab- oqibat bog‘iqliklarini aniqlashda. Bolalar voqelikni sodda aks ettirishadi, ular tafakkurida sezib anglashdan absalyut tafakkurga о‘tish mavjud bо‘lmaydi. Intellekt buzilishlari darajalariga qarab uch toifadagi oligofren bolalar farqlanadi: og‘ir daraja- idiotiya, о‘rta og‘ir daraja- imbetsillik, yengil daraja- debillik.
Oligofrenopedagogika- defektologiyaning bir bо‘limi, aqli zaif bolalarni ta’lim va tarbiyasi haqidagi fan.
Ontogenez- jonli yoki о‘simlik organizmining tug‘ilganidan to hayotining oxirigacha individual rivojlanishi. Ontogenezda har bir organizm bosqichma- bosqich rivojlanish davrlarini bosib о‘tadi. Individum rivojlanishining pernatal, psnatal rivojlanish davrlari farqlanadi. Postanal rivojlanish davri chaqaloqlik va kо‘krak yoshi davri, bolalik va kichik maktab yoshigacha , pubertat davri yoshliq, qarilik davrlarini qamrab oladi.
Prikus-yuqori va pasiki jag‘lardagi birikishidagi tishlarning о‘zaro holati. Prikusda yuqori jag‘ tishlari pastki tish qatorini qisman yopib turishi meyoriy holat hisoblanadi. Prikusdagi kamchiliklar, progeniya, prognatiya,ochiq prikus kо‘rninishida uchrab, unda yuqori va pastki jag‘lar birikkanda tishlar orasida tirqishlar bо‘ladi. Old ochiq prikusda yuqori va pastki jag‘lar birlashganda old tishlar orasida oraliq hosil bо‘ladi. Bir yoki ikki tomonlama prikusda jag‘larning yon tomonlarining qiyshayishi natijasida yon tishlarorasida tirqish hosil bо‘ladi, old tishlar esa, bir- birini ustiga tushadi. Prikuslardagi kamchiliklar talaffuz nuqsonlarini keltirib chiqarib, ular ortodontik metod bilan bartarf etiladi.
Progeniya- prikus kamchiligi bо‘lib, bunda pastki jag‘ oldinga turtib chiqqan bо‘ladi va jag‘lar biriktirilganda old tishlar bir –birini ustiga tushmaydi.
Prognatiya- prikus kamchiligi bо‘lib, yuqori jag‘ni sezilarli darajada oldinga turtib chiqishi va jag‘lar biriktirilganda old tishlar bir –birini ustiga tushmasligi bilan xarkaterlanadi.
Talaffuz- nutqni fonetik tashkil etish va bir vaqtda ular belgilaydigan kompleks nutq- harakat kompleksidir. Bu nutqiy nafas, ovoz hosil qilish, tovushlar va tovush birikmalarini ifodalash uо‘nikmalari, sо‘z urg‘usi va ibora intonatsiyasi barcha vositalari bilan birga, orfoepiya qoidalariga amal qilishdir. Kar, zaif eshituvchi, shuningdek, nutq nuqsonlariga ega bо‘lagan bolalarni talaffuzga о‘rgatish va uni korreksiyalashdagi muhim bо‘limlardan biri- nutqni fonetik tashkil etishga о‘rgatishdir.
Prosodiya- nutqning ritmik- intonatsion tomoni, balandligi, toni va boshqa shu kabilarning umumiy nomi.
Bolalarning psevdobulbar falajlik -mimik- artikulyatsion muskullarning markaziy falaji bо‘lib, bu bosh miya qobig‘idan yutqun, sayyor, qо‘shimcha va til osti nervlari yadrolariga (9-12 juft nervlar) olib boruvchi yо‘llarning ikki tomonlama jarohatlanishi sababli kelib chiqadi. Klinik kо‘rinishiga kо‘ra u bulbar falajlikka mos keladi, ammo, u psevdobulbar ( soxta bulbar) falajlik deb atalaodai, chunki, u uzunchoq siyaning jarohatlanishidan emas, balki qobiq ostdagi harakat zonalarining jarohatlanishi tufayli kelib chiqadi. Bolalar psevdobulbar falajligiga xos simptomlar dizartriya hisoblanadi.
Psevdoovoz ( sohta ovoz)– bо‘g‘iz olib tashlangan odamlardagi ovoz. Bunday shaxslar maxsus ta’lim natijasida yuqori yutqun devori yaqinlashishi tebranishi evaziga sohta ovozni egallashadi. Sohta ovoz havo ta’siri oqibatida pastdagi yutqun va oshqozonning siqilishi natijasida hosil bо‘ladi. Maxsus mashqlar yо‘li bilan qoniqarli va bо‘g‘iz yо‘qligida nutqni tushunarliligini, modulyatsiyasini ta’minlaydigan sohta ovozga erishiladi.
Psixogen- psixik vaziyatlarni jarohatlanishi bilan bog‘liq ravishda kelib chiqadigan holat.
Psixolingvistika- 1) til о‘rganishning bir bо‘limi bо‘lib, unda nutq jarayoni nuqtayi nazaridan gapiruvchi (yozuvchi), ma’lumot beruvchi shaxsning hatti- harkatlari va nutq akti mazmunini о‘rtasidagi munosabatlar о‘rganiladi;
2) til о‘rganishning bir bо‘limi bо‘lib, gapiruvchi jamoaning ijtimoiy hayoti, jamoat tafakkuri va til tomonidan mazmun mohiyati о‘rtasidagi bog‘liqlikni о‘rganadi. Psixolingvistika о‘zida psixologiya va lingvistikani tahliq qilishni namoyon etib, qkyidagi bо‘shliqlar: nutqni idrok etish, tilni о‘zlashtirish ( bollarda nutqni о‘zlashtirish, ikki tillilik), anglashdagi lingvitik jarayonlar va boshqalarni о‘rganadi.
Psixoterapiya-psixik ta’sir bilan davolash: mehnat terapiyasi, turli xil korreksion – tarbiyaviy ishlar, shuningdek, bevosita psixoterapevtik ta’sir etish shakllari- suhbat, ishontirish, gipnoz. Psixoterapiya kasal bollarni davolashda katta rol о‘ynaydi.
Nutqning yо‘qolishi- bosh miyaning lokal jarohatlanishi natijasida mavjud nutqiy kо‘nikmalar va kommunikativ malakalarni yо‘qolishi.
Tanglay yoriqliklari- yumshoq yoki qattiq tanglay tuzilishidagi tug‘ma anomaliyalar. Anomaliyalarning namoyon bо‘lish darajasiga qarab , ochiq yoki yopiq (submukoz)tanglay yoriqliklari farqlanadi. Tanglay yoriqliklari og‘ir nutqiy nusonlarni keltirib chiqaradi: ovoz burunlanib chiqadi,kо‘p tovushlarning talaffuzi buziladi, nutq tushunarsiz bо‘ladi. Tanglaydagi yoriqliklar bevosita xirurgik yо‘l bilan davolanadi. Xirurgik operatsiya imkoniyati bо‘lmaganda, yumshoq yoki qattiq tanglaydagi yoriqliklar maxsus tayyorlangan protezlar bilan bekitiladi.
Reabilitatsiya-organizmning turg‘un buzilishlari,salomatlikning buzilishi oqibatida kelib chiqadigan hayotiy imkoniyatlarni chegaralanganligini bartarf etish yoki kompensatsiyalashga yо‘naltirilgan bir butun tibbiy, psixologik, pedagogik va ijtimoiy- iqtisodiy tizim.
Regeneratsiya- avvalgi holatni tiklash jarayoni, yо‘qotilgan a’zolar, tо‘qimalarni tiklanishi.
Ovoz registri- ketma- ket joylashgan, ohangiga kо‘ra bir- biridan farq qiluvchi qator ovoz tonlari. Uch xil ovoz tnlari farqlanadi: kо‘krakli, boshli (falset),aralash (mikst). Sо‘zlashuv nutqida bevosita mikst qо‘llaniladi.
Rezonator- ovozni kuchaytirishga xizmat qiladigan moslama. Insonda rezanator sifatida turli bо‘shliqlar xizmat qilib ( xususan, burun bо‘shlig‘i, bо‘g‘iz, kо‘krak qafasi), ularning kо‘lami va shakliga qо‘ra tovush ohangi о‘zgaradi.
Relaksatsiya-tana va nutqiy muskullar tonusini pasaytirish, bо‘shashtirish.
Relyefli shrift-kо‘rlar о‘qish va yozishi uchun maxsu bо‘rtma shrift. 1929 yilda fransuz tiflopedagogi L.Brayl tomonidan relyefli- nuqtali shrift ixtiro qilingan bо‘lib, u kо‘rlar о‘qish va yozishi uchun unversal deb tan olingan va butun dunyoga tarqalgan.
Retseptiv nutq- boshqa odamlar nutqnini tushunish.
Retseptorlar- analizatorlarning bir qismida qabul qilinadigan- turli sezgi organlarida hosil bо‘ladigan periferik nerv hodisalari.
Nutq apparati- nutq tovushlarining hosil bо‘lishida ishtirok etuvchi organlar tizimi. Nutq analizatorining periferik va markaziy bо‘limlari farqlanadi. Nutq apparattining markaziy bо‘limi bosh miyada joylashgan bо‘lib, qobiq osti markazlari va qobiq osti tugunlaridan, zarur nervlarga olib boruvchi yо‘llar va yadrolardan iborat. Periferik nutq apparati tarkibiga ovoz hosil bо‘lishida ishtirok etuvchi va artikulyatsiya a’zolari, shuningdek, sezuvchi va harakat nervlari kiradi.
Nutqiy oqim- eshituvchi va qabul qiluvchi tomonidan sо‘zlarni qanday tuziganligini ajratsa bо‘ladigan uzluksiz nutqiy zanjir.
Nutqiy kinesteziya- nutqiy mexanizmni psixofonematik tashkil etish bilan bog‘liq qayta aloqalar hodisalarni belgilovchi harakat sezgilari.
Nutq- insonlarning moddiy faoliyatlari jarayonida tarixiy shakllangan, bevosita til yordamida amlga oshiriladigan muloqot shakli. “ Nutq ” atamasining asosiy ma’nolari:
1. gapiruvchining til vositasidan foydalanib, shu tilda sо‘zlashuvchi boshqa jamoa a’zosi bilan muloqoti yoki о‘z- о‘ziga murojaati ( ichki nutq);
2. muloqot maqsadi va sharoitidan kelib chiqib u yoki bu leksik va grammatik vositalarning tanlashni xarakterlaydigan til yordamidagi muloqotning xilma-xilligi( odatda stilistik).
3. sо‘zlashishni sintaktik qurilishi turi ( avtor nutqi, qisman olingan nutq, yarim tо‘g‘ri, tо‘g‘ri nutq, birovning nutqi va boshqlar)
Ichki nutq- haqiqiy muloqotdan tashqarida tilning turli shakllaridan foydalanish. Nutqni tushunish.
Yozma nutq- yozma matnlar yordamidagi ( sо‘zli) verbal muloqot.
Og‘zaki nutq- eshitish mumkin bо‘lgan til vositalari yordamidagi verbal muloqot.
Rinolaliya- Nutq apparatining anatomik va fiziologik kamchiliklari sababli ovoz tembri va tovushlar talaffuzidagi buzilishdir. Burun bо‘shlig‘ida rezanatorlikning buzilishi burun- halqumdagi mexanik kamchiliklar sababli ovoz- nafasni notо‘g‘ri yо‘naltirishdan , burun bо‘shlig‘i, yumshoq va qattiq tanglaydagi kamchiliklar sababli yoki yumshoq tanglay faoliyatining buzilishlari sababli yuzaga keladi. Rinolaliyaning ochiq, yopiq va aralash shakllari farqlanadi.
Ritmika-harakatlarni musiqa bilan bog‘lash asosida tashkil etiladigan jismoniy mashqlar tizim. Ritmika- bolalarni jismoniy tarbiyalashning asosiy qismi bо‘lib, nutqni shakllantirish va korreksiyalashda muhim ro о‘ynaydi, nutqning ravonligi va ritmliligini ta’minlaydi ( logoritmika).
Rotatsizm- “ R” tovushining talaffuzini buzilishi bо‘lib, u bu tovushni buzib talaffuz qilinishida yoki uni nutqda tushirib qoldirilishida namoyon bо‘ladi.
Salivatsiya-sо‘lak ajralishi.
Mustaqil nutq- bevosita tayyor namunalarsiz talaffuz qilingan sо‘z yoki iborali nutq;nutqiy muloqotni rivojlantirish bо‘yicha maxsus mashqlar qо‘llash orqali logopedik ishlar natijasida qayta ishlangan nutqiy kо‘nikma va malakalar. Mustaqil nutqning ikkita asosiy turlari farqlanadi: tayyorlangan, va tayyorlanmagan. Nutqiy faoliyat bajaradigan faoliyatiga bog‘liq ravishda vaziyatli va kontekstli mustaqil nutq farqlanadi. Mustaqil nutqni qо‘llash bilan bog‘liq mashqlar, ayniqsa, duduqlanuvchi bolalar bilan ishlashda yaxshi ishlab chiqilgan. Mashqlar tizimi vaziyatli va kontekstli mustaqil nutqni murakkablashib borishi hisobga olinib tuzilgan.
Sensomotor- sezgi-harakatli.
Sensor- sezgili.
Sigmatizm-Sirg‘aluvchi tovushlar talaffuzining buzilishi. U nutqning tо‘liq rivojlanmaganligida yoki uning fonetik tomonidan rivojlanmaganligida paydo bо‘lishi mumkin. Kо‘pincha sigmatizmning paydo bо‘lishi nutq organlari motorikasining va tuzilishining, xususan, tishlar, prikuslar, tilning haddan tashqari kattaligi, uning harakachmnligining yetarli emasligi bilan bog‘liq bо‘ladi. Logopedik mashg‘ulotlar sigmatizmni barataraf etishga yordam beradi.
Tovush kuchi-tebranishlar amplitudasiga bog‘liq tovush sifati, shuningdek, tovush tо‘lqinlarining yuqoriga qо‘tarilish va pastga tushish nuqtasiga bog‘liq, tebranishlar qanchalik kuchli bо‘lsa, tovush shuncha kuchli bо‘ladi.
Simptom-kasallik holatlarini apydo bо‘lishini xarekterlaydi. Simptomlar obyektiv av subyektiv simptomlarga bо‘linadi. Har bir simptomni aniqlash, uni tahlil qilish boshqa simptomlar bilan qarshi qо‘yish tashxis qо‘yish, kasallikni aniqlash va davolash metodalarini belgilash uchun zarur bо‘ladi.