Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 05.12.2023

Просмотров: 345

Скачиваний: 9

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
bu undoshlar talaffuz qiliganda tovushlar portlab chiqadi. Sinonimlari: bir muddatli, ekspoziv, portlovchi undoshlar.

Vibrant- titrovchi undosh.

Tashqi nutq- о‘z nomi bilan tashqi, tovushli, ovozli ifodaga ega bо‘lgan nutq.

Diqqat- bir vaqtda boshqalardan farqli, bitta predmet yoki hodisaga yо‘naltirilgan psixik hodisa. Diqqatning fiziologik asosi- bosh miyaning boshqa о‘choqlaridan u yoki bu darajada ustunlik qiluvchi qо‘zg‘alish о‘chog‘i (nerv jarayonlarining manfiy induksiyalari qonuni). Diqqat ixtiyoriy va ixtiyorsiz bо‘ladi. Diqqatning oddiy va sodda shakllridan biri insonning hech bir maxsus istaklarisiz paydo bо‘luvchi diqqat, mо‘ljal oluvchi refleksdir. Ixtiyoriy diqqatda inson о‘z oldiga ma’lum bir obyektga e’tiborini qaratishni maqsad qilib qо‘yadi.

Ichki nutq-yopiq, tovushlarsiz nutq, haqiqiy muloqotni amalga oshirish uchun tilning turli xil shakllaridan Ichki nutqning asosiy uch xil turi farqlanadi:

1) ichki sо‘zlashish- tashqi nutqning tuzilishi saqlangan, ammo ovozsiz, “ichida gapirish”;

2) о‘zining ichki nutqi, u tafakkurning ifoda vositasi sifatida yuzaga chiqqanida maxsus birliklar bilan qо‘llaniladi( obrazli kodlar va sxemalar, predmetli kod, predmetli mazmun) va о‘ziga xos tizim, tashqi nutqdan a’lo tizimga ega bо‘ladi;

3) ichki dasturlar, nutqiy ifoda va uning mazmanini maxsus ma’noviy birliklarini shakllantirish va mustahkamlash.

Ishontirish- anglash va tanqidiylikni pasayishi bilan bog‘liq ravishda insonlarning psixologik sohasiga ta’sir etish jarayoni, ishontirilayotgan narsani idrok etish va amalga oshirishda subyektning avvalgi malakalari va hozirgi holati bilan solishtirish, uni faol maqsadli tushunish, maktiqiy tahlil qilish va baholash mavjud bо‘lmaydi. Ishontirish turli sezgi organlari orqali asosan, eshitish va kshrish analizatorlari orqali amalga oshirriladi. Ishontirish tibbiyotda bemorning ruhiy va somatik holatini tuzatishda, shuningdek, duduqlanuvchi о‘smirlar va kattalarda duduqlanishni barataraf etishga kompleks yondoshuvda keng qо‘llaniladi.

Idrok- Psixologik jarayon bо‘lib, obyektiv olamdagi predmetlar va hodisalarni turli qismlari va xususiyatlari majmuyi bilan hozirgi vaqtda faoliyat kо‘rsatayotgan sezgi organi bilan aks ettirishdir. Sezish, his qilish jarayonlari bilan birshga idrok bevosita atrof olamda hissiy mо‘ljal olishni ta’minlaydi. Diqqat, xotira, taffakkur bilan bog‘liq.

Ifodalash- xotira jarayonlaridan biri. Eski xotiralar, hissiyotlar, kechinmalar,nutqiy materillar, harakatlarni jonlantirishda ishtirok etadi, natijada avval sodir bо‘lgan tizim faollashib, ularni voqelikda aks ettirishda inson ongida paydo bо‘ladi.

Yuqori ton- vaqt birligida ovoz boylamlarining tebranish chastotasiga bog‘liq ovoz sifati: tebranishlar qancha kо‘p bо‘lsa, shuncha ovoz kо‘p bо‘ladi, tebranishlar qancha kam bо‘lsa, ovoz shuncha past bо‘ladi.

Oliy nerv faoliyati- bosh miya katta yarim sharlari va unga yaqin qobiq osti bо‘limlarning faoliyati, ular butun organizmni ichki va tashqi olam bilan murakkab munosabatlarini meyorda kechishini va vaqtga bog‘liq ravishda qayta ishlash va tormozlash asosida organizmni tashqi olam sharoitlari bilan muntanosiblashuvini ta’minlaydi.

Gemiplegiya- tananing bir tomonini falajlanishi. Gemiplegiyaning tо‘liq bо‘lmagan darajasi gemiparez deb ataladi.

Genezis- kelib chiqishi.

Nutq mashqlari- logoped kо‘rsatmalari bо‘yicha nutq a’zolari uchun belgilangan mashqlar tizimi.

Giperakuziya- past, atrofdagilar uchun ahamiyatsiz tovushlarga sezgirlikning yuqoriligi. Sensor buzilishlarda kuzatiladi.

Giperkinez-haddan tashqari ixtiyorsiz harakatlar, bosh miya qobiq ostida paydo bо‘ladigan, bosh miya qobig‘ining organik va funsional buzilishlarida paydo bо‘ladigan keng qamrovli harakat buzilishlari. Harakat buzilishlari xarakteriga kо‘ra quyidagi buzilishlar farqlanadi:

1 ) atetoz- qо‘llarning, barmoqlarning va yuz muskullarining sekin, jimjimador, chuvalchangsifat harakatlari;

2) torzion distoniya- atetozga yaqin harakatlar, ammo, tana muskullarini ham qamrab oladi, odatda yotgan holatda ular yо‘qoladi;

3) xoreik giperkinez- muskullar tonusi pasayganda tananing turli qismlarida paydo bо‘luvchi bosimsiz, ritmsiz, tartibsiz, tarqalgan, tez harakatlar;


4) miokloniya- alohida yoki bir guruh muskullarning tez, tо‘lqinli klonik qmsqarishi;

5) muskullarni pir- pir uchishi- tez, ixtiyorsiz stereotip takrorlanuvchi harakatlar ma’lum guruh musullarda, kо‘pincha yuz muskullarida , kamroq bо‘yin, yelka qismida kuzatiladi( kо‘pincha kо‘z qovoqlarini uchishi, kо‘zlarni ochib –yumilishi, qoshlarni yuqoriga kо‘tarilishi, yelkani yuqoriga kо‘tarilishi va hakozo); muskullarni pir- pir uchishi ixtiyoriy harakatlarni buzmaydi;

6) titrash ( tremor) - butun tana yoi tananing bir qismini qamrab olgan majburiy tebranishli harakatlar.

Gipoakuziya- eshitish о‘tkirligining pasayishi.

Gipnoz- ongning qisqa muddatli holati bо‘lib, uning kо‘lami va mazmuni ishontirish mazmunini xarakterlaydi, bu faoliyatlarni idividual boshqarish va о‘z -о‘zini boshqarish orqali о‘zgatiradi Gipnozchining maxsus ta’siri ostida yuzaga keladiga holat.

Unli tovushlar- og‘iz bо‘shlig‘idan havo oqimini erkin о‘tishi bilan, deyarli hech qanday shovqinlarsiz hosil bо‘ladigan tovushlar. Ularni guruhlashda artikulyatsiyaning quyidagi holatlari asos qilib olinadi: tilning kо‘tarilish darajasi, uni kо‘tarilish joyi ( tilning gorizonatal yoki vertikal holatiga kо‘ra),lablarning ishtirokigiga kо‘ra.


Kar-soqovlik- eshitishning chuqur buzilishi yoki yо‘qligi va shu bilan bog‘liq nutqning yо‘qligi.

Burunlanish- nutq tovushlari va ovozni noxush burunli ohang bilan aytilishi.

Ovoz- artikulyatsion apparat orqali uzatiladigan turli xil balandlikda, kuchda va tembrdagi tovushlar majmui. Ovoz- nutq komponentlaridan biri hisoblanadi. Nafas va artikulyatsiya orqali mazmunni ( sо‘zlarni) tashqi ifodalashga xizmat qiladi va bosh miya qobig‘i orvali nazorat qilinadi.

Lab –tish undoshlari- pastki labni yuqori lab bilan yaqinlashishi natijasida hosil bо‘ladigan undoshlar.

Grafema- shu tilning yozuv variantiga kiruvchi asosiy tizimli birlik; fonemalarni yozuvda harflar bilan ifodalash.

Gu-gulash- bolaning hayotini birinchi 2-3 oyligida ovoz reaksiyalari, ilk guvranish bosqichlari.

Daktilologiya- kar- soqov odamlarni о‘zaro va atrofdagi boshfa odamlar bilan muloqot qilishiga xizmat qiluvchi qо‘l alifbosi. Daktil belgilar harflar о‘rnini bosadi, chiziladigan belgilar bosma yoki qо‘l yozma shriftdagi harflarni bildiradi.

Ikki tillilik-ikki tilni birdek о‘zlashtirish.

Debillik- oligofreniyaning ancha yengil darajasi bо‘lib, bunda bolar nutq, elementar yozuv qv hisob kо‘nikmalarini , keyinchali yordamchi maktab dasturidagi barcha fanlarni egllay oladilar; jamoat, foydali mehnatga moslasha oladilar, murakkab bо‘lmagan kasblarni egallay oladilar va buning oqibatida о‘zlari mustaqil hayot kechira oladilar.

Demensiya- aqli zaiflik, bilish faoliyatlari, tanqid va xotraning turg‘un pasayishi, hissiyotlarning qо‘polloshishi. Oligofreniyadan farqli о‘laroq, bunda smya faoliyatining buzilishi bolaning meyorda rivojlangan davrdan keyin, bir qator sababalar( shizofreniya, epilepsiya, miyaning shamollash bilan bog‘liq kasalliklari, travmalari) oqibatida paydo bо‘ladi. Demensiyadagi intellektual nuqson tabiatiga kо‘ra orqaga qaytmaydi.

Defekt- bolaning meyoriy rivojlanishini buzilishini keltirib chiqaradigan jismoniy yoki psixik nuqsonlar . Asosiy nuqson turlari: kо‘rish,eshitish, harakat buzilishlari, psixika va nutq buzilishlari.

Deontologiya- pedagogik etika, estetika, hulq- atvor haqidagi fan bо‘lib, xususan logoped sifatida logopatlar, ularning qarindoshlari, ishdagi hamkasblari bilan qanday munosabat о‘rnatishni о‘rganish.

Deprivatsiya- asosiy ehtiyojlarni yetarlicha qondirilmasligi.

Dekompensatsiya-

Defektologiya- jismoniy va psixik kamchiliklarga ega bolalar rivojlanishi, ta’lim va tarbiyasi qonuniyatlari haqidagi fan. Defektologiya quyidagi mustaqil sohalarga bо‘linadi: surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika va logopediY.

Didaktik material- о‘quv kо‘rgazmalari turi.

Dizartriya- nutq apparati innervatsiyasining organik buzilishi oqibatida nutqning talaffuz tomonidan buzilishi. Bunda artikulyatsiyaning buzilishi, nutqning motor faoliyatida ishtirok etuvchi muskullardagi parezlar, tortishishlar, giperkinezlar yoki mushaklar ataksiyasi sababli nutqda undosh tovushlarni talaffuz qilish qiyinlashadi. Nutq tushunarsiz, noanik yoki chо‘zilgan, sekinlashagan, uzulishli bо‘ladi . Dizartriya jarohatlanish о‘chog‘iga qarab farqlanadi: bulbar, psevdobulbar, ekstrapiramidali, miyachali, qobiq osti.

Dinamik sterotip- shartli va shartsiz reflekslarning turg‘un tizimiga tegishli.

Disgrafiya- yozuv jarayonining qisman о‘ziga xos buzilishi. Yozuv grammatik qoidalarni bilishiga bog‘liq bо‘lmagan turg‘un, qо‘pol va о‘ziga xos xatoliklar bilan amalag oshiriladi. Quyidagi tur disgrafilar farqlanadi: artikulyator- akustik, fonematik idrokni buzilishi bilan bog‘liq, til analizi va sintezi buzilishi asosida kelib chiqadigan, agrammatik va optik disgrafiyalar. Disgrafiya odatda og‘zaki nutq buzilishlari bilan qо‘shilib keladi( alaliya, afaziya,dizartriya, dislaliya) , shuningdek, eshitish nuqsonlarida, oligofreniyada kuzatiladi, ammo, о‘zi mustaqil ham paydo bо‘lishi mumkin.

Dislaliya- nutq apparati innervatsiyasi va eshituv saqlangan holda tovushlar talaffuzining buzilishi. Kelib chiqish sabablariga kо‘ra funksional va mexanik ( organik) dislaliya farqlanadi.

Disleksiya-
О‘qish jarayonining qisman о‘ziga xos buzilishi. Disleksiyada о‘qishda kо‘pincha fonetik jihatdan bir- biriga о‘xshash tovushlarni almashtirlishi va qorishtirilishi kuzatiladi. Shuningdek, grammatik jihatdan о‘xshash harflar ham almashtiriladi, sо‘zlarning tovush- bо‘g‘in tarkibi buziladi, agrammatizm, о‘qiganlarini tushunishni buzilishi kuzatiladi. Quyidagi tur disleksiyalar farqlanadi: fonematik, semantik, agrammatik, mnestik, optik, taktil. Disleksiya asosidda asosan og‘zaki nutqning buzilishi yotib, u lug‘atining kambag‘alligida,nutqning grammatik qurilishini buzilishida, shuningdek, fonematik idrokning buzilishi va tovushlar talaffuzining buzilishida namoyon bо‘ladi.

Disfoniya- bо‘g‘izning о‘tkir va surunkali kasalliklarida ovoz buzilishi. Disfoniyada ovoz saqlanib qoladi, ammo tо‘laqonli bо‘lmaydi, ovoz sust, xirillagan, titroqli, uzulishli bо‘ladi.

Diksiya- sо‘zlarni aniq, tushunarli, ifodali talaffuz qilinishi.

Tovushlar differensiatsiyasi- tovushlar talaffuzini tarbiyalash bо‘yicha korreksion ish bosqichi bо‘lib, bu bosqichda logopetlarda о‘rganilayotgan tovushni talaffuziga va hosil bо‘lish о‘rniga kо‘ra yaqin tovushlardan farqlash malakasini rivojlantirishga e’tibor qaratiladi.

Ta’limning tushunarliligi- didaktik tamoyil bо‘lib, bunda ta’lim о‘quvchilarning tayyorgarlik darajjasi , ularning yoо‘i, individual xususiyatlarini hisobga olib tashkil etiladi.

Duduqlanish- kommunikativ faoliyatini buzlishi, bunda uning ravonligi ixtiyorsiz, tutilishlar, majburiy takrorlash, alohida bо‘g‘inlar va sо‘zlarni chо‘zilishi kuzatiladi. Nutqiy tutilishlarga bо‘ysunadi( klonik, tonik, aralash).

Ruhiy rivojlanishning sustlashuvi-bolalarda meyoriy ruhiy rivojlanish tempining buzilishi.

Nutq tovushi- nutq a’zolari orqali hosil qilnadigan,nutqda talaffuz qilinadigan element. Nutqni fonetik tahlil qilishda tovush- sо‘zning bir qismi, bir artikulyatsiyada talaffuz qilinadigan qisqa tovush birligi hisoblanadi.

Oynavand yozuv- yozma nutq buzilishi bо‘lib, unda sо‘zlar va harflar huddi oynadagi aksidek yoziladi.

Logopedik zondlar-tovushlarni nutqga qо‘yishda tilga mexanik ta’sir kо‘rsatish va ba’zi tovushlar talaffuzini korreksiyalash uchun mо‘ljallangan zanglmaydigan metlldan tayyorlargan asboblar.

Impressiv nutq-nutqni idrok etish, tushunish. Og‘zaki impressiv nutq talaffuz qilingan sо‘zlani tо‘g‘ri eshitishda, yozma impressiv nutq – matnni kо‘rib idrok etishda ( о‘qishda ) namoyon bо‘ladi.

Inversiya-sо‘zlarning aks tartibi.

Innervatsiya- a’zorlar va tо‘qimalarni narv bilan ta’minlash.

Inspiratsiya- nafas olish.

Infantilizm-rivojlanishdan orqada qolish, katta bо‘lg‘anda ham jismonan tuzilishi yoki hulq-atvorini yosh bolalarga xosligicha qolishi.

Qо‘zg‘alish irradiatsiyasi- qо‘zg‘alish jarayonini u paydo bо‘lgan о‘chog‘idan atrofidagi nerv tо‘qimalariga tarqalishi.

Iteratsiya-takrorlashlar, tutilishlar, nutqdagi takrorlashlar.

Katamnez- bemor haqida tuzalaganidan keyingi ma’lumotlar.

Kinestetik sezgi- a’zolar holati va harakatlarini va о‘zining tana a’zolari qismini sezish.

Kommunikativ- emotsional, g‘am, qayg‘u, quvonch va boshqa hissiyotlardan farqli о‘laroq, nokommunikativ ifodalardan tashkil topgan intellektual mazmunni berish kо‘rinishidagi muloqotdir.

Kompensatsiya- buzilgan faoliyat о‘rnini boshqa faoliyat bilan о‘rnini bosish.

Konvergensiya- tilning turli tovushlarini о‘xshashi yoki hatto mos kelishini ifodalash kо‘rinishidagi о‘zgarishlar.

Kontaminatsiya- sо‘zlarni xato ifodalash bо‘lib, ikki va undan oriq sо‘zlarni о‘zaro qorishtirilishi. Mazmuniy va fonetik yaqin sо‘zlar kontaminatsiya paydo bо‘lishiga sabab bо‘ladi. Kontaminatsiya alaliya va afaziyada kuzatiladi, ammo sog‘lom odamlarda ham yanglish sifatida kuzatiladi.

Korreksion pedagogika-( maxsus pedagogika, defektologiya) pedagogik fan bо‘lib, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonga ega bо‘lgan bolalarni rivojlanishi, ta’lim va tarbiyasi qonuniyatlarini о‘rganadi.


Tovushlar talaffuzini korreksiyalash- tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni tuzatish.

Laringospazm-bо‘g‘iz, tovush paychalari muskullarining tortishishli qisqarishi.

Lateral- yon tovush.

Bо‘g‘inli nutq- bolaning ijobiy qо‘zg‘atuvchilarga nisbatan ovozli reaksiyasi. Bо‘g‘inli nutq odatda gu-gulashdan keyin 5-6 oylikda paydo bо‘lib, turli xil bolaning ona tilida mavjud va mavjud bо‘lmagan unli va undosh tovushlar birikishidan hosil bо‘ladi.

Logonevroz- nutq buzilishi- duduqlanish shaklida namoyon bо‘luvchi nevroz.

Logopat- nutq nuqsoniga ega shaxs.

Logoped- bolalar va kattalar nutqidagi nuqsonlarni barataraf etish bilan shug‘ullanadigan о‘qituvchi.

Logopedik punkt-og‘zaki va yozma nutq nuqsonlarini baratarof etish bо‘yicha logoped- о‘qituvchi rahbarligida mashg‘ulotlar olib boriladigan maxsus muassasa.

Logopediya- nutq nuqsonlari, ularni oldini olish, aniqlash va maxsus ta’lim va tarbiya vositasida barataraf etish metodlari haqidagi fan bо‘lib, korreksion pedagogikaning bir bо‘limidir.

Soxta un paychalari- bо‘g‘izda shilliq pardalardan hosil bо‘luvchi burmalar.

Lokolizatsiya- qandaydir hodisa, jarayonlarni rivojlanish joyi.

Makroglossiya- til muskullarini haddan tashqari о‘sib ketishi, kam uchraydigan tug‘ma anomaliY.

Manoral tizim-tovushlar artikulyatsiyasini kо‘z ilg‘amaydigan elementlarini tо‘ldiruvchi maxsus qо‘l belgilari tizimi. Qо‘l panjalari va barmoqlarining turlicha holatlari yordamida ovoz paychalarining birikkan yoki birikmaganligini, yumshoq tanglayni kо‘tarilgan yoki tushirilganligini, shuningdek, kо‘z bilan ilg‘ab bо‘lmaydigan tilning artikulyatsiyasi belgilarini bildirish mumkin. Monoral tizim belgilari labdan о‘qish uchun yordamchi vosita sifatida xizmat qiladi.

Tibbiy- pedagogik-psixologik konsultatsiya- anomal bolalarni mos о‘quv- tarbiya muassasasi yoki sog‘lomlashtirish muasssasalariga yо‘llanma berish uchun kompleks tibbiy- psixologo- pedagogik tekshirishni о‘tkazadigan maxsus muassasa.

Maxsus metodika- rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni nuqsonlarni barataraf etishga yо‘naltirilgan ta’lim usullari va vositalari tizimi.

Mimika- insonlarning turli xil kechinmalarini( quvonch, qayg‘u, havotir, qо‘rquv va hakozo) aks ettiruvchi yuz, kо‘z muskullarining harakati .

Imo-ishorali nutq- og‘zaki nutqga ega bо‘lmagan kar-soqov odamlarning muloqot shakli bо‘lib, sodda muloqot va tafakkur shakli bо‘lsa ham mustaqil muloqot shakli. Uning asosini imo- ishoralar tizimi tashkil etib, har biri о‘ziga xos ma’noni bildiradi. Shuningdek,bunda mimika ham ishtirok etib, u nafaqat his- tuyg‘u vaolatlarni bildiradi, balki imo- ishoralarning ma’nosini о‘zgartiradi.

Miokloniya- giperkinez, alohida yoki bir guruh muskullarning tez va qisqa tortishishi.

Motorika- insonlar va hayvonlarning harakat reaksiyalari tizimi.

Tovush modulyatsiyasi- intonatsiya bilan bog‘liq ravishda ovoz balandligini о‘zgarishi. Tovush modulyatsiyasi zaif eshituvchilikda va ayniqsa karlikda aziyat chekadi, nktq monoton bо‘lib qoladi. Ta’limda ovoz kuchaytiruvchi apparatlardan, maxsus mashqlardan foydalaniladi.

Monoplegiya- bir tomonni falajlanishi.

Ovoz mutatsiyasi- balog‘atga yetish davrida bо‘g‘izni jadal о‘sishi bilan bog‘liq ravishda ovozni о‘zgarishi.

Mutizm- psixik travmalar oqibatida nutqiy muloqotning buzilishi ( nutqni yо‘qotish) . Mutizm vaqtinchalik xarakterga ega bо‘lib, ba’zan yillab davom etadi. Uning asosida nutq –harakat analizatorining tormozlanishi qobiq osti tо‘qimalarnini u yoki bu kuchli qо‘zg‘atuvchilar ta’siri natijasida(qat’iy talabchanlik, turli konliktlar, janjallar, hafagarchili va hakozo ) zaiflashuvi sifatida yotadi. U uyatchan, bо‘sh, о‘z kuchiga ishonmaydigan bolalarda uchraydi. Ba’zan mutizm psixogen travmalarning bir qismini, masalan, о‘tkir psixologik shokning bir qismini tashkil etadi.

Tafakkur- predmetlarni umumlashtirish va bevosita predmetlar va hodisalarni voqelikda aks ettirish. U hissiy bilishga tayanadi( sezgi, idrok, tasavvur, obrazli xotira), ammo, uning chegarasidan chiqib, odamda nutq bilan о‘zaro bog‘liqlikda rivojlanadi. Tafakkur bilish faolidantining yuqori darajadagi jarayonlaridan biri hisoblanadi. Tafakkurning fiziologik asosini – bosh miya qobig‘idagi analiz- sintezining oxirgi faoliyati tashkil etadi. Intellekti meyorda va analizatorlari tizimi sog‘lom bolalarda avval kо‘rgazmali- harakatli tafakkur, sо‘ng, uning asosida – kо‘rgazmali- obrazli tafakkur rivojlanadi.