Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent.docx
ВУЗ: Не указан
Категория: Не указан
Дисциплина: Не указана
Добавлен: 05.12.2023
Просмотров: 344
Скачиваний: 9
ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT
DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
О‘quv ishlari bо‘yicha prorektor
_________________D.U.Ergashev
___________________2018 yil
“NUTQNING ONTOGENEZDA RIVOJLANISHI” FANIDAN
о‘ q u v –u s l u b i y m a j m u a
Bilim sohasi: Ta`lim sohasi: Ta’lim yo’nalishi: | 100000 – Gumanitar 110000 – Pedagogika 5111900 – Defektologiya |
№ | Mashg‘ulot turi | Ajratilgan soat | Semestr | | |||
II | | | | ||||
1. | Nazariy (ma’ruza) | | 18 | | | | |
2. | Amaliy | | 20 | | | | |
3. | Mustaqil ta’lim | | 30 | | | | |
4. | Kurs ishi | | | | | | |
| Jami auditoriya | | 38 | | | | |
| Umumiy o‘quv soati | | 68 | | | |
Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universitetida ishlab chiqildi va turdosh oliy ta`lim muassasalari bilan kelishildi.
Tuzuvchilar: | | Logopediya kafedrasi dotsent v/b, pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori SH.Aripova Logopediya kafedrasi о‘qituvchisi B.Xusniddinova |
Taqrizchi: | | 250-maxsus “ko`p ixtisosli” MTM mudirasi D.T.Ismoilova |
| | |
Mazkur О‘quv-uslubiy majmua Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti Kengashining ___________ yildagi 1-son majlisida tasdiqlangan
MUNDARIJA
.................................................'>Sо‘z boshi................................................................................. |
О‘QUV MATERIALLARI.................................................... |
Ma’ruza mashg‘uloti materiallari.............................................. |
Amaliy mashg‘ulot materiallari................................................. |
Mustaqil ta’lim mavzulari ....................................................... |
Glossariy.............................................................................. |
IlovalaP....................................................... |
Sо‘z boshi
Ma’lumki, ta’lim tizimini isloh qilish bilan jiddiy o‘zgarishlar amalga oshdi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bu boradagi umumnazariy va huquqiy asoslarni belgilab berdi. Shu maqsadda, ta’lim bosqichlarining o‘zgarishi, uning sifat samaradorligini ko‘tarishga, mazmunini tubdan yangilashga sabab bo‘ldi.
Talabalar nazariyada olgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar maxsus muassasalarda amaliyotda, oliy ta’limda bakalavrlar tayyorlashda takomillashtiradilar. Nazariy bilimlarini amaliyotga, tadqiqot ishlariga tatbiq etish ko‘nikmalari hosil qilinadi. Shuning uchun ushbu fan asosiy mutaxassislik fani hisoblanadi, magistr mutaxassislarni tayyorlash jarayonida muhim ahamiyatga egadir.
Ushbu о‘quv-uslubiy majmuada yuqorida koʻrsatilgan ta’lim yoʻnalishidagi talabalarning kasb egallashida oʻrganadigan fundamental fanlardan biri “Nutqning meyorda va patologiyada rivojlanishi” fani hisoblanadi. О‘quv-uslubiy majmuada nutqning meyorda va patologiyada rivojlanishi fanining maqsadi, obekti, mazmuni va uning vositalarini logopediya amaliyotida qo’llash masalalari e’tiborga olingan. О‘quv-uslubiy majmuada ilmiy izlanish metodlaridan kuzatish va tajriba, taqqoslash, analiz va sintez, umumlashtirish keltirilgan. О‘quv-uslubiy majmuada nutqning meyorda va patologiyada rivojlanishi yoritilgan.
Ushbu logopediya fani nutq kamchiligiga ega bо‘lgan bolalar muassasalarida korreksion ishlarning mazmuni, vositasi, metodlari va fanning rivojlanishi, nutq kamchiligiga ega bolalar bilan logopedik ish, har xil nutq buzilishlarini bartaraf etish metodikalari, logopediya fanidan bilimlarni chuqurlashtirish, talabalarning har tomonlama qiziqishini va qobiliyatlarini rivojlantirish va ularning mutaxassislik bо‘yicha yо‘naltirishni kо‘zda tutadi.
Fanning asosiy maqsadi - talabalarga bola nutqini ontogenetik rivojlanish bosqichlarini va ona tilini o’zlashtirish tizimi qonuniyatlari haqidagi tasavvurlarni shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi – talabalarga ta’limiy-korreksion jarayonini nutqida nuqsoni bo’lgan shaxsni psixofiziologik, yoshga doir hususiyatlari va individual ta’limiy ehtiyojlariga tayangan tarzda amalga oshirish, kasbiy faoliyatdagi taqdiqit masalalarini qoyish va hal etishda defektologik, pedagogik, psixologik, lingvistik, tibbiy-biologik bilimlarni qo’llash ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Ushbu kursni talabalar ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlari orqali о‘zlashtiradilar. Olingan nazariy va amaliy bilim talabalarning amaliy mavzularini bayon etishlari orqali mustahkamlanadi.
Ushbu о‘quv-uslubiy majmua ma’ruza materiallari, amaliy mashg‘ulotlari, kurs ishi mavzulari, talabalarning mustaqil ishlari uchun mavzular, fanga oid keyslar tо‘plami, glossariy va ilovalardan iborat. Ushbu majmua yuqori malakali bо‘lg‘usi о‘qituvchilarni tayyorlashda muhim ahamiyatga egadir.
О‘QUV MATERIALLARI
Ma’ruza mashg‘uloti materiallari
1 - Modul. Bola nutqi ilmiy tadqiqot predmeti sifatida
1-MA’RUZA
Fanning predmeti va vazifalari. Meyor va patologiya tushunchasi.
Режа
-
Fanning maqsad va vazifalari. -
Fanning boshqa fanlar bilan aloqasi. -
Fanning tamoyil va metodlari. -
Meyor va patologiya tushunchasi.
Tayanch iboralar: ontogenez, norma, patologiya, disontogenez, logopediya, kompensatsiya, nutq,nuqson, sabab, mexanizm, surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenpedagogika, tamoyil.
Ontogenez – bu organizmning ona qornidaligi davridan, to qarilik davrigacha normal, fiziologik jarayonlar asosida rivojlanishidir.
Fanning quyidagi vazifalarini ajratib kо‘rsatish mumkin:
-
Nutq buzilishining turli shakllarida nutq faoliyatining ontogenezini о‘rganish. -
Nutq buzilishlarining keng tarqalganligi, alomatlari va darajalarini aniqlash. -
Nutqiy faoliyati buzilgan bolalarning о‘z-о‘zidan va biror maqsadga qaratilgan rivojlanish dinamikasini, shuningdek nutqiy zaiflikni ularning shaxs sifatida yetishuviga, ruhiy rivojlanishiga, turli kо‘rinishdagi faoliyatlarini namoyon qilishga, о‘zlarini tutishlariga ta’sirini aniqlash. -
Rivojlanishida turli xil farqlar bо‘lgan bolalarda (eshitish, kо‘rish, fikrlash qobiliyatining hamda tayanch xarakat apparatining buzilishi hollarida) nutqning shakllanishi va nutq buzilishlari xususiyatini о‘rganish. -
Nutq buzilishining kelib chiqish sabablari, mexanizmlari, tuzilishi va alomatlarini aniqlash. -
Nutq buzilishlarining pedagogik tashhisi, metodlarini ishlab chiqish. -
Nutq buzilishlarini tartibga solish. -
Nutq buzilishini bartaraf etish tamoyillari, differensiyalashgan metodlari va vositalarini ishlab chiqish. -
Nutq buzilishining oldini olish metodlarini takomillashtirish. -
Logopedik yordamni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish.
Logopediyaning yuqorida kо‘rsatilgan vazifalarida uning ham nazariy, ham amaliy yо‘nalishlari belgilab berilgandir. Uning nazariy tomoni-nutq buzilishlarini о‘rganish, hamda ularning oldini olish, aniqlash va tuzatishning ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqishdan iborat. Amaliy tomoni-nutq buzilishini oldini olish, aniqlash va bartaraf etishni о‘z ichiga oladi. Logopediyaning nazariy va amaliy vazifalari bir-biriga chambarchas bog‘langandir.
Qо‘yilgan vazifalarni hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
-
fanlararo aloqalardan foydalanish va nutq hamda undagi nuqsonlarni о‘rganuvchi kо‘plab mutaxassislar (psixologlar, neyropsixologlar, neyrofiziologlar, tilshunoslar, pedagoglar, turli ixtisosdagi vrachlar va boshqa kishilar)ni hamkorlikda ish olib borishga jalb etish; -
nazariya sohasidagi yangiliklarni amaliyotga tezroq tatbiq etish uchun fan va amaliyot о‘rtasidagi aloqalarni, nazariy va amaliy muassasalar orasidagi hamkorlikni ta’minlash; -
nutqning buzilishini о‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish tamoyillarini amalga oshirish; -
nutq buzilishini oldini olish uchun aholi о‘rtasida logopedik bilimlar targ‘ibotini olib borish.
Yuqoridagi vazifalarning bajarilishi logopediyaning ta’sir kuchini belgilaydi.
Logopedik ta’sir etishning asosiy yо‘nalishi nutqning rivojlanishi, nuqsonli nutqni tuzatish va nuqsonlarning oldini olishdan iborat. Logopedik ish jarayonida sezuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish; uni harakatga keltiruvchi kuch, ayniqsa nutqqa ta’sir etuvchi harakatlarni bilish, ayniqsa tafakkur faoliyatini, xotira, diqqat jarayonlarini rivojlan-tirish; shuningdek ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, yaxshilash bilan bir vaqtda bola shaxsini tarkib toptirish; ijtimoiy muhitga ta’sir etish nazarda tutiladi.
Logopedik jarayonni tashkil etish nutq buzilishini tо‘g‘rilash bilan bir qatorda psixofizik nuqsonlarni ham tugatish yoki yengillatish uchun sharoit yaratadi. U pedagogik ta’sir qilishning muhim maqsadi bо‘lgan shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beradi.
Ushbu fan boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘langandir. Shaxsga har tomonlama ta’sir kо‘rsatish, nutq buzilishini bartaraf etish va oldini olish bilan omilkorona shug‘ullanish uchun nutqdagi nuqsonlarning belgilarini, ularning etiologiyasi, mexanizmlari, nutq faoliyati buzilishi tarkibidagi nutqiy va nutqsiz belgilar munosabatlarini bilish kerak. Bu logopediyaning boshqa fanlar bilan bо‘ladigan aloqasini belgilaydi.
Tizmlar ichidagi va tizmlararo aloqalar bor. Tizm-ichidagi aloqalarga pedagogika hamda maxsus pedagogikaning turli sohalari: surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenpedagogika, umumiy va maxsus psixologiya bilan bо‘ladigan aloqalari kiradi. Tizmlararo alolarga esa tibiy-biologik va tilshunoslik fanlari о‘rtasidagi aloqalar kiradi.
Logopediya umumiy anatomiya va fiziologiya, nutq mexanizmlari, nutq jarayonining bosh miyada tashkil etilishi haqidagi, nutq faoliyatida ishtirok etadigan analizatorlarning qurilishi va harakatga kelishi haqidagi bilimlardan foydalanadi.
Nutq buzilishi mexanizmlarini tushunish tuzatish jarayoni qonuniyatlarini aniqlash uchun oliy ruhiy funksiyalarning dinamik lokalizatsiyalanishi tо‘g‘risidagi, nutqning ongda shakllanishi borasidagi bilimlarni egallash kerak bо‘ladi.
Nutq murakkab funksional jarayondir. Uning asosida muloqot jarayonidagi til belgisi tartiblaridan qо‘llanish yotadi. Tilning murakkab tizimi uzoq muddatli ijtimoiy-tarixiy rivojlanish mahsuli bо‘lib, u bola tomonidan nisbatan qisqa muddatlarda о‘zlashtirib olinadi.
Nutqiy tizm bosh miya a’zolarining faoliyatiga asoslanadi. Ulardan har biri nutq faoliyatining о‘ziga xos vazifasini bajaradi.
A.R. Luriya miya faoliyatini uchta funksional blokka ajratadi.
Birinchi blok bosh miya pо‘stlog‘i osti (yuqori stvol va limbik oblast) haqidagi bilimlarni о‘z ichiga oladi. U bosh miya qatlami tonusining normalligi va uning tetiklik holatini ta’minlaydi.
Ikkinchi blok-orqamiya qatlami katta yarim sharlari bо‘laklarini о‘z ichiga oladi, tashqi dunyodan olingan sezgi axborotlarini qabul qiladi, qayta ishlaydi va saqlaydi. U bilish (gnostik) jarayonini amalga oshiradigan asosiy miya apparati hisoblanadi.
Uning tuzilish birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi doiralarga ajraladi. Birlamchi doira-miya qatlamining proyeksion doiralaridir, uning neyronlari juda ham yuqori darajada о‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ularda alohida sezgi a’zolaridan sezgi axborotlarini qabul qilish hodisasi yuz beradi.
Miya qatlami appartlarining birlamchi doiralari ustidan ikkilamchi doiralar qurilgandir. Ular birlamchi doira orqali olingan qо‘zg‘alishlarni tahlil qiladi. Ikkilamchi doiralar, birlamchi doiralar kabi, о‘zining ixtisosiy moddalligi (kо‘rish, eshitish va boshqa doiralar)ni saqlaydi. Birlamchi va ikkilamchi doiralar u yoki bu analizator (kо‘rish, eshitish va boshqalar)ning bosh miya qatlami birikmasini о‘zida namoyon etadi.
Uchlamchi doiralar analizatorlarning miya qatlami bо‘linmalarini о‘zgartirish doiralari hisoblanadi. Ular turli moddallikda olingan sezgi axborotlarini tahlil, sintez, integratsiya qilish vazifasini о‘taydi. Ularning faoliyati asosida sintezlarning beqaror va tashqi darajasidan simvolik darajaga, e’tiborini qaratish munosabatlari, murakkab logik-grammatik sо‘zlarqurilishi haqidagi bilimlar bilan ish kо‘rishga о‘tish sodir bо‘ladi.
Uchinchi blok katta yarim sharlar qobig‘ining oldingi bо‘limlari (motor, motor oldi va old frontal soha) doirani о‘z ichiga oladi. Bu blok inson faoliyatini rejalashtirish, moslashtirish va nazorat qilishni ta’minlydi. U shuningdek miya qobig‘i ostidagi a’zolar faoliyati barcha tizmlarning tonusi va tetik holatini ular faoliyati oldiga qо‘yilgan vazifalarga muvofiq moslashtirishni amalga oshiradi.
Nutq faoliyati barcha bloklarning birgalikda ishlashi natijasida vujudga keladi. Shu bilan birga har bir blok nutq jarayonida alohida, maxsus о‘ziga xos xususiyati bilan ishtirok etadi.
Nutqning akustik belgilarini ajratib kо‘rsatish va differensiyalash nutq-eshitish analizatori kortikal apparatlarning analitik-sintetik faoliyati bilan ta’minlanadi. Bunga miya qobig‘i markaziy va old motor quyi bо‘linmalari sohasi bilan bog‘liq bо‘lgan bosh miya qobig‘i (Vernike doirasi)ning sо‘l yuqori ikkilamchi qismlari kiradi.
Nutq aktining artikulyatsiyalashuvi, motor tashkil etilishi jarayoni nutq apparati muskullarining murakkab tuzatuv ishini maxsus muvofiqlashtirish asosida amalga oshiriladi. Nutq aktining motor quyi yig‘indisi markaziy qismlarning ikkilamchi bо‘limlari (kinestetik apparat) va chap о‘ram qismining quyi bо‘limlari (kinetik apparat) bilan ta’minlanadi. Markaziy qismda nutq apparati muskullaridan yuboriladigan kinestetik sezgilar analizi sodir bо‘ladi. О‘ram qismida esa nutq aktining motor dasturi tashkil etiladi, qator nerv impulslari, bir harakatdan ikkinchi harakatga yengil о‘tish imkoniyatini ta’minlovchi kinestatik modellar yaratiladi.
Nutq birliklarini tanlanish va ularning kompensatsiyalashuvi, ma’noning nutq kо‘rinishiga aylanish jarayoni bosh miya qobig‘ining eng yuqori darajada shakllanishidir. U, ya’ni nutq bosh suyagi old va ustki qismi uchlamchi bо‘linmalarining aralashuvisiz hosil bо‘lmaydi. Bosh miya qobig‘ining uchlamchi bо‘limlari bir tekisda qabul qilinadigan akustik-motor axborotlarining fikrlash sxemasi va obrazlariga о‘tkazilishini ta’minlaydi. Miya qobig‘ini ustki qismida, shuningdek keng aloqalarni anglatuvchi sxema ham shakllanadi.
Yozma nutq jarayonida ham bosh miya qobig‘ining ensa va ensa-tepa qismlarining turli bо‘limlari ishtirok etadi.
Shunday qilib, nutq jarayonida bosh miya qobig‘ining turli qismlari turlicha ishtirok etadi. bosh miya qobig‘i qaysidir qismining jarohatlanishi nutq faoliyati buzilishining о‘ziga xos alomatlariga olib keladi. Nutq jarayonining miyada amalga oshishi haqidagi ma’lumotlar nutq faoliyati buzilishining etilogiyasi va mexanizmlari tо‘g‘risidagi tasavvurlarni aniqlashtirishga imkon beradi. Bu ma’lumotlar bosh miyaning lokal jarohatlanishidagi nutq buzilishlarining turli shakllarini (afaziya) surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenpedagogika,uchun juda muhim bо‘lib, bemorlar nutqini tiklash ustida samarali logopedik ish olib borish imkonini beradi.
Logopediya-otorinolaringologiya, nevropotologiya, psixopa-tologiya, oligofreniya klinikasi, pediatriya bilanuzviy bog‘langandir. Jumladan, nutq va eshitish a’zolarining patologiyasi (masalan, tovush buzilishida) nafaqat buzilishlar etilogiyasini aniqlashga, balki tibbiy ta’sir kо‘rsatish bilan bо‘ladigan logopedik ishlarni tо‘g‘ri qо‘shib olib borish uchun ham imkon beradi. Masalan, tovushning buzilishi qisman hiqildoq va tovush burishiqlari (g‘urralar, tugunchalar, papillomalar, tovush burmalarining chandiqqa aylanishi va boshqalar) ning turli organik jarohatlanishidan hosil bо‘lishi mumkin. Bunday hollardagi tovush buzilishining tovush apparati fiziologik ishini normallashtirmay turib davolash mumkin emas. Bu dori-darmon, jarrohlik, fizioterapiya, psixoterapiya uslubida ta’sir etish bilan ta’minlanadi.
Nutq buzilishining kо‘pgina turlari markaziy asab tizimining organik shikastlanishi bilan bog‘liq bо‘lib, u logoped va nevropatolog-vrach yoki psixonevrologning hamkorlikda ishlashi bilan aniqlanishi mumkin. Nutq buzilishi hollarida ruhiy faoliyatning turli buzilishlari: ruhiy rivojlanishda orqada qolish, о‘zini tutish va his-hayajon hollaridagi buzilishlar, diqqat-e’tibor, xotira, aqliy faoliyat buzilishlari kо‘zga tashlanishi mumkin. Nutq buzilishlarini ularning paydo bо‘lish mexanizmlari tahlili, markaziy asab tizimi buzilishlari bilan bog‘liq bо‘lgan, birlamchi va ikkilamchi ruhiy faoliyati ishlarining hammasi psixonevrolog-vrachning xizmat doirasiga kiradi. Psixonevrolog-vrach bolaning aqliy jihati haqida xulosa chiqaradi, nutqiy kamchiligini tibbiy jihatdan aniqlaydi, talab etiladigan davo choralarini qо‘llaydi.
Nutq buzilishining kо‘pgina kо‘rinishlari miya rivojlanishining barvaqt sekinlashuvi bilan bog‘liq. Bunday hollarda logopedik ish markaziy asab tizimini maxsus dori-darmonlar bilan davolash orqaligina samara berishi mumkin. Bunday davoni vrach-psixonevrolog belgilaydi. Ayrim paytlarda nutq buzilishlari his-hayajonli qо‘zg‘olishning kuchayishi natijasida sodir bо‘ladigan harakatdagi notinchlik bilan qо‘shiladi. bunda bola maxsus davolangunga qadar logopedning ishi besamara bо‘laveradi.
Nutqning alohida kо‘rinishdagi buzilishlariga, masalan, duduqlanishning ayrim turlari, mutizmga yoki keskin ruhiy iztiroblar-qо‘rqish, hayajon, kо‘nikkan muhitning almashinishi (yaqin kishilaridan ayrilish) va boshqalar sabab bо‘lishi mumkin. Ularning paydo bо‘lish vaqtida bola tegishli kun tartibi va davoga muhtoj bо‘ladi; faqat psixonevrolog-vrach va logopedning hamkorlikda ish olib borishi uning sog‘ayib ketishiga zamin hozirlaydi. Bu ma’lumotlarning hammasi shundan dalolat beradiki, logopediya-pedagogik fan hisoblangani bilan u о‘z oldidagi vazifalarini faqat tibbiyot fanlari va avvalo, nevropatologiya hamda bolalar psixologiyasi yordamida muvaffaqiyatli bajarishi mumkin.
Anomal balalarni, shu jumladan nutqi buzilgan bolalarni ham о‘qitish va tarbiyalash nazariyasi asab tizimi tuzilishi, uning rivojlanish xususiyatlari va vazifalari haqidagi bilimlar asosiga quriladi.