Файл: Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 05.12.2023

Просмотров: 346

Скачиваний: 9

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.


Logoped nutq buzilishining nevrologik asoslarini bilishi, bolalar psixopatalogiyasi masalalarini tushunishi kerak. Unda oligofreniya va ruhiy rivojlanishning tormozlanishi, harakat va his-hayajonli buzilishlarda namoyon bо‘ladigan, bolalardagi ruhiy buzilishlarning eng kо‘p uchraydigan shakllari haqida ham tasavvur bо‘lishi lozim. Bu bilimlar unga nutq buzilishining sabablarini tо‘g‘ri aniqlashda, tuzatishning samarali metodlarini tanlashda, bolani о‘qitish va tarbiyalash hamda uning nuqsonli rivojlanishini oldini olishda yordam beradi.

Nevropatologiya, psixologiya, oligofreniya klinikasi, eshitish, kо‘rish, nutq a’zolari patologiyasi bilan aloqada bо‘lish nutq buzilishini farq qilgan holda tashxis qilish uchun zarurdir. Shundan kelib chiqadigan bо‘lsak, sensor alaliya va eshitishning pasaygan hollaridagi nutq buzilishlarini aniqlash, eshitish faoliyatini chuqur tekshirishni talab qiladi; oligofreniya va alaliya hollaridagi nutq buzilishlarini belgilash ruhiy va sensomotor rivojlanish xususiyatlarini, intellektning ahvolini aniqlashsiz bо‘lmaydi.

Tibbiyot fanlaridan ma’lumotlar logopedga nutq buzilishining mexanizmlari, etilogiyasini о‘rganishga tо‘g‘ri yondoshish uchun yordam beradi, nutq buzilishlarining turli kо‘rinishlarini bartaraf etishda diagnostika va differensiyalashgan logopedik ta’sir etish masalalarini tо‘g‘ri hal etish imkonini yaratadi. Bolalarni turli tipdagi maxsus muassasalarga tо‘g‘ri tanlash ham tashxis qо‘yishga bog‘liqdir.

Logopediya tilshunoslik va psixolingvistika bilan uzviy bog‘langan. Nutq tillar birligining turli darajasi va ularning amal qilish qoidalaridan foydalanishni ham nazarda tutadi. Ular har xil buzilishlarida turlicha buzilishi mumkin. Bolaning til normalarini о‘zlashtirib olish qonunlari va izchilligini bilish logopedik xulosalarni aniqlashtirishga yordam beradi, logopedik ta’sir etish tizimlarini ishlab chiqish uchun zarur bо‘ladi.

Zamonaviy logopediyaning tizimli nutq buzilishini о‘rganish va bartaraf etishda L.S.Vigodskiy, A.R.Luriya, A.Leontyevning nutq faoliyatining murakkab tuzilishi, idrok jarayonlari va nutq aytish samarasi haqidagi ta’limotiga asoslanuvchi psixolingvistika ma’lumotlaridan keng qо‘llaniladi.

Nutqni idrok etish va uning samaralari turli operatsiyalarni qamrab oladigan, murakkab iyerarxik qurilishga ega bо‘lgan kо‘p darajali jarayonlardan iboratdir. Nuqt hosil bо‘lish jarayonining har bir darajasi, har bir operatsiyasi о‘zining lug‘atiga, birliklarni birlashtirish sintaksisiga ega.

Nutq buzilishlarini о‘rganishda nutq hosil bо‘lish operatsiyalaridan qaysi biri buzilganligini aniqlash muhimdir. Logopediyada A.S.Vigotskiy, A.Leontyev, T.V.Ryabova tomonidan ishlab chiqilgan nutq hosil bо‘lish modellaridan foydalaniladi.

A.S.Vigotskiy fikr bilan sо‘z oralig‘idagi munosabatni fikrdan sо‘zga va aksincha harakat jarayoni deb qarar, harakatning quyidagi jihatlarini ajratib kо‘rsatar edi: motiv-fikr-ichki nutq-tashqi nutq; nutqning tashqi (jismoniy) va semantik (ruhiy) jihatlarini farq qilardi. Tashqi nutqda grammatik va semantik (ruhiy) qurilishlarning о‘zaro munosabatlari kо‘zga tashlanadi. Ichki nutq semantik jihatdan tashqi nutqqa aylanish strukturasi hisoblanadi. L.S.Vigotskiy ichki nutqni chuqur tahil qildi, uning о‘ziga xos xususiyatlarini ochib berdi.

A.A.Leontyev, L.S.Vigotskiy bayon qilgan nutq jarayoni qurilishiga asoslanib, nutq paydo bо‘lishining quyidagi jarayonlarini ajratadi: motiv-fikr (nutq intensiyasi)-ichki rejalashtirish-leksik kuchaytirish va grammatik konstruksiyalash-motor ishlab chiqarish-tashqi nutq.

Leksik-grammatik kuchaytirish bosqichi о‘z mexanizmlari bilan ajralib turadigan ikkita operatsiyani о‘z ichiga oladi: sintaksis konstruksiyaning paydo bо‘lish ishi hamda uning til darajasidagi alohida til kodlari va boshqalarda amalga oshiriladigan leksik tо‘ldirish. Shundan sо‘ng motor ishlab chiqarishi davom etadi.

Misol uchun, alaliyani о‘rganishda psixolingvistik yondoshish ana shu nutq buzilishi mexanizmini chuqur ochishga, nuqsonning tuzilishini aniqlashga, bu buzilishni til buzilishi deb belgilashga imkon beradi.

Afaziya paytidagi xilma xil idrok operatsiyalari turli shakllarda nutqning buzilish xususiyatlarini aniqlab olishga imkon beradi.

Psixolingvistik yondoshish nutq buzilishlarini tuzatish yuzasidan olib boriladigan logopedik ishlarning samaradorligini oshirishga yordam beradi.


Logopediya umumiy, maxsus psixologiya va psixodiagnostika bilan chambarchas bog‘langandir. Logoped uchun bolaning ruhiy rivojlanish qonuniyatlarini bilish, turli yoshdagi bolalarni psixologik-pedagogik tekshirish metodlarini bilishi muhimdir. Logoped ana shu metodlardan foydalanib, nutq buzilishi turli kо‘rinishlarini tabaqalashtirish va ularni intellektual yetishmovchilik, his-hayajonli va xarakat jarayonidagi zaiflashuvlar bilan bog‘liq bо‘lgan nutq buzilishlaridan ajrata oladi. Psixologik bilimlar logopedga nafaqat nutq nuqsonini о‘zini, balki undan ham oldin bolani kо‘rishga, uning nutqiy buzilishining ruhiy rivojlanishidagi muhim jihatlar bilan bо‘ladigan о‘zaro aloqasini umuman tо‘g‘ri tushunishga yordam beradi. Bu bilim unga turli yoshdagi bolalar bilan aloqa bog‘lashga, ularning nutqi, nutqidagi xalaqit beruvchi omillar, xotirasi, diqqat-e’tibori, intellekti, о‘zini erkin yoki his-hayajonli tutishlarini tekshirishda maqul metodlarni tanlab olishga, shuningdek ma’lum yoshdagi bola faoliyati ustidan logopedik ish olib borishga kо‘maklashadi.

Nutq buzilishini о‘rganishda va tuzatishda logopediya fani nutq va fikrning о‘zaro bog‘liqligi haqidagi, anomal bolaning rivojlanishidagi umumiy va maxsus qonuniyatlarning о‘zaro munosabatlari tо‘g‘risidagi nazariy qoidalarga, nutq va faoliyatning hamkorlikda rivojlanishi haqidagi, ichki va tashqi omillarning о‘zaro ta’siri haqidagi, ruhiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari haqidagi nazariyaga tayanadi.

Nutq buzilishlari va ularni tuzatishdagi muhim muammolarni hal qilish maqsadida logopediya fani materialistik, metodologiyaga tayanuvchi tamoyil va metolardan foydalaniladi.

Shundan kelib chiqib, logopediya quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi: sistemalilik, komplekslilik, rivojlanish tamoyilini, nutq buzilishini bolaning psixik rivojlanishidagi boshqa tomonlari bilan о‘zaro bog‘liq holda qarab chiqish, faoliyatli yondoshuv, ontogenetik tamoyil, etiologiya va mexanizmlarni hisobga olish tamoyili (etiopatogenetik tamoyil), nuqsonli nutqning buzilish alomatlari va tuzilishini hisobga olish, umumdidaktik va boshqa tamoyillar.1

Ulardan ayrimlarini kо‘rib chiqamiz.

Sistemalilik tamoyili til haqida murakkab funksional sistema tо‘g‘risidagi tushunchaga tayanadi. Uning tuzilish komponentlari о‘zaro chambarchas aloqada bо‘ladi. Shu munosabat bilan nutqni, uning rivojlanishi jarayonlarini va buzilishini tuzatishni о‘rganish nutq qurilishi tizimining barcha komponentlariga, barcha tomonlariga ta’sir etishini nazarda tutadi.

Nutq buzilishlarining о‘xshash turlarini logopedik xulosalash, tabaqalashtirib tashxis qilish uchun nutqli va nutqsiz belgilarni, tibbiy, psixologik, logopedik jihatdan tekshirish natijalarini, bilish faoliyatining rivojlanish darajasini va nutq rivojlanishi nisbatlarini, nutq holati va bolaning sensomotor rivojlanishidagi muhim jihatlarini tuzatish nuqtai nazaridan tahlil qilish zarur bо‘ladi. Bunday hollarda nutq buzilishlarini tuzatish kompleksi, tibbiy-psixologik-pedagogik xususiyatga ega bо‘lishi kerak.

Shunday qilib, nutq buzilishlarini о‘rganish va tuzatishda komplekslilik tamoyili muhim о‘rin tutadi.

Nutq buzilishlarini о‘rganish va ularni tuzatish jarayonida anomal bolalar rivojlanishining umumiy va о‘ziga xos qonuniyatlarini hisobga olish muhimdir.

Rivojlanish tamoyili, shuningdek bolaning yaqin rivojlanishi doirasida о‘rin olgan ma’lum vazifalar, qiyinchiliklar bosqichlarni logopedik ish jarayoniga ajratishni ham kо‘zda tutadi.

Nutqi buzilgan bolalarni va ularni tekshirish, shuningdek ular bilan olib boriladigan logopedik ishni tashkil qilish bolaning yetakchi faoliyatlarini (predmetli-amaliy, о‘yin, tashkiliy) hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Tuzatish-logopedik ta’sir metodikasini ishlab chiqish nutq shakllari va vazifalari namoyon bо‘lish izchilligini, shuningdek bolaning ontogenezidagi (ontogenetik tamoyil) faoliyat turlarini hisobga olgan holda olib boriladi.
Nutq buzilishlarining paydo bо‘lishi kо‘p hollarda biologik va ijtimoiy omillarning о‘zaro murakkab ta’siri bilan bog‘langan bо‘ladi. Nutq buzilishlarini samarali logopedik tuzatish uchun buzilishning har bir alohida holda buzilish etiologiyasi, mexanizmlari, alomatlarini aniqlash, yetakchi buzilishlarni ajratib kо‘rsatish, nuqson tuzilishidagi nutqiy va nutqsiz belgilarning о‘zaro munosabatlarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Nutq buzilishlarini о‘rganish va tuzatishda didaktik tamoyillar: kо‘rgazmalilik, tushunarlilik, onglilik, yakka tartibda yondoshish va boshqalar muhim о‘rin tutadi.

Logopediya fani metodlarini shartli ravishda bir necha guruhlarga bо‘lish mumkin.

Birinchi guruh-tashkiliy metodlar: qiyosiy longityudinal (dinamikada о‘rganish), kompleksli.

Ikkinchi guruhni empirik metodlar tashkil etadi: observatsion (kuzatish), ekspetimental (laboratoriya, tabiiy, shakllanuvchi yoki psixologik-pedagogik sinov), psixodiagnostik (testlar, standartlashtirilgan va hayoliy loyihalashtirilgan, anketalar, suhbatlar, intervyu) faoliyatini, shuning bilan bir qatorda nutqiy faoliyatini ham tahlil qilishning praksimetrik usullari, biografik metod (anomnestik ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish).

Uchinchi guruhga olingan ma’lumotlarni miqdor (matematik-statistik) va sifat analizi kiradi. Bunda olingan ma’lumotlar EHMni qо‘llagan holda mashinada ishlab chiqiladi.

Tо‘rtinchi guruh-interpretatsion metodlar, uslublar, о‘rganilayotgan hodisalar о‘rtasidagi aloqalarni nazariy tadqiq qilish usullari (qismlar va butunlik о‘rtasidagi, alohida jihatlar va umuman hodisa о‘rtasidagi, funksiyalar va shaxs о‘rtasidagi hamda boshqa aloqalar).

Tadqiqotning obyektivligini ta’minlovchi texnik vositalar: kompyuter, intonograflar, spektograflar, nazometrlar, video nutq, fonograflar, spirometr va boshqa apparaturalar, shuningdek, butun nutq faoliyati va uning ayrim komponentlarini dinamikada о‘rganishga imkon beruvchi rentgenokinofotografiya, glottografiya, kinematografiya, elektromiografiyalardan keng foydalaniladi.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Meyor tushunchasi.

  2. Statistik meyor.

  3. Funksional yoki individual meyor.

  4. Ideal meyor.

  5. Ijtimoiy meyor.

  6. Guruhiy meyor.

  7. Meyor me’zonlari.

  8. Patologiya va anomallik tushunchalari.


2-MA’RUZA

Meyordagi va patologik rivojlanish nazariyasi.


REJA:

  1. Rivojlanish tushunchasi.

  2. Bosqich va davrlar.

  3. Senzitiv davr hususiyatlari.

  4. Yosh krizislari va ularning hususiyatlari.



Tayanch sо‘zlar: etiologiya, pereferik, markaziy, organik, funksional, nerv faoliyati, bosh miya, nutq, sabab, anatomiya, fiziologiya, perseveratsiY.

«Etiologiya» termini grekcha sо‘zdan olingan bо‘lib, (etio-sabab, logos-fan, о‘rganish) sabablarni о‘rganuvchi fan ma’nosini bildiradi. Sababiyat muammosi qadim qadimdan insoniyat e’tiborini о‘ziga qaratib kelgan. Sabablar haqidagi fan sifatida etiologiyaning rivojlanishi tibbiy va tabiiy fanlar qatorida umumiy ilmiy taraqqiyot bilan uzviy bog‘liqdir. Bundan tashqari «etiologiya» tushunchasining о‘zi falsafiy kategoriyalardan biri bо‘lib hisoblangani sababli, falsafaning rivojlanishiga uning ham aloqasi bordir.


Yirik patafiziolog I.V.Davidovskiyning tadqiqotlari bu muammoni hal qilishga katta hissa qо‘shdi. Uning yozishicha: «Har qanday asl mazmun sabablardan boshlanib keladi, ya’ni kauzallik va determenizm tushunchalaridan boshlanadi. Bu ikki bir-biriga bog‘liq, biroq har xil tushunchalar ikki tomonlama talqin etiladi. Birinchi tomondan sababiyat haqida, ya’ni sabab-oqibat munosabatlari sifatida sharxlansa (aslida «etiologiya» tushunchasining mazmuni shunday bо‘lishi kerak), ikkinchi tomondan hodisalar mohiyatini bilish haqida, ya’ni uning asosida yotgan qonuniyatlarni bilish sifatida sharxlanadi».

Nutq buzilishlari etiologiyasi muammosi kasalliklarni keltirib chiqaruvchi sabablar haqidagi umumiy ta’limotlar singari uzoq tarixiy rivojlanish yо‘lini bosib о‘tdi.

Qadimgi grek faylasufi va shifokori Gippokrat (er.av. 460-377 y.) bir qator nutq buzilishlarining sababini kо‘rsatib о‘tgan.

Boshqa grek faylasufi Aristotel (er.av. 384-322 y.) nutq hosil bо‘lish jarayonini periferik nutq apparatining anatomik tuzilishi bilan bog‘lab, anatomik tuzilishdagi kamchiliklarni nutq buzilishiga sabab qilib kо‘rsatgan. Yuqoridagilardan shuni aytish mumkinki, antik davr olimlarining tadqiqotlaridayoq nutq buzilishlari sabablarini tushunishda ikki yо‘nalish kо‘rsatilgan. Birinchi yо‘nalish Gippokrat nuqtai nazari bо‘lib, bosh miyaning jarohatlanishi nutq buzilishlarini kelib chiqishiga sabab bо‘luvchi bosh omil ekanligi ta’kidlangan. Ikkinchisi Aristotelga tegishli bо‘lib, periferik nutq apparatining buzilishlari aynan nutq buzilishlarining sababi etib kо‘rsatilgan. Nutq buzilishlari sababini о‘rganishning keyingi davrlarida ham bu ikki nutqai nazar saqlanib qolgan.

Nutq buzilishlari etiologiyasi haqidagi tasavvurlar, shu muammoni о‘rganishning barcha davrlarida, ular mohiyatini tushunishni ifodalaydi. Shuningdek, ma’lum davr va mualliflarning umumiy metodologik yо‘nalishini ifodalaydi.

Nutq buzilishlari etiologiyasida bosh miya jarohatlanishining «о‘z о‘rni» borligi eramizdan avvalgi 400 ming yil ilgari Gippokrat tomonidan aytib о‘tilgan bо‘lsa ham, bunga haqiqiy ilmiy tasdiq 1861 yilda, fransuz shifokori Pol Broko tomonidan bosh miyada nutq markazi mavjudligi va bu markaz jarohatlanishi nutq buzilishini keltirib chiqarishi mumkinligi kо‘rsatib berilgandan sо‘nggina berilgandir. Xuddi shunga о‘xshash kashfiyot 1874 yilda Vernike tomonidan ham amalga oshirilgan: nutqni tushunishda bosh miya qobig‘ining orqa bо‘lagi katta rol о‘ynaydi. Bu qismda begona nutqni qabul qilish jarayoni rо‘y beradi.

Nutq buzilishlari etiologiyasi masalasi XX asrning 20 yillaridan jadal ishlana boshlandi. Bu yillarda tadqiqotchilar ilk bor, kelib chiqish sabablariga qarab nutq buzilishlarini tasniflashga urindilar. S.M.Dobrogayev (1922) nutq buzilishlari sabablari orasida quyidagilarni ajratib kо‘rsatgan:

  1. Oliy nerv faoliyati kasalliklari.

  2. Anatomik nutq apparatida patologik о‘zgarishlar.

  3. Bolalikdan tarbiyaning yetishmaganligi.

  4. Organizmning umumiy nevropatik holati.

M.YE.Xvatsev ilk bor nutq buzilishlari sabablarini ichki va tashqi omillarga ajratdi. Shu bilan birga u organik (anatomo-fiziologik, morfologik), funksional (psixogen), ijtimoiy-psixologik va psixo-nevrologik sabablarni ajratib kо‘rsatdi.

Organik sabablarga homiladorlik davrida, tug‘ruq paytida va tug‘ruqdan sо‘ng bosh miyaning yaxshi rivojlanmasligi va jarohatlanishi, shuningdek nutq periferik organlaridagi turli xil organik buzilishlar kiritilgan. Organik buzilishlar markaziy (miyaning jarohatlanishi) va periferik sabablarga (eshituv organi jarohatlanishi, tanglay yoriqligi va arti-kulyatsion apparatning boshqa marfologik о‘zgarishlari) ajratilgan.

Funksional sabablarni M.YE.Xvatsev, I.P.Pavlovning ta’limoti orqali tushuntiradi. Bu ta’limot M.N.S. da qо‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining о‘zaro munosabatini buzilishi haqida bо‘lib, M.YE.Xvatsev bu orqali organik va funksional, markaziy va periferik sabablarning о‘zaro munosabati mavjudligini ta’kidlaydi.

Psixonevrologik sabablarga u aqli zaiflikni, xotira, diqqat buzilishini va boshqa psixik jarayonlar buzilishini kiritgan.

M.YE.Xvatsev ijtimoiy-psixologik sabablarga ham katta e’tiborni qaratgan va buning ostida atrof muxitdagi turli xil yomon ta’sirlar yotganini tushuntiradi.


Biologiya, embriologiya, nazariy tibbiyot sohalarida sо‘nggi 10 yillikda qо‘lga kiritilgan katta yutuqlar, tibbiy genetika, immunologiya va boshqa fanlarning erishgan yutuqlari nutq buzilishlari etiologiyasi haqida chuqurroq tasavvurga ega bо‘lish imkonini berdi va ularning kelib chiqishida ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) zararlarning ahamiyatini kо‘rsatdi. Nutq buzilishlarining faqat organik (markaziy va periferik) sabablarini ajratmasdan, balki funksional sabablarni ham ajratish, nutq buzilishi mexanizmini bola organizmiga kо‘rsatadigan ta’sirini tushunish ham kerak. Bu nutq buzilishlarini korreksiyalash uchun tо‘g‘ri yо‘l va metodlar tanlash, ularni oldindan aytib berish va oldini olish uchun ham muhimdir.

Nutq buzilishlari sababi deganda – organizmga tashqi yoki ichki zararli omilning ta’sir etishi yoki ularning о‘zaro aloqasini tushunish mumkin, qaysiki bu, nutq buzilishi xususiyatini aniqlaydi.

Etiologiyada tashqi va ichki omillarning roli masalasi umumiy sababiyat muammosining bir bо‘limi hisoblanadi. Nutq kamchiligining kelib chiqishi va uning klinik kо‘rinishini shakllanishida bu ikki omil orasida bevosita, о‘zaro aloqadorlik о‘rnatilgan.

Nutq buzilishlarining kelib chiqishida maxsus sharoitlar katta rol о‘ynaydi, ya’ni nutq kamchiliklarini kelib chiqishiga yordam beruvchi yoki tо‘sqinlik qiluvchi omillar. Masalan, psixik travma ta’siri ostida bolada duduqlanish yuzaga kelsa, u tashqi sabab sifatida kо‘riladi. Quyidagilar esa duduqlanishning kelib chiqishi uchun qulay sharoit bо‘lib xizmat qiladi: bolaning somatik zaifligi, uning nevropatik organizmi (nerv-psixik qо‘zg‘aluvchanlikning oshganligi), M.N.S. ning erta organik jarohatlanishi asorati va h.k.

Evolyusion-dinamik yondoshuv va psixikaning shakllanishi jarayonida biologik va ijtimoiy dialektik birlik tamoyili, nutq buzilish etiologiyasini о‘rganish uchun asos bо‘ladi. Bu aspektda bola nutqiy faoliyatining rivojlanishi uning M.N.S. ning yetuklik darajasiga qarab belgilanadi va ma’lum darajada bolaning tashqi olam bilan о‘zaro munosabati xususiyatlariga ham bog‘liqdir.

L.S.Vigotskiy ishlab chiqqan psixik rivojlanishining konsepsiyasi, bolalik davrida nutq rivojlanishi buzilishining sababini о‘rganishda metodologik asos bо‘lib xizmat qiladi. Psixika rivojlanishining atrof muhit ta’siri bilan bog‘liqligini tushuntira turib, u «rivojlanishning ijtimoiy vaziyati» tushunchasini kiritdi. Bu о‘z navbatida rivojlanishning ichki jarayonlari va tashqi sharoitlarni о‘zida namoyon etadi.

Funksional nutqiy tizimning yetilishi asosida afferentatsiya yotadi, ya’ni turli analizatorlar orqali tashqi olamdan signal olish. Birinchi navbatda eshituv analizatori turli xil signallarni va eng avvalo nutqiy signallarni qabul qiladi. Eshituv afferentatsiyasining manbasi bо‘lib, bola bilan muloqot qiluvchi katta odam hisoblanadi. Shunga bog‘liq ravishda nutqiy muhit va nutqiy muloqotning roli juda kattadir va ularning yetishmovchiligi nutq shakllanishini buzuvchi asosiy sabablardan biri bо‘lishi mumkin.

Demak, nutq kamchiligiga ega kishilar orasida yoki nutqiy chegaralangan muxitda tarbiyalanuvchi ilk yoshdagi bolalar nutqi rivojlanishidan orqada qoladi (kar-soqov ota-onalar yoki yaqqol nutq kamchiligiga ega ota-onalar, uzoq muddat kasalxonada yotish, turli xil og‘ir kasalliklar tufayli ijtimoiy kontaktga kirishishning chegaralanganligi).

Bola nutqining normal rivojlanishi uchun muloqot ma’lum ahamiyatga ega bо‘lishi, ijobiy-emotsional tusda kechishi kerak. Unga tovushlarni shun-daygina eshitish kamlik qiladi (radiomagnitafon, televizor). Dastlab ma’lum yosh davri uchun xarakterli asosda kattalar bilan muloqot qilish lozim. Bolani kattalar bilan muloqoti shaklining о‘zgarishi nutq rivojlanishiga turtki bо‘ladi. Demak, hayotining birinchi yili uchun xarakterli bо‘lgan emotsional muloqotni 2-3 yoshlarda predmetli-xarakatga almashtirishi uning nutqi rivojlanishiga yaxshigina turtki bо‘lib xizmat qiladi. Agarki, bunday о‘zgarish yuz bermasa u holda nutq rivojlanishida orqada qolish yuzaga keladi.

Bolada predmetli-о‘yin faoliyati jarayonida tо‘plangan taassurotlar nutq rivojlanishiga dastlabki zamin bо‘lib xizmat qiladi.

Bola nutg‘ining rivojlanishi tashqi noqulay sharoitlar natijasida kechikadi va buziladi: ijobiy emotsional muxitning yо‘qligi, haddan tashqari shovqin-suronli muxit.