Файл: zbekiston respublikasi oliy ta'lim fan vainnovatsiyalar vazirligi.docx

ВУЗ: Не указан

Категория: Не указан

Дисциплина: Не указана

Добавлен: 07.12.2023

Просмотров: 180

Скачиваний: 2

ВНИМАНИЕ! Если данный файл нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам.
`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM FAN VAINNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI SIRTQI BO`LIMI IQTISODIYOT KAFEDRASI MAKROIKTISODIY TAHLILI FANIDANKURS ISHIMavzu: Pulga talabBajardi: 4-kurs , Iqtisodiyot yo`nalishi _____- guruh talabasi _____________________Kurs ishi rahbari __________________________ __________(lavozimi, ilmiy unvoni, FISH) (imzo)Ro’yhatga olindi:№ ______ «___» _______________2023 yilKomissiyaa’zolari:_______________________________ ____________(lavozimi, ilmiy unvoni, FISH) (imzo)_______________________________ ____________(lavozimi, ilmiy unvoni, FISH) (imzo)_______________________________ ____________(lavozimi, ilmiy unvoni, FISH) (imzo)Bahosi: ___________Andijon 2023 - yilMUNDARIJA:Mavzu: Pulga talabREJA:KIRISH…………………………………..……………………………………….31. Pul tushunchasi va uning funktsiyalari. Pul agregatlari……………………….52. Pulga talabning klassik va keynscha nazariyalari…………………………….93. Pul bozori. Pulga bo‘lgan talab va pul taklifi…………………………………154. O`zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan pul islohotlari va ularning o`ziga xos xususiyatlari………………………………………………………………….24XULOSA………………………………..……………………………………......28FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..30 KIRISHMavzuning dolzarbligi: Pul insonlarga o’zlarining kundalik ehtiyojlarini qondirish va jamg’arish uchun kerak. Shu sababli pulga bo’lgan umumiy talab bitimlar uchun pulga talabdan va moliyaviy aktivlar uchun pulga talabdan iborat. Bitimlar uchun pulga talab – bu aholiga va korxona, firmalarga tovar hamda xizmatlarni xarid qilish uchun zarur bo’lgan pul miqdoridir. U nominal YaIMni o’sishi bilan oshib boradi va pulning muomala vositasi vazifasini bajarishi bilan bog’liq. Nominal YaIM qancha ko’p bo’lsa, oldi – sotdi jaryoniga xizmat qilish uchun shuncha ko’p pul kerak bo’ladi. Moliyaviy aktivlar tomonidan pulga bo’lgan talab pulning jamg’arish vositasi sifatidagi funktsiyasiga asoslangan, ya’ni odamlar o’zlarining moliyaviy aktivlarni aktsiyalar, obligatsiyalar, bankdagi omonatlari ko’rinishida qo’llarida tutib turadi. Jamg’arish zaruriyati ham pulga bo’lgan talabni shakllantiradi. Pulga bo’lgan umumiy talab foiz stavkasi miqdoriga yoki pulning ishlatilishi bahosiga nisbatan teskari bog’liqlikda bo’ladi. Foiz stavkasi qanchalik yuqori bo’lsa, pulga bo’lgan talab shuncha past bo’ladi va aksincha, foiz stavkasini pasayishi bilan pulga bo’lgan talab oshadi.Milliy ishlab chiqarish o’rtasidagi barcha iqtisodiy munosabatlar pul yoki uning vositalari yordamida amalga oshiriladi, o’lchanadi, baholanadi. Pul – maxsus xususiyatga ega bo’lgan tovar hisoblanib, ayirboshlashning rivojlanishi natijasida paydo bo’lgan. U tovarlar ayirboshlashda umumiy teng qimmatlilik rolini bajaradi. Pul maxsus xususiyatga, ya’ni likvidlilik xususiyatiga ega bo’lganligi uchun ham ideal vosita hisoblanadi. Xar qanday buyumning likvidliligi uni sezilarsiz sarf xarajatlar bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatini bildiradi. Agar sarf xarajatlar nulga teng bo’lsa, unda bunday buyum mutloq likvidli hisoblanadi. Masalan 1000 so’mlik qiymatga ega bo’lgan pulni boshqa ko’pgina buyumlarga oson almashtirish mumkin va bunda sotuvchilar 1000 so’mlik qog’ozning qiymatini hech qanday tushirmasdan qabul qilishadi, ya’ni bu erda ayirboshlash jarayoni butunlay sarf xarajatlarsiz kechadi. Ayirboshlash kengayishi bilan kredit pullar deb ataluvchi veksellar, banknotlar, cheklar, sertifikatlar va hakozolar paydo bo’la boshladi. Ular tovar ayirboshlashni, ya’ni oldi – sotdi jarayonini engillashtirish, tezlashtirish va ixchamlashtirishga xizmat qiladi. Keng ma’noda pul deganda nimalar tushuniladi, pul massasiga nimalar kiritiladi? Bu savolga javob berish juda muhim, chunki iqtisodiyotni barqarorlashtirish, uni bir zaylda rivojlanishi ko’p hollarda pul massasini samarali tartibga solishga bog’liq.
Kurs ishining maqsadi: Pulga bo‘lgan talabni o‘rganish makroiqtisodiy tahlilning muhim jihati hisoblanadi, chunki u jismoniy shaxslar va firmalarning pulni ushlab turish yoki sarflash bo‘yicha qaror qabul qilish jarayoniga oid xatti-harakatlari haqida tushuncha beradi.Kurs ishining vazifasi: O‘zbekistonda pulga bo‘lgan talabni chuqur tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotda daromadlar, foiz stavkalari, inflyatsiya va valyuta kurslari kabi pulga bo‘lgan talabning turli ko‘rsatkichlari o‘rganiladi. Tahlil, shuningdek, pulga bo‘lgan talabga ta’sir qiluvchi omillarni, jumladan, iqtisodiy o‘sish, moliyaviy rivojlanish va demografik o‘zgarishlarni ko‘rib chiqadi.1.Pul tushunchasi va uning funktsiyalari. Pul agregatlari.Pul – iqtisodiyot sub’ektlari mulkining bir turi bo’lib, mulkning boshqa turlaridan ikki xususiyatiga ko’ra farq qilad: birinchidan, pul yuqori likvidliliklar, ya’ni qisqa muddatda, sezilarsiz sarf - xarajatlar bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatiga ega; ikkinchidan, baholar o’zgarmas bo’lgan sharoitda pul yoki hech qanday daromad keltirmaydi, yoki uning daromadliligi darajasi boshqa mulk turlarinikidan ancha kam. Shunga qaramasdan kishilar nima uchun mulk sifatida pulga egalik qilishga harakat qiladilar? Bu savolga javobni pulning funktsiyalaridan topamiz. Odatda pulning uch asosiy funksiyasi mavjud deb qaraladi. 1. To’lov vositasi (almashinuv vositasi);

    1. Qiymat o’lchovi vositasi.
3.Jamg’arish (boylik to’plash) vositasi.Umumiy ekvivalentlilik, yuqori likvidlilik xususiyatlari pulni ideal to’lov vositasiga aylantiradi. Hozirgi zamon iqtisodiyotida to’lovlar uch yo’l bilan amalgam oshiriladi: 1) naqd pul to’lovi; 2) bankdagi hisobvaraqlarda yozuv orqali, ya’ni naqd bo’lmagan pul ko’chirish orqali; 3) bir shaxsning ikkinchi shaxsga qarzdorliligini tasdiqlovchi hujjatlar( veksellar, qarz majburiyatlari) yordamida. Qiymat o’lchovi sifatida pullar tovarlar bahosini ifodalaydi va turli tovarlar qiymatini taqqoslash imkonini beradi. O’z tovari uchun olgan pulini sotuvchi doim ham birdaniga ishlatvermaydi. Shu sababga ko’ra pullar ularga o’tkazilgan qiymatni saqlab turishlari juda muhim. Agar pul aytilgan xususiyatga ega bo’lsa, unda u boylik to’plash maqsadida jamg’ariladi. Pulning bu funktsiyasini muqobil tarzda mulkning boshqa turlari - obligatsiyalar, aktsiyalar, ko’chmas mulk ham bajarishi mumkin. Rivojlangan iqtisodiyot sharoitida pulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasi jamg’arish vositasi vazifasiga nisbatan muhimroq ahamiyat kasb etadi. Pulning yuqori likvidliligi va qiymatni saqlab turishi xususiyatlar barcha turdagi to’lov vositalarida bir xil emas. Naqd pullar va muddatsiz depozitlarning likvidliligi djarajasi muddatli depozitlarga yoki veksellarga qaraganda yuqoriroq. Shu sababli pul massasi likvidlilik darajasining pasayib borishi tamoyiliga asoslangan agregatlarga bo’linadi. Rivojlangan mamlakatlarda pul massasini aniqlashda - M1; M2; M3; M4 deb belgilanadigan pul agregatlaridan foydalaniladi. Pul agregatlarining tarkibi va miqdori turli mamlakatlarda o’zaro farq qilish mumkin. Quyida umumlashtirib olingan pul agregatlari tarkibini keltiramiz: M0- bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklarining Markaziy bankdagi rezervlari; M1 = M0 + muddatsiz depozitlar, yo’l cheklari va boshqalar;1 M2 =M1 + (miqdori va muddati cheklangan) muddatli depozitlar va boshqalar ; M3 = M2+(miqdori va muddati cheklanmagan) muddatli depozitlar va boshqalar”Makroiqtisodiy tahlilda M1 va M2 pul agregatlari eng ko’p foydalaniladi. Pul agregatlarining dinamikasi turli sabablarga bog’liq. Masalan, daromadlarning oshishi natijasida M1ga talab tezroq o’ssa, foiz stavkasining o’sishi natijasida M

2 va M3ga talab M1ga nisbatan tezroq o’sadi.Pul taklifi (Ms) o’z ichiga bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar (S) va zarur bo’lganda (D) iqtisodiy agentlar bitimlar uchun ishlatishi mumkin bo’lgan depozitlarni oladi: Ms= S+D. Aksariyat mamlakatlarda davlat pul chiqarishda monopol huquqqa ega.. Uni amalga oshirish huquqi nisbatan mustaqil muassasa Markaziy bank ixtiyorida. “Markaziy bank O’zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to’lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko’rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarish mutlaq huquqiga ega”. Ammo pul taklifini ko’paytirish imkoniga yoki pul yaratish qobiliyatiga tijorat banklari ham ega. Ular kreditlar bera borib, to’lov vositalari emissiyasini yoki kredit multiplikatsiyasini amalga oshiradi. Masalan, A bankning depoziti 2000 so’mga o’sgan bo’lsa, zahira normasi 20 % ga teng bo’lganda (zahira normasi – tijorat banklar depozitlarining ma’lum qismini Markaziy bankda saqlab turish normasi), u 400 so’mni Markaziy bankda zahiralab, qolgan 1600 so’mni qarzga beradi. Shunday qilib, A bank pul taklifini 1600 so’mga ko’paytiradi va u endi 2000+1600=3600 so’mni tashkil etadi. Ya’ni, omonatchilarning depozitlardagi 2000 so’mdan tashqari yana 1600 so’m qarz oluvchilar qo’lida qoladi. Agar, 1600 so’m yana banka tushsa, (masalan, B bankka) unda 20 % ga teng bo’lgan zahira normasida u 320 so’mni zahirada qoldirib, 1280 so’mni kreditga beradi hamda shu miqdorda pul taklifini oshiradi. Kredit berishning bu jarayoni so’nggi pul birligidan foydalanishga qadar davom etadi. Yakuniy hisob kitob bank depozitlari jami 10000 so’mga ko’payganligini ko’rsatadi. Bu jarayonni formula ko’rinishida quyidagicha yozishimiz mumkin: M = (1/ rr ) x D Bunda: M- pul taklifi hajmi; rr – majburiy zahiralash normasi ; D - dastlabki depozit. Keltirilgan formuladan ko’rinib rr koeffitsentiga bog’liq bo’lib, uni bankturibdiki, pul taklifi 1/ multiplikatori yoki pul ekspansiyasi multiplikatori, deb ataladi. U ushbu bank zahiralar normasida ortiqcha zahiralarning bir pul birligi bilan yaratilishi mumkin bo’lgan yangi kredit pullarining eng ko’p miqdorini bildiradi.Pul taklifining umumlashma modeli Markaziy bankning pul taklifidagi roli hamda pulning bir qismini depozitlardan naqd pullarga oqib o’tishni hisobga olgan holda yoziladi. Bu model bir qator yangi o’zgaruvchilarni o’z ichiga oladi.Bular:

  • pul bazasi (rezerv pullar, yuqori quvvatli pullar) – bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklari Markaziy bankda saqlaydigan depozitlar summasi;

  • deponentlash koeffitsienti - Cr = S/ D
Pul bazasini MV va bank rezervlarini R deb belgilasak, MV=C+R. Pul taklifining kengaytirilgan modelini iuyidagicha yozish mumkin: Cr +1 Ms =------------- · MByokiMs = m · MB Cr + rr (Cr +1)/ (Cr + rr) nisbat pul multiplikatori deb yuritilib bir so’mlik pul bazasi hisobiga necha so’mlik pul taklifi yuzaga kelishini ko’rsatadi. Pul multiplikatorini – pul taklifining pul bazasiga nisbati ko’rinishida yozish mumkin: Ms S+D S/ D + D/ D Cr + 1 m = ------------ = ----------- = ------------------- = --------------MB C+R S/ D + R / D Cr +rr Cr miqdori – aholining o’z mablag’larini naqd pullar va depozitlar o’rtasida qanday proportsiyada saqlashni tanlashga bog’liq. rr = R / D miqdori esa – aholining nafaqat Markaziy Bank belgilab bergan majburiy rezerv normasiga, balki tijorat banklari saqlab turishni mo’ljallanayotgan ortiqcha rezerv miqdoriga ham bog’liq. Demak, pul taklifi pul bazasi va pul multiplikatori miqdoriga bog’liq ekan. Pul multiplikatori pul bazasining bir miqdorga oshishi natijasida pul taklifi qanday o’zgarishini ko’rsatadi. Markaziy bank pul taklifini avvalambor, pul bazasiga ta’sir etish yo’li bilan tartibga soladi.
Mamlakatda pul miqdori ko’payadi, agar: -pul bazasi o’ssa;

  • majburiy zahiralash normasi pasaytirilsa;

  • tijorat banklarining ortiqcha rezervlari kamaysa;
- naqd pullarning depozitlar umumiy summasiga nisbati pasaysa. 2.Pulga talabning klassik va keynscha nazariyalari.Pulning miqdoriy nazariyasi pulga bo’lgan talabni almashinuv tenglamasi yordamida aniqlaydi: M · V = P · Y Bu erda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi; P – baholar darajasi (baho indeksi); Y – real YaIM. Pulning aylanish tezligi, iqtisodiyotda bitimlar tarkibi nisbatan barqaror bo’lganligi uchun ham doimiy kattalik deb qabul qilinadi. Ammo bank tizimiga hisob-kitoblarni tezlashtiruvchi texnik vositalar joriy qilinishi natijasida u o’zgarishi mumkin. V doimiy bo’lgan sharoitda almashtirish tenglamasi quyidagicha bo’ladi: M · V* = P · Y (Fisher tenglamasi), bundan: P · Y M= ----------- V* P · Y – nominal YaIM miqdorini bildirishini va doimiy miqdorligini hisobga olsak, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar miqdori va ularning bahosi o’zgarishlariga, boshqacha aytganda, nominal YaIM o’zgarishiga bog’liq. Muomaladagi pul massasining o’zgarishi, klassik nazariyaga ko’ra, Y sekin o’zgarishi tufayli asosan baholar darajasiga ta’sir ko’rsatadi. Bu holat “pulning neytralligi” nomini olgan. Monetaristlar qoidasiga ko’ra hukumat pul massasining o’sish sur’atini, real YaMMning o’rtacha o’sish sur’ati darajasida ta’minlab tursalar iqtisodiyotda baholar darajasi barqaror bo’ladi. Fisher tenglamasidan tashqari bu tenglamaning boshqa bir shakli Kembrij tenglamasidan ham keng foydalaniladi: M=k*PY Bu erda: k= 1/V – pulning aylanish tezligiga teskari miqdor. k - koeffitsientni nominal pul miqdori (M)ning daromadlar (P·Y)dagi ulushini ko’rsatadi. Kembrij tenglamasi turli darajada daromadli bo’lgan turlicha moliyaviy aktivlar mavjudligini va daromadni ularning qaysi biri ko’rinishida saqlashni tanlash imkoniyati mavjudligini ko’zda tutadi. Pulga real talab quyidagi ko’rinishda hisoblanadi: (M/P) D = k Y Bu erda: M/R – “real pul qoldig’i”, “pul mablag’larining real zahirasi” deb nomlanadi. Pulga talabning keynscha nazariyasi. Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni naqd ko’rinishda saqlashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib ko’rsatadi:

  1. transaktsion sabab (joriy bitimlar uchun naqd pulga talab);

  2. ehtiyotkorlik sababli (ko’zda tutilmagan holatlar uchun ma’lum miqdorda naqd pullarni saqlash);

  3. spekulyativ sabab (foyda olish maqsadida qimmatli qog’ozlar sotib olish uchun pulga talab).
Spekulyativ sabab foiz stavkasi bilan obligatsiyalar kursi o’rtasidagi teskari bog’liqlikka asoslanadi. Agar foiz stavkasi ko’tarilsa, obligatsiyalar bahosi pasayadi, ularga talab esa oshadi. Bu esa o’z navbatida, naqd pul zahiralarining qisqarishiga hamda naqd pullarga talabning pasayishiga olib keladi. Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo’lganligi uchun ham aholi uni saqlashni afzal biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko’rsatadiki pulga bo’lgan talab miqdori foiz stavkasiga bog’liq. Foiz stavkasi naqd pul vositalarini qo’lda ushlab turishning muqobil xarajatlari miqdorini, ya’ni, siz foiz olib kelmaydigan naqd pullarni qo’lda ushlab turgan sharoitda yo’qotadigan pul miqdorini bildiradi. Nonning narxi non talabi miqdoriga ta’sir qilganidek, naqd pullarni qo’lda ushlab turish miqdori ham pul zahiralariga talab miqdoriga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun foiz stavkasi oshganda, insonlar boyliklarini naqd pul shaklida kamroq ushlab turishga harakat qiladi. Real pul zahiralariga talab funktsiyasini quyidagi ko’rinishda yozamiz: M/R = f(R)

Bu tenglama ko’rsatayaptiki, pulga bo’lgan talab miqdori foiz stavkasi funktsiyasi ekan. Grafikda foiz stavkasi va real pul zahiralari miqdoriga talab teskari bog’liklikka ega ekanligi ko’rinadi. Chunki, yuqori foiz stavkasi pulga talab miqdorining kamayishini ko’rsatadi

Klassik va keynschilarga xos yondashuvlarni umumlashtirib, pulga talabning quyidagi omillarini ajratib ko’rsatish mumkin:

1) daromadlar darajasi; 2) pulning aylanish tezligi; 3) foiz stavkasi.

Agar klassik nazariya pulga talabni asosan, real daromad hajmi bilan bog’lasa, keynschilarda esa pulga talab asosan, foiz stavkasiga bog’liq deb hisoblanadi.



Pulga talab grafigi.

Pulning aylanish tezligini hisobga olmaganda, real pul qoldig’iga talab formulasi quyidagicha bo’ladi:

(M/P) D =f (R, Y); Bu erda: R – foiz stavkasi; Y – real daromad.

Chiziqli bog’liqlikni e’tiborga olsak, quyidagicha formula hosil bo’ladi:

(M/P)D = kY - hR

Bu erda: k va h – pulga talabning daromadlar va foiz stavkasiga ta’sirchanligini ifodalovchi koeffitsientlar; k – foiz stavkasi (real foiz stavkasi).

Real foiz stavkasi nominal foiz stavkasidan inflyatsiya sur’atini ayirib topiladi.

Daromad darajasining o’zgarishi foiz stavkasi o’zgarmas bo’lgan sharoitda ham pulga talabning ko’payishiga olib keladi. Bu grafikda pulga talab egri chizig’ining siljishi ko’rinishida namoyon bo’ladi.

Pul bozori modeli pulga talab va taklifni birlashtiradi. Dastlab, soddalik uchun pul taklifi Markaziy Bank tomonidan nazorat qilinadi va (M/P)s darajasida qayd qilingan deb olamiz.

Agarda M -pul taklifini, P-narxlar darajasini bildirsa, M*/P* pul vositalarining real zahirasi miqdorini ko’rsatadi.

(M/P) s = M*/P*

Bu erda: M - pul taklifi darajasini bildiradi;

P – baholar darajasi (ushbu modelda ekzogen o’zgaruvchi )ni ko’rsatadi.

9.4-chizma real pul taklifi miqdoridagi foiz stavkasiga bog’liq bo’lmagan vaziyatni ko’rsatadi. Shuning uchun real pul vositalari taklifi grafikda ko’rsatayotganimizdek vertikal chiziq ko’rinishiga ega bo’ladi. Bu holat foiz stavkasi qanchalik o’zgarishiga qaramasdan real pul taklifi miqdori o’zgarmasdan qolgan vaziyatni aks ettiradi.

Baholar darajasini ham barqaror deb qabul qilamiz. Bu holatda real pul taklifi M*/P* ga teng va grafikda Ms to’g’ri chiziq ko’rinishiga ega bo’ladi.

Pul talabi berilgan daromad darajasida foiz stavkasiga teskari proportsional egri chiziq ko’rinishiga ega. Muvozanat nuqtasida pul talabi va taklifi o’zaro teng.

O’zgarib turuvchi foiz stavkasi pul bozorini muvozanatda ushlab turadi. Foiz stavkasining o’zgarishi natijasida iqtisodiy agentlar o’z aktivlari tarkibini o’zgartirgani tufayli pul bozorida muvozanatga erishish uchun vaziyatga ta’sir etib uni o’zgartirish zarur va mumkindir.

Agar R juda yuqori bo’lsa, pul taklifi unga bo’lgan talabdan yuqori bo’ladi. Iqtisodiy agentlar o’zlarida to’planib qolgan ortiqcha naqd pullarni aktsiya va obligatsiyalarga aylantirib, ulardan qutilishga intilishadi.

R R

Ms

Ms Re

MD



M*/P* M/P M*/P* M/P


Real pul vositalari zahirasi taklifi grafigi

Pul bozorida muvozanat modeli


Real pul vositalari zahirasi


Yuqori foiz stavkasi, ta’kidlanganidek, obligatsiyalar kursining pastroq darajasiga mos keladi. Shu sababli, arzon obligatsiyalarni (kelajakda foiz stavkasi pasayishi oqibatida ular kursi o’sishini ko’zda tutib) sotib olish foydali bo’ladi.

Banklar, Ms> Md bo’lgani uchun foiz stavkasini pasaytira boshlaydi. Astasekin iqtisodiy agentlar o’z avtivlari tarkibini o’zgartirishi va banklar tomonidan foiz stavkasining o’zgartirilishi oqibatida pul bozorida muvozanat tiklanadi. Foiz stavkasi pasayib ketgan holatda teskari jarayon ro’y beradi.